OcoderX
Open in Telegram
Xabar uchun : @OcoderXbot Instagram: https://www.instagram.com/OcoderX
Show more1 696
Subscribers
+324 hours
+197 days
+7130 days
Posts Archive
1 696
@tatu_kvartira - kvartira izlab yurganlarga jo'natvorarsilar. Boshqa gruppalarda e'lon berishmasin yomon ko'rinib.
1 696
"Boylik bu fazilat, lekin shu bilan birga juda oʻgʻir imtihon hamdir" - deb taʼkidlangan tasavvuf ulamolarimiz tomonidan.
Buni maʼnosini togʻam aytib bergandi.
Togʻam: "Bir narsani bilgin oʻgʻlim, boyligi bilan maqtanganlar chin yaqinlaridan uzoqlasharkan. Biz boyib ketib koʻz-koʻz qilib bir mashinani ikkinchisiga alishtirib hokim boʻlish nomzodiga ketayotganganimizda, jigarlarim va yaqinlarim uyimizga kam kela boshlashgandi. Oʻrniga begonalar yaqinlash boshlashgandi. Yaqinlarim koʻtarinib kelish kerakda endi kattakonlar uyiga deb juda kam kelishadigan, telefon ham qilmaydigan boʻlib ketishdi. Soxtalar boʻlsa amalimi kuchidan oʻzlaridan yaqin yasashdi ( ular uyalarmidi ). Men tuxmat bilan qamalib keyin oqlanib yana lavozimni tikkalab berishganda, ishini tashlab chiqib ketdim. Oʻshanda bir narsani tushungandim. Boylik bu - meni yaqinlarimdan uzoqlashtirib, soxta "yaqinlarga" yuzlashtirarkan. Bu yukni koʻtarolmas ekan - deb shu bilan pulimi yashiradigan boʻlib, oddiy yashashni boshladim. Ular shundan keyin hijolat boʻlmay kelishni yoʻqlashni boshlashdi. Baʼzan qarz soʻrab qoʻyardim oʻzimda boʻlsa ham. Darajam ular qatori ekanligini koʻrsatish maqsadida. Oʻsha pulni oʻsha mol-mulkni mana boshqa yoʻl bilan ham beryapti Xudo. Bollarim qilt etmay yashasa ham yetadigan pulim bor. Lekin yashiraman, yoʻqdek koʻrinaman. Oddiy yashayman. Oddiylik bu baxt. Yashasam 70 yil yashayman. Yaqinlarim bilan yashab shu umrni tugatganim afzal menga."
1 696
Kishi bir ma'siyatni takror takror ko'rishi(yoki qilishi) - u narsani karroxiyatini qalbda susaytiradi.
©️Imom G'azzoliy
Ya'ni bir gunoh ishni qayta qayta takrorlayversa, uni gunohligini vazni tusha boshlarkan. Bora-bora oddiy holatga aylanib boraverarkan. Qiyomatdagi aynan o'sha ishni azobidan qo'rquv kamayib boraverarkan.
Misol:
- Alkashlar uchun mast holatda yurish odatiy, lekin Qiblaga oyoq uzatish yomon.
- Qimor o'ynash oddiy ish, lekin supurgini tikka qo'yish yomon,
- Zino oddiy ish, lekin soqol olish yomon...
O'sha paytlarda (800 yil oldin) ham bo'lgan ekan bizdaqa odamlar...
1 696
Repost from N/a
Dildan suhbatdoshing boʻlgani yaxshi,
U sening "ichingdir", umringni naqshi,
Sir asrorim sotib, sanchmas oʻz nishi,
Chin doʻsting borligi qandayin yaxshi!
Farq qilmas masofa, yaqin-mi olis,
Ortingdan gaplari - doimo holis,
Xatoying yashirar, boʻlmaysan noqis,
Qalbida saqlovchi boʻlgani yaxshi.
Gar yoʻldan chalgʻisang, ogohlantirar,
Tugʻyonga berilsang, Haqni gapirar,
Qiyalab yiqilsang, yelkangdan tirar,
Gʻiybatchimas doʻsting, boʻlgani yaxshi.
Asl kayfiyating, soʻzingdan oʻqir,
Gapirsang niyating, koʻzingdan oʻqir,
Yomoning sir saqlab, yaxshingdan toʻqir,
Imodan uquvchi doʻstim bor yaxshi.
Ey doʻstim borliging dilim yayratar,
Haqingda sheʼr bitdim, koʻpmas toʻrt qator.
Uzoq boʻlsin bizdan, gina, xavf-xatar,
Sen kabi doʻstim bor, qandayin yaxshi!
Koʻngil na choy istar, na bir choyxona,
Koʻngil diydor istar, choy bir bahona,
Toʻlib ketdi dardlar, toʻldi gʻamxona,
Meni ular yengmay, kelganing yaxshi.
©️OcoderX [parafraz]
©️Ibn Doniyorbek مُحَمَّد
1 696
Repost from N/a
Oʻqi bolam - faqat oʻqish, hech kimsadan kam boʻlma,
Yaxshi inson boʻlib yetish, quruq koʻzda nam boʻlma.
Qoʻldan kelsa toʻgʻri boʻl lek, oʻgʻrilarga gʻam boʻlma,
Mayli boʻlsang oʻgʻri boʻl lek, rahbarlarga "zam" boʻlma.
©️OcoderX [parafraz]
1 696
Ayniqsa universitetda oʻqiganlar yaxshiroq biladi buni.
Uyga qaytsa yozda: biri Rossiyada, biri Koreyada va yana biri boshqa uzoq yerda... Hech kimni bir-biriga vaqti yoʻq... Bir toʻplanib qolsak-da yoshlikdagi begʻubor suhbatlarimiz yoʻq...
Mana bitirdik. Universitetdagi kursdoshlar bilan ham shu kadr takrorlanmoqda... Kontrlar, PS lar... Yigʻilib yakuniy muhokamalari, dedlaynlar... Ajoyib bir martalik tarix goʻyo...
Qachondir koʻrishib qolsak ham turli xil tomon oʻzgarib ketgan boʻlamiz...
1 696
Koʻngilnna qahva istar, na qahvaxona...
Koʻngil bir doʻst istar, qahva bahona...
©️Mahbubiy
1 696
Hammamiz shaxsiy blogchamizda ustoz boʻpketyapmiz-a?
"Uni qilmang, buni qiling". 100 yil yashab, ilm olib qoʻygandek xuddi... Nari borsa 23 ga kirmagan goʻdakmiz koʻpimiz.
Yana koʻpchilik [20 yoshga ham yetmagan "qizchalar"], diniy tasavvufdan dars beryapti "shunchaki" deb nomlavolgan kanalchasida... Uzr-u tasavvuf ilmi koʻp vaqt ilm olish talab qiladi ["aql yoshdamas boshda" degan gap - bu masalada oʻtmaydi].
Biror "aqlli gap"ni qachon "boshqalarga aytilyapti" emas, "menga aytilyapti shekilli" deb oʻylarkinmiz-a? Hadeb aql oʻrgatovirmey...
1 696
Tilim bor, soʻkkim keladi... Nima qilay qonun ham bor-da... INHAda oʻqiganlardan Bosh vazir chiqqan deb hisoblaymiz unda...
