en
Feedback
Nabaviy Hadislar

Nabaviy Hadislar

Open in Telegram

Nabiy sallallohu alayhi vassalam aytdilar: "Mendan bir oyat bo'lsa ham yetkazinglar. Bani isroildan rivoyat qilaveringlar haraj (qiyinchilik) yo'q, kim menga qastdan yolg'on gapirsa do'zaxdan o'z o'rnini tayyorlayversin". [رواه بخاري ٣٤٦١]

Show more
250
Subscribers
-124 hours
-37 days
-830 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '24
September '24
+15
in 0 channels
August '24
+23
in 0 channels
Get PRO
July '24
+33
in 3 channels
Get PRO
June '24
+57
in 5 channels
Get PRO
May '240
in 3 channels
Get PRO
April '24
+62
in 4 channels
Get PRO
March '240
in 1 channels
Get PRO
February '240
in 1 channels
Get PRO
January '24
+134
in 1 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
30 September0
29 September0
28 September0
27 September0
26 September+3
25 September+1
24 September0
23 September0
22 September0
21 September+1
20 September0
19 September0
18 September0
17 September+2
16 September0
15 September0
14 September0
13 September0
12 September+3
11 September0
10 September0
09 September0
08 September+2
07 September0
06 September0
05 September+1
04 September0
03 September+1
02 September+1
01 September0
Channel Posts
Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga edi, shunda bir kishi u zotning yonidan o‘tib qoldi. Shunda u aytdiki: "Yo Rasululloh!  Men bu insonni yaxshi koʻraman". Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Unga xabar berdingmi?» dedilar.  U aytdiki: Yo'q!  U zot: «Unga buni xabarini berib qoʻy», dedilar. U birodarining oldiga borib: «Men seni Alloh uchun yaxshi koʻrama», dedi. U bunga javoban: "Meni kim uchun yaxshi koʻrgan boʻlsang, U zot ham seni yaxshi koʻrsin", dedi. Rivoyatchi: Anas ibn Molik; Manba: Sahihi Abu Dovud; Sahifa yoki hadis raqami: 5125;  Hadis hukmi: Hasan hadis. #Sharh: Shariat barcha musulmonlar o'rtasida muhabbat boʻlishiga rag'batlantiradi.  Chunki jamiyat birodarlar oʻrtasida muhabbat va rahm-shafqat boʻlishi asosiga quriladi. Ushbu hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam birodarlar oʻrtasida yanada yaxshi aloqa boʻlishi uchun muhabbatini bildirib qoʻyishiga targʻib qilmoqdalar. Moʻmin kishi birorta birodarini boshqacha yaxshi koʻrsa, hijolat qilib uni yashirib yuravermay xabarini berib qoʻyishi kerak. Hadisda olinadigan foydalar: - Sahobalar Nabiy sollallohu alayhi vasallamga ba'zi sirlarini aytganliklari; - Ba'zi manfaatli narsalarni oshkor qilib qoʻyish yaxshi ekani; - Hadisdagi inson bekorga yaxshi koʻrilmagan, goʻyoki unda birodariga nisbatan ziyoda ilm bordek. Bu narsa uning javobidan ma'lum; - Birodariga muhabbatini bildirishning foydalaridan biri, agar unda adovat boʻlsa tarqab ketishi mumkin; @nabaviy_hadislar1

2
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Salamaning huzuriga kirdilar va uning ko‘zlari ochiq holda yotardi. U zot ko‘zlarini yumdilar va aytdilarki: "Qachonki insonning ruhi olinsa, ko‘zi unga ergashadi". Shunda uning ahlidan ba’zilari yigʻlab yubordi. U zot aytdilar: «O'zingiz uchun yaxshilikdan boshqa narsani so'ramanglar. Zero, farishtalar sizlar aytgan soʻzlarga "Omin" deb turadilar". So‘ngra u zot duo qildilar: “Ey Allohim, Abu Salamani mag‘firat qil va uning mavqeini hidoyat topgan bandalaring safiga ko‘targin. Ortidan qolganlarga oʻrinbosar boʻlgin. Bizni ham, uni ham mag‘firat qil, ey olamlar Robbisi, qabrda unga keng joy ber va unga nur bergin. [Bir rivoyatda]: "Uning ortidan o'rniga o'rinbosar boʻl. Ey Alloh, uning qabrini keng qilgin"- dedilar. Roviy: Mo‘minlarning onasi Ummu Salama roziyallohu anho; Manba: Sahihi Muslim: 920. #Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ustoz va tarbiyachi bo‘lganlar, jumladan, musulmonlarning biror yaqini vafot etsa, ularni sabrli qilib tarbiyalaganlar. Xossatan yaqinlar vafot etsa baland ovozda qadarga norozilikni anglatadigan so'zlardan saqlanishga chaqirganlar. Bu hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Salama Abdulloh ibn Abdul-Assad al-Maxzumiy roziyallohu anhuning vafot qilgan yeriga tashrif buyurganlar. U zot Abu Salamani koʻzi ochilganini koʻrgach xunuk holatda turmasligi uchun koʻzini yopib qoʻydilar. Soʻngra bayon qildilarki, insonning