en
Feedback
Kidstore

Kidstore

Closed channel

Kidstore 🤍 Mehr bilan tarbiya 🧠 Bilim bilan rivoj 👩‍👧 Ona va bola uchun foydali sahifa Admin @kidstore29_admin https://t.me/+SggoFP-fI9yYfd5c

Show more
753
Subscribers
-224 hours
-87 days
-2430 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+1
in 0 channels
August '26
+4
in 0 channels
Get PRO
July '26
+4
in 0 channels
Get PRO
June '26
+11
in 1 channels
Get PRO
May '26
+14
in 1 channels
Get PRO
April '26
+13
in 0 channels
Get PRO
March '26
+21
in 2 channels
Get PRO
February '26
+41
in 2 channels
Get PRO
January '26
+30
in 3 channels
Get PRO
December '25
+12
in 1 channels
Get PRO
November '25
+45
in 2 channels
Get PRO
October '25
+28
in 0 channels
Get PRO
September '25
+19
in 0 channels
Get PRO
August '25
+46
in 2 channels
Get PRO
July '25
+39
in 1 channels
Get PRO
June '25
+36
in 2 channels
Get PRO
May '25
+30
in 1 channels
Get PRO
April '25
+89
in 2 channels
Get PRO
March '25
+48
in 1 channels
Get PRO
February '25
+79
in 4 channels
Get PRO
January '25
+87
in 0 channels
Get PRO
December '24
+41
in 0 channels
Get PRO
November '24
+23
in 0 channels
Get PRO
October '24
+76
in 1 channels
Get PRO
September '24
+36
in 0 channels
Get PRO
August '24
+100
in 1 channels
Get PRO
July '24
+52
in 1 channels
Get PRO
June '24
+645
in 1 channels
Get PRO
May '24
+89
in 0 channels
Get PRO
April '24
+230
in 0 channels
Get PRO
March '24
+263
in 0 channels
Get PRO
February '24
+193
in 0 channels
Get PRO
January '24
+113
in 0 channels
Get PRO
December '23
+144
in 0 channels
Get PRO
November '23
+158
in 0 channels
Get PRO
October '23
+544
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
07 September0
06 September0
05 September0
04 September0
03 September0
02 September+1
01 September0
Channel Posts
Repost from Farzandim Omonatim
Ajablanarli, ammo haqiqat! ‼️ Qur’onni ko‘proq o‘qisang, boshqa ishlar uchun ham vaqting ko‘payadi, ishlaring yengillashadi, baraka esa har tomondan sen tomon keladi… Qur’onni kamroq o‘qisang, vaqting ham go‘yo kamayib qoladi, hech narsaga ulgurmayasan, ishlaring yurishmaydi, hamma narsa qiyinlashadi… Qur’on yodlayotgan insonlar hayotlarida ko‘tarilishlar va pasayishlarni boshdan kechiradilar. Va ular hayotlarida aynan shuni kuzatadilar… https://t.me/+h5_gejyCtYE2MTAy

2
#eslatma Bolalarga Allohni, Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni, Qur'onni, hadisni, ohiratni, o'limni, qiyomat kunini, hisob-kitobni, jannatni, do'zaxni va boshqa shunday tushunchalarni doimiy va davomiy, yoshiga moslab o'rgatavering. Ular "eskicha" bo'lib qolmaydi. Ishoning, yutqazmaysiz, faqat yutasiz. 