XosDars
Open in Telegram
Marhamat, tolibi ilm va oxirat g'amidagilar uchun foydali ilm. Manbani ko‘rsatib oling!
Show more1 089
Subscribers
-124 hours
-37 days
-1030 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+8
in 0 channels
August '26
+56
in 0 channels
Get PRO
July '26
+68
in 1 channels
Get PRO
June '26
+95
in 1 channels
Get PRO
May '26
+68
in 1 channels
Get PRO
April '26
+83
in 0 channels
Get PRO
March '26
+100
in 0 channels
Get PRO
February '26
+75
in 1 channels
Get PRO
January '26
+86
in 2 channels
Get PRO
December '25
+70
in 1 channels
Get PRO
November '25
+57
in 0 channels
Get PRO
October '25
+88
in 0 channels
Get PRO
September '25
+79
in 1 channels
Get PRO
August '25
+165
in 1 channels
Get PRO
July '25
+76
in 4 channels
Get PRO
June '25
+73
in 1 channels
Get PRO
May '25
+63
in 3 channels
Get PRO
April '25
+56
in 0 channels
Get PRO
March '25
+119
in 1 channels
Get PRO
February '25
+58
in 2 channels
Get PRO
January '25
+56
in 0 channels
Get PRO
December '24
+105
in 3 channels
Get PRO
November '24
+62
in 4 channels
Get PRO
October '24
+64
in 3 channels
Get PRO
September '24
+174
in 1 channels
Get PRO
August '24
+194
in 0 channels
Get PRO
July '24
+176
in 3 channels
Get PRO
June '24
+175
in 1 channels
Get PRO
May '24
+282
in 5 channels
Get PRO
April '24
+283
in 0 channels
Get PRO
March '24
+352
in 6 channels
Get PRO
February '24
+321
in 2 channels
Get PRO
January '24
+442
in 6 channels
Get PRO
December '23
+463
in 8 channels
Get PRO
November '23
+366
in 7 channels
Get PRO
October '23
+323
in 3 channels
Get PRO
September '23
+115
in 0 channels
Get PRO
August '23
+173
in 0 channels
Get PRO
July '23
+98
in 0 channels
Get PRO
June '23
+80
in 0 channels
Get PRO
May '23
+73
in 0 channels
Get PRO
April '23
+113
in 0 channels
Get PRO
March '23
+123
in 0 channels
Get PRO
February '23
+127
in 0 channels
Get PRO
January '23
+123
in 0 channels
Get PRO
December '22
+78
in 0 channels
Get PRO
November '22
+78
in 0 channels
Get PRO
October '22
+107
in 0 channels
Get PRO
September '22
+131
in 0 channels
Get PRO
August '22
+162
in 0 channels
Get PRO
July '22
+154
in 0 channels
Get PRO
June '22
+103
in 0 channels
Get PRO
May '22
+101
in 0 channels
Get PRO
April '22
+214
in 0 channels
Get PRO
March '22
+182
in 0 channels
Get PRO
February '22
+186
in 0 channels
Get PRO
January '22
+479
in 0 channels
Get PRO
December '21
+329
in 0 channels
Get PRO
November '21
+725
in 0 channels
Get PRO
October '21
+559
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | +2 | |||
| 05 September | +1 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | +2 | |||
| 02 September | +2 | |||
| 01 September | +1 |
Channel Posts
| 2 | #fikr_yuriting 68
#salaflar hayotidan ibrat olib, meni xotimam qanday bo'lar ekan deb, o'zingizni isloh qilganmisiz ?
1. Shayx AbdulG‘ani al-Maqdisiyning vafoti
Abu Muso aytadi: Otam Rabiul Avval oyida qattiq betob bo'ldi. Bu uni gapirish va turishdan man qildi. O'n olti og'ir kechdi. Men undan ko'p so'rar edim:"Ko'ngilingiz nima tusayapti? deb, Otam:"JANNATNI XOHLAYAPMAN", ALLOHNING RAHMATINI ISHTAHA QILYAPMAN" der va bundan ortiq hech narsa aytmas edi.
Bir kuni unga issiq suv olib keldim. U qo‘lini uzatdi va men uni bomdod vaqtida tahorat qildirdim.
Shunda u: “Ey Abdulloh, tur, bizga namoz o‘qib ber va namozni qisqa qil”, — dedi. Men jamoatga imom bo‘lib namoz o‘qidim, u esa o‘tirgan holda namoz o‘qidi. So‘ng uning bosh tomonida o‘tirdim.
U:“Yosin surasini o‘qi”, — dedi. Men uni o‘qidim. U duo qilar, men esa duosiga “Omin” derdim.
Men: “Mana bu ichadigan doridir”, — dedim.
U: “Ey o‘g‘lim, endi o‘limdan boshqa narsa qolmadi”, — dedi. Men:“Biror narsani istaysizmi?” — deb so‘radim.
U: “Alloh subhanahu va taoloning jamolini ko‘rishni istayman”, — dedi.
Men:“Mendan rozi emasmisiz?” — dedim.
U:“Ha, Allohga qasamki, roziman”, — dedi.
Men:“Biror narsani vasiyat qilasizmi?” — deb so‘radim.
U:“Mening hech kimda haqqim yo‘q va hech kimning ham mening zimmamda haqqi yo‘q”, — dedi.
Men:“Menga-chi, menga vasiyat qilasizmi?” — dedim.
U:“Senga Allohdan taqvo qilishni va Uning itoatini mahkam tutishni vasiyat qilaman”, — dedi.
Shundan keyin bir guruh odamlar uni ziyorat qilib, holidan xabar olish uchun keldilar. Ular salom berishdi, u salomlariga javob qaytardi. Keyin ular o‘zaro gaplasha boshladilar.
Shunda u:“Bu nima?! Allohni zikr qilinglar! «La ilaha illalloh» denglar!” — dedi. Ular o‘rinlaridan turib ketganlaridan keyin u lablarini qimirlatib Allohni zikr qilar va ko‘zlari bilan ishora qilar edi.
Men masjidning bir chetidan bir kishiga kitob olib berish uchun turdim. Qaytib kelganimda esa uning ruhi chiqib bo‘lgan edi. Alloh u kishini rahmatiga olsin.
