en
Feedback
StartupBase

StartupBase

Open in Telegram

This is a unique platform that combines a base of promising startups and their founders, as well as partners and investors. Introduce your startup to the world and find investors and partners. Website: https://startupbase.uz/en

Show more
6 066
Subscribers
-724 hours
+247 days
+36730 days
Posts Archive
Repost from Sherzod Shermatov
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillik35 #Uzb35 📌O‘zbekiston — jahon ilm-fanini o‘zgartirgan buyuk mutafakkirlar yurti. Bugun biz ana shu buyuk merosga munosib raqamli kelajakni barpo etmoqdamiz. Prezidentimizning keng ko‘lamli islohotlari va uzoqni ko‘ra oladigan siyosati sababli O‘zbekiston texnologik rivojlanishda katta sakrashni amalga oshirdi. Mamlakatimizdagi barcha maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va mahalla binolari yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlandi. 🌐Mobil internet qamrovi 66 foizdan 98 foizgacha oshirildi. Bir vaqtlar qimmat hisoblangan mobil internet bugun dunyodagi eng hamyonbop xizmatlardan biriga aylandi — so‘nggi 5 yil ichida internet tezligi bo‘yicha 65 ta davlatni ortda qoldirib, narxlar bo‘yicha dunyoda 22-o‘rinni egalladik. Endilikda fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun navbatlarda turish shart emas — qariyb 900 ta xizmatni my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin. 📌150 dan ortiq turdagi hujjatlarni taqdim etish talabi bekor qilindi. Agar ilgari davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga borish talab etilgan bo‘lsa, bugungi kunda fuqarolar va tadbirkorlarning 90 foizi xizmatlardan onlayn foydalanmoqda. Natijada O‘zbekiston Jahon bankining GovTech Maturity Index reytingida dunyoda 9-o‘rinni egalladi. Prezident tomonidan tasdiqlangan Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi doirasida qariyb 100 ta loyiha amalga oshirilmoqda. ➡️20 ta oliy ta’lim muassasasida sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etilmoqda. Ular ta’lim va ilm-fanni real ishlab chiqarish masalalarini hal etish bilan bog‘lamoqda. NVIDIA bilan hamkorlikda davlat loyihalari uchun zamonaviy GPU-klaster ishga tushirildi. Xorijiy investitsiyalar hisobidan qiymati 3 milliard dollargacha bo‘lgan sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan yashil data-markazning birinchi bosqichi barpo etilmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Government AI Readiness Index reytingida 62-pog‘onaga koʻtarildi. ⏩O‘zbekiston xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar uchun jozibador markazga aylandi: 2017-yilda bunday kompaniyalar soni atigi 4 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda har oyda 70 dan ortiq shunday kompaniya, jumladan, mamlakat hududlarida ham IT Park rezidentiga aylanmoqda. Hozirda IT Park rezidentlari soni qariyb 4 mingtaga yetdi. 100 dan ortiq mamlakatga IT xizmatlari eksporti 1,1 milliard dollardan oshdi. 🟣O‘zbekiston StartupBlink reytingida startap ekotizimi o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egallab, "Yil mamlakati" deb e’tirof etildi. Ingliz huquqi asosida faoliyat yurituvchi Enterprise Uzbekistan Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi tashkil etildi. AT mutaxassislarini tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari soni 145 taga yetdi. Mamlakat bo‘ylab IT Parkning 1000 dan ortiq ta’lim rezidenti zamonaviy ko‘nikmalarni o‘rgatmoqda. ⚪️"5 million sun’iy intellekt yetakchilari" dasturi doirasida 1 milliondan ortiq kishi ta’lim oldi, ularning yarmi ayollardir. Coursera platformasida O‘zbekiston zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha onlayn ta’lim olayotganlar ulushi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, sun’iy intellektni o‘rganishda ayollarni jalb qilish bo‘yicha namunaviy tajriba sifatida e’tirof etildi: AI kurslaridan foydalanuvchilar orasida ayollar ulushi 58,9 foizga yetdi. Joriy yilda O‘zbekiston ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026ga mezbonlik qildi. Unda rekord darajadagi ishtirokchilar jamlandi. Buyuk merosdan buyuk kelajak sari. Oldinda biz allaqachon yoza boshlagan yangi tarix sahifalari turibdi. Bayram muborak!

