ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

Machine Learning Lab.

Machine Learning Lab.

Открыть в Telegram

Bu channelda Sun'iy idrok mutaxasisligini nazariy va amaliy tarzda o'rganishni va ilmiy izlanishimiz davomida o'rgangan bilimlarimizni ilm talabidagi birodarlarimizga ulashishni niyat qildik. 🤲 YouTube: https://www.youtube.com/@machinelearninglab7012

Больше
962
Подписчики
+124 часа
-27 дней
-430 дней
Архив постов
🚨 Claude Code "Source Code"i sizib chiqdi: Xatolikmi yoki kutilmagan sovg‘a? Anthropic yaqinda taqdim etgan va terminalda ishlaydigan Claude Code instrumentining manba kodi (source code) kutilmaganda ochiqlanib qoldi. Nima sodir bo‘ldi? Dasturchilar npm registry’ga yuklangan paketlarni o‘rganishayotganda, Anthropic xodimlari ehtiyotsizlik qilib .map (source map) fayllarini ham ochiq qoldirishganini aniqlashdi. Odatda, bu fayllar brauzer yoki debuggerlar uchun kodning qaysi qismi qayerda joylashganini ko‘rsatishga xizmat qiladi, lekin ular orqali siqilgan (minified) kodni asl holatiga qaytarish (reverse-engineer) juda oson. Bundan nimalarni bilish mumkin? Dasturchilar ushbu "leaked" kodni titkilab, quyidagilarni aniqlashdi: • Prompt Engineering sirlari: Anthropic muhandislari modelni terminalda qanday boshqarayotgani va unga berilgan murakkab "system prompt"lar fosh bo‘ldi. • Arxitektura: Claude Code qanday qilib fayllarni tahlil qilishi, testlarni ishga tushirishi va xatolarni qidirish algoritmlari ma’lum bo‘ldi. • Xavfsizlik choralari: Modelning "yomon" buyruqlarni bajarmasligi uchun qanday filtrlar qo‘llangani ochiq ko‘rindi. Xulosa: Bu holat hatto eng yirik AI kompaniyalari ham oddiy texnik ehtiyotsizlik (source map’larni o‘chirishni unutish) tufayli o‘z intellektual mulkini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligini ko‘rsatdi. Hozirda ko‘plab GitHub repo’larda ushbu kodning "tizginlangan" versiyalari paydo bo‘lib ulgurdi. Sizningcha, bu Anthropic uchun katta zararmi yoki shunchaki tekin reklama? 🧐 👉@machine_learning_lab👈

Repost from HumbleBeeAI
📊WEF Future of Jobs Report 2025 ma'lumotiga ko'ra, 2030 yilga qadar 92 million ish o'rni yo'qolishi kutilmoqda. Shu bilan bi
📊WEF Future of Jobs Report 2025 ma'lumotiga ko'ra, 2030 yilga qadar 92 million ish o'rni yo'qolishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 170 million yangi ish o'rni paydo bo'ladi – ya'ni 78 million o'sish. 🟡Goldman Sachs hisob-kitoblariga ko'ra, agar AI keng qo'llanilsa, AQSh ish kuchi 6–7% ta'sir ko'rishi mumkin, ammo bu ta'sir vaqtinchalik bo'lishi va ish o'rinlari boshqa sohalarda paydo bo'lishi kutilmoqdi. 🌀Jumladan, dasturchilar uchun ish o'rinlari 17.9% ga oshishi, axborot xavfsizligi mutaxassislari esa 32% ga ko'payishi kutilmoqda.
❓Yana qancha AI o’rganishni ortga surmoqchisiz?
🔭Yanada ko'proq yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizga obuna bo'lishni unutmang! 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱 Instagram

Eng yaxshi ko’rgan va hammaga tavsiya etadigan kitoblarimdan biri, eng yaxshi ko’rgan insonlarimdan biridan Hayit bayramiga e
Eng yaxshi ko’rgan va hammaga tavsiya etadigan kitoblarimdan biri, eng yaxshi ko’rgan insonlarimdan biridan Hayit bayramiga eng yaxshi sovg’a bo’ldi. 👉@machine_learning_lab 👈

photo content

Assalomu alaykum barchaga! Hurmatli vatandoshlar. Barchangizni Ramazon hayiti bayrami bilan tabriklayman. Ushbu ramazon oyida tutgan ro’zalaringizni va qilgan barcha yaxshi amallaringizni Alloh o’zi qabul qilgan bo’lsin. Kelasi shu muborak kunlarga oramizdan kam bo’lmay salomatlikda yetib kelishlik nasb aylasin. Hurmat bilan @machine_learning_lab jamoasi

