cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Nabaviy Hadislar

Nabiy sallallohu alayhi vassalam aytdilar: "Mendan bir oyat bo'lsa ham yetkazinglar. Bani isroildan rivoyat qilaveringlar haraj (qiyinchilik) yo'q, kim menga qastdan yolg'on gapirsa do'zaxdan o'z o'rnini tayyorlayversin". [رواه بخاري ٣٤٦١]

Більше
Рекламні дописи
244
Підписники
Немає даних24 години
-27 днів
+130 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
#302 #jihod #riyo Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Gʻazot ikki xil boʻladi. Kim Allohning yuzini xohlab, amiriga itoat qilib, qimmatli molini ehson qilib, sherigiga yengillik qilib, fasodlardan chetlansa, bas uning uyqisi va uygʻoqligining barchasi savobdir. Ammo kimdir faxr va riyo qilib gʻazot qilsa, amiriga itoat qilmasa va yerda fasod qilsa, yetarli savob bilan qaytmaydi" (Sahih Abu Dovud: 2515). @nabaviy_hadislar1
Показати все...
👍 5 1🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#sadaqa #301 Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Har bir musulmon sadaqa qilmoqligi lozim". Bir sahobiy soʻradi: "Qodir boʻlmasachi?". U zot javob berib aytdilar: "Ishlab oʻziga foyda keltiradi va sadaqa qiladi". Sahobiy soʻradi: "Unga qodir boʻlmasachi?". U zot aytdilar: "Ogʻir holdagi hojatmand kishilarga yordam beradi". Yana soʻradiki: "Unga ham qodir boʻlmasachi?". U zot javob berdilar: "Yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytaradi". Sahobiy yana soʻradi: "Bu ishni qilmasachi?". U zot javob berdilar: "Yomonlikdan tiyiladi, chunki bu ishi sadaqa hisoblanadi" (Muttafaqun alayhi). Xulosa qilib aytganda, musulmon kishi har qanday holatda sadaqa qila oladi! @nabaviy_hadislar1
Показати все...
👍 5
"Agar sizlardan biringiz ovqat yesa, tovoqning tepasidan emas, pastidan yesin. Chunki baraka uning yuqorisiga tushib turadi". Rivoyatchi: Abdulloh ibn Abbos Muhaddis: Al-Albaniy Manba: Sahih Abu Dovud Sahifa yoki raqam: 3772 Hadis hukmi: Sahih Sharh: Ovqatning barakali bo‘lishining sabablaridan biri insonning ovqatlanish odobiga amal qilishi bo‘lib, u odoblar qatorida Nabiy sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisi shariflarida targ‘ib qilgan soʻzlari ham turadi. Hadisning ma’nosi: Agar toʻplanib taom yesanglar taomni tepasidan olmanglar, balki pastidan olinglar. Hadisda aytilgan uning pastki qismidan yeyishdan murod, har kim oʻz oldidan yeyishligi. Chunki taomning oʻrtasiga yaxshilik va ziyodalik tushib turadi, oz taom boʻlsa ham koʻpchilik toʻyadi. Abu Dovud va boshqalar rivoyat qilganidek: Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalari: "Ey Allohning Rasuli, ovqatlanyapmiz-u va lekin toʻymayapmiz"- dedilar. Shunda u zot: "Nima alohida-alohida yeysizlarmi?"-dedilar. Ular: Ha, dedilar. U zot aytdilar: "Bas, taomingiz ustida to'planib, Allohning ismini zikr qilinglar" (Alboniy Hasan sanagan). @nabaviy_hadislar1
Показати все...
🔥 3
#300 #qiyomat Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Uch kishi borki qiyomat kunida Alloh ular bilan gaplashmaydi va ularga qaramaydi. Ularni poklamaydi va ular uchun alamli azob bor". Aytdilarki: "Ey Allohning Rosuli kim ular? Axir halok boʻlib baxtsiz boʻlibdilar-ku?". Bu gapni Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga uch marta qaytardilar. U zot javob berdilarki: "Kiymini yerga osiltirib yuruvchi, tovarini yolgʻan qasam bilan sotuvchi va minnatchi". @Nabaviy_hadislar1
Показати все...
👍 2
#qurbonlik Shu heyshtag asosida qidirsanglar qurbonlik haqida hadislar chiqadi!
Показати все...
