Angor tuman tibbiyot birlashmasi axborot xizmati
Open in Telegram
Angor tuman tibbiyot birlashmasi axborot xizmati rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: +998936671000 Korrupsiyaga duch kelsangiz. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ishonch telefoni: 1103 SSV 1203
Show more802
Subscribers
-224 hours
+127 days
+2330 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+16
in 1 channels
August '26
+31
in 2 channels
Get PRO
July '26
+4
in 0 channels
Get PRO
June '26
+4
in 0 channels
Get PRO
May '26
+6
in 0 channels
Get PRO
April '26
+9
in 0 channels
Get PRO
March '26
+5
in 0 channels
Get PRO
February '26
+2
in 0 channels
Get PRO
January '26
+1
in 0 channels
Get PRO
December '25
+41
in 1 channels
Get PRO
November '25
+17
in 1 channels
Get PRO
October '25
+4
in 0 channels
Get PRO
September '25
+5 002
in 0 channels
Get PRO
August '25
+28
in 0 channels
Get PRO
July '25
+5
in 0 channels
Get PRO
June '25
+6
in 0 channels
Get PRO
May '25
+43
in 1 channels
Get PRO
April '25
+1 162
in 2 channels
Get PRO
March '25
+14
in 1 channels
Get PRO
February '25
+15
in 2 channels
Get PRO
January '25
+2
in 0 channels
Get PRO
December '24
+15
in 1 channels
Get PRO
November '24
+2 030
in 2 channels
Get PRO
October '24
+27
in 3 channels
Get PRO
September '24
+24
in 2 channels
Get PRO
August '24
+14
in 0 channels
Get PRO
July '24
+19
in 0 channels
Get PRO
June '24
+23
in 1 channels
Get PRO
May '24
+27
in 1 channels
Get PRO
April '24
+25
in 0 channels
Get PRO
March '24
+41
in 1 channels
Get PRO
February '24
+48
in 0 channels
Get PRO
January '24
+22
in 0 channels
Get PRO
December '23
+15
in 0 channels
Get PRO
November '23
+26
in 2 channels
Get PRO
October '23
+4
in 0 channels
Get PRO
September '23
+43
in 0 channels
Get PRO
August '23
+5
in 0 channels
Get PRO
July '23
+51
in 0 channels
Get PRO
June '23
+20
in 0 channels
Get PRO
May '23
+3 683
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | +1 | |||
| 03 September | +13 | |||
| 02 September | +2 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
+8
1-sonli oilaviy poliklinikada sayyor qabul boʻlib oʻtdi
Angor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Narzullayeva Luiza Ubaydullayevna ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida jami 12 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 5 tasi joyida hal etildi, 4 nafar fuqaro tibbiyot xodimlaridan mamnunligini bildirdi. Qolgan 3 ta murojaat qo‘shimcha vaqt talab etgani sababli alohida nazoratga olindi.
Angor tuman tibbiyot birlashmasi matbuot xizmati
✅Telegram |📹Youtube|💬Facebook
| 2 | 1-сонли оилавий поликлиникада сайёр қабул
Бугун 1-сонли оилавий поликлиникада Ангор туман тиббиёт бирлашмаси бошлиғи Нарзуллаева Луиза Убайдуллаевна иштирокида аҳоли учун сайёр қабул бўлиб ўтмоқда.
Angor tuman tibbiyot birlashmasi matbuot xizmati
✅Telegram |📹Youtube|💬Facebook | 69 |
| 3 | 🔴#Mustaqil_yurt_tibbiyoti
❓ Raqamli tibbiyot: Qancha dorixona “Elektron retsept” tizimida ishlayapti?
🖥 “Elektron retsept” DMED tizimidagi asosiy modullardan biri bo‘lib, aholi va tibbiyot xodimlari uchun ko‘plab qulayliklar yaratayotganligi bilan e’tiborga molik.
🗓 Joriy etish muddatlari:
📍 2025-yil 10-dekabrdan Toshkent shahri hamda tajriba-sinov tariqasida belgilangan 15 ta tuman (shahar)da amaliyotga kiritildi.
📍 2027-yil 1-yanvardan yurtimizning qolgan hududlarida ham to‘liq joriy etiladi.
⚙️ Ishlash tartibi:
👨💻 Shifokor bemor uchun “Elektron retsept” moduli orqali QR-kodli elektron retseptni shakllantiradi va u avtomatik tarzda dorixonalrning axborot tizimiga uzatiladi.
