es
Feedback
Zairzade (Islom psixologiyasi)

Zairzade (Islom psixologiyasi)

Ir al canal en Telegram

Ruhiy og’riqdan ongli o’zgarish sari 🎓 MA in Philology & Psychology 📚 Researcher in Religious Psychology Ikbol Kurbonova Abdizoyirovna ✅Kurslarga yozilish uchun 👇 @zairzade_admin

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram Zairzade (Islom psixologiyasi)

El canal Zairzade (Islom psixologiyasi) (@zairzadee) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 48 574 suscriptores, ocupando la posición 1 130 en la categoría Religión y espiritualidad y el puesto 1 552 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 48 574 suscriptores.

Según los últimos datos del 01 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -210, y en las últimas 24 horas de -40, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 38.15%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 18.55% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 18 534 visualizaciones. En el primer día suele acumular 9 009 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 516.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Ruhiy og’riqdan ongli o’zgarish sari 🎓 MA in Philology & Psychology 📚 Researcher in Religious Psychology Ikbol Kurbonova Abdizoyirovna ✅Kurslarga yozilish uchun 👇 @zairzade_admin

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 02 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Religión y espiritualidad.

48 574
Suscriptores
-4024 horas
-1747 días
-21030 días
Archivo de publicaciones
BARAKASIZ UYNING XUSUSIYATLARI Uyimiz shunchaki to'rtta devor emas, balki ruhiyatimiz, oilaviy xotirjamligimiz va ma'naviy holatimizning ko'zgusidir. Ba'zan xonadonda sababsiz tushkunlik, barakasizlik yoki sovuqlik his etilishining ham ma'naviy, ham ruhiy sabablari bo'ladi. Keling, uydan baraka va sakinatning qochishiga sabab bo'luvchi omillarni ko'rib chiqamiz: 1️⃣ Mehmon kelmaydigan uy Hadislarda kelishicha, mehmon xonadonga ALLOHning rizqi va barakasini olib kiradi hamda chiqib ketayotganda uy egalarining gunohlari mag'firat bo'lishiga sababchi bo me'yoriy omil bo'ladi. Mehmon kirmaydigan uy ushbu ilohiy almashtiruv va barakadan mahrum bo'ladi. 2️⃣ "Bismillah" aytmasdan kiriladigan uy Sahih hadisda (Muslim) ta'kidlanishicha, kishi uyga kirayotganda va taomlanayotganda ALLOHni zikr qilmasa, shayton o'z malaylariga: "Sizlar bu yerda tunashga va kechki taomga joy topdingiz", deydi. 3️⃣ Er-xotin alohida yotadigan uy Qur'oni Karimda (Niso surasi, 34-oyat) to'shakni ajratish doimiy turmush tarzi emas, balki faqat jiddiy oilaviy nizolarni isloh qilish uchun vaqtincha qo'llaniladigan chora sifatida tilga olingan. Sababsiz, arazlashib yoki ginadorlik bilan to'shakni ajratish shar'an ma'qullanmaydi va oilaviy rishtalarni zayıflatadi. 4️⃣ Ota-ona hurmat qilinmaydigan uy "Robbning roziligi ota-onaning roziligidadir, Robbning g'azabi esa ota-onaning g'azabidadir" (Tirmiziy). Ota-onasi kamsitilgan, sevilmagan yoki mensilmagan xonadonga Allohning rahmat va sakinati inmaydi, moddiy hamda ma'naviy rizq qisqaradi. 5️⃣ Hamma har xil vaqtda ovqatlanadigan uy Sahobalar ovqatlanib to'ymayotganlaridan shikoyat qilishganida, Payg'ambarimiz (s.a.v.): "Birgalikda ovqatlaninglar va Allohning nomini zikr qilinglar (Bismillah denglar), shunda taomingizga baraka beriladi", deganlar (Abu Dovud, Ibn Moja). Bir dasturxon atrofida jamlanmaslik xonadondagi ulfat va barakani kamaytiradi. 6️⃣ Tartibsiz va o'ta ko'p buyumli uy Ruhiyat nuqtai nazaridan, o'ta ko'p buyumli va tartibsiz joyda inson ruhi siqiladi. Bu muhit xonadon egalarida shijoat va energiyaning so'nishiga, dangasalik va ma'nan tushkunlikka olib keladi. 🌿 Uyingiz doimo ALLOHning rahmat va sakinati, baraka va mehr-muhabbatga to'la bo'lishini tilaymiz. @zairzadee

