YETTI GUNOH | 16+
Open in Telegram
Vampirlar, sehrli olam, har xil sehrli qobiliyatlar-u, sarguzashtlarni hikoya qiluvchi "Yetti gunoh" asari. Asar 16+ yosh chegarasiga ega. Fantastika, jangari va fentezi janrni sevuvchilar uchun! Muallif: @future_writer Guruh: @yetti_gunoh_group
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
262
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-1230 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
December '24
December '24
+7
in 0 channels
November '240
in 1 channels
Get PRO
October '24
+7
in 0 channels
Get PRO
September '24
+16
in 0 channels
Get PRO
August '24
+19
in 1 channels
Get PRO
July '24
+18
in 0 channels
Get PRO
June '24
+8
in 0 channels
Get PRO
May '24
+81
in 1 channels
Get PRO
April '240
in 8 channels
Get PRO
March '24
+132
in 4 channels
Get PRO
February '24
+49
in 0 channels
Get PRO
January '240
in 2 channels
Get PRO
December '230
in 3 channels
Get PRO
November '230
in 0 channels
Get PRO
October '230
in 0 channels
Get PRO
September '230
in 0 channels
Get PRO
August '230
in 0 channels
Get PRO
July '230
in 0 channels
Get PRO
June '230
in 0 channels
Get PRO
May '230
in 0 channels
Get PRO
April '230
in 0 channels
Get PRO
March '230
in 0 channels
Get PRO
February '230
in 0 channels
Get PRO
January '230
in 0 channels
Get PRO
December '220
in 0 channels
Get PRO
November '220
in 0 channels
Get PRO
October '220
in 0 channels
Get PRO
September '22
+12
in 0 channels
Get PRO
August '22
+51
in 0 channels
Get PRO
July '22
+61
in 0 channels
Get PRO
June '22
+62
in 0 channels
Get PRO
May '22
+53
in 0 channels
Get PRO
April '22
+54
in 0 channels
Get PRO
March '220
in 0 channels
Get PRO
February '220
in 0 channels
Get PRO
January '22
+8
in 0 channels
Get PRO
December '21
+32
in 0 channels
Get PRO
November '21
+34
in 0 channels
Get PRO
October '21
+134
in 0 channels
Get PRO
September '21
+38
in 0 channels
Get PRO
August '21
+77
in 0 channels
Get PRO
July '21
+102
in 0 channels
Get PRO
June '21
+52
in 0 channels
Get PRO
May '21
+110
in 0 channels
Get PRO
April '21
+194
in 0 channels
Get PRO
March '21
+404
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 21 December | +1 | |||
| 20 December | 0 | |||
| 19 December | 0 | |||
| 18 December | 0 | |||
| 17 December | 0 | |||
| 16 December | 0 | |||
| 15 December | 0 | |||
| 14 December | +1 | |||
| 13 December | +1 | |||
| 12 December | +2 | |||
| 11 December | +2 | |||
| 10 December | 0 |
Channel Posts
Hamma kanal a'zolariga salom! Shu paytgacha nega yo'q bo'lganimni faqat shu orqali izohlab berishim mumkin. O'zimni boshqa janrda sinab ko'rishni xohladim va boshqa odam (#Skittle) nomidan "Iqtidorlilar" deb nomlangan asarimni yozishni boshladim va alohida kanal ochdim. Bu haqida yetti gunoh kanalimga e'lon bergim kelmadi chunki #Qizil_kitob ning davomini so'rashlari mumkin edi. Xullas vaqtingiz bo'lsa o'qib ko'ring, "Qizil kitob" ga kelsak, uni 1-fasl to'liq ham pdf qilib chiqarishni niyat qildim.
| 2 | #IQTIDORLILAR asari to'liq "PDF" formatda. Pdf kutayotganlar bemalol o'qib chiqib baho berishlari mumkin. Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!
Muallif: #Elen (#Skittle)
Kanal: @detektiv_hikoyalar_skittle
Tez orada bu kitobning mantiqiy davomi: "Iqtidorlilar: Yangi bosqich" start oladi. Barchani kutib qolamiz! | 2 772 |
| 3 | Barchaga salom! Sizlar bilan #Elen (@future_writer, "Ovchi", "Sussy baka", xullas kim qanaqa eslab qolgan bo'lsa shu)
Ko'rib turganingizdek asar tashlanishida yana uzilishlar bo'lyapti chunki 2 haftadan so'ng muhim imtihonim bor. Bu orada esa "Qizil kitob" ga yana qaysi ertaklarni qo'shish mumkinligi haqida so'rovnoma o'tkazmoqchiman. Agar e'tibor bilan o'qigan bo'lsangiz, "Qor malikasi" ertagi qaysidir ma'noda qirolicha Yekaterina va opa-uka ritsarlar orasida bo'lib o'tdi. Hali rejam bo'yicha quyidagi ertaklar bor:
"Hans va Greta"
"Qizil qalpoqcha"
"Jek va loviya poyasi"
"Firibgar mushuk"
Ba'zilar bir necha marta savol berishdi: Bu personajlar multfilmlardan olinadimi? Yo'q! Personajlarning bari asl manbadan, ya'ni xalq orasida tarqalgan ertak va afsonalardan olinadi. Siz ko'rgan multfilm va filmlar ham o'sha afsonalarni o'zlariga manba qilib olishgan.
Xo'sh, "Qizil kitob" da yana qaysi ertaklarning jonlanishini xohlaysiz? O'z variantingizni kommentlarda qoldirishingiz mumkin. | 1 287 |
| 4 | â"Endi biroz bo'lsada tushunayotgandirsan?"-so'radi Pandora,â"Bo'rini yog'och bilan urib haydamoqchi bo'lding, ammo nisbatan soddaroq yechim ham bor edi va buni biroz kech anglab yetding."
Bu safar Stivenning atrofini uchta vahshiy bo'ri o'rab oldi. Stiven Pandoraning aytganiga kirib, nisbatan soddaroq va osonroq yechib o'ylab topishga harakat qildi. Qo'lidagi yog'ochini tashlab yuborib, Yekaterina bilan bo'lgan jangdagi kabi kichik tornado paydo qildi. Tornado o'z ichiga uchta bo'rini tortib ketib, har tomonga uloqtirib tashladi. Ammo bu safar uning atrofini o'ndan ortiq yirtqichlar o'rab olishdi.
