en
Feedback
OcoderX

OcoderX

Open in Telegram
1 696
Subscribers
+324 hours
+197 days
+7130 days
Posts Archive
OcoderX
1 696
Ha yaxshi ko'p qizlar o'zi yaxshi bilarkan. Keyingisiga mazmunli kitob muhokamasi bo'ladi unda. Manabu so'rovnomadan eng ko'p ovoz yig'ganini tugatsak, ikkinchi eng ko'p ovoz yiqqan kitob uchun ishni boshlaymiz.

OcoderX
1 696
Bu 12:00 da soʻrovnoma toʻxtaydi, Manabu kanal linki ham kuyadi

OcoderX
1 696
Nima deysizlar?
Anonymous voting

OcoderX
1 696
"Yigitlarni ham nozik taraflarini" ochib beruvchi zoʻr pullik kitoblar bor. Shular uchun ham kanal ochaylikmi?
"Yigitlarni ham nozik taraflarini" ochib beruvchi zoʻr pullik kitoblar bor. Shular uchun ham kanal ochaylikmi?

OcoderX
1 696
Bu yopiq kanal tez orada linki kuyadi, shuning uchun rostakamiga o'sha metodlar kerak bo'lsa tezroq so'rov tashlab qo'ysin... Bunaqa noqulay, manipulatsion va filtrsiz ma'lumotlar bo'ladigan kanalni uzoq ochiq holatda turgazgim yo'q... [ chunki pulga olgan kitoblarimdan ham bo'ladi bu kanalda] Linkni ulashib olinglar haligi "rad qilinaveradigan" yoki chiqishavermaydigan kursdoshlarga ham, ulgursa qo'shiladi... Link: https://t.me/+3rqnK5LDi_s4NWIy

OcoderX
1 696
Eng birinchi qiziqqan mazgi (o'zimizni admin yana bu kishi)
Eng birinchi qiziqqan mazgi (o'zimizni admin yana bu kishi)

OcoderX
1 696
Mana talablarga binoan o'sha kitob tarjimasi, sirlari va mazmunli qismi joylanadigan kanal: https://t.me/+3rqnK5LDi_s4NWIy

OcoderX
1 696
Xo'sh og'alar... Demak Ayol-qizlarni jalb qilgilar kelib qoldi... Yaxshi boshlaymiz shu bo'yicha o'qishni va kitob tarjimasini.

OcoderX
1 696
23:59 gacha tanlab yordamlashvoringlar) keyin oʻshani oʻqishni boshlaymiz

OcoderX
1 696
Menda hozir ilmiy, amaliy va yozuvchilari ham sifatli boʻlgan qoʻllanma kitoblarlar bor, lekin qaysi turdagisini oʻqish kerak? Tanlaymizmi?
Anonymous voting