Niyat qilganingiz va ko‘rayotganingiz o‘rtasidagi masofani his qilyapsizmi? Inson dunyoni faqat zohiriy ko‘zlari bilan idrok
+3
Niyat qilganingiz va ko‘rayotganingiz o‘rtasidagi masofani his qilyapsizmi? Inson dunyoni faqat zohiriy ko‘zlari bilan idrok etganda, hodisalarning faqat yuza qismini ko‘radi. Biroq, qalb ko‘zi — Basiyrat uyg‘onganida, har bir sinov, hissiyot va hayotiy burilish ortidagi asl hikmat hamda haqiqat namoyon bo‘ladi. "3-KO‘Z" kursi — islom psixologiyasining teran manbalari va zamonaviy akademik yondashuvlar sintezida yaratilgan, o‘zlikni anglash, ilohiy omonatni his etish va ruhiy yuksalish dasturidir. 🔻Dasturda sizni nimalar kutmoqda? Basiyrat va Idrok: Zohiriy chalg‘ishlardan holi bo‘lgan holda qalb va aql mutanosibligini shakllantirish. Hayotiy Missiya va Fitrat: Yaratuvchi tomonidan berilgan ilohiy salohiyatni kashf etish, yer yuzidagi shaxsiy missiyani (omonatni) anglash va o‘z hayot yo‘lini topish. Nafs va Fikr Tahlili: Ichki xavotirlar, kognitiv buzilishlar hamda ruhiy to‘siqlarni ilmiy va ma’naviy mezonlar bilan tahlil qilish. Hissiy Sukunat (Sakinat): Hayotiy tebranishlarda ruhiy muvozanatni saqlash hamda qarorlarni hikmat bilan qabul qilish. Tafakkur va Muroqaba: Ruhiy tuyg‘ularni tartibga solish, ichki intuitsiyani rivojlantirish hamda Yaratuvchi bilan bo‘lgan bog‘liqlikni teranlashtirish. 🔺Bu kurs kimlar uchun? Ruhiy xotirjamlikni tiklashni, o‘z hayotiy missiyasini anglab, o‘zlik sofligiga erishishni va hayotga zohiriy emas, botiniy (haqiqiy) nazar bilan qarashni istagan ayol-qizlar uchun. Qalb ko‘zingizni hikmatga oching va hayotingizning asl missiyasini kashf eting. 📥 Batafsil ma’lumot va kursga ro‘yxatdan o‘tish uchun @zairzade_admin ga "+" qoldiring @zairzadee

Kuzning ilk kuni… 🍂 Tabiat bizga yana bir haqiqatni eslatmoqda: ba’zan yangilanish uchun ayrim narsalarni qo‘yib yuborish kerak. Kuz qalbimizga sokinlik, xonadonimizga baraka, hayotimizga esa go‘zal o‘zgarishlar olib kelsin. 🤎 @zairzadee

Yig‘lamaslikka harakat qilish… Sizningcha, bu kuchlilik belgisimi? YO‘Q! Tomoq tugilib qolganida yutinamiz. Ko‘zlarimiz yoshg
Yig‘lamaslikka harakat qilish… Sizningcha, bu kuchlilik belgisimi? YO‘Q! Tomoq tugilib qolganida yutinamiz. Ko‘zlarimiz yoshga to‘lganida boshimizni buramiz. Ovozimiz titraganida esa: «Men yaxshiman», deyishni tanlaymiz. Holbuki, tanamiz ifoda etilmagan his-tuyg‘ularni sukut bilan ko‘tarishda davom etadi. Yig‘ini ushlab qolishga harakat qilganimizda tomoqda paydo bo‘ladigan tugun hissi tasodif emas. Kuchli qayg‘u paytida avtonom asab tizimi ishga tushadi, nafas olish tartibi o‘zgaradi va hiqildoq atrofidagi mushaklar taranglashadi. «Tomog‘imga nimadir tiqilib qolgandek», degan hissiyotning sababi ham shudir. Insonni ko‘pincha ko‘z yoshi emas, balki uni to‘xtatish uchun olib borilgan ichki kurash charchatadi. Chunki bostirilgan har bir tuyg‘u ongda qo‘shimcha yuk hosil qiladi. Tashqaridan xotirjam ko‘rinishga urinar ekanmiz, tanamiz bu yukni ko‘tarishda davom etadi.
📚 Psixolog Jeyms Grossning hissiyotlarni boshqarish bo‘yicha tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, tuyg‘ularni doimiy ravishda bostirish stress darajasini oshirishi, organizmga fiziologik yuk tushirishi turli kasalliklarga sabab bo’ladi
Sizda ham shunday “tosh” bormi? @zairzadee