🔠Har kuni Allohning ism sifatlaridan bittasini aytib bering 🔠Har kuni Payg‘ambarimiz siyratlaridan kichik hikoyalar aytib bering 🔠Har kuni Qur'ondan kichik surani yoki katta suradan 4-5 qator yodlating 🔠Har kuni bittadan hadis o'qib sharhlab bering 🔠Har kuni payg'ambarlar qissalaridan birini o'qib bering 🔠Har kuni Qur'ondagi boshqa hikoyalardan o'qib bering 🔠Har kuni jannat bog'lari haqida yangi bir narsa o'rgating 🔠Har kuni do'zaxning alamli azobi haqida bir narsa o'rgating Bolalarga o'rgatishimiz kerak bo'lgan eng muhim fan nima deb so'ralsa hech ikkilanmay TAVHID degan bo'lar edim. Chunki Odam alayhissalomdan to Muhammad sollallohu alayhi vasallam qadar barcha payg'ambarlar faqat va faqat Allohning o'zigagina ibodat qilishni o'rgatish uchun yuborilgan. Ular o'z qavmlariga bir da'vatni olib kelganlar: لا إله إلا الله Allohdan boshqa Iloh yo'q. Zero Makka mushriklari ham Allohni Robbimiz der edilar ammo ibodatda yakkalamas edilar, balkim boshqalarni sherik qilar edilar. Alloh taolo Qur'oni Karimda aytadi: وَمَا خَلَقْتُ ٱلْجِنَّ وَٱلْإِنسَ إِلَّا لِيَعْبُدُونِ "Insonlar va jinlarni yolg'iz O'zimgagina ibodat qilishlari uchun yaratdim" (Qur'an 51:56) Aslida yaratilish mohiyatini bilmasdan yashash naqadar achinarli. Tasavvur qilyapsizmi, inson nima uchun bu dunyoga kelganini va nega yashayotganini bilmasa? Qanday yashashi kerakligi haqidagi ilohiy ko'rsatmadan mutlaqo habari bo'lmasa? Bu axir daxshatning o'zginasiku! Bolalarga har kuni nima uchun dunyoga kelgani, nima uchun yashayotgani va qanday yashashi kerakligini o'rgating - buni esa o'zimiz yashab ko'rib o'rgata olamiz xolos. Alloh o'zimizni isloh qilishga tavfiq bersin 🤲 Iroda Ahmed https://t.me/YaqinOzbek
188
3
Assalom aleykum onajonlar Yaxshi yuribsizlarmi?⭐️ Chilonzor Uchtepa tarafdan oilaga 2 yo 3 xonali ijaraga kvartira kerak edi uzoq muddatga.Kim bilsa dalolat qilsin iltimos💜 @kidstore29_admin ga. Rahmat.Barchangizdan Alloh rozi boʻlsin
274
4
Соғлом турмуш тарзи жуда яхши-я, лекин биз эртадан кечгача ишда бўлсак, ўзимизга вақт ажратолмаймиз-ку!» - дейдиганлар учун оддийгина маслахатлар. 🌿 Келинг, ҳаётингизга бир-иккита оддий одат қўшамиз ва соғлиғингизда ҳам жуда катта ижобий ўзгаришлар бўлганини гувоҳи бўласиз! ✨ Қани, кетдик! 🚀 1. Хафтада камида 3 марта кечки сайрга чикиш. 2.Иш пайтида қисқа бадантарбия — кун бўйи бир жойда ўтирмай, танага бироз ҳаракат бериш. 3.Узок вакт утирилганда коматни (осанка) назорат қилиш ва умуртқа поғонаси учун оддий машқлар. 4.Гаджетлар вақтини 50% га камайтириш — телефон ва экран олдида бекор ўтирган вақтни чеклаш. 5.50та лимфодренаж машқи— эрталабки шишлардан қутулиш ва лимфани юриштириш учун ҳар куни. 6.Ҳафтада 1 марта ҳаммом (сауна,баня) — танани токсинлардан тозалаш учун. 7.Ҳар куни 50 та ўтириб-туриш (приседания). 8.Транспорт ўрнига пиёда юриш — уйга қайтаётганда 1-2 бекат олдин тушиб қолиб пиёда юриш ва лифтдан воз кечиш. 9.