Zairzade (Islom psixologiyasi)
Ruhiy og’riqdan ongli o’zgarish sari 🎓 MA in Philology & Psychology 📚 Researcher in Religious Psychology Ikbol Kurbonova Abdizoyirovna ✅Kurslarga yozilish uchun 👇 @zairzade_admin
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Zairzade (Islom psixologiyasi)
Channel Zairzade (Islom psixologiyasi) (@zairzadee) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 48 586 subscribers, ranking 1 128 in the Religion & Spirituality category and 1 543 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 48 586 subscribers.
According to the latest data from 03 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -193 over the last 30 days and by 15 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 37.23%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 19.08% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 18 088 views. Within the first day, a publication typically gains 9 268 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 454.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Ruhiy og’riqdan ongli o’zgarish sari
🎓 MA in Philology & Psychology
📚 Researcher in Religious Psychology
Ikbol Kurbonova Abdizoyirovna
✅Kurslarga yozilish uchun 👇
@zairzade_admin”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 04 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Religion & Spirituality category.
📚 Psixolog Jeyms Grossning hissiyotlarni boshqarish bo‘yicha tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, tuyg‘ularni doimiy ravishda bostirish stress darajasini oshirishi, organizmga fiziologik yuk tushirishi turli kasalliklarga sabab bo’ladiSizda ham shunday “tosh” bormi? @zairzadee
Siz: — har bir qo‘ng‘iroqqa darhol javob berishga; — hammaga o‘zingizni tushuntirishga; — sizni charchatadigan suhbatlarni davom ettirishga; — nohaqlikka indamay chidashga; — birov xafa bo‘lmasin deb o‘zingizni qurbon qilishga majbur emassiz.Chegara qo‘yish “Men seni yomon ko‘raman”, degani emas. Bu: “Men o‘zimni ham hurmat qilaman”, deganidir. Sog‘lom chegara shunday yangraydi: “Bu gap menga og‘ir botyapti.” “Hozir bunga kuchim yo‘q.” “Men bilan bu ohangda gaplashmang.” “Bu masalada fikrim o‘zgarmaydi.” “Yo‘q, bunga rozi bo‘lolmayman.” Avvaliga odamlar sizning chegaralaringizdan norozi bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, ilgari sizning sukutingiz va sabringizdan foydalanib kelganlar. Lekin esda tuting: birovning sizdan ranjishi har doim ham sizning aybdor ekaningizni anglatmaydi. Har doim boshqalarga qulay bo‘lishga urinib, o‘zingiz uchun og‘ir insonga aylanib qolmang. Sizning qalbingiz ham omonat. Uni asrash xudbinlik emas, mas’uliyatdir. @zairzadee
Bu mavsumda: 🤍 Nafsning hiylalarini taniysiz. 🤍 Qalb kasalliklarini anglaysiz. 🤍 Basiratni uyg’otishni o’rganasiz. 🤍 Ayolning fitrati va missiyasi haqida chuqur suhbatlashamiz. 🤍 Kasb va missiya o’rtasidagi farqni tushunasiz. 🤍 ALLOH sizni qaysi yo’lga chorlayotganini anglash uchun amaliy yo’llarni o’rganasiz.Bu shunchaki navbatdagi kurs emas.Bu o’zingizni ALLOHning kalomi va Rasululloh ﷺ sunnatlari mezonida qaytadan tanish yo’li. Agar qalbingiz: “Men bundan ortig’i uchun yaratilganman…” deb tursa, balki aynan shu mavsum siz kutayotgan javobdir. Ro’yxatdan o’tish uchun➡️@zairzade_admin @zairzadee
ALLOH taolo aytadi:
“Ularni sinash uchun dunyo hayotining ko‘rki qilib, ayrimlarini bahramand qilganimiz narsalarga ko‘zlaringni tikma. Robbingning rizqi yaxshi va boqiydir”.