âBu hazilmi?!-baqirdi Stiven,âO'lib ketishimni xohlayapsizmi?! Ularni qanday yengaman?!
â"Nega endi yengishing kerak ekan?"-so'radi Pandoraning aks-sadoli tovushi,â"Bir narsani unutma azizim, miyangda kimnidir yoki nimanidir yengishim shart degan fikr chiqib ketishi kerak. Kuching yetmadimi, demak qoch. Qochib qolish bu eng to'g'ri va xavfsiz usul bo'ladi..."
âAytishga oson! Qochadigan yer yo'q axir! Ochiq yo'lning o'zi qolmagan!-Stiven unga tashlanayotgan bo'rini shamol bilan uchirib yuborib, daraxtga yopishib oldi. So'ng yelkasida shamolli qanot paydo qilib, yuqoriga chiqishga harakat qildi. Ammo bir necha soniya qanot qoqqandan keyin o'zini ko'tara olmay, daraxtga arang osilib qoldi. So'ng unga yaxshilab tirmashib, daraxt uchigacha chiqib ketdi.
âBu yerdan qanday qochish mumkin?! Bundan ortiq yana nima qila olaman?!...
Stiven birdan uyg'onib ketib, qorong'i ibodatxonadagi zax va sovuq xonada uxlab qolganini tushunib yetdi. U o'ziga kelishi bilan darrov o'rnidan turib, uxlab yotgan opa-uka Breyvllarni uyg'otmoqchi bo'ldi.
âO'rningda bo'lganimda uyg'otishga harakat qilmagan bo'lardim,-dedi issiq choy ichib o'tirgan Pandora,âAxir ular ham sinovdan o'tishlari kerak, to'g'rimi?
âB-bizni nima qildingiz? Gipnozmi?
âShunchaki qudratingizdan to'g'ri va aql bilan foydalanishni ko'rsatib bermoqchiman. Sen ilk sinovdan o'tding, azizim, shunday ekan, bemalol dam ol. Bo'yning og'rimayotgandir? To'g'ri, uyqu paytida olingan jarohat real hayotdagi jarohatdagidek bo'la olmaydi, biroq ruhing hali ham og'riqni his qilayotgan bo'lishi mumkin. Agar shunday bo'lsa, uyalmay aytaver.
âYo'q...Hammasi joyida...-Stiven uxlab yotgan do'stlariga umid bilan tikilib qo'ydi-da, Pandoraning yoniga borib o'tirdi,âLekin issiq choy bo'lsa yo'q demasdim...
#Elen | 1 370 |
| 5 | Gordon Karayevsiy ayni shu fursatdan foydalanib, o'zi yaratgan falsafiy toshni quvvatlantirishga erisha olgan va sizlarning olamingizga portal ochgan.
âGordon Karayevskiyni yaqindan taniganmisiz?-so'radi Stiven.
âJuda yaqindan desa ham bo'ladi. Juda juda yaqindan... Aynan uni deb Karayevskiylar oilasini yomon ko'rib qolganman. Bo'ldi, mavzuni yig'ishtiramiz. Azizim Stiven, o'rningdan turib, yonimga kela olasanmi?
Stiven hech qanday ortiqcha savol berib o'tirmasdan, Pandoraning aytganini bajardi. So'ng Pandora unga ko'zini yumishini buyurib, qulog'i tagiga kelib pichirladi:
âNimani xohlayapsan...?
âNimani xohlashim kerak ekan?-ko'zini ochmay savol berdi Stiven.
âAyni shu savolni o'zingdan so'rayapman. Xo'sh, eng ko'p xohlayotgan narsang nima? Orzuying bormi? Eng buyuk maqsading, hayoting mazmuni nima?
âNima desam ekan...Masalan...Ha topdim, maqsadim shuki...
âUnut! Taslim bo'l va orzu-maqsadlaringning baridan voz kech. Shunchaki yashashni o'yla, iloji boricha kamroq harakat va ko'proq foyda haqida fikr yurit. Qandaydir buyuk maqsadga erishish haqidagi xayol miyangdan butunlay chiqib ketsin, azizim.
âBu yana qanaqa ahmoqona gap bo'ldi?! Nega endi orzuyimdan voz kechar ekanman?
âChunki sen dangasasan. Shamol faqat dangasalarga bo'ysunadi. Mas'uliyatni butunlay unut, kimgadir yordam berishga majbur ekanligingni, kimningdir oldida qarzdor ekanligingni, butunlay hammasini xayolingdan chiqarib tashla. "Men erkin qushman. Istaganimni qila olaman!" Aynan shu gaplar sening shioring bo'lsin.
âL-lekin orzu va maqsadlardan voz kechish siz o'ylaganchalik oson emas...
âShu qadar osonki, hatto qanday voz kechib yuborganingni ham bila olmay qolasan, azizim. Qani endi ko'zlaring och...
Stiven ko'zlarini ocharkan, o'zini oppoq bo'shliq ichida ko'rib, qo'rqib ketdi. Uning atrofida Pandoradan boshqa hech kim va hech zot yo'q edi. Shunchaki bo'shliq...
âXavotirlanma azizim, bu gipnoz. Zararli tarafi yo'q.
âGipnoz? Meni nima qilmoqchisiz?!
âBir o'ylab ko'rish kerak, nima qilsam bo'lar ekan... Gipnozlangan odamni har ko'yga solish va undan istagan maqsadida foydalanish mumkin. Tasavvur qilyapsanmi, istalgan maqsadda...-Pandora ayyorona tabassum bilan Stivenga yaqinlashib, uning ko'zlariga juda yaqindan tikilib turdi. So'ng yelkasiga qo'lini qo'yib, qulog'iga past ovozda pichirladi.
âXo'sh, tayyormisan, azizim?
âN-nimaga tayyor bo'lishim kerak?!
âSeni yeb yuborishlariga, albatta. Bu avval boshingdan o'tganmi? Menimcha ha, ko'zlaring aytib turibdi.
âNimalar deyotganingizga tushunolmayapman! Hoziroq gipnozdan ozod bo'lishni istayman, hoziroq!
