en
Feedback
OcoderX

OcoderX

Open in Telegram
1 696
Subscribers
+324 hours
+197 days
+7130 days
Posts Archive
OcoderX
1 696
1 kishiga joy bor ogʻalar 🗣️

OcoderX
1 696
Bitta joy qoldi

OcoderX
1 696
Bir oylik Chatgpt plus guruhiga odam olamiz Qo'shilmoqchi bo'lganlar @OcoderX ga yozsin.

OcoderX
1 696
Muvaffaqiyatga erishish uchun Adams nomardlik jangiga (dirty war) murojaat qilishga majbur bo‘ldi. U inglizlar qo‘pol harakat qilgan (heavy-handed) holatlarni tanlab, yaxshi berilayotgan imkoniyatlarni yashirib ommaga yomonini ta'kidlardi. Uning maqsadi adolatli bo‘lish emas, balki urushni qo‘zg‘atish edi va xalq britaniyaliklarni yovuz deb bilmasalar, jang qilmasliklarini bilar edi. Dushmaningizning axloqiy obro‘sini buzishda (spoil your enemy's moral reputation) rahmdil ojiz bo‘lmang. Iloj boricha oq va qora nuqtai nazaridan gapiring. Islohotlarni ham shubha ostiga oling. Odamlarni kulrang hudud uchun jang qilishga majbur qilish qiyin. ©️AQSH ni Buyuk Britaniyadan ajratishdagi foydalangan strategiya | The 33 strategies of war P.S: Shularni oʻqib oʻylab qolyapman, baʼzi bir Ozodlik, BBC va shunga oʻxshash kanallar va ayrim oʻzicha "ziyoli" blogerlar bizni davlatga tinimsiz qayrashi shu strategiya asosida boʻlmayaptimikin?

OcoderX
1 696
)
)

OcoderX
1 696
Noan'anaviy narsa odatda yoshlarning maydoni (province of the young) bo‘lib, ular an'analardan zavq olmaydi, aksincha ularni mensimaslikdan (flouting) ya'ni ochiq-yopiq isyondan katta zavq olishadi. Yoshimiz o‘tgan sayin, bizga ko‘proq qulaylik va bashoratli narsalar kerak bo‘ladi va noan'anaviy narsalarga bo‘lgan ishtiyoqimizni yo‘qotamiz. ©️The 33 strategies of war

OcoderX
1 696
Eng qudratli ikkita ming yillik imperiya(Fors va Sharqiy Rim)ni, tashkil topganiga 20-30 yil bo'lgan musulmonlar kichik qo'shini bilan katta tezlikda shaharlarini tortib oldi. Musulmonlar urushni ajoyib strategiya bilan tez va qo'rqmasdan olib borgandi. Ularni qudratli imperiyalar boshida mensimagan. [ Ularni kuchayayotganida avvaliga Vizantiya(sharqiy Rim) imperiyasi sergak tortdi. Katta qo'shinni jonatdi arablar tomon, jangga Xolid ibn Valid qo'mondonlik qilgan va o'zidan o'n karra ko'p qo'shinni ajoyib hiyla bilan mag'lub etib ortga qaytdi. Eng qizig'i 100 dan oshiq jangda qatnashib biror marta jangda mag'lub bo'lmagan. Shuncha joyda sarkardalik qilib g'olib bo'lgani bilan, ammo o'layotganda o'zidan qilichdan boshqa hech narsani meros qilib qoldirmagan]. Biz amerikaliklar bunday uxlab qolmasligimiz kerak. Kichik guruh bo'lsa ham e'tibor bilan kesib turishimiz lozim. - Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchel

OcoderX
1 696
xa maylida man xursand bo'b ketibman bro ni uroveni oshibti deb : Bola dxx da ishlidi , qiz boyvachcha bo'ladi deb😁