Toho surasi, 131-oyat.Taqqoslashning eng xatarli jihati, u sendan ne’matni tortib olmaydi, balki uni his qilish tuyg‘usini tortib oladi. Sen osoyishta va xavfsiz uyda uxlashing, o‘z oyoqlaringda yurishing, ALLOHning rizqidan bahramand bo‘lishing, ahling seni yaxshi ko‘rishi, ALLOH taolo duolaringni birin-ketin ijobat qilib turishi mumkin… Ammo keyin boshqalardagi narsalarga nazar solasanu, go‘yo hech narsaga ega emasdek his qilasan. Mana shunday qilib, nazar seni aldaydi… Biz har doim ham o‘zimizdagi narsaning kamligi sababli xafa bo‘lmaymiz. Balki ko‘pincha odamlardagi narsalarga ko‘p qaraganimiz uchun g‘amga botamiz… ALLOH biladi, ba’zi orzu-istaklaringni agar senga berganida, ular qalbing halokatiga sabab bo‘lishi mumkin edi. Sendan man qilgan ba’zi narsalari esa hali anglab yetmagan bir rahmat bo‘lishi mumkin. Qalbdagi bu jarayon kichik bir qadamdan boshlanadi: bir nigoh… so‘ng taqqoslash… so‘ng norozilik… so‘ng ALLOH unga bergan barcha ne’matlarni unutib qo‘yish. Kim ALLOHni tanisa, uning nazdida butun dunyo arzimas bo‘lib qoladi. U endi o‘z qadrini odamlar nimalarga ega ekani bilan o‘lchamaydi. Balki ALLOHga qanchalik yaqinligi bilan o‘lchaydi. Ey ALLOHim! Bizga dunyoning o‘tkinchi ziynati bilan vasvasaga tushmaydigan, odamlarning qo‘lidagi narsalarga chalg‘imaydigan pok qalb in’om et. Sening roziligingni intilishlarimizning eng oliy g‘oyasi qil va bizni faqat Sening O‘zing bilan behojat qiladigan go‘zal qanoat ila rizqlantir. Ey Hayy, ey Qoyyum Zot! @zairzadee
Buning uchun bolaga yoshiga mos, tarbiyaviy kitoblar va uni fikrlashga, izlanishga undaydigan o‘yinchoqlar muhim!LILY BABY — farzandingiz rivoji va tarbiyasi uchun saralangan, foydali kitob va o'yinchoqlar makoni 🏡 Bu yerdan siz↙️ 🟣Bolalar uchun foydali kitoblar 🟣Montessori rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar 🟣Nutq va tafakkurni rivojlantiruvchi logopedik o‘yinchoqlar 🟣Logoped tomonidan tanlangan sifatli va sinalgan mahsulotlarni topasiz! 🌱Farzandingizga gadjetlarsiz, mazmunli bolalik tuhfa etmoqchi bo'lsangiz—Lily Baby'ga marhamat! Oddiy o'yinchoq o'rniga rivojiga xizmat qiladiganini tanlang📌 https://t.me/+bElDvQj2ELQ5MjEy
Foydalari: ✅ Organizmga tez energiya beradi. ✅ Oqartirilgan shakar o'rniga tabiiy shirinlashtiruvchi sifatida ishlatiladi. ✅ Kaliy, magniy va tabiiy antioksidantlar manbai. ✅ Tarkibida oz miqdorda temir va boshqa foydali minerallar mavjud. ✅ Choy, sut, qatiq, yogurt, bo'tqa, pankeyk va pishiriqlarga qo'shib iste'mol qilish mumkin. ✅ Bolalar va kattalar uchun mazali tabiiy
❌ Sun'iy bo'yoqlar va sun'iy ta'm beruvchilar qo'shilmagan.
📦 Mahsulot: 500 gramm. 🇪🇬 Misrdan keltirilgan.
💰 Narxi: 150 000 so'm.
📩 Buyurtma berish uchun hoziroq yozing. Mahsulot soni cheklanganMurojat uchun @Madaminova_09 @Madaminova_09 @Madaminova_09 @Madaminova_09
