cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Pedagoglar uchun !!!

Qashqadaryo viloyati pedagoglari !!! Biz bilan bog`lanish uchun @Pedagoglardanbot ga murojaat qilishingiz mumkin

Show more
Advertising posts
1 534
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from bakiroo
"Стакан бўм-бўш" Математика, ўқиш ва табиий-илмий саводхонлик бўйича кўрсаткичларни аниқлаш халқаро баҳолаш дастурида (PISA) қатнашган Ўзбекистон ўқувчилари энг ёмон ўнталикдан жой олди. Гарчи масалан, Таълим вазирлиги стаканнинг "ярми тўла" қабилида, танқидчилар стаканнинг "ярми бўш" талқинида муносабат билдиришган бўлсада, шахсан мен стаканнинг бўм-бўш эканини қайд этмоқчиман. Асосийси, стаканнинг бўм-бўшлигини ҳамма биларди, у шунчаки яна бир бор тасдиқланди, шу маънода менга Беҳзод Ҳошимовнинг узоқ истиқболга нисбатан оптимистлиги кўпроқ маъқул келди. Бўм-бўш стаканни тўлдириш доим осонроқ бўлади. Ва менга баҳолаш дастурининг мана бу хулосаси умид қолдиради: "Ота-оналарнинг фарзанди таълим олишида иштирок этиши, фарзандларининг билим олишига қизиқиши болаларнинг ўқув фаолиятига ижобий таъсир кўрсатади".
Show all...
Repost from Ta'lim nazorati
Maktab o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalari onlayn diagnostikadan o‘tkaziladi 2023-yilning 4-15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari onlayn diagnostikadan o‘tkaziladi. Bunda o‘qituvchilar o‘zlariga qulay joy va belgilangan vaqtda diagnostikaga doir topshiriqlarni onlinedu.uz platformasi orqali bajarishlari mumkin bo'ladi. Diagnostikada pedagog kadrlarning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi hamda pedagogik mahorati test topshiriqlari asosida sinovdan o‘tkaziladi. Diagnostika natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlari aniqlanadi. O‘qituvchilar tabaqalashgan taʼlim dasturlari asosida kasbiy ehtiyojiga mos malaka oshirish kurslariga jalb etiladi. Tabaqalashgan taʼlim dasturlarida malaka oshirish kurslarining mazmuni o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. 2024-yildan boshlab, yuqori natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar onlayn (masofaviy) taʼlim shaklidagi malaka oshirish kurslariga jalb etiladi, past natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar offlayn (anʼanaviy) shakldagi malaka oshirish kurslariga yuboriladi. Qayd etish joizki, diagnostika jarayonlari kasbiy ehtiyojlarni aniqlashga qaratilgan bo‘lib, uning natijalari o‘qituvchilarning mehnat faoliyatiga hech qanday huquqiy va moliyaviy taʼsir ko‘rsatmaydi. Quyida fanlar kesimida o‘qituvchilarning diagnostikadan o‘tish reja-jadvali bilan tanishishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show all...