OcoderX
1 696
O‘n ming musulmon tog‘ vodiylari orqali Makkaga yurish qildi. Muhammad alayhissalom hech qanday zo‘ravonlik ishlatmaslik haqida qattiq buyruq berdi. Uning o‘z chodiri to‘g‘ridan-to‘g‘ri shahar ustidan ko‘rinadigan baland joyda qurilgan edi. Sakkiz yil oldin, u tunda yashirinib Makkadan qochgan edi va Savr tog‘idagi (Mount Thor) g‘orda uch kun yashiringan edi, bu tog‘ni u endi chodiridan shahar narisida ko‘ra olar edi. Endi o‘n ming jangchi uning eng kichik buyrug‘iga ham bo‘ysunishga tayyor edi va uning ona shahri oyoqlari ostida ojiz yotar edi. Qisqa dam olgandan so‘ng, u tuyasiga qayta minib, shaharga kirdi, Qora toshga (black stone) ta'zim bilan teginib, Ka'bani yetti marta marosimiy tavof (ritual circuits) qildi... Fotihiy Muhammad alayhissalom qasoskor qilmadi. Umumiy afv e'lon qilindi, undan o‘ndan kamroq kishi chetlatildi, faqat to‘rttasi haqiqatda qatl etildi. Abu Jahlning o‘g‘li Ikrima Yamanga qochib ketdi, ammo uning xotini Muhammad alayhissalomga murojaat qildi, u esa uni afv etishga rozi bo‘ldi... Shunday qilib, musulmonlarning Makkani egallashi deyarli qonsiz bo‘ldi. Olovli Xolid ibn al-Valid (Khalid ibn al Waleed) janubiy darvozada bir necha kishini o‘ldirdi va buning uchun Muhammad alayhissalom tomonidan keskin tanbeh oldi. Garchi u o‘zi shaharda ta'qib qilingan bo‘lsa-da va uning eng ashaddiy raqiblarining ko‘pchiligi hali ham u yerda yashayotgan bo‘lsa-da, u g‘alaba kunidagi rahm-shafqati bilan barcha qalbini zabt etdi. Bunday saxovat, yoki davlatmandlik (statesmanship), ayniqsa qasos har doim qadrli bo‘lgan arablar orasida juda e'tiborga molik edi. Uning muvaffaqiyati harbiy harakatlardan ko‘ra ko‘proq siyosat va diplomatiya bilan qozonilgan edi. Zo‘ravonlik va qon to‘kilishi davrida u g‘oyalar kuchdan ko‘ra qudratliroq ekanligini ko'rsatgan edi. Manashunday diplomatik strategiya samaralidir insonlarga har qaysi zamonda. ©️The 33 strategies of war

OcoderX
1 696
Agar zaif bo‘lsangiz, muzokaralardan vaqt sotib olish uchun, tayyor bo‘lguningizcha jangni kechiktirish uchun foydalaning; yaxshi ko‘rinish uchun emas, balki manevr qilish uchun yon bering (be conciliatory). Agar kuchli bo‘lsangiz, muzokaralardan oldin va ular davomida iloji boricha ko‘proq narsani oling — keyinroq esa olgan narsalaringizning bir qismini qaytarib berishingiz, o‘zingizni saxiy qilib ko‘rsatish uchun eng kam qadrlaydigan narsalardan voz kechishingiz mumkin. Obro‘ingiz yoki ishonchsizlik yaratish haqida tashvishlanmang. Siz kuchli bo‘lganingizda va ularga o‘z manfaatlari uchun biror narsa taklif qilishga qodir bo‘lganingizda, odamlar sizning buzuq va'dalaringizni qanchalik tez unutishlari o'zingiz ko'rasiz. ©️Fillip (Aleksandr Makedonskiy) diplomatiyasi haqida, The 33 strategies of war

OcoderX
1 696
Urush paytida qaysidir va'daga amal qilib, raqiblarni ishonchini qozonish zarur masala emas, balki strategik masaladir. Ba'zan buni buzish zarur (agar niyatda oxirida ikki tomon ham manfaat olishi mumkin bo'lsa), ba'zan esa yo'q. Agar so‘zini buzish ularning manfaatlariga xizmat qilsa, ular buni albatta qiladilar va o‘z harakatlarini oqlash uchun har qanday axloqiy yoki huquqiy bahonalarini topa oladilar ©️The 33 strategies of war

OcoderX
1 696
Chiroyli-a ...
Chiroyli-a ...

