en
Feedback
Umar Sadullayev

Umar Sadullayev

Closed channel
558
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Insonlarga qiladigan muomalangizga bir qarang, Alloh sizga shunday muomala qilishini endi tasavvur qiling. Qo’rqib ketmadingizmi?

Repost from Xushnudbek.uz
Hayit namozi vaqtlari 28-iyun kuni Qurbon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 05:15 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtida
Hayit namozi vaqtlari 28-iyun kuni Qurbon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 05:15 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovut inobatga olib o‘qiladi. 🌙 Qurbon hayiti namozini viloyatlarda o‘qiladigan vaqtlari: 1. Andijon — 05:00 2. Buxoro — 05:40 3. Jizzax — 05:30 4. Navoiy — 05:40  5. Namangan — 05:10 6. Samarqand — 05:35  7. Sirdaryo — 05:25  8. Surxondaryo — 05:40  9. Toshkent viloyati — 05:20   10. Toshkent shahri — 05:15 11. Farg‘ona — 05:10 12. Xorazm — 05:50 13. Qashqadaryo — 05:40 14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 05:50 👉 @xushnudbek 👈

Allohdan mehribonroq kim borki, siz uchun yaxshisini bilsa, Undan yaxshiroq kim borki, siz uchun eng yaxshisini bersa, bizdan shoshqaloq va betoqat kim borki, shunday Zotni biz bilmagan va yaxshilik yozilgan rejalariga norozi va noshukr bo’lsa?!

28-iyun Qurbon hayiti bo’lar ekan inshaaAlloh Alloh ushbu xayrli kunga hammamizni yetkazsin. Yaxshi o’tkazish nasib qilsin. Haqiqiy bayramimiz bu kun. Haqiqiysi.

Har yili saylov bo'lsa ekan... Amerikadek rivojlanib qolarmidik deymanda 🙃 #hazil

Yer koinotning qaysidir joyidan shunday kichkinagina ko'rinadi. Biz ko'rinmas zarradekmiz. Endi fikrlash doirangizga qarab ta
Yer koinotning qaysidir joyidan shunday kichkinagina ko'rinadi. Biz ko'rinmas zarradekmiz. Endi fikrlash doirangizga qarab tafakkur qilavering.

Qalblarni o‘ldirgan o‘n narsa Bir marta Ibrohim ibn Adham Basra bozorida yurgan paytida to‘satdan uning yoniga odamlar yig‘ilib: «Ey Abu Ishoq, Alloh Taolo O‘z kitobida: “Menga duo qiling va sizga ijobat qilurman...” degan. Biz uzoq vaqtdan beri Unga duo qilamiz, ammo javob olmadik”, deyishdi. Ibrohim ibn Adham javob berdi: “Ey Basra aholisi, yuraklaringiz o‘nga yaqin narsa tufayli o‘likdir. Birinchisi: Siz Allohni tanidingiz, lekin Unga munosib bo‘lgan narsani bermadingiz (Uning haqlarini ado qilmadingiz). Ikkinchidan, siz Allohning Kitobini o‘qiysiz, lekin unga muvofiq ish tutmaysiz. Uchinchidan: siz Rasulullohni sevaman deb da’vo qilyapsiz, lekin uning sunnatini tark etdingiz. To‘rtinchidan, siz shaytonning dushmanligini tasdiqlaysiz, lekin uni yaqin tutasiz. Beshinchidan, siz: "Biz jannatga kirishni xohlaymiz", deysiz. Ammo buning uchun amal qilmayapsiz. Oltinchidan: siz: "Biz jahannamdan qo‘rqamiz", deysiz, lekin o‘zingizni unga otasiz. Yettinchidan, o‘lim haq deb aytasiz-u, lekin unga tayyorlanmaysiz. Sakkizinchidan, siz birodaringizning xatolarini ko‘rasiz, ammo o‘z kamchiliklaringizdan ko‘z yumasiz. To‘qqizinchidan, siz Rabbingizning ne’matlarini qabul qilasiz, lekin ular uchun Unga shukr qilmaysiz. O‘ninchi: o‘liklaringizni dafn qilasiz, ammo bu darsdan saboq olmaysiz" Manba: Azon.uz Kanalga ulanish:➡️ @Azon_Diyonat

Repost from .
"Биродарингиз гуноҳдан тавба қилса, қилмиши учун уни айбламанг! Акс ҳолда шайтонга ёрдамчи бўлиб қоласиз". @MubashshirAhmad

Boshqa e'tiqodlardan yuz o'girib, Musulmon bo'lgan insonlarni hikoyalarini ko'rib, o'qib turaman. Oralarida 14, 16, 18 yoshli yoshlar borligini ko'rib, xayron ham qolaman. Shunda yana bir amin bo'lamanki, yoshlarga bizda erkin fikrlash ancha kech taqdim etilar ekan. (Hali kattalarga huquqlarini berishmaganku ham!)

Bu issiqda Alloh roziligi uchun hijob o'rab yurgan qiz-ayollarimizdan Alloh rozi bo'lsin.

Ko'chadan kelgan "men"

Аllohim, Sening muhabbatingni va Seni yaxshi koʼrgan insonlarning muhabbatini va Sening muhabbatingga yetkazadigan amalni Sendan soʼrayman. اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ حُبَّكَ وَحُبَّ مَنْ يُحِبُّكَ، وَالعَمَلَ الَّذِي يُبَلِّغُنِي حُبَّكَ #duo

Huh, qarzini so'rab topib kelishmasa bo'ldi odamlar endi. 😁 Hazil 😄

Yunusobod metrosini chiroyli qilishibdi. 👍)
Yunusobod metrosini chiroyli qilishibdi. 👍)

Agar insonga O'z tomonimizdan rohatni tottirib, so'ngra undan uni tortib olsak, u albatta noumid va noshukr bo'lur. Agar unga yetgan qiyinchiliklardan so'ng ne'mat tottirsak, albatta: «Mendan yomonliklar ketdi», deydi. Albatta, u xursand va faxrlidir. Magar sabr qilganlar va yaxshi amallar qilganlar, ana o'shalarga mag'firat va katta ajr bor. Hud surasi, 9-11 oyatlar #quran

Agar insonga O'z tomonimizdan rohatni tottirib, so`ngra undan uni tortib olsak, u albatta noumid va noshukr bo`lur. Agar unga yetgan qiyinchiliklardan so`ng ne'mat tottirsak, albatta: «Mendan yomonliklar ketdi», deydi. Albatta, u xursand va faxrlidir. Magar sabr qilganlar va yaxshi amallar qilganlar, ana o`shalarga mag`firat va katta ajr bor.

Shu oyatdagi kalimalar... Odam o'ziga o'zi shu savolni berib ko'rsa, javobidan titrab ketadigan kalimalar...

...Sening Robbing har bir narsaga shohid ekanligi kifoya qilmasmidi?! Fussilat surasi, 53-oyat #quran

...Do'zaxga tashlanadigan odam yaxshimi yoki qiyomat kuni omon holida keladigan odammi?! Nimani xohlasangiz, qilavering. Albatta, U zot nima qilayotganingizni ko'rib turguvchidir. Fussilat surasi, 40-oyat #quran

Allohga da'vat qilgan, solih amallarni qilgan va «Albatta, men musulmonlardanman!» degan kishidan ham go`zal so`zli kim bor?! Fussilat surasi, 33-oyat #quran