ch
Feedback
Zairzade (Islom psixologiyasi)

Zairzade (Islom psixologiyasi)

前往频道在 Telegram

Ruhiy og’riqdan ongli o’zgarish sari 🎓 MA in Philology & Psychology 📚 Researcher in Religious Psychology Ikbol Kurbonova Abdizoyirovna ✅Kurslarga yozilish uchun 👇 @zairzade_admin

显示更多

📈 Telegram 频道 Zairzade (Islom psixologiyasi) 的分析概览

频道 Zairzade (Islom psixologiyasi) (@zairzadee) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 48 683 名订阅者,在 宗教与灵性 类别中位列第 1 121,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 545

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 48 683 名订阅者。

根据 28 八月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -98,过去 24 小时变化为 -16,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 52.92%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.50% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 25 763 次浏览,首日通常累积 9 004 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 637

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Ruhiy og’riqdan ongli o’zgarish sari 🎓 MA in Philology & Psychology 📚 Researcher in Religious Psychology Ikbol Kurbonova Abdizoyirovna ✅Kurslarga yozilish uchun 👇 @zairzade_admin

凭借高频更新(最新数据采集于 29 八月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 宗教与灵性 类别中的关键影响点。

48 683
订阅者
-1624 小时
-1467
-9830
帖子存档
Sog‘lom chegaralar qo‘yish yomon bo‘lib qolish degani emas Ba’zan “yo‘q” deyolmaganimiz uchun o‘zimizga xiyonat qilamiz. Boshqalarni ranjitmaslik uchun ichimizdagi ranjishni sukut bilan ko‘tarib yuramiz. Ammo sog‘lom chegara devor emas. U sizni odamlardan uzoqlashtirmaydi, aksincha, munosabatlarda qayergacha borish mumkinligini ko‘rsatadi.
Siz: — har bir qo‘ng‘iroqqa darhol javob berishga; — hammaga o‘zingizni tushuntirishga; — sizni charchatadigan suhbatlarni davom ettirishga; — nohaqlikka indamay chidashga; — birov xafa bo‘lmasin deb o‘zingizni qurbon qilishga majbur emassiz.
Chegara qo‘yish “Men seni yomon ko‘raman”, degani emas. Bu: “Men o‘zimni ham hurmat qilaman”, deganidir. Sog‘lom chegara shunday yangraydi: “Bu gap menga og‘ir botyapti.” “Hozir bunga kuchim yo‘q.” “Men bilan bu ohangda gaplashmang.” “Bu masalada fikrim o‘zgarmaydi.” “Yo‘q, bunga rozi bo‘lolmayman.” Avvaliga odamlar sizning chegaralaringizdan norozi bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, ilgari sizning sukutingiz va sabringizdan foydalanib kelganlar. Lekin esda tuting: birovning sizdan ranjishi har doim ham sizning aybdor ekaningizni anglatmaydi. Har doim boshqalarga qulay bo‘lishga urinib, o‘zingiz uchun og‘ir insonga aylanib qolmang. Sizning qalbingiz ham omonat. Uni asrash xudbinlik emas, mas’uliyatdir. @zairzadee

Murojaat uchun admin➡️@zairzade_admin
Murojaat uchun admin➡️@zairzade_admin

QALBINGIZNI ASRANG… Ba’zan insonni hayot emas, hayot haqida o‘ylaganlari charchatadi. Hali sodir bo‘lmagan voqealardan qo‘rqa
QALBINGIZNI ASRANG… Ba’zan insonni hayot emas, hayot haqida o‘ylaganlari charchatadi. Hali sodir bo‘lmagan voqealardan qo‘rqadi, o‘tib ketgan kunlarni esa xayolida qayta-qayta yashaydi. Shu tariqa bugunning ne’matini his qilmay qoladi… O‘tmishni o‘zgartira olmaysiz. Ertangi kunni ham to‘liq boshqara olmaysiz. Ammo bugun qalbingizga nimani kiritishni tanlay olasiz. Har bir tashvishingizga: “Mening Robbim bor”, deb javob bering. Chunki siz yechim topolmay qolishingiz mumkin, ammo ALLOHning yechimsiz qoldiradigan ishi yo‘q. Ba’zan eng katta xotirjamlik hammasini tushunishda emas, hammasini ALLOHga topshira olishdadir… 🤍 @zairzadee