“3-ko’z” loyihasi 1-mavsum ishtirokchilari fikrlari👆 ✅2-mavsum haqida ma’lumot➡️ 🔻Ro’yxatdan o’tish uchun murojaat qiling➡️
+3
“3-ko’z” loyihasi 1-mavsum ishtirokchilari fikrlari👆 ✅2-mavsum haqida ma’lumot➡️ 🔻Ro’yxatdan o’tish uchun murojaat qiling➡️@zairzade_admin @zairzadee

Sog‘lom chegaralar qo‘yish yomon bo‘lib qolish degani emas Ba’zan “yo‘q” deyolmaganimiz uchun o‘zimizga xiyonat qilamiz. Boshqalarni ranjitmaslik uchun ichimizdagi ranjishni sukut bilan ko‘tarib yuramiz. Ammo sog‘lom chegara devor emas. U sizni odamlardan uzoqlashtirmaydi, aksincha, munosabatlarda qayergacha borish mumkinligini ko‘rsatadi.
Siz: — har bir qo‘ng‘iroqqa darhol javob berishga; — hammaga o‘zingizni tushuntirishga; — sizni charchatadigan suhbatlarni davom ettirishga; — nohaqlikka indamay chidashga; — birov xafa bo‘lmasin deb o‘zingizni qurbon qilishga majbur emassiz.
Chegara qo‘yish “Men seni yomon ko‘raman”, degani emas. Bu: “Men o‘zimni ham hurmat qilaman”, deganidir. Sog‘lom chegara shunday yangraydi: “Bu gap menga og‘ir botyapti.” “Hozir bunga kuchim yo‘q.” “Men bilan bu ohangda gaplashmang.” “Bu masalada fikrim o‘zgarmaydi.” “Yo‘q, bunga rozi bo‘lolmayman.” Avvaliga odamlar sizning chegaralaringizdan norozi bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, ilgari sizning sukutingiz va sabringizdan foydalanib kelganlar. Lekin esda tuting: birovning sizdan ranjishi har doim ham sizning aybdor ekaningizni anglatmaydi. Har doim boshqalarga qulay bo‘lishga urinib, o‘zingiz uchun og‘ir insonga aylanib qolmang. Sizning qalbingiz ham omonat. Uni asrash xudbinlik emas, mas’uliyatdir. @zairzadee

Murojaat uchun admin➡️@zairzade_admin
Murojaat uchun admin➡️@zairzade_admin

QALBINGIZNI ASRANG… Ba’zan insonni hayot emas, hayot haqida o‘ylaganlari charchatadi. Hali sodir bo‘lmagan voqealardan qo‘rqa
QALBINGIZNI ASRANG… Ba’zan insonni hayot emas, hayot haqida o‘ylaganlari charchatadi. Hali sodir bo‘lmagan voqealardan qo‘rqadi, o‘tib ketgan kunlarni esa xayolida qayta-qayta yashaydi. Shu tariqa bugunning ne’matini his qilmay qoladi… O‘tmishni o‘zgartira olmaysiz. Ertangi kunni ham to‘liq boshqara olmaysiz. Ammo bugun qalbingizga nimani kiritishni tanlay olasiz. Har bir tashvishingizga: “Mening Robbim bor”, deb javob bering. Chunki siz yechim topolmay qolishingiz mumkin, ammo ALLOHning yechimsiz qoldiradigan ishi yo‘q. Ba’zan eng katta xotirjamlik hammasini tushunishda emas, hammasini ALLOHga topshira olishdadir… 🤍 @zairzadee