(“Siyar a’lam an-nubalo”, 21/467.)
Ulardan yana biri — Solih shayx Abu Barakot Ismoil ibn Abu Sa’d Ahmad ibn Muhammad ibn Dosti Naysoburiy edi.
Ibn Sukayna aytadi:“Uning vafoti oldidan huzurida hozir bo‘lgan edim. Onam undan: ‘Ey sayyidim, nimalarni his qilyapsiz?’ — deb so‘radi. Ammo u gapirishga qodir bo‘lmadi. Shunda qo‘liga Voqi’a surasi, 89-oyatni yozdi:
﴿فَرَوْحٌ وَرَيْحَانٌ وَجَنَّتُ نَعِيمٍ﴾
‘Bas, unga rohat, xushbo‘y ne’matlar va ne’mat bog‘i bordir’, — deb yozdi. So‘ng vafot etdi.”
@XosDars ulashing | 460 |
| 3 | #fikr_yuriting 67
#dolzarb
IYMONLI EKANIMIZDAN MAMNUNMIZMI⁉️
Nafs hotirjam deyilmaydi ⤵️
Agar insonning boshiga musibat tushgan paytda shu musibatlarga sabr qila olmasa, tilini va oʻzini tiya olmasa. Tag'obun/11-oyatda keladi: “Sizlarga nimaiki musibat yetsa, bas, Allohning izni bilandir. Kimki Allohga iymon keltirsa, uning qalbini hidoyat qiladi”. - Yaʼni yetgan musibatlarga sabr qilish, u qalbning hidoyatga kelishiga yoki hidoyatda mustahkam boʻlishiga sabab boʻlar ekan.
Yolgʻiz ilm va nazariy eʼtiqodning oʻzi emas balkim amalda ham inson hotirjam balkim mustahkam, barqaror, oʻzgarmaydigan boʻlishi kerak. Amalni ham bir qilib, bir qilmasdan yoki bir qiziqib ketib, muhabbat bilan ishga kirishib ketib, keyin sovib qolib yoki masalan, darsni bir boshlab, boshlaganda yaxshi keyin oxiriga borib qolganida sovib qolish, undan uzilish yoki boshqa ishni ham boshlaganda yaxshi boshlab keyin susayib ketish shu hotirjamlikning yoʻqligidan, oʻsha qalbning barqaror, mustahkam emasligidan dalolat berar ekan.
Inson nafsining hotirjamligi uning qalbining shodligiga sabab boʻlar ekan. Biz "nafsi mutmainna" deb gapiryapmiz, Alloh bu haqda bizga Qurʼonda taʼlim beryapti. Buning natijalari, samaralari boʻladi. Shu samaralaridan biri inson qalbining shodligi, xursandligidir. Ibnu Qayyim yozadilarki, bu insonning qalbining xursandligi iymon bilan, Islom bilan xursand boʻlishi, bu insonning Alloh taologa, Allohning Robb ekaniga, oʻzini esa Allohning bandasi ekaniga rozi boʻlganini anglatadi. Bu xursandjlik rozilikdan ham koʻra ulugʻroq, ustunroq narsa. Bu esa Alloh taoloning Oʻzi dunyo ahliga, yaʼni iymon, islom ahliga ato qiladigan eng ulugʻ neʼmatdir. Neʼmatlarning ham ichida eng ulugʻi bor. Biz musulmonmiz, Moʻminmiz, deb aytamiz koʻpchiligimiz. Islomdamiz, deymiz. Lekin mana shu Islom bilan, moʻminlik bilan, musulmonlik bilan kim qancha xursand boʻla oladi. Bizning qalbimizdagi hursandligimiz, ruhimizning shodligining darajasi har xil. Allohning eng ulugʻ hadyasi ekan. Inson nafsining, qalbining, ruhining shodligi Alloh taolo ato qiladigan marhamatlar, neʼmatlarning eng ulugʻi. Dunyoda biz Allohning koʻp neʼmatlariga sazovor boʻlganmiz. Hayot, aql, sogʻlik, salomatlik, boylik, bola-chaqa, uy, joy va hokazo. Ishlarimizning yurishi, rivojlanishining hammasi xursandlikni hosil qiladi. Yaʼni inson hayotga kelsa, farzand tugʻilsa, xursand boʻladi. Boshlanishi shu. Oʻssa, unsa, oʻzimiz ham sogʻ-salomat boʻlsak, xursand boʻlamiz. Pulimiz koʻpaysa, xursand boʻlamiz. Dunyoviy ishlarimiz yurishsa, xursand boʻlamiz. Hammasi xursandlik, xursandlik, xursandlik. Neʼmatlarga erishsak, xursand boʻlamiz. Lekin bu xursandliklar bilan mana bu aytilayotgan shodliklarning farqini bilishimiz kerak. Va buni anglashimiz kerak. Buni tanishimiz kerak, tushunishimiz kerak.
Davomi bor.
@Xosdars ulashing | 313 |
| 4 | Xozirda ko’p erkaklar ummat xizmatiga yonmayapti. Uydagilari pul topib, ishingni yo’lga qo’y va jim yur deyishadi. Ijtimoiy tarmoqda fitna gurkirqyapti. Ho’sh, tavba qilib haq dinni mahkam ushlash vaqti kelmadimi⁉️
“Hoy Аllоh vа Rаsuligа iymоn keltirib, Uning shariаtigа аmаl qilgаnlаr, mоl-dunyolаringiz vа bоlа-chaqаlаringiz sizlаrni Аllоhning tоаt-ibоdаtidаn to‘sib, mаshg‘ul qilib qo‘ymаsin. Kimni mоl-mulki vа bоlа-chaqаsi Аllоhning tоаtidаn mаshg‘ul qilsа, аnа o‘shalаr Аllоhning rаhmаtidаn bo‘lgаn ulushlаrini qo‘ldаn bergаn kimsаlаrdir.” [Munafiqun/9-oyat tafsiri]
@xosdars ulashing | 253 |
| 5 | Yillar davomida turli shijoatlantiruvchi narsalarni yoki silsilaviy darslarni tinglab ham baraka topmagan va umrida biror natija olmagan kishilarni taniysizmi⁉️
“Аksinchа, u: “Аllоhning kitоbini bоshqаlаrgа o‘rgаtib, o‘zingiz hаm uni o‘qib-o‘rgаnib, yod оlib, аnglаb, dоnishmаnd, fаqih vа оlimlаr bo‘linglаr”, deb аytmоg‘i to‘g‘ri ishdir.”
