cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

𝐇𝐮𝐬𝐡𝐛𝐨̃𝐲 𝐳𝐚𝐧𝐣𝐚𝐛𝐢𝐥💍

Amor fati💍🧡 Chet el adabiyotining ifori 🍇 Mantiq izlamang, xulosa oʻzi keladi 🥂 @XonzodaDavron_bot @hushboy_zanjabil_pdf Reklama xizmati mavjud @rek_xd https://t.me/Xonzoda_Davron bu yerdan menga tegishli hamma narsani topa olasiz 💚

Show more
Advertising posts
1 965
Subscribers
+1124 hours
+437 days
+5530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:17
Video unavailableShow in Telegram
🙊🙊🙊 Bilmadim qachon qachon tezroq keladi shu qismlar 😂😂😂
Show all...
6.45 MB
115🙈 44❤‍🔥 15🔥 7🙉 7👍 3😍 2🌚 2😁 1
#koʻkda_oy_nur_sochganda 14-bob. Kattalar oʻyini. Ikki kun bunchalar tez oʻtadi deb oʻylashmagandi. Aslida boshqa narsani hayol qilishga xojat ham qolmasligini aniq boʻlsa-da, yosh bola bilan ortiqcha vaqt qoladi degan umidlarini endi yigʻishtirib qoʻyishadi. Yo yosh bola bilan birga yosh bola boʻlish kerak, yo bolalarni tinchgina kimgadir topshirib kelish kerak. Umuman, birinchi niyat Hayo bilan Yasin koʻproq vaqt oʻtkazishi edi, shunday ekan shuvillab oʻtib ketgan ikki kundan nolimay shaharga qaytishlariga toʻgʻri keldi. Sayohat soʻngida Yasin doimgidek onasi bilan ajralishni istamay xarxasha koʻtardi. Uyga qaytganida buning uchun oʻzining onasi Zilola xonimdan yaxshgina gap eshitishini bilib turardi. Sababi kattalarning muommolari tufayli oʻrtada bola sarson boʻlayotgani koʻrga hassadek koʻrinib turibdi. — Ishlaringda omad!, — dedi Zehir Hayoning uyi yonida qoldirarkan xayrlashish uchun nima deyishni bilmay, — Keyinroq oʻzim qoʻngʻiroq qilaman. Mana, uning bir tushunarsiz hayotidan lavha edi bu. Shunchaki, yana eriga aylangan eri va oʻgʻlini jimgina joʻnatib yubordi. Uyida oyisiga ikki kuni koʻproq Yasin bilan oʻtganini aytib, u bilan tushgan rasmlarini koʻrsatdi. Onasi qizi uchun ichi achib, koʻzi yoshlanishga ulgurdi. — Balki, tinchgina Zehirga toʻgʻrisini aytarsan. Bunaqa yosh bolacha qiliqlaringiz ikkingiz ham bas qilarsiz. Yasin qiynalib ketadi! Axir, kap-katta odamlarsiz! — Yoʻq, oyi. Hali vaqti emas. Hayo buni qanday aytish kerakligini bilmaydi. — Qachon vaqti? Zehirni qayta uylantirib qoʻyishganidami? — Unday qila olishmaydi, — dedi ishonch bilan Hayo, — Bir marta shunday qilishdi va bu katta xato boʻlganini anglashgandir. Endi bu masalani uning oʻziga qoʻyib berishadi. Onasi u dedi, bu dedi qizini koʻndira olmay yolgʻiz qoldira qoldi. Kechki vaqt Zehir Hayoni yoʻqlab qoʻngʻiroq qilganida, oʻzining atelyesida oʻtirgandi. — Meni tezda sogʻindingizmi?, — dedi hazilomus ohangda Hayo. — Ha, shamol xabaringni uchirib keldi xonamga, seni bezovta qilmoqdan oʻzimni tiya olmadim, — Zehir soʻz oʻyinida qolishmay davom etdi, — Seni ishxonamga menga bir hafta avval taklif qilgan doʻsting bilan chaqirmoqchiman. Uni qachonlarga vaqti bor? — Qaysi doʻstim?, — Hayo bir hafta avval unga nima deganini eslashga harakat qildi.
Show all...