ruhi tanasidan chiqqach, uning koʻzi bu ruhga ergashadi va ochiq turishi endi foyda bermaydi. Oʻsha yerda turganlar uning vafot etganiga ishonch hosil qilishdi va uning oila a'zolaridan ba'zilari oʻzlariga yomonlikni tilab duo qilib yigʻladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni bu so'zlardan qaytardilar va yaxshilik so'rashga buyurdilar. Bas, islomdan oldingi davrlardagi kabi oʻzingizga halokatni tilamang, balki yaxshilikni soʻrang. Sababi farishtalar yaxshi yoki yomon duolariga "Omin" turadilar. Bu esa duoning qabul bo‘lishiga dalolat qiladi. Farishtalarning duosi ijobat bo'lib, inson o'ziga ham boshqalarga ham zarar keltiradigan narsalarni duo qilishi joiz emas. Farishtalardan murod, o'lim farishtasi va uning yordamchilari yoki oʻsha yerga tashrif buyurgan qolgan farishtalar. Bu Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning o'z ummatlariga mayyitning oldida inson oʻzini tutishiga taalluqli odob ta'limotlarining bir qismidir. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Salamaning haqqiga duo qildilar: “Allohim, Abu Salamani mag‘firat qil”, ya’ni uning gunoh va yomonliklarini mag‘firat et. "Uning mavqeini hidoyat topgan bandalaring safiga ko‘targin", ya’ni: unga ilgari Islomga hidoyat qilgan zotlaring kabi jannatda yuksak darajalarga koʻtar. "Ortidan qolganlarga oʻrinbosar boʻlgin", ya'ni: oilasi va farzandlarining manfaatini saqlashda unga oʻrinbosar boʻl, ularni boshqa birovga tashlab qoʻyma. “Allohim, uning qabrini keng qilgin”. Chunki qabr yo o'z egasiga kengaygan bo'ladi yoki uning uchun tor boʻladi. "Unga yorug'lik ber", ya'ni: qabridan va undan zulmatni olib tashla, bu ham qabr saodatning bir qismidir. Hadisdan oladinadigan foydalar: - O'liklarning ko'zlarini yumish sunnatligi; - Yaqin vafot qilganlarg sabr-toqat va yaxshi so'zlar haqida ko'rsatmalar berish lozimligi; - Mayyit uchun, uning oilasi va oxirati uchun duo qilish kerakligi; - Amirlar qoʻl ostidagilarni kasallarini koʻrgani kelib turishi lozimligi; - Inson vafot qilishi taalluqli koʻpchilik bilmaydigan ma'lumotlarni berish sunnatdan; - Munkarni koʻrganda rad etish kerakligi, hattoki u janozada bo'lsa ham. Albatta buning oʻz fiqhi bor! - Farishtalar inson qanday duo qilsa ham "Omin" deyishga buyurilganligi; - Mayyit uchun birinchi soʻraladigan narsa magʻfirat ekani; - Sizdan keyin yaqinlaringizga qarab qoluvchi eng ishonchli oʻrinbosar Alloh ekani; - Birovga magʻfirat so'rayotgan paytida inson oʻzini ham qoʻshib ketishi joizligi; - Keng va yorugʻ hovli dunyoda ham oxiratda ham yaxshi deb hisoblanishi. @nabaviy_hadislar1
226
3
#Sharh: Islom odamlar bilan muomala qilishda go‘zal odob-axloqni targ‘ib qiladi. Ular bilan yaxshi munosabatda bo‘lishga va muloyim bo‘lishga chorlaydi. Bu hadisi sharifda qattiq xusumatlashuvchi insonga ogohlantirish berilmoqda. U Alloh taologa insonlar ichida eng yoqimsizi hisoblanadi. Xusumatlashuvchi inson janjalni yaxshi ko‘radigan kishi boʻladi. Alloh taolo undan nafratlanganidan unga doim gunoh yogʻilib turadi. Chunki u botil  ustida bahs yuritadi va bu haqni yo'qotishiga sabab boʻladi. Natijada haqni tutganlarga zulm qiladi va botilni qo'llab-quvvatlaydi. Alloh taolo aytadi: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), odamlar orasida shunday kimsalar borki, uning gapirgan gapi, hayoti dunyoda Sizga qiziq tuyuladi. Va oʻzi (Islomga) ashaddiy xusumatchi boʻlgan holida dilidagi “iymoniga” Allohni guvoh keltiradi [Baqara: 204]. Hadis haq ustida bahslashuvchi insonga ham tegishlidir. U xatolik darajasiga ko'ra bahslashishi kerak, agar ortiqcha nizo qilib soʻng xusumatga oʻtadigan boʻlsa, ushbu hadis ostiga kiradi. Bazilar oʻz haqqini talab qilishda ortiqcha soʻzlarni ishlatib yuboradi yoki ilmsiz tortishadi. Ular ham mana shu hadisdagi ashaddiy xusumatlashuvchi kishilardan boʻladilar. @nabaviy_hadislar1
232
4
