en
Feedback
OcoderX

OcoderX

Open in Telegram
1 696
Subscribers
+324 hours
+197 days
+7130 days
Posts Archive
OcoderX
1 696
Qanaqa talabalar bilan oʻqishga chidagansiz? - deb savol berishsa manashularni koʻrsataman kelajakda...
Qanaqa talabalar bilan oʻqishga chidagansiz? - deb savol berishsa manashularni koʻrsataman kelajakda...

OcoderX
1 696
Siz oʻtkazmoqchi boʻlgan dalilga boy fikrlar xalqni bir qulogʻidan kirib ikkinchi qulogʻidan chiqib ketadi. Maʼruzani devorga gapirgandek boʻlasiz. Odamlarni eʼtiborini qozonish va hokimiyatni egallash yoʻlida avvalo ularni oʻtmishida qadrli deb bilgan narsalariga emotsional hujum qiling. Bu harakat oqilona boʻlmasligi mumkin ammo ishlaydi. Siz ularni hissiyotiga murojaat qilar ekansiz, mayda yumushlarda xalqparvar boʻlib koʻring. Kamchiliklardan unumli foydalaning. Hokimiyatdan turgan odamlarni barchasini zolim, xalqni oʻylamaydigan va nafsiga qul qilib koʻrsatishga urining. "Mehribon ota" obrazidan, "zolim xoʻjayin" qilib koʻrsating. Diniy yetakchi va iqtidorda turgan boshliqlariga boʻlgan hurmatni xalq ichida tushirishga urining. Sizni koʻzingiz bilan qaraydiganlar asta koʻpaya boshlaydi, soʻng hal qiluvchi harakatga oʻtasiz. ©️Jon Adams AQSH ni 2-prezidenti boʻlishligi haqida | The 33 strategies of war P.S: Ajoyib-a? Yaqindagi boʻlayotgan ishlar ham shuni takrorlayotgandek goʻyo...

OcoderX
1 696
Baʼzida bir nimalarni toʻxtovsiz yozgim keladi. Keyin oʻylab qolaman: "meni fikrim oʻzi kimga ham qiziq...". Xuddi meni postim dunyoni mafkurasini oʻzgartirvoradigandek. Hamma oʻzini muammosi bilan ovvora. Deyarli aksaringizlar "yakuniy baza tashlab qolishimiz uchun"gina shu yerdasizlar. Buni gohida unutaman va qandaydir kitobdan meni muammoyimga yechim koʻrgandek boʻlgan parchalarini tashlab, "mana meni ham kimdir kuzatyapti-yu" deb oʻzimni bilib turib aldayman. Oʻzi aslida "eng yaxshi oʻrganish - bu oʻrgatishdir" qoidasi boʻyicha ish yurityapman. Yakuniyga qiynalib tushunmayotganim uchun vunderkind ogʻaynilarimdan tushunganimizcha oʻrganib, oʻzimizcha videochat stilini boshlaganmizdek. Xullas shuncha vaysab nima demoqchiman?! Menga xuddi "meni diqqat bilan kuzatib turgandek" muhitni berganingizlar uchun va illuziya boʻlsa ham manashunday kanalda faol kabi koʻrinib turganinglar uchun chin dildan minnatdorchilik bildirmoqchiman.

OcoderX
1 696
Inson tabiati shunday tuzilganki, u ojiz odamni hurmat qila olmaydi, garchi unga achinishi mumkin boʻlsa ham. Hatto bu achinish ham uzoq davom etmaydi, agar qudrat belgilari paydo boʻlmasa. Kuch-qudrat o'limdan qo'rqmay boshlaganimizda ko'zimizda va amalimizda namoyon bo'la boshlaydi. Tinimsiz og'riq bilan ojiz bo'lib, kuchlilar tomonidan zulm ko'rib bir necha yuz yillab yashagandan ko'ra, lahzalik o'lim eng yaxshi mukofotdir. ©️MENING QULLIGIM VA MENING OZODLIGIM, FREDERIK DUGLAS, 1818-1895 | The 33 strategies of war