[Oli Imron/78-oyat tafsiridan]
“Rabboniy ta’lim - avval kichik boshlang’ich ilmlarni puxta o’rganib, so’ng kattasiga kirishish” degan ulamolar bor.
#fikr_yuriting < ushbu hashtagdagi 65 ta maqolani tushunmaydigan yoki bunga harakat ham qilmaydiganlar oramizda ko’pmi⁉️
🌐 Inson umri davomida umumiy o’qiydigan kitoblari 4 xil, ular;
1️⃣-Ruhiyatni barqaror qiluvchi diniy kitob
2️⃣-Odamda umumiy saviya-tushuncha va farosatni kashf qiluvchi musulmon yoki kofirning kitobi. Musulmon hikmatni topgan joyidan topib olaveradi.
3️⃣-Badiiy kitob tasavvurni kuchaytirish, yangi hissiyot va fikrlarni olish va hayotdagi vaziyatlardan biroz chekinib, yana qaytish uchun oʻqiladi.
4️⃣-Mutaxassislik kitoblari - oʻzingiz va yaqinlaringizdan soʻrang:"Qaysi sohada qobiliyatim bor" deb. Foydali inson boʻlish uchun har sohadan bir shingil oʻrgangan boʻlishingiz, shu kabi bir sohada mukammal usta boʻlib, unda nima yangiliklar boʻlsa oʻqib rivojlanishingiz kerak.
🔹Shar’iy ilm oluvchi talaba esa asosiysi farzlardan so’ng, har kuni Qur’on o’qib yodlaydi. Hadislarni o’rganadi, so’ng amal qiladi. Muhim matnlarni yod oladi. Biroz malollansa ulamolar hayotini o’qiydi. Eng muhimi bir yaxshi ustozning etagidan ushlashdir. Bu yo’ldan bardavom bo’lish uchun dangasadan yiroqlashib, solihlar suhbatida ko’proq bo’ladi. Ibodatlarni ham vaqtidan kechiktirmay go’zal ado etadi. Shu kitoblarni o’qing fitnaga uchramaysiz yoki sobitqadam bo’lasiz deb, hech kim va’da bermaydi. Shu bois, kundalik hayotda ham doimo zikr va duoda bo’lishga harakat qiling.
@Xosdars Ulashing | 273 |
| 6 | #fikr_yuriting 66
#ibratli
#tàsirli
YUSUF & AZIZNING AYOLI
“(Zamonaviy turli xil) Fitna qarshisida (yeb-ichish, mansab yoki jinsiy)shahvati qo’zg’alib halok bo’lgan qanchadan-qancha insonlar borki,
Shahvati dard-alam sababli qoni oqib chiqqandek halok qilingan holda ko’rinishini istaydi. U insondan pushaymonlik va qayg‘u hidi anqitadi.
Agar u, fitna to‘lqini baland ko‘tarilganini (paytida)ko‘rganida,
Allohga iltijo qilib panoh istaganida va ixlos ila chin dildan Unga yuzlanganida, va U zot dan himoya so’raganida edi, Alloh uni shahvati orqali xor qilmagan, yana uning zahrini insondan burib qo’ygan bo‘lardi.”
[Dr. Haya as-Sabboh]
___
“Аyolning nаfsi buzuqlik qilishgа mоyil bo‘ldi. Аgаr Yusuf Rоbbi tоmоnidаn o‘zining ko‘nglidа pаydо bo‘lgаn his-tuyg‘ulаrni tiyib qo‘yadigаn oyat-аlоmаtni ko‘rmаgаndа edi, uning nаfsi hаm аyolning chоrlоvini qаbul qilishgа mоyil bo‘lаyozgаn edi. Biz bаrchа ishlаridа yomоnlik vа buzuqliklаrni dаf qilish uchun Yusufgа bu oyat-аlоmаtni ko‘rsаtib qo‘ydik. Shubhаsiz, u Аllоhgа ibоdаtidа vа tаvhididа iхlоsli, pаyg‘аmbаrlikkа tаnlаb оlingаn pоk bаndаlаrimizdаndir.” [YUSUF/24-oyat Tafsiri Muyassar]
Sizga sir emaski, Bunga tanishlarimiz turmushida misollar talaygina..
🔸Tabariy rahimahulloh tafsiridan:
Abu Ja’far aytadi: Bu boradagi so‘zlarning to‘g‘risi shuki, Alloh taolo Yusuf alayhissalom va Azizning xotinidan har birining ikkinchisiga nisbatan mayl qilganini xabar bergan. Agar Yusuf alayhissalom Robbisining hujjat-dalilini ko‘rmaganida edi, shunday bo‘lardi. Ana shu dalil Alloh tomonidan bo‘lgan bir alomat bo‘lib, Yusufni o‘zi qasd qilgan fahsh ishni qilishdan qaytardi.
Ushbu alomatning Ya’qub (alayhissalom)ning surati bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, podshohning surati bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Yana Alloh Qur’onda zikr qilgan zinoga oid ogohlantirish va azob haqidagi oyatlar bo‘lishi ham ehtimol.
Bularning qaysi biri bo‘lganini qat’iy dalil yo‘q. Shuning uchun bu borada eng to‘g‘ri yo‘l — Alloh taolo qanday xabar berganiga iymon keltirish va bundan ortiq tafsilotni A’liym Zotga topshirishdir.
Oyat tarjimasidagi — “Shuningdek, Biz undan yomonlik va fahshni daf etishimiz uchun...” ning ma’nosi:
Alloh taolo go’yo: Biz Yusufga fahsh ishga bo‘lgan maylidan qaytaruvchi dalilimizni ko‘rsatganimiz kabi, u duch keladigan va ko‘nglidan o‘tkazadigan, Biz rozi bo‘lmaydigan har qanday ishda ham uni qaytarib, undan daf qiladigan sabablarni yaratamiz.” demoqda.
Buning boisi — Biz unga harom qilgan ishlarni, xususan, zinoni sodir etishdan uni uzoqlashtirish va uni bunday gunohning iflosligidan poklashdir.”