OcoderX
1 696
Hozir TV ni yoqib MilliyTv ga olgandim. LadyShow boʻlayotgan ekan. Bogʻchadan sahna koʻrinishi qilishibdi. Sahna koʻrinishini suhbatini qaranglar: - Men shikoyat qilib keldim, qizim Nulufarni kalgotkasi yoʻqolibdi. Yirtiq kalgotkada kelibdi. Topib berilar - deb vahima qilib ketdi Onasi. - Biz olganimiz yoʻq, kelsa yirtilib qolaveryapti, oʻzi shundaqa - deyapti bogʻcha opasi. - (Keyin boshqa bir ona keldi) Meni han shikoyatim bor. Oʻgʻlimi soʻmkasidan qizlarni kalgotkasi chiqdi. Nima bu ahvol? - (Bogʻcha opa) Voy oʻgʻliz Nilfurni kalgotkasini olib ketibdi-da hidlab yotadi-da oʻgʻliz. -___ Ahvolni qarang ogʻalar ahvolni...

OcoderX
1 696
Feministik fikrlashni radikali ham, radikalmasi ham jamiyatga zarar. Qaysidir jins(xoh oʻgʻil, xoh qiz) ilm yoʻlida teng huqu
Feministik fikrlashni radikali ham, radikalmasi ham jamiyatga zarar. Qaysidir jins(xoh oʻgʻil, xoh qiz) ilm yoʻlida teng huquq va masʼuliyatli tolibi ilm boʻlishi kerak. Ikki xil standardlik (meni singlim yoki opam boʻlsa ham) eng kamida maʼnaviy zarar beradi odamlarga. Qaysidir toifa kam boʻlgani uchun oson, koʻpchilikka qiyin muhit yaratishi domlalarni... diniy tarafdan ham toʻgʻrimas menimcha. Qiynamoqchimasmi jins, millat yoki rang ajratmasin. Qiynamoqchi boʻlsa ham shunday (bu qism domlalarga, femkalarga murojaatmas). Ojiza boʻlgani uchungina, ularga hamma narsada imtiyozli yoki "mojna" boʻlishligi huquqiy notenglikdir. Yanada ochiqlasak, erkaklarni qaysidir maʼnoda tahqirlanishi va konstitutsiyaviy huquq (18-modda) buzilishidir! ( bu qismi esa feministlar uchun eslatma) Ha aytgancha topingchi yuqoridagi fikrga kim koʻp ijobiy reaksiya bosgan?

OcoderX
1 696
Ilmsizlik (johillik) va omilik shunday bir tabiat-ki, asl haqiqat va ilm bilan yuzlashganda egasini aljiratib haqoratga oʻtish uchun undaydi. ©️The law of human nature

OcoderX
1 696
Kimdirlar jufti haromichasi bilan, soatlab 18+ tarzda kelajagini muhokama qilayotganda, men va doʻstim...uch soatlab bir-birimizni kamimizi toʻldirib, oʻzimizni oʻstiryapmiz. Allohga shukr shunaqa doʻstim bor. Qiyin paytda, stressga botib qanday fikrlashga ojiz qolayotganimda kamimni kelajak yoʻlida toʻldiradi. Paytida jigar va paytida qoʻllab-quvvatlovchi inson... Xullas Alhamdulillah, oʻzingga shukr