#hadis: Odamlarni ma'dan kabi ekanini ko'rasiz. Ularning johiliyat davrdagi yaxshilari islomda ham yaxshilari boʻladilar, agar ular dinda faqih boʻlsalar. Bu ish(amirlik)da eng yaxshi kishilar, uni eng yomon ko‘radiganlar ekanini ko‘rasiz. Odamlarning eng yomoni esa ikki yuzli kishilardir. Ularga bir yuz bilan, bularga bir boshqa yuz bilan keladilar. Rivoyatchi: Abu Hurayra Manba: Sahihi Buxoriy Sahifa yoki hadis raqami: 3493. #Sharh: Odamlar bir-biridan tushuncha va fiqh darajasida farqlanadilar. Ba'zilari esa mavqei, boshqalarga ta'sir kuchi va ko'p sonli ergashuvchilari bilan boshqalardan ajralib turadi. Bu hadisi sharifda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam odamlarning turlarini bayon qilib, "Odamlar ma'dana kabi", ya'ni: turli xil, qimmatbaho va arzon boʻlishini xabar bermoqdalar. Har bir mineraldan aslidagi narsa chiqadi va shunga o'xshab har bir insondan aslidagi izzatliligi yoki pastligi chiqadi. Agar uning asli sharafli bo'lsa, ko'pincha uning avlodi ham shunday bo'ladi. Islomda afzallik taqvo bilan oʻlchanadi va lekin unga nasl izzati qo'shilsa fazilati ortadi. Bundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, islomdan oldingi davrdagi eng yaxshi va olijanob insonlar, Islomni qabul qilib, uning asos va hukmlarini tushungan bo‘lsalar, Islomdagi eng yaxshi va eng oliyjanob kishilar boʻladilar. Eng yaxshisi islomdan oldingi davrdagi izzat bilan Islomdagi izzatni jamlagan, soʻngra unga dinda faqih boʻlishni qoʻshgan insondir. U zot (sollallohu alayhi vasallam) amirlikka eng loyiq odamlar, uni eng yomon ko‘radiganlar ekanligini tushuntirdilar.  Ular amirlikning vojibotlari, Allohning va odamlarning haqqi  ogʻir boʻlib ketishidan qoʻrqadilar. Bir rivoyatda: “Toki unga tushmagunicha”, ya’ni: toki amirlikni yaxshi koʻrib qolsa, undan bu yaxshilik sifati yo'qoladi. Aytiladiki: “Manosi shuki, agar ular amirlikka egalik qilsalar, Alloh taolo ulardan amirlikka bo‘lgan nafratlarini ketkazadi.  Toki ular unga nisbatan o'z burchlarini ado etsinlar.  Aytiladiki: Bu yerda ishdan murod Islomdir, ya'ni odamlarning islomni eng yomon ko'rganlari islomga kirgach eng yaxshilariga aylanadilar. Masalan: Umar ibn Al-Xattob, Xolid ibn Valid, Amr ibn Al-Os, Ikrima ibn Abu Jahl, Suhayl ibn Amr, Alloh ulardan rozi bo'lsin va boshqalar... So‘ngra Nabiy sollallohu alayhi vasallam tabiatan nopok kishilarga bir misol keltirmoqdalar. U har bir toifa odamlariga yoqadigan narsani qiladigan ikki yuzli munofiqdir. U ulardan biri ekanligini so'z va amal bilan ko'rsatadi. Soʻngra ularning dushmanlarini rozi qilish uchun boshqa yuz bilan keladi. Bu hukm yer yuzida buzg‘unchilikni yo‘lga qo‘yish uchun shu ishni qiladigan kimsalarga tegishlidir. Lekin u bu ishini ikki tarafni yarashtirish uchun qilgan bo‘lsa, bu gaplar unga taalluqli emas. Ikki yuzlilik vasfiga odamlar orasida yaxshilik va solihlikni ko'rsatadigan va o'zi yolgʻiz qolsa ma'siyatlarni tap tortmay qiladigan insonlar kiradi. Hadisdan olinadigan foydalar: - Insonlarni jonsiz narsalarga oʻxshatish joizligi; - Johiliyat koʻrgan insonlardan ham yaxshi insonlar chiqishi; - Islomga kirgach diniy ilimlarni oʻrganish lozimligi; - Ba'zan yomon insonlardan, islomga xizmat qiladiganlar chiqishi; - Amirlikka harislik yaxshi sifat emasligi; - Amirlik bilan ikkiyuzlamachilik o'rtasida bog'liqlik borligi; - Isloh uchun ikki tarafga ikki xil gapirish ikkiyuzlamachilikka kirmasligi; - Amirlikni yomon koʻradigan insonlarni amir qilish kerakligi. @nabaviy_hadislar1
277
5
#sharh: Aqli butun erkak kishini yoʻldan ozdirish uchun yomon ayoldek qodir inson yoʻq. Shu sababdan ayol kishi soliha boʻlsa, jamiyat isloh boʻladi yoki fasodi kamayadi. Agar u buzilsa, jamiyat buziladi magaram dini quvvatli insonlarning oilasi qolishi mumkin. Ushbu hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam ummatlarini ayollar fitnasidan ogohlantirmoqdalar. Fosiqa ayollar erkaklar uchun eng zararli fitna hisoblanadi. Agar biror solih insonning ayoli fosiqa boʻlsa, erini xatarli ishlarga da'vat qiladi yoki sababchi boʻladi. Masalan: eridan dunyo talab qiladi va er shuni deb din ishlariga vaqt ajrata olmaydi. Misr vazirining ayoli ham Yusuf alayhissalomni oʻziga chorlab zino qilmoqchi boʻldi. Hatto agar u ishni qilmasa, qamatish bilan tahdid qildi. Bunday fitnalardan Alloh saqlagan insonlargina chiqa oladilar. Shu sabab moʻmin erkak doimo Alloh taoloni arqonini mahkam ushlashi va ayol fitnasidan panoh berishini soʻrab duo qilishi kerak boʻladi. Alloh taolo aytganidek: Odamlarga ayollardan, bolalardan, toʻp-toʻp tillo va kumushdan, goʻzal otlardan, chorvadan, ekin-tekindan iborat shahvatlarning muhabbati ziynatlandi (Oli Imron: 14). Oyatda ayollarga boʻlgan shahvat dunyodagi barcha shahvatlardan avval zikr qilinmoqda. Hadisdan olinadigan foydalar: - Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ummatlariga mehribonliklari va nasihat qilishlari; - Ba'zan kuchli insonlarning fitnasi arzimas hisoblangan ashyolarda boʻlishi; - Jamiyatda birinchi boʻlib ayol kishini islohiga etibor qaratish kerakligi; @nabaviy_hadislar1