131❤‍🔥 40👍 32😁 12👏 10🌚 5🔥 1🥰 1💋 1
"Istasangiz meni bitta huddi shu masalada birga oʻqigan kursdoshim bor. U shunaqa dizayn boʻyicha oʻqigan, oʻz ishining ustasi. Oʻzbekistonga qaytibdi. Meni yaqin tanishim boʻlgani uchun, sizga chegirma narxda qilishi mumkin. Uning ishlarini bir koʻrsangiz... — Shart emas. Birovning chegirmasiga zor emasman" Esladi, u Zehirning ishxonasidagi dizayn oʻziga yoqmagani uchun bitta universitetda oʻqigan tanishini, qaysidir maʼnoda doʻstini taklif qilib, ammo rad javobini olgandi. — Ha sizga uy va binolar dizayni boʻyicha shugʻullanadigan tanishim bor degandim, tinchlikmi? Taʼmirlatishni boshlamoqchimisiz? — Bir ikki narsalarni oʻzgartirmoqchiman. Raqamini bera olasanmi? Keyin u bilan oʻzing ham kelsang yaxshi boʻlardi, baribir sening tanishing, ham ayol kishi... Hayoning koʻzlari kosasidan chiqib ketay dedi. Nega keyinini eslamadi. Zehir oʻshanda taklifini rad etganida, baribir bilib qolmaydi deya yolgʻon gapirgandi-ku! "— Aytgancha u erkak kishimi? — Kim? Hozirgi aytgan dizaynerimmi? Yoʻq ayol kishi" Bunaqa vaqtlarda "Jin urgur" deyilarmidi? Hayo haqoratli soʻzlar bilmasligi shu yerda pand berdi. Lugʻat boyligida bunaqa soʻzlar yoʻq ekan. — Hayo?, — Zehir telefonning nari yogʻidan sabrsizlandi. — Nega birdan aynan mening tanishimni izlab qoldingiz? Oʻzingizda tanishlar yoʻqmi? Balki, gapni aylantira-aylantira chalgʻitib yuborishni udallar-a? — Bugun gaplashib koʻrganlarim menga yoqmayapti!, — Zehirning ovozida gʻazab eshitildi, — Nega tushunishni xohlamaysan?! Menga shunchaki yangi va oʻzgacha dizayner kerak. Raqamini ber. Uni Oʻzbekistonga qaytdi deganding. Aytgancha u oʻzbek emasmi? — Yarim oʻzbek, yarim turk, — Hayo ogʻir yutundi, — Yaxshi raqamini topib olay hozir beraman... Goʻshakni qoʻya olmay, bahona izlashga tushdi. Nima qilsa boʻladi? Oʻsha vaqti yolgʻon gapirmasa nima boʻlardi? Yoki hozir ham yolgʻon gapirsa boʻladi-ku, ammo bu sir baribir ochilib qolsa oʻziga yomon boʻladi. Choʻzila-cho‘zila yana goʻshakka qaytdi. — Hozir yana Oʻzbekistondami yoʻqmi bilmayman, — dedi ohista, — Koʻp ishlari Turkiyada boʻladi. — Xoʻsh, raqami? — Men Turkiyadagi raqamini eslab qolmagan ekanman, ham menda yoʻq. Oʻzbekistondagi raqamini beraman, agar olmasa bu yerda emas yoki keyinroq... — Shunchaki raqamini ber! — Balki oʻzim gaplashib berarman? — Yoʻq! — Yaxshi, — taslim boʻlib dedi, — Umid qilamanki, bu keyinchalik Yasin bilan koʻrishishimga taʼsir qilmaydi. — Nima? Yasinning nima aloqasi bor bu yerda?! Zehir buni goʻshakni osha erkak koʻtarsa tushunadi! Keyin esa Hayoning kuni bitadi. Tinchgina yolgʻon gapirib qoʻya qolsa nima boʻlardi? Yoʻq, oʻsha kuni uning tilidan kim tortgandi?! Nega erkak tanishini taklif qiladi?! — Yozing. +998 (88) 365-07-01. Bu raqamni shu yerda ishlatadi. — Tushunarli. Ismi nima? — A?, — Hayoning rangi battar oqardi, — Ismi? — Hayo! Nega dovdirayapsan. Kun issiqligi shuncha taʼsir qilyaptimi? Ismini bilmasam nima deb murojaat qilaman?! Yaxshi hamki, Zehir undan ancha uzoqda va oʻzining ishxonasida. Agar qarshisida boʻlganida oyogʻi kuygan tovuqdek turgan Hayoni koʻrib qoʻrqib ketardi. Hayo taslim boʻlib chuqur nafas oldi va ehtimol eng oxirgi soʻzini chiqardi: — Murat Batuxan. — Yaxshi! Murat... Nima?, — Zehir bir zumga toʻxtab qoldi, — Bu oʻsha sen tinmay maqtagan dizayneringmi? — Huddi oʻzi! — U... Ayol kishi emasmidi? Yoki ikki haftada ayoldan erkakka oʻzgaradigan qobiliyati bormi? — Umuman olganda, azaldan erkak kishi edi, men adashib hayol bu shu kuni "ayol kishi" deb yuborganman, shekilli... — Tushunarli, — Zehir tomoq qirib dedi, — Bunday antiqa tanishing bilan endi rostdan gaplashib koʻrishimga toʻgʻri keladi!