OcoderX
1 696
Hozir amerikalik Rober Grin tomonidan yozilgan kitob Urushning 33 strategiyasi kitobini o'qiyotib, Xorazmshoh Muhammad II ning Chingizxon bilan urushdagi siyosiy xatosi haqida keltirgan bir parchani ko'rib qoldim. Boshqacha bo'lar ekan, Sirdaryo, Farg'ona va poytaxt Samarqand haqida tilga olinsa boshqa davlatni kitoblarida. Ha azizlar bir paytlar biz dunyoni markazi bo'lganmiz. Ha bizning tariximizdan ham o'rnak olishar ekan...

OcoderX
1 696
Ular bizga o‘xshamaydigan tomonlarini tushunolmay, biz ular tasavvur qilganimizdek javob bermaganlarida hayratlanamiz. Biz beixtiyor odamlarni xafa qilamiz va o‘zimizdan uzoqlashtiramiz, keyin esa yetkazilgan zarar uchun ularni emas, balki ularni tushunishga qodir emasligimizni ayblaymiz. ©️The 33 strategies of war

OcoderX
1 696
- Biz kambag'al bo'lganimiz uchun, qo'limiz yupqa bo'lgani uchun qizlar bizga ko'nmaslgi bu - adolatsizlik. Hayot faqat hashamat egalari uchun berilmagan-ku. Sevsak sevibmizda o'zimizdan puli va obrosi ko'p oilani qizini. Menni sovchimga bahona qilib ko'nmasdan, shartta boshqa boyrog'idan kelsa bervordi-ya... O'zi hamma jin urgurlar shunaqa ekanda. Maylida biz tomondan ham quyosh chiqib qolar... - Mana sizga yuqoridagi fikrlash. - Endi boshqacha ko'z bilan qarab ko'ramiz bir vaziyatga. Tasavvur qilamiz: biz o'sha qizni o'rnidamiz. Bir obrosi unchalikmas, qo'li yupqa birortasi sevib qoldi bizni. Alternativida bizga mos tuzuk, ya'ni obroli va boy xonadondandan sovchi kelishi ehtimoli bor. Nimaga risk qilishimiz kerak? Shuncha yildan beri o'ziga kelmagan oila vakili keyin kelishi necha foiz? Balki o'sha sharoitga o'rganib qolgan bo'lsachi? Baxtli qila olishi mumkindir, lekin kelajakda farzand ko'rsak ular ham shunday sharoitda qiynalsachi? Yaxshisi tavakkal qilmayman va o'zimga mosini ozgina kuta qolaman, demaymizmi? Boylik yomon deb kim aytgan? Payg'ambarimiz alayhisalom ham to'g'ri yo'ldan topilgan boylik fazl - degan-ku? Men nimaga umrimni umid qilinadigan no'malum kelajakka tikishim kerak? Ota-ona sifatida: Ertaga qizim zoriqb qolmasmikin, farzand ko'rsa yaxshi sharoitda qaray oladimikin? Nevaralarim o'ksinib qolmasmikin bizni qarindoshlar tomon kelsa? ... Har doim absalyut to'g'ri qaray olmaydi vaziyatga hech kim. Hamma o'zidan kelib chiqib fikr qiladi. O'zi kelajak xaos kabi no'malum bo'lib turgan paytda yanada no'malumlikni qo'ldan chiqargimiz kelmaydi. - Chiroyli va qimmat mashina minmoqchimizmi? - harakat qilaylik shunga yarasha. Nolimasdan. Bo'ymizdan balandga sakrab, hammani hijolatga qo'yish asli adolatsizlik emasmi? - Boyni bolasi latareyadek tug'ilgan bo'lisji mukin, lekin o'sha boylikni tutib tura bilish uchun ham katta kuch talab qilinadi. Hech kimga osonmas. Osmondan tushgan narsa mislsiz stress va tashvishi bilan keladi. Allohni adolatiga shubha qilmay qo'yaqolaylik. Sizlarda qanday fikr bor men e'tiborga olmagan?

