fa
Feedback
OcoderX

OcoderX

رفتن به کانال در Telegram
1 685
مشترکین
-224 ساعت
-147 روز
+1930 روز
آرشیو پست ها
OcoderX
1 688
Pov: Men kelajagim borasida oʻtta begʻamman. Chunki qaysidir ogʻaynim vazir boʻlib keyin meni ham ishga tortishini his qilaman...

OcoderX
1 688
Repost from N/a
Oʻtgan har soatning soʻrogʻi bordir, Ertaga hisobda xor boʻzlamaylik. Bilsangiz nopokka - nopoklar yordir, Bugun internetdan baxt izlamaylik. Niklarni chiroyli bezatib olib, Haqiqiy hayotdan bebahra qolib, Nomahram insonga dardimiz yorib, Bugun internetdan baxt izlamaylik. Robni unutmaylik har nafas har on, Bu hayot oz fursat, imkon, imtihon. Internet - oʻrgimchak toʻridek makon Bugun internetdan baxt izlamaylik. Kimlarni ayirdi doʻst-u yoridan, Kimdirlar ayrildi butun boridan, Juda tez oʻrgandik jon humoridan, Bugun internetdan baxt izlamaylik. Qancha oilalar buzilib ketdi, Qarindosh rishtalar uzilib ketdi, Boʻyinda gunohlar tizilib ketdi, Bugun internetdan baxt izlamaylik. Hamma qoʻymoqdadir baxt oʻchogʻini, Aslida yoʻq boʻlgan non-oʻchogʻini, Yongʻoqdek koʻrsatgan puch poʻchogʻini, Qoʻyib qoʻygan toʻrdan baxt izlamaylik. Qancha yoshlarimiz, manqurt boʻldi-ku! Qancha begunoh jon - shu deb oʻldiku! Toʻlsa ham shaytonning koʻngli toʻldi-ku! Bugun internetdan baxt izlamaylik Kap-katta ayollar sevgidan soʻzlar, Shahvoniy "klik-chi" beparda yuzlar, Qizil chizigʻi yoʻq faqat nom "qizlar", Yolgʻon internetdan baxt izlamaylik. Roʻzada maqtanib taom yedilar, "Moda" deb turli xil libos kiydilar, Din ahlin indatmay tilin tiydilar, Bugun internetdan baxt izlamaylik Mashxurlik balosi koʻzni koʻr qildi, Internet quyonni zoʻrdan zoʻr qildi, Kimga ulfat qildi, kimga joʻr qildi, Yolgʻon internetdan baxt izlamaylik. Millat deb baqirish xoinga tushgan, Hazil deb betayin vaynga tushgan, Vatanin yomonlab oʻyinga tushgan, Bugun internetdan rost izlamaylik Layk nima? Layklarga qorin toʻymaydi, Erta indin joyi tayin qolmaydi, Oxirat kunida salqin boʻlmaydi, Bugun internetdan baxt izlamaylik. Baʼzilar tilimiz toʻxtatmay soʻkdik, Oʻzi yoʻq qadrimiz qoldirmay toʻkdik, Qoʻlda Qurʼon emas, telefon tutdik, Yolgʻon internetdan baxt izlamaylik. Tinglayotgan doʻstim bu oxir zamon, U onda boʻlamiz, tarqoq har tomon, Qolaylik fitdan hammamiz omon, Bugun internetdan baxt izlamaylik! ©️OcoderX [parafraz] && Xasanov Diyorbek.

OcoderX
1 688
Qaysi yovuzlarni dunyoga chiqishi hozirda zarur? -deyishsa men va meni doʻstlarim bir ovozdan:

OcoderX
1 688
- Agar kimdir ilm oʻrganish jarayonida qiynalsa, ilmga toqati boʻlmasa yoki qancha harakat qilsa ham ilm yuqmayotgan boʻlsa, ota-onangizdan bir narsani soʻrab koʻring. Balki ular (ota-onangiz) qaysidir ahli ilmni pastga urgan, ustidan kulgan yoki gʻiybat qilgan boʻlishini ehtimoli katta. Chunki, dinimizda ulamoni shaʼniga tosh otganlar avlodidan ilmli inson chiqmasligini aytilgan... Agar kim ulamolarni mazah qiladigan boʻlsa dindan chiqishi, qilgan yaxshi amallarini barchasi bekor qilinishi va turmushda boʻlsa er-xotin oʻrtasiga taloq tushishligi fatvo kitoblarimizda bor. ©️ Bugungi Jumʼa maʼruzasidan