📰 #News: O‘zbekiston va jahon texnologiyalar olamida nimalar bo‘lyapti? Rubrikamizda startaplar, texnologiyalar va innovatsi
📰 #News: O‘zbekiston va jahon texnologiyalar olamida nimalar bo‘lyapti? Rubrikamizda startaplar, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi muhim yangiliklarni qisqa formatda jamlaymiz. 👇Bugungi dayjestda: 1. Markaziy Osiyo startaplari uchun 8 haftalik Deal Velocity by MOST gibrid akseleratsiyasi start oladi 2. Draper University Hero Training 2026 dasturining ikkinchi oqimi uchun arizalar qabuli boshlandi. 3. Startup World Cup Uzbekistan: arizalar yakunlanishiga 3 kun qoldi 4. AgriTech Gov Challenge yakunlandi 5. "Startup pitch" startaplar uchun maxsus tanlov 6. 35 LVL Game Jam yakunlandi: 48 soatda 39 ta o‘yin yaratildi 7. Buxoroda Plug and Play hamkorligida xalqaro inkubatsiya dasturi ishga tushirildi 8. DOMO IT Park Ventures’dan investitsiya jalb qildi 9. Bishkekda IT Park Uzbekistan va Qirg‘iz Respublikasi Yuqori texnologiyalar parki hamkorligida Digital Uzbekistan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi 10. ICTWEEK 2026 doirasida AloqaVentures tomonidan o‘tkaziladigan «TAQDIMOT» ko‘rsatuvining maxsus soni uchun arizalar qabuli ochiq deb e’lon qilinadi 11. Startup Advice uchrashuvlari endi respublikaning barcha hududlarida onlayn hamda hududiy startup-studiyalarda oflayn formatda tashkil etiladi 12. «Dolzarb 90 kun» tashabbusi 1 000 yaqin kibersport ishqibozini birlashtirdi 13. Speko Product Hunt’da: O‘zbekistonlik YC founderini qo‘llab-quvvatlang 14. She’s Next tashabbusining birinchi g‘oliblari aniqlandi 🚀 Texnologiyalar olami bir joyda turmaydi — keyingi #News sonida yana eng muhim yangiliklarni jamlaymiz. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Hero Training’ga ariza topshirishga 3 kun qoldi! ⚡️ Draper University Hero Training 2026 — deep tech, frontier tech va yuqori texnologik mahsulotlar yaratayotgan founderlar uchun 5 haftalik intensiv dastur. Ishtirokchilarni Silikon vodiysida 40+ xalqaro mentor va ekspert, amaliy vorkshoplar, Navy SEALs bilan Survival Week va Tim Dreyper oldidagi yakuniy Pitch Day kutmoqda. 📍 San Mateo, Kaliforniya ⏰ Dedlayn: 31-avgust 🔗 Ro'yxatdan o'tish Bu imkoniyatni qo'ldan chiqarmang va arizangizni yuboring! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

⚡️ Fonus Kids ANORBANK bilan hamkorlikni boshladi Hamkorlik bolalarning raqamli xavfsizligi va moliyaviy savodxonligini rivoj
⚡️ Fonus Kids ANORBANK bilan hamkorlikni boshladi Hamkorlik bolalarning raqamli xavfsizligi va moliyaviy savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan. 🔎 Fonus Kids tekshirilgan kontent, rivojlantiruvchi o‘yinlar va ota-ona nazorati vositalari orqali bolalar uchun xavfsizroq raqamli muhit yaratishga yordam beradi.
ANORBANK’ning UZCARD KIDS kartasi esa bolalarni pulni boshqarish va moliyaviy mas’uliyat bilan tanishtiradi, ota-onalarga xarajatlarni kuzatish imkonini beradi. Hamkorlik shu ikki yo‘nalishni birlashtirib, bolalarda kundalik hayot uchun muhim ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Fonus Kids uchun bu — mahsulotni kengroq auditoriyaga yetkazish imkoniyati. Bank bilan hamkorlik startapga oilalar bilan aloqa qilishning qo‘shimcha kanalini ochadi. Uning qiymati bolalar va ota-onalarning aniq ehtiyojlariga javob beradigan yechimni ko‘proq foydalanuvchiga tanishtirishdadir. Fonus Kids 💚 IT Park Ventures portfel startapi hisoblanadi
🖥 Batafsil saytimizda 🚀 Fonus Kids jamoasini yangi hamkorlik bilan tabriklaymiz va bolalar uchun xavfsiz raqamli muhit yaratish yo‘lida muvaffaqiyatlar tilaymiz! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