âAgar gipnozdan qutulishni istasang, seni yeb yuborishlariga yo'l qo'ymasliging kerak, azizim...-tabassum qilib turgan Pandora birdan g'oyib bo'lib, atrofdagi bo'shliq o'rnini qorong'i o'rmon va yonib turgan kichkina o'choq egalladi. Stiven nima bo'layotganini tushuna olmay, har tarafga anqayib qarardi. Shu payt daraxtlar orasidan bir juft qip-qizil ko'zlar nur taratib, irillash ovozi eshitildi.
âNahotki bu...
Daraxtlar orasidan otilib chiqqan bo'ri Stivenga tashlanib, uning bo'ynidan mahkam tishlab oldi. Og'riqqa chiday olmayotgan Stiven o'choqda yonayotgan o'tin bo'lagini olishga harakat qildi-yu, ammo qo'li yetmadi.
âY-yordam...Yordam beringlar! Yordam bering!!!
â"Yordam"...?-Pandoraning sokin ovozi Stivenning qulog'i ostida jarangladi,â"Senga o'zingdan boshqa hech kim yordam bera olmaydi. Shunchaki miyangni biroz ishlat va eng oddiy va eng kam harakat orqali yechim bo'la oladigan javobni qidirib top..."
âEng oson yechim...Axir shamol yordamida yog'ochni yonimga olib kelib, bo'rini ursam...u ketishi kerak emasmi? Yanada kamroq...kamroq harakat qilish orqali nimaga erishsa bo'ladi...?
Stiven bor kuchini yig'ib, atrofiga shamolni yig'di-da, bo'rini bir necha qadam nariga uchirib yubordi. So'ng darrov o'rnidan turib, qo'liga yonayotgan yog'ochni mahkam ushlab oldi. | 998 |
| 6 | #QIZIL_KITOB
15-QISM
ROHIBANING SINOVI. 1-BO'LIM: DANGASALIK
Rohiba Pandora qirolicha Yekaterinaga bilan tuzgan eng so'nggi bitimiga binoan o'zga olamdan kelgan to'rtlikni birlashtirishi va o'z dunyolariga qaytib ketushiga yordam berishi uchun avvalo ularga sehrli qudratini qanday boshqara olish kerakligini o'rgatishi lozim edi. Shuning uchun ham opa-uka Breyvllar va Stiven ibodatxonani tark etmay, bir necha kun Pandoradan dars olishga majbur bo'lishdi. Qolaversa, Gerda va Kay qirolicha Yekaterinani qanday o'ldirib ketishganini ojizlarcha kuzatib turishgani, hech qanday yordam bera olishmagani ularning ko'ngliga juda og'ir botayotgandi.
âAvvalo aytib qo'yay,-gap boshladi Pandora,âSizlarga jang qilish usullarini emas, shunchaki qudratingizdan qanday foydalanishni o'rgataman. Menimcha kuchingizdan bir necha marta foydalanib ulgurgansiz, shundaymi? Ayniqsa sen, Linda Breyvl. Qani menga ayt-chi, qirolicha Yekaterina seni muzlatib o'ldirmoqchi bo'ldi, shundaymi? Xo'sh, nega u bu ishni uddalay olmadi?
âU meni o'ldirmoqchi emasdi...-darrov rad etdi Linda,âShunchaki Kaliburn qilichi o'z egasini topa olmagani va ajdar muhrdan ozod bo'layotganini ko'rib, talvasaga tushib qolgandi.
âDemak seningcha Yekaterina seni o'ldirolmaganiga sabab ikkilanib qolgani ekanda?-kulib qo'ydi Pandora,âEndi esa zulmat rohibasidan haqiqiy javobni eshit: Yekaterinaning senga kuchi yetmadi.
âB-bo'lishi mumkinmas! Har doimgidek o'xshamagan hazil qilyapsiz!
âA? Hazil qilishdan menga na foyda? Sen kimning avlodi ekanligingni unutib qo'yyapsan. Buyuk Mordred Breyvl. Mordred esa o'z navbatida Morgananing qonidan yaratilgan hayvon bo'lgan.
âShoshmang, bari chalkashib ketdi!-chidab turolmadi Devid,âAytmoqchisizki, bizning ajdodimiz Mordred Breyvl aslida...
âHa, u hayvon bo'lgan. Morgana o'z qo'llari bilan yaratgan sehrli arslon. U arslonlik paytidayoq gapira olardi, insonlar his qilgan tuyg'ularni u ham his qilardi. Morgananing o'limidan so'ng Mordred odamga aylandi va Dematsiyaga hukmronlik qildi. Sizlarni hayvonning avlodisiz deb kamsitmoqchi emasman, aytmoqchi bo'lgan gapim shundaki, tomiringizda qaysidir ma'noda Morgananing ham qoni oqyapti. Qirolicha Yekaterina Lindani muzlatib qo'yishi mumkin edi, chunki gap Dematsiya xavfsizligi haqida ketsa, Yekaterinadan vahshiyroq kishini uchrata olmaysiz. Ammo u Lindani yenga olmadi.
âD-demak men...Yekaterinadan kuchliroqmidim?
âAgar kuchingni to'liq boshqarishni o'rgana olsang, ha. Undan ancha kuchliroq darajaga erisha olasan. Lekin mendan bu darajaga chiqishingga yordam berishimni kutma, men faqat boshlang'ich ko'nikmalarni o'rgata olaman xolos.
âMenda yana bir savol bor,-aralashdi kitob varaqlab o'tirgan Stiven,âMerlin va Morgana haqidagi ertaklar bizning olamimizda ham bor. Bu degani ular bizning olamda ham yashab o'tishganmi? Aynan shu narsaga tushuna olmayapman.
âBu haqida aniq javob berish qiyin, azizim. Ikkita variant bor: Birinchisi - u afsonalarni Gordon Karayevskiy sizlarning olamga o'tib olgach tarqatgan. Ikkinchi variant esa - sizlarning olamdagi Merlin va Morgana bizning olamdagi Merlin va Morgananing parallel qiyofalari.
âParallel qiyofa degani nima?-Devid hech narsaga tushuna olmadi.
