cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

O‘zbekcha yoz!

Matn yozib tirikchilik qilayotgan bolaning kundaligi — fikrlar, mulohazalar, allambalo gaplar. Xush kelibsiz. Aloqa: @nazrillayev

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 132
Obunachilar
-624 soatlar
-77 kunlar
-6030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Hammasini ko'rsatish...
Marketing bo'limi

Raqobat qo'mitasi "Korzinka"ga nisbatan ish qo'zg'atdi Kompaniya turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotida foydalanuvchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan so‘z jumlalaridan foydalangan. Batafsil Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi

💔 15🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Har kuni xayolimizga mingta g‘oya kelishi mumkin. Ularning ko‘pi bir qarashda zo’r ko‘rinadi — yugurib borib tezroq amalga oshirishni xohlab ketamiz. Lekin, ayrim g‘oyalar o‘lik tug‘iladi: shunchaki biz buni birdaniga sezmaymiz. Ulardan vaqtida voz kechib yubormasangiz, egningizda yuk bo‘lib, sizni pastga tortib turaveradi. Hamma narsani qilish shart emas — nimadir baribir qolib ketadi. O‘ylamang. Undan ko‘ra, sizni tepaga tortadigan, bo‘ladigan g‘oya va loyihalarga e’tiboringizni qarating.
Hammasini ko'rsatish...
👍 36🔥 9 6💯 2
Repost from Mirzo Zominiy
Ba’zan rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qiladigan kopirayterlar yuborgan matnni shunchaki tushunmasdan copy/paste qiladiganlar ham uchrab turadi. “Sarlavha” nima ekanligini bilmay, bosib yuborishgan masalan. Kopirayter kontekstni ham soʻrab, oʻzbek tilini tushunmaydiganlarga tushuntirishi ham zarur. #MarketingvaPR @mirzo_zominiy
Hammasini ko'rsatish...
😁 30💩 12 7👍 5👎 1🔥 1
Alisher aka Sa’dullayev kreativ sanoat uchun imtiyozlar haqida post yozganiga ko‘zim tushib qoldi. Menimcha, ushbu sanoat doirasida yosh kreator mutaxassislarga ham joy bor — dizaynerlar, kopirayterlar, art direktorlar yurtimizga juda kerak. Ularni qo‘llab-quvvatlaydigan birorta dastur hozircha yo‘q. Masalan, bu yili hamyurtlarimiz Cannes Young Lions xalqaro festivalida O‘zbekiston tarixida ilk marotaba mukofot bilan qaytishdi. Lekin bunga erishish uchun nafaqat bilim, ko‘nikmalar, iste’dod va mashaqqat, balki pul ham kerak. Fransiyaga borish, viza xarajatlari, turar-joy, ovqatlanish… ikki kishiga $10 000+ ga aylanadi. Oddiy yosh uchun bu katta pul. Ammo, masalan, Yoshlar — kelajagimiz jamg‘armasi uchun unchalik katta summa emas. Alisher aka, keyingi yil Cannes Young Lions’ga davlatimiz nomidan mutaxassis yuboraylik? Har holda, bizni bayroq bilan sahnaga chiqishadi.
Hammasini ko'rsatish...
Alisher Sadullaev

Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinib, ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi. “Kreativ sanoat parklari” oliygohlar va yirik ishlab chiqaruvchilarga biriktiriladi. Bu parklar yosh tadbirkorlar, ilm va biznes o‘rtasida muloqot maydonchasi bo‘ladi. Jamg‘arma bu yerdagi yoshlarning startaplariga uch yilga 100 million so‘mgacha subsidiya beradi. Ushbu yosh tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish va aylanma uchun keyinchalik 100 million so‘m imtiyozli kredit beriladi. @alisher_sadullaev

🔥 27👍 6 4
Photo unavailableShow in Telegram
Anchadan beri hech qayerda ma’ruza bermagandim — vaqt kam, ish ko‘p. Blogda ham postlar ancha kamayib qoldi. Aybdorman. Qisman aybimni yuvish uchun, ertaga Hasharga chiqyapman: siz ham keling — reklama, kreativ, zo‘r keyslar va pul haqida gaplashamiz. Diydorlashaylik endi.
Hammasini ko'rsatish...
16🔥 7👍 6👏 2
O‘ZBEKISTONDA CANNES YOUNG LIONS BRONZASI BOR ❤️‍🔥
Hammasini ko'rsatish...
Огонь!

У Узбекистана 🇺🇿 бронза🥉на Young Lions в Каннах 🇫🇷 в категории Design 🚀 Победителями стали Малика и Фаррух, Paradigma Studio 🚀 У Казахстана 🇰🇿 тоже награда – серебро🥈в категории Digital. Поздравляю 🔥 Young Lions – это международный конкурс среди молодых креаторов до 30 лет, который ежегодно проводится в рамках фестиваля креативности Cannes Lions 🦁 @denis_roman