📖 Startup Playbook #05: Startapingiz haqida bir daqiqada qanday gapirib berish mumkin? Startup Advice konsultatsiyasidan so‘
+6
📖 Startup Playbook #05: Startapingiz haqida bir daqiqada qanday gapirib berish mumkin? Startup Advice konsultatsiyasidan so‘ng qahramonlarimiz treking dasturiga yozilishdi. 🏳️ StartupBase sahifasini kuzatib borar ekan, qahramonlarimiz Startup Pitch tanlovini ko‘rib qolishdi va unda o‘z kuchlarini sinab ko‘rishga qaror qilishdi. 👉 Startup Playbook’ning yangi sonini varaqlang va qahramonlarimiz hikoyasini kuzatib boring. Keyin nima bo‘lishini esa navbatdagi sonlarda bilib olamiz. @startupbaseuz

🌠 O‘zbekiston startaplari xalqaro sahnaga qanday chiqmoqda? Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda shakllangan startup ekotizimi loyihalarga xalqaro investorlar e’tiborini jalb etish va nufuzli texnologik maydonlarda o‘z salohiyatini namoyish qilish imkonini berdi. 🔼 Cerberus startapi xalqaro venchur fondi 500 Global’dan investitsiya jalb qildi. Shuningdek, startap Road to TechCrunch Startup Battlefield mintaqaviy finalida 1-o‘rinni egalladi. 🎙 Cerberus asoschisi Aziz Akhmedhodjaev videoda O‘zbekiston startaplari uchun yaratilgan imkoniyatlar va mahalliy loyihalarning global salohiyati haqida so‘zlab berdi. 🌠 yillik yo‘l — mahalliy g‘oyalardan xalqaro investitsiyalar va global texnologik sahnalargacha. #Mustaqillik35 #Uzb35 @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

🥇 Independent News 35 LVL Game Jam’da 1-o‘rinni egalladi Atigi 48 soatda shunday o‘yin yaratish mumkinmi? 🌠 LVL Game Jam O‘zbekiston Mustaqilligi mavzusiga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar bu mavzuni o‘z o‘yinlarida turli janr, syujet va mexanikalar orqali talqin qilishdi. Jamoalar O‘zbekistonning madaniy merosi va Mustaqillik g‘oyalaridan ilhomlanib, 48 soat ichida o‘z o‘yin prototiplarini yaratishdi. ✨ Bugun Game Jam’da 1-o‘rinni egallagan Wisp Games jamoasining Independent News o‘yiniga e’tibor qaratamiz.
📰 Independent News —pixel-art uslubidagi tycoon o‘yin bo‘lib, unda o‘yinchi yangiliklar tahririyatini boshqaradi. Siz kun davomida kelib tushayotgan voqealarni kuzatasiz, qaysi yangiliklarni yoritishni tanlaysiz va navbatdagi nashrni shakllantirasiz. Har bir tanlov o‘yin jarayoniga ta’sir qiladi: qaysi mavzular auditoriyani ko‘proq qiziqtiradi, nimalarga e’tibor qaratish kerak va tahririyatni qanday rivojlantirish — bularning barchasini o‘yinchi o‘zi hal qiladi. 💻 O‘yinning o‘zi ham sodda, ammo qiziqarli formatda yaratilgan: 2D pixel-art grafika, sichqoncha orqali boshqaruv va tycoon janriga xos qaror qabul qilish mexanikalari.
🕹 Siz ham Independent News’ni sinab ko‘rishingiz mumkin: 👉 itch.io’da o‘ynash 🌠 LVL Game Jam’da bizning e’tiborimizni tortgan kuchli o‘yinlar ko‘p bo‘ldi. Keyingi postlarda ulardan yana bir nechtasini siz bilan yaqindan ko‘rib chiqamiz. #Mustaqillik35 #Uzb35 @startupbaseuz

