en
Feedback
Machine Learning Lab.

Machine Learning Lab.

Open in Telegram

Bu channelda Sun'iy idrok mutaxasisligini nazariy va amaliy tarzda o'rganishni va ilmiy izlanishimiz davomida o'rgangan bilimlarimizni ilm talabidagi birodarlarimizga ulashishni niyat qildik. 🤲 YouTube: https://www.youtube.com/@machinelearninglab7012

Show more
461
Subscribers
-224 hours
+57 days
+8130 days
Posts Archive
​​Kurzveyl bashorati! Rey Kurzveyl, Google kompaniyasida muhandislik bo'limi boshlig'i, aniq bashorat qilish bo'yicha yuqori natijalarga erishgan taniqli futurist. 1990-yillardan beri o'zining 147 ta bashoratidan Kurzweil 86 foiz aniq chiqqan. Texasning Ostin shahrida bo'lib o'tgan SXSW konferentsiyasida Kurzveyl yana bir bashorat qildi: texnologik o'ziga hoslik keyingi 30 yil ichida sodir bo'ladi. U bergan intervyusida shunday deydi: 2029 yil men bashorat qilgan izchil sana, AI ushbu sanada haqiqiy Tyuring testidan o'tadi va inson aql darajasiga erishadi. Men "O'ziga hoslik" (Singularity) uchun 2045 yilni belgilab qo'ydim, ya'ni o'zimiz yaratgan suniy ong bilan birlashish orqali aqliy faoliyatimizning samaradorligini milliard martagacha oshirishimiz mumkin. Uning fikricha AI ni bu darajada rivojlanib ketishi faqat va faqat insoniyat uchun yaxshi va foydali hech qanday qo'rqinchli xavf yo'q. Ammo bir qator mashxurlar va olimlar jumladan Elon Musk, Bill Gates, G. Hinton lar esa kelajakdagi AI dan odamlarga bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan xavotirda. Sizning fikringiz qanday? 👇👇👇 @machine_learning_lab

Python dasturlash mahoratingizni oshirib boring! Bundan bir necha postlar oldin dasturlash tilida ishlash mahoratingizni oshi
Python dasturlash mahoratingizni oshirib boring! Bundan bir necha postlar oldin dasturlash tilida ishlash mahoratingizni oshirishingiz uchun HackerRank platformasini taklif qilgan edim. Chunki o'sha vaqtda o'zim ham endi dasturlash tilidagi (Pyhton) mahoratimni sinash va oshirish uchun harakat boshlagan edim. Natija yuqoridagi rasmda. Xulosa. Boshlang'inch dasturlash asoslarini o'rganish va mahoratni oshirish uchun yaxshi platforma ekan. Mashqlarni bajargandan keyin maxsus imtixonlaridan o'tib sertifikatini ham olsangiz bo'ladi. LeetCode navbatdagi nishon Insha Alloh. LeetCode ancha professianalroq. @machine_learning_lab

​​Barcha Ustoz va Murabbiylarimizni 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Yoshlarimizga mashaqqat ila ta’lim tarbiya berishda hech qachon charchamanglar! Alloh o’zi kuch quvvat bersin! Biz sizlarni yaxshi ko’ramiz va hurmat qilamiz! Xurmat bilan @machine_learning_lab

Repost from WAYU Korea
#ilm_fan_klubi #ilm_fan_klubi_podkast #2 🕐Suhbat: 30-sentyabr, soat 21:00 KST Mavzu: Sun'iy intellektning amaliyotga tadbiqi
#ilm_fan_klubi #ilm_fan_klubi_podkast #2 🕐Suhbat: 30-sentyabr, soat 21:00 KST Mavzu: Sun'iy intellektning amaliyotga tadbiqi! 👤 Spiker: Oybek Eraliyev • Ish joyi: Universitet laboratoriyasi (Advanced Vehicle Design and Control Lab. (AVDC Lab.)) | AI Researcher — Farg'ona Politexnika instituti, Electrical Engineering| Bachelor of Science — Farg'ona Politexnika instituti, Electrical Engineering | Master of Science — Inha universiteti, Future Vehicle Engineering | Ph.D • Tadqiqot ishi mavzusi (Research topic): Next-Generation Smart Greenhouse: Integrating Deep Learning, IoT, Web Monitoring, and Autonomous System. Moderator: Mirzobek Malikov - “Ilm-fan klubi” loyihasi muallifi Spikerga savollaringiz bo’lsa, izohlarda qoldiring👇🏻 Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

