ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

StartupBase

StartupBase

Открыть в Telegram

This is a unique platform that combines a base of promising startups and their founders, as well as partners and investors. Introduce your startup to the world and find investors and partners. Website: https://startupbase.uz/en

Больше
6 534
Подписчики
-124 часа
+1367 дней
+36330 дней
Архив постов
🇫🇮 O‘zbekiston startaplari uchun Slush 2026 konferensiyasida bepul qatnashish imkoniyati! 🚀 Yevropa bozoriga chiqish, xalq
🇫🇮 O‘zbekiston startaplari uchun Slush 2026 konferensiyasida bepul qatnashish imkoniyati! 🚀 Yevropa bozoriga chiqish, xalqaro investorlar bilan tanishish va yangi biznes hamkorliklarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapsizmi? 🟢 IT Park Uzbekistan 18–19-noyabr kunlari Finlandiyaning Helsinki shahrida bo‘lib o‘tadigan Slush 2026 xalqaro texnologik konferensiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekiston startaplaridan arizalar qabul qilmoqda. 💡 Ishtirokchilar qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?
🟩Yevropa bozoridagi potensial mijozlar va hamkorlar bilan tanishish; 🟩venchur fondlar, biznes-farishtalar va investorlar bilan aloqalar o‘rnatish; 🟩strategik hamkorlik va B2B-loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganish; 🟩Yevropa startap ekotizimi bilan yaqindan tanishish va xalqaro aloqalarni kengaytirish 🎟 IT Park Uzbekistan tanlangan startaplarga konferensiyada ishtirok etish uchun bepul chiptalar taqdim etadi.
❓ Kimlar ariza topshirishi mumkin?
🟩Ishlaydigan mahsulot yoki MVP hamda ingliz tilidagi veb-saytga ega startaplar; 🟩asoschisi yoki hammuassisi ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan startaplar; 🟩Yevropa bozoriga chiqish yoki u yerdagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan jamoalar; 🟩amaldagi Shengen vizasiga ega nomzodlar. Slush — startap asoschilari, venchur investorlar va texnologiya ekotizimi vakillarini birlashtiradigan xalqaro tadbir. Konferensiya startaplar uchun yangi investitsiya va biznes aloqalarini o‘rnatish imkoniyatini yaratadi.
📍 Helsinki, Finlandiya 📅 18–19-noyabr, 2026-yil ⏳ Arizalar qabuli: 31-oktabr 🔗 Ariza topshirish @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

📰 #News: O‘zbekiston va jahon texnologiyalar olamida nimalar bo‘lyapti? Rubrikamizda startaplar, texnologiyalar va innovatsi
📰 #News: O‘zbekiston va jahon texnologiyalar olamida nimalar bo‘lyapti? Rubrikamizda startaplar, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi muhim yangiliklarni qisqa formatda jamlaymiz. 👇Bugungi dayjestda: 1. Bootcamp intensiv dasturi hududlararo start oldi 2. President Tech Award 2026: Incubation va Acceleration dasturlari boshlandi 3. Markaziy Osiyo startap hamjamiyati San-Fransiskoda uchrashadi 4. O‘zbekiston robototexnika bo‘yicha 185 davlat orasida mutlaq chempion bo‘ldi 5. President Tech Award 2026 tanlovining “Best Startup Project” yo‘nalishi bo‘yicha Mentoring & Bootcamp bosqichi muddatlari o‘zgartirildi 6. Bootcamp intensiv dasturining Customer Validation yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi 7. Gamedev Goethe boshlanmoqda 8. BEYOND Accelerator — Toshkentda mahsuloti va tasdiqlangan trekshnga ega startaplar uchun tashkil etilayotgan intensiv akseleratsiya dasturi 9. WIUT Hackathon 2026: 13 ta OTMdan 120 nafar talaba o‘z texnologik yechimlarini taqdim etdi 10. Agrobank bilan pilot loyihani ishga tushirish va $500 000 gacha investitsiya jalb qilish imkoniyati 11. Gonkong startaplari O‘zbekistondagi texnologiyalar bozori va biznes imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi 12. Bootcamp intensiv dasturining Go-to-Market yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi 13. 13-oktyabr kuni Nukus shahrida IT Park Uzbekistan va UzCombinator ko‘magida “G‘oyadan global startapgacha” mavzusida workshop bo‘lib o‘tdi 14. Digital Uzbekistan: Turkiya bozoriga chiqmoqchi bo‘lgan IT-kompaniyalar uchun Open Call 15. Alibaba Cloud: startapingiz uchun AI tokenlar va bulutli xizmatlar kreditlari 🚀 Texnologiyalar olami bir joyda turmaydi — keyingi #News sonida yana eng muhim yangiliklarni jamlaymiz. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

