en
Feedback
Mitti olimlar🎓

Mitti olimlar🎓

Open in Telegram

Uyda ta’lim bo‘yicha shaxsiy tajribam, foydali maslahatlar va sinovdan o‘tgan usullar. 📚 Farzandlarimni qanday o‘qitayotganim haqida real tajriba! @NRazzokova

Show more
809
Subscribers
+124 hours
+57 days
+2430 days
Posts Archive
Bizda yangi kitoblar. Ertada obzor qiberaman, nasib😍
+3
Bizda yangi kitoblar. Ertada obzor qiberaman, nasib😍

Facebook eslatdi😍
Facebook eslatdi😍

photo content

Farzandlaringiz yodida umrbod saqlanib qoladigan 5 narsa... ✨❤️ ✅ Boshqalarning oldida ularni jasur, mehnatkash, mehrli deb maqtang. Bu ularning ichki ovoziga va oʻziga boʻlgan ishonchiga aylanadi. ✅ Uyquga ketish va choʻmilish vaqtini oʻzgacha, yoqimli qiling. Hatto kichik va quvnoq odatlar ham ular bir umr eslab yuradigan xotiralarga aylanadi. ✅ Ular boshchilik qiladigan oʻyinlarga vaqt ajrating. Baʼzan youtubeda nimani oʻrganishni ularning tanloviga qoʻyib beramiz va shunchaki ularning tasavvuriga ergashamiz. ✅ Qiyin yoki janjalli vaziyatdan soʻng ularni quchoqlang va har qanday holatda ham ularni yaxshi koʻrishingizni eslatib qoʻying. ✅ 10-10-10 qoidasi: Ular uygʻongandan keyingi 10 daqiqa; * Ajralib koʻrishganingizdan keyingi 10 daqiqa; * Uyqudan oldingi 10 daqiqa. Shu daqiqalarda ularga toʻliq eʼtiboringizni bering — bu kichik muloqot daqiqalari katta va mustahkam bogʻliqlikni hosil qiladi.

Happiness...
Happiness...

❤️Idea~

Bolalarning tasavvuri juda boy! Cho'pni ishtoniga qistirsa, qilich! Oyog'ini orasiga olsa, ot! Qo'ltig'ida tutsa, avtomat bo'
Bolalarning tasavvuri juda boy! Cho'pni ishtoniga qistirsa, qilich! Oyog'ini orasiga olsa, ot! Qo'ltig'ida tutsa, avtomat bo'ladi! 😅😂😂😂 ArofatMallim sahifasidan...

Farzand tarbiyasidan toliqqan mahalingiz bir goʻzal haqiqatni eslang: Inson dunyodan oʻtgach amallar daftari yopiladi, ammo uch amalning savobi toʻxtamaydi. Shulardan biri — ota-onasi haqqiga duo qiluvchi solih farzanddir. Bugungi sabringiz, bedor tunlaringiz va chekkan zahmatlaringiz shunchaki tashvish emas. Bu — oʻzingizdan keyin ham ruhingizni nurga chulgʻaydigan abadiy duoning poydevoridir. Siz shunchaki farzand oʻstirmayapsiz, oʻzingiz uchun oxirat saodatini bino qilyapsiz. Qalbingizga orom bering, mehringiz albatta meva beradi.