❌ Elektron retseptni soxtalashtirib bo‘lmaydi. Chunki, shifokor, klinika va dorixona ma’lumotlari avtomatik tarzda qayd etib boriladi.
😀 “Elektron retsept” moduli hozirga qadar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi axborot tizimi hamda Soliq qo‘mitasi Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi bilan integratsiya qilindi.
💻 Shuningdek, ushbu modul dorixonalardagi 40 ga yaqin axborot tizimlari bilan integratsiyalashtirildi.
💊 Natijada bugun yurtimizdagi 11 mingdan ziyod dorixonalar “Elektron retsept” tizimi asosida faoliyat olib bormoqda.
❓Bu nima berdi?
💊 Dori vositalarini tayinlash tizimli nazoratga olindi.
❌ Antibiotiklarni ko‘rsatmasiz sotish barham topyapti.
‼️Umuman, bu modul tufayli qog‘oz shaklidagi retsept, shifokor qabuliga uzundan uzoq navbat va ortiqcha byurokratik to‘siqlar hamda boshqa noxush holatlar tarixga aylanmoqda.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 261 |
| 4 | Angor tumanida milliy qadriyatlarni ulug‘lovchi yangi an’ana yo‘lga qo‘yildi
Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, o‘zbekona urf-odat va an’analarni keng targ‘ib etish hamda milliy liboslarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida Angor tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan ezgu tashabbus yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur tashabbusga ko‘ra, tuman tibbiyot birlashmasi hamda uning tarkibidagi barcha davolash-profilaktika muassasalari xodimlari endilikda har juma kuni xizmat vazifalarini milliy liboslarda ado etadilar.
Milliy liboslar xalqimizning boy tarixi, ma’naviyati va o‘ziga xos madaniyatining yorqin ifodasidir. Shu bois bu an’ana nafaqat jamoa orasida milliy qadriyatlarga hurmatni yanada mustahkamlaydi, balki yosh avlodni milliy o‘zlik ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi.
Shuningdek, shifokor va hamshiralar hamda boshqa tibbiyot xodimlarining milliy liboslarda faoliyat yuritishi tibbiyot muassasalariga murojaat qilayotgan fuqarolarda iliq taassurot uyg‘otib, samimiylik va ishonch muhitini yanada mustahkamlamoqda.
Angor tuman tibbiyot birlashmasi matbuot xizmati
✅Telegram |📹Youtube|💬Facebook | 364 |
| 5 | XALQARO KARDIO-METABOLIK KONFERENSIYADA ISHTIROK
Afrikaning Keniya davlatida 2026-yilda Xalqaro Kardio-metabolik konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xalqaro konferensiyada Angor tuman tibbiyot birlashmasi Terapiya bo‘limi shifokori Turg‘unjon Yo‘ldoshev ham munosib ishtirok etib, zamonaviy tibbiyotdagi yangiliklar, yurak-qon tomir hamda metabolik kasalliklarni tashxislash va davolashning ilg‘or usullari bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘lib qaytdi.
Xalqaro miqyosdagi bunday ilmiy-amaliy tadbirlarda ishtirok etish tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda ularni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Angor tuman tibbiyot birlashmasi jamoasi Turg‘unjon Yo‘ldoshevga kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyat va yangi ilmiy yutuqlar tilaydi! | 401 |
| 6 | TA’ZIYA
Bugun tibbiyot sohasida uzoq yillar davomida samarali va fidokorona mehnat qilib kelgan, ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida insonlar salomatligini asrash yo‘lida o‘z hissasini qo‘shgan Ibragimov Ochil bobo vafot etdi.
Marhum Ibragimov Ochil o‘zining qariyb yarim asrlik mehnat faoliyati davomida tibbiyot sohasida sidqidildan xizmat qildi.
Mehnat faoliyati davomida:
- 1979–1980-yillar — 1-viloyat shifoxonasining jarrohlik bo‘limida vrach-intern;
- 1980–1997-yillar — Viloyat bolalar shifoxonasida jarroh-travmatolog;
- 1997–1999-yillar — Termiz tibbiyot bilim yurtida LOR kasalliklari bo‘yicha o‘qituvchi;
- 1999-yil — Angor tuman markaziy shifoxonasi rentgen bo‘limida vrach-rentgenolog;
- 1999-yildan — Angor tuman markaziy shifoxonasi rentgen bo‘limi mudiri lavozimlarida ishlab kelgan.
Marhumning tibbiyot sohasidagi ko‘p yillik mehnati, boy tajribasi va kasbiga sadoqati hamkasblari hamda shogirdlari qalbida doimo saqlanib qoladi.
