Odilxon Orifjonov blogi
Open in Telegram
Shaxsiy qarashlar, fikrlar, xulosalar. Mavzular: tarjimonlik, siyosatshunoslik, falsafa, umumiy gumanitar soha. Ilmiysifat maqolalar: @ufq_horizon Kitoblar: @odilxonslibraryy Ichkari xona: https://t.me/+_CEAT_UDG_g3NmUy
Show more229
Subscribers
No data24 hours
-17 days
+130 days
Posts Archive
PIR dan yana bir ajoyib kitob: Labirint.
G'arb va Sharq ziddiyatlari chiroyli ko'rinishda ochib berilgan. Ushbu kitobga musahhih o'laroq mehnatim qo'shilganidan benihoya mamnunman.
Repost from Lingvist Iroda Azimova
https://youtu.be/7ZYl4IIPX5M?si=MvpCmRTXrd8lWYL7
Bu videoni ancha avval ko‘rgandim. Bayramga juda mos tuyuldi. O‘n bir yoshli qizning qo‘shiq muallifi oldida qoyillatib ijro etgani, muallifning o‘zi bek-vokal bo‘lib jo‘r bo‘lgani qanaqadir fayzli chiqqan.
Vatandoshlarim, shu yurtda hammamiz tinch-farovon, go‘zal hayot kechiraylik. Vatanimiz har tomonlama rivoj topsin.
@psixolingvist
Srebrenitsada musulmonlarni qirgan Radko Mladich o'lgani haqida eshitgandirsizlar. Aslida Srebrenitsada nima bo'lgani to'g'risida bir necha yil oldin material qilgandim, qiziq bo'lsa:
https://telegra.ph/Srebrenica-%D2%9Bir%D2%93ini-07-11
Loyihani uyqudan uyg'otib katta kuch bilan faoliyatni qaytarmoqchimiz. Qo'llavoringlar endi yaqinlar)
Repost from Mitti Ko'prik
1000KITOBда янги жамоа!
Лойиҳанинг иш услуби ўзгараётгани менга маъқул бўлди: кўпроқ очиқлик ва шаффофлик, жамоатчилик билан мулоқот қилишга, муҳокама ва ҳатто танқидга тайёрлик, қолаверса, китобхонларнинг ўзига ҳам ўзбек тилига таржима қилиниши керак бўлган мавзулар ва китобларни таклиф қилиш имконияти берилаётгани қувонарли ҳол.
Жамшид Жавлон ва 1000KITOBнинг янги жамоасини илк ютуқлари билан чин дилдан табриклайман!
Келгусидаги режалар орасида болалар учун китоблар ҳамда ҳайвонлар ҳуқуқлари ва уларни ҳимоя қилишга бағишланган китоблар борлигини кўриб, хурсанд бўлдим. Шу билан бирга, янада адолатли, очиқ ва яхшироқ жамият барпо этишга хизмат қиладиган инсон ҳуқуқлари, чинакам сўз эркинлиги, тинч йиғинлар ва намойишлар ўтказиш эркинлиги, суд мустақиллиги, коррупция ва қариндош-уруғчилик, ногиронлиги бўлган инсонлар ҳуқуқлари, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш, ҳақиқий сиёсий плюрализм ва эркин фаолият юритадиган сиёсий мухолифат каби мавзулардаги китоблар ҳам жуда зарур.
Шунингдек, хорижлик эксперт, журналист ва тадқиқотчилар Ўзбекистон ҳақида қандай фикрда эканини ҳам билишимиз керак. Баъзан ташқи нигоҳ биз кўрмаган ёки кўришни истамаган жиҳатларни кўрсатиши мумкин.
Масалан, Жоанна Лиллиснинг Silk Mirage («Ипак сароб») ёки поляк журналисти Агнешка Пикулицка-Вильчевсканинг Nowy Uzbekistan («Янги Ўзбекистон») каби китоблари ҳам ўзбек китобхонларида қизиқиш уйғотиши ва мамлакатимиз тарихи, сиёсати ҳамда жамиятдаги мураккаб жараёнларга ташқи нуқтаи назардан қараш имконини бериши мумкин. Албатта, бу китоблардаги ҳар бир фикрга қўшилиш шарт эмас. Лекин уларни ўқиш, баҳслашиш ва ўз нуқтаи назаримизни шакллантириш муҳим.
Яна бир масала: лойиҳадаги айрим китоблар махсус мавзуларга бағишланган ёки нисбатан тор китобхонлар доирасига мўлжалланган. Китобларнинг тиражи ҳам катта эмас ва улар мамлакатдаги кутубхоналарнинг фақат маълум қисмига етиб боради, холос.