OcoderX
1 696
#Iqtibos_ — Bir g'oyaga radikal tarzda majburlash oqibati Jamiyatga agressiv va salgina bezori bo'lgan yigitlar ham kerak. Shu bois “Simpsonlar” multserialidagi Nelson Mants (Gomerning antiqahramon o‘g‘li) Bart hududi atrofidagi kichik ijtimoiy guruh uchun shunchalik zarur. Nelson — bezorilar qiroli — bo‘lmasa, maktab tez orada alamzada va tez ranjiydigan Milxauslar, o‘zini o‘ta aqlli sanaydigan Martin Prinslar, shokoladga o‘ch, yumshoqtabiat nemis bolalari va go‘dakona Ralf Viggamlar bilan to‘lib ketardi. Mants — tuzatuvchi kuch, o‘zini o‘zi ta’minlay oladigan, qattiqqo‘l bola bo‘lib, o‘zidagi mensimaslik qobiliyati orqali qaysi yetilmagan va ayanchli xatti-harakatlar mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini belgilaydi. “Simpsonlar” mualliflarining daholigi shundaki, ular Nelsonni shunchaki tuzalmas bezori sifatida chizib qo‘ymaydi. Yaramas otasi tomonidan tashlab ketilgan, beparvo onasi tomonidan (yaxshiyamki) e’tiborsiz qoldirilgan Nelson, hamma narsani hisobga olganda, yomon yashamaydi. U hatto o‘ta progressiv Lizaga ham romantik jihatdan qiziq tuyuladi — bu esa Lizani qattiq hayratga va tushunmovchilikka soladi. Agar yumshoqlik va beozorlik ongli ravishda qabul qilinadigan yagona fazilatga aylansa, qattiqlik va ustunlik ongsiz darajada joziba kasb eta boshlaydi. Bu kelajak uchun nimani anglatadi? Agar erkaklarni haddan tashqari feminlashtirishga majburlasak, ular tobora shafqatsiz, fashistik siyosiy mafkuralarga qiziqa boshlaydi. Stalinparastlar, Gitlerparastlar yoki qadimgi jangarilarga qiziqish kuchayib boradi. Yaqin yillarda Gollivud tomonidan suratga olingan eng fashistik ommabop filmlardan biri — “Fight Club” aynan shunday muqarrar tortishishning yorqin namunasidir. AQShda Donald Tramp atrofida shakllangan populistik qo‘llab-quvvatlash ham shu jarayonning bir qismi, xuddi shuningdek Gollandiya, Shvetsiya va Norvegiya kabi nisbatan mo‘tadil va liberal mamlakatlarda ham o‘ng siyosiy partiyalarning yaqinda kuchayishi kabi. Agar ayollar sog‘lom bo‘lsa, ular qiz tabiatidagilarni yoki o'g'il bolalarni xohlamaydi, aksincha erkaklarni xohlaydi. Qarshi turish mumkin bo‘lgan, olishib ko‘rish mumkin bo‘lgan odamni xohlaydi. Agar o‘zlari qattiq tabiatli bo‘lsa, yanada qattiqroq odamni xohlaydi. Agar aqlli bo‘lsa, undan ham aqlliroqni xohlaydi. Ular stolga o‘zlari bera olmaydigan nimanidir olib keladigan kishini istaydi. Shu sababdan baquvvat, aqlli, jozibali ayollar uchun juft topish ko‘pincha qiyin bo‘ladi. Ularni yetarlicha ortda qoldira oladigan, jozibali hisoblanadigan erkaklar juda kam. Siz kimnidir sevsangiz, uni cheklovlariga qaramay, balki aynan o‘sha cheklovlari sabab sevasiz. Albatta, bu murakkab. Har bir kamchilikni sevib qolish yoki shunchaki qabul qilish shart emas. Hayotni yaxshilashga intilishni to‘xtatmaslik kerak, zo'ravonlik kuchaysa azob-uqubatni shunchaki borligicha qoldirmaslik kerak. Ammo yaxshilanish yo‘lida shunday chegaralar borki, agar ulardan radikal tarzda o‘tsak, insoniyligimizning o‘zini qurbon qilishimiz mumkin. Natijasi o'zimizga ayanchli bo'ladi. Agar siz qattiq tabiatdagi erkaklar xavfli deb o‘ylasangiz, zaif erkaklar nimalarga qodirligini ko‘rguningizcha kutaqoling. ©️12 rules for life | Tarjimada: OcoderX

OcoderX
1 696
Kitobni tarjimasi uchun yopiq kanali linki: https://t.me/+jEjLyIe96ck0NmYy

OcoderX
1 696
12 rules for life kitobini bugun o'qib tugatdim. Eng mazmunga boy (shirali) qismlarini tarjima qilib manashu 10 kishiga ulash
12 rules for life kitobini bugun o'qib tugatdim. Eng mazmunga boy (shirali) qismlarini tarjima qilib manashu 10 kishiga ulashaman bugun. Ishoninglar o'zimni tubdan o'zgartirvoradigan hayratomus savollarni ongimga yog'dirib tashladi. Dekabr oyini shu kitob o'zgacha qila oldi. Qo'shimcha: Kitobni o'qib tugatib Islom aqiydasining va falsafasining fikrlari — mo'jizaviy tarzda yechimlari bilan real hayotga, insonni sof tabiatiga eng yaqini ekanligini isbotini qayta oldim. Kitobni qunt bilan o'qisangiz tushunib yetasiz.

OcoderX
1 696

OcoderX
1 696
Repost from N/a
#Iqtibos_6 — G'olib va mag'lub miyasi Mag‘lub bo‘lgan qisqichbaqaning miyasi g‘olibnikidan keskin farq qiladi. Bu farq ularning gavda tu­tishida ham aks etadi. Qisqichbaqaning o‘ziga ishonchi yoki cho‘kik holati — neyronlar orasidagi aloqa­ni boshqaruvchi ikki kimyoviy modda, serotonin va oktopamin nisbatiga bog‘liq. G‘alaba serotonin nisbatini oshiradi, okto­pamin esa kamayadi. Serotonini yuqori, okto­pamini past qisqichbaqa mag‘rur qadam tashlaydi, jangga chaqirilsa, orqaga chekinmaydi. Serotonin gavdaning tik tuti­lishini boshqaradi: serotonin ko‘p bo‘lsa, qo‘l-oyog‘ini cho‘zib, tik turadi, o‘zini kattaroq va xavfliroq qilib ko‘rsatadi. Jangda yengilgan qisqichbaqa serotonin berilsa, u birdan cho‘zilib, avval o‘zini mag‘lub etgan raqibga qarab ham oldinga yuradi, ko‘proq vaqt va kuch bilan kurashadi. Depressiyadagi odamlarga beriladigan SSRI dorilarining xuddi shunday ta’siri bor — miyadagi serotonin miqdorini oshiradi. Oktopami ko‘p, seroto­nini kam bo‘lgan qisqichbaqa mag‘lub holatda: bukchaygan, qo‘rqoq, pastga qaragan, xavf sezishi bilan darrov g‘oyib bo‘ladigan jonzotga o‘xshaydi. Serotonin va okto­pamin dumni silkib qochish refleksini ham boshqaradi — mag‘lub qisqichbaqada bu refleks juda tez qo‘zg‘aladi. Bu holat odamdagi travmadan keyingi charchoq sindromi — PTSD — dagi yuqori cho‘chish refleksini eslatadi. ©️12 rules for life