🇹🇷 Digital Uzbekistan: Turkiya bozoriga chiqmoqchi bo‘lgan startaplar uchun Open Call! Startapingizni Turkiya bozoriga olib
🇹🇷 Digital Uzbekistan: Turkiya bozoriga chiqmoqchi bo‘lgan startaplar uchun Open Call! Startapingizni Turkiya bozoriga olib chiqish, yangi mijozlar topish va investorlar bilan hamkorlik o‘rnatishni rejalashtiryapsizmi? 🟢 IT Park Uzbekistan noyabr oyida Istanbul shahrida Digital Uzbekistan – Turkiye tadbirini tashkil etadi va unda qatnashish uchun O‘zbekiston startaplaridan arizalar qabul qilmoqda. Tanlangan startaplar qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?
🟩O‘z mahsulotlarini Turkiyadagi potensial mijozlarga taqdim etadi; 🟩Investorlar, venchur fondlar va biznes farishtalar bilan aloqalar o‘rnatadi; 🟩IT-distribyutorlar, resellerlar, tizim integratorlari, MSP kompaniyalari, akseleratorlar va innovatsiya markazlari bilan uchrashadi; 🟩Turkiya bozoriga kirish strategiyasi (GTM), savdo va biznes hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganadi.
🤝 IT Park Uzbekistan tadbirni to‘liq tashkil etadi hamda tanlangan startaplarning mahsulotlariga mos B2B auditoriyani jalb qilish uchun maqsadli reklama va kommunikatsion yordam ko‘rsatadi. Asosiy talablar:
🟩Ishlaydigan mahsulot yoki MVP hamda ingliz tilidagi veb-sayt mavjud bo‘lishi; 🟩Dastlabki sotuvlar yoki mijozlar bilan kamida pilot loyihalar amalga oshirilgan bo‘lishi; 🟩Asoschi yoki hammuassis ingliz tilida erkin muloqot qila olishi. Tadbirga Turkiya bozoriga chiqishni rejalashtirayotgan yoki ushbu bozorda faoliyat yuritib, biznesini kengaytirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston startaplari ariza topshirishi mumkin.
📍 Istanbul, Turkiya 📅 25-noyabr 🕔 Dedlayn: 23-oktabr. Ariza topshirishga ulguring! 🔗 Ariza topshirish 🖥 Batafsil saytimizda @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