🔥 4👍 1👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#299 #qiyomat Imom Buxoriy ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qiladi: "Qiyomat kunida eng birinchi boʻlib kiyim kiydiriladigan inson Ibrohim Xolildir". Imom Qurtubiy "Tazkiro" kitobida keltiradi: "Ulamolar Ibrohim alayhissalomni boshqalardan koʻra avval kiyintirilishliklarini zikr qilib aytadilar: - Avvalgi-yu oxirgilarda u kishidan koʻra Allohdan qoʻrquvchi boʻlmagan. Shu sababdan hotirjam boʻlishlari uchun avval kiyim kiydiriladilar; - Hadisda kelganidek satrlanish va avratlari joynamozga tegmasligi uchun birinchi ishton kiygan inson hisoblanadilar. Oʻzlariga buyurilgan ishni qilganliklaridan, qiyomat kunida Alloh birinchi satr qiladigan insonlardan boʻldilar; - Ibrohim alayhissalomni olovga otmoqchi boʻlganlar avval insonlar oldida kiyimlarini yechib olishgan. Shu sababdan qiyomat kunida xaloyiq oldida kiyintiriladilar". @nabaviy_hadislar1
Показати все...
😢 6
#019 #oila #rashk Rashkinglar qani ey erkaklar?! Sa'd ibn Uboda aytdi: "Agar ayolimni boshqa erkak bilan ko'rsam bo'yniga urar edim". Bu xabar Nabiy sollallohu alayhi vassallamga yetib borganda u zot aytdilar: "Sa'dni rashkidan ajablanyabsizlarmi? Men undan ko'ra rashkliroqman va Alloh mendan ko'ra rashkliroq. Shu sababdan oshkor boʻlgan va boʻlmagan fahsh ishlarni harom qildi. Allohdan koʻra uzrni yaxshi koʻradigan zor yoʻq. Shu sababdan ogohlantirib bashorat beruvchi payg'ambarlarni yubordi. Allohdan koʻra madhni yaxshi koʻruvchi zot yoʻq, mana shuni deb jannatni va'da qildi" (Buxoriy rivoyati: 7416). Sharh: Ushbu hadisda avvalambor Sa'd ibn Ubodani rashki kuchli ekanini koʻrishimiz mumkin. Shu kabi hadis Imomi Ahmaddan ham rivoyat qilinadi: "Nur surasining 4-oyati nozil boʻlganda. Sa'd Nabiy ﷺ: "Mana shunday nozil boʻldimi?"- deb soʻradi. U zot: "Ha"- deb javob berdilar. Sa'd aytadi: "Allohga qasam meni uni haqligini bilaman, lekin bir pastni ustida erkakni yotganini koʻrsa, ularni qimirlatmay toʻrtta guvoh olib kelishim kerakmi? Allohga qasamki, ularni olib kelmas edim, ungacha hojatini oʻtab boʻladi-ku". Bu hadisda ham Sa'd uni oʻldirishga shoshilishini bayon qilgan, bu la'natlashish oyati nozil boʻlishidan avval edi. Rashk quvvatini Alloh taolo inson nasli toza saqlanib qolishi uchun bir sabab qilgan. Kishining iymoniga qarab rashki kuchli boʻladi, shu sababdan Nabiy ﷺ Sa'ddan ham kuchli rashkchi ekanliklarinj bayon qilmoqdalar. Alloh taolo esa u zotdan ham kuchli, shu sababdan razil, nopok ishlarni harom qildi. Xoh u odamlar koʻz oʻngida boʻlsin xoh u maxfiy boʻlsin, chunki u zot bandasini doim koʻrib turadi. Allohning rashki oʻziga xos, maxluqlarning rashkiga oʻxshamaydi. Soʻngra Nabiy ﷺ Alloh taolodek uzrni yaxshi koʻruvchi zot yoʻq ekanini aytdilar. Ba'zi hadis olimlari bu yerda tavbalarni qabul qilish ma'nosida, deb aytadilar. Aslida ikki ma'no ham to'g'ri, Alloh bandalarini shunchaki azoblamasligi uchun oʻz dinini tushuntiradigan payg'ambarlarini yuborgan. Shundan keyin ham dinga yurmagan inson oʻzidan oʻpkalasin. Bundan tashqari Alloh taolodek madhni yoqtiruvchi zot yoʻq. Shu sabab bandalar Alloh oʻrgatgan hamdlarni aytsalar, ularga jannatda daraxtlar boʻlishi va'da qildi. Hadisdan olinadigan foydalar: - Sahobalarning fikrlari shar'iatga mos boʻlganligi; - Inson oʻzida bor ba'zi sifatlarni aytishi maqtanishga kirmasligi; - Alloh uzrni yaxshi koʻradi deganidan, shirk va kufrda oʻtsa ham jannatga kirar ekanda, deb tushunib qolmaslik kerak. Chunki u zot shirk bilan tavba qilmay oʻtgan insonlarni kechirmasligini aytgan; - Paygʻambarlar faqat qoʻrqitish uchun kelmagani kabi faqat bashorot uchun ham kelmagan. Balki ular ikkisini jamlagan; - Alloh shu darajada karamliki, mashaqqatsiz amallar uchun ham jannatni va'da qiladi. @Nabaviy_hadislar1
Показати все...