âHar bir olamning yettitadan parallel versiyalari bo'ladi va o'sha yettita olamlarning ham yana yettitadan, yetti, qirq to'qqiz, uch yuz qirq uch, va uni yana yettiga ko'paytirasan, chiqqan javobni yana yettiga, yana va yana, shu tarzda xuddi ari uyasi kabi cheksiz davom etib ketaveradi. Ana shu olamlarning birida Devid Breyvl bor deb faraz qilaylik, agar u o'z olamida buyuk sarkarda bo'lsa, yana boshqa bir parallel olamdagi Devid shunchaki ko'chada sadaqa so'rab yuradigan gado bo'lishi mumkin. Bu qoida Merlin va Morganani ham chetlab o'tmaydi. Ammo ilohlarga ta'sir qiladimi yoki yo'q bunisi menga qorong'i. Cheksiz ravishda yettiga ko'payib ketadigan parallel olamlarni bog'lab turadigan yagona narsa yetti o'lim gunohlari hamda falsafiy tosh deb eshitganman. Har ming yilda bir marta barcha parallel olamlar bir nuqtaga tiziladi. | 747 |
| 7 | Ko'pchilik *.epub fayl ochilmayapti deb yozishyapti. Muharrirdan iltimosnoma yetkazishga majbur bo'ldim:
"QoĘťlingizdagi koĘťpincha Android sistemali boĘťlib chiqadigan smartfonlaringizdagi Play Market degan android dasturida EPUB kengaytmali fayllarni ochish uchun chiqarilgan EbookDroid nomli android dasturi mavjud. ILTIMOS, BIROZGAGINA MIYA HUJAYRALARINGizni ISHLATib, Play Market degan android dasturi orqali EbookDroid deb qidiruv maydoniga kiritib koĘťring. Rahmat, odamzod."
Hurmat bilan Sonotoki.
Ja bo'lmasa PDF variantini ochinglar, ikkisiyam birku nega MB ga achinishadi hayrobman. 1-2 MB nimani hal qilardi? | 1 113 |
| 8 | Avalon va Pandora haqida:
Pandora asosan omadsizlik va baxtsizlik ilohasi sifatida qarab kelingan. Ko'p manbalarda qonxo'r vampir, yana ba'zi manbalarda tasodifiy o'limlarga sababchi bo'luvchi yovuz ruh sifatida uchraydi. "Pandora qutisi" (ĐŻŃик ĐандОŃŃ") degan atamaga hech duch kelganmisiz? Qo'pol qilib aytganda, bizda "jin chalibdimi" deb hazillashishsa, g'arb davlatlarida Pandora qutisini topib olibdimi deb kinoya qilishadi. Bu o'ta ketgan omadsizlik yoki aqldan ozish bilan bog'liq.
Avalon esa o'sha mashhur Avalon ko'li nomidan olingan. Avalon ko'lida suv parisi bo'lib, ko'l tubidagi Ekskalibur qilichini yovuz ruhlardan qo'riqlaydi. U haqidagi batafsil ma'lumotlarni keyingi qismlarda berib o'taman | 1 066 |
| 9 | ââXullas bashoratim aldamayotgan bo'lsa, zanjirni to'rtinchi do'stingizga topshirishingiz kerak. Aynan u ikkinchi kalitni topa oladi.
âKlaudgami? Axir uning qayerdaligini hatto bilmaymiz ham! Kamelotning aynan qayerida? Nima qilyapti? Kim bilan?
âTaqdirning o'zi sizlarni uchrashtiradi. Buyog'idan xavotirlanma, azizam. Lekin sizlarni osonlikcha qo'yib yuboradigan ahmoq yo'q. Hali mashq qilishingiz kerak. Sizlarga o'z qudratingizni qanday bo'ysundirishni o'rgataman.
âBashoratlaringiz doim rost chiqqanmi?-so'radi Devid issiq choydan ho'plab.
âBir marta adashganim esimda. Kamelotlik yorug'lik ibodatxonasi rohibasi tushlikka nima yeyishini bashorat qilishimni so'ragandi. Bashoratga ko'ra tuxum istemol qilishi kerak edi, ammo tovuq go'shti yedi. U ataylab bashoratni o'zgartirib yuborgan deyishingiz mumkin, lekin bu imkonsiz. Bashorat hech qachon o'zgarmasligi kerak. Unda nega u tuxum o'rniga tovuq yegan deb so'rashingiz tabiiy, buni o'zim ham bilmayman, vaqti kelsa, taqdir sizlarni u bilan ham uchrashtirsa, o'zidan so'rab olasiz. Aytgancha, rohibalar o'z taqdirini bashorat qila olishmaydi. Qaniydi o'z kelajagimni ko'ra olganimda... O, cho'ntagimda kalamush dumi bor ekan. Yeysizlarmi, juda mazali, o'zim tuzlaganman.
âNahotki bu g'orda kalamushlardan boshqa yeydigan hech narsa bo'lmasa?!-baqirib yubordi Linda,âAgar shunday bo'lsa, bu yerda bir daqiqa ham qolmayman!
âUn, jo'xori, sabzavotlar-ku bor...Lekin ovqat pishirishni bilmayman. Qolaversa, men oddiy odam emasligimni tushunib bo'lgandirsiz? Men arvohman. Lekin oddiy arvoh emas, Zulmat va Yorug'lik tomonidan birgalikda yaratilgan uch ruhdan biri. Ikkinchisi Kamelotda, ismi Avalon, o'sha yorug'lik ibodatxonasidagi hamkasbim. Uchinchisining ismi esa Morgauza. Merlin va Morgana urushiga sababchi bo'lgan la'nati kalamushdan battar qari tullak. Uni ko'rmaganimga ancha bo'ldi. Mayli, ko'p gapirib yubordim, bugunchalik dam oling. Ertadan juda og'ir darslar boshlanadi...
#Elen | 971 |
| 10 | âBu yerni unchalik ham muqaddas joy deb atamagan bo'lardim,-darrov gapni bo'ldi Stiven.
âSen uchun shunday, azizim. Shunchaki biroz dangasaman, xolos. Tozalashni yoqtirmayman. Xullas mavzuga qaytsak, nega bu yer muqaddas ibodatxona deyilishini bilasizlarmi? Bizning olam qanday paydo bo'lganini-chi? Bilmasangiz aytib o'tay:
Dunyoda hamma narsaning o'z qarama-qarshi jufti bor. Osmon va yer, oy va quyosh, olov va suv, yorug'lik va zulmat, hayot va o'lim...