☁️ Startapingiz uchun AI tokenlar yoki bulutli xizmatlar kreditlari kerakmi? 🚀 Sun’iy intellektga asoslangan mahsulot yaraty
☁️ Startapingiz uchun AI tokenlar yoki bulutli xizmatlar kreditlari kerakmi? 🚀 Sun’iy intellektga asoslangan mahsulot yaratyapsiz yoki startapingizni kengaytirish uchun qo‘shimcha hisoblash resurslariga ehtiyojingiz bormi? IT Park Uzbekistan, Astana Hub va Khan Tengri Innovation Hub Alibaba Cloud bilan hamkorlikda O‘zbekiston startaplarining AI tokenlar va bulutli xizmatlar kreditlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganmoqda. ✍️ Agar startapingizga mahsulotni ishlab chiqish yoki kengaytirish uchun ushbu resurslar kerak bo‘lsa, qisqa so‘rovnomada qatnashing va qanday resurslarga ehtiyojingiz borligini ko‘rsating. ⏱ So‘rovnomani to‘ldirish uchun atigi 3–5 daqiqa vaqt ketadi.
⚠️ Muhim shartlar: 🔹Alibaba Cloud’da akkaunti mavjud kompaniyalar ushbu dastur doirasida kredit olish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi mumkin. 🔹Startaplar faqat bitta bulutli xizmatlar kredit dasturida ishtirok etishi mumkin. 🔹Alibaba Cloud’da mustaqil ro‘yxatdan o‘tmang! Bu dasturda qatnashish imkoniyatingizga ta’sir qilishi mumkin. 🔹Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishtirokingiz tasdiqlangandan keyingina taqdim etiladi.
So‘rovnoma natijalari asosida Alibaba Cloud startaplarning ehtiyojlarini baholaydi va ularni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. 🔗 So‘rovnomada qatnashish @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

⚡️ Bootcamp intensiv dasturining Go-to-Market yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! Mahsulotingizni bozorga olib chiqing,
⚡️ Bootcamp intensiv dasturining Go-to-Market yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! Mahsulotingizni bozorga olib chiqing, ilk mijozlarni jalb qiling va samarali sotuv strategiyasini shakllantiring! 🟢 IT Park Uzbekistan va Hackonnect hamkorligidagi bootcamp intensiv dasturi 6 ta yo‘nalishni qamrab oladi. Uning Go-to-Market yo‘nalishi uchun ro‘yxatdan o‘tish ochiq!
Ushbu yo‘nalishda: ⚫️ maqsadli bozorni aniqlash va mahsulotni pozitsiyalash; ⚫️ bozorga chiqish (Go-to-Market) strategiyasini ishlab chiqish; ⚫️ mijozlarni jalb qilishning samarali kanallarini tanlash; ⚫️ mahsulotni sotish va ilgari surish strategiyasini shakllantirishga e’tibor qaratiladi.
Qayerda va qachon? 🗓 22–24-oktabr, 2026 📍 Samarqand, Navoiy, Qarshi 🔗 Ro'yxatdan o'tish: Samarqand 🔗 Ro'yxatdan o'tish: Navoiy 🔗 Ro'yxatdan o'tish: Qarshi 🏳️ Mahsulotingizni bozorga olib chiqish sari navbatdagi qadamni qo‘ying — dasturga qo‘shiling! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

💡 «Lekin bunday startap allaqachon bor-ku…» Hozir qayerdadir bir founder shu fikr bilan noutbukini yopayotgan bo‘lishi mumki
+5
💡 «Lekin bunday startap allaqachon bor-ku…» Hozir qayerdadir bir founder shu fikr bilan noutbukini yopayotgan bo‘lishi mumkin. Vaholanki, MVP yaratishni boshlasa bo‘lardi 👀 Apple birinchi smartfonni yaratmagan. Spotify birinchi musiqa servisi bo‘lmagan. Facebook birinchi ijtimoiy tarmoq bo‘lmagan. Ammo bu ularga butun dunyo taniydigan kompaniyalarga aylanishga to‘sqinlik qilmagan.
🔼 Founder uchun «Mijozga qanday ko‘proq qiymat bera olamiz?» degan savol ko‘pincha «Buni kim birinchi o‘ylab topgan?» degan savoldan foydaliroq.
📚 G‘oyadan amaliy qadamga o‘tish uchun esa StartupBase.uz’ga kiring: kitoblar va startaplar tarixini o‘qing, boshqa founderlar tajribasidan o‘rganing hamda loyihangizni rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalaning. 🦄 Bugun siz boshqalarning muvaffaqiyat hikoyasini o‘qiyapsiz. Balki ertaga hamma sizning startapingiz haqida gapirar? @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