Эрталабки 10 минутлик бадантарбия — кунни тетик бошлаш учун. 10.Овқатда тузни камайтириш — таомларга ортиқча туз солмаслик. 11.Ҳар бир овқатланишдан 15 минут олдин 1 стакан иссик сув ичиш. 12.Контраст душ — қон айланиши ва иммунитетни мустаҳкамлаш учун. 13.Кўзлар учун кундалик гимнастика — кун бўйи толиққан кўзларни дам олдириш. 14.Узоги билан 22:30да уйқуда бўлиш . Келинг, фойдали одатларни ҳаётимизга секин-аста киритишни бошлаймиз ва уларни ўзимизнинг кундалик меъёримизга айлантирамиз! Ўзимизни севайлик ва шу севги орқали янада соғлом, кучли ва тетик бўлайлик 😎✨ 💬 Сизга ушбу одатлардан қайси бири энг кўп ёқди? Қайси бирини бугуноқ бошлашга тайёрсиз?😀
271
5
Assalom aleykum onajonlar🤗 Yaxshi yuribsizlarmi? Biz suzishga borishni boshladik.Born2swim'ni tanladik Dastlabki mashgʻulotl+1
Assalom aleykum onajonlar🤗 Yaxshi yuribsizlarmi? Biz suzishga borishni boshladik.Born2swim'ni tanladik Dastlabki mashgʻulotlarimiz yaxshi oʻtdi.1-martadan suvga koʻnikib treneri bilan til topishdi. 🌼Markaz yoqdi.Qiz va oʻgʻil bolalar uchun alohida kiyinish xonasi,dush va hojatxonalar,ota-onalar uchun kutish zonalari bor.Basseynlari toza. 🏊‍♂Guruh va individual mashg'ulot turini tanlash mumkin ekan. Farzandingiz 3 yoshgacha boʻlsa ona+bola👧 birga shugʻullanar ekan. Suzishni bola uchun foydalari haqida bilasizmi?kommentda yozing⭐️
332
6
Assalom aleykum onajonlar❤️ Shu qizaloqqa qoʻldan kelgancha ehson qilaylik.Hindistonda ilik koʻchirish operatsiyasi uchun katta mablagʻ yigʻilishi kerak Alloh hammamizdan rozi boʻlsin🤲
277
7
Assalom aleykum. Sizning yordamingiz va duolaringiz bilan sog'-salomat Hindistonga yetib keldik.Shifokorlar bu yerda qayta an
Assalom aleykum. Sizning yordamingiz va duolaringiz bilan sog'-salomat Hindistonga yetib keldik.Shifokorlar bu yerda qayta analiz qilib Zilolaga zudlik bilan ilik ko'chirish transplantatsiyasi kerak ekanligini tasdiqlashdi. Lekin bizda uncha mablag' yig'ilmadi. Iltimos sizlardan, qo'lingizdan kelganicha imkoningiz qadar yordam bering🙏. Aperatsiyadan tashqari analizlar, ximiyaterapiyalar, kasalxona xarajatlarida Juda katta mablag' talab qilinar ekan. QIZIMNI HAYOTINI SAQLAB QOLISHGA YORDAM BERINGLAR, ILTIMOS 4073420012739052 Habibova Nozima 5614681874226669 To'xtayev Zokir 4073420012539916 To'xtayev Zokir 9860606749588251 To'xtayev Zokir 8600314199209380 To'layeva Nilufar @khabibova96 (onasi) @Tuxtayev96 (otasi)
266
8
Farzandini suzishga bergan onajonlar bormi?🏊 Qayerni tavsiya qilasizlar? Born2swim bizga maqul keldi,ammo lokatsiyasi uzoqroq ekan Chilonzor,uchtepa taraflarda bolalar uchun trener bn suzish manzillarini bilsangiz kommentda yozing iltimos🤍
313
9
Assalom aleykum onajonlar Bugun restoranlarda tayyorlanadigan qimmat mevali choyni uyda tayyorlab koʻramiz! Karkadeli choy🫖+1