Qadim-qadim zamonlarda Zulmat va Yorug'lik bo'lgan ekan. Yorug'lik yangi hayot va insonlarni yaratibdi, Zulmat esa o'lim va bo'shliqni. Yorug'lik quyoshni yaratibdi, Zulmat esa oy va sovuqlikni. Yorug'lik ham Zulmat ham insonlar hayoti uchun birdek kerakli vazifani bajarishardi. Ammo insonlar faqat Yorug'likka ergashishibdi. Ular abadiy hayotni, issiqlik va shodlikni xohlashibdi. Zulmatning esa bundan jahli chiqibdi va Yorug'likka hasad bilan qarashni boshlabdi. Axir o'zingiz o'ylab ko'ring, agar o'lim tushunchasi bo'lmaganida, olamdagi tarozi pallasini teng tutib bo'larmidi? Hamma birday shodon va abadiy yashayverganda, hayotdan ma'no qolishi mumkinmi? Zulmat bu adolatsizlikka jim qarab turolmay, Yorug'lik va unga ergashganlarga qarshi urush e'lon qilibdi. Bu urush haligacha davom etib keladi. Merlin va Morgana, Artur va Mordred, Kamelot qiroli Uoter va Dematsiya qirolichasi Yekaterina misolida... Bu zanjir hech qachon uzilmaydi. Toki Zulmat va Yorug'lik kelishib olmagunicha. Siz ayni damda zulmat ibodatxonasidasiz. Yorug'lik ibodatxonasi Kamelotda joylashgan, u yerdagi rohiba menga o'xshagan ochiqko'ngil emas.
âBu yerdaligimizdan maqsad nima?-so'radi Devid,âAgar qirolicha Yekaterinaga va'da bergan bo'lsangiz, nega bizni ortga qaytarib yubormayapsiz?
âMen kelajakni biroz bashorat qila olishim, afsun ko'rsatishim, arvohlar bilan suhbat qurishim va kutilmaganda baqirib qo'rqitib yuborishim mumkin, lekin sizlarni olamingizga qaytarib yuborish qo'limdan kelmaydi. Shunchaki yo'l ko'rsatib yuborishim mumkin.
âN-nimaga yo'l ko'rsatasiz...?-duduqlanib so'radi Linda.
âQobiliyatingizni boshqarish hamda to'rtinchingizni topishga. Yoki xohlamaysizlarmi? Bemalol aytavering, istasangiz, shu yerda qachondir o'rgimchak chaqib, og'zingizdan ko'pigingiz chiqib o'lmaguncha yashashingiz mumkin. Ketinglar deb majburlamayapman.
âTo'rtinchimiz...Uni topa olamizmi?
âKlaudni aytyapsizlarmi?-kulib qo'ydi Pandora,âIsmini qanday bilganimni so'ramang, bashorat qila olishimni aytib o'tdim. Orangizdan unga eng yaqin bo'lgan odam menimcha Stiven, to'g'rimi? Ko'zlaring aytib turibdi. Ularga qarab yana nimani o'qiganimni bilasanmi? Vaqti kelganida og'ir tanlov qilishingga to'g'ri keladi. Bu aynan do'sting Klaud bilan bog'liq. Uning qayerdaligiga kelsak...
âKamelotdami?-taxmin qildi Stiven.
âXuddi shunday. Boshqa tayinli narsa ayta olmayman. Ammo tez orada u bilan yuzma-yuz ko'rishasizlar.
âSer Bruford nima bo'ldi?-aralashdi Devid,âNega uni ham ibodatxonaga olib kelmadingiz?
âNega endi olib kelishim kerak? Yekaterinaning xatida bu haqida hech narsa qayd etilmagan, demak majburiyatim doirasidan tashqarida. Uni allaqachon Yekaterinaning o'limida ayblab qamoqqa olishdi. Lekin sezyapman, qamoq ham, o'lim jazosi ham uni to'xtatib qololmaydi. U bilan yana ko'rishasizlar, ammo uchrashuvingiz havas qilarli darajada bo'ladi deb o'ylamayman. Axir sizlarga ham falsafiy tosh kerak-ku, shundaymi?
âFalsafiy tosh!-birdan yodga oldi Linda,âYekaterina agar ajdar muhrlansa, toshni bizga topshirishi haqida aytgandi, ammo u o'ldi! Endi nima qilamiz? Toshni qayerdan topamiz?!
âAfsus, ko'rinishi juda yoqib qolgandi, lekin berishga majburman...-Pandora bo'yniga ilingan yarim oy shaklli tilla zanjirni yechib, Lindaga tutqazdi,âQirolicha Yekaterinaning eng so'nggi sovg'asi. Adashmasam buni uning bo'ynida ham ko'rgansizlar, shundaymi? Yuzingizda paydo bo'lgan qiyofa menga yoqmayapti, nega menga bunday qarayapsizlar? Ha, uning jasadidan bezbetlarcha zanjirni yechib oldim, agar shunday qilmaganimda, falsafiy toshga bo'lgan ilk kalitni qayerdan topardinglar? | 851 |
| 11 | #QIZIL_KITOB
14-QISM
"YORUG'LIK VA ZULMAT" IBODATXONASI
âMeni eshityapsanmi? Hoooy, ko'zlaringni och va asta-asta nafas ol. Bir, ikki, bir, ikki, sokinroq, ana shunday... Xo'sh, o'zingga keldingmi...?-endigina xushiga kelgan Lindaning tepasida sochining yarmi qordek oppoq, yarmi esa tun kabi qora bo'lgan, qip-qizil ko'zli, ingichka lablari bilan muloyim jilmayib turgan oppoq yuzli, rohibalar kiyimidagi notanish ayolni ko'rdi-yu, shu zahoti qo'rqib, baqirib yubordi.
âK-kimsan?! Menga yaqinlashma! Yaqinlashma deyapman!
âNega baqirasan? Ko'rmayapsanmi, xavfsiz joydasan. To'g'ri, bu yerni unchalik ham xavfsiz deb bo'lmaydi, qolaversa seni qozonga solib pishirib yuborish uchun olib kelgan bo'lishim ham mumkin...Ammo baxtingga odamxo'r emasman. Nima bo'lganini eslay olasanmi? Qanday xushingni yo'qotganingni-chi?