Diqqatni jamlash mashqlari

🛑 Farzandlaringizga baqirmang — bu ularni sekin-asta yemirib boradi! Doimiy baqirish va baqirib tanbeh berish bolaning ruhiyatida qanday oʻzgarishlarga olib keladi? 1. Xulq-atvori yomonlashadi Baqirib tarbiya berilgan bola tobora injiq, boshqarish va gap uqtirish qiyin boʻlgan insonga aylanadi. Ular atrofdagilarni ura boshlashi, turtishi yoki tishlashi mumkin. 2. Diqqat va jamlanish susayadi Tez-tez baqiriq eshitadigan bolalarda bir joyga diqqatni jamlash, dars qilish va fikrlash qobiliyati pasayadi. 3. Oʻziga boʻlgan ishonch yoʻqoladi Bolada oʻziga nisbatan ishonchsizlik paydo boʻladi. U oʻzini qadrsiz, keraksiz va sevilmagandek his qila boshlaydi. 4. Xavotir va qoʻquv ortadi Bola har bir narsadan osongina xavotirga tushadigan, haddan tashqari qoʻrqoq va serxavotir boʻlib qoladi. 5. Ziddiyatlarni hal qilish koʻnikmasi yoʻqoladi Munosabatlarda kelishmovchilik chiqqanda, bola uni aql bilan hal qilishga urinmaydi. Aksincha, muammodan qochishga yoki undan yashinishga harakat qiladi. 💡 Ajoyib bir haqiqat bor: "Bizning bolalarimiz bilan qanday tilda va ohangda gaplashishimiz — vaqti kelib ularning ichki ovoziga aylanadi."

📱 YouTube’da bolalar va oʻzingiz uchun vaqtni nazorat qilishni oʻrganamiz Cheksiz Shortslar va video ketma-ketliklari sababli vaqt qanday oʻtib ketganini bilmay qolayapsizmi? Ayniqsa, bolalarga telefon berib qoʻyganda soatlab YouTube qarshisida oʻtirib qolish holatlari koʻp uchraydi. YouTube ilovasining oʻzida buning oldini oluvchi juda foydali funksiyalar bor: ⏸ 1. Shorts boʻlimini 30 kunga oʻchirib qoʻyish Qisqa videolarga chalgʻimaslik uchun: * Shorts videoning yuqori oʻng burchagidagi 3 nuqtani bosing. * "Not interested" (Interesno emas) tugmasini bosing. * Shunda Shorts boʻlimi asosiy sahifangizdan 30 kunga yoʻqoladi. ⏰ 2. Tanaffus va uquga ketish eslatmasi (Break & Bedtime) Ilova orqali sarflanayotgan vaqtni cheklash uchun: * YouTube’ga kirib, Profil (You) boʻlimiga oʻting. * Yuqoridagi Sozlamalar (⚙️ Settings) -> Umumiy (General) boʻlimini tanlang. * U yerdan 2 ta funksiyani yoqing: * "Remind me to take a break" — Har 15, 30 yoki 60 daqiqada dam olish kerakligini eslatib turadi. * "Remind me when it's bedtime" — Uyqu vaqti boʻlganda videolarni toʻxtatishni taklif qiladi. 👶 Ota-onalar uchun maslahat: Bolangizga telefon berishdan oldin tanaffus vaqtini 15-20 daqiqaga sozlab qoʻysangiz, ilova oʻzi chiroyli tarzda toʻxtash vaqti kelganini eslatadi. Foydali boʻlgan boʻlsa, yaqinlaringizga ham ulashing!

Mobodo, yo'q menga har kungi aniq yo'nalish kerak desangiz Umar's library da Phonics Marathon o'tkazilarkan. Sizdan 300 ming so'm! Voy, yog'e adashdim 200 ming edi shekilli!!! Hozir, bir minut, qarab aytaman! Ha-ya sizdan bor yog'i shijoat kerak ekan, Marafon bepul. Qatnashgan bolajonlar albatta manfaat olishlariga ishonaman.

Eslatma! Siz 2 yoshli farzandingizga kuniga bor-yo‘g‘i 5 daqiqa vaqt ajratib, uyda O‘QISHNI o‘rgatishingiz mumkin! Ularga ushbu 6 ta harfning (S, A, T, P, I, N) tovushlarini o‘rgating. Shunda farzandingiz quyidagi barcha so‘zlarni o‘qiy oladigan bo‘ladi: * Sat | pat | nap | tin | at * Sit | pin | nip | tip | as * Sap | pip | nat | tap | in * Sip | pan | nit | tan | it