293
6
#303 #nasihat #ayollar Ayollar yoʻl chetidan yursinlar! Hamza ibn Abu Usayd al Ansoriy roziyallohu anhu otasidan rivoyat qila+1
#303 #nasihat #ayollar Ayollar yoʻl chetidan yursinlar! Hamza ibn Abu Usayd al Ansoriy roziyallohu anhu otasidan rivoyat qiladi, u Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga namozdan chiqib kelayotgan edi erkaklar bilan ayollar yoʻlda aralashib ketdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollarga aytdilar: "Ozroq kutib turinglar. Sizlar yoʻlni oʻrtasidan emas, chetidan yurishinglar kerak". Shundan keyin ayollar devorga yopishib yuradigan boʻldilar, hatto ba'zi ayollar devorga yopishib yurganisan kiyimlari devorga ilinib qolar edi" (Abu Dovud: 5272). Sharh: Nabiy sollallohu alayhi vasallam erka-gu ayol sahobalarning holatini kuzatib, ularni isloh qilib turar edilar. Hatto har bir sinfga oʻz haqqini taqsimlab berganlar. Ushbu hadisda ayollarning koʻchada yurish odobi bayon qilinmoqda. Ular agar koʻchaga chiqsalar, yoʻlning oʻrtasida emas, balki chetida yurishlari lozim boʻladi. Umar roziyallohu anhu aytadilar: "Menga yetib kelishiga qaraganda, ayollaringlar bozorda qul erkaklar bilan aralashib savdo-sotiq qilayotgan ekan. Ogoh boʻlinglar rashk qilmaydigan erkakda yaxshilik yoʻq" (Imom Ahmad musnadlari). Hadisdan olinadigan foydalar: - Sahobalarning ogʻillari ham ilmga haris boʻlishgani va otalar oʻgʻillariga hadis aytib bergani; - Nabiy sollallohu alayhi vasallam davrida ayollar jamoat namoziga chiqqanligi. Hozir ham masjidlarda ayollar uchun namoz oʻqishga imkon boʻlsa, chiqishlari joiz. Albatta bunda shar'iy normalarga rioya qilishlari kerak; - Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollarga xitob qila olganlari. Hozirda ham biror jamoaga bosh ahli ilm yoki amir koʻchada ayollardan nojoiz ishni koʻrsa, nasihat qilishga haqqi bor; - Agar ayollar bilan erkaklar bir yoʻldan chiqib qolsa, ayollarni kutib turishi sunnatga muvofiq boʻladi; - Muso alayhissalom ham shu sunnatga amal qilib, Shuaybning qizlarini oldida ketganliklari; - Sahobiyya ayollarning nasihatga tez amal qilganliklari; - Taqvo qilish kiyimni ehtiyot qilishdan muqaddam turishi; - Nabiy sollallohu alayhi vasallam davridagi devorlar notekisligi va hatto kiyim ilinib qoladigan darajada boʻlgani. @nabaviy_hadislar1
226
7
#Sharh: Islomda axloq juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam go‘zal va ezgu axloqni to‘liq va mukammal qilish uchun yuborilganlar. Mo‘min yaxshi axloqga ega bo‘lishi, yomon axloqni tark qilishi kerak. Bu hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, "Moʻmin.... emas"- dedilar. Ya'ni bir shaxs, to‘la iymonli bo‘la olmaydi yoki mo‘minning axloqiga kirmaydi demoqchilar. Moʻmin kishi odamlarni kamsitadigan, ularni haqorat qiladigan va g'iybat qiladigan boʻlmaydi. Ularni qarg'amaydi, chunki odamlarni ko'p qarg'ish va la'natlash moʻminning axloqiga kirmaydi. La'nat Allohning rahmatidan yiroq boʻlishini so‘rab duo qilishdir. Moʻminning xatti-harakatlari va so‘zlari xunuk boʻlmaydi yoki behayolik uning axloqiga kirmaydi. Hadisdan olinadigan foydalar: - A’zolarni yomonlikdan saqlash kerakligi, xossatan tilni; - Moʻmin boʻlmoqchi boʻlgan kishi oʻzida mana shu yaxshi sifatlarini jamlashi lozimligi. @nabaviy_hadislar1
264
8
#302 #jihod #riyo Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Gʻazot ikki xil boʻladi. Kim Allohning yuzini xohlab, amiriga
#302 #jihod #riyo Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Gʻazot ikki xil boʻladi. Kim Allohning yuzini xohlab, amiriga itoat qilib, qimmatli molini ehson qilib, sherigiga yengillik qilib, fasodlardan chetlansa, bas uning uyqisi va uygʻoqligining barchasi savobdir. Ammo kimdir faxr va riyo qilib gʻazot qilsa, amiriga itoat qilmasa va yerda fasod qilsa, yetarli savob bilan qaytmaydi" (Sahih Abu Dovud: 2515). @nabaviy_hadislar1