Ba’zan insonning muammosi pul emas…Oilasi emas… Atrofidagi odamlar ham emas… Muammo shundaki, u o’zini tanimaydi. Nima uchun bir xil xatolarni takrorlayman? Nega ba’zi insonlardan ajralolmayman? Nega qalbim halovat topmaydi? Nega nafsim meni boshqaradi? ALLOH menga qanday vazifa bergan? Men aslida nima uchun yaratildim? 🌿 “3-KO’Z” 2-mavsumi — Islom psixologiyasi asosida qalb, nafs va hayotni anglashga bag’ishlangan amaliy loyiha.
Bu mavsumda: 🤍 Nafsning hiylalarini taniysiz. 🤍 Qalb kasalliklarini anglaysiz. 🤍 Basiratni uyg’otishni o’rganasiz. 🤍 Ayolning fitrati va missiyasi haqida chuqur suhbatlashamiz. 🤍 Kasb va missiya o’rtasidagi farqni tushunasiz. 🤍 ALLOH sizni qaysi yo’lga chorlayotganini anglash uchun amaliy yo’llarni o’rganasiz.
Bu shunchaki navbatdagi kurs emas.Bu o’zingizni ALLOHning kalomi va Rasululloh ﷺ sunnatlari mezonida qaytadan tanish yo’li. Agar qalbingiz: “Men bundan ortig’i uchun yaratilganman…” deb tursa, balki aynan shu mavsum siz kutayotgan javobdir. Ro’yxatdan o’tish uchun➡️@zairzade_admin @zairzadee

ALLOH taolo aytadi:
“Ularni sinash uchun dunyo hayotining ko‘rki qilib, ayrimlarini bahramand qilganimiz narsalarga ko‘zlaringni tikma. Robbingning rizqi yaxshi va boqiydir”.
Toho surasi, 131-oyat.
Taqqoslashning eng xatarli jihati, u sendan ne’matni tortib olmaydi, balki uni his qilish tuyg‘usini tortib oladi. Sen osoyishta va xavfsiz uyda uxlashing, o‘z oyoqlaringda yurishing, ALLOHning rizqidan bahramand bo‘lishing, ahling seni yaxshi ko‘rishi, ALLOH taolo duolaringni birin-ketin ijobat qilib turishi mumkin… Ammo keyin boshqalardagi narsalarga nazar solasanu, go‘yo hech narsaga ega emasdek his qilasan. Mana shunday qilib, nazar seni aldaydi… Biz har doim ham o‘zimizdagi narsaning kamligi sababli xafa bo‘lmaymiz. Balki ko‘pincha odamlardagi narsalarga ko‘p qaraganimiz uchun g‘amga botamiz… ALLOH biladi, ba’zi orzu-istaklaringni agar senga berganida, ular qalbing halokatiga sabab bo‘lishi mumkin edi. Sendan man qilgan ba’zi narsalari esa hali anglab yetmagan bir rahmat bo‘lishi mumkin. Qalbdagi bu jarayon kichik bir qadamdan boshlanadi: bir nigoh… so‘ng taqqoslash… so‘ng norozilik… so‘ng ALLOH unga bergan barcha ne’matlarni unutib qo‘yish. Kim ALLOHni tanisa, uning nazdida butun dunyo arzimas bo‘lib qoladi. U endi o‘z qadrini odamlar nimalarga ega ekani bilan o‘lchamaydi. Balki ALLOHga qanchalik yaqinligi bilan o‘lchaydi. Ey ALLOHim! Bizga dunyoning o‘tkinchi ziynati bilan vasvasaga tushmaydigan, odamlarning qo‘lidagi narsalarga chalg‘imaydigan pok qalb in’om et. Sening roziligingni intilishlarimizning eng oliy g‘oyasi qil va bizni faqat Sening O‘zing bilan behojat qiladigan go‘zal qanoat ila rizqlantir. Ey Hayy, ey Qoyyum Zot! @zairzadee

Yopishqoq fikrlar va ulardan qutulish Ba’zan bir fikr miyaga kirib olib, qayta-qayta aylanaveradi: “Biror yomon narsa bo‘lib
Yopishqoq fikrlar va ulardan qutulish Ba’zan bir fikr miyaga kirib olib, qayta-qayta aylanaveradi: “Biror yomon narsa bo‘lib qolsa-chi?” “Gunoh qilib qo‘ymadimmi?” “U nega menga bunday dedi?” “Balki men yomon insondirman?” Fikrning takrorlanishi uning haqiqat ekanini bildirmaydi. Miya xavfni sezganda bir narsani qayta tekshirishga urinadi. Siz esa u bilan kurashganingiz, haydaganingiz va tahlil qilganingiz sari unga ko‘proq kuch berasiz. Yopishqoq fikrdan qutulishning birinchi qadami-uni yo‘qotishga zo‘r bermaslik: “Bu haqiqat emas, hozir miyamda paydo bo‘lgan bir fikr, xolos”, deb nomlang. Keyin unga javob izlashni, o‘zingizni qayta-qayta tekshirishni va boshqalardan tinimsiz tasdiq kutishni to‘xtating. Diqqatingizni hozirgi ishingizga muloyimlik bilan qaytaring. Fikr kelishi gunoh ham, niyat ham emas. Inson xayoliga kelgan, ammo aytmagan va amal qilmagan narsasi uchun javobgar bo‘lmaydi. Siz— fikrlaringiz emassiz. Fikr keladi va ketadi. Uni ushlab qoladigan narsa esa ko‘pincha qo‘rquv va ortiqcha e’tibordir. Agar bu fikrlar ibodat, uyqu yoki kundalik hayotingizni jiddiy buzayotgan bo‘lsa, buni shunchaki “iymonim sust” deb baholamang. Bu ruhiy zo‘riqish yoki obsesiv holat bo‘lishi mumkin. Mutaxassis yordami olish zaiflik emas, o‘zingizga mas’uliyatdir. @zairzadee