photo content

2-SENTYABR KUNI faqat maktab oldida qo‘lida guldasta ushlab turgan farzandingizni suratga olish bilan cheklanib qolmang. — 20 YILDAN KEYIN bebaho xotiraga aylanadigan MANA SHU 7 TA KADRNI ham suratga oling: 🥺 Eng qimmatli xotiralar odatda sahnalashtirilgan kadrlarda bo‘lmaydi. ✅ Ertalabni hali uydaligidayoq suratga oling. Ilgichdagi maktab formasini, stol ustidagi nonushtani, eshik yonidagi ryukzakni, onasi yoqasini yoki sochlarini to‘g‘rilayotgan lahzani. Yillar o‘tib, aynan shunday oddiy detallar sizni o‘sha kunga mukammal suratdan ham kuchliroq qaytaradi. ✅ Albatta, yaqin plandagi suratlarni ham oling. Asfaltdagi yangi tufllar, ulkan ryukzak tasmasini ushlab turgan mitti kaft, bant, qo‘lidagi guldasta... Hozir bular mayda-chuydadek tuyuladi, ammo keyinchalik uning o‘shanda naqadar kichkina bo‘lganini aynan shu detallar yanada yaqqol eslatadi. ✅ Uni sinfdoshlari orasida, o‘qituvchiga ilk bor qarayotganida, hayajonlanganida, biroz dovdiraganida yoki yangi do‘sti bilan kulayotganida suratga oling. ✅ Farzandingiz olomon ichidan sizni ko‘zlari bilan izlayotgan yoki qo‘l silkitayotgan lahzani ham albatta suratga oling. Bunday kadrlar har doim ham «mukammal» chiqavermaydi, ammo aynan ularda birinchi sentyabrning haqiqiy hissiyotlari saqlanib qoladi. ✅ Onasi va otasi bilan ham suratga oling. Agar kelgan bo‘lsa, albatta buvisi, bobosi, akasi yoki opasi, ukasi yoki singlisi bilan ham suratga oling. Biz doim: «Keyin yaxshilab suratga tushamiz», deb o‘ylaymiz. Ammo bolalar o‘sha «keyin»dan ham tezroq ulg‘ayadi. ✅ Yo‘l lahzalarini ham suratga oling — maktabga qo‘lidan ushlab ketayotganini, maktab darvozasidan kirayotganini yoki ilk bor sinfi bilan birga ketayotganini. Undan pozaga tushishni so‘ramang. Shunchaki hayotining bir bosqichidan boshqasiga o‘tayotgan shu kichik lahzani saqlab qoling. ✅ Kechqurun esa qisqa video yozib, undan so‘rang: «Bugun senga eng ko‘p nima esda qoldi?» 20 yildan keyin nafaqat uning ovozini, balki ilk maktab kunini o‘zi qanday his qilgani va qanday ko‘rgani haqida eshitish ham nihoyatda qadrli bo‘ladi. Surat bolaning yuzini saqlab qoladi. Tasodifiy, oddiy detallar esa bolalikning o‘zini saqlab qoladi.🫶

Farzandiningiz aqlliroq bo'lishiga yordam beradigan 5 ta odat: * Har kuni kitob o'qish. Hatto bir necha daqiqa ham so'z boyligi, tasavvur va fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. * Erkin savol berish. Qiziquvchanlikni rag'batlantiring — aqlli bolalar faqat javobni biladiganlar emas, balki savol beradiganlardir. * Muntazam kun tartibi. Yaxshi uyqu, o'qish va o'yin vaqti kuchli ta'lim poydevorini yaratadi. * O'yin orqali o'rganish. O'yinlar, boshqotirmalar va ijodiy mashg'ulotlar muammolarni hal qilish ko'nikmalarini oshiradi. * Natijani emas, harakatni maqtash. Bu o'sishga yo'naltirilgan fikrlashni shakllantiradi — shunda ular harakat qilishdan va rivojlanishdan to'xtamaydilar.