Assalomu alaykum hurmatli do’stlar! Quyida Farg’ona viloyati chekka qishloqlardan biridagi oilaviy poliklinikani tamirlash uchun tashabbusli bujjetga ariza likni keltirilgan. Agar vaqtingiz va himmatingizni ayamasangiz shu tashabbus uchun ovoz berishingizni iltimos qilgan bo’lardim. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/53/4e562fda-d525-4a38-863e-6f734add24f2 Ishoning bu ovoz siz uchun yoki men uchun ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Lekin bu o’sha qishloq ahli uchun juda muhim ahamiyatga ega. Yillar davomida qishloqqa xizmat qilivchi muhim obyekt. Barchaga oldindan katta rahmat. 👉@machine_learning_lab👈

Repost from Uzbekonomics
Sun'iy intellekt ishingizni kelajakda olib qo'yadi deb o'ylasangiz ham yoki ishingizni hozirda samaraliroq qilib sizga yordam berayotgan bo'lsa ham ikkala vaziyatda siz hozir har qachongidan ham ko'proq va qattiqroq ishlashingiz kerak bo'ladi. Vaqtni bekorga isrof qiladigan payt emas. Quyidagi izoh yoqdi. Tasavvur qiling, siz avtomobil ixtiro qilingan paytda Belgiyadagi ot aravalarini tuzatadigan eng zo'r ustasi hisoblanasiz. Kelajagingiz xavf ostida ekanligini bilganingiz uchun, yangi aravalarga imkon qadar ko‘proq buyurtma olishni xohlaysiz. Yoki, aksincha, imkon qadar tezroq o‘sha "yangi chiqqan matoh" (avtomobil)lardan birini qo‘lga kiritib, uni ta’mirlashni o‘rganasiz. Ikkala vaziyatda ham yanada qattiqroq ishlashingiz kerak bo'ladi. @uzbekonomics

📉 Sun'iy Intellekt endi o`z ahlatini o`zi yeydimi? (Model Collapse haqida) Hozirgi kunda barchamiz AI imkoniyatlaridan hayratdamiz. Ammo olimlar va tadqiqotchilar yangi bir fenomen haqida ogohlantirmoqda: "Model Collapse" (Modelning tanazzuli). Hozirgi yirik til modellari (LLM) asosan insonlar yaratgan ma'lumotlarda o‘qitilgan. Ammo internet tobora AI tomonidan yozilgan, sun'iy matnlar bilan to‘lib bormoqda. Kelajakdagi modellar (GPT-5 va boshqalar) endi inson yozganini emas, balki o‘zidan oldingi AI versiyalari yaratgan kontentni o‘rganishga majbur bo‘ladi. Bu nima degani? 📄 Tasavvur qiling, kserokopiyadan kserokopiya oldingiz. Keyin yana o'shandan nusxa oldingiz. 10-martada qo'lingizda nima qoladi? Qop-qora, tushunarsiz dog'. AI bilan ham shunday bo'lyapti. Ular "gallyutsinatsiya" (aljirash) qilishni boshlaydi, mantiq yo'qoladi, kreativlik o'ladi. Texnologiya qanchalik rivojlanmasin, "Inson omili" (Human Touch) har qachongidan ham qadrliroq bo‘lib bormoqda. Kelajakda "Inson yozgan" (Human-made) degan belgi xuddi "Bio" yoki "Halol" kabi eng qimmat brendga aylanadi. Haqiqiy tajriba, haqiqiy xatolar va haqiqiy hissiyotlar — buni hech qaysi algoritm soxtalashtira olmaydi. Sizningcha, AI ijodni to‘liq egallaydimi yoki inson baribir ustun bo‘lib qoladimi? ✍️ Bekzod Kasimov LinkedIn dan 👉@machine_learning_lab👈