Ayolning bu savollaridan so'ng Lindani qo'rqinchli va sovuq xotiralar birdan qamrab olishdi. Qanday qilib ajdarni muhrlashgani, Kamelot ritsarlarining hujumi, ser Brufordning aqldan ozishi hamda qirolicha Yekaterinani o'ldirib qo'ygani... So'ng tog' cho'qqisidan tusha olmay, ukasi va Stiven bilan sovuqda muzlab qolgani. Xushidan ketishidan avval esa ko'z oldida ana shu notanish ayolning sharpasini ko'rganini ham...
âUkam va Stiven qani? Ularni nima qilding?!
âOlovrang sochli yigit bilan ezma qiltiriqni aytyapsanmi? Ular sendan ancha avval uyg'onishdi va ahvollari ancha yaxshi. O'zimni tanishtirishimga imkon bersang. Mening ismim Pandora. "Yorug'lik va zulmat" ibodatxonasining yolg'iz rohibasiman. Jodugar qirolicha Yekaterina bilan tuzgan bitimim sabab sizlarni qutqardim.
âYekaterina...U tirikmi? Bruford-chi?
âAgar oyoqda tura olsang, ortimdan yur. Issiq choy ustida gaplashib olamiz. Do'stlaring ham o'sha yerda, seni kutib qolishdi...
Rohiba Pandora Lindaning qarshiligiga qaramay, uni o'rnidan turg'azib, qorong'i va tor yo'laklar bo'ylab yanada ichkariga olib kirib ketdi. U "ibodatxona" deb tariflayotgan joy aslida g'or sovuq va zax g'or bo'lib, har besh qadamlik masofa bo'ylab o'rnatib chiqilgan shamlargina yorug'lik manbai edi. Ular uchga ayrilgan va nisbatan qorong'iroq bo'lgan yo'lakka yetib kelisharkan, Pandora birdan ortiga o'girilib, baland ovozda baqirib yubordi:
âBUUU! Xa-xa-xa-xa, yuzingni bir ko'rganingda edi, yaxshiyam ortingga yiqilib tushmading. Bo'lmasa naq suvarak jasadi ustiga borib tushar ekansan. Suvaraklar bu yerda judayam ko'p, nega deysanmi, chunki kalamushlar nima bilandir oziqlanishi kerak-ku. Ha aytgancha, o'rgimchaklar ham bor. Bu yerga kelgan oxirgi mehmonim zaharli o'rgimchak sabab bir barmog'idan ayrilishiga to'g'ri kelgan. Aks holda zahar butun tanasiga tarqab ketardi. Aytgancha, o'sha barmoqni saqlab qo'yganman, bir ko'rsataymi?
âBu yer menga yoqmayapti!-baqirib yubordi Linda,âO'zingni kim deb o'ylayapsan? Meni qo'rqitishga nima haqqing bor, telba rohiba?!
â"Telba rohiba"... Ko'pchilik meni shunday ataydi. Ko'nikib ham ketganman. Mana, yetib ham keldik...
Pandora is bosib ketgan toshli devorni asta ochib, Lindani ichkariga kirgazdi. Boshqalarga qaraganda nisbatan yorug'roq bo'lgan xona kitob javonlari va inson o'tirsa bo'ladigan stol-stullar bilan to'ldirilgan bo'lib, ulardan birida Devid va Stiven issiq choy ichib o'tirishgandi. Linda yaqinlarini ko'rishi bilan darrov ularning bag'riga otildi.
âDevid, Stiv, ahvolingiz yaxshimi?! Hech narsa qilmadimi? Biz qayerdamiz? Anavi ayol kim? Bruford va Yekaterinaga nima bo'ldi?
âQirolicha Yekaterina halok bo'ldi,-bosiq ohangda javob berdi Pandora,âSizlarni ibodatxonaga olib kelganimning asosiy sababi ham aynan shu. U ajdarni muhrlash jarayoni o'lim bilan tugashi mumkinligini sezgan va menga xat yuborgan. Xatda agar unga nimadir bo'lsa, o'zga olamdan kelgan to'rt kishini o'z qaramog'imga olishim va o'z olamiga qaytishlariga yordamlashishim buyurilgandi. Aslida men birovga bo'ysunishni yomon ko'raman, ammo muqaddas ibodatxona rohibasi sifatida Dematsiya hukmdorining iltimosini bajarishga bitim tuzganman. | 731 |
| 12 | PDF ni o'qib kanalga qo'shilganlar uchun: Asar davomi shu yerdan, 13-qismdan boshlangan. | 1 235 |
| 13 | Bu esa xohlovchilar uchun *.epub formati. Nisbatan qulayroq va ixchamroq | 1 270 |
| 14 | "Qizil kitob"
Yoshligimizda o'qigan oddiy ertaklarning butunlay boshqacha tarzdagi jamlanmasi. Nimasi boshqacha? Unda yovuzlar yaxshi, yaxshilar esa yovuz qilib tasvirlangan. Qadimgi Britaniya ertaklari bosh qahramonlari Merlin va Artur doimo ezgu obrazda, jodugar Morgana esa salbiy personaj sifatida tasvirlangan. Yoki bo'lmasa Qor malikasi yovuz, Kay va Gerda esa yaxshi. Bu asarda esa butunlay teskari hodisalar yuz beradi.
Fentezi janriga qiziqqanlarga o'qib ko'rishni tavsiya qilaman.
Asar hozircha faqat yarmi, qolgan yarmi @yetti_gunoh kanalida tashlab boriladi!
Hurmat bilan #Elen | 2 128 |
| 15 | âď¸"Hech kim daraxtning qadriga yetmaydi, quriy boshlagach shunchaki kesib, o'rniga boshqasini o'tqazishadi. Bu hayot qonuni va bu qonun nafaqat daraxtlarga, balki qirol va qirolichalarga ham tegishli. ââAgar kimdandir rahmat va olqish eshitish uchun davlatni boshqarayotgan bo'lsa, demak bu qup-quruq ko'zbo'yamachilik. Sun'iy daraxt, sun'iy go'zallikdir."
Nihoyat rasm deyarli bir hafta deganda bitdi! Avval aytib o'tilganidek suratda Dematsiya hukmdori, "Qor malikasi" qirolicha Yekaterina III aks ettirilgan.
Artni chizishda katta xizmat ko'rsatgan senpayim Sonotokiga alohida rahmat aytaman!
"PDF" bugun 12 ta qism bilan tashlanadi.