OcoderX
1 696
Birinchi Jahon urushidan Turklar Germaniya tarafida turgani uchun, Britaniya Turklarga hujum qildi. Soʻng Britanlar hujum davomida Gallipolida magʻlub boʻldi. Soʻng Inglizlar hiyla ishlata boshladi. Turklarni mustahkam himoyasini parchalash uchun ularni qoʻl ostida boʻlgan Hijoz(Makka va Madina)ga T.E. Lourens ismli 29 yoshlik aloqa offitsierini aygʻoqchi qilib yuborishdi. Va u yordamida mahalliy qirollarni Turklarga qarshi qayray boshladi. Hijoz yonidagi Najmda qirollikka intilgan Saud oilasini Hijozni egallash uchun Turklarga hujum qilish tomon undadi. Inglizlar bilishardi-ki, shunchaki hujum qilsa, u yerni egallash qiyin edi. Ular gʻoyaviy jangga ham kirisha boshladi. Oʻsha paytdagi Sunniy Musulmon boʻlgan Turklardan farqlanish va xalqni ularga qarshi nafratini kuchaytirish maqsadida Muhammad ibn Abdulvahhob (Vahhobiylar asoschisi) hizmatlaridan foydalanishga qaror qilishdi. Vahhobiylarga targʻibot uchun keng imkoniyatlar yaratilib, qoʻllab quvvatlandi. Bu turdagi Turklarga nafrati bor millatchi arab qoʻzgʻalonchilariga qurol-yaroq va moddiy yordamni taʼminlay boshlashdi. Qoʻzgʻalonchi Sharif Faysal rahbarligida Turklarni asosiy vosita boʻlgan temir yoʻlini egallay boshlashdi. Turklar sahroda jang qilishga qiynalgani sababidan, bora-bora arablarga bardoshlari yetmay qoldi. Soʻng Turk davlatiga tegishli boʻlgan "Suriya hududi tomon bu qoʻzgʻalonni choʻzish harakati boshlandi" degan mish-mish tarqatildi. Ular vahimaga tusha boshladi. Sekin-sekin arablarga taslim boʻla boshladi. Baʼzi turklar Ingliz josusi boʻlmish Lourens boshchiligidagi Arab qoʻshinlariga qarshi turib tor-mor qilindi. 300 Turk askari oʻldirildi. Hijoz qoʻzgʻalonchi arablarga berildi. Turklar esa zaiflasha boshladi. Qoʻzgʻalonchilar sabab hududlaridan birin-ketin ayrila boshladi. Avvaliga Hijoz, keyin Suriya va Iroq hududlari Turklardan tortib olindi. Inglizlar esa yana hujumga oʻtdi, xatto soʻnggi onlarda Turklar qoʻshini Istanbulni boy beray deyishdi. Oxirgi lahzalarda Ingliz qoʻmondonlarini notoʻgʻri taktikasi sabab Britanlar chekinishdi. Ammo Inglizlar oʻz aygʻoqchilar yordamida Turklarni katta-katta hududlarini oʻz nazoratiga olib boʻlib tashladi. Boʻlib tashlab hukmronlik oʻtkaza qila boshlashdi. ©️The 33 strategies of war

OcoderX
1 696

OcoderX
1 696
Xitoy xalq respublikasini birinchi raisi Mao bir kun yuqori elitdan boʻlgan Lyu va Chjou ni oʻz huzuriga qabul qilganda bitta ajoyib savol berdi. Savoli: "Mushukka qanday qilib qalampir yedirasiz?", deb savol berdi. - Lyu: "Bu oson, kimnidir topib mushukni ushlab, ogʻziga qalampirni tiqib yediramiz", dedi. - Rais Mao: "Daxshat bu, bu zoʻravonlik. Bu tarzda kuch ishlatmang", dedi va keyin Chjou ga yuzlandi. - Chjou: "Bu oson, mushukni och qoldirib, soʻng goʻshtni boʻlaklab ichiga aralashtirib beraman. Ochligidan majbur yutib yuboradi." - Rais Mao: "Bu usul mushukni xohishiga qarshi boʻladi. Bu ham vaxshiy hiyla!", dedi. Buni eshitib, ikkalasi: "siz rais janoblari nima qilgan boʻlar edingiz?", deyishdi. - Rais Mao: "Men mushukni ketiga qalampirni yaxshilab ishqab qoʻyaman va dumini yalatmaslikka urinaman achchigʻligidan himoya qilganday. Keti yona boshlaganda oʻzi yalashga urinadi, oʻshanda men unga ruxsat beraman. Oʻshanda mushuk xursand boʻlib xohishi bilan yalay boshlaydi oʻzi". ©️Mao tarixi, Ross Terril, 1999 | The 33 strategies of war

OcoderX
1 696
...
...