Angor tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati va hodimlari marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildiradi.
Alloh taolo marhumni o‘z rahmatiga olsin, joylari jannatdan bo‘lsin. Yaqinlariga sabr-toqat va matonat ato etsin. | 1 808 |
| 7 | Mustaqillik bayrami munosabati bilan ezgu tashabbus
Angor tuman tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xayrli va ezgu tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida bir qator tibbiyot xodimlari, xususan, hamshiralarning farzandlariga Hamshiralar assotsiatsiyasi tomonidan yangi o‘quv yilida foydalanishlari uchun maktab o‘quv qurollari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur ezgu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning farzandlariga bayramona kayfiyat ulashish hamda yangi o‘quv yilini ko‘tarinki ruhda boshlashlariga munosib hissa qo‘shishdan iborat.
Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik tibbiyot xodimlari tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi. | 523 |
| 8 | Angor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Narzullayeva Luiza Ubaydullayevnaning Mustaqillik bayrami munosabati bilan tabrigi
Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, aziz yurtdoshlar!
Sizlarni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik xalqimizning erkin va farovon hayoti, tinch va osoyishta yurtimiz, yorug‘ kelajagimiz timsolidir. Bugungi kunda mamlakatimizda, xususan, sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar inson salomatligini asrash va xalqimiz farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Fursatdan foydalanib, inson salomatligini asrashdek sharafli va mas’uliyatli vazifani sidqidildan ado etayotgan barcha tibbiyot xodimlariga samimiy minnatdorligimni bildiraman.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Xonadoningizdan fayzu baraka, qalbingizdan mehr-oqibat arimasin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz doimo sog‘-salomat va farovon bo‘lsin!Mustaqilligimizning 35 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Angor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i
Narzullayeva Luiza Ubaydullayevna
Angor tuman tibbiyot birlashmasi matbuot xizmati
✅Telegram |📹Youtube|💬Facebook | 639 |
| 9 | Mustaqillik bayrami munosabati bilan ezgu tashabbus
Angor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Narzullayeva Luiza Ubaydullayevna hamda kasaba uyushmasi raisi Haqnazarov Mamarajab tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bir guruh tibbiyot xodimlarining farzandlariga o‘quv qurollari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayram arafasida tashkil etilgan ushbu tadbirda bolajonlarga yangi o‘quv yilida zarur bo‘ladigan o‘quv qurollari hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlik nafaqat farzandlarni xursand qiladi, balki tibbiyot xodimlari mehnatini qadrlash va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlashning yorqin namunasi hisoblanadi.
Tadbir davomida bolajonlarga yangi o‘quv yilida a’lo baholarga o‘qish, bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, kelajakda Vatanimizga munosib farzandlar bo‘lib voyaga yetishlari tilak bildirildi.
Yurtimizda bayram shukuhi, mehr-oqibat va ezgu an’analar bardavom bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy, xalqimiz farovon va osmonimiz musaffo bo‘lsin! | 653 |
| 10 | O‘ZBEKISTON SOG‘LIQNI SAQLASH XODIMLARI KASABA UYUSHMASINING SURXONDARYO VILOYATI KENGASHI
Angor tuman tibbiyot birlashmasi Yoshlar bilan ishlash komissiyasi raisi
XURRAMOV NURJON MANSUROVICH
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami munosabati bilan Angor tuman tibbiyot birlashmasida yosh tibbiyot xodimlari bilan ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, jamoat va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi faol ishtiroki, tashkilotchiligi hamda jamoa rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun TASHAKKURNOMA BILAN TAQDIRLAYDI.
Angor tuman tibbiyot birlashmasi maʼmuriyati XURRAMOV NURJON MANSUROVICHni ushbu yutuq bilan tabriklaydi.
Sizga kelgusidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va yangi yutuqlar tilaymiz!
Angor tuman tibbiyot birlashmasi matbuot xizmati
✅Telegram |📹Youtube|💬Facebook | 603 |
| 11 | Angor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi
Angor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Narzullayeva Luiza Ubaydullayevnaning navbatdagi sayyor qabuli Q. To‘lakovda bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan jami 12 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 4 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Shuningdek, 5 nafar fuqaro tibbiyot xodimlari faoliyatidan mamnun ekanligini bildirib, o‘z minnatdorligini izhor etdi.