Ba’zan insonning muammosi pul emas…Oilasi emas… Atrofidagi odamlar ham emas… Muammo shundaki, u o’zini tanimaydi. Nima uchun bir xil xatolarni takrorlayman? Nega ba’zi insonlardan ajralolmayman? Nega qalbim halovat topmaydi? Nega nafsim meni boshqaradi? ALLOH menga qanday vazifa bergan? Men aslida nima uchun yaratildim? 🌿 “3-KO’Z” 2-mavsumi — Islom psixologiyasi asosida qalb, nafs va hayotni anglashga bag’ishlangan amaliy loyiha.
Bu mavsumda: 🤍 Nafsning hiylalarini taniysiz. 🤍 Qalb kasalliklarini anglaysiz. 🤍 Basiratni uyg’otishni o’rganasiz. 🤍 Ayolning fitrati va missiyasi haqida chuqur suhbatlashamiz. 🤍 Kasb va missiya o’rtasidagi farqni tushunasiz. 🤍 ALLOH sizni qaysi yo’lga chorlayotganini anglash uchun amaliy yo’llarni o’rganasiz.
Bu shunchaki navbatdagi kurs emas.Bu o’zingizni ALLOHning kalomi va Rasululloh ﷺ sunnatlari mezonida qaytadan tanish yo’li. Agar qalbingiz: “Men bundan ortig’i uchun yaratilganman…” deb tursa, balki aynan shu mavsum siz kutayotgan javobdir. Ro’yxatdan o’tish uchun➡️@zairzade_admin @zairzadee

ALLOH taolo aytadi:
“Ularni sinash uchun dunyo hayotining ko‘rki qilib, ayrimlarini bahramand qilganimiz narsalarga ko‘zlaringni tikma. Robbingning rizqi yaxshi va boqiydir”.
Toho surasi, 131-oyat.
Taqqoslashning eng xatarli jihati, u sendan ne’matni tortib olmaydi, balki uni his qilish tuyg‘usini tortib oladi. Sen osoyishta va xavfsiz uyda uxlashing, o‘z oyoqlaringda yurishing, ALLOHning rizqidan bahramand bo‘lishing, ahling seni yaxshi ko‘rishi, ALLOH taolo duolaringni birin-ketin ijobat qilib turishi mumkin… Ammo keyin boshqalardagi narsalarga nazar solasanu, go‘yo hech narsaga ega emasdek his qilasan. Mana shunday qilib, nazar seni aldaydi… Biz har doim ham o‘zimizdagi narsaning kamligi sababli xafa bo‘lmaymiz. Balki ko‘pincha odamlardagi narsalarga ko‘p qaraganimiz uchun g‘amga botamiz… ALLOH biladi, ba’zi orzu-istaklaringni agar senga berganida, ular qalbing halokatiga sabab bo‘lishi mumkin edi. Sendan man qilgan ba’zi narsalari esa hali anglab yetmagan bir rahmat bo‘lishi mumkin. Qalbdagi bu jarayon kichik bir qadamdan boshlanadi: bir nigoh… so‘ng taqqoslash… so‘ng norozilik… so‘ng ALLOH unga bergan barcha ne’matlarni unutib qo‘yish. Kim ALLOHni tanisa, uning nazdida butun dunyo arzimas bo‘lib qoladi. U endi o‘z qadrini odamlar nimalarga ega ekani bilan o‘lchamaydi. Balki ALLOHga qanchalik yaqinligi bilan o‘lchaydi. Ey ALLOHim! Bizga dunyoning o‘tkinchi ziynati bilan vasvasaga tushmaydigan, odamlarning qo‘lidagi narsalarga chalg‘imaydigan pok qalb in’om et. Sening roziligingni intilishlarimizning eng oliy g‘oyasi qil va bizni faqat Sening O‘zing bilan behojat qiladigan go‘zal qanoat ila rizqlantir. Ey Hayy, ey Qoyyum Zot! @zairzadee