@Xosdars
Biroz ibrat olib ulashaylik | 240 |
| 7 | 📹 Luqman 14,15-oyat
Islam Sobhi tilovati
“Biz insоngа оtа-оnаsigа yaхshilik qilishni buyurdik. Оnаsi ungа zаiflik ustigа zаiflik bilаn hоmilаdоr bo‘ldi. Uning sutdаn аjrаlishi ikki yil muddаt ichidа bo‘lgаy. Biz ungа dedik: “Аllоhgа shukr qil, so‘ngrа оtа-оnаnggа shukr qil. Аlbаttа qаytish Mening huzurimgаdir vа Men hаr kimgа o‘zigа munоsib jаzоyu mukоfоtlаr berаmаn. Ey mo‘min insоn, оtа-оnаng Mengа ibоdаtingdа seni o‘zing bilmаydigаn nаrsаlаrni Mengа sherik qilishgа zo‘rlаsаlаr, yoki seni Аllоhgа mа’siyat bo‘lаdigаn hаr qаndаy ishgа buyursаlаr, ulаrgа itоаt qilmа. Zero, yaratuvchigа gunоhkоr bo‘lib, mахluqqа itоаt qilinmаydi. Sen dunyodа gunоh bo‘lmаgаn ishlаrdа оtа-оnаnggа yaхshi munоsаbаtdа bo‘l…”
@XosDars ulashing | 185 |
| 8 | Туғилганимизда оламга сиғмасдан, ёш боладек «суюнчи, суюнчи» деб, югурган,
Бағрига босиб, ҳидимизни ҳидлаб, «Жаннатни ҳиди» дея, мақтаниб қўйган,
Бир онлик табассум қилишимизни соатлаб кутиб, уни кўргач ҳамма ғам-ташвишларини бутунлай унутган
Биринчи қадамимиз, биринчи “ота ё она" дейишимизга дунёларни алишмаган
1- олган «5» бахойимиздан мағрурланган
Уйланиш ҳаракатини бошласак кўзи тўла ёш билан бизга бахт тилаган, бу,
Ота Она
Бағрига оғриниб босиб, ҳиди келса «чўмилволинг» дея, энса қотирган
Бир оз муддат гаплашса, ҳазиллашса, соатлаб ёнида ўтиргандек, муаммоларимизни бахона қилиб чиқиб кетган
Оёқлари оғриб, белидан қувват, кўзидан нур кетганида, ҳасса тутказган
Докторларнинг уйга берган энг сўнгги жавобларидан малолланган, Ўлим тўшагида, сўнгги манзилга тайёргарлик кўраётганида, ишимиздаги муваффақиятни кўзимизда ёш билан нишонлаётганлар билсинки, хали қайтади.
@XosDars ✔️ | 216 |
| 9 | #fikr_yuriting 65
Bizning fikru xayolimiz Islom.
G‘oyamiz – Alloh rizosini qozonmoq.
Maqsadimiz – haqni hokim qilish.
Orzumiz – butun insoniyat saodati.
Yo‘limiz – jiddu jahd yo‘li; haqqa ishontirish.
Insoniyatning najoti faqat Islomda. Islom esa Allohning ilohiy dini. Shuningdek, u mukammal: kamchilikni ham, ortiqchalikni ham aslo qabul qilmaydi. Bu yo‘lda borini berib mehnat qilish har kimga ham nasib etavermaydi. Istasangiz, kechayu kunduz ter to‘king, istasangiz, hech narsa qilmay yotib oling – bu haq g‘oyaning ro‘yobini na bir kun oldinga sura olasiz, na bir kun orqaga qaytara bilasiz. Asosiy masala mazkur sharafli g‘oya yo‘lidagi imtihondan qanday o‘tishimizdadir.
Shuningdek, Alloh bir quli yaxshi ko‘rsa, uni O‘z yo‘lidagi xizmat sharaflariga noil aylaydi. Yaxshilik bilan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Har ishingizda Haq taoloning rizosini ko‘zlangki, sizga U Zotning o‘zi yordam bersin. Bundan keyin esa hech kim ustingizdan g‘olib bo‘lolmaydi. Aksincha, har doim siz zafar quch...
olindi.
Xulosasi
Insoniyatning haqiqiy najoti Islomda. Eng baxtli ayol haqiqiy shariatga kõra yashaydigan erkak oldidagina bõladi. Bu yo‘lda faqat da’vo qilish emas, balki sabr, jiddu-jahd, mehnat va sinovlarga bardosh berish talab qilinadi. Natijani esa inson emas, Alloh belgilaydi. Kishi har bir ishida Allohning roziligini ko‘zlasa, Alloh unga yordam beradi va uni O‘z yo‘lidagi xizmatlarga muvaffaq qiladi.
@XosDars ulashing | 226 |
| 10 | #fikr_yuriting 64
#HAQQA_CHAQIRISH
Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarishning shariat taqozo qilgan shartlari 6️⃣ ta, ular;
“Siz huzuringizgа hukm so‘rаb keluvchi yahudiylаrgа Аllоh sizgа shu Qur’оndа nоzil qilgаn hukm bilаn hukm qiling! Аllоh sizgа buyurgаn hаqdаn ulаrning nаfs хоhishlаrigа vа ulаr оdаtlаnib qоlgаn nаrsаlаrigа burilib ketmаng!..” [MOIDA/48-oyat tafsiridan]
“Ey insоn, o‘zing bilmаgаn nаrsа оrtidаn ergаshmа, bаlki, аvvаl аniqlаshtir vа ishоnch hоsil qil! Аlbаttа, insоn qulоq, ko‘z vа qаlbini nimаlаrgа ishlаtgаni hаqidа so‘rоqqа tutilаdi. Аgаr ulаrni yaхshilikkа ishlаtgаn bo‘lsа, sаvоbgа erishadi, yomоnlikkа ishlаtgаn bo‘lsа, аzоbgа yo‘liqаdi.” [ISRO/36]
1️⃣-sharti;
Buyurayotgan yoki qaytarayotgan narsasining hukmini bilishi;
2️⃣-sharti;
Buyuriladigan shaxsning ahvolini bilishi vojib; u mukallaf, shariat vojibotlari yuklatiladiganmi, yoki yo’q?