#Elen | #Qizil_kitob | 1 144 |
| 16 | 01 Yu-Peng Chen & HOYO-MiX - éŞăŤé ăăăĺžäş.flac | 953 |
| 17 | Va hammaga tushunarli bo'lgan bo'lsa kerak, Gerda va Kay obrazlari "Qor malikasi" ertagidan olingan. Asarda qor malikasi vazifasini esa qirolicha Yekaterina bajaradi. | 934 |
| 18 | GERDA YOHANSON
Asl vatani Dematsiya bo'lgan, keyinchalik Kamelotga qochib ketgan ritsar. Gerda yoshligida juda sodda bo'lganidan, har kimning aldovi va yolg'onlariga juda oson uchgan. Dematsiya ritsarlar safida yurgan payti eng katta orzusi qirolicha Yekaterinaning shaxsiy tan-soqchisiga aylanish va uning hurmatini qozonish edi. Biroq bir falokat yuz berdiki, Yekaterina uning ota-onasini muzlatib qo'ydi. Gerda va Kay vaziyatdan xabar topib, ota-onalaridan xabar olgan payti ulardan shunchaki muz haykal qolgandi. Nega bunday bo'lgani, qanday qilib Kamelot ritsarlari safiga qo'shila olgani haqida esa keyingi qismlarda ma'lumot beriladi. | 900 |
| 19 | âââShuyoqqacha kelgani yetar!-Yekaterina yana havoga parvoz qilib, tovusnikiga o'xshash dumini keng yoyib oldi,âSizlarga bir payt shafqat qilib yanglishganimni tushunib yetdim. Ikkingizni ham ota-onangizga qo'shib muzlatib qo'yishim kerak edi. Biroq hali ham kech emas...Qilgan ishinglar uchun javob berasizlar!
Yekaterina Gerdaga muzli patlarini uloqtirib, katta tezlikda u tomonga parvoz qildi. Biroq kutilmaganda Kayning portali ichiga kirib ketib, qoyaga borib urilishiga bir bahya qoldi. Yekaterina o'zini o'nglab yana ularga yuzlanarkan, bu safar atrofidagi hamma, hatto Brufordning xushsiz tanasigacha bari ikkitadan edi. Ikkita Kay, ikkita Gerda, ikkita Linda, ikkita Devid, ikkita Stiven va ikkita Bruford.
âBu ro'yomi? Nega qarshimdagi hamma narsa ikkitadan bo'lib qoldi?
âEng yomoni nima bilasanmi?-kulishda davom etdi Gerda,âQaysi birimiz haqiqiy ekanligimizni aslo bila olmaysan. Menga tashlandim deb o'ylashing mumkin, ammo aslida sheriklaringdan biriga hamla qilgan bo'lasan, yoki aksincha, sheriklaringga hujum qilsang, balki aslida menga tashlangan bo'lishing mumkin. Mana shu mening asl qudratim. Mana shu mening qizil olovimdan chiqqan tutun ta'siri.
âUndan...undan uzoq tur, la'nati jodugar...!-endigina xushiga kelgan Bruford bazo'r o'rnidan turib, qo'lini jarlik tomonga cho'zdi. Shu payt Yekaterina uloqtirib yuborgan qora qilich yana o'z sohibiga qaytib kelib, Bruford yana qora olov paydo qildi.
âMening malikam...Agar...Agar uning soch tolasiga ham tegadigan bo'lsang, seni tug'ilganingga pushaymon qilaman! Panaga o't, Rina! O'zingni urintira ko'rma!
Ko'zlari qonga to'lgan Bruford qilichini sudrab, bor kuchi bilan qarshisida tabassum qilib turgan Gerdaning yoniga yugurdi-yu, hech ikkilanib o'tirmay, qilichini uning yuragiga sanchib oldi.
âQani o'l! O'lib ket, la'nati jodugar! Nargi dunyoga ravona bo'l!!!
âB-Bruford...
âBu yerga kela ko'rma, Rina!-qulog'iga eshitilgan ovozga qarata baqirdi u,âSenga panada tur dedim!
âBruford...
âRina! Qayerdasan? Senga yonimga kelma deyapman! Rina...Axir...
Brufordning qilichini sanchib turgan Gerdaning tasviri g'oyib bo'lib, uning o'rnini og'zidan qon oqayotgan Yekaterina egalladi. Bruford o'z qo'llari bilan malikasi Yekaterinaning yuragiga olovli qilichini sanchib turardi. Bu manzarani ko'tara olmagan Bruford darhol qilichni sug'urib, tashlab, katta-katta ochilib ketgan ko'zlari bilan Yekaterinaga tikildi-da, uning qulayotgan tanasini mahkam quchoqlab oldi.
âY-yo'q...yo'q, buning hammasi tush! Buning hammasi ro'yo! Rina! Katerina, bu axir sen emassan to'g'rimi?! Bu men emasman deb ayt!
âS...senda ayb yo'q...
âNega...nega bunday bo'ldi?! Nega, nega, nega, nega, nega, nega, NEGA BUNDAY BO'LDI?! NEGA BUNDAY BO'LDI, KATERINA?!
Yekaterina uning savoliga javob bera olmadi. Uning ko'zlaridagi rang o'chib, nafas olishi to'xtab qoldi. Muzdek qo'llari battar sovuqlashib, boshi jonsiz holda pastga egildi. Ko'z oldida bo'layotgan hodisalarni qabul qila olmay, miyasi portlab ketishiga bir bahya qolib turgan Brufordning qulog'iga Gerdaning shivirlashi eshitilib, uni battar iskanjaga soldi.
â"Qani o'l, o'lib ket, jodugar...!" Uni o'ldirishdan avval aytgan so'nggi gaplaring shu bo'ldi, to'g'rimi? Taqdir hazilini qara, uni butun umr jodugar deb atab kelishdi, va eng so'nggi eshitgan haqorati ham xuddi shu bo'ldi. Naqadar achinarli...
âYo'q...Men ishonmayman! Bu haqiqat emas! Men tush ko'ryapman! Buning hammasi tush! Hammasi tush!
Gerda qilichining o'tmas tomoni bilan Brufordning boshiga qattiq urib, xushidan ketkazdi. So'ng barini dahshat va qo'rquv bilan kuzatib turgan bolalarga ayyorona tabassum qilib qo'ydi-da, yopinchig'ini keng yoyib, ortiga o'girildi.