Har bir ona farzandining xulqida odob, fikrida esa zukkolik bo‘lishini istaydi👦 Buning uchun bolaga yoshiga mos, tarbiyaviy
+5
Har bir ona farzandining xulqida odob, fikrida esa zukkolik bo‘lishini istaydi👦
Buning uchun bolaga yoshiga mos, tarbiyaviy kitoblar va uni fikrlashga, izlanishga undaydigan o‘yinchoqlar muhim!
LILY BABY — farzandingiz rivoji va tarbiyasi uchun saralangan, foydali kitob va o'yinchoqlar makoni 🏡 Bu yerdan siz↙️ 🟣Bolalar uchun foydali kitoblar 🟣Montessori rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar 🟣Nutq va tafakkurni rivojlantiruvchi logopedik o‘yinchoqlar 🟣Logoped tomonidan tanlangan sifatli va sinalgan mahsulotlarni topasiz! 🌱Farzandingizga gadjetlarsiz, mazmunli bolalik tuhfa etmoqchi bo'lsangiz—Lily Baby'ga marhamat! Oddiy o'yinchoq o'rniga rivojiga xizmat qiladiganini tanlang📌 https://t.me/+bElDvQj2ELQ5MjEy

Murojaat uchun admin➡️@zairzade_admin @zairzadee
Murojaat uchun admin➡️@zairzade_admin @zairzadee

ALLOH Makkani nega tog‘li va toshloq qilib yaratganini bilasizmi? Chunki inson u yerga dunyoning go‘zalliklarini tomosha qilish uchun emas, o‘zining ojizligini anglash uchun borsin… 🕋 Agar u yam-yashil tabiat qo‘ynida, daryolar bo‘yida bo‘lganida, ehtimol ko‘zlar go‘zalliklarga chalg‘ib qolardi. Ammo ALLOH O‘z Uyini tog‘lar orasiga joylashtirdi. Toki inson u yerga yetib kelganida dabdaba va ko‘z-ko‘z qilishdan uzoqlashib, o‘z qalbi bilan yolg‘iz qolsin… U toshlar aslida shunchaki tog‘lar emas. Ular asrlar davomida millionlab bandalarning ko‘z yoshlariga guvoh bo‘lgan sokin posbonlarga o‘xshaydi. Kimdir gunohlarining og‘ir yuki bilan keldi, kimdir yillar davomida yetisha olmagan sog‘inch bilan… Kimdir bir duo uchun, kimdir vidolashish uchun, yana kimdir Ka’bani hech bo‘lmasa bir marta ko‘rish uchun… Va ularning barchasi o‘sha toshlar orasida bir haqiqatni angladi: Bu dunyoda insonni huzurga yetkazadigan narsa uning mol-dunyosi emas, balki ALLOHga yaqin bo‘la olishidir. Balki shuning uchun ham Makkaga qaragan har bir inson bir xil tuyg‘uni his qiladi. U yerda na yam-yashil o‘rmonlar, na ko‘zni qamashtiradigan manzaralar bor… Ammo dunyoning hech bir yerida topilmaydigan huzur bor. Chunki ba’zi shaharlar ko‘zlarni maftun etadi, Makka esa qalbni… Ba’zi joylar insonga dunyoni unuttiradi, Makka esa uning bu dunyoda o‘tkinchi ekanini eslatadi. Inson u yerdan ayrilar ekan, bir haqiqatni anglaydi: chamadoniga juda ko‘p narsalarni joylay oladi, ammo Ka’ba yonida qoldirgan qalbini ortga qaytarib ololmaydi… 🕋 @zairzadee