Assalom aleykum onajonlar Bugun restoranlarda tayyorlanadigan qimmat mevali choyni uyda tayyorlab koʻramiz! Karkadeli choy🫖 ⭐️Foydalari juda koʻp.Antioksidantlarga boy,chanqoq bosadi va tetiklikni oshiradi.Muhimi kofeinsiz.Xohishga qarab ichiga mevalar qoʻshasiz Karkadeni korzinkadan choy qatoridan olasiz.1 qutisi 15ming atrofida turadi 🌺Karkade bu quritilgan hibiscus gullari hisoblanadi.Choynakka karkade gullarini limon🍋, apelsin🍊,rayhon yoki yalpiz🌱 barglari xohishga qarab asal🍯(choy 40 gradusga sovigach asal solasiz)yoki shakar solib damlaysiz.Imbir solsangiz yanada foydali boʻladi. Bu choyni sovutib muz🧊 bolaklari solib ham tayyorlash mumkin Issiqda marketdagi gazlangan ichimliklarga🥤 boʻlgan ehtiyojizni kamaytirib beradi
314
10
​"Bolali ayol — ko‘chada ham, uyda ham 'tekshiruv' ostida" ​Jamiyatimizda onalik maqomi ulug‘langani bilan, amalda yosh onalarga nisbatan talablar juda qattiq. Ayniqsa, bola bilan jamoat joylariga chiqqan ayol uchun har qadam "imtihon"ga aylanadi. ​Nega bizda bolali ayolni muhokama qilish shunchalik oson? ​"Bolasi yig‘layapti, tarbiyasini eplay olmayapti": Aslida, bu yosh bolaning tabiiy holati. Lekin atrofdagilar uchun ona — har doim mukammal, bola esa har doim "tinch" bo‘lishi shart. ​"Nega ko‘chada yurgizibdi?": Agar ayol bola bilan sayrga chiqsa, "uyida o‘tirmaydi" degan qarash, chiqmasa "bola ko‘chani ko‘rmay o‘syapti" degan tanqid. Qaysi yo‘lni tanlamasin, baribir "noto‘g‘ri" bo‘lib chiqadi. ​Kutilmagan vaziyatlar: Bola kutilmaganda injiqlik qilsa, tualet desa yoki boshqa fiziologik ehtiyojlari chiqsa, bu ona uchun stress, atrofidagilar uchun esa "g‘iybat uchun mavzu". Odamlar vaziyatning sababini emas, natijani ko‘rib, darhol hukm chiqarishga shoshiladilar. ​Aslida nima bo‘lyapti? ​Bizda "ideal ona" obrazi shunchalik qolipga solib qo‘yilganki, undan biroz chetga chiqqan har qanday harakat "ayb" deb qabul qilinadi. Ko‘pchilik unutadi: bola — bu robot emas🕹. U kasal bo‘lishi mumkin, tushkunlikka tushishi mumkin, o‘zini nazorat qila olmasligi mumkin. Va eng muhimi — ona ham inson, u ham charchaydi, u ham adashishi mumkin. ​Muhokama qilish o‘rniga, bir lahza to‘xtab o‘ylab ko‘raylik: ​Siz ko‘chada qiynalayotgan yosh onani ko‘rganingizda, unga tikilib qarab, pichirlab gapirishdan oldin, shunchaki bir og‘iz iliq so‘z aytish yoki shunchaki indamay o‘tib ketish naqadar insoniyroq. ​Bir-birimizga nisbatan shafqatsizroq bo‘lishdan hech kim yutmaydi. Aksincha, yosh onalarni tushunadigan, ularning charchoqlarini anglaydigan jamiyat sog‘lomroq va baxtliroq bo‘ladi. ​Qachonki, boshqalarning xatosini qidirishdan to‘xtab, bir-birimizga yelkadosh bo‘lishni o‘rgansak, o‘shanda haqiqiy madaniyat sari qadam tashlagan bo‘lamiz. ​Sizningcha, jamiyatimizda ona va bolaga nisbatan bag‘rikenglik yetishmayaptimi?
