OcoderX
Open in Telegram
Xabar uchun : @OcoderXbot Instagram: https://www.instagram.com/OcoderX
Show more1 696
Subscribers
+324 hours
+197 days
+7130 days
Posts Archive
1 696
Dappa do'sim tabrikliman bayramimiz bn .
Bilaman xech bir qiz paypoq xam atir xam sovg'a qimagan
Ota-onezi baxtiga sog' bo'lin xarip😁
1 696
Allaqachon 2026 keldi, lekin hali ham 2025 yozyapman ekan ishda...
Дунё, тезлигингни эшитган эдим,
Ўткинчилигингни сўйларди ҳамма.
Шунда ҳам исёнкор бандалармиз-да:
Йил тез ўтмайди деб ўйларди ҳамма.
Yaratib ne sirlar, ne mo‘jizalar,
Qutlug‘ kun ketidan kun o‘tkazilar.
Behuda o‘tgan dam – ko‘ngil ezilar...
Umr o‘tmoqdadir, umr o‘tmoqda.
1 696
Rofi' ibn Xadiyj roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xurmoni changlatayotgan odamlar oldidan o'tib qoldilar va ularga bunday qilishga hojat yo'qligiga ishora qildilar. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga itoat etdilar, lekin o'sha yili xurmo avvalgidek yaxshi hosil bermadi.Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dunyo ishlaringizni o'zingiz yaxshi bilasiz», deb aytdilar. (Ibn Hibbon. Sahihi Ibn Hibbon, 23-hadis.)
©️Soxta salafiylarning sayoz sabogʻi | Abdulhamid Zayriyev
1 696
Iymonda, Islomda - jonni topshirib,
Vaʼdalaring tomon ildam chopaman.
Jannatting, diydoring, soʻngra shoshilib,
Yoshlikni oʻshanda izlab topaman.
©️Ashi
1 696
Hammamiz bir kun kelib oʻqishni bitirib ishga kiramiz (yoki bitirmasdan).
Ishda qilinadigan toʻgʻri usul yoki notoʻgʻri usulda boʻlishi haqida yozilgan ajoyib kitob bor ekan.
Kitobda:
- nima qilsangiz ishga sizni shubhasiz qabul qilishlari (bilimingiz unchalik zoʻr boʻlmasa ham);
- qanday qilib muvaffaqiyatsiz natija bilan ham lavozimda saqlanib qolish yoʻli;
- lavozimga tez koʻtarilishni yoʻli;
- kuch-qudrat qanday yigʻilishi;
- ishdan haydalishni nozik sabablari;
- rahbar bilan muvaffaqiyatli muomala qilish usullari;
- hayotga boshqacha nazar sola olish yoʻllari;
- katta hayot davrida nimalardan ehtiyot boʻlish, eʼtiborli boʻlish haqida amaliy qoʻllanma tarzida yozilgan ilmiy kitob ekan.
P.S.: Kitobni tarjimasi boʻlayotgan kanal linkini faqat oldingi yopiq kanalga tashlagandik. Va endigina 1 ta boʻlimini oʻqib, tarjimasini qilib boʻldik. Lekin sizlar bilan ham ulashmasak boʻlmas ekan. Juda foydali kitob ekan toʻgʻrisi deyarli har birimizga. Shu birinchi boʻlimni oʻqibgina nima uchun birinchi ishimdan ketganimi sababini shundoq tasdigʻini bilvoldim oʻzim... Endi davomida bundanda foydalilari kutob turibdi-yov.
Plusiga, kitobni quruq mativatsion spikermas, shu ish boʻyicha real tadqiqiot olib borgan odam Standford GSB professori ekan. Xullas tavsiya qilmasam boʻlmadi.
Yopiq kanal linki: https://t.me/+DgR9Auo2qKNlMDJi
1 696
Bizni asosiy kanal @tatuda va @OcoderXs da 1-3 oy ichidagi postlarimiz kanalda bor aʼzolardan koʻp natijaga chiqyapti ekan. 3-5 oy oldingi postlarimizni koʻpi 6 ming koʻrishlar sonidan ham oʻtib ketibdi.
Haa, manabu haqiqiy oʻsha aytishgan "aktiv"i boʻlsa kerak.
"Biz va bizni jamoa kimligini bilmoqchi boʻlsang, sarhadlarimizga qara" deydigan joyi lekin 🙂
1 696
Repost from N/a
Hayot og'ir yukin yelkamga ortsa,
Shamol u tanamga yoqib esardi.
Suvsiz chanqab sabrim oxirga yetsa,
Men tomon bulutni haydab kelardi.
Ko'nglim g'amga botib chorasiz qolsam,
Qorong'u zulmatni nurdek yasardi.
Sharqdan ko'tarilib, g'arb tomon botsam,
Bir zumlik shafaqni durdek asrardi.
Oldimda yo'qsan lek, hayolimdasan,
Tushimdan izlayman "shu yerdadir" deb.
Tongdan to tungacha har onimdasan,
Ichimda sezaman "qayerdadir" deb.
Tushimda kutaman, kelasanmi hech?
Yetti muncham sog' lek ongim buzilgan.
Mening ahvolimni sezasanmi hech?
Yuraging namuncha toshdan tuzilgan?
Mayli biroz aytgin ahvoling qanday?
Zavq berib men kabi kuldiryaptimi?
Mendan tortib olib, meni eslamay,
Qadrlayaptimi, kuydiryaptimi?
Balki mamnundirsan, yo'qdirsan shunga!?
Kun kelib o'zingni yolg'iz sezarsan...
Diydor izlab kelsang xaroba uyga,
Men yurgan yo'llardan mendek kezarsan!?
Men kabi kuyinma, meniki yetar,
Bu sen uchun emas, aybing yo'q sening,
Umr ahir qisqa zum o'tib ketar,
Bo'lsa ham aybdor — yuragim mening.
©️OcoderX, 18.12.2025