290
9
#sadaqa #301 Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Har bir musulmon sadaqa qilmoqligi lozim". Bir sahobiy soʻradi: "Qo
#sadaqa #301 Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Har bir musulmon sadaqa qilmoqligi lozim". Bir sahobiy soʻradi: "Qodir boʻlmasachi?". U zot javob berib aytdilar: "Ishlab oʻziga foyda keltiradi va sadaqa qiladi". Sahobiy soʻradi: "Unga qodir boʻlmasachi?". U zot aytdilar: "Ogʻir holdagi hojatmand kishilarga yordam beradi". Yana soʻradiki: "Unga ham qodir boʻlmasachi?". U zot javob berdilar: "Yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytaradi". Sahobiy yana soʻradi: "Bu ishni qilmasachi?". U zot javob berdilar: "Yomonlikdan tiyiladi, chunki bu ishi sadaqa hisoblanadi" (Muttafaqun alayhi). Xulosa qilib aytganda, musulmon kishi har qanday holatda sadaqa qila oladi! @nabaviy_hadislar1
319
10
"Agar sizlardan biringiz ovqat yesa, tovoqning tepasidan emas, pastidan yesin. Chunki baraka uning yuqorisiga tushib turadi". Rivoyatchi: Abdulloh ibn Abbos Muhaddis: Al-Albaniy Manba: Sahih Abu Dovud Sahifa yoki raqam: 3772 Hadis hukmi: Sahih Sharh: Ovqatning barakali bo‘lishining sabablaridan biri insonning ovqatlanish odobiga amal qilishi bo‘lib, u odoblar qatorida Nabiy sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisi shariflarida targ‘ib qilgan soʻzlari ham turadi. Hadisning ma’nosi: Agar toʻplanib taom yesanglar taomni tepasidan olmanglar, balki pastidan olinglar. Hadisda aytilgan uning pastki qismidan yeyishdan murod, har kim oʻz oldidan yeyishligi. Chunki taomning oʻrtasiga yaxshilik va ziyodalik tushib turadi, oz taom boʻlsa ham koʻpchilik toʻyadi. Abu Dovud va boshqalar rivoyat qilganidek: Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalari: "Ey Allohning Rasuli, ovqatlanyapmiz-u va lekin toʻymayapmiz"- dedilar. Shunda u zot: "Nima alohida-alohida yeysizlarmi?"-dedilar. Ular: Ha, dedilar. U zot aytdilar: "Bas, taomingiz ustida to'planib, Allohning ismini zikr qilinglar" (Alboniy Hasan sanagan). @nabaviy_hadislar1
336
11
#300 #qiyomat Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Uch kishi borki qiyomat kunida Alloh ular bilan gaplashmaydi va ularga qaramaydi. Ularni poklamaydi va ular uchun alamli azob bor". Aytdilarki: "Ey Allohning Rosuli kim ular? Axir halok boʻlib baxtsiz boʻlibdilar-ku?". Bu gapni Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga uch marta qaytardilar. U zot javob berdilarki: "Kiymini yerga osiltirib yuruvchi, tovarini yolgʻan qasam bilan sotuvchi va minnatchi". @Nabaviy_hadislar1
241
12
#qurbonlik Shu heyshtag asosida qidirsanglar qurbonlik haqida hadislar chiqadi!
307
13
#299 #qiyomat Imom Buxoriy ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qiladi: "Qiyomat kunida eng birinchi boʻlib kiyim kiydiril
#299 #qiyomat Imom Buxoriy ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qiladi: "Qiyomat kunida eng birinchi boʻlib kiyim kiydiriladigan inson Ibrohim Xolildir". Imom Qurtubiy "Tazkiro" kitobida keltiradi: "Ulamolar Ibrohim alayhissalomni boshqalardan koʻra avval kiyintirilishliklarini zikr qilib aytadilar: - Avvalgi-yu oxirgilarda u kishidan koʻra Allohdan qoʻrquvchi boʻlmagan. Shu sababdan hotirjam boʻlishlari uchun avval kiyim kiydiriladilar; - Hadisda kelganidek satrlanish va avratlari joynamozga tegmasligi uchun birinchi ishton kiygan inson hisoblanadilar. Oʻzlariga buyurilgan ishni qilganliklaridan, qiyomat kunida Alloh birinchi satr qiladigan insonlardan boʻldilar; - Ibrohim alayhissalomni olovga otmoqchi boʻlganlar avval insonlar oldida kiyimlarini yechib olishgan. Shu sababdan qiyomat kunida xaloyiq oldida kiyintiriladilar". @nabaviy_hadislar1
374
14
#019 #oila #rashk Rashkinglar qani ey erkaklar?! Sa'd ibn Uboda aytdi: "Agar ayolimni boshqa erkak bilan ko'rsam bo'yniga urar edim". Bu xabar Nabiy sollallohu alayhi vassallamga yetib borganda u zot aytdilar: "Sa'dni rashkidan ajablanyabsizlarmi? Men undan ko'ra rashkliroqman va Alloh mendan ko'ra rashkliroq. Shu sababdan oshkor boʻlgan va boʻlmagan fahsh ishlarni harom qildi. Allohdan koʻra uzrni yaxshi koʻradigan zor yoʻq. Shu sababdan ogohlantirib bashorat beruvchi payg'ambarlarni yubordi. Allohdan koʻra madhni yaxshi koʻruvchi zot yoʻq, mana shuni deb jannatni va'da qildi" (Buxoriy rivoyati: 7416). Sharh: Ushbu hadisda avvalambor Sa'd ibn Ubodani rashki kuchli ekanini koʻrishimiz mumkin. Shu kabi hadis Imomi Ahmaddan ham rivoyat qilinadi: "Nur surasining 4-oyati nozil boʻlganda. Sa'd Nabiy ﷺ: "Mana shunday nozil boʻldimi?"- deb soʻradi. U zot: "Ha"- deb javob berdilar. Sa'd aytadi: "Allohga qasam meni uni haqligini bilaman, lekin bir pastni ustida erkakni yotganini koʻrsa, ularni qimirlatmay toʻrtta guvoh olib kelishim kerakmi? Allohga qasamki, ularni olib kelmas edim, ungacha hojatini oʻtab boʻladi-ku". Bu hadisda ham Sa'd uni oʻldirishga shoshilishini bayon qilgan, bu la'natlashish oyati nozil boʻlishidan avval edi. Rashk quvvatini Alloh taolo inson nasli toza saqlanib qolishi uchun bir sabab qilgan. Kishining iymoniga qarab rashki kuchli boʻladi, shu sababdan Nabiy ﷺ Sa'ddan ham kuchli rashkchi ekanliklarinj bayon qilmoqdalar. Alloh taolo esa u zotdan ham kuchli, shu sababdan razil, nopok ishlarni harom qildi. Xoh u odamlar koʻz oʻngida boʻlsin xoh u maxfiy boʻlsin, chunki u zot bandasini doim koʻrib turadi. Allohning rashki oʻziga xos, maxluqlarning rashkiga oʻxshamaydi. Soʻngra Nabiy ﷺ Alloh taolodek uzrni yaxshi koʻruvchi zot yoʻq ekanini aytdilar. Ba'zi hadis olimlari bu yerda tavbalarni qabul qilish ma'nosida, deb aytadilar. Aslida ikki ma'no ham to'g'ri, Alloh bandalarini shunchaki azoblamasligi uchun oʻz dinini tushuntiradigan payg'ambarlarini yuborgan. Shundan keyin ham dinga yurmagan inson oʻzidan oʻpkalasin. Bundan tashqari Alloh taolodek madhni yoqtiruvchi zot yoʻq. Shu sabab bandalar Alloh oʻrgatgan hamdlarni aytsalar, ularga jannatda daraxtlar boʻlishi va'da qildi. Hadisdan olinadigan foydalar: - Sahobalarning fikrlari shar'iatga mos boʻlganligi; - Inson oʻzida bor ba'zi sifatlarni aytishi maqtanishga kirmasligi; - Alloh uzrni yaxshi koʻradi deganidan, shirk va kufrda oʻtsa ham jannatga kirar ekanda, deb tushunib qolmaslik kerak. Chunki u zot shirk bilan tavba qilmay oʻtgan insonlarni kechirmasligini aytgan; - Paygʻambarlar faqat qoʻrqitish uchun kelmagani kabi faqat bashorot uchun ham kelmagan. Balki ular ikkisini jamlagan; - Alloh shu darajada karamliki, mashaqqatsiz amallar uchun ham jannatni va'da qiladi. @Nabaviy_hadislar1
288
15
#298 #qiyomat 8675 - Mihjan ibn Al-Adra' roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarg
#298 #qiyomat 8675 - Mihjan ibn Al-Adra' roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga xitob qilib: "Xalos boʻlish kuni nima degani?”- deb uch marta aytdilar. Sahobalar aytishdiki: “Yo Rosululloh, xalos boʻlish kuni nima?”. U zot javob berdilar: «Dajjol Uhud togʻiga chiqib, Madina tarafga ishora qilib izdoshlariga aytadi: «Bu oq qasrni ko'ryapsizlarmi. Bu Ahmadning masjidi». Soʻngra Madinaga yaqinlashadi va lekin uning har bir tepaligida qilichi yalangʻochlangan farishtani koʻradi. Keyin u Sabxatul-Jurfga kelib, uning ustunlarini uradi, bundan Madina uch marta titraydi va unda hech qanday munofiq va munofiqa qolmaydi. Natijada Madina tozalanadi va oʻsha kun (Madinaning munofiqlardan) xalos boʻlish kunidir". 📓 "Mustadrok ala Sahihayn" Hadis hukmi: Imom Muslim shartiga koʻra sahih. #Sharh: Subhanalloh Nabiy ﷺ rost soʻzlagan edilar. Batahqiq qiyomatga yaqin qoldi, suratda Masjidun Nabaviyyaning yuqoridan koʻrinishi tasvirlangan. Koʻrib turganingizdek u dajjol aytganidek oq qasr kabi. Qolaversa kelajakda Madina munofiq va munofiqalarga toʻladi, balki hozir ham yetarlidir. Lekin ular sinov paytida uni tark qiladilar va u yerda faqat moʻmin va moʻminalar qoladi insha Alloh. @nabaviy_hadislar1
233
16
#297 #qiyomat Inson qo'rquv paytida ko'zini yumishi "Men Dajjol bilan nima borligini bilaman. Uning yonida ikkita daryo oqadi