Bolaga hamma narsani olib berish — uni baxtli qiladimi? 🤔 Ko'pincha bolaligida yetishmovchilik ko'rib o'sgan ota-onalar farzandim men tortgan azoblarni ko'rmasin deb, uning har bir so'ragan narsasini (o'yinchoq, gadjet, kiyim) olib berishga harakat qilishadi. Lekin bu mehr emas, xavotirni sovga ostiga yashirishdir. Bola sovg'ani emas, uning ortidagi xavotirni his qiladi va "Dunyo xavfli, tezroq hamma narsani egallab olishim kerak" degan tushuncha bilan ulg'ayadi. 🍬 Mashhur "Zefir (Marshmallow) tajribasi": 1972-yilda Stenford universiteti psixologi Uolter Mishel 4 yoshli bolalarga tanlov beradi: konfetni hoziroq yeyish yoki sabr qilib, 15 daqiqadan so'ng ikkita konfet olish. 30 yildan keyin o'tkazilgan kuzatuvlar shuni ko'rsatdiki, sabr qila olgan bolalar hayotda, karyerada, salomatlik va oilada ancha muvaffaqiyatli bo'lishgan. Ularning IQ ko'rsatkichi va ruhiy barqarorligi ham yuqori chiqqan. 💡 Muvaffaqiyat kaliti — istakni keyinga qoldirish va "yo'q" degan so'zni to'g'ri qabul qilishdir. Bolaga qimmat o'yinchoqlar o'rniga nima kerak? 1️⃣ Jonli e'tibor: Kuniga kamida 20 daqiqa telefonsiz, barcha chalg'ituvchi narsalarsiz bola bilan birga bo'lish. 2️⃣ Chegaralarni hurmat qilish: Bolaning "nimadir qilishni istamayman" yoki "yo'q" degan fikrini eshitish va hurmat qilish. Shunda u o'z shaxsiy chegaralarini tanishni o'rganadi. 3️⃣ Aybdorlik hissisiz rad etish: "Buni ololmaymiz" degan so'zni ota-ona o'zini aybdor his qilmasdan, xotirjam ayta olishi. 4️⃣ Uy ishlariga jalb qilish: Mehnat va mas'uliyat normal holat ekanini anglash. ❗️ Xulosa: Hamma narsani tayyoriga o'rganmagan bola — o'zi harakat qilishni va intilishni o'rganadi. Hamma istagi darhol bajarilgan bola esa — butun dunyo undan qarzdordek yashaydi. Farzandingizga bera oladigan eng katta sovg'angiz — bu uning har bir injiqligiga "ha" deyish emas, balki xotirjam va barqaror "yo'q" deya olishingizdir. 📌 Post ma'qul kelgan bo'lsa, boshqa ota-onalarga ham ulashing!

UMAR’S LIBRARY da 🇬🇧 PHONICS MARAFONI — 3-MAROTABA! 🎁 QATNASHISH MUTLAQO BEPUL ingliz tilida erta yoshdan o‘qish! 📚 🇬🇧
UMAR’S LIBRARY da 🇬🇧 PHONICS MARAFONI — 3-MAROTABA! 🎁 QATNASHISH MUTLAQO BEPUL ingliz tilida erta yoshdan o‘qish! 📚 🇬🇧 Buyuk Britaniya maktablaridagi o‘qitish tizimi va materiallari asosida. 📅 Boshlanish: 01.09.2026 Qabul yopilishi : 31.08.2026 ⏳ Davomiyligi: 2 oy Marafonda: 🎥 Videodarsliklar 📚 O‘quv materiallari 📝 Har kuni vazifalar 🔤 o’ynab o’rgatamiz 👶 3+ yosh | 2 yosh — ixtiyoriy 🏆 Eng yaxshi natija va muntazam qatnashgan 3 nafar bolaga kitob sovg‘a! 🎁 Farzandingiz bilan ingliz tilida o‘qishni UMAR’s LIBRARY bilan boshlang! ❤️ Yaqinlaringizni ham taklif eting! Ilm ulashing. Biz bilan bo’ling! https://t.me/+RfgG0Ymce6I1YzUy

Muhammad Usmonim❤️
Muhammad Usmonim❤️