Raqamli Iqtisodiyot Tadqiqotlari Markazi tomonidan mamlakatimizning IT mehnat bozori juda chiroyli tarzda tahlil qilinibdi. Agar e'tibor bergan bo'lsangiz tahlil qilingan kasblar orasida AI muhandisligi keltirilmagan. Vaholanki dunyo bozorida AI mutaxasislari eng yuqori maosh oluvchilar qatoriga kiradi. Bu tahlildan nimani xulosa qilish mumkin? Demak O'zbekiston bozori AI mutaxasisligi nuqtai nazaridan juda bo'sh. Bu degani "Otni qamchilash kerak" degani 😊. P.s: Ehtimol AI mutahasislarini inobatga olib Dasturchi mutahasisligiga qo'shgan bo'lishlari mumkin. Lekin AI mutahasisligi uchun faqatgina dasturlash ko'nikmalarini o'zi yetarli emas albatda. 👉@machine_learning_lab

Repost from Sherzod Shermatov
IT sohasida 20-50 mln so’m oylik to’laydigan bo’sh ish o’rinlari anchagina ekanligini Raqamli Iqtisodiyot Tadqiqotlari Markaz
+4
IT sohasida 20-50 mln so’m oylik to’laydigan bo’sh ish o’rinlari anchagina ekanligini Raqamli Iqtisodiyot Tadqiqotlari Markazi tomonidan amalga oshirilgan IT mehnat bozori tahlilida ko’rsangiz bo’ladi Vakansiyalarni ushbu saytlardan ko’rib, onlayn ariza yuboring: https://hh.uz https://ishkop.uz https://it-market.uz/job/ www.olx.uz/rabota/it-telekom-kompyutery/ https://t.me/fintech_jobs Agar ko’rsatilgan talablarga yetarli malakaga ega bo’lishga harakat qilib o’qimoqchi bo’lsangiz, unda marhamat: https://www.education.it-park.uz/ https://uzbekcoders.uz/

Repost from IT Park Uzbekistan
#IT_Certificate 🎓 Xalqaro IT-sertifikatiga ega bo'lib, unga sarflangan xarajatlarning 50% gacha qismini qaytarib olishni xoh
+1
#IT_Certificate 🎓 Xalqaro IT-sertifikatiga ega bo'lib, unga sarflangan xarajatlarning 50% gacha qismini qaytarib olishni xohlaysizmi? Unda bu dastur aynan siz uchun! ✅ Dasturdan foydalanish uchun 14 yoshdan 31 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishingiz, www.my.gov.uz portalida onlayn ariza toʻldirishingiz va kerakli hujjatlarni ilova qilishingiz lozim. 💻 Qoplab beriladigan xalqaro IT-sertifikatlari roʻyxati bilan it-istedod.uz saytida tanishishingiz mumkin. ☎️ +998712091199 _________ 🎓 Хотите получить международный IT-сертификат и вернуть до 50% потраченных на него денег? Тогда эта программа для вас! ✅ Чтобы стать участником программы, вы должны быть гражданином Узбекистана в возрасте от 14 до 31 года, заполнить онлайн-заявку на портале my.gov.uz и прикрепить необходимые документы. 💻 Перечень международных IT-сертификатов, участие в которых может быть компенсировано, можно посмотреть на сайте it-istedod.uz. ☎️ +998712091199 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Fotolavhalar yuqoridagi AgriTech4Uzbekistan Innovation Challenges tadbiridan. @machine_learning_lab
+2
Fotolavhalar yuqoridagi AgriTech4Uzbekistan Innovation Challenges tadbiridan. @machine_learning_lab