Тайёр таржима қилинган китобларни кейинчалик маҳаллий нашриётларга бепул таклиф қилиш ғояси ҳар доим ҳам кутилган даражада иш бермаслиги мумкин. Чунки нашриёт учун китобнинг сотилиши, унга бўлган талаб ва иқтисодий самарадорлик ҳам муҳим.
Ўзи китобларнинг ҳақиқий ҳаёти улар босмахонадан чиққан куни эмас, балки китобхонлар қўлига етиб, улар атрофида суҳбат ва баҳс бошланганида бошланади. Шунинг учун 1000KITOB доирасида мамлакат бўйлаб мунтазам китоб тақдимотлари, очиқ мулоқотлар, давра суҳбатлари ва китоб муҳокамаларини йўлга қўйиш, эҳтимол, яхши натижа беради. Тошкентдагина эмас, вилоятлар, шаҳарлар ва туманларда ҳам.
Асосийси, фақат «Нечта китоб таржима қилинди?» деган савол билан чекланмаслигимиз керак. «Бу китобларни ким ўқияпти?», «Улар қандай фикр ва баҳсларни уйғотяпти?», «Китобхон улардан ўзи учун нимани кашф қилди?» деган саволлар бўлсин. Китоблар бизни ўйлашга, «Нима учун?» деган саволни беришга, маданиятли баҳслашишга, кучлироқ инсон ва яхшироқ жамият бўлишга ундайди ахир.
Янги жамоа учун олдиндаги йўл узоқ, аммо дастлабки қадамлар умидбахш. Изланишдан, муҳокама қилишдан ва янги ғояларни синаб кўришдан тўхтаманг, дейман.
Энг муҳими – дадил бўлинг!
Xayriddin Sulton bojxona xodimlarini bir so'z bilan bojgirlar deb ketgan ekan. Ha, o'zini oqlaydigan adabiy jasorat ajoyib narsa!)
Azizullo Yoqubjonov tarjima qilgan "Affirmativ harakatlar imperiyasi"ni ko'ryapman. Yaxshi ish)
O'rinli topilmalar:
Nation builders – millat bunyodkorlari
Peoples/nationalities – elatlar
Despot – mustabid
Merger – qorishuv
Bular bir o'qishda tabiiy ekvivalent ko'ringani bilan, tarjima paytida aynan shu so'zlarni topib ishlatish alohida yondashuv, e'tibor talab qiladi.
Qodir Mirmuhamedov katta mutaxassisda baribir. Odisseya kitobi tarjimasini juda zo'r qilgan ekan
Repost from Jalilov. Qaydlar
Rumiy va Rabgʻuziy Oʻzbekistonda ruxsatsiz tarqatish mumkin boʻlmagan adabiyotlarmi? Navoiy-chi?
Kitob savdosi bilan shugʻullanuvchi doʻkonlar (bularning orasida kitob nashri va savdosiga ixtisoslashgan yirik tarmoqlar ham bor) bir qiziq - va absurd - holatdan shikoyat qilishmoqda. Ularning aytishicha, kitob doʻkonlarini vaqti-vaqti bilan maxsus tekshiruvchilar tekshirib, ozgina diniy mazmundagi (yoki shunga yaqin) gap chiqqan har qanday kitobni "diniy mazmundagi adabiyot" deb musodara qilishar va doʻkonga katta jarima qoʻllashar ekan. Vaziyatning absurdligini koʻrsatish maqsadida kitoblar savdosi bilan shugʻullanuvchi bir doʻkonlari tarmogʻi yaqinda uning doʻkonidan Rumiy kitoblari olib chiqib ketilganini misol sifatida keltirdi. Yana ikki yirik doʻkonlar tarmoqlari ta'sischilari ham bunday vaziyatga - jarimalar va kitoblarning olib chiqib ketilishiga bir necha bor tushganini aytishdi. Kitob savdosi bilan shugʻullanuvchilarning soʻzlariga koʻra, bunday holatlar muntazam roʻy beradi va doʻkonlar muntazam ravishda 20, 50 BHM baravarida jarima toʻlashga majbur boʻlishmoqda.
Suhbatdoshlarning soʻzlariga koʻra, tekshiruvchilar Vazirlar Mahkamasi 180-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 2-bandidagi "diniy mazmundagi materiallar" taʼrifini asos qilib olishmoqda ekan. Ularning aytishicha, bu hujjatda keltirilgan ta'rif umuman diniy mazmunda boʻlmagan kitobda ham bir necha qator diniy fikr keltirilishi - masalan, ilmiy adabiyotda koʻtarilgan masalaga ulamolar yoki cherkovning munosabatini koʻrsatuvchi jumlalar mavjudligi - tekshiruvchilar uchun kitobni "diniy mazmundagi material" deb tamgʻalashga yetarli boʻlmoqda. (Afsuski, oʻziga yoki biznesiga bosim xavotiri tufayli koʻp kitob doʻkonlari ta'sischilari muammo borligini va oʻzlari unga muntazam duch kelishayotganini ta'kidlashsa-da, shaxslarini ochiqlashni istashmadi).