âBu yerda qiladigan boshqa ishimiz qolmadi. Dematsiyalik boshqa do'stlarimiz kelib qolmasidan tinchgina Kamelotga qaytib, hukmdorimizga xushxabarni yetkazamiz. Ketdik, Kay.
âAlbatta, opajon...
Gerda va Kay qanchalar tez paydo bo'lishgan bo'lsa, qalin tuman ichida shunchalar tez g'oyib bo'lishdi. Ularning ortida esa qirolicha Yekaterinaning jonsiz jasadi va uni quchoqlagancha xushini yo'qotgan Bruford yotardi xolos...
#Elen
KAY | 785 |
| 20 | Birozdan so'ng uning kiyimlaridan xuddi tovus dumini eslatadigan ulkan muzli patlar o'sib chiqib, shunaqangi go'zal va betakror tarzda yoyildi-ki, xuddi osmonda tengi yo'q beg'ubor farishta qanot qoqayotganday tuyilardi.
âHoziroq to'xtat, Bruford. O'z g'azabing quliga aylana ko'rma!-Yekaterina atrofida muzli patlar paydo qilib, Brufordni nishonga oldi. Ammo patlar unga yetib kelmasidan erib ketib, Yekaterinani uning qarg'alari o'rab olishdi. Qirolicha havoda bir necha bor aylanib, birdan muzli to'fonga aylanib oldi-da, barcha qarg'alarni o'z domiga tortib ketdi. Bir necha soniyadan so'ng to'fon xuddi meteorit tushganday keng yoyilib ketib, qarg'alarni butunlay yo'q qilib tashladi. Yekaterina Brufordni o'nta muzli ko'zgu bilan o'rab olib, ularning birining ichiga berkinib oldi. So'ng ko'zgudagi har bir aks jonlanib, Brufordga o'zlarining uchli kumush nayzalari bilan birma-bir tashlanishdi. Bundan battar g'azabga kelgan Bruford ko'zgularning barini birgina o'kirish bilan parchalab tashlab, qarshisida turgan Yekaterinani bo'g'ib oldi. Yekaterina uning qo'lini muzlatib, nargi qo'lida turgan qora qilichini tortib olmoqchi bo'ldi. Bruford uni yerga uloqtirib, hech ikkilanib o'tirmay, qilich sanchdi. Yekaterina vaqtida dumalab, chaqqonlik bilan o'rnidan turdi-da, Brufordning tanasini muz bilan qoplab oldi. Lekin olov juda kuchliligidan muz tezda erib ketdi.
âO'zingga kel, Bruford! Meni eshityapsanmi? Akang qo'ygan tuzoqqa tusha ko'rma! Qilichdan voz kech!
âYonasan...-shivirladi qora ritsar,âHammang tiriklayin kulga aylanasan!
âBu menman, men...Yekaterinaman, ko'zlaringni och, azizim...Bu men! Taniyapsanmi, men!
Bruford Yekaterinaga quloq solib o'tirmay, unga hamla qildi. Uning butun o'y-fikri faqat yoqib yuborishda, o'ldirishda edi. Yekaterina baribir taslim bo'lmay, tovusnikiga o'xshash dumini keng yoydi-da, Bruford tomonga o'qday otilib, uning bo'ynidan ushlab, devorga qadadi. Biroq bu safar bor qudratini ishga solib, uni turgan joyida muzlatib qo'ymoqchi bo'ldi.
âMeni kechir...Kechir, Bruford...Ammo o'zingga kelmas ekansan, demak Dematsiya uchun navbatdagi xatarsan. Xatarni yo'q qilish esa mening burchim. QANI O'CH, OLOVINGNI O'CHIR!
Yekaterina juda baland ovozda chinqirib, atrofida xuddi ajdarni muhrlagani singari yana muz va qorlarni to'plab olib, Brufordning tanasidagi olovni o'chirishga bor kuchi bilan harakat qilardi. Uning changalidan chiqib ketishga urinayotgan Bruford Yekaterinaning qo'lini kuydirib tashladi. Biroq qirolicha taslim bo'lmay, uni muzlatishda davom etdi. Birozdan so'ng alamidan baqirayotgan Brufordning ovozi o'chib, muz qattiq qisib qo'ygani tufayli nafas olishdan to'xtab qoldi. Yekaterina uning qora qilichini tortib olib, bor kuchi bilan jarlikdan uloqtirib yubordi. Chunki besh yil davomida yasalgan qilichni yo'q qilish jismoniy jihatdan imkonsiz edi. Brufordning tanasidagi olov o'chib, uni qotirib qo'ygan muzlar parchalanib ketdi. Yekaterina uni tutib qolib, boshini o'z tizzasining ustiga avaylab qo'yib qo'ydi. Hozirgina o'chgan olovdan chiqayotgan tutun Yekaterinaning ko'ziga urilganidanmi, yoki sevgan insoni bilan jang qilishga majbur bo'lganidanmi, Yekaterinaning ko'zlaridan yosh oqa boshladi.
âU...U o'ldimi...?-so'radi barchasini dahshat bilan kuzatishga majbur bo'lgan Devid.
âYo'q... Uni o'ldirmoqchi bo'ldim, ammo so'nggi lahzalarda, eng so'nggi soniyalarda uning o'zi taslim bo'ldi. Hozir shunchaki xushsiz xolos.
âNega u sizga tashlandi?-qiziqib so'radi Linda,âAxir ser Bruford sizni to so'nggi nafasi qolgunicha himoya qilishga qasam ichmaganmidi?
âU o'z g'azabining quliga aylandi,-yig'lamsirab javob berdi Yekaterina,âAvval ham xuddi shunaqasi bir necha marta bo'lgan. Lekin hech qachon, nima bo'lishidan qat'iy nazar menga tashlanmagandi. Bugun nega bunday yo'l tutganiga tushuna olmayapman...
âBalki men tushuntirib berarman...?-bolalarning orqasida yana suvli portal ochilib, hech narsa bo'lmaganday Gerda va Kay chiqib kelishdi. Yekaterina darhol o'zini qo'lga olib, yana jangga hozirlandi.
âNega u senga tashlanganini taxmin qilib ko'r-chi...-kulimsirab qo'ydi Gerda. | 691 |