👍 3
• Ўзингиз кола ичаркансиз, болага айрон берасиз. Боланинг наздида "айрон" жазо бўлиб кўринади. • Ўзингиз телевизор кўраркансиз, болага китоб ўқи дейсиз. Боланинг наздида "китоб" жазо бўлиб кўринади. • Ўзингиз телефондан кўз узмай, соатлаб интернетда ўтираркансиз, болани мажбурлаб ётоғига жўнатасиз, боланинг наздида "уйқу" жазо бўлиб кўринади. • Ўзингиз дўстларингиз (дугоналарингиз) билан мазза қилиб вақт ўтказаркансиз, боладан дарсларини бажаришни талаб қиласиз. Боланинг наздида "дарс" жазо бўлиб кўринади. • Энг гўзал, таъсирли даъват - яшаб, кўрсатиб берилганидир
Show all...
👍 10
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari muddatlari e`lon qilingan edi. Joriy yilning 21-22-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan sinovlarda ishtirok etish uchun 7-oktabrga qadar ro‘yxatdan o‘tish mumkin. (To‘lov qilish 8-oktabrga qadar) Oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida har bir bo‘lim uchun alohida vaqt belgilanadi va test materiallari alohida tarqatiladi. 👉 Ro‘yxatdan o‘tish 👉 Test sinovlari formati 👉 Test namunlari 👉 Gapirish ko‘nikmasi 👉 Yoshi ko‘nikmasi
Show all...
👍 1
Repost from Ta'lim nazorati
⚡️ Markaziy bank bakalavriat va magistratura talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini e’lon qiladi 🔸Mazkur tanlovda bank ishi, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, moliya va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ta’lim muassasalarida bakalavriat (kunduzgi o‘qish shakli) so‘nggi bosqichida hamda magistratura yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar tanlov asosida ishtirok etadi. 🔘Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti; 🔘Toshkent shahridagi Vebster universiteti; 🔘Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti; 🔘Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti; 🔘Toshkent moliya instituti; 🔘Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti; 🔘Toshkent shahridagi INXA universiteti; 🔘Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti. Stipendiatlarga qo‘yiladigan talablar:👇 🔘o‘quv jarayonida (so‘nggi o‘quv yili natijalariga ko‘ra) yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi (86% dan yuqori); 🔘davlat tilini mukammal bilishi; 🔘xorijiy tillarni (rus va ingliz) bilishi, eng kamida V2 darajasida. Qo‘shimcha ustunlik beriladi:👇 🔘ASSA va boshqa xalqaro sertifikatlar; 🔘Python (numpy, pandas, matplotlib) dasturlash tilida ishlay olishi; 🔘Data parsing (beautiful soup, selenium) dasturida ishlay olishi; 🔘Power BI, Qlik platformalarida ishlay olishi; 🔘IELTS 7.0 darajasi; 🔘sohaga oid xalqaro yoki respublika olimpiadasi g‘olibi yoki sovrindorlari. ❗️Hujjatlar joriy yil 13 sentyabrga qadar qabul qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni OTMning rektorati orqali olishingiz mumkin. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Show all...
👍 1
Repost from Alisher Sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
Shu yilning 25-sentabr – 1-oktabr kunlari “WeekieHogwarts” oromgohi tashkil etiladi. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “WikiStipendiya” loyihasining “WeekieHogwarts” oromgohida qatnashish orqali siz bir qator imkoniyatlarni qo‘lga kiritishingiz mumkin. Jumladan: ✓ zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni bepul o‘rganish imkoni; ✓ hech qanday to‘lovlarsiz IELTS imtihonini topshirish; ✓ OTMlar uchun to‘lov summasini davlat tomonidan qoplab berilishi kabilar. Bundan tashqari, loyiha g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishadi. Ishtirok etishni xohlovchilar batafsil ma’lumotni shu yerdan olishlari mumkin. @alisher_sadullaev
Show all...
👍 1
00:29
Video unavailableShow in Telegram
Barcha o’qituvchi-pedagoglar va ularning farzandlari diqqatiga ! QARSHI XALQARO UNIVERSITETI Respublikamizda ta’lim sifatini yuqori bosqichga olib chiqish va o’qituvchi-pedagoglarimizning qadr-qimmatini oshirish maqsadida o’qituvchilar va ularning farzandlari uchun kontrakt miqdoridan 1 mln so’mlik chegirma e’lon qiladi ! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 🌐Web sayt 🧑‍💻Telegram 📸Instagram 🖼Facebook 📺You Tube 📹Tik tok
Show all...
Repost from HR Mahalla
Photo unavailableShow in Telegram
Бундан 1-2 хафта олдин "HR" бўйича ўзбек тилида яхши китоб ёки қўлланма йўқ деган эдим. Бугун эса Тошкент Давлат Иқтисодиёт Университетига Гулнора Абдурахмонова томонидан ёзилган "Инсон ресурсларини бошқариш" китобини 2-нашри тақдимотига таклиф этилдим. Яхши теоритиклар йиғилган ушбу тадбирда камина хам сўзга чиқиб ўз фикримни билдирдим. "HR" бўйича яхши амалий материаллар йўқ жойда, ўзбек тилида бу китобни чиқиши одамни хурсанд қилади. Амалий кейслар ҳам келтириб ўтилган ушбу китобни ўқишни тавсия қилардим, баъзи "кучайиб кетган" HR ларга хам. Фиклар аниқ ва яхши визуал эффектлардан фойдаланиб ёзилган. Китобни тўлиқ ўқиб чиқиб олай постчаларда бўлишиб тураман... Қисқа қилиб айтганда ушбу йўналиш фан сифатида ривожланаётганидан хурсандман. Университетида назарияни тушунган ёшлар амалиётга мослашиб кетиши ёки бошқача қилиб айтганда "яшаб қолиши" осонроқ кечади. Ўзбек тилида эканлиги кайф берди менга p.s. Назария ва амалиёт тўқнашган жойда профессионаллик бўлади. @HRmahalla
Show all...
🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin! Mustaqillik — eng ulugʻ neʼmat, yurtimizga imkoniyatlar eshigi ochilgan kun. Tinchlik, osoyishtalik hukm surayotgan yurtda insonlar oʻzlarini xotirjam his qiladilar hamda ular barcha kuch va imkoniyatlaridan foydalanib yurt ravnaqi uchun hissa qoʻshadilar. 🇺🇿 Bugun erkimiz, ozodligimiz oʻz qoʻlimizga oʻtganiga 32 yil boʻldi. Aynan mana shu ayyom bilan Ilm-u ziyo akademiyasi barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi! ❇️ "Ilm-u Ziyo" rasmiy sahifalari: 💬Telegram |📹 Instagram | 📹YouTube
Show all...
1
Show all...
Ingliz tili o‘qituvchisi 16, informatika o‘qituvchisi esa 14 mln: Qashqadaryoda 1000 dollardan ko‘p maosh olayotgan o‘qituvchilar bor

O‘zbekistonda 10 million so‘mdan yuqori maosh oluvchi o‘qituvchilar ming nafardan oshdi