🚀 Speko Product Hunt’da: O‘zbekistonlik YC founderini qo‘llab-quvvatlang O‘zbekistonlik Beknazar Abdikamalov tomonidan asos
🚀 Speko Product Hunt’da: O‘zbekistonlik YC founderini qo‘llab-quvvatlang O‘zbekistonlik Beknazar Abdikamalov tomonidan asos solingan Speko startapi bugun Product Hunt’da rasman ishga tushirildi. Beknazar Y Combinator’ga qabul qilingan ikkinchi o‘zbekistonlik founder bo‘lib, YC Summer 2026 dasturida ishtirok etmoqda. 🎙 Speko ovozli sun’iy intellekt uchun infratuzilma yaratadi. Platforma turli AI provayderlarini taqqoslab, har bir til va foydalanish holati uchun eng samaralisini tanlash imkonini beradi. 🇺🇿 Keling, O‘zbekistondan chiqqan global texnologik loyihani qo‘llab-quvvatlaymiz. Product Hunt’dagi dastlabki soatlar reyting uchun muhim. Speko’ga ovoz bering! 🇺🇿 Speko uchun Product Hunt’da ovoz berish @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

👌 Startup Advice endi butun O‘zbekiston bo‘ylab! Startapingizni rivojlantirishda qaysi qadamni tashlashni bilmayapsizmi? Sta
👌 Startup Advice endi butun O‘zbekiston bo‘ylab! Startapingizni rivojlantirishda qaysi qadamni tashlashni bilmayapsizmi? Startup Advice uchrashuvlari endi respublikaning barcha hududlarida onlayn hamda hududiy startup-studiyalarda oflayn formatda tashkil etiladi. 🗓 Chorshanba | 15:00–18:00 📍Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy. 🗓 Payshanba | 15:00–18:00 📍 Toshkent shahri, Namangan, Samarqand va Sirdaryo. 🗓 Juma | 15:00–18:00 📍 Surxondaryo, Toshkent viloyati, Farg‘ona, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasi. 🔗 Ro'yxatdan o'tish Startup Advice orqali loyihangizdagi asosiy muammolarni ekspertlar bilan muhokama qiling va keyingi rivojlanish qadamlarini belgilang! @startupbaseuz

✨ Loyihangizni katta sahnada investorlarga taqdim etishga tayyormisiz? ICTWEEK 2026 doirasida AloqaVentures tomonidan o‘tkazi
Loyihangizni katta sahnada investorlarga taqdim etishga tayyormisiz? ICTWEEK 2026 doirasida AloqaVentures tomonidan o‘tkaziladigan «TAQDIMOT» ko‘rsatuvining maxsus soni uchun arizalar qabuli ochiq deb e’lon qilinadi. 🎙 Bu — o‘z startapingizni nufuzli venchur investorlar, fondlar va yirik ekotizim vakillari oldida jonli efirda pitch qilish, investitsiya jalb qilish hamda media maydonda loyihangizni tanitish uchun ajoyib imkoniyat. Sizni nimalar kutmoqda:
🔹 Yetakchi investorlar oldida to‘g‘ridan-to‘g‘ri pitch qilish imkoniyati 🔹 Loyihangiz uchun real investitsiya takliflari 🔹 AloqaVentures va hamkor fondlar ekspertlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fidbek 🔹 Katta auditoriya va media qamrov Kimlar qatnasha oladi: 🔵 Ishchi prototipi (MVP) , dastlabki ko‘rsatkichlari (traction) yoki innovatsion yechimiga ega barcha istiqbolli startaplar.
🗓 25-sentabr ⏲ 14:00 - 17:00 📍 CAEx, Toshkent 🔗 Ariza topshirish 🚀 Katta sahnaga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang va startapingizni investorlar hamda keng auditoriyaga namoyish eting! @startupbaseuz

🇰🇬 Qirg‘iziston bozorida yangi hamkorlar topishga tayyormisiz? 10-sentabr kuni Bishkekda IT Park Uzbekistan va Qirg‘iz Resp
🇰🇬 Qirg‘iziston bozorida yangi hamkorlar topishga tayyormisiz? 10-sentabr kuni Bishkekda IT Park Uzbekistan va Qirg‘iz Respublikasi Yuqori texnologiyalar parki hamkorligida Digital Uzbekistan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 📝 Digital Uzbekistan — O‘zbekiston texnologik kompaniyalari bilan zamonaviy IT-yechimlarni izlayotgan xorijiy biznes vakillarini birlashtiruvchi xalqaro uchrashuvlar formati.
Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda? 🔵 O‘zbekiston kompaniyalari IT-yechimlarining taqdimotlari; 🔵 potensial hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar; 🔵 hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish va tajriba almashish; 🔵 O'zbekiston va Qirg'izston biznes va IT-hamjamiyati vakillari bilan networking; 🔵 kofe-breyk. Shuningdek, O‘zbekiston kompaniyalari AI, avtomatlashtirish, raqamli servislar, analitika va boshqa yo‘nalishlardagi mahsulotlarini taqdim etadi.
🗓 Arizalar qabuli 6 sentabrgacha ⏲ 11:00 📍 Texnopark, Bishkek shahri 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish 🚀 Qirg‘iziston bozoridagi yangi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