3️⃣-sharti;
Buyurilayotgan kishisining holatini o’rganishi; u o’sha amalni qilganmi, yoki undan soqitmi?
Ammo shariatda kelmagan ibodatni qilayotgan bo’lsa, uni qaytaramiz✔️ Buning tafsiloti bor.
4️⃣-sharti;
Buyurayotgan yoki qaytarayotgan kishi shu ishga qudrati yetishi va unga biror zarar yetishining oldini olishi. Ochiq zarar yetsa, unga vojib bo’lmaydi. Ammo aziyatga sabr qila olsa, qilsin. Bu ixtilofli masaladir.
5️⃣-sharti;
Amru ma’ruf yoki nahiy munkar ketidan fitna-fasod kelib chiqishi > u sukut qilib o’tirishidan yomon bo’lsa, Unga lozim bo’lmaydi, balki da’vat joiz bo’lmaydi. Misol; yigit xilvatda ayolni da’vat qilishi. Ammo tafsiloti bor.
6️⃣-sharti;
O’zi amal qilishi
Jumhur ulamolar: Buyurayotgan yoki qaytarayotgan kishi > avval o’sha ishga o’zi ham amal qilishi yoki gunohdan tiyilishi lozim emas degan qavlda, vallohu a’lam.
[Shayx Ibn Usaymin kitoblaridan olingan xulosa]
@xosdars ulashing | 229 |
| 11 | #muhim
Dunyoga erishish asl g'oyamiz bo'lmasin❗️
Insonga eng katta to‘siq nafs-havosidir. Agar itoat qilsa, u ilm olishdan to‘sadi. Lekin kimki nafsini havo-xohishdan tiysa, ilm va hikmatga yetadi.
Yoshlik, umr, sog'liq, boylik va mansab - Allohni yakkalab, ibodat qilishimizga berilgan.
Ibodatga kuch to'plash uchun yeb-ichamiz, uxlaymiz va rizq to'playmiz; manfaatli ilm, soliha ayol, yaxshi uy-joy, ulov, telefon, do'st orttiramiz. Bular bilan shariatga muvofiq ish qilmasak ikki dunyoda xor bo'lamiz. Bu borada sahih hadislar kelgan. "Allohning zikri va unga yetaklovchilardan boshqasi la'natlangan". Demak, yuqoridagilar Allohni eslatsa, ular bilan vaqt o'tkazishingiz, niyatingizga qarab ibodat bo'lishi mumkin. Aks holda .., Alloh bizni jahannamdan asrasin.
Endi Imom Abu Is'hoqning "To’iyya ilberiy" she'riga "Muhim Ta'liqlar" kitobidan keltiramiz:
"U sizga aytmoqda: "Va u sizni havoyi-nafsdan tiyadimi?" – ya’ni, xohishlariga berilib qolib, ilm olishdan mashg‘ul bo‘lib qolmaysizmi? Demak, bu so‘z umumiydir, har qanday narsaga tegishli bo‘lishi mumkin.
Chunki inson har xil narsalarni xohlaydi (boylik, oila, bekorchilik, shahvatlar) Odamlarning havosi (istagi) ham bir-biridan butkul farq qiladi: bir zamondan ikkinchi zamonga, bir joydan boshqa joyga, erkakdan ayolga, yoshlikdan keksalikka. Bir kishiga dunyo hayoti ziynatli ko‘rinsa, boshqasiga ayollar, yana boshqasiga martaba yoki obro‘ ziynatli bo‘ladi va hokazo.
"Va u sizni havoyi-nafsdan tiyadimi, itoat qilingan havodan?" – demak, havo (nafs istagi) odamning qalbida mavjud(ko'z oldida xayol qiladigan) orzularni xohlaydi.
Lekin zararli havo nima? Zararli havo – bu itoat qiladigan (ma'siyatda hotirjam) havo. Agar inson nafsining istagini doim qondirsa, mana shu zararli. [Qondirishga boy bo'lish shart emas, ya'ni unga Siz shunchaki befoyda narsalarni ko'rishingiz ham yetarlidi]. Shuning uchun nozik ta’birda aytiladiki: "Havoyi-nafs muto‘ (ya’ni, bo‘ysuniladigan havo)".
Agar havoga itoat qilmasangiz, unga ergashmasangiz, nafsingizni undan saqlasangiz – unda siz bunga ajr olasiz. Demak, siz nafsingiz bilan jihod qilgansiz.
Shu sababli Alloh taolo aytadi: "Kim hisоb berish uchun Аllоh huzuridа turishidаn qo‘rqib, nаfsini buzuq istаk-хоhishlаrdаn tiygаn bo‘lsа, uning mаskаni hech shubhаsiz, Jаnnаtdir." (Nazi‘at: 40,41).
Shunday ekan, havo odamning tabiatida mavjud, lekin dono inson uni qaytarib rad etadi. Shuning uchun sizga: "Va u sizni havoyi-nafsdan tiyadimi?" deyilmoqda.
Shoir aytadi:
👉 "Agar yozning jazirama issig‘i, qishning sovug‘i, Bahorning (yam-yashil) chiroyi va kuz shamolining yoqimliligi seni mashg‘ul qilsa,
Unda menga ayting: Qachon ilm olasiz?"
Shunday qilib, agar inson nafsi yoqimli manzaralar, lazzatli narsalar, yoki har xil orzu-havaslarga mashg‘ul bo‘lib qolsa – u holda ilm olishga vaqt topmaydi."
@XosDars | 229 |
| 12 | #Qurondan_risolalar
﴿فَلَا يَحْزُنكَ قَوْلُهُمْ﴾
“Ularning so‘zlari seni aslo g‘amgin qilmasin.”
(Yunus surasi, 65-oyat)
Odamlar sen haqingda o‘zingda bo‘lmagan narsalarni ham aytishadi. Bunga e’tibor berma.
O‘zingdan oldin o‘tgan, balki sendan ham yaxshiroq bo‘lgan zotlarga qarab oʻzingni yupat.
Rasululloh ﷺni sehrgar, majnun va yolg‘onchi deb atashgan.
Yusuf alayhissalomni o‘g‘rilikda ayblashgan.
Bokira boʻlgan Maryamni esa zinoda ayblashgan!
Mana shu haqiqatni doimo ko‘z oldinga qoʻy:
Qanchalik solih bo‘lma, odamlarning tillaridan najot topa olmaysan.
«Hilyatul-avliyo» kitobida keltirilishicha, Muso alayhissalom Robbisiga:
— Ey Robbim, Sendan odamlar meni faqat yaxshilik bilan eslashlarini so‘rayman, — dedi.
Shunda Alloh taolo:
— Ey Muso, Men O‘zim uchun ham bunday narsani belgilamaganman. Uni sen uchun qanday belgilay? — dedi.
Odamlar Alloh taoloning xotini va farzandi bor, deb aytishdi.
Shunday ekan, sen odamlarning gap-so‘zlaridan butunlay omon qolishni xohlaysanmi?
@xosdars ulashing | 202 |
| 13 | #dolzarb
"Aniq-muhaqqaq - fazilat mavhum martabadan afzal" ekani
Oriflardan biri aytadi: "Agar menga hovlining darvozasi oldida shahodat, xonamning eshigini oldida tavhidda o‘lish taklif qilinsa, xonamning eshigi oldida tavhidda o‘lishni ixtiyor qilar edim. Chunki men darvozaga etgunimga qadar qalbimga uni tavhiddan buruvchi qanday o‘zgarishlar kelishini bilmayman "(Ihyou-ulumuddin)
Saboq:⤵️
"Muhaqqaq fazilat mavhum darojatdan avlo" Ya’ni, "kelajakda buyuk ishlar qilaman" deb mavhum-dargumon martabani xayol qilishni o‘rniga, hozirgi muhaqqaq holatdagi odatiy mavjud fazilatni ushlab qolish afzalroq.
Biz Allohni ibodatida bardavom yakkalab oʻtishga buyurilganmiz. Ba’zida kishi hissiyotga berilib, orzu-havaslar qiladi. (Orzu-havas deganda odamlar qatori uy-joyli bo‘lish, uvali-juvali bo‘lish kabi dunyoviy orzu havaslar emas balki, din yo‘lidagi va ummat rivoji uchun hissa qo‘shish kabi orzu-havaslar maqsad qilingan).
Aslida rizqi boʻlsa, bular albatta keladi. Hayol surishga hojat yoʻq, balki biz ne'matlarni eslab, qay tarzda shukr qilishni gʻam qilaylik!
Lekin, o‘sha orzularidagi darajotga etgan kimni ko‘rsam, muhaqqaq fazilatlarini boy berish evaziga etganini ko‘rdim..
Ayniqsa bugungi istilohda aytganda o‘zini "Motivator" deb nomlab olgan shaxslarni eshitish, kino filmlar ko‘rish ortidan kishi o‘zini dunyoni o‘zgartirib yuboruvchi deb o‘ylay boshlaydi.
Natijada "kelajak darajotlari" xayoli og‘ushida "xozirning fazilatlari"ni boy beradi.
Agar unga "g‘alaba nash'asi" va "mansab obrusi" kabi "dorilar" qo‘shilsa, kishini tamom bo‘ldi deyaver!
(Alloh rahim qilganlar bundan mustasno)
Shuning uchun ham sahobalar Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin qolib, ko‘plab xizmatlar qilishgan bo‘lishsa-da Rosululloh davrida o‘tib ketgan sahobalarga havas qilishgan. Chunki u davrda ular muhaqqaq fazilatga ega edilar. Keyingi darajotlar esa mavhum edi.
Abu Dardo roziyallohu anhu Salmonga aytadilar: "Siz Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobaridan ekaningiz sizni aldab qo‘ymasin. Chunki biz u zotdan keyin ko‘p yashab qo‘ydik. U zotdan keyin nimalar qilganimizni Alloh biladi" (Abu Nuaym rivoyati)
Shu bois Yusuf alayhissalom ota-onalari, aka-ukalari bilan jamlanib "orzudagi darajot" ga etganlarida, "muhaqqaq fazilat" (tavhidda o‘lish) ni Allohdan so‘raganlar.
Alloh taolo aytadi: "So‘ng Yusuf Rоbbigа duо qilib dedi: “Ey Rоbbim, mengа Misr mulkini аtо etding, tush tа’birini vа bоshqа ilmlаrni bildirding. Ey yeru оsmоnlаrni yaratgаn, ulаrni yo‘qdаn bоr qilgаn Zоt, mening dunyoyu охirаtdаgi bаrchа аhvоlimni O‘zing bоshqаruvchisаn. Meni musulmоn hоlimdа vаfоt ettirgin, ulug‘ pаyg‘аmbаrlаr vа tаnlаngаn bаndаlаring bo‘lmish sоlihlаr qаtоrigа qo‘shgin”.
📖(Yusuf.101)
Xulosa: Faqat koʻnglimiz tusagan va odatlanib qolgan amallarimiz bilan kifoyalanmasdan ilm olib, Payg'ambarlar merosxo'rlaridan boʻlaylik. Oʻtmishdagi halokatga uchragan qavmlar sifatini oʻzimizda koʻrsatmaylik!
@XosDars ulashing | 223 |
| 14 | #dolzarb
ULAMOLAR XUSHU' VOJIB YOKI SUNNAT⁉️ EKANIDA TORTISHISHDI
Shayx Ibn Usaymin rahimahulloh aytadilar:
"Toʻgrirogʻi, u ta'kidlangan sunnat ekani; chunki haqiqatdan ham u namozning ruhi. Shubhasiz, qalb unda hozir boʻlmagan NAMOZ - magʻzi yoʻq yongʻoq poʻchogʻidan boshqa narsa emas. Xushu' kamayishiga qarab, oʻqilgan namozning savobi noqis boʻladi. Ibn Taymiyya rahimahulloh "Qovaid an Nuroniyya"da - NAMOZDA XUSHU' VOJIB deb, koʻp dalillar keltiradilar. Ammo ularni ranjitadigan dalillar bor.