OcoderX
1 688
Ular ozgina nafratni his qilganida yanada qattiqroq kurashadilar... ©️The 33 Strategies of War
Ular ozgina nafratni his qilganida yanada qattiqroq kurashadilar... ©️The 33 Strategies of War

OcoderX
1 688
Baʼzi birlarimiz eʼtibor bermayapmiz bir narsaga. Bugun shu narsa koʻp uchrashni boshladi. Instagram reels videolarda har xil oqim va terror guruhlar, adashgan firqalar, tomi ketgan jinni boʻlib keynchalik Suriya va Iroq hududlarida yurgan ayrim chalasavodlarni Instagram sahifasidagi videolariga bilmay layk bosib yoki bir birlarimizga ulashib qoʻyyapmiz. Ertaga nazoratda tutilib qolsak, "bilmaslik qonundan ozod qiladi" degan gap yoʻq. Ogoh boʻlaylik! Ha baʼzida ular toʻgʻri gapni aytishadi, negaki propaganda qoidasi shunaqa. Toʻgʻri gapni oʻz maqsadida foydalanib populistikaga oʻynasa ishonib ketavermaylik. Tayin-tuyini bor, silsilasi bor, joyi-makoni aniq boʻlgan insonlardan dinni oʻrganaylik. Manabu esa qaysi tarmoqda kim sud tomonidan taqiq ostidaligini bilib olish uchun havola: https://api-portal.gov.uz/uploads/76/2025/09/18/106b2a17-af78-6bfe-00df-07d9b741abc9_media_.pdf

OcoderX
1 688
Mayli GPT plusdan bitta joyni tekin bervoraman🫴

OcoderX
1 688
@OcoderXbot 👁👁

OcoderX
1 688
Miyami 2 yarim shari bir biri bilan urishyapti: - Bir tarafi: shunday bilmaydiganlar ham bor.... - Ikkinchi taraf: bizni nagli x***et qilyaptiyov...

OcoderX
1 688
1 kishiga joy qoldi

OcoderX
1 688
ChatGPT plus 5 ni obunaga 4 ta kishi bb olamiz, qo'shilmoqchi bo'lganlar @OcoderXbot ga yozinglar

OcoderX
1 688
Qaramasdan olibmane doʻkondan... Sal qoldi "tema" bb ketishimga)
Qaramasdan olibmane doʻkondan... Sal qoldi "tema" bb ketishimga)

OcoderX
1 688
Repost from N/a
Baxt boylikdamas deysanu, lek qaragin yaxshilab, Jamiyatda insof oʻrnin, boylik oldi egallab. Xatto sendan boyrogʻidan, kutmoqda ular sovchi... Buni senga ayta olmay, der "bizning qiz oʻqimoqchi"... Doʻstim sendek oʻylaguvchi, insonlar kam sanoqlik, Pulim yoʻq deb oʻtirishlik, oʻzi bitta ahmoqlik. Boylik moʻmin fazilati va katta bir imtihon... Buni toʻgʻri sarflasak, oxirat omon-omon... Qara kimlar mazlum holda, ust-boshi yupin holda... Chunki bizda: boylikni qoʻy, ilmimiz bir ahvolda Bir zamonlar ular bizda, egalari biz boʻlgandik. Dindor yoki dinsizlarni, oʻz holiga qoʻygandik... Bugun boʻldi ular ustoz, dunyoga dars bermoqda... Vijdoniga pulni qoʻyib, uni Xudo qilmoqda... Ular bilan kirib keldi: xunuk xor madaniyat, Mol dunyo deb hirsni bogʻlash va jaholat tabiat... ©️OcoderX [ parafraz ]

OcoderX
1 688
Davomi... Biz ochiq dushmanlik kamdan-kam uchraydigan davrda yashayapmiz. Ijtimoiy, siyosiy va harbiy o‘zaro munosabatlar qoidalari o‘zgardi. Shuning uchun dushman haqidagi tushunchanmiz ham o‘zgarishi kerak. Ochiq dushman endi kam uchraydi. Odamlar endi deyarli hech qachon ochiqchasiga bizga hujum qilmaydi. Niyatlarini yoki bizni yo‘q qilish istagini ko‘rsatmaydi. Aksincha, ular siyosiy va bilvosita harakat qilishadi. Dunyo har qachongidan ham raqobatbardosh bo‘lsa-da, tashqi tajovuz tushkunlikka tushiradi, shuning uchun odamlar yashirincha, kutilmaganda va ayyorlik bilan hujum qilishni o‘rgandilar. Ko‘pchilik do‘stlikni tajovuzkor istaklarini yashirish uchun vosita sifatida ishlatishmoqda. Ular bizga ko‘proq zarar yetkazish uchun yaqinlashadi. Do‘st - bizni eng yaxshi xafa qilishni biladigan kishidir.... Haqiqiy do‘st bo‘lmasdan, ular yordam va ittifoq taklif qilishadi: ular qo‘llab-quvvatlayotgandek ko‘rinishi mumkin, lekin oxir-oqibat bizning hisobimizga o‘z manfaatlarini ilgari surishadi. Keyin, o‘zini qurbonga aylantirib, bizni "noma’lum bir aybimiz" uchun aybdor his qildiradigan axloqiy urush ustalariga ega bo‘lganlar ham bor. Jang maydoni bu sirpanchiq, qochqin va ayyor jangchilarga to‘la.