272
11
#bola_tarbiyasi #onalikmaktabi #eslatma Tunlari bedormisiz? Kunduzlari beholmisiz? Boshingiz ming o'y-hayollardan g'ovlab ket
#bola_tarbiyasi #onalikmaktabi #eslatma Tunlari bedormisiz? Kunduzlari beholmisiz? Boshingiz ming o'y-hayollardan g'ovlab ketgan ... dardingizni kimga aytishni bilmaysizmi? Unutmang, siz yolg‘iz emassiz. Ayni paytda ko'plab onalar siz kabi hayotning sinovli bosqichlaridan o'tyapti. Allohdan ofiyat va yengillik so'rab qolamiz 🤲 Aslida hayotda biz bilan sodir bo'layotgan har narsa bizni ibrat chiqarishimiz uchun. Unutmang, sizning farzandlaringiz aynan sizni tarbiya qilish uchun dunyoga kelgan. Siz ham aynan o'z farzandlaringiz uchun ONAlikka tayin etilgansiz. Buni taqdir etgan Al Hakim Zot hisobda adashmaydi, har bir bandaga o'zi uchun eng munosibini tayin etadi. Shunday ekan: Siz buni uddalaysiz! Siz buni eplaysiz! Sizni qo'lingizdan keladi! Turing. Boshqatdan boshlang. Qani bismillah, ketdik. Iroda Ahmed @YaqinOzbek
205
12
Assalom aleykum onajonlar.Shu qizaloqni davolanishiga yordam beraylik. Ishonchli boʻlganligi uchun tashlayapman. Ehsonning mukofoti ehsondir
260
13
Assalomu alaykum, mehribon insonlar! Sizlardan qizimiz Zilola uchun yordam so'rab murojaat qilmoqdamiz. Qizimizga juda kam uc+1
Assalomu alaykum, mehribon insonlar! Sizlardan qizimiz Zilola uchun yordam so'rab murojaat qilmoqdamiz. Qizimizga juda kam uchraydigan va og'ir qon kasalligi—JMML (Yuvenil mielomonotsitar leykemiya) tashxisi qo'yilgan. Hozirda u kimyoterapiya muolajalarini olmoqda.Ammo shifokorlarning aytishicha, uning hayotini saqlab qolishning yagona yo'li –suyak iligi transplantatsiyasidir. Biz Hindistonda ximiyaterapiya va transplantatsiya qilish uchun tayyorgarlik ko'ryapmiz. Afsuski, davolanish, transplantatsiya, tekshiruvlar va yashash xarajatlari oilamiz imkoniyatidan ancha yuqori.(taxminan 80 000 $) 🤲 Har bir ehson, har bir ulashilgan post Zilolaning hayotini saqlab qolishga xizmat qilishi mumkin. Agar yordam bera olsangiz, Alloh sizdan ming bor rozi bo'lsin. Agar imkoningiz bo'lmasa, iltimos, ushbu e'lonni boshqalarga ulashing. .Olloh sizlardan rozi bo'lsin.Omin. 🤲 💳 Karta raqami: 4073 4200 1273 9052- Habibova N(onasi) 5614 6818 7422 6669-To'xtayev Z(otasi) 📞 Telegram: (@khabibova96)
400
14
"Childfree" bu nima? ​Charchagan onajonlarimiz uchun kichik eslatma... ❤️ ​Baʼzan farzandimizning injiqliklaridan charchagani+5
"Childfree" bu nima? ​Charchagan onajonlarimiz uchun kichik eslatma... ❤️ ​Baʼzan farzandimizning injiqliklaridan charchaganimizda, ijtimoiy tarmoqlardagi "bola-chaqasiz, betashvish" yashayotgan insonlarning hayoti koʻzimizga juda jozibali koʻrinishi mumkin. Buni bugun global dunyoda "Childfree" harakati deyishmoqda. ​Lekin asl haqiqat qayerda? Dinimiz va fitratimiz bu haqida nima deydi? ​Rasmlarni chapga suring va bugun oʻzingiz shugʻullanayotgan ish (inson tarbiyasi) qanchalik muqaddas ekanini yana bir bor his qiling! 🌸✨ ​👇 Mavzu boʻyicha oʻz qarashlaringizni izohlarda boʻlishing. Foydali boʻlsa,yaqinlaringizga ulashing