🎯 VOICE AGENT DEVELOPER NavAI statup Biz O'zbekistonda eng yaxshi ovozli AI yartamoqchimiz. Hozir bizga voice agent mahsulotini to'liq egallaydigan dasturchi kerak. NIMA QILASIZ: • LiveKit + Python yordamida voice agentlar yaratish va qo'llab-quvvatlash • LLM uchun promptlar yozish va takomillashtirish • Qo'ng'iroq oqimlarini test qilish, debug qilish, yaxshilash • Mahsulotga development egalik qilish TALABLAR: • Python (majburiy) • Git/GitHub (majburiy PR, branch, commit bilishi kerak) • Mustaqil debug qila olish, muammolarni o'zi hal qilish • O'zbek tilida gaplasha olish (agentlarimiz o'zbekcha gaplashadi) • Full-time ishlash imkoniyati (bu qo'shimcha ish emas) • LiveKit yoki shunga o'xshash texnologiya tajribasi • FastAPI / async Python AFZALLIKLAR: • LLM tajribasi (prompting, API) • Telefoniya/SIP/VoIP tajribasi BIZ TAKLIF QILAMIZ: • Eng zamonaviy voice AI ustida ishlash • Kichik jamoa, katta mas'uliyat • Haqiqiy foydalanuvchilar (davlat, korporativ mijozlar) • Oylik: $800-1500 (tajribadan kelib chiqib kelishiladi) JOYLASHUV: • Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi (ofis - moslashuvchan grafik) ARIZA QOLDIRISH: kilichbek@navai.pro ga yuboring: 1. CV/rezyume 2. Qilgan loyihangiz havolasi (GitHub, demo, nima bo'lsa ham) 3. Bir paragraf: Nega voice AI ustida ishlamoqchisiz? ————————————————————————————————— NavAI - O'zbek tilidagi ovozli AI

Repost from HumbleBeeAI
Premyera boshlandi, yangi podkast premyerasini bu YouTube havola orqali ko’rishingiz mumkin. 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱 Instagram

🚀 Qwen3-Coder-Next: Dasturchilar uchun zo'r yangilik! Alibaba'ning Qwen jamoasi kod yozishga ixtisoslashgan yangi avlod — Qwen3-Coder-Next modelini ochiq manba (open-weight) sifatida taqdim etdi. Bu shunchaki navbatdagi model emas, balki "Coding Agents" va lokal ishlab chiqish (local development) uchun maxsus optimallashtirilgan kuchli vositadir. 🔥 Bu nega muhim? • Coding Agentlar uchun optimal: Model faqat kod yozishni emas, balki murakkab loyihalarda "agent" sifatida ishlashni biladi. Ya'ni, u xatolarni tahlil qilish, bir necha fayllar bilan ishlash va mantiqiy zanjirlarni qurishda ancha aqlli. • Lokal ishlash imkoniyati: Maxfiylik va tezlikni qadrlaydiganlar uchun modelni shaxsiy kompyuterda (offline) ishlatish imkoniyati kengaytirilgan. Bu korporativ xavfsizlik va ma'lumotlar daxlsizligi uchun juda muhim. • Kengaytirilgan Context Window: Katta hajmdagi loyihalarni bir vaqtning o'zida tahlil qila oladi, bu esa loyiha strukturasini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. • Ochiq manba: Dunyo bo'ylab dasturchilar ushbu modelni o'z ehtiyojlariga moslab fine-tune qilishlari va shaxsiy ilovalariga integratsiya qilishlari mumkin. 🎯 Kimlar uchun foydali? • Dasturchilar: Kundalik kod yozish tezligini oshirish va xatolarni kamaytirish uchun. • AI muhandislari: O'zlarining avtonom kod agentlarini yaratmoqchi bo'lganlar uchun. • Loyiha rahbarlari va arxitektorlar: Murakkab tizimlarni modellashtirish va avtomatlashtirilgan kod tahlilini joriy qilish uchun. • Talabalar va tadqiqotchilar: Zamonaviy NLP va coding LLM'lar qanday ishlashini o'rganish va o'z loyihalarida qo'llash uchun. 🏗 Texnik imkoniyatlar: Model Python, C++, Java kabi mashhur tillardan tashqari, kamroq tarqalgan dasturlash tillarini ham mukammal tushunadi va mantiqiy mulohaza yuritish (reasoning) qobiliyati sezilarli darajada oshirilgan. 📌 Manba: Marktechpost 🤖 @machine_learning_lab — AI olamidagi eng so'nggi yangiliklarni biz bilan kuzatib boring!