🌱 Agrobank bilan pilot loyihani ishga tushirish va $500 000 gacha investitsiya jalb qilish imkoniyati! Agrotech, Fintech, AI
🌱 Agrobank bilan pilot loyihani ishga tushirish va $500 000 gacha investitsiya jalb qilish imkoniyati! Agrotech, Fintech, AI yoki bank xizmatlari uchun innovatsion yechim ishlab chiqyapsizmi? 🟢 AI Station Agrobank va AgroVentures bilan hamkorlikda startaplar uchun 12 haftalik korporativ akseleratsiya dasturiga arizalar qabulini boshladi! Dastur doirasida ishtirokchilar:
🟩 Agrobank, uning korxonalari va portfel kompaniyalarida o‘z yechimlarini pilot loyihalar orqali sinovdan o‘tkazadi; 🟩 individual mentorlik hamda xalqaro va mintaqaviy ekspertlar bilan haftalik sessiyalarda qatnashadi; 🟩 Demo Day davomida AgroVentures fondi va hamkor investorlarga o‘z loyihalarini taqdim etadi; 🟩 dasturni muvaffaqiyatli yakunlagach, $500 000 gacha investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yo'nalishlar: 🟢 AgriTech 🟢 AI 🟢 FinTech 🟢 Deep Tech 🟢 logistika 🟢 Enterprise Tech 🟢GreenTech va boshqa texnologik yechimlar. Ishtirok bepul va startaplardan ulush talab qilinmaydi.
📌 Dasturga 20 tagacha startap saralab olinadi 🗓 Arizalar qabuli 9-noyabrgacha 🔗 Ariza topshirish 🚀 Yechimingizni biznes muhitida sinab ko‘rish va investorlar bilan ishlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

📖 #StartupDictionary Unit Economics 📝 Oldingi sonimizda Traction — startapning bozordagi natijalari va o‘sishini ko‘rsatuvc
📖 #StartupDictionary Unit Economics 📝 Oldingi sonimizda Traction — startapning bozordagi natijalari va o‘sishini ko‘rsatuvchi dalillar haqida gaplashgan edik. Mahsulotga talab bor, foydalanuvchilar soni oshmoqda, dastlabki savdolar amalga oshirildi. 🤔 Ammo o‘sish har doim ham foyda keltiradimi? ❓ “Are your unit economics sustainable?” Ya’ni, har bir mijozni jalb qilish va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlari startapga keltirayotgan daromadga qanchalik mos?
Unit Economics — biznesning bitta mijoz, mahsulot yoki tranzaksiya darajasidagi daromad va xarajatlarini tahlil qilish usuli. Unit Economics orqali nimalarni aniqlash mumkin? 🟢 CAC (Customer Acquisition Cost) — bitta mijozni jalb qilish xarajati; 🟢 LTV (Lifetime Value) — mijoz butun hamkorlik davomida keltiradigan qiymat; 🟢 Contribution Margin — tushumdan o‘zgaruvchan xarajatlar ayrilgandan keyin qoladigan mablag‘; 🟢 Payback Period — mijozni jalb qilish xarajatlarini qoplash muddati. Masalan: Startap bitta mijozni jalb qilish uchun 100,000 so‘m sarflaydi. Mijoz esa xizmatdan foydalanish davomida 500,000 so‘m tushum keltiradi. Bu ijobiy ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin. Biroq biznesning haqiqiy samaradorligini baholash uchun mijozga xizmat ko‘rsatish va boshqa xarajatlarni ham hisoblash kerak.
🚀 Esda tuting: Traction startapingiz qanchalik o‘sayotganini ko‘rsatsa, Unit Economics bu o‘sish iqtisodiy jihatdan qanchalik samarali ekanini tushunishga yordam beradi. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