Show all...
👏 189 54❤‍🔥 34👍 26🔥 24🤣 22😁 20🎉 3🌚 3💋 3🫡 3
Assalomu alaykum hammaga, mening qadrdonlarim. Bugun men uchun qadrli boʻlgan yana bir inson, barcha uchun chaq-chaqchi qiz sifatida tanilgan Madinamizning tavallud kunlari. Bu turmushga chiqqanlaridan soʻng ilk nishonlayotgam tugʻilgan kuni. Komentlarda doim bir ajoyib va kulgili gaplar yozib yurardi Madina esingizda boʻlsa agar 😂 Madina, hayotingiz ham oʻzingizga oʻxshagan rang barang boʻlsin, juftingiz bilan oʻzingiz oʻsha asarlarimizdaka orzu qilgan goʻzal hayotni yashab oʻtish nasib qilsin. Sizni yaxshi koʻramiz ❤️❤️❤️ P.S. toʻrt kunlik tanaffusdan soʻng hamma asar soʻraydi bilaman, yoz-yap-man 😂❤️
Show all...
🥰 109❤‍🔥 30👍 10 8💋 2
00:34
Video unavailableShow in Telegram
Bir amallab happy birthday to you qildik xullas 😂
Show all...
13.83 MB
La laaa laaa laaa Naqorati yomon mos ekanda tasavvurga😁🥰
Show all...
Alan_Walker_Ava_Max_Alone,_Pt_II_Lyrics_@Video_Yuklaw_Bot.mp32.74 MB
— Men boshqa narsani nazarda tutgandim, — Hayo koʻzlari pir-pirab dedi. — Tushunchalar har xil boʻlsa ham, niyatlar bir xil. Shunday emasmi?, — Zehir uning lablariga yaqin kelib soʻzladi, — Masalan, mana bunisi. Masofa kam, tutatish yaqin. Nimadir ularni bu ilfotli ondan toʻxtatib turibdi. — Nima deyotganingizni tushunmayapman. Hayo oʻzini ortga ololmasa ham, yuzi biroz masofa saqlashga yordam berib turardi. Yuzidan peshonasi boʻylab tomchi suv oqayotganini sezdi. Kun issiq degan bahona ayni damda oʻtmaydi, sababi havo kechka ancha salqinlashgan, uyda ham yengil shabada oʻynab yurardi. — Terlayapsan, — Zehir uning yuzidagi tomchilarni koʻrsatkich barmogʻi bilan olib tashladi, — Yuzing yaltirayapti. — Bilaman!, — Hayo qoʻllari bilan peshonasini artib tashladi, — Havo issiq. — Havomi? — Ha, dim. Sezyapsizmi? — Men faqat kechki salqinlikni sezyapman. Hayo inkor etib nima qila olardi? Hatto, oʻzini alday olmayotgandi. Zehir qachondir yana huddi shunday yoqimli boʻlishini oʻylab koʻrmagandi. Ha, u oʻzini Zehir bilan yoqimli his qilardi. — Oy-yi! Dad-da!, — Zehir endi uning lablariga yaqinlashganida, tepa qavatdan oʻgʻlining ovozi kelib ikkisi oʻzini har tarafga oldi, orada Hayoning sochini toʻzgʻib qolgan sochini toʻgʻirlab qoʻyishni ham unutmadi. Yasin zinadan oʻzini ehtiyotlab tushib kelardi, — Uxlamaysizlarmi? — Uxlaymiz, — Hayo oʻgʻlining yoniga birinchi yetib keldi, — Senga nima boʻldi? Oʻzing nega uxlamayapsan? — Chanqadim. — Men ham!, — Zehir deyarli hech kimga eshitilmaydigan ohangda desa-da, Hayoning qulogʻiga baribir chalindi. — Hozirgina suv ichgandingiz-ku. — Menmi? Men... Ha, ichdim. Menimcha suvni nazarda tutmabman.
Show all...