Repost from HumbleBeeAI
Sun’iy intellektda nima gaplar INHA universiteti professori Oybek Eraliev bilan sun’iy intellektda nimalar bo‘layotgani, yangi trendlar, real misollar va kelajakdagi imkoniyatlar haqida gaplashdik. AI hayotimizni qanday o‘zgartiryapti, gigant kompaniyalarning AI muhandislari bilan nimalar sodir bo’lmoqda — barchasi haqida ertaga soat 18:00 da YouTube sahifamizdagi podkastimizda bilib olishingiz mumkin. Bugun 18:00 da: Podkast uchun link 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱 Instagram

Qaysi biri eng zo'r ChatGPT, Gemini yoki Claude? Bu yerda Grok, DeepSeek, Qwen lar haqida gaplashmasak ham bo'ladi. O'zi bozorda asosiy raqobat OpenAI (ChatGPT)va Google (Gemini) o'rtasida ketmoqda. ChatGPT: Quyidagi jadvaldan ko'rishimiz mumkin. ChatGPT-ning so'ngi madeli (GPT-5.2) deyarli barcha ko'rsatkichlarda eng yaxshisi. ChatGPT hamma narsani qila oladigan, eng ko‘p funksiyali model hisoblanadi. Hozirda ChatGPT nik eng arzon versiyasi $5 va siz bu bilan ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lasiz bepul versiyasidan ko'ra. Kimlar uchun: Marketing mutaxassislari, o‘qituvchilar, kontent-meykerlar va kundalik masalalarda yordam so‘rovchilar. Gemini: Gemini Google ekotizimi (Gmail, Drive, YouTube) bilan chambarchas bog‘liqligi va ulkan ma’lumotlarni sig‘dira olishi bilan ajralib turadi. Bu AI yordamchi nisbatan kuchsizroq GPT5.2 ga qaraganda. Gemini 3 Pro ni siz $2.49 (birinchi 6 oy uchun keyin $4.99) ga olasiz. Bu sizga qanday imkoniyatlar beradi? Google Drive dan 200 Gb joy beradi, NotebookLM ni ham keng imkoniyatlarini ochib beradi. Yana boshqa imkoniyatlari bo'lsa izohlarda yozib qoldiring. Kimlar uchun: Talabalar, tadqiqotchilar va Google xizmatlaridan faol foydalanadigan biznes vakillari. Claude: Bu model asosan software engineerlar uchun eng yaxshi AI yordamchi desam mubolag'a bo'lmaydi. Claude o‘zining mantiqiy aniqligi, "insoniyroq" tili va xavfsizlikka bo‘lgan e’tibori bilan mashhur. Eng arzon versiyasini siz $17 sotib olasiz va bepul versiyasidan ko'ra kengroq imkoniyatga ega bo'lasiz. Kimlar uchun: Dasturchilar, yozuvchilar, tahlilchilar va ilmiy xodimlar. Xulosa: Dasturlash (Kod yozish) —> Claude Kreativ yozish va SMM —> ChatGPT / Claude Matematika va mantiq —> ChatGPT Katta hujjatlarni tahlil qilish —> Gemini Google xizmatlari bilan ishlash —> Gemini Tabiiy ovozli suhbat —> ChatGPT Yaqinlarga jo'natishni unitmang 😉🚀 Reference 👉@machine_learning_lab👈

Siz quyida ko'rsatilgan qaysi AI yordamchilardan ko'proq foydalanasiz?
Anonymous voting

🚀 AI va Qishloq xo'jaligi: Tunisinga bepul sayohat va Global Startup imkoniyati! Do'stlar, sun'iy intellekt faqat chat-botlar emas, u real dunyo muammolarini, ayniqsa qishloq xo'jaligini o'zgartirish qudratiga ega. Agar sizda qishloq xo'jaligi texnologiyalari (AgriTech) bo'yicha g'oya yoki startup bo'lsa, ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang! 🌍 AgriTech4Tunisia Challenge boshlandi! Men 2023-yilda ushbu challengening O'zbekistondagi bosqichida qatnashgan edim va shuni ayta olamanki, bu shunchaki tanlov emas — bu katta tajriba va networking maydoni. Nega qatnashish kerak? 💰 To'liq moliyaviy qo'llab-quvvatlash: Agar sizning jamoangiz eng yaxshi 25 ta loyiha safiga kiritilsa, tashkilotchilar barcha xarajatlarni (sayohat, yashash va h.k.) o'z zimmalariga olishadi! 🧪 Akseleratsiya: Loyihangizni xalqaro darajadagi mentorlar yordamida rivojlantirasiz. 🤝 Global bozor: Tunisin va Shimoliy Afrika bozoriga chiqish imkoniyati. Kimlar uchun? AgriTech sohasida innovatsion yechim (AI, IoT, Big Data va h.k.) ustida ishlayotgan jamoalar va startuplar uchun. 📅 Deadline: 2026-yil, 12-fevral 📍 Batafsil ma'lumot va ariza topshirish: agritechchallenge.org/projects/agritech4tunisia AI-ni laboratoriyadan real hayotga olib chiqish vaqti keldi! O'zbekistonlik dasturchilar va AI muhandislari nimalarga qodirligini xalqaro maydonda ko'rsataylik. 💪 👉@machine_learning_lab👈