📣 BEYOND Accelerator: mahsulot va daromaddan — investitsiya va masshtablashgacha Startapingizga investitsiya jalb qilish va
📣 BEYOND Accelerator: mahsulot va daromaddan — investitsiya va masshtablashgacha Startapingizga investitsiya jalb qilish va yangi bozorlarga chiqishni rejalashtiryapsizmi? 🟢 BEYOND Accelerator — Toshkentda mahsuloti va tasdiqlangan trekshnga ega startaplar uchun tashkil etilayotgan intensiv akseleratsiya dasturi. Dastur Buyuk Britaniya hukumatining UK International Development dasturi va Shveytsariya hukumati tomonidan United Ventures bilan hamkorlikda moliyalashtirilgan. Dastur davomida ishtirokchilar:
🟣 sun’iy intellekt yordamida mahsulot va biznes jarayonlarini takomillashtiradi; 🟣 moliyaviy model va Data Room tayyorlash orqali investitsiya jalb qilishga hozirlik ko‘radi; 🟣 venchur fondlar va biznes angel'lar bilan bevosita aloqalar o‘rnatadi; 🟣 tajribali trekerlardan individual mentorlik oladi; 🟣 korporativ hamkorlar va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini o‘rganadi. 👤 Dastur bosh trekeri — Bota Mussa, Bilimber asoschisi va CEO’si, 500 Global, Antler va Entrepreneur First dasturlari bitiruvchisi. 300 + loyiha bilan ishlagan va 10 000 + mentorlik tajribasiga ega. 🗣 Dastur tili: rus va ingliz 📌 Kimlar uchun? Ishlaydigan MVP va tasdiqlangan trekshnga ega Pre-Seed va Seed bosqichidagi startaplar.
📍 Manzil: Toshkent 🗓 Arizalar qabuli 20-oktabrgacha 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish 🚀 Investitsiya jalb qilishga tayyorgarlikni bugundan boshlang! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

🎮 O‘zbekistonda yaratilgan 30+ o‘yinni bir joyda sinab ko‘rishga tayyormisiz? Mahalliy geymdev jamoalari qanday o‘yinlar yar
🎮 O‘zbekistonda yaratilgan 30+ o‘yinni bir joyda sinab ko‘rishga tayyormisiz? Mahalliy geymdev jamoalari qanday o‘yinlar yaratmoqda? 🟢 Bir necha oy davomida o‘z loyihalari ustida ishlagan o‘zbekistonlik o‘yin ishlab chiquvchilar o‘z mahsulotlarini keng auditoriyaga taqdim etadi! Tadbir davomida siz:
🟩 mahalliy dasturchilar yaratgan 30 dan ortiq o‘yinni sinab ko‘rishingiz; 🟩 o‘yin stendlaridagi topshiriqlarni bajarib, sovg‘alar yutib olishingiz; 🟩 “Tomoshabinlar tanlovi” nominatsiyasida sevimli o‘yiningizga ovoz berishingiz; 🟩 musiqa va videoo‘yinlar bo‘yicha sovrinli viktorinalarda qatnashishingiz mumkin.
🤝 Shuningdek, o‘yinlar ortidagi jamoalar bilan tanishish, tajriba almashish va mahalliy GameDev hamjamiyati bilan yangi aloqalar o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 🗓 17-oktabr | 15:00–20:00 📍 Gyote instituti, Toshkent 🎟 Barcha uchun kirish ochiq 🚀 Mahalliy geymdev olamini kashf eting va o‘zingizga yoqqan o‘yinni birinchilardan bo‘lib sinab ko‘ring! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