OcoderX
1 696
Qor haqida gapirmaymanu aslida lekin Andijonda oʻtta katta-katta qor donachali 3-4sm² boʻlgani yogʻyapti. Bunaqasini 16 yil oldin koʻrgandim...

OcoderX
1 696
Agar sen o‘z dramangning bosh qahramoni bo‘lmasang, boshqaning dramasida ikkinchi darajali qahramonga aylanasan. Va senga bemaza, senga yoqmaydigan fojiali rol berilishi aniq. Chunki ular ro'llarni manfaatiga moslab tanlab olishib bo'lgan bo'ladi. Tabiatan biz eng yaxshisini kutamiz. Kutuvlarimiz bizni afzaliga loyiq deb o'ylaydi. Agar bizga qandaydir keyingi o'rindagilarni joyini berishsa sirtimizdan rozi bo'lsakda, ichimizdan vayron bo'lamiz. Tez kimlargadir oshiq bo'lib qolaveramiz. Kim uchundir mas'ul odamdek o'zimizni tutaveramiz. Natijada bizdan foydalanib qolishadi. Mana misol uchun, ko'p qizlar — xudbin, agressiv, o'zinikini ustun qo'yadigan, o'ziga ishongan va keyingi qadamlari no'malum qiziqarli "yomon yigitlar'ga oshiq bo'lib qolishadi. Yigitlar esa — ilinishi juda qiyin, bemalol rad qila oladigan, o'zini birinchi o'ringa qo'yadigan manman va lekin o'ylab muamola qiladigan mag'rur qizlarga jalb bo'lishadi [yoqtirmasalarda]. Xullas, umumlashtirsak o'z hayotida o'zini qahramon deb o'ylovchilar mustaqil bitta odam prototipini beradi, Ular qiziqarli. Ular bilan nimanidir muhokama qilsa bo'ladi. O'ziga nimadir qilib berishini talab qila oladi. Chunki uni ham ehtiyoji bor-da. Bu erkinlik sizga qiziqarlilik unsurini beradi. Xuddi sizni qirolligingiz bor va qo'shni qirollik bilan muomala qilgandek bo'lamiz. Bizni qirollikka tashrif buyurganlarni ajralib turadigan qandaydir an'anamiz va madaniyatimiz bilan hayron qoldira olamiz. ©️12 rules for life ©️Why men love bitches

OcoderX
1 696
Repost from N/a
Nafsga quloq solsak nelar demaydi, Qutursa ortiga qaytib kelmaydi, Yesa ham boshqasin, boshin yemaydi, Sabrni soʻrab jim koʻraylikchi-a!? Unga dushman faqat ulugʻvor sabr, U ketsa bu jonga soladi jabr, Oxirgi toʻyishi tuproq va qabr, Xudo tomon yuzni buraylikchi-a!? Nega yuzni ortga buramiz o'rtoq? Yugurib qaygacha boramiz o'rtoq? Jonni oxir kimga beramiz o'rtoq? Qadimga tik boqib qaraylikchi-a!? Taqdirda borini koʻramiz doʻstim, Rizqimiz kun kelsa olamiz doʻstim, Berganda shoshilib qolamiz doʻstim, Ofiyat soʻrab jim kutaylikchi-a!? ©️ OcoderX | 16-dekabr, 2025

OcoderX
1 696
Kelajak o‘tmishga o‘xshaydi. Ammo muhim bir farq bor. O‘tmish o‘zgarmas, kelajakka esa tayyorgarlik koʻrish mumkin. ©️12 rules for life P.S: Bizda bularni taqdir (amalga oshgan voqea/ish) va qadar (ilmi faqat Allohni huzurida maʼlum voqea/ish) deyiladi. Kelajakdagi voqea jarayonni biz yaratmaymiz, lekin bir nechta yaratilgan yaxshi/yomon variantlarni tanlab kasb qila olamiz.

OcoderX
1 696
Maxtanarmiz-a?