Yakun! Agritech4Uzbekistan Innovation Challenge 13-15 sentabr kunlari bo'lib o'tgan Startup lar tanlovida bizning jamoa ham A
Yakun! Agritech4Uzbekistan Innovation Challenge 13-15 sentabr kunlari bo'lib o'tgan Startup lar tanlovida bizning jamoa ham Alloh qodir qilganicha qatnashib keldik. Bu bosqichda saralangan 22 eng yaxshi innavatsion g'oyalardan 10 tasi tanlab olindi. Va bu tanlangan loyihalar investorlar tomonidan $ 30 ming miqdorigacha moliyalashtiriladi. Bizning innavatsion g'ayamiz yakuniy 10 likka kiritilmadi. Keyingi bosqichga o'tganlarni chin qalbimizdan tabriklaymiz. Munosiblar tanlab olindi. Tashkilotchilarning barchasiga rahmat aytamiz kutib olish mehmondorchilik, kuzatib qo'yish, wow 👍. (Just Respect) Ushbu tadbirdan juda ham ko'plab xulosalar oldik, do'stlar ortirdik, yangi g'oyalar va oldimizga yanada ulkan marralar qo'ydik. Ushbu marralarga yetishda Allohim o'zi barchamizni qo'llab quvvatlasin. P.s: Keyinroq Foto lavhalar bilan ulashaman nasb qilsa. @machine_learning_lab

#Startup AgriTech4Uzbekistan Innovation Challenge Yuqorida e'lon qilingan AgriTech4Uzbekistan Innovation Challenge keyingi bo
#Startup AgriTech4Uzbekistan Innovation Challenge Yuqorida e'lon qilingan AgriTech4Uzbekistan Innovation Challenge keyingi bosqichga o'tgan Innovation Teams larni e'lon qildi. Bizni logo ham ular qatorida Alhamdulillah! 👉@machine_learning_lab

Repost from Sherzod Shermatov
Yuqori daromad topadigan kasbga o’rganish uchun 50 ta grant imkoniyatidan foydalaning! Davlatimiz Rahbarining ta’limga e’tibor qaratishga chorlashlariga munosib javob sifatida barcha uzoqni ko‘zlagan kompaniyalar korporativ ijtimoiy mas’uliyatlarini bajarish bo‘yicha harakatlarida aynan ta’limni qo‘llab-quvvatlashni inobatga olishlari muhimligini sezmoqdalar. Bular orasida Beeline o’ziga hos o’rnak ko’rsatib Oʻzbekistonning iqtidorli yosh IT-mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlashini e’lon qilganiga minnatdorchilik bildiramiz va boshqa kompaniyalarni ham ko'proq yoshlarimizni yuqori daromadli kasblarga tayyorlashga e'tibor qaratishlariga chaqiramiz. Hujjatlarni qabul qilish 4-sentabrdan 22-sentabrgacha davom etadi. ‼️ Batafsil ma’lumot olish va ariza topshirish @astrumuz

#loyiha #startup #AI Tabriklar!!! 👏🥳 ITPark hamda bir nechta kompaniyalar tomonidan tashkillashtirilgan AgriTech4Uzbekistan
#loyiha #startup #AI Tabriklar!!! 👏🥳 ITPark hamda bir nechta kompaniyalar tomonidan tashkillashtirilgan AgriTech4Uzbekistan Innovation Challenge da o’z loyihamiz (Smart Greenhouse) bilan qatnashgan edik! Alhamdulillah! Alloh nasb etgan ekan 78 da davlatdan topshirilgan 571 loyiha ichida bizning loyihamiz eng yaxshi 22 loyihalar qatoridan joy olibdi! Bu men va jamoamiz uchun juda ham katta yutuq deb hisoblayman! Qilayotgan ishlarimizni Alloh hayrli qilsin! P.s: Toshkentda ko’rushguncha 😉! 👉@machine_learning_lab

Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin hurmatli yurtdoshlar! Mistaqillik bu eng oliy ne’mat! 🕊️ @machine_learning_lab
Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin hurmatli yurtdoshlar! Mistaqillik bu eng oliy ne’mat! 🕊️ @machine_learning_lab

#kayfiyat ML/DL bilan qancha ko'p "o'ynashsangiz" yuqoridagi videodagidek holat bo'lishi mumkin. 😂 @machine_learning_lab

​​IT Park va Coursera hamkorlikda One MIllion Uzbek Coders asosidagi yangi loyihani taqdim etdi. Endilikda, ushbu hamkorlik natijasida uydan yoki masofadan turib dunyoning eng yaxshi (top) universitetlarida sifatli ta'lim olishingiz mumkin. Kurslar nafaqat hamyonbop, balki bir qator imtiyozlarni ham taklif qiladi. Masalan, ta'lim uchun bo'lib to'lashingiz yoki xalqaro sertifikat olish xarajatlarining bir qismini qoplashingiz mumkin. Shuningdek, talabalar notebook sotib olish uchun foizsiz kredit olishlari mumkin. Ro'yhatdan o'tish. @machine_learning_lab

Python dasturlash tilida mahoratingizni oshiring! ML engineerlari and Data Science engineerlari uchun asosiy dasturlash tili bu Python. Shunday ekan bu dasturlash tilida mahoratimiz qancha yaxshi bo'lsa loyihani muofaqiyatli va tez tamomlashga asos bo'ladi. Mahoratimizni oshirish uchun menimcha eng yaxshi joylar bular HackerRank va LeetCode platformalaridir. Hozir HackerRank haqida qisqacha ma'lumot bermoqchiman. Bu platformada siz Python dasturlash tilini boshlang'ich darajadan expert darajasigacha turli xil mashqlarni bajarish orqali o'rganishingiz mumkin. Platformada 4 ta certificat beruvchi imtixoni bor shularni olishni tavsiya qilaman (Bizga asosiy kerak bo'lganlari). Bular: 👉Python (Basics) 👉Python (Intermediate) 👉Problem Solving (Basics) 👉Problem Solving (Intermediate) Bu platformada siz nafaqat Python boshqa dasturlash tillarini ham o'rganishingiz mumkin. P.s: LeetCode haqida alohida gaplashamiz bu katta mavzu ☺️. 👉@machine_learning_lab

Data Science engineerlari uchun ajoyib yangilik! Microsoft kompaniyasi python dasturlash tilini Microsoft Excel dasturiga integratsiya qilganini e'lon qildi. Ushbu yangilik ma'lumotlarni tahlil qilishda, visualizatsiya qilishda yana bir pog'ona oldinlashimizga turtki bo'la oladi. Ushbu link orqali yangilik bilan batafsil tanishishingiz mumkin. 👉@machine_learning_lab

Yuqoridagi ekskursiyadan keyingi loyihamizning yana bir kichik qismi haqida! Demak loyihaning bu qismida menga ajratilhgan va
Yuqoridagi ekskursiyadan keyingi loyihamizning yana bir kichik qismi haqida! Demak loyihaning bu qismida menga ajratilhgan vazifani qisqacha qilib yozib o'taman. -Issiqxonadagi bir qator pomidor hosilini qimirlamaydigan kameralar orqali tasvirini uzatish, -Tasvirlardan hosilni aniqlash (detection), -Aniqlangan hosilni sonini sanash, -Aniqlangan hosilni qizarganlik darajasi bo'yicha guruhlarga ajratish, -Shu bir qatordagi olingan natijalar bo'yicha umumiy issiqxonaning hosildorligini bashorat qilish. 👉@machine_learning_lab