Qolgan 3 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etganligi sababli alohida nazoratga olinib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Angor tuman tibbiyot birlashmasi matbuot xizmati
✅Telegram |📹Youtube|💬Facebook | 408 |
| 12 | Yuksak e’tirof fidoyi tibbiyot xodimlariga
Angor tuman tibbiyot birlashmasining bir qator fidoyi shifokor va hamshiralari yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar.
Ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Mazkur yuksak e’tirof Prezidentimiz tomonidan tibbiyot sohasi, unda faoliyat yuritayotgan fidoyi va zahmatkash xodimlarga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yaqqol namunasidir.
🏅 “Mustaqillikning 35 yilligi” ko‘krak nishoni sohiblari:
🔹 Nurquvvatov Jambil — terapiya shifokori;
🔹 Toshaliyeva Munavvar — bolalar bo‘limi katta hamshirasi;
🔹 Nurmurodova Gulshoda — terapiya bo‘limi katta hamshirasi;
🔹 Qayumov Oybek — tibbiyot birlashmasi matbuot kotibi.
Barcha taqdirlanganlarni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etaman.
El-yurt salomatligi yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman!
Hurmat bilan,
Angor tumani tibbiyot birlashmasi boshligʻi Narzullayeva luiza Ubaydullayevna.
Angor tuman tibbiyot birlashmasi matbuot xizmati
✅Telegram |📹Youtube|💬Facebook | 1 926 |
| 13 | Ertaga — “Avtomobilsiz kun”
25-avgust kuni respublikaning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.
ℹ️ Ma’lumot uchun: Prezident farmoniga ko’ra, ertaga davlat tashkilot va idoralari xodimlarining xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishi qatʼiyan taqiqlanadi. Ushbu sanalar ish kuniga toʻgʻri kelganda, haydovchilarning ish haqi saqlanib qoladi.
Davlat fuqarolik xizmatchilari “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyasi doirasida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishi mazkur xodimlar tomonidan odob-axloq (etika) qoidalarining buzilishiga tenglashtirildi. | 299 |
| 14 | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning elektron reyestrini yuritish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasining jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda.
Hujjat bilan Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron reyestrga kiritish tartibi va asoslari, o‘rnatilgan cheklovlar nazarda tutilmoqda.
Xususan:
- davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanish;
saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodining ko‘rsatilishi;
- davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a’zosi bo‘lish;
- o‘zi ta’sis etgan va (yoki) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining 50 foizidan ko‘proq qismiga o‘zi egalik qiladigan tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashishi;
- davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda va davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritishi.
Jamoatchilik muhokamasi 2-sentyabrga qadar davom etadi.
——— | 321 |
| 15 | Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda 2026-yil 20-avgust kuni Surxondaryo viloyati, Termiz tuman tibbiyot birlashmasi shifokorining qilgan aybli xatti-harakatiga nisbatan yoritilgan tanqidiy masala yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi.
Ushbu hodisa 2026-yil 10-avgust kuni sobiq Termiz tuman tibbiyot birlashmasi tashkiliy metodik bo‘lim boshlig‘i X.E. tomonidan sodir etilgan bo‘lib, mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.A. Termiz tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i nomiga og‘zaki murojaat qilgan va o‘z murojaatida “Termiz tumani tibbiyot birlashmasining tashkiliy-metodik bo‘lim boshlig‘i X.E.dan davolanish uchun order so‘rab borganda, X.E tibbiyot xodimlarining odob-axloq kodeksiga zid ravishda bemorga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lganligini aytib, unga nisbatan chora ko‘rish”ni so‘ragan.
Birlashma boshlig‘i holat yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasida tashkil qilingan odob-axloq komissiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishini tashkil qilib, fuqaro Sh.A.ning murojaati bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasining tashkiliy metodik bo‘limi boshlig‘i X.E.ning xatti-harakatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida X.E holat yuzasidan bemor va odob-axloq komissiyasi oldida qilgan ishini tan olib, aybiga iqror bo‘ldi.
Komissiya o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, X.E.ning tibbiyot xodimlarining odob-axloq normalarini qo‘pol tarzda buzib, muassasa va hamkasblarining obro‘si va nufuziga, fuqarolarning haqli e’tirozlarini keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarini inobatga olib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi hamda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 11.08.2026-yildagi tegishli buyrug‘i bilan X.E. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati va boshqaruv xodimlari fuqaro Sh.A. va tuman aholisidan ushbu holat yuzasidan o‘z uzrini so‘raydi hamda kelgusida bu kabi holatlar takrorlanmasligi bo‘yicha barcha keskin choralarni ko‘radi.
Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi | 474 |
| 16 | Kuydirgi kasalligini oldini olish bo‘yicha taktik o‘quv mashg‘uloti
Angor tumanida kuydirgi kasalligini oldini olish, favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qilish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda FVV, SEO va JSB, tuman tez tibbiy yordam bo‘limi hamda Angor tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirok etdi.
O‘quv mashg‘uloti davomida kuydirgi kasalligiga gumon qilingan holatlarda bemorni aniqlash, tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorni izolyatsiya qilish, sanitariya-epidemiologik choralarni tashkil etish hamda kasallikning tarqalishining oldini olish bo‘yicha amaliy ishlar koʻrsatildi.
Shuningdek, mas’ul xodimlarning favqulodda vaziyatlarda o‘zaro hamkorlikda harakat qilishi va tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Asosiy maqsad — aholi salomatligini muhofaza qilish va kuydirgi kasalligining oldini olish bo‘yicha tayyorgarlikni yanada kuchaytirish. | 546 |
| 17 | Angor tumanida milliy qadriyatlarni ulug‘lovchi yangi an’ana yo‘lga qo‘yildi
Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, o‘zbekona urf-odat va an’analarni keng targ‘ib etish hamda milliy liboslarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida Angor tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan ezgu tashabbus yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur tashabbusga ko‘ra, tuman tibbiyot birlashmasi hamda uning tarkibidagi barcha davolash-profilaktika muassasalari xodimlari endilikda har juma kuni xizmat vazifalarini milliy liboslarda ado etadilar.
Milliy liboslar xalqimizning boy tarixi, ma’naviyati va o‘ziga xos madaniyatining yorqin ifodasidir. Shu bois bu an’ana nafaqat jamoa orasida milliy qadriyatlarga hurmatni yanada mustahkamlaydi, balki yosh avlodni milliy o‘zlik ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi.
Shuningdek, shifokor va hamshiralar hamda boshqa tibbiyot xodimlarining milliy liboslarda faoliyat yuritishi tibbiyot muassasalariga murojaat qilayotgan fuqarolarda iliq taassurot uyg‘otib, samimiylik va ishonch muhitini yanada mustahkamlamoqda.
Angor tuman tibbiyot birlashmasi matbuot xizmati
✅Telegram |📹Youtube|💬Facebook | 370 |
| 18 | #Vazir_hududlarda
🔴✅✅✅✅
❓Surxondaryodagi tibbiyot muassasalari faoliyati qoniqarlimi?
✅ Tibbiyotdagi islohotlar samarasi qog‘ozdagi hisobotlarda emas, aksincha odamlar hayotida qanchalik aks etayotganida namoyon bo‘ladi.
📍 Surxondaryo viloyatida bu borada muayyan ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, yechimini kutayotgan masalalar ham yo‘q emas.
🔺 Xususan, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, birlamchi bo‘g‘in muassasalari faoliyatini yaxshilash, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika ishlarini samarali tashkil etish, kadrlar bilan bog‘liq qator muammolarni hal qilish zarur.
🟢 Shu maqsadda Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov viloyatdagi qator tibbiyot muassasalari faoliyati bilan tanishib, soha mas’ullari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazdi.
🔃 Vazir ta’kidlaganidek, tibbiyotdagi islohotlarning haqiqiy natijasini odamlarning kayfiyati va roziligi belgilaydi. Shu bois endi har bir masalani umumiy gaplar bilan emas, uning aniq sababi va yechimlari bilan ko‘rib chiqamiz. Joylardagi rahbarlardan faqat muammoni aniqlash emas, balki uni bartaraf etish uchun tashabbus ko‘rsatish talab etiladi.
🔬Yig‘ilishda soha faoliyati raqamlar asosida tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, 2026-yilning birinchi yarmida viloyatda profilaktik ko‘riklar 92, skrining tekshiruvlari esa 96 foizga bajarilgan bo‘lsa-da, Sherobod, Sho‘rchi tumanlari va Termiz shahrida bu ko‘rsatkich ancha past.
🩺 Shuningdek, kafolatlangan paket doirasida birlamchi bo‘g‘in muassasalarini zarur dori vositalari bilan ta’minlash, laboratoriya va diagnostik tekshiruvlar o‘tkazish holati Oltinsoy, Sariosiyo, Qiziriq, Sherobod, Bandixon va Qumqo‘rg‘on tumanlarida talab darajasida emas.