732
15
Ўқиш чоғида бошингиз оғриб қоладими? Айниқса қийин мавзуларда шунақа бўлади, а?) Шу пайт нима қиласиз? “Эй, бўлди чарчадим, мияларим оғриб кетти, етар шунча ўқиганим!” деб китобингизни ёпиб қўйсангиз катта ҳато қилган бўласиз! Асли мия чарчамайди, оғриқ сезмайди. Йўқ унда бундай ҳусусият. Ўқиш пайтингиздаги бу бош оғриғи ва чарчоқ – миянгизда янги нейронлар ҳосил бўлаётканлиги белгиси! Шу янги нейрончаларни пуҳта қилиш учун сиз янаям ўқишда давом этишингиз керак. Тўҳтатмайсиз. Давом этасиз. Илм олишнинг сири шу. Ўзлаштирган билимларингиз ана ўшанда янада мустаҳкам бўлиб миянгизга жойлашади. Фарзандларингизда ҳам шундай. Дарс қилаётиб бошим оғрияпти деса, кўнманг. “Ўқи, болам” денг. Биз ўзимиз миямизни дангаса қилиб қўямиз салга чекиниб. @endokrinolog_preventAge
336
16
#feedback Assalom aleykum onajonlar.Dodo pizzadan buyurtma qilganlar bormi? Bugun 1-buyurtma qilgandim,yaxshilab tekshirmabma+2
#feedback Assalom aleykum onajonlar.Dodo pizzadan buyurtma qilganlar bormi? Bugun 1-buyurtma qilgandim,yaxshilab tekshirmabman."Halol" sertifikati borligi haqida hech qayerda ma'lumot yoʻq ekan. Rossiya brendi ekan.Pizzani oʻzi ham mazali emas. Support'ga sertifikat bor yoʻqligini soʻrab xat yozdim Javob berishsa sizlarga ham aytaman. O'zimizni milliy pitseriyalarimizdan qoʻymasin😊 Sizlar ham pizza buyurtma berishda oldin tekshiring
337
17
Ertadan telefonimdan youtube/instagramni o'chirib yuboraman Ertadan tabassum qilib yuraman Ertadan namozlarimni vaqtida o'qis
Ertadan telefonimdan youtube/instagramni o'chirib yuboraman Ertadan tabassum qilib yuraman Ertadan namozlarimni vaqtida o'qishni boshlayman Ertadan Qur'on o'qishni boshlayman Ertadan yaxshiroq ona bo'laman Ertadan bolalarimga kitob o'qib berishni boshlayman Shunday rejalar tuzyapsizmi? Bugundan boshlab qo'ya qoling. Muhim vazifalar hech qachon qulaylik bilan bo'lmaydi. Qulay ishlar esa muhim vazifa hisoblanmaydi. Noqulaylikni bo'yningizga oling, bugun ilk qadamni tashlang. Iroda Ahmed @YaqinOzbek
313
18
​🥤 Bolangiz doʻkonning kimyoviy sharbatlari va kolasini soʻrayverib charchatdimi? ​Onalar koʻpincha ularning oʻrniga uyda ko+3