"Shayton Odam bolasi namozga turganda uning oldiga kelib: "Falon narsani esla, Falonchi narsani esla", deydi. Hatto u necha rakat namoz oʻqiganini ham bilmay qoladi." [Buxoriy va Muslim rivoyati]
Biroq bu bilan: "Agar kishini vasvasalar toʻliq qamrab olsa, uning namozi botil boʻladi", deyishimizga monelik qiladi. Chunki Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam: "Kim shunday qilsa, namozini qayta oʻqisin", demaganlar. Vaholanki, U zot qurbonlik soʻyish haqida gapirganlarida, qurbonlik faqat hayit namozidan keyin boʻlishini aytib: "Kim undan oldin soʻysa, uning oʻrniga boshqasini soʻysin" dedilar. [Buxoriy va Muslim rivoyati]
Shuning uchun ham, inson namozda xushuʻga hamda qalb hozirligiga haris boʻlishi lozim❗️ Chunki agar namozda uning qalbi hozir boʻlsa, namozidan ulkan foyda oladi va namozni tugatgach, uning ta'siri juda chuqur boʻladi.
Lekin agar kishi namozga kirishdan oldin ham unga gʻofil boʻlib kirsa va xayoliga hech narsa kelmagan boʻlsa, u holda kirgan zahotiyoq unga vasvasa eshiklari ochiladi. Oqibatda u namozdan qalbi zarracha ta'sirlanmay chiqadi va har doim shu holatda qolaveradi.
✔️Ammo agar u oʻz nafsini muolaja qilib kurashsa, har safar vasvasa kelganda uni qaytarishga harakat qilsa, soʻng namozda aytayotgan va qilayotgan amallarining ma'nosini anglashga intilsa hamda nafsini bunga bir necha bor oʻrgatsa — gohida namozning yarmini anglar, gohida kamroq, gohida esa koʻproq anglaydigan boʻladi. Nafsini shunga odatlantirsa, bu unga osonlashadi.
🚫 Lekin agar kishi shunday davom etib, bundan gʻofil boʻlib yursa, u holda bunday namozdan faqatgina zimmasidagi farz (boʻynidan) soqit boʻladi, boshqa koʻp ajrini koʻrmaydi.
📝 Xulosa: Namozdagi xushuʻ juda ta'kidlangan sunnatdir. Kimning namozida vasvasa koʻproq gʻolib kelsa, u ulkan xatar ostidadir."
[Bulugʻul Marom sharhi]
@XosDars tarqating | 279 |
| 15 | #namozda_xushú
Abu Dardo raziyallohu anhudan: Rasululloh ﷺ dedilar:
"Bu ummatdan ko'tariladigan birinchi narsa — xushu' dir. Hatto unda birorta xushu' qiluvchini ko'rмаysan."
[📘Sahihul Jome - Isnodi hasan]
Moʻmin(a) namozda turib, dunyo va ahlidan umidlarini uzadilari, soʻng hokisor va sakinatda boʻladi.
@xosdars ulashing | 290 |
| 16 | «Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamning hukmlari tenglikda dinni asli va kamoli jihatidan eʼtibor qilishlaridir. Muslima kofirga berilmaydi, afifa fojirga berilmaydi. Qurʼon va Sunnat tenglikda bundan boshqa narsani eʼtiborga olmadi. U muslimani iflos zinokorga nikohlanishini harom qildi. Nasabni (arab yoki ajamlikni), hunarni, boylikni, hurriyatni tenglikda eʼtiborga olmadi. Agar qul afif musulmon boʻlsa, Islom unga ozod, nasabli, moldor ayolga uylanishga ruxsat berdi. Qurayshlik boʻlmaganlarga qurayshlik ayollarga uylanishga, hoshimiy boʻlmaganlarga hoshimiyya ayollarga uylanishga, faqirlar uchun badavlat ayollarga uylanishga ruxsat berdi (Zodul Maod: 5/160).
@XosDars ulashing | 305 |
| 17 | sticker.webp | 226 |
| 18 | #dolzarb
NIKOHDAGI KAFOAT (TENGLIK)
Bu kelishmovchilik va janjal ildizidan biri. Ammo istixora qilasiz. Alloh koʻngilingizga solsa, ma'siyat boʻlmagan oʻrinda ma'ruf-yaxshilik ustida yashayverasiz, vallohu a'lam.
Kafoat yoki kufʼlik lugʻatda tenglik, barobarlik maʼnosini bildiradi. Bu yerdagi kafoatdan murod — er-xotinning besh narsada teng, bir xil boʻlishidir:
1) Dinda. Fojir va fosiq kimsa afifa ayolga teng boʻlmaydi. Chunki uning guvohligi va qilgan rivoyati oʻtmaydi, bu esa insoniyligidagi nuqsonidir.
2) Nasabda. Ajamiy (yaʼni, arab boʻlmagan kishi) arabiyaga kufʼ boʻlmaydi.
3) Ozodlikda. Qul va qisman ozod boʻlgan qul ozod ayolga kufʼ boʻlmaydi, chunki qullik tufayli nuqsonlidir.
4) Kasb-hunarda. Hajjom (qon oluvchi), toʻquvchi kabi past kasb egasi tojir kabi yuqori kasb egasining qiziga kufʼ emas.
5) Erkak Vojib mahr va nafaqa miqdorida molga ega boʻlish. Qashshoq odam badavlat ayolga kufʼ boʻlmaydi. Chunki uning qashshoqligi tufayli nafaqa bermasligida u ayolga zarar bordir.
Agar er-xotindan biri ushbu beshta ishdan birida bir-biridan farqli boʻlsa, kafoat boʻlmagan boʻladi. Lekin, bu nikohning sahihligiga taʼsir qilmaydi. Chunki nikoh sahih boʻlishi uchun kafoat shart emas.
Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam Fotima bint Qays roziyallohu anhoni Usoma ibn Zayd roziyallohu anhuga nikohlanishga buyurganlar, u zotning buyruqlari bilan u Usomaga nikohlangan. Biroq, kafoat nikohning lozim boʻlishi uchun shartdir. Ayol yoki uning valiysi agar rozi boʻlmasa, nikohni buzishga haqli boʻladilar. Chunki bir kishi oʻzining past darajasini shu bilan koʻtarib olish uchun qizini birodarining oʻgʻliga berganida Nabiy sollallohu alayhi va sallam ixtiyorni qizga berganlar.