Yopishqoq fikrlar va ulardan qutulish Ba’zan bir fikr miyaga kirib olib, qayta-qayta aylanaveradi: “Biror yomon narsa bo‘lib
Yopishqoq fikrlar va ulardan qutulish Ba’zan bir fikr miyaga kirib olib, qayta-qayta aylanaveradi: “Biror yomon narsa bo‘lib qolsa-chi?” “Gunoh qilib qo‘ymadimmi?” “U nega menga bunday dedi?” “Balki men yomon insondirman?” Fikrning takrorlanishi uning haqiqat ekanini bildirmaydi. Miya xavfni sezganda bir narsani qayta tekshirishga urinadi. Siz esa u bilan kurashganingiz, haydaganingiz va tahlil qilganingiz sari unga ko‘proq kuch berasiz. Yopishqoq fikrdan qutulishning birinchi qadami-uni yo‘qotishga zo‘r bermaslik: “Bu haqiqat emas, hozir miyamda paydo bo‘lgan bir fikr, xolos”, deb nomlang. Keyin unga javob izlashni, o‘zingizni qayta-qayta tekshirishni va boshqalardan tinimsiz tasdiq kutishni to‘xtating. Diqqatingizni hozirgi ishingizga muloyimlik bilan qaytaring. Fikr kelishi gunoh ham, niyat ham emas. Inson xayoliga kelgan, ammo aytmagan va amal qilmagan narsasi uchun javobgar bo‘lmaydi. Siz— fikrlaringiz emassiz. Fikr keladi va ketadi. Uni ushlab qoladigan narsa esa ko‘pincha qo‘rquv va ortiqcha e’tibordir. Agar bu fikrlar ibodat, uyqu yoki kundalik hayotingizni jiddiy buzayotgan bo‘lsa, buni shunchaki “iymonim sust” deb baholamang. Bu ruhiy zo‘riqish yoki obsesiv holat bo‘lishi mumkin. Mutaxassis yordami olish zaiflik emas, o‘zingizga mas’uliyatdir. @zairzadee

Har bir ona farzandining xulqida odob, fikrida esa zukkolik bo‘lishini istaydi👦 Buning uchun bolaga yoshiga mos, tarbiyaviy
+5
Har bir ona farzandining xulqida odob, fikrida esa zukkolik bo‘lishini istaydi👦
Buning uchun bolaga yoshiga mos, tarbiyaviy kitoblar va uni fikrlashga, izlanishga undaydigan o‘yinchoqlar muhim!
LILY BABY — farzandingiz rivoji va tarbiyasi uchun saralangan, foydali kitob va o'yinchoqlar makoni 🏡 Bu yerdan siz↙️ 🟣Bolalar uchun foydali kitoblar 🟣Montessori rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar 🟣Nutq va tafakkurni rivojlantiruvchi logopedik o‘yinchoqlar 🟣Logoped tomonidan tanlangan sifatli va sinalgan mahsulotlarni topasiz! 🌱Farzandingizga gadjetlarsiz, mazmunli bolalik tuhfa etmoqchi bo'lsangiz—Lily Baby'ga marhamat! Oddiy o'yinchoq o'rniga rivojiga xizmat qiladiganini tanlang📌 https://t.me/+bElDvQj2ELQ5MjEy

Murojaat uchun admin➡️@zairzade_admin @zairzadee
Murojaat uchun admin➡️@zairzade_admin @zairzadee

ALLOH Makkani nega tog‘li va toshloq qilib yaratganini bilasizmi? Chunki inson u yerga dunyoning go‘zalliklarini tomosha qilish uchun emas, o‘zining ojizligini anglash uchun borsin… 🕋 Agar u yam-yashil tabiat qo‘ynida, daryolar bo‘yida bo‘lganida, ehtimol ko‘zlar go‘zalliklarga chalg‘ib qolardi. Ammo ALLOH O‘z Uyini tog‘lar orasiga joylashtirdi. Toki inson u yerga yetib kelganida dabdaba va ko‘z-ko‘z qilishdan uzoqlashib, o‘z qalbi bilan yolg‘iz qolsin… U toshlar aslida shunchaki tog‘lar emas. Ular asrlar davomida millionlab bandalarning ko‘z yoshlariga guvoh bo‘lgan sokin posbonlarga o‘xshaydi. Kimdir gunohlarining og‘ir yuki bilan keldi, kimdir yillar davomida yetisha olmagan sog‘inch bilan… Kimdir bir duo uchun, kimdir vidolashish uchun, yana kimdir Ka’bani hech bo‘lmasa bir marta ko‘rish uchun… Va ularning barchasi o‘sha toshlar orasida bir haqiqatni angladi: Bu dunyoda insonni huzurga yetkazadigan narsa uning mol-dunyosi emas, balki ALLOHga yaqin bo‘la olishidir. Balki shuning uchun ham Makkaga qaragan har bir inson bir xil tuyg‘uni his qiladi. U yerda na yam-yashil o‘rmonlar, na ko‘zni qamashtiradigan manzaralar bor… Ammo dunyoning hech bir yerida topilmaydigan huzur bor. Chunki ba’zi shaharlar ko‘zlarni maftun etadi, Makka esa qalbni… Ba’zi joylar insonga dunyoni unuttiradi, Makka esa uning bu dunyoda o‘tkinchi ekanini eslatadi. Inson u yerdan ayrilar ekan, bir haqiqatni anglaydi: chamadoniga juda ko‘p narsalarni joylay oladi, ammo Ka’ba yonida qoldirgan qalbini ortga qaytarib ololmaydi… 🕋 @zairzadee

🎉 Oxunboboyevda katta yangilik! 23-avgust kuni Oxunboboyevda Savod markazining yangi filiali ochiladi. Ochilishda sizni — 100% grant; — maxsus sovg‘alar; — qiziqarli dastur kutmoqda! 📅 23-avgust | 10:00 Ro'yxatdan o'ting: savodmarkazi.uz/arab-tili 📞 78-113-93-39 | 📌 Manzil @savodmarkazi

Ba’zan insonga katta baxtlar emas… Bir finjon qahva, sokinlik va qalbini tushunadigan bir inson kifoya. ☕️ Qahva bahona aslida… Ko‘ngil esa samimiy suhbatni sog‘ingan bo‘ladi. 🤗 @zairzadee

Hayotingiz butun bir kitobdir. Siz butun umr o‘zingizga guvohlarni ko‘paytirib borasiz. Siz qalbini sindirgan har bir inson sizning guvohingizdir. Siz ko‘z yoshlarini oqizgan har bir inson sizning guvohingizdir. Siz obro‘sini to‘kkan har bir inson sizning guvohingizdir. Siz aybini ochgan har bir inson sizning guvohingizdir. Siz jarohatini yangilagan har bir inson sizning guvohingizdir! Aksincha, siz ko‘nglini olgan har bir inson ham sizning guvohingizdir. Siz ko‘z yoshlarini artgan har bir inson ham sizning guvohingizdir. Siz obro‘sini saqlab qolgan har bir inson ham sizning guvohingizdir. Siz aybini yashirgan har bir inson ham sizning guvohingizdir. Siz jarohatini davolagan har bir inson ham sizning guvohingizdir! Insonlar bilan qanday muomala qilsangiz, kitobingizni ana shunday sahifalar bilan to‘ldirib borasiz! Adham Sharqoviyning «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan maktublar» asaridan. @zairzadee

#Reklama 🌴 MISRDAN KELTIRILGAN 100% TABIIY XURMO SIROPI 🌴 Sog'lom ovqatlanishni xohlovchilar uchun ajoyib tanlov! Xurmo sir
#Reklama 🌴 MISRDAN KELTIRILGAN 100% TABIIY XURMO SIROPI 🌴 Sog'lom ovqatlanishni xohlovchilar uchun ajoyib tanlov! Xurmo siropi pishgan xurmolardan tayyorlanadi va o'zida xurmoning tabiiy foydali moddalari hamda mazali ta'mini saqlaydi. ✨
Foydalari: ✅ Organizmga tez energiya beradi. ✅ Oqartirilgan shakar o'rniga tabiiy shirinlashtiruvchi sifatida ishlatiladi. ✅ Kaliy, magniy va tabiiy antioksidantlar manbai. ✅ Tarkibida oz miqdorda temir va boshqa foydali minerallar mavjud. ✅ Choy, sut, qatiq, yogurt, bo'tqa, pankeyk va pishiriqlarga qo'shib iste'mol qilish mumkin. ✅ Bolalar va kattalar uchun mazali tabiiy
❌ Sun'iy bo'yoqlar va sun'iy ta'm beruvchilar qo'shilmagan.
📦 Mahsulot: 500 gramm. 🇪🇬 Misrdan keltirilgan.
💰 Narxi: 150 000 so'm.
📩 Buyurtma berish uchun hoziroq yozing. Mahsulot soni cheklangan
Murojat uchun @Madaminova_09 @Madaminova_09 @Madaminova_09 @Madaminova_09