🎉 Oxunboboyevda katta yangilik! 23-avgust kuni Oxunboboyevda Savod markazining yangi filiali ochiladi. Ochilishda sizni — 100% grant; — maxsus sovg‘alar; — qiziqarli dastur kutmoqda! 📅 23-avgust | 10:00 Ro'yxatdan o'ting: savodmarkazi.uz/arab-tili 📞 78-113-93-39 | 📌 Manzil @savodmarkazi

Ba’zan insonga katta baxtlar emas… Bir finjon qahva, sokinlik va qalbini tushunadigan bir inson kifoya. ☕️ Qahva bahona aslida… Ko‘ngil esa samimiy suhbatni sog‘ingan bo‘ladi. 🤗 @zairzadee

Hayotingiz butun bir kitobdir. Siz butun umr o‘zingizga guvohlarni ko‘paytirib borasiz. Siz qalbini sindirgan har bir inson sizning guvohingizdir. Siz ko‘z yoshlarini oqizgan har bir inson sizning guvohingizdir. Siz obro‘sini to‘kkan har bir inson sizning guvohingizdir. Siz aybini ochgan har bir inson sizning guvohingizdir. Siz jarohatini yangilagan har bir inson sizning guvohingizdir! Aksincha, siz ko‘nglini olgan har bir inson ham sizning guvohingizdir. Siz ko‘z yoshlarini artgan har bir inson ham sizning guvohingizdir. Siz obro‘sini saqlab qolgan har bir inson ham sizning guvohingizdir. Siz aybini yashirgan har bir inson ham sizning guvohingizdir. Siz jarohatini davolagan har bir inson ham sizning guvohingizdir! Insonlar bilan qanday muomala qilsangiz, kitobingizni ana shunday sahifalar bilan to‘ldirib borasiz! Adham Sharqoviyning «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan maktublar» asaridan. @zairzadee

#Reklama 🌴 MISRDAN KELTIRILGAN 100% TABIIY XURMO SIROPI 🌴 Sog'lom ovqatlanishni xohlovchilar uchun ajoyib tanlov! Xurmo sir
#Reklama 🌴 MISRDAN KELTIRILGAN 100% TABIIY XURMO SIROPI 🌴 Sog'lom ovqatlanishni xohlovchilar uchun ajoyib tanlov! Xurmo siropi pishgan xurmolardan tayyorlanadi va o'zida xurmoning tabiiy foydali moddalari hamda mazali ta'mini saqlaydi. ✨
Foydalari: ✅ Organizmga tez energiya beradi. ✅ Oqartirilgan shakar o'rniga tabiiy shirinlashtiruvchi sifatida ishlatiladi. ✅ Kaliy, magniy va tabiiy antioksidantlar manbai. ✅ Tarkibida oz miqdorda temir va boshqa foydali minerallar mavjud. ✅ Choy, sut, qatiq, yogurt, bo'tqa, pankeyk va pishiriqlarga qo'shib iste'mol qilish mumkin. ✅ Bolalar va kattalar uchun mazali tabiiy
❌ Sun'iy bo'yoqlar va sun'iy ta'm beruvchilar qo'shilmagan.
📦 Mahsulot: 500 gramm. 🇪🇬 Misrdan keltirilgan.
💰 Narxi: 150 000 so'm.
📩 Buyurtma berish uchun hoziroq yozing. Mahsulot soni cheklangan
Murojat uchun @Madaminova_09 @Madaminova_09 @Madaminova_09 @Madaminova_09

Darvishdan soʻrashibdi: "Dunyodan nimani anglading?" deb. Darvish shunday javob beribdi: "Marhumlar muhabbat bilan xotirlanadigan, tiriklar esa mehrsizlikdan halok boʻladigan bir dunyoga guvoh boʻldim. Oʻtganlarning tuprogʻiga gul ekdilar, tiriklarning esa bogʻini payhon qildilar..." Tiriklikning qadriga yetish, qalblarga tirikligida e'tibor va samimiyat ekish insoniy burchimiz hamda ruhiy halovatimiz kalitidir. Yaqinlaringizdan shirin soʻz va mehrni bugun darigʻ tutmang. 🤍 @zaizadee

Murojaat uchun admin🫴@zairzadee
Murojaat uchun admin🫴@zairzadee