OcoderX
1 696
...
...

OcoderX
1 696
Tanishing ogʻalar, bu meni 9 yil oldingi har kunlik dars qiladigan joyim... Stol-stul boʻlmagan, sharoit boʻlmagan va kurslar
Tanishing ogʻalar, bu meni 9 yil oldingi har kunlik dars qiladigan joyim... Stol-stul boʻlmagan, sharoit boʻlmagan va kurslarga borib oʻqishga pul boʻlmagan... Xudo bizga 11-sinfni bitirib-la TATU atalmish joyda oʻqishlikni nasib qilgan... Ha shu universitet uchun zaklarda oʻtirib tayyorlanganman... Fizika-matematika kitoblari va daftarlarni koʻtarvolib...

OcoderX
1 696

OcoderX
1 696
Feysbukda 2018-yilda yozgan krinj postlarimi o'qib o'tiribman... O'zimcha kimlargadir aql o'rgatganmanda-a-e o'sha saviya bil
Feysbukda 2018-yilda yozgan krinj postlarimi o'qib o'tiribman... O'zimcha kimlargadir aql o'rgatganmanda-a-e o'sha saviya bilan...

OcoderX
1 696
Repost from OcoderX
Google:

OcoderX
1 696
Menga bu soʻzni "yaqin doʻst" deb tarjima qilib bergandi Google...
Menga bu soʻzni "yaqin doʻst" deb tarjima qilib bergandi Google...

OcoderX
1 696
Repost from N/a
Koʻngil beribmiz xoʻp bir goʻzal qizga, Lek koʻngil bermadi gul-sanam bizga. Ich yutib, ich yutib, dilni ochgandik, Tik qarab dediki: "koʻnmayman sizga". Toʻgʻri siz oydinsiz koʻkdagi oydek, Biz qurgʻur suvdagi koʻkarkan loydek. Balki pastda yashash taqdirdir bizga Ha mayli siz yashang zodagon boydek. "Samoga intilma, qiyin" - debsiz-da? "Chiranma, kuchanma, qoʻygin" debsiz-da? "Oyga quyosh kerak, koʻlmak suv emas, Hovliqmay oʻrningni bilgin" debsiz-da? "Bu sizning aybingiz" aslo demaymiz, Bizniki boʻlmagan "haq"ni yemaymiz. Chegaradan oʻtgan asli bizmiz-ku! Ich yutib sevgimiz oshkor etmaymiz. Xato izlab kovlash qandayin oson, Xudodan keldi-da bizga imtihon. Yurakdan jilmayib sizga baxt tilab, Soʻraymiz boʻlsin deb "boshingiz omon" Kuz qishga nasib-da, yozga bahordir?1 Teng tengga, tezaklar qopiga yordir?! Loyda yashasakda atalgan bizga, Balchiqda yashovchi nilufar bordir?! ©️ OcoderX , 28-oktabr 2025

OcoderX
1 696
Reja tuzilib, har tarafi o'ylab qo'yilgan maqsali ish uchun ikkilanish bu - urushdan oldingi mag'lubiyat demakdir. Mag'lubiyat qo'rqqan taraf mulkidir. Xuddi Muso (alayhisalom) va Muhammad (alayhisalom) kabi vaqtincha chekinib vaqt yutib, kuch to'plagandan so'ng ikkilanmay buyuk strategiya asosida oldinga ildamlash tarixda o'chmas iz qoldiradi. ©️The 33 strategies of war

OcoderX
1 696
Media nega buni koʻrsatmaydi bizga... Mehr qolur muhabbat qolur Pedri✊

OcoderX
1 696
photo content

OcoderX
1 696
Borlariga shukr) Video boʻlsa ishlandi😁

OcoderX
1 696

OcoderX
1 696
Aha ...
Aha ...