Vaziyatning absurdligini tushunish uchun yuqoridagi "diniy mazmundagi material" deb musodara qilingan kitobga eʼtibor bering. Rumiy - butun dunyo tan olgan va koʻp davlatlarda maktab darsliklariga kirgan mutafakkir. Yoki Navoiy "Xamsa"sini ochib qarang - har bir doston hamd va naʼt bilan boshlangan. "Xamsa"ning sovet davridagi nashrlarida bu boblar kesilar edi - hozir nima qilamiz: Navoiyni "qaychilaymiz"mi yoki biratoʻla taqiqlab qoʻya qolamizmi? Balki, Rabgʻuziy, Yugnakiy, Yassaviy, Mashrab va umuman, 10 asrlik turkiy / oʻzbek mumtoz adabiyotini ham chiqarib sotishga ruxsat kerakdir - axir, deyarli butun mumtoz adabiyotimiz soʻfiylik gʻoyalari va ramzlari ustiga qurilgan-ku?
Yoki bir paytlar bestseller boʻlgan "Shaytanat"ni olaylik - koʻp boblarida muallif qahramonlar hayotining notoʻgʻri izga ketayotganini koʻrsatishda oyatlarga murojaat qiladi - shunda mohiyatan kriminal detektiv va fantastika qorishmasi boʻlgan "Shaytanat" ham "diniy mazmundagi adabiyot" boʻlib qoladimi?
Umuman, agar xohish boʻlsa, istalgan adabiyotni "diniy mazmundagi adabiyot" deb eʼlon qilish mumkin. Masalan, qadimgi yunon miflarini. Chunki biz hozir mif sifatida qabul qiladigan bitiklar qadimgi yunonlarning dini boʻlgan, ular Zevsga, Afinaga va miflarda tasvirlangan boshqa maʼbudlarga ishonishgan, ular uchun ehromlar barpo etishgan, marosimlar oʻtkazishgan. Shunday ekan, kitob doʻkonlaridan oʻzbek va adabiyotining deyapti barcha nodir namunalarini yigʻishtirib olib ketishga toʻgʻri keladi.
Bu absurd holatning tagidagi maqsad nimaligi ham tushunarsiz. "Kitobxonlikni rivojlantirish" haqida davlat siyosati darajasida gapirilayotgan bir paytda kitob doʻkonlariga jarima solish hisobidan gʻaznani toʻldirishmi? Yoki boshqa maqsad bormi?
Mavjud vaziyat noshirlik faoliyatiga ham ta'sir koʻrsatmoqda: diniy mazmunda boʻlmagan koʻp ilmiy, ilmiy-ommabop kitoblar oʻzbek tiliga tarjima va chop qilinmasdan qolib ketmoqda, Masalan, San Diyego Universiteti professori Ahmet Kuru yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda oʻzining "Islom, avtoritarizm va rivojlanishdan ortda qolish: global va tarixiy qiyos" nomli ingliz tilida yozilgan va koʻp tillarga tarjima qilingan ilmiy-tarixiy monografiyasining oʻzbekcha tarjimasi "diniy mazmundagi adabiyot" vaji bilan chiqmay qolayotganini aytib chiqqan edi.
Kitob savdosi va noshirlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarning aksariyati yakdil fikrda: "diniy mazmundagi adabiyot / material" degan tushunchaga aniq-tiniq, "inclusive" (xohish boʻlsa, istagan materialni kiritsa boʻladigan) emas, "exclusive" (aynan diniy adabiyotning boshqa turdagi adabiyotdan farqli belgilarini koʻrsatadigan) taʼrif berilishi kerak. Istalgan tekshiruvchida istalgan kitobini "diniy mazmundagi material" deb tamgʻalash imkoni bolmasligi kerak. (Bunday tekshiruvlarning qay darajada qonuniyligi - alohida masala). Aks holda, kitob sohasidagi tadbirkorlar qayerda "portlashi"ni oldindan aytib boʻlmaydigan "minali maydon"da yurganday yurishadi - koʻp yaxshi kitoblar chiqmay qolaveradi, chiqsa ham istalgan kitobi uchun jazo olishi mumkin. Bunday sharoitda qanday qilib kitobxonlikni rivojlantirish haqida, kitobxon, fikrlovchi millat haqida gapirish mumkin?