Data Engineer, Data Science va ML Engineerlar orasidagi farq! Data engineer, Data science va ML engineerlari orasidagi farq haqidagi savolga juda ham ko'p duch kelamiz. Ba'zan ularni bir so'z bilan tushuntirib ajratib bo'lmaydi. Yuqoridagi rasmda juda chiroyli tarzda ularni qiladigan ishlariga qarab o'zaro ajratib ko'rsatilgan. Siz qay biridasiz? ML Engineer > 👍 Data Science > 👌 Data Engineer > ✊ Hech qaysisi > 👎 👉 @machine_learning_lab

​​Google 9 ta BEPUL Generativ AI kurslarini chiqardi! 1. Generative AI-ga kirish https://www.cloudskillsboost.google/course_templates/536 Generative AI nima ekanligini, undan qanday foydalanilishini va an'anaviy ML usullaridan qanday farq qilishini tushuntirishga qaratilgan kirish darajasidagi mikrota'lim kursi. 2. Katta til modellariga kirish (LLM) https://www.cloudskillsboost.google/course_templates/539 Katta til modellari (LLM) nima ekanligini, ulardan foydalanish holatlari va LLM samaradorligini oshirish uchun tezkor sozlashdan qanday foydalanishni o'rganadigan kirish darajasidagi mikrota'lim kursi. 3. Mas'uliyatli AIga kirish (Intro to Responsible AI) https://www.cloudskillsboost.google/course_templates/554 Kirish darajasidagi mikrotaʼlim kursi masʼuliyatli AI nima ekanligini, bu nima uchun muhimligini va Google oʻz mahsulotlarida masʼuliyatli sunʼiy intellektni qanday joriy etishini tushuntirishga qaratilgan. Shuningdek, u Googlening 7 ta AI tamoyillarini taqdim etadi. 4. Tasvir yaratishga kirish (Intro to Image Generation) https://www.cloudskillsboost.google/course_templates/541 Ushbu kurs sizni diffuziya modellarining nazariyasi va ularni Vertex AI-da qanday o'rgatish va joylashtirish bilan tanishtiradi. 5. Kodlovchi-dekoder arxitekturasi (Encoder-Decoder Architecture) https://www.cloudskillsboost.google/course_templates/543 Ushbu kurs sizga kodlovchi-dekoder arxitekturasining qisqacha tavsifini beradi, bu mashina tarjimasi, matnni umumlashtirish va savollarga javob berish kabi ketma-ketlikdagi vazifalar uchun kuchli va keng tarqalgan ML arxitekturasidir. 6. Attention mexanizmi https://www.cloudskillsboost.google/course_templates/537 Ushbu kurs sizni diqqat mexanizmi bilan tanishtiradi, bu neyron tarmoqlarga kirish ketma-ketligining muayyan qismlariga e'tibor qaratish imkonini beruvchi kuchli texnikadir. 7. Transformer modellari va BERT modeli https://www.cloudskillsboost.google/course_templates/538 Ushbu kurs sizni Transformer arxitekturasi va Transformerlardan ikki tomonlama kodlovchi tasvirlari (BERT) modeli bilan tanishtiradi. Shuningdek, siz BERT-dan matn tasnifi, savollarga javob berish va tabiiy tildan xulosa chiqarish kabi turli vazifalarni bajarishingiz mumkin. 8. Tasvirga sarlavha qo'yish modellarini yaratish https://www.cloudskillsboost.google/course_templates/542 Ushbu kurs sizga Deep Learningdan foydalangan holda tasvir sarlavhalari modelini qanday yaratishni o'rgatadi. 9. Generative AI Studio bilan tanishish https://www.cloudskillsboost.google/course_templates/552 Ushbu kurs Generative AI Studio bilan tanishtiradi, Vertex AI mahsuloti, u sizga generativ AI modellarini prototiplash va sozlashda yordam beradi, shuning uchun ularning imkoniyatlaridan ilovalaringizda foydalanish mumkin. Ushbu kursda siz Generative AI Studio nima ekanligini, uning xususiyatlari va imkoniyatlari va undan qanday foydalanishni mahsulot demolari orqali o'rganasiz. 👉 @machine_learning_lab