#297 #qiyomat Inson qo'rquv paytida ko'zini yumishi "Men Dajjol bilan nima borligini bilaman. Uning yonida ikkita daryo oqadi, ulardan biri ko'z ko'rgan tiniq suv kabi koʻradi, ikkinchisini ko'z alangali olov kabi koʻradi. Kimdir unga uchrab qolsa, koʻzi olov kabi koʻrayotgan daryoga kelsin va ko'zini yumib boshini egib undan ichsin, chunki u sovuq suvdir. Dajjolning bir ko'zining ustidan qalin teri qoplangan va ikki ko'zining oʻrtasiga Kofir, deb yozilgan. Uni har bir yozishni biladigan va bilmaydigan moʻmin o'qiy oladi". Roviy: Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu; Masdar: Sahih Muslim Hadis raqami: 2934, hukmi sahih. #Sharh: Dajjoldagi deyarli barcha narsalar aksi bo'ladi. Bu hadisda Nabiy ﷺ dajjol insonlarning koʻziga olov qilib koʻrsatgan daryosidan ichishga buyuryaptilar. Uning uchun inson koʻzini yumishi qoʻrqmasdan ichishi kerak. Koʻzni yumish koʻp oʻrinlarda ish beradi, masalan mujohidlarning ustiga bomba kelsa koʻzini yumib engashishi kerak. Sababi koʻz koʻrib qalbga tasir qilishi mumkin. Shu sababdan ham moʻminlarga nomahramdan koʻzini tiyishi buyurilgan. Chunki koʻz qalbning razvetkasi, u koʻrgan narsalarini qalbga xabar beradi va unda oʻzgarish boʻladi. Soʻngra Nabiy ﷺ dajjolni koʻrsak tanishimiz uchun uni vasflab beryaptilar. U kunda dajjolning ikki koʻzi orasidagi "Kofir" yozuvini oʻqish uchun, omi musulmonga ham ilhom beriladi. Albatta bu Allohning moʻminlarga rahm qilganidan. Ba'zi vaziyatlar boʻladi unga sizni aqlingiz yetmaydi, ammo iymoningiz boʻlgani uchun Alloh sizga ilhom beradi. Hadisdan olindigan foydalar: - Nabiy ﷺ ning ummatlariga mehribon ekanliklari, chunki qiyomat alomatlarining hammasini xabarini berib, undan qutilish yoʻllarini oʻrgatib ketdilar; - Dajjolga dunyo mulki berilishi; - Dajjol odamlarga haqni botil, botilni haq qilib koʻrsatishi; - Mo'min dajjol aytgan narsalarni qoʻrqmay teskarisini qilaversa najot topishi; - Qoʻrquv paytida koʻzni yumish foyda berishi; - Alloh moʻminga haqni topishida ilhom berishi va botilni koʻrsatib qoʻyishi. @nabaviy_hadislar1
250
17
#296 #rashk "Rosululloh ﷺ safarga chiqsalar ayollari oʻrtasida qura tashlatar edilar. Bir safar qura Oisha va Hafsa onamizga tushdi, soʻng ikkovlari Nabiy ﷺ bilan birga safarga chiqdilar. Agar kech kiradigan boʻlsa, Rosululloh ﷺ Oisha onamiz bilan suhbatlashib ketar edilar. Kunlarning birida Hafsa onamiz Oisha onamizga: "Bu kecha meni tuyamga minmaysizmi, men siznikiga minib olar edim, ikkimiz koʻrmagan narsalarimizga qarab ketar edik"- dedilar. Oisha onamiz rozi boʻldilar va Oisha onamizning tuyalariga Hafsa onamiz, Hafsa onamiznikiga Oisha onamiz mindilar. Soʻngra tunda Nabiy ﷺ Oisha onamizning tuyalarini oldiga keldilar va unda Hafsa onamiz bor edi. U zot salom berib birga suhbat qilib ketaverdilar, hatto bir manzilga tushishdi. Oisha onamiz esa Nabiy ﷺ qidirib qoldilar va rashk qildilar. Dam olgani tuyadan tushishgach Oisha onamiz izxir (xushboʻy qamish)ga oyoqlarini tiqib: "Ey Robbim, biror chayon yoki ilon yubor meni chaqib olsin, bilasan payg'ambaringa hech narsa deya olmayman". Rivoyat qiluvchi: Mo'minlarning onasi oisha roziyallohu anho Muhaddis: Imom Muslim rohimahulloh Hadis raqami: 2445, hukmi: sahih. #Sharh: Nabiy ﷺ safar qilmoqchi boʻlsalar ayollaridan birini tanlash uchun qura uyushtirar edilar. Bir safar qura Oisha va Hafsa onalarimizga tushib qoldi. Nabiy ﷺ Oisha onamizni ziyoda yaxshi koʻrganlaridan, kech kirsa birga gaplashib ketar edilar. Odatda safar mashaqqatini kamaytirish uchun shunday qilishadi. Hafsa onamiz ham bu suhbatdan bahramand boʻlishlari uchun Oisha onamizga tuyalarni almashtirish taklifini berdilar. Oisha onamiz yoshlari kichik boʻlganidan bu narsaga bilmasdan rozi boʻlib qoʻydilar. Oʻsha paytda ayollar uchun tuyaga biriktirilgan ichi koʻrinmaydigan taxtiravon boʻlar edi. Nabiy ﷺ tunda Oisha onamizning tuyalarini oldiga kelsalar, ichida Hafsa onamiz ekan, gaplashishda davom ettilar. Oisha onamiz Nabiy ﷺ tunda kutdilar va kelmaganlaridan bezovta boʻlib qarasalar U zot Hafsa onamiz bilan ekan. Bu narsaga chiday olmay oʻzlarini malomat qilib izxirga oyoqlarini tiqdilar va Allohga bilmagan hollarida duo qildilar. Sababi payg'ambarimizga biror narsa deya olmaydilar, Hafsa onamizga esa oʻzlari rozi boʻlganlar. Hadisdan olinadigan foydalar: - Ayollar oʻrtasida safar uchun qura tashlash joiz ekani; - Erkak kishi safarda tunda yaxshi koʻrgan ayolini oldida boʻlishi joizligi, mumkin kunduzi; - Ayollarni rashki kelgan oʻrinlarda malomat yoʻqligi; - Ayollar bir-birlariga hiyla qilishi bor ekani; - Yoshi kattaroq ayollar tajribali boʻlishlari; - Oisha onamizning soddaliklari; - Nabiy ﷺni karamli ogʻir bosiq ekanliklari; - Izxir oʻsimligi ichida har xil hashoratlar boʻlishi; - Oisha onamiz nabototlarni yaxshi bilganliklari; - Oisha onamizning iffati, hech kimni malomat qilmay oʻzlarini malomat qildilar; - Oisha onamiz erlari va kundoshlarini hurmat qilishlari; @nabaviy_hadislar1