OcoderX
1 688
Ba’zi odamlar bizdan nafratlansa, xafa bo‘lmaylik. Chunki hammani baravariga rozi qilib bo‘lmaydi. Biz qattiq qarshi turgan dushmanlarimiz, aslida bizga sodiq qo‘llab-quvvatlovchilar bazasini shakllantirishga yordam beradi. Hamma joylashgan markazga siqilishmang. Hamma bilan bir xil bo'lishlik xato, negaki to'polon olomon ichida jang qilish uchun joy yo‘q. Odamlar qutblashtirilsa, ba’zilari uzoqlashtirilsa, jang uchun bo‘shliq ochiladi. Hayotdagi hamma narsa bizni markazga, murosaga olib borishga intiladi, nafaqat siyosiy jihatdan. Boshqalar bilan til topishish muhim mahorat, lekin bu xavf bilan keladi: har doim eng kam qarshilik yo‘lini, kelishuv yo‘lini qidirib, biz kim ekanligimizni unutib qo‘yamiz va hamma bilan birga markazga cho‘kamiz. Buning o‘rniga o‘zimizni jangchi, dushmanlar bilan o‘ralgan tashqi odam sifatida ko‘rishimiz lozim. Doimiy jang bizni kuchli va hushyor tutadi. Bu bizning nimalarga ishonganimizni o‘zimiz va boshqalar uchun aniqlashga yordam beradi. Odamlarni g‘azablantirishdan xavotirlanmang; qarshilik bo‘lmasa, jang bo‘lmaydi, jang bo‘lmasa, g‘alaba imkoni yo‘q. Murosa zarurati bizni aldashiga yo‘l qo‘ymasin: kishini hurmat qilinishi, hatto qo‘rqilishi hammasidan yaxshiroqdir. Dushmanlarimiz ustidan qozonilgan g‘alaba bizga uzoq muddatli mashhurlik keltiradi. ©️GEORG ZIMMEL, 1858-1918 | The 33 strategy of war 150 yil oldin aytilgan gaplar... Shunga aytishgan ekanda ilm qarimaydi, o'lmaydi deb...

OcoderX
1 688
Hali oʻlmaganlar ham mavjud - deb charchab ketgandim... Mana bir isbot🫴

OcoderX
1 688
Birimiz Andijonda, boshqa birlarimiz: Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro va Xorazmda... Bizni krugni Xudo rahmi kelib koʻrishtirmasa, oʻlguncha koʻrishmasak kerak...

OcoderX
1 688
- Rosululloh sallallohu alayhi va sallam: "Ey Abu Hurayra, koʻp kulmagin! Koʻp kulishlik qalbni qotiradi." - dedi. - Mazax qilib hadeb kulaverishlik, odamni salobatini, obrosini tushiradi. Tabassum va kulguni farqi bor. Tabassum sunnat va koʻp kulavermaslik ham sunnat. #bugungi_juma_maruzasidan

OcoderX
1 688
Repost from N/a
Koʻrganda otasin eslaging kelar. "Koʻr" boʻlgan onasin eslaging kelar. "Kim bu iflos?" deya soʻraging kelar, Oʻzicha er-xotin jufti haromlar. Bir yaxshi gumonda boʻlging keladi, "Rashk" deya dars oʻtsa kulging keladi, "Erkak boʻl" deganda urging keladi, Oʻzicha rashk qilgan - jufti haromlar Gapirsa gaplari vazn bosmagan, Qurolli askar lek oʻqi otmagan, Bir birin bir tiyn soʻmga olmagan, Oʻzicha hukmdor jufti haromlar. Bu hayot - drama deb oʻylaydimi? Yarim yoʻlga borib "yeb qoʻymaydimi?" Uf menga nima-ya? oʻlvormaydimi... Kalamush kabi bir - jufti haromlar. ©️OcoderX [ 2021 ]

OcoderX
1 688
Nima deysizlar, tashasammikin @tatuda kanaliga ? 😂
Nima deysizlar, tashasammikin @tatuda kanaliga ? 😂