⚡️ Bootcamp intensiv dasturining Customer Validation yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! Mijozlaringizni ehtiyojini o‘r
⚡️ Bootcamp intensiv dasturining Customer Validation yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! Mijozlaringizni ehtiyojini o‘rganing va yechimingizga talabni tekshiring! 🟢 IT Park Uzbekistan va Hackonnect hamkorligidagi bootcamp intensiv dasturi 6 ta yo‘nalishni qamrab oladi. Uning ilk qismi — Customer Validation uchun ro‘yxatdan o‘tish ochiq!
Ushbu yo‘nalishda: 🔵 maqsadli mijozlaringizni aniqlash; 🔵 ularning muammolari va ehtiyojlarini o‘rganish; 🔵 mahsulotingiz haqidagi taxminlarni tekshirish; 🔵 mijozlar fikri asosida keyingi qadamlarni belgilashga e’tibor qaratiladi.
Qayerda va qachon? 🗓 16–17-oktabr, 2026 📍 Samarqand, Navoiy, Qarshi 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish 🗓 27–28-noyabr, 2026 📍Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish 🗓 15–16-yanvar, 2027 📍Jizzax, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish 🏳️ Startapingizni mijozlaringizni yaxshiroq tushunishdan rivojlantiring — dasturga qo‘shiling! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

⚡️ President Tech Award 2026: “Best Startup Project” yo‘nalishi bo‘yicha muhim yangilik! 🏆 President Tech Award 2026 tanlovi
⚡️ President Tech Award 2026: “Best Startup Project” yo‘nalishi bo‘yicha muhim yangilik! 🏆 President Tech Award 2026 tanlovining 500 Global operatorligida amalga oshirilayotgan “Best Startup Project” yo‘nalishi bo‘yicha Mentoring & Bootcamp bosqichi muddatlari o‘zgartirildi! Tashkiliy qo‘mitaning 9-sonli bayoniga muvofiq, ushbu bosqich 10–17-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 💡 Mentoring & Bootcamp bosqichida ishtirokchilar: 🔵 tajribali mentorlar bilan ishlash; 🔵 loyihalarini takomillashtirish va rivojlantirish; 🔵 ekspertlardan amaliy tavsiyalar olish; 🔵 yakuniy taqdimotlarga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🚀 Barcha ishtirokchilardan yangilangan sanalarni inobatga olishlarini va navbatdagi bosqichga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘raymiz. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

🇺🇿 O‘zbekiston robototexnika bo‘yicha 185 davlat orasida mutlaq chempion bo‘ldi! 7–10-oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijaga erishdi! 🌍 Dunyoning 185 davlati orasida jamoamiz 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, mutlaq chempion bo‘ldi! 🏆 Chempionatdagi natijalar:
🟩 3 ta oltin medal; 🟩 16 ta o‘yinda 16 ta g‘alaba; 🟩 637 ball bilan musobaqa rekordi; 🟩 umumiy reytingda 1-o‘rin.
Ushbu yutuq O‘zbekiston yoshlarining robototexnika, muhandislik va ilg‘or texnologiyalar sohasidagi salohiyatini xalqaro maydonda yana bir bor namoyon etdi. 🚀 Chempionlarimizni tabriklaymiz! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

🇺🇸 Markaziy Osiyo startap hamjamiyati San-Fransiskoda uchrashadi! 🟢 IT Park Uzbekistan va Yoshlar Ventures, Powell House b
🇺🇸 Markaziy Osiyo startap hamjamiyati San-Fransiskoda uchrashadi! 🟢 IT Park Uzbekistan va Yoshlar Ventures, Powell House bilan hamkorlikda, San-Fransiskodagi Markaziy Osiyo founderlari, talabalari va investorlarini meetup’ga taklif qiladi! 🤝 Uchrashuv — yangi aloqalar o‘rnatish, tajriba almashish va xalqaro startap hamjamiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati.
IT Park Uzbekistan va Yoshlar Ventures hamkorligi O‘zbekiston startap ekotizimi bilan San-Fransiskodagi founder va investorlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. 💼 Yoshlar Ventures — O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi $20 millionlik venchur fond bo‘lib, yaqinda San-Fransiskoda o‘z ofisini ochdi. Hamkor Powell House hamjamiyatida Y Combinator va a16z Speedrun dasturlariga qabul qilingan 10 ta kompaniya bor.
🗓 16 Octabr, 17:00 (UTC-7) 📍 San-Fransisko 👥 Meetup 90 nafargacha ishtirokchini birlashtiradi. Joylar soni cheklangan — ro'yxatdan o'tishga ulgurib qoling! 🔗 Ro'yxatdan o'tish 🚀 San-Fransiskoda yangi tanishuvlar va hamkorliklar uchun ko‘rishamiz! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

