Bahodir | Telegram Ads
Telegram Ads orqali raqamlarni gapirtiraman Real keyslarim, xatolarim va oʻta shaxsiy fikrlarimni yozaman. Eng och va ahmoq inson bo'lish yo'lidaman. Hamkorlik va reklama uchun: @Bahodir_Mexriddin
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Bahodir | Telegram Ads
Channel Bahodir | Telegram Ads in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 15 125 subscribers, ranking 680 in the Marketing & PR category and 5 224 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 15 125 subscribers.
According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -3 978 over the last 30 days and by -50 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 12.68%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 5.24% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 1 923 views. Within the first day, a publication typically gains 794 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 24.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Telegram Ads orqali raqamlarni gapirtiraman
Real keyslarim, xatolarim va oʻta shaxsiy fikrlarimni yozaman. Eng och va ahmoq inson bo'lish yo'lidaman.
Hamkorlik va reklama uchun: @Bahodir_Mexriddin”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Marketing & PR category.
Toʻgʻri: minimal CPM'dan boshlang, 24 soat kuting. Koʻrsatuv kam boʻlsa — 10–15% ga oshiring, yana kuting. Kerakli hajmga yetganda toʻxtang. Obunachi narxini CTR emas, aynan shu qadam belgilaydi.2. Katta "umumiy" kanallarga yoqish Yangiliklar, hazil, musiqa kanallari — arzon prosmotr beradi, lekin u yerdagi odam sizning mahsulotingizni qidirmayapti. CTR past, kirgan odam obuna boʻlmaydi, boʻlsa ham chiqib ketadi.
Toʻgʻri: auditoriyangiz oʻqiydigan tor mavzuli 20–40 ta kanalni qoʻlda yigʻing (raqobatchilar, yondosh mavzular). CPM bu yerda balandroq, lekin obunachi narxi umumiy kanallarga qaraganda ancha past chiqadi — chunki CVR (kanalga kirgandan obunaga oʻtish) bir necha barobar yuqori. Har kanalni alohida kampaniya qilib chiqing — qaysi kanal qancha narxda obunachi berayotganini shundagina koʻrasiz.3. Reklama matni — 160 belgi, lekin hamma joyi "sifatli, arzon, tez" Telegram Ads matni 160 belgi. Bunda "eng yaxshi kurs, chegirma, shoshiling" deb yozish — belgini yoʻqotish. Moderatsiya ham buni yoqtirmaydi: katta harflar, ortiqcha undov, "bosing", "faqat bugun" — rad etilish sababi.
Ishlaydigan matn: bitta aniq auditoriya + bitta aniq natija + bitta aniq keyingi qadam. "Xususiy maktab egalari uchun: Telegram Ads orqali 1 oyda 300+ ota-ona lidi. Keys kanalda." Matn kimga ekanini birinchi 5 soʻzda aytsin — shunda notoʻgʻri odam bosmaydi, siz bekor bosishga toʻlamaysiz.4. Kanalga olib kelib, kanalni tashlab qoʻyish Odam reklamani bosdi — bu hali hech narsa emas. U kanalda 5–10 soniya turadi va qaror qiladi. Oxirgi post 10 kun oldingi, opisaniye boʻsh, pin yoʻq — chiqib ketadi. Ads pulini kanal ichida yoʻqotasiz.
Toʻgʻri: Ads yoqishdan oldin pin post (kanal nima haqida, kimga, nima beradi), soʻnggi 5 postda kamida 2 ta natija/keys, opisaniyeda aniq vaʼda. Iloji boʻlsa, reklamani kanalga emas, aniq bir postga olib boring — konteksti tayyor odam obuna boʻladi.5. Kabinetga bir hafta qaramaslik va prosmotrga ishonish Ads statistikasi har kuni yangilanadi va sizga kanal kesimida CTR, xarajat, koʻrsatuv beradi. Buni oʻqimasangiz, yomon kanal budjetni yaxshi kanal bilan bir xil yeb ketadi.