📋Reimbursatsiya dasturi doirasida ham ayrim tuman va shaharlarda elektron retseptlarni rasmiylashtirish ko‘rsatkichlari qoniqarsiz. Ba’zi shifoxonalarda esa klinik protokol va davolash standartlariga to‘liq rioya etilmayapti.
🏥 Tadbirda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida bemorning klinik holati va umumiy ahvoli yetarlicha baholanmasdan, zarur diagnostik hamda laboratoriya tekshiruvlari to‘liq o‘tkazilmay, statsionar davolanishga yo‘naltirilgani tanqid qilindi.
🔺 Shu bilan birga, Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, yurtimizning namunaviy hududlari qatoriga kiritilgan Denov tumanidagi mavjud 33 ta oilaviy poliklinikaning faqat 19 tasida stomatologiya xizmatlarini autsorsing asosida ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani aytib o‘tildi.
📱 Yig‘ilishda tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalarida sanitariya talablariga rioya etish kabi qator masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.
➡️ Yakunda aniqlangan xato va kamchiliklar bo‘yicha bir qator mas’ullar jiddiy ogohlantirildi. Mutasaddilarga muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 247 |
| 19 | #Vazir_hududlarda
🔴 ‼️‼️‼️
❗️Vazir Surxondaryoda: Tibbiy xizmat sifati o‘rganilib, muammolarga joyida yechim topildi
✅ Bugungi zamonaviy rahbar faoliyati faqat topshiriq berish yoki natija talab qilishdangina iborat emas.
🔃 Ayniqsa, gap inson salomatligi haqida ketar ekan, odamlar orasida bo‘lish, ularning dardiga quloq tutib, joylardagi haqiqiy ahvolni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi muhim. Qolaversa, bu — Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan xalqchil siyosatning asosiy talabidir.
📍 Shu ma’noda, Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilovning Surxondaryo viloyatiga safari davomida asosiy e’tibor hududdagi tibbiy xizmatlarning haqiqiy ahvoli bilan tanishish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularga yechim topishga qaratildi.
🏥 Dastlab vazir Termiz shahridagi zamonaviy Tibbiyot klasteri faoliyati bilan tanishdi.
🟢 Mazkur majmua 2025-yilda to‘liq foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 7,4 gektar hududni egallagan.
🔺 300 o‘ringa mo‘ljallangan muassasada radiologiya, angionevrologiya, rentgenendovaskulyar xirurgiya, oftalmologiya, urologiya, transplantologiya, kardioxirurgiya, torakal va abdominal xirurgiya, neyroxirurgiya, ortopediya kabi qator ixtisoslashtirilgan bo‘limlar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 20 o‘rinli reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari hamda 5 o‘rinli operatsiya bloki mavjud.
🔬Vazir klasterdagi shart-sharoitlar bilan tanishish davomida tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va zamonaviy diagnostika hamda davolash usullarini viloyatda keng yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
🏥 Shundan so‘ng vazir Termiz shahridagi 2-son oilaviy poliklinikada bo‘ldi. Bu yerda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifati hamda tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
📱 Mazkur oilaviy poliklinika 9 ta mahalla aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Muassasa kunlik 300 qatnovga mo‘ljallangan bo‘lib, 22 o‘rinli kunduzgi shifoxonaga ega.
🟡 Muassasa faoliyati bilan tanishish jarayonida kasalliklarni barvaqt aniqlash, profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etish va tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish borasidagi ishlar atroflicha o‘rganildi.
➡️ Shuningdek, vazir tibbiyot xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyatida duch kelayotgan muammo va takliflarini tingladi.
🔺 O‘z navbatida, mas’ullarga birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish, profilaktika va kasalliklarni erta aniqlash borasidagi ishlarni kuchaytirish, shifokor hamda hamshiralar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
✅ Vazirning Surxon vohasiga safari davom etmoqda.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 413 |
| 20 | To‘lqin OShPda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Surxondaryo viloyatida mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ezgulik chellenji davom etmoqda.
Xayrli tashabbus doirasida Angor tumani To‘lqin OShPda aholi uchun bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ko‘rik davomida fuqarolarning salomatligi chuqur o‘rganilib, zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha bemorlarni davolash va sog‘lig‘ini tiklash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Ezgulik birlashtiradi, mehr yuksaltiradi!
#Chellenj #YagonaVatanYagonaXalq #Mustaqillik35 #Surxondaryo #Angor #tibbiyot
Angor tuman tibbiyot birlashmasi matbuot xizmati
✅Telegram |📹Youtube|💬Facebook | 280 |