310
18
#davomi... Hadisda zikrning fazilatiga ham ishora bor. Bunga oʻxshash hadisni Fotima roziyallohu anho Nabiy ﷺ dan xizmatkor soʻrganlarida tasbeh aytishga buyurganlarida ham koʻrishimiz mumkin. Yoki Rosululloh ﷺ ramazonda taomlanmay ketma-ket roʻza turar edilar, sababi u zotni Robbilari taomlantirib turar edi. Ibnul Qoyyim rohimahulloh bu taomni zikr deb aytganlar, vallohu a'lam. Ochlikdan qiynalayotgan kishilar mana shuni sinab koʻrsalar boʻladi. @nabaviy_hadislar1
218
19
#295 #qiyomat Zikrning fazli va dajjolga tamhid Ibn Mojaning sunani, ibn Xuzaymaning sahihi va imom Hokimning mustadroklarida
#295 #qiyomat Zikrning fazli va dajjolga tamhid Ibn Mojaning sunani, ibn Xuzaymaning sahihi va imom Hokimning mustadroklarida abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rosululloh ﷺ aytadilar: "Dajjol chiqishidan avval uch yil qiyinchilik yillari boʻladi, insonlarga ochlik yetadi. Alloh taolo osmonga birinchi yili yomgʻirning uchdan birini tutib qolishini va yerga nabototlarining uchdan birini tutib qolishni buyuradi. Ikkinchi yili esa osmonga qolgan uchdan bir yomgʻirini tutib qolishni va yerga nabototlarining qolgan uchdan birini tutib qolishni buyuradi. Soʻngra uchinchi yilda osmonga butun yomgʻirini tutib qolishni buyuradi va bir qatra yomgʻir yogʻmaydi, yerga qolgan barcha nabototlarini tutib qolishni buyuradi va biror oʻsimlik oʻsmaydi. Natijada biror tuyoqdor hayvon qolmay halok boʻladi, illo Alloh xohlagan ba'zi hayvonlar qoladi". Aytishdiki: "U kunda insonlar nima bilan qorin to'ydiradi". U zot aytdilar: "La ilaha illalloh, Allohu Akbar va Alhamdulillah taom oʻrniga oʻtadi". #Sharh: Alloh taolo biror qavmni fitnlamoqchi boʻlsa, ular eng muhtoj boʻlgan tomonidan keladi. Albatta bu sodiqni kozibdan ajratish uchun boʻladi. Dajjol chiqishidan avval uch yil ocharchilik boʻladi. Alloh taolo ocharchilikni bosqichma-bosqich olib boradi, ya'ni birdaniga kelmay yildan yilga qiyinlashib boradi. Soʻngra dajjol kelishiga muhit tayyor boʻlgach, u kelib osmonga yomgʻirini yogʻdirishini soʻraydi va u Allohning izni bilan yogʻadi yoki yerga xazinalarini chiqarishni soʻraydi va Allohning izni bilan chiqaradi. Insonlar mana bu qiyinchilikdan soʻng, ilmsizliklari tufayli dajjolni iloh deb oʻylaydilar. Shu sababdan dajjolni qarshisiga chiqmaslik kerak, chunki inson oʻzini sinovga otmaydi. Hozirgi kunda ham Allohning izni bilan ba'zi oʻlkalarda qiyinchiliklar boʻladi va bir togʻut kelib insonlarga koʻp imkoniyatlarni yaratib berishi mumkin, mana shunda uni saylash saylovga borishdan ehtiyot boʻlish kerak. @nabaviy_hadislar1
374
20
#294 #qiyomat La ilaha illallohning fazli Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Bir qismi quruqlikda, bir qismi dengizda bo
#294 #qiyomat La ilaha illallohning fazli Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Bir qismi quruqlikda, bir qismi dengizda bo‘lgan shahar haqida eshitganmisizlar?"- dedilar Ular: "Ha, ey Allohning rasuli"- deb javob berishdi. U zot aytdilar: «Mana shu shaharning ustiga Bani Is'hoqdan boʻlgan yetmish ming kishi g'azot qilmagunicha qiyomat boʻlmaydi. Ular oʻsha shahar yaqiniga kelishadi va biror qurol-yaroq bilan jang qilmaydilar. Ammo: "La ilahaillalloh vallohu akbar"- deydilar va shaharning bir qismi taslim boʻladi. Soʻngra ikkinchi marta "La ilaha illalloh vallohu akbar"- deydilar va yana bir qismi taslim boʻladi. Uchinchi marta: "La ilaha illalloh vallohu akbar"- deydilar, ular uchun shahar ochib beriladi va u yerga kirib oʻljalarni taqsimlashayotgan paytda bir jarchi qichqirib aytadi: "Dajjol chiqdi", ular hamma narsani tashlab, qaytib ketishadi». Rivoyatchi: Abu Hurayra | Manba: Sahihi Muslim Sahifa yoki raqam: 2920 | Hadis hukmi:Sahih @Nabaviy_hadislar1
200