😢 2👍 1🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#298 #qiyomat 8675 - Mihjan ibn Al-Adra' roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga xitob qilib: "Xalos boʻlish kuni nima degani?”- deb uch marta aytdilar. Sahobalar aytishdiki: “Yo Rosululloh, xalos boʻlish kuni nima?”. U zot javob berdilar: «Dajjol Uhud togʻiga chiqib, Madina tarafga ishora qilib izdoshlariga aytadi: «Bu oq qasrni ko'ryapsizlarmi. Bu Ahmadning masjidi». Soʻngra Madinaga yaqinlashadi va lekin uning har bir tepaligida qilichi yalangʻochlangan farishtani koʻradi. Keyin u Sabxatul-Jurfga kelib, uning ustunlarini uradi, bundan Madina uch marta titraydi va unda hech qanday munofiq va munofiqa qolmaydi. Natijada Madina tozalanadi va oʻsha kun (Madinaning munofiqlardan) xalos boʻlish kunidir". 📓 "Mustadrok ala Sahihayn" Hadis hukmi: Imom Muslim shartiga koʻra sahih. #Sharh: Subhanalloh Nabiy ﷺ rost soʻzlagan edilar. Batahqiq qiyomatga yaqin qoldi, suratda Masjidun Nabaviyyaning yuqoridan koʻrinishi tasvirlangan. Koʻrib turganingizdek u dajjol aytganidek oq qasr kabi. Qolaversa kelajakda Madina munofiq va munofiqalarga toʻladi, balki hozir ham yetarlidir. Lekin ular sinov paytida uni tark qiladilar va u yerda faqat moʻmin va moʻminalar qoladi insha Alloh. @nabaviy_hadislar1
Показати все...
👍 3 1🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#297 #qiyomat Inson qo'rquv paytida ko'zini yumishi "Men Dajjol bilan nima borligini bilaman. Uning yonida ikkita daryo oqadi, ulardan biri ko'z ko'rgan tiniq suv kabi koʻradi, ikkinchisini ko'z alangali olov kabi koʻradi. Kimdir unga uchrab qolsa, koʻzi olov kabi koʻrayotgan daryoga kelsin va ko'zini yumib boshini egib undan ichsin, chunki u sovuq suvdir. Dajjolning bir ko'zining ustidan qalin teri qoplangan va ikki ko'zining oʻrtasiga Kofir, deb yozilgan. Uni har bir yozishni biladigan va bilmaydigan moʻmin o'qiy oladi". Roviy: Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu; Masdar: Sahih Muslim Hadis raqami: 2934, hukmi sahih. #Sharh: Dajjoldagi deyarli barcha narsalar aksi bo'ladi. Bu hadisda Nabiy ﷺ dajjol insonlarning koʻziga olov qilib koʻrsatgan daryosidan ichishga buyuryaptilar. Uning uchun inson koʻzini yumishi qoʻrqmasdan ichishi kerak. Koʻzni yumish koʻp oʻrinlarda ish beradi, masalan mujohidlarning ustiga bomba kelsa koʻzini yumib engashishi kerak. Sababi koʻz koʻrib qalbga tasir qilishi mumkin. Shu sababdan ham moʻminlarga nomahramdan koʻzini tiyishi buyurilgan. Chunki koʻz qalbning razvetkasi, u koʻrgan narsalarini qalbga xabar beradi va unda oʻzgarish boʻladi. Soʻngra Nabiy ﷺ dajjolni koʻrsak tanishimiz uchun uni vasflab beryaptilar. U kunda dajjolning ikki koʻzi orasidagi "Kofir" yozuvini oʻqish uchun, omi musulmonga ham ilhom beriladi. Albatta bu Allohning moʻminlarga rahm qilganidan. Ba'zi vaziyatlar boʻladi unga sizni aqlingiz yetmaydi, ammo iymoningiz boʻlgani uchun Alloh sizga ilhom beradi. Hadisdan olindigan foydalar: - Nabiy ﷺ ning ummatlariga mehribon ekanliklari, chunki qiyomat alomatlarining hammasini xabarini berib, undan qutilish yoʻllarini oʻrgatib ketdilar; - Dajjolga dunyo mulki berilishi; - Dajjol odamlarga haqni botil, botilni haq qilib koʻrsatishi; - Mo'min dajjol aytgan narsalarni qoʻrqmay teskarisini qilaversa najot topishi; - Qoʻrquv paytida koʻzni yumish foyda berishi; - Alloh moʻminga haqni topishida ilhom berishi va botilni koʻrsatib qoʻyishi. @nabaviy_hadislar1
Показати все...