🇦🇪 Digital Startups Scale Up dasturiga ariza topshirish muddati 31-avgustgacha uzaytirildi! IT Park Uzbekistan, Tumar Innovation Hub va Astana Hub hamkorligida Markaziy Osiyo startaplari uchun Dubayda o‘tkaziladigan xalqaro akseleratsiya dasturining ikkinchi oqimi ishga tushirilmoqda.
Dastur ishtirokchilari: 🔹 mahsulotini BAA bozoriga moslashtiradi va sinovdan o‘tkazadi; 🔹 mentorlar va soha ekspertlari bilan ishlaydi; 🔹 investorlar, korporativ hamkorlar va potensial mijozlar bilan uchrashadi; 🔹 yangi bozorlarga chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oladi. Kimlar ariza topshirishi mumkin? 🟩 Pre-seed yoki undan yuqori bosqichdagi startaplar; 🟩 SAFE shartnomasini tuza oladigan yuridik shaxsga ega jamoalar; 🟩 mahsuloti BAA bozori ehtiyojlariga mos startaplar; 🟩 ingliz tilini erkin biladigan hamda dastur xarajatlarini qoplay oladigan jamoalar; 🟩 Astana Hub yoki IT Park Uzbekistan rezidentlari.
🗓 Ariza topshirish: 31-avgust'gacha 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish 🚀 MENA bozoriga chiqish imkoniyatini keyinga qoldirmang — arizangizni topshiring! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

🏠 DOMO IT Park Ventures’dan investitsiya jalb qildi Silk Road Finance & Technology Forum doirasida O‘zbekistonning DOMO star
🏠 DOMO IT Park Ventures’dan investitsiya jalb qildi Silk Road Finance & Technology Forum doirasida O‘zbekistonning DOMO startapi IT Park Ventures fondidan investitsiya jalb qildi. 🔎 DOMO — minglab oilalar uchun kommunal to‘lovlarni yagona raqamli muhitda soddalashtiruvchi HomeTech yechim. Startap o‘tgan yili, rebrendingdan avval — HGT nomi ostida — 9 mamlakatdan startaplar qatnashgan 💻Digital Startup Awards tanlovining Best Startup Project yo‘nalishida 2-o‘rinni egallagan.
Jalb qilingan investitsiya quyidagi yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi: 🔹 mahsulotni yanada rivojlantirish; 🔹 faoliyat geografiyasini kengaytirish; 🔹 savdo va hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish; 🔹 marketing va jamoani kuchaytirish; 🔹 IT-infratuzilmani takomillashtirish.
🖥 Batafsil saytimizda o'qing Yangi investitsiya DOMOga xizmatni yaxshilash, auditoriyani kengaytirish va biznesni tezroq masshtablash imkonini beradi. 🚀 DOMO jamoasini ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

🌠 O‘zbekiston qanday qilib dunyoning eng tez rivojlanayotgan startup ekotizimiga aylandi? Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar, rivojlanayotgan infratuzilma va yangi avlod asoschilarining intilishi O‘zbekistonni global startup xaritasida yangi bosqichga olib chiqdi. 📈 StartupBlink ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston startup ekotizimi 227,3% o‘sish bilan dunyodagi eng yuqori natijani qayd etdi. Mamlakatimiz, shuningdek, “Country of the Year” deb e’tirof etildi. 🎙 AliPos asoschisi Jonibek Miralimov videoda ekotizimdagi o‘zgarishlar, hududiy startaplar uchun yaratilgan imkoniyatlar va mahalliy asoschilarning ushbu o‘sishdagi hissasi haqida so‘zlab berdi. 🌠 yillik yo‘l — dunyo tan olayotgan ekotizim va global fikrlaydigan asoschilar sari. #Mustaqillik35 #Uzb35 @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