📍 Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida o‘quv-seminar Ayni kunlarda Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Respub
+1
📍 Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida o‘quv-seminar Ayni kunlarda Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Respublikamiz tuman (shahar) hokimlari hamda tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari uchun sun’iy intellekt yo‘nalishida malaka oshirish o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda. 👨‍🏫 Ushbu seminar doirasida: sun’iy intellektning davlat boshqaruvidagi o‘rni, qaror qabul qilish jarayonlarida AI’dan foydalanish, hududiy boshqaruvda raqamli va aqlli yechimlar mavzularida o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormoqdaman. 💡 Maqsad — rahbar kadrlarning AI bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni boshqaruv tizimiga samarali joriy etishga hissa qo‘shish. 👉@machine_learning_lab👈

❗️ Ma’lumot markazlari (Data Center) haqidagi qo‘rquvlar bo‘rttirilganmi? Bugun AQSh va Yevropada ko‘plab odamlar va siyosatchilar data centerlar qurilishiga qarshi chiqmoqda. Ularning asosiy da’volari quyidagilar: • CO₂ (uglerod) chiqindilari oshadi • Elektr energiyasi narxlari ko‘tariladi • Suv resurslari ko‘p sarflanadi Men esa kamchiliklar bo‘rttirilgan, va aksincha — data centerlarni bloklash atrof-muhitga ko‘proq zarar yetkazadi, degan fikrni himoya qilmoqchiman. Keling, masalani uchta asosiy jihat bo‘yicha ko‘rib chiqamiz. ⸻ 🌱 1. Karbon chiqindilari (CO₂) Ha, hisoblash quvvatiga bo‘lgan ehtiyoj oshmoqda va bu CO₂ chiqindilarini ko‘paytiradi. Bugungi kunda data centerlar global chiqindilarning taxminan 1% ini tashkil qiladi va bu ko‘rsatkich o‘smoqda. Lekin muhim savol shunday: 👉 Agar hisoblash baribir kerak bo‘lsa, uni qayerda qilish ekologik jihatdan to‘g‘riroq? Javob: yirik bulutli (hyperscale) data centerlarda. Sababi: • Ko‘plab kompaniyalar hali ham eskirgan, kam samarali, iflos energiya manbalariga ulangan o‘z serverlaridan foydalanadi. • Hyperscaler’lar (Google, Microsoft, Amazon) esa ko‘proq qayta tiklanuvchi energiya ishlatadi va juda samarali infratuzilmaga ega. 📊 PUE ko‘rsatkichi (energiya samaradorligi): • Oddiy kompaniya server xonasi: 1.5 – 1.8 • Yirik data centerlar: 1.2 yoki undan past Bu degani: bir xil ishni qilish uchun kamroq energiya sarflanadi. Yana bir muhim taqqoslash: • 1 ta Google qidiruvi ≈ 0.2 gramm CO₂ • Gemini (LLM) so‘rovi ≈ 0.03 gramm CO₂ • Uyimdan kutubxonaga mashinada borish ≈ 400 gramm CO₂ 🤯 Ya’ni, AI’dan foydalanish — real hayotdagi alternativalarga qaraganda ancha ekologik. AI’ning umumiy ta’siri uning sonida, lekin har bir so‘rov juda tejamkor. ⸻ ⚡️ 2. Elektr energiyasi narxlari Ko‘pchilik data centerlar: “Elektrga bo‘lgan talabni oshiradi va oddiy odamlar uchun narxlar ko‘tariladi” deb o‘ylaydi. Ammo ilmiy tadqiqotlar buni to‘liq tasdiqlamaydi. 📚 Lawrence Berkeley National Laboratory tadqiqotiga ko‘ra: “Shtat darajasida yuklama (load) o‘sishi ko‘pincha elektr narxlarining pasayishiga olib kelgan.” Nega? • Yirik data centerlar sabab elektr infratuzilmasi kengayadi • Uzatish liniyalari xarajatlari ko‘proq iste’molchilar o‘rtasida bo‘linadi • Natijada oddiy foydalanuvchi uchun narx pasayishi ham mumkin ⸻ 🧠 Xulosa Agar insoniyat hisoblashdan voz kechmoqchi bo‘lsa — albatta CO₂ kamayadi. Lekin hisoblash baribir bo‘ladi. Shunday ekan: • Data centerlar — eng samarali va ekologik toza variant • Ularni to‘sish — hisoblashni yo‘qotmaydi, faqat yanada samarasiz joylarga ko‘chiradi • Natijada atrof-muhitga zarar ko‘proq bo‘lishi mumkin 📌 Muammo data centerlarda emas, balki: • energiya manbalarida • samaradorlikda • noto‘g‘ri tushunchalarda Manba: https://www.deeplearning.ai/the-batch/issue-336/ 👉@machine_learning_lab👈