⚡️ Startapingizni uchun noyob imkoniyat: bootcamp intensiv dasturi boshlanmoqda! Mijoz, mahsulot, AI, investitsiya va eksport
⚡️ Startapingizni uchun noyob imkoniyat: bootcamp intensiv dasturi boshlanmoqda! Mijoz, mahsulot, AI, investitsiya va eksport — startapingizni rivojlantirishga tayyormisiz? 🟢 IT Park Uzbekistan va Hackonnect hamkorligida hududlardagi startaplar uchun bootcamp intensiv dasturi tashkil etiladi! 👉 Dastur 6 ta yo‘nalishni qamrab oladi: 🔵 Customer Validation 🔵 Go-to-market 🔵 Product & Unit Economics 🔵 Scale & Capital 🔵 AI Module 🔵 Export 🤔 Bootcamp’lar yo‘nalishlar bo‘yicha qayerda va qachon bo‘lib o‘tadi?
Customer Validation 🗓 16–17-oktabr 📍 Samarqand, Navoiy, Qarshi 🗓 27–28-noyabr 📍 Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo 🗓 15–16-yanvar 📍 Jizzax, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona Go-to-market 🗓 22–24-oktabr 📍 Samarqand, Navoiy, Qarshi 🗓 3–5-dekabr 📍 Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo 🗓 21–23-yanvar 📍 Jizzax, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona Product & Unit Economics 🗓 29–31-oktabr 📍 Samarqand, Navoiy, Qarshi 🗓 10–12-dekabr 📍 Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo 🗓 28–30-yanvar 📍 Jizzax, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona Scale & Capital 🗓 5–7-noyabr 📍 Samarqand, Navoiy, Qarshi 🗓 17–19-dekabr 📍 Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo 🗓 4–6-fevral 📍 Jizzax, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona AI Module 🗓 12–14-noyabr 📍 Samarqand, Navoiy, Qarshi 🗓 24–26-dekabr 📍 Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo 🗓 11–13-fevral 📍 Jizzax, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona Export 🗓 19–21-noyab 📍 Samarqand, Navoiy, Qarshi 🗓 7–9-yanvar 📍 Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo 🗓 18–20-fevral 📍 Jizzax, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona Jadvalga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin* Bu haqda qo‘shimcha xabar beramiz. Har bir bootcamp uchun ro‘yxatdan o‘tish alohida amalga oshiriladi**
📲 Tez orada har bir yo‘nalish haqida batafsil ma’lumot beramiz. 🏳️ StartupBase’ni kuzatib boring! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

🇺🇸 15 ta o‘zbek startapi — AQSh bozori sari IT Park Uzbekistan ko‘magida o‘zbek startaplari Alchemist Silkroad, Draper Univ
+4
🇺🇸 15 ta o‘zbek startapi — AQSh bozori sari IT Park Uzbekistan ko‘magida o‘zbek startaplari Alchemist Silkroad, Draper University Hero Training, TechCrunch Disrupt va Go Abroad doirasida AQShdagi dastur va tadbirlarda ishtirok etmoqda yoki qatnashishga tayyorlanmoqda. Jamoalar AQSh bozorini o‘rganish, savdoni rivojlantirish, mentorlar bilan ishlash hamda potensial mijozlar va investorlar bilan aloqalar o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 👉 Qaysi startaplar qaysi dasturda qatnashadi? Karuselda tanishing. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website