287❤‍🔥 78😁 61👍 28🔥 11🌚 5🥰 3👏 3 2🙉 2🕊 1
Kunning soat 9:30 gacha boʻlgan qismi qiziqarli va juda tez oʻtib ketdi. Zehir va Hayo Yasin bilan koʻproq vaqt oʻtkazishga muvaffaq boʻlishdi. Bu, huddi baxtiyor va shodon oilani eslatardi. Qalbga iliqlik bagʻishlaydigan damlar edi. Oxiri charchagan Zehir Yasinning uxlaydigan vaqti boʻlganini maʼlum qildi. — Ertak aytmaysizmi?!, — bunga oʻrganib qolgan Yasin onasi bilan koʻp oʻyin oʻynagan boʻlsa ham ertak eshitishdan bosh tortmadi, — Dad-da, bugun ham ertak aytib bering! Oyim ham eshitadi. — Yaxshi, qanaqasidan aytay?, — Zehir Yasinni qoʻliga koʻtarib olib, zinadan ikkinchi qavatga koʻtarilar ekan soʻradi, — Apelsinlar malikasini dema faqat, oʻgʻlim. — Oʻshani! — Hech charchamaysan-a, shu ertakni eshitib. — Bir kun men ham apelsinlar malikasiga uylanadigan shahzoda boʻlaman. — Xoʻsh, u qanaqa ertak ekan?, — qoʻshildi Hayo, — Nomidan qiziqqa oʻxshadi. — Juda ham qiziqarli! Dad-dam hozir aytib beradi, siz eshitasiz. Yasinga tungi pijamasini kiydirib qoʻyishni Hayo oʻz zimmasiga oldi, Zehir esa yod boʻlib ketgan boʻlsa-da oʻgʻliga rasmlari bilan qiziq boʻlgan ertakni oʻqib berish uchun kitobni olib keldi. Ertak Zehir va Hayoning oʻrtasiga joylashib yotib olgan Yasinga oʻqib berilganining bir soatida tugadi. Aslida 10 daqiqada oʻqiladigan ertak aylanib kelib, qayta-qayta oʻqilishga majbur qilingandi. Yasin asta sekinlik bilan koʻzlari ilinganida, Zehir kitobni javonga qoʻyib oʻzi indamay pastga tushib ketdi. Birozdan soʻng ortidan chiqqan Hayo uni oshxonadan topdi. Zehir muzlatgichda bu muzdek suvni ichish uchun, idishga quyayotgan ekan. Nihoyat ular yolgʻiz va gaplashib olishga fursat bor. Qiziq, nimani gaplashib olishlari kerak ekan-a? — Yasin har doim ertak ayttiradimi?, — dedi Hayo birinchi oʻzi suhbatga mavzu topib. U oʻgʻli haqida koʻproq bilishni istardi. — Ha, — Zehir bir dam suv ichish uchun toʻxtadi, — Avval buvisi aytib berardi, tili chiqqandan soʻng meni aytib berishimni talab qiladigan boʻldi. Shu-shu qayta aytiraveradi. Uning aytishicha, ertak oʻqiganimda ovozim unga juda yoqar emish. Menimcha u, men bilan gaplashish uchun meni koʻproq eshitish uchun shunday qiladi. Axir, erta-yu kech ishdaman. Hayoning boʻgʻziga achchiq narsa tiqildi. Besh yil avvalgi koʻngilsizliklar boʻlmaganida hozir oʻgʻliga oʻzi mehr berardi. Nimaiki boʻlsa ham, hozir hammasi iziga tushyapti, u oʻgʻlining yonida. Shuning uchun hazil tariqasida dedi: — Menga ham ertak aytib bering. Zehir ichib turgan suvini stol ustiga qoʻyib Hayoga jiddiy qaradi. Goʻyo, oʻzini yaxshi tutmagan yosh bolaga qaragandek tikildi qizga. — Nima sen besh yosh bolamisan? Kamida shunday dakki eshitishini bilgandi, lekin taslim boʻlmadi. — Unda kattalarga yoqadiganidan ayting. Yuziga yengil kulgu yugurib, hazil qilganini shu tariqa izohlamoqchi boʻldi, biroq Zehirning niyati oʻzgardimi, darrov choʻchib ortga tisarildi. — Aytib nima qildim, kel koʻrsataman. Zehir uning bel qismidan qoʻllarini oʻtkazib uzoqqa qochib ulgurmagan Hayoni oʻzi tomon tortdi.
Show all...