#fikr Qachonki inson qorni to'q va unda qo'rquv hissi bo'lmaganda, u noodatiy fikrlay boshlaydi va bu fikrlar esa yangi innovatsiyalarga sababchi bo'ladi. Ammo qorni to'yganda yotib uxlaydiganlar ham yo'q emas. Nimaga bularni yozdim!? Bekorchi bo'lib qoldim shekilli. 👉@machine_learning_lab👈

📌 Roadmap.sh — qayerdan boshlashni bilmayotganlar uchun aniq yo‘l xarita Ko‘pchilikda bitta savol bo‘ladi: 👉 “Bu sohada nimani, qaysi tartibda o‘rganishim kerak?” Aynan shu savolga roadmap.sh juda sodda va tushunarli javob beradi. Bu sayt — turli kasb va texnologiyalar bo‘yicha tayyor o‘rganish yo‘l xaritalari to‘plami. Faqat AI yoki Machine Learning emas 👇 - Frontend / Backend dasturlash - DevOps - Data Science - Cyber Security - AI / Machine Learning - Blockchain va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar 🎯 Nima uchun foydali? Boshlovchilar uchun: “noldan nimani o‘rganish kerak?” degan savolga javob beradi Tajribali mutaxassislar uchun: bilimdagi bo‘shliqlarni ko‘rsatadi O‘qituvchilar va mentorlar uchun: tayyor strukturali reja 🧠 Eng yaxshi tomoni — bu “kurs reklama” emas. Hech kim sizga majburlab dars sotmaydi. Faqat real skill + real ketma-ketlik. 📎 Agar siz: AI’ga endi qiziqayotgan bo‘lsangiz Yoki boshqa sohada bo‘lib, texnologiyaga o‘tmoqchi bo‘lsangiz Yoki shunchaki yo‘lingizni aniqlamoqchi bo‘lsangiz 👉 roadmap.sh — juda to‘g‘ri boshlang‘ich nuqta. 📢 Machine Learning Lab kanalida biz ko‘p gapiramiz AI haqida, lekin to‘g‘ri fundament bo‘lmasa, AI ham ishlamaydi. Shu sabab bu manbani hammaga tavsiya qilaman. 👉@machine_learning_lab👈

Repost from HumbleBeeAI
To‘g‘ri, hamma ham AI muhandis bo‘lavermaydi. Lekin AI’dan qanday foydalanishni o‘rganish allaqachon davr talabiga aylandi. ⚠
To‘g‘ri, hamma ham AI muhandis bo‘lavermaydi. Lekin AI’dan qanday foydalanishni o‘rganish allaqachon davr talabiga aylandi.
⚠️ Sizning ishingizni AI emas, AI’ni bilgan inson egallaydi.
Shu sababli biz learnprompting.uz platformasini bepul ochdik. Boshlash uchun hech qanday murakkab narsa yo‘q. Shunchaki SIZ keraksiz! Bugun boshlang! Ortda qolmang. 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱 Instagram