🔥 14👍 6
O‘rta Osiyoda endi Cannes Lion bor. Birdaniga oltin. Kechagina GForce Grey Almaty agentligi buni uddaladi. Buni allaqachon bilsangiz kerak, chunki marketing va reklamaga doir deyarli hamma ommaviy shaxslar bu haqida fikr bildirib bo‘lishdi. G‘olib keysni har ehtimoga qarshi joylab ketaman. Endi nima bo‘ladi? Soha turtki oladi — agentliklar va mijozlar bizning mahalliy kreativ ham xalqaro darajada mukofot olishi isbotlandi. Hozirgi kungacha hamma nazariyada «bo‘lishi mumkin» degan narsa bo‘ldi. Bu zo‘r. Brendlar yanada botirroq kommunikatsiyaga «ruxsat» berib, yaqin orada qo‘shnilarimizning muvaffaqiyatini qaytarishga intilsa, ajoyib. Yana bir katta plyus — O‘rta Osiyo ko‘zga ko‘rindi. Yaxshigina. Kuchli mutaxassislar, agentliklar, katta brendlar va bizneslar mintaqamizdagi kreativ ham «yorivorishini» o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Bu degani +pul, +obro‘, +yangi kadrlar, +sohaga qiziqish. Lekin bitta muhim narsa bor: festivallarni yutish yakka maqsad bo‘lmasligi kerak. «Biz ham yutaylike» degan falsafada bosib «kreativ» ishlar qilishga tushib ketish ham xato. Ilhomlanish kerak, lekin me’yoriga. Bizga ham Kann sheri keladi — bu vaqtga bog‘liq xolos. Ammo buning uchun qilayotgan ishlarimiz faqat sher uchun emas, odamlar, biznes, dunyoni biroz bo‘lsa-da yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun qilinishi shart.
Hammasini ko'rsatish...
The National Sport of Kazakhstan

This video is intended to draw attention to the issue of domestic violence. It was created as part of a social campaign against violence against women. The scenes of violence are real and are intended to demonstrate the unacceptability of such behavior. We urge everyone to condemn such behavior.

💯 10🔥 7👍 1 1💅 1
Photo unavailableShow in Telegram
Xalqaro brendlar O‘zbekistonga kelganida o‘zlarining sloganlari, kommunikatsion xabarlari va shu kabi muhim gap va iboralarini o‘zimizni ona tilimizga tarjima qilishga majbur. Qonun shunaqa. Lekin o‘zbek tili juda injiq til. Kitobda yozilgan narsa har doim ham hayotda ishlayvermaydi. Avtomatik tarjimalar yo‘q, bo‘lsa ham — rasvo. Buni brendlar tushunmaydi, chunki ularning dunyosida 2-3 so‘zni bemalol Google bilan tarjima qilib ketaversa bo‘ladi (aslida, slogan yoki brend message’larni hech qanaqa tilda auto-translate qilib bo‘lmaydi, bu katta risk, ha mayli, bu boshqa masala). Xullas, oxir oqibat ko‘p brendlar kopiraytlarni mahalliylashtirishda chi… xato qilib qo‘yishadi. Bu muammoni chet ellik marketologlarga tushuntirish uchun, ularga mana bu keysni tashlab qo‘yavering. Yetib boradi.
Hammasini ko'rsatish...
😁 19🔥 5👍 2 2🕊 2👏 1🐳 1🏆 1🫡 1
Ko‘pincha mijozga sizning matningiz kerak emas — muammosini yechimi kerak. Odatda kopirayterlar matnga, g‘oyani ichiga fokus berib, umumiy ahvolni e’tibordan chetda qoldirishadi. Klassik vaziyat: mijoz keladi-da, «menga pr maqola kerak» deydi. Shu joyidan boshlab ikkita yo‘l bor: 1) Bajaramiz aka deb maqola yozish uchun maqola yozish; 2) «Maqola sizga nimaga kerak?» degan savolni berib, ishni mag‘zini chaqish. Balki mijozga maqola emas, reklama kampaniyasi kerakdir, balki, uning maqsadini blogerlar bilan birorta faollik yaxshiroq yopib berar. Muhim narsa: agar mijoz aytgan narsani yaxshi qilib bersangiz, siz shunchaki «maqolani yaxshi yozadigan bola» bo‘lib qolasiz, lekin agar uning muammosiga yechim topsangiz — og‘irini yengil qiladigan, kuchli mutaxassis sifatida esda qolasiz.
Hammasini ko'rsatish...
👍 46🔥 21 9💯 8👏 2🫡 1
Kreativ — qonuniy biznesning bir qismi. Bu juda muhim haqiqat, va biz uni har doim yodimizda tutishimiz kerak. Har qanaqa o‘ylab topilgan rolik, tashqi reklama, aksiya va boshqalar nafaqat mijozning «vkuslari», balki qonun doirasiga ham mos tushishi kerak. Aniqrog‘i, «Reklama to‘g‘risida»gi qonunga. Masalan, bolalar uchun yaratilmagan mahsulot reklamasida bolalar asosiy rollarni ijro eta olmasligini bilarmidingiz? Hech qanaqa kopiraytda hujjat asosidagi isbotsiz «eng» deb bo‘lmasligini-chi? Bu hujjatni o‘rganib chiqmasdan turib professional kreativ yarata olmaysiz — chunki qonunga mos kelmagan kontent hech qachon rasmiy kanallarda chiqa olmaydi. Rolik falon pulga suratga olinadi, agentlik yoki kreator o‘zini pulini oladi, lekin rolik — chiqmaydi. Bu biznesga moliyaviy zarar keltiradi, sizga esa reputatsion zarba bo‘ladi.
Hammasini ko'rsatish...
22👍 18👏 7🔥 5🫡 3 2 1🥰 1😎 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.