Shayxulislom Ibn Taymiya rahimahulloh aytadi: «Imom Ahmad aytgan gapning taqozosiga koʻra, kishining kufʼ emasligi maʼlum boʻlsa, ular oʻrtasi ajratib yuboriladi. Valiy ayol kishini kufʼ boʻlmaganga uzatishi mumkin emas. Erkak kishi ham oʻziga kufʼ boʻlmaganga uylanmaydi. Kafoat ayolning mahriga oʻxshagan moliyaviy ishlardan emaski, ayol va uning valiylari istasalar talab qilib, istasalar tark qilsalar. Kafoat eʼtibor qilinishi loyiq boʻlgan ishdir».
[Mulaxxos Fiqhiyya(2)/198-bet]
Davomi bor.
@XosDars ulashing | 242 |
| 19 | #dolzarb
YOSHLARGA ESLATMA
Alloh taologa qaytmoqchi boʻlganlar uchun yoʻl xaritasi
(Allohni yaxshi koʻrib, U zotdan qoʻrqqan banda - barcha sinovlarga tayyor boʻladi. Chunki Alloh u bilan gunohiga kafforat va darajasi koʻtarishini biladi)
❝Mana shu yashayotgan dunyomiz-da qiyinchiliksiz yashayotgan biror inson boʻlmasa kerak. Hamma ham oʻz muammolaridan qutulguncha unga koʻnikib yashashga harakat qilmoqda. Yaʼni, biz Allohga qullik qilish uchun qiynalganimizdek, dunyoni, pul-dirhamni, kiyim-kechak va texnologiyalarni qullari ham xuddi bizdek qiynalishmoqda. Ammo oʻrtada birgina farq bor:
❝Agar qiynalayotgan boʻlsangiz, ular ham sizlardek qiynalishmoqda. Ammo sizlar, ular umid uzgan (Allohning rizosi, savob va jannat) narsalarni Allohdan umid qilmoqdasiz. Alloh (har narsani biluvchi) Aliym, (hukm va hikmat sohibi) Hakimdir❞ Niso-104.
🔸Demak bemalol ayta olamizki: biz chekayotgan qiyinchiliklar - maqtovga loyiq, sharafli qiyinchiliklardir. Qiyomat kunida ajr, dunyoda esa iymon lazzati oʻlaroq bizlarga foyda beradi.
Yoshlik qiyin davrdir...
Ustiga ustak uni Alloh uchun sarflash yanada mashaqqatli. Nega deb soʻrasangiz, shunday izohlash mumkin: nafsning istaklari bor. Ayniqsa yoshlarda bu judayam kuchli boʻladi. Bir yondan Allohning istak/buyruqlari bor. Bu ikkisi qachon qaramang, bir biriga zid keladi. Bundan tashqari Alloh yoʻliga chiqishni sevgan kishiga va yosh boʻlishiga qaramasdan boʻyniga masʼuliyat yuklangan kishiga juda qattiq "qiyinchilik" koʻrishadi.
Bu qiyinchilikni yengib oʻtishni esa ikki yoʻli bor: Biri sabrli boʻlish, ikkinchisi esa metin iroda va azm-qarorli boʻlishdir. Yaʼni nafs istaklariga sabr qilish, Allohning "istaklari"ni bajarishda esa irodali boʻlish bu yoʻldagi mashaqqatlarni osonlashtiradi.
Endi esa bosqichma bosqich sabr va iroda haqida gaplashamiz:
Keling, sabrning taʼrifi va uni nima ekani haqida gaplashib vaqtni choʻzmaylik. Siz ham, men ham sabrni nima ekanini juda yaxshi bilamiz. Undan koʻra keling sabr borasida biz uchun foydali boʻlgan ikki nuqtaga diqqatimizni qarataylik.
💡Bulardan birinchisi sabrni qoʻlga kiritish yoʻli, ikkinchisi esa uni muhofaza qilish, ziyoda qilish va toʻgʻri qoʻllashdir.
Sabrni qoʻlga kiritishning yoʻli > sabrli boʻlish uchun kurashish, nafsni bu goʻzal va Allohga qullikning har soniyasida ehtiyoj seziladigan xislatlar bilan tarbiya qilishdir.
Allohning Rasuli ﷺ dedilar:
«Kimki soʻrashdan tiyilib, iffatli boʻlsa, Alloh uning iffatini ziyoda qiladi. Kim koʻzi toʻq boʻlishni xohlasa, Alloh uni boshqalarga muhtoj boʻlishdan qutqaradi. Kim sabr qilishda gʻayratli boʻlsa, Alloh unga sabr beradi. Hech kimga sabrdan koʻra xayrliroq va buyuk bir lutf yoʻqdir!»
[Buxoriy-1469, Muslim-1053.]
Sabrni qoʻlga kiritishning boshi - sabrli boʻlish uchun qattiq harakat qilmoqdir. Nafsning istaklari qiynaganda "Yoʻq! Men Robbimning rizosi uchun sabr qilaman" degan holda nafsning ham sohibi boʻlgan Allohga hol tili bilan duo qila olishdir, madad soʻray olishdir. Bu yoʻlda sabrli boʻlishga qattiq tirishib harakat qilish insonda sabr axloqini shakllanishini/takomillashishini/rivojlanishini taʼminlaydi. Har bir hodisa, qizigan temirga toʻkilgan suvdek sabrni mustahkamlaydi. Siz sabrli boʻlish uchun harakat qilaverar ekansiz, sabr sizning bir parchangizga aylanib boraveradi.
🔻Undan soʻng, sabrni muhofaza qilish va ziyoda qilish lozim. Chunki shayton insonga berilgan eng xayrli ozuqani sabr ekanini juda yaxshi biladi. Shu sabab bizni sabr bilan boʻlgan aloqamizni uzish uchun shoshmashoshar jizzakilik yoʻliga tortmoqchi boʻladi. Agar u bunday qilmasa sabrdan notoʻgʻri foydalanishimiz uchun harakat qiladi yoki uni ziyoda boʻlishiga toʻsqinlik qilmoqchi boʻladi.
📚«Gençlerle Hasbihal»
Xulosa chiqarib yaqinlarga ulashing
━━━۩ ❀ ❅ ❀ ۩━━━
@XOSDARS sahifasi | 220 |
| 20 | 4_5883251695323974351-mc.mp3 | 215 |