Har kuni 3 ta savolga javob toping: 1) qaysi kanalda CTR eng past — pauza; 2) qaysi kanal eng arzon obunachi beryapti — CPM'ni sal oshirib, hajmni oʻsha yerga; 3) xarajat ÷ yangi obunachi = bugungi narx, kechagidan qimmatmi? Prosmotr soni — xarajat koʻrsatkichi, natija emas. Natija — obunachi narxi va undan keyingi sotuv.Eng koʻp uchraydigan xulosa: "Ads ishlamayapti". Aslida CPM baland, kanal notoʻgʻri, matn umumiy, kanal tayyor emas, statistika oʻqilmagan — beshtasi birga. Bittasini tuzatsangiz ham farqni koʻrasiz. Sizda shu 5 tadan qaysi biri boʻlgan: 😎 — hech biri 🤓 — 1–2 tasi 🥹 — hammasi 🌚 — endi qilaman:) Telegram Ads'chi Bahodir yozdi @ozbekchayoz
Va hammani ham "dux"i yetmaydigan kafolat — natijaga rasmiy shartnoma. Natija bo'lmasa, pul to'liq qaytariladi.✅ Pastdagi Google Formani toʻldirib yuborsangiz, sizga 10% chegirma berishadi. 👉 Formani to'ldiring: https://forms.gle/N7hJR65KHSQmiq596
Foydalanuvchilar bo‘yicha targetingda (targeting by users) narx o‘zgarmadi — minimal CPM hali ham €0.01 dan boshlanadi
🔎 Search Ads uchun endi TON kabinetga o‘tishga hojat yo‘q. EUR kabinetlarda ham CPM ancha tushdi va Search Ads’ni bemalol EUR kabinetdan ishga tushirish mumkin
🤖 Botlarda reklama qilishni ham test qilish uchun yaxshi vaqt. Telegram’da katta auditoriyaga ega botlar juda ko‘p, lekin ko‘pchilik bizneslar hali bu imkoniyatdan foydalanmayapti. Hozircha bu yo‘nalishda asosan fast food kompaniyalari faol
🎓 Xususiy maktab va universitetlar uchun ayni vaqt: raqobatchilaringizning Telegram kanallarida reklama berib, ularning auditoriyasiga chiqishingiz mumkin. CPM tushgani sababli buni test qilish ham ancha arzonlashdi😎 Yana bir kichik, lekin yoqimli yangilik — Telegram Ads’da Dark Mode ham paydo bo‘ldi 😄 Yangi CPM narxlari bilan Search, Bot va kanallardagi reklamalarni qaytadan test qilib ko‘rish uchun yaxshi imkoniyat 🚀
CTR yuqori, CVR past → kreativ odamni qiziqtirgan, lekin kanalning o‘zi — nomi, avatari, tavsifi, oxirgi postlari — uni obunaga aylantira olmagan. Muammo reklamada emas, kanalda. CPA arzon, lekin kelganlar ikki kunda chiqib ketgan yoki keyingi postlarni ko‘rmayapti → bu yaxshi natija emas, bu shunchaki arzon raqam. Siz obunachi emas, statistika sotib olgansiz. Auditoriya qoladi, postlarni o‘qiydi, lekin ariza bermaydi → muammo trafikda emas. Taklifda yoki sotuv voronkasida.Shuning uchun darrov “Telegram Ads ishlamadi” yoki “kanallardan reklama yurishmadi” deb umumiy xulosa qilmayman. Avval voronkaning aynan qaysi bo‘g‘inida uzilish borligini topaman. Qolgan 8 mlnni taqdiri shundan keyin hal bo‘ladi) Bir tomon ancha kuchli chiqsa, baribir 50/50 qilmayman. Kerak bo‘lsa 80/20 qilaman. Ikkalasi ham ishlamasa, qolgan pulni sarflashga shoshilmayman. Avval kreativni, kanalni yoki taklifni tuzataman. Mutaxassisni ishi pul aynan qayerda va nima sababdan yo‘qolayotganini raqamlarda ko‘rsata olish. Keyingi postda arzon obunachi qanday qilib eng qimmat obunachiga aylanishini real misolda ko‘rsataman. Oxirigacha o‘qigan bo‘lsangiz — bitta 😎 bosib keting shepim) Telegram Ads'chi Bahodir yozdi. @ozbekchayoz

