cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Xushnudbek.uz

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevfb.com/xushnudjohntwitter.com/xushnudbeckinstagram.com/xushnudbektiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

Show more
Uzbekistan48The language is not specifiedLaw4
Advertising posts
489 827Subscribers
-13724 hours
-1 5947 days
-5 87330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Yangihayot, Sergeli, Bektemir, Olmazor tumanlarining ba’zi hududlarida ta’mirlash va sozlash ishlari sababli gaz ta’minoti to‘xtatiladi Yangihayot tumanida 29-mart kuni 10:00 dan 17:00 gacha: — Yo‘ldosh mahallasi; — Alfarg‘oniy mahallasi; — «Toshkent» mahallasi; — «Fayzli» mahallasi; — «Chortoq» mahallasi; — «Charog‘on» mahallasi; Sergeli tumanida 29-mart kuni 14:00 dan 16:00 gacha: — «Eshonbuloq» mahallasi; — «Sadoqat» mahallasi; — «Xonobod» mahallasi; Bektemir tumanida 29-mart kuni 14:00 dan 16:00 gacha: — Ko‘p qavatli uylardagi 60 ta xonadon; Olmazor tumanida 30-mart kuni 11:00 dan 17:00 gacha: — «Ziyo» mahallasi; 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
“Profi University”da 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul 1-apreldan boshlanadi. Nima uchun 6000 dan ziyod inson mazkur universitetni tanladi? • tan olinadigan diplom; • 2 yil O‘zbekistonda, 2 yil xorijda o’qish imkoniyati; • Zamonaviy tibbiyot laboratoriyalari; • O‘qish vaqtida amaliyot; • Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash; • Sifatli ta’lim; • Davlat granti va stipendiya. Bu hali hammasi emas. Bu yilgi qabulda universitet ajoyib yangiliklarni tayyorlab qo‘ygan. Batafsil ma’lumot uchun: 📲 78-777-11-11 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: profiuniversity.uz Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Reklama
Show all...
Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Yig‘ilishda aytilishicha, viloyat va tuman hokimlarining qurilish, kommunal va ekologiyaga javobgar o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar tizimidagi mas’ul rahbarlarning 28 nafariga nisbatan intizomiy jazo ko‘rilgan. Jumladan, Kasbi, Qarshi, Baxmal, To‘raqo‘rg‘on tumanlari hokim o‘rinbosarlari ishdan olindi, ushbu tumanlar hokimlarining, 6 ta viloyat hokimining o‘rinbosarlari va boshqa rahbarlarga “hayfsan” berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
29-mart, juma (19-kun) Saharlik vaqti: 04:51 Iftorlik vaqti: 18:47 (Toshkent vaqti) Sabr. «Ruhiy tarbiya» turkumidan. Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf #ramazon #ruhiytarbiya 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Kechki mutolaa (o‘qish yoki eshitish uchun 43 daqiqa vaqtingiz ketadi) Stiven King. Chekishni tashlang korporatsiyasi (hikoya) Izoh: Dik Morrisonning ishlari tobora orqaga ketayotgan, hayotida ichish va chekishdan boshqa ma’ni qolmayotgandi. Shunday kunlarning birida u kollejda birga o‘qigan do‘sti Jeyms Makkennni uchratib qoladi va uning tavsiyasiga ko‘ra “Chekishni tashlang” korporatsiyasiga boradi. Xo‘sh, shundan so‘ng uning hayotida qandaydir o‘zgarish ro‘y berarmikan? Buni hikoyani o‘qib/tinglab bilib olishingiz mumkin. 📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Stiven-King-Chekishni-tashlang-korporatsiyasi 🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/qhGM9QMVbg4 💬 Muhokama bu yerda. 🎙 Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan. 📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda. #kechki_mutolaa 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Xodjayev Alisher Jo’raqulovich Kinematografiya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi. U fevral oyida MTRK raisi lavozimidan ozod etilgan edi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A.B. pora bilan qo‘lga olingan. Sudyalar oliy kengashi sudyani jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirdi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
28-mart, payshanba (18-kun) Iftorlik vaqti: 18:46 (Toshkent vaqti) #hadis #ramazon
Shaddod ibn Avs roziallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Dono - nafsini tergagan va o‘limdan keyinini ko‘zlab amal qilgan odamdir. Ahmoq - nafsini havosiga ergashtirgan va Allohdan umidvor bo‘lgan odamdir, dedilar». Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilishgan.
📖 Sharh: Nafsni poklaydigan va axloqni sayqallaydigan eng muhim omillardan biri o‘limni eslashdir. Odamlarning noto‘g‘ri yo‘llarga kirishlari va ularda davomli bo‘lishlariga sabab o‘limni unutishlaridir. O‘limni o‘ylamagan odam har qanday gunohni tap tortmay qilaverishi hech gap emas. Agar har bir banda bir kun kelib o‘lishini, tuproqqa qorilishini, qurtga yem bo‘lishini, Munkar va Nakir savollariga tutilishini, qiyomatda tirilishini, jannat yoki do‘zaxga kirishini o‘ylab tursa, o‘limni eslaydigan va unga tayyorgarlik ko‘radigan bo‘ladi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ruhiy tarbiya» kitobidan. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Bosh vazir Abdulla Aripov Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz bilan uchrashuv oʻtkazdi Uchrashuvda investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport-logistika, qishloq xoʻjaligi, taʼlim, turizm va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi qayd etildi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
🏢 “Karakul Education” o'quv markazida 1-apreldan yangi tezlashtirilgan guruhlarga qabul boshlanadi. O'quv markazida darslar quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi: 🔹 Oliy oʻquv yurtiga kiruvchilar uchun; 🔹 Ingliz tili va turk tilidan milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik koʻruvchilar uchun; 🔹 Prezident va ixtisoslashgan maktablarga kiruvchilar uchun. Oʻquv markazidagi qoʻshimcha qulayliklar: ➖ 3 mahal ovqatlanish; ➖ Barcha qulayliklarga ega yotoqxona; ➖ 24 soat nazorat; ➖ Sport seksiyalari; ➖ Koʻngilochar dasturlar; ➖ Kompyuter savodxonligi; ➖ Tarixiy qadamjolarga sayohat. ❗️Shoshiling! Joylar soni cheklangan! 📍Manzil: Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani “Chekirchi” MFY Buxoro koʻchasi 235-uy; 📍Mo'ljal: Qorako'l tuman prokuraturasi. Murojaat uchun: 📞 55-305-25-25; 91-243-02-12; 93-966-57-76; 99-700-39-88 TELEGRAM | INSTAGRAM 🌐 Online roʻyxatdan oʻtish uchun Reklama
Show all...
Sign in and get access to detailed information

We will reveal these treasures to you after authorization. We promise, it's fast!