Darvishdan soʻrashibdi: "Dunyodan nimani anglading?" deb. Darvish shunday javob beribdi: "Marhumlar muhabbat bilan xotirlanadigan, tiriklar esa mehrsizlikdan halok boʻladigan bir dunyoga guvoh boʻldim. Oʻtganlarning tuprogʻiga gul ekdilar, tiriklarning esa bogʻini payhon qildilar..." Tiriklikning qadriga yetish, qalblarga tirikligida e'tibor va samimiyat ekish insoniy burchimiz hamda ruhiy halovatimiz kalitidir. Yaqinlaringizdan shirin soʻz va mehrni bugun darigʻ tutmang. 🤍 @zaizadee

Murojaat uchun admin🫴@zairzadee
Murojaat uchun admin🫴@zairzadee

Biror kimsaning sen haqingdagi yomon gumonini tuzatishga urinib, o‘zingni charchatma. Chunki seni yomon deb ko‘rishga qaror qilgan inson, mingta dalilingdan ham ayb izlaydi. Xato qilgan bo‘lsang uzr so‘ra. Tushunmovchilik bo‘lsa bir marta izohla. Ammo o‘zingni qayta-qayta isbotlashga majbur emassan. Ba’zan eng chiroyli javob sukut, eng kuchli dalil vaqt. Sening haqiqatingni esa ALLOH biladi. @zairzadee

Senga atalgani – senga yetgusi, Dunyoda eng nochor, zaif bo‘lsang ham, Va le, yetib kelmas senga atalmagani, Eng kuchli, pahlavon, sharif bo‘lsang ham. Shu bois, ko‘ngilni keng qil va yo‘yma, Bu holni omadning kulmaganiga, Yetib kelganiga shukr ayla, va Qayg‘urmagil yetib kelmaganiga. Xayrulla Hamidov @zairzadee

#Reklama SIDR BARGI. Kukuni ☑️Sehrni yoʻq qiluvchi davo. Bu sidr bargining kukuni faqat Saudiyadan keladi ✔️ “Sidr daraxtinin
#Reklama SIDR BARGI. Kukuni ☑️Sehrni yoʻq qiluvchi davo. Bu sidr bargining kukuni faqat Saudiyadan keladi ✔️
“Sidr daraxtining yetti dona yashil bargidan olib maydalab, tuyiladi soʻngra suvga solib, “Oyatal Kursiy” va “Qul” bilan boshlangan suralarni oʻqib(dam solib), uch xoʻplam ichiladi soʻngra qolganida choʻmiladi. ✔️Bunday qilish sehr qilingan odamdan barcha dardni ketkazadi.
✔️Bu uslub “bogʻlanib qolgan” erkaklarga ham juda foydalidir”. (“Fathul Boriy” 10/233)
Qul” bilan boshlanadigan suralar: “Jin”, “Kafirun”, “Ixlos”, “Falaq” va “An-Nos” suralari.
Sotuvda bor✔️ ⬅️Murojaat uchun @Madaminova_09 @Madaminova_09 @Madaminova _09 Jonli ruqiya qilingan✔️✔️✔️ https://t.me/+PmR_9UucJTFiZmEy

Shayx Sha’roviydan go‘zal bir duo: “ALLOHim! Aqlimni uni bezovta qiladigan narsa bilan, qalbimni unga rahm qilmaydigan kimsa
Shayx Sha’roviydan go‘zal bir duo: “ALLOHim! Aqlimni uni bezovta qiladigan narsa bilan, qalbimni unga rahm qilmaydigan kimsa bilan va vaqtimni o‘ziga foyda bermaydigan narsa bilan mashg‘ul qilib qo‘yma… Robbim, men tarafda bo‘l, men bilan bo‘l va meni O‘zing ila kuchli qil”. @zairzadee