🏠 DOMO IT Park Ventures’dan $100,000 investitsiya jalb qildi Silk Road Finance & Technology Forum doirasida O‘zbekistonning
🏠 DOMO IT Park Ventures’dan $100,000 investitsiya jalb qildi Silk Road Finance & Technology Forum doirasida O‘zbekistonning DOMO startapi IT Park Ventures fondidan $100,000 miqdorida investitsiya jalb qildi. 🔎 DOMO — minglab oilalar uchun kommunal to‘lovlarni yagona raqamli muhitda soddalashtiruvchi HomeTech yechim. Startap o‘tgan yili, rebrendingdan avval — HGT nomi ostida — 9 mamlakatdan startaplar qatnashgan 💻Digital Startup Awards tanlovining Best Startup Project yo‘nalishida 2-o‘rinni egallagan.
Jalb qilingan investitsiya quyidagi yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi: 🔹 mahsulotni yanada rivojlantirish; 🔹 faoliyat geografiyasini kengaytirish; 🔹 savdo va hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish; 🔹 marketing va jamoani kuchaytirish; 🔹 IT-infratuzilmani takomillashtirish.
🖥 Batafsil saytimizda o'qing Yangi investitsiya DOMOga xizmatni yaxshilash, auditoriyani kengaytirish va biznesni tezroq masshtablash imkonini beradi. 🚀 DOMO jamoasini ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

🇺🇿 Buxoroda Plug and Play hamkorligida xalqaro inkubatsiya dasturi ishga tushirildi 🚀 Buxorolik talabalar uchun xalqaro st
🇺🇿 Buxoroda Plug and Play hamkorligida xalqaro inkubatsiya dasturi ishga tushirildi 🚀 Buxorolik talabalar uchun xalqaro startap ekotizimiga kirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bukhara Digital Silk Road dasturi yoshlarning innovatsion g‘oyalarini rivojlantirish, ularni biznes loyihalarga aylantirish va xalqaro bozorga olib chiqishga qaratilgan.
Dastur Raqamli texnologiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, UGL Holding va Plug and Play hamkorligida amalga oshiriladi. Ishtirokchilar Plug and Play’ning 550+ korporativ hamkori va 3 000+ mentori tarmog‘idan foydalanib, mentorlik, kouching va investorlar uchun tayyorgarlik dasturlarida qatnashadi. 📈 9 oy davomida 300–400 nafar talabadan 100 ta jamoa saralab olinadi. Yakunda 15 ta eng yaxshi startap Plug and Play Bukhara Expo’da investorlar, yirik kompaniyalar va davlat tashkilotlari vakillariga o‘z loyihalarini taqdim etadi. Dasturga Mercedes-Benz, NVIDIA, AWS, Porsche, Nestlé, Revolut va Procter & Gamble kabi kompaniyalar mutaxassislarini jalb etish rejalashtirilgan. Keyingi akseleratsiya bosqichi esa IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
🔗 Batafsil saytimizda @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

#StartupDictionary ❓ Jamoa ko‘p ishlayapti, ammo startap oldinga siljimayaptimi? Balki unga treker kerakdir. Treker — startap
#StartupDictionary ❓ Jamoa ko‘p ishlayapti, ammo startap oldinga siljimayaptimi? Balki unga treker kerakdir. Treker — startap jamoasiga asosiy muammoni aniqlash, gipotezalarni shakllantirish va rivojlanishning keyingi bosqichlarini belgilashga yordam beradigan mutaxassis. 🤔 Treker startapga qanday yordam beradi?
🟣o‘sishni sekinlashtirayotgan asosiy to‘siqni aniqlaydi; 🟣 ustuvor vazifalar va o‘lchanadigan maqsadlarni belgilashga yordam beradi; 🟣 natijalarni tahlil qilib, keyingi qadamlarni aniqlashtiradi; 🟣 jamoaning fokusi va ish sur’atini saqlab turadi. Treker bilan ishlagandan so‘ng startap nimaga ega bo‘ladi? ✅ qaysi muammoni birinchi hal qilish bo‘yicha aniq fokus; ✅ o‘lchanadigan KPI va maqsadlar; ✅ keyingi sprint yoki rivojlanish bosqichi uchun aniq harakatlar rejasi. Treker founderga to‘g‘ri savollar, muntazam sessiyalar va natijalar tahlili orqali o‘z yechimini topishga yordam beradi.
💡 Startapingizga ham shunday tizimli yordam kerakmi? StartupBase’ning 🏳️ Treking dasturi orqali loyihangiz uchun saralangan treker bilan ishlab, asosiy to‘siqlarni aniqlashingiz va keyingi rivojlanish qadamlarini belgilashingiz mumkin. 🔗 Ariza topshirish @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website