👍 4 1😢 1
#296 #rashk "Rosululloh ﷺ safarga chiqsalar ayollari oʻrtasida qura tashlatar edilar. Bir safar qura Oisha va Hafsa onamizga tushdi, soʻng ikkovlari Nabiy ﷺ bilan birga safarga chiqdilar. Agar kech kiradigan boʻlsa, Rosululloh ﷺ Oisha onamiz bilan suhbatlashib ketar edilar. Kunlarning birida Hafsa onamiz Oisha onamizga: "Bu kecha meni tuyamga minmaysizmi, men siznikiga minib olar edim, ikkimiz koʻrmagan narsalarimizga qarab ketar edik"- dedilar. Oisha onamiz rozi boʻldilar va Oisha onamizning tuyalariga Hafsa onamiz, Hafsa onamiznikiga Oisha onamiz mindilar. Soʻngra tunda Nabiy ﷺ Oisha onamizning tuyalarini oldiga keldilar va unda Hafsa onamiz bor edi. U zot salom berib birga suhbat qilib ketaverdilar, hatto bir manzilga tushishdi. Oisha onamiz esa Nabiy ﷺ qidirib qoldilar va rashk qildilar. Dam olgani tuyadan tushishgach Oisha onamiz izxir (xushboʻy qamish)ga oyoqlarini tiqib: "Ey Robbim, biror chayon yoki ilon yubor meni chaqib olsin, bilasan payg'ambaringa hech narsa deya olmayman". Rivoyat qiluvchi: Mo'minlarning onasi oisha roziyallohu anho Muhaddis: Imom Muslim rohimahulloh Hadis raqami: 2445, hukmi: sahih. #Sharh: Nabiy ﷺ safar qilmoqchi boʻlsalar ayollaridan birini tanlash uchun qura uyushtirar edilar. Bir safar qura Oisha va Hafsa onalarimizga tushib qoldi. Nabiy ﷺ Oisha onamizni ziyoda yaxshi koʻrganlaridan, kech kirsa birga gaplashib ketar edilar. Odatda safar mashaqqatini kamaytirish uchun shunday qilishadi. Hafsa onamiz ham bu suhbatdan bahramand boʻlishlari uchun Oisha onamizga tuyalarni almashtirish taklifini berdilar. Oisha onamiz yoshlari kichik boʻlganidan bu narsaga bilmasdan rozi boʻlib qoʻydilar. Oʻsha paytda ayollar uchun tuyaga biriktirilgan ichi koʻrinmaydigan taxtiravon boʻlar edi. Nabiy ﷺ tunda Oisha onamizning tuyalarini oldiga kelsalar, ichida Hafsa onamiz ekan, gaplashishda davom ettilar. Oisha onamiz Nabiy ﷺ tunda kutdilar va kelmaganlaridan bezovta boʻlib qarasalar U zot Hafsa onamiz bilan ekan. Bu narsaga chiday olmay oʻzlarini malomat qilib izxirga oyoqlarini tiqdilar va Allohga bilmagan hollarida duo qildilar. Sababi payg'ambarimizga biror narsa deya olmaydilar, Hafsa onamizga esa oʻzlari rozi boʻlganlar. Hadisdan olinadigan foydalar: - Ayollar oʻrtasida safar uchun qura tashlash joiz ekani; - Erkak kishi safarda tunda yaxshi koʻrgan ayolini oldida boʻlishi joizligi, mumkin kunduzi; - Ayollarni rashki kelgan oʻrinlarda malomat yoʻqligi; - Ayollar bir-birlariga hiyla qilishi bor ekani; - Yoshi kattaroq ayollar tajribali boʻlishlari; - Oisha onamizning soddaliklari; - Nabiy ﷺni karamli ogʻir bosiq ekanliklari; - Izxir oʻsimligi ichida har xil hashoratlar boʻlishi; - Oisha onamiz nabototlarni yaxshi bilganliklari; - Oisha onamizning iffati, hech kimni malomat qilmay oʻzlarini malomat qildilar; - Oisha onamiz erlari va kundoshlarini hurmat qilishlari; @nabaviy_hadislar1
Показати все...
👍 4 1💯 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.