160❤‍🔥 60👍 26🥰 16🌚 11🤗 5 3🎉 3 2🕊 1
Assalomu aleykum qadrdonlarim. Men hozir asar yozyapman, lekin to yozib kelgunimcha sizlardan bir yordam soʻramoqchi edim. Shu kunlarda ish qidirib yuribman, menga ish kerak 🥲 birinchidan moddiy mustaqil boʻlish vaqti keldi, ikkinchidan, endi tezroq yana ham rivojlanishim kerak. Uchinchi sabab esa toʻrtinchi kurs baribir yanvardan oʻqishga qaytamiz chunki toʻrt oy amaliyot otashim kerak. Oʻzimga mos ish topib olsam, yaxshi boʻlardi. Menga mobodo oʻzingiz biladigan biror joydan ish bor ekanini ayta olmaysizmi, oʻzim ham izlayapman bir ikki joylarga borib keldim. Auditoriyam borligi ham esimga keldi. Xoʻsh, men qila oladigan ishlar 😅 Psixologlik qila olaman, ona tili va adabiyotdan dars oʻta olaman, ammo diplomli emas. Repetitorlik qilish. Administrator boʻlish qoʻlimdan keladi, kompyuter yozma ishlarini bajara olaman. Umuman olganda, koʻp narsa keladi qoʻlimdan faqat yosh ekanimni va hali talaba ekanimni bahona qilishyapti, eh 🥲 Sizlar bu haqida nimadir deya olsangiz xursand boʻlardim.
Show all...
👍 49🔥 17 10❤‍🔥 9🤔 1
— Uyni qayta taʼmirlash mumkinligi haqida oʻylab koʻrmagandim, — tan oldi mashinadan tushgan Hayo, — Koʻp joyi zararlangan deb oʻylardim. — Men esa bu narsalar seni yodingda emas deb oʻylardim! Zehirga koʻz qiri bilan qaradi. Nega oʻsha vaqti Hayoning ahvoli yaxshi boʻlmaganiga ishona qolmaydi. Xotirasi ancha keyin qaytgani yolgʻon emasdi axir. — Buni keyinroq eslaganman. — Ishondim. Yasin majburlamaganda ikkisi tashqarida yana ancha vaqt gap talashib turarkan, Yasin bahonasida uyga kirishdi. Ichkariga qadam bosishganida uy hali hamon oʻsha xotiralarni saqlab qololganiga hayratga tushdi Hayo. Axir, qanday qilib? — Uyni huddi avvalgidek tiklash oson boʻlmadi, — Zehir unga taskin beradigan izohni aytdi, — Eski dizaynerni topish kerak boʻldi. Afsuski, uyning dizaynini qilgan odam endi tirik emas ekan, uning kasbini davom ettirayotgan oʻgʻlidan otasining ish namunalarini sotib oldim. Uyning baʼzi joylariga yaxshigina shikast yetgandi, u joylarini qayta qurdirdik... Shunday qilib uni avvalgi holiga qaytarish juda qiyin boʻldi. — Lekin, nega?, — Hayo Yasinning mitti qoʻlchalari uni tutganida biroz chalgʻidi, — Hozir yangicha dizaynlar chiqib ketgan-ku. — Xotiralarni yoʻqotib qoʻyishni istamadim. Ular men uchun koʻp narsani anglatardi. — Agar hozirgi kunda qayta uchrashmaganmizda yo birga boʻlmaganimizda ham ular koʻp narsani anglatib qolarmidi? Bordi-yu, boshqasiga uylanganingizda uni shu uyga olib kelarmidingiz? U bu uy sizga boshqa narsalarni va boshqa odamni eslatishini bilganida oʻzingizni qanday oqlardingizmi?.. — Yasin, oʻgʻlim!, — ota-onasining suhbatini anglamay turgan oʻgʻliga ishora qilib Hayoni toʻxtatdi, — Ovqatlanasanmi?, — oʻgʻli bosh silkiganida Hayo ikkisini oshxonaga chorladi, Yasin oldindan yurganidan foydalanib, Hayoning qulogʻiga dedi: — Men ortiq hech kimga uylanmayman deb qasam ichganman. Bordi-yu biz yana birga boʻlmaganimizda ham bu uyga boshqa ayol kelmasdi. Endi esa Yasinning yonida romantik melodrama koʻrsatmaylik-da, oʻzimizni yaxshi tutaylik.
Show all...
🔥 287 57💋 39👍 35❤‍🔥 34😁 13🥰 6😍 6😘 6🐳 5👏 3
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.