​🥤 Bolangiz doʻkonning kimyoviy sharbatlari va kolasini soʻrayverib charchatdimi? ​Onalar koʻpincha ularning oʻrniga uyda kompot qilib berishadi. Lekin bilasizmi, notoʻgʻri pishirilgan kompot bolaga koladan kam zarar keltirmaydi! 🫣 ​Mevalarni soatlab qaynatib, ichidagi hamma vitaminlarni oʻldirib, ustiga bir piyola shakar solayotgan boʻlsangiz — siz bolangizga darmondori emas, shunchaki shirin kimyoviy suv berayotgan boʻlasiz. ​Xoʻsh, mevalarning oʻzini ham, vitaminini ham saqlab qolishning yoʻli bormi? ​Rasmlarda bola organizmi uchun haqiqiy dori boʻladigan, immunitetni koʻtaradigan va eng muhimi — 100% vitaminlari tirik qoladigan ichimlik sirlarini jamladik! 🌟 ​Cardlarni varaqlang va oʻzingizga qulay usulni saqlab oling. Bolajonlarga faqat eng yaxshisini beraylik! ❤️ ​👇 Siz kompot pishirganda mevalarni necha daqiqa qaynatasiz?O'z usulingiz bilan bo'lishing. Post foydali boʻlsa yaqinlaringizga ulashing⭐️
1 030
19
​🛑 Ertalabki nonushta: Farzandingizga sosiska beryapsizmi yoki xavf? ​Hurmatli onajonlar! Ertalab ishga, o‘qishga shoshilganda bolajonlarimizga sosiska pishirib berish yoki kolbasali buterbrod tayyorlab berish eng oson va tezkor yechim bo‘lib ko‘rinadi, to‘g‘rimi? ​Lekin bugun bu odat farzandlarimiz salomatligi uchun qanchalik qimmatga tushishi mumkinligi haqida ilmiy isbotlangan haqiqatni gaplashamiz. ​🔬 Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) nima deydi? ​2015-yilda JSST tarkibidagi Saratonni tadqiq qilish xalqaro agentligi (IARC) juda jiddiy bayonot bergan. Unga ko‘ra, qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari (sosiska, kolbasa, sosiska-kaboblar) 1-guruh kanserogenlari (saraton keltirib chiqaruvchi moddalar) ro‘yxatiga kiritilgan. ​Tushunarliroq bo‘lishi uchun: Sosiska va kolbasalar saraton paydo qilish xavfi bo‘yicha tamaki tutuni va asbest kabi xavfli moddalar bilan bir qatorga qo‘yilgan! ​⚠️ Sosiska va kolbasaning 3 ta yashirin xavfi ​Nitritlar va Nitratlar (N-nitrozo birikmalar): Mahsulotga chiroyli pushti rang berish va uzoq saqlash uchun qo‘shiladigan ushbu kimyoviy moddalar organizmda kuchli kanserogenga aylanadi. Ular ichak hujayralarini shikastlab, yo‘g‘on ichak saratoni xavfini keskin oshiradi. ​Tuz va Yashirin Yog‘lar: Bolalar sosiskasida ham tuz va yomon sifatli trans-yog‘lar miqdori o‘ta yuqori bo‘ladi. Bu bolalikdanoq semirish, modda almashinuvi buzilishi va buyraklarga ortiqcha yuklama demakdir. ​Geterosiklik aminlar: Sosiskalar qovurilganda yoki pishirilganda ularda DNKni zarblovchi mutagen moddalar ajralib chiqadi. P.S.halollik masalasi va pok sanitariya sharoitida tayyorlanishi ham alohida mavzu.Kolbasa Sosiskalar ichida lahm goʻshtning ulushi juda kichik.1-guruh kanserogenlar roʻyxatiga kiritilishi oʻzi bolalar ratsionidan olib tashlashingizga yetarli sabab deb hisoblayman.
276
20
#breakfast Assalom aleykum onajonlar.Juma Muborak! Bugun bolajonlar va kattalar sevib iste'mol qiladigan sosiska va kolbasala
#breakfast Assalom aleykum onajonlar.Juma Muborak! Bugun bolajonlar va kattalar sevib iste'mol qiladigan sosiska va kolbasalar haqida gaplashamizmi? Ertalab farzandingizga nonushtaga nima tayyorlab berasiz?
219