en
Feedback
EMMM | Rasmiy kanal

EMMM | Rasmiy kanal

Open in Telegram

O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Elektromagnit moslashuv markazi yangiliklari Новости Центра электромагнитной совместимости при Министерстве цифровых технологий Республики Узбекистан

Show more
429
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
+630 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
July '26
July '260
in 0 channels
June '26
+13
in 0 channels
Get PRO
May '26
+12
in 0 channels
Get PRO
April '26
+13
in 0 channels
Get PRO
March '26
+8
in 0 channels
Get PRO
February '26
+9
in 0 channels
Get PRO
January '26
+3
in 0 channels
Get PRO
December '25
+11
in 0 channels
Get PRO
November '25
+10
in 2 channels
Get PRO
October '25
+6
in 0 channels
Get PRO
September '25
+9
in 0 channels
Get PRO
August '25
+7
in 1 channels
Get PRO
July '25
+6
in 0 channels
Get PRO
June '25
+7
in 0 channels
Get PRO
May '25
+4
in 0 channels
Get PRO
April '25
+10
in 1 channels
Get PRO
March '25
+18
in 3 channels
Get PRO
February '25
+20
in 0 channels
Get PRO
January '25
+2 310
in 0 channels
Get PRO
December '24
+11
in 0 channels
Get PRO
November '24
+45
in 0 channels
Get PRO
October '24
+8
in 0 channels
Get PRO
September '24
+9
in 0 channels
Get PRO
August '24
+5
in 0 channels
Get PRO
July '24
+10
in 0 channels
Get PRO
June '24
+7
in 0 channels
Get PRO
May '24
+10
in 0 channels
Get PRO
April '24
+8
in 0 channels
Get PRO
March '24
+18
in 1 channels
Get PRO
February '24
+11
in 1 channels
Get PRO
January '24
+8
in 0 channels
Get PRO
December '23
+15
in 0 channels
Get PRO
November '23
+9
in 0 channels
Get PRO
October '23
+261
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
13 July0
12 July0
11 July0
10 July0
09 July0
08 July0
07 July0
06 July0
05 July0
04 July0
03 July0
02 July0
01 July0
Channel Posts
✅Elektromagnit moslashuv markazida Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 👍2026-yil 8-iyul kuni O‘zb
+9
Elektromagnit moslashuv markazida Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 👍2026-yil 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Elektromagnit moslashuv markaziga Koreya Respublikasining Markaziy radio boshqaruv xizmati (Central Radio Management Service — CRMS) rasmiy delegatsiyasi tashrif buyurdi. 👍Uchrashuv davomida tomonlar radiochastota spektrini boshqarish, radiomonitoring, tajriba almashish hamda mutaxassislar malakasini oshirish sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Shuningdek, sun’iy yo‘ldosh radiomonitoringini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanishni nazorat qilish usullarini takomillashtirish hamda xalqaro konferensiyalar va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 👍Muzokaralar yakunida Elektromagnit moslashuv markazi hamda Koreya Respublikasi Markaziy radio boshqaruv xizmati o‘rtasida o’zaro Anglashuv memorandumi imzolandi. 👍Mazkur hujjat ilg‘or tajribalarni almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda radiomonitoring va radiochastota spektridan samarali foydalanish sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Memorandumning imzolanishi O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, radiochastota spektrini boshqarish sohasida tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook

2
🔍Elektromagnit moslashuv markazida navbatdagi huquqiy o‘quv soati o‘tkazildi ✈️Joriy yilning 9-iyul kuni Elektromagnit mosla+4
🔍Elektromagnit moslashuv markazida navbatdagi huquqiy o‘quv soati o‘tkazildi ✈️Joriy yilning 9-iyul kuni Elektromagnit moslashuv markazida xodimlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida navbatdagi huquqiy o‘quv soati tashkil etildi. Unda, markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari faol ishtirok etdilar. ✈️O’quv soatida, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi. Jumladan, mazkur Qonunning asosiy maqsadi davlat xaridlarini amalga oshirishda ochiqlik, shaffoflik, raqobat, xolislik va samaradorlik tamoyillarini ta’minlash, byudjet mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanish, shuningdek, korrupsiyaning oldini olishdan iborat ekani ta’kidlandi. Shuningdek, davlat xaridlarini rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirish tartibi, xarid ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, xarid qilish tartib-taomillari hamda elektron davlat xaridlari tizimidan foydalanish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablar haqida batafsil ma’lumot berildi. ✈️O’quv soati yakunida, EMMMning 2026-yil 6-iyundagi “EMMM tariflarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 92-son buyrug’i mazmun-mohiyati haqida ham tushuntirib o’tildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
266
3
🔍Samarqand viloyati EMMXda “Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish” mavzusida texnik o‘quv mashg‘uloti tashk+1
🔍Samarqand viloyati EMMXda “Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish” mavzusida texnik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi 🔍Joriy yilning 8-iyul kuni Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida (EMMX) korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlash yo‘nalishida xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish” mavzusida texnik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-1155-sonli Qonunining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, mazkur Qonun bilan korrupsiya uchun javobgarlik va jazo choralarini kuchaytirish bo‘yicha Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuniga kiritilgan yangi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar tushuntirib o‘tildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
225
4
E'LON 🔍Elektromagnit moslashuv markazi “Elektromagnit moslashuv ekspertizasi, radioelektron vositalar va yuqori chastotali q
E'LON 🔍Elektromagnit moslashuv markazi “Elektromagnit moslashuv ekspertizasi, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish bo‘yicha xizmatlarga tariflar yangi tahrirda tasdiqlanganligini va 2026-yil 1-avgustdan kuchga kirishini ma’lum qiladi. 🔍To‘liq ma’lumotni korxonaning rasmiy veb-saytida www.cemc.uz tanishish mumkin. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
323
5
ОБЬЯВЛЕНИЕ 🔍Настоящим сообщаем, что “Тарифы на услуги по экспертизе электромагнитной совместимости, регистрации и эксплуатац
ОБЬЯВЛЕНИЕ   🔍Настоящим сообщаем, что “Тарифы на услуги по экспертизе электромагнитной совместимости, регистрации и эксплуатации радиоэлектронных средств и высокочастотных устройств” Центра электромагнитной совместимости утверждены в новой редакции и вступают в силу с 1 августа 2026 года. 🔍С подробной информацией можно ознакомится на официальном сайте предприятия по адресу: www.cemc.uz veb-sayt | telegram | instagram | facebook
297
6
🟦Navoiy shahar hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi Navoiy viloyati EMMX xodimlari, Navoiy shahar IIB HPB profilak
🟦Navoiy shahar hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi Navoiy viloyati EMMX xodimlari, Navoiy shahar IIB HPB profilaktika inspektori hamda “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasining Navoiy viloyati hududiy shu’basi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarorining 3-ilovasiga asosan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirlik va idoralarning oʻzaro hamkorligi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq 2026-yil mobaynida hamkorlikda ishlarni tashkil etish chora-tadbirlar rejasiga asosan  radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida joriy yilning 26-iyun kuni Navoiy shahar hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan monitoring tadbirlari natijasida Navoiy shahar Hayot MFY hududidagi qurilish obyektida ish olib borayotgan fuqaro tomonidan jami 5 dona BAOFENG BF-888S rusumli radioelektron vositalaridan tegishli ruxsatnomasiz foydalanish holati aniqlandi. Navoiy shahar IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan radioelektron vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi. Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar xizmat muhandislari tomonidan texnik ekspertizadan oʻtkazildi hamda texnik ekspertiza xulosalari va radioelektron vositalar Navoiy shahar IIBga taqdim etildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
388
7
🔍Elektromagnit moslashuv markazida navbatdagi huquqiy o‘quv soati o‘tkazildi ✈️Joriy yilning 2-iyul kuni Elektromagnit mosla+3
🔍Elektromagnit moslashuv markazida navbatdagi huquqiy o‘quv soati o‘tkazildi ✈️Joriy yilning 2-iyul kuni Elektromagnit moslashuv markazida xodimlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida navbatdagi huquqiy o‘quv soati tashkil etildi. Unda, markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari faol ishtirok etdilar. ✈️O‘quv soatida, Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-220-son farmon mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Shuningdek, direktor o‘rinbosari A. Xashimxodjayev tomonidan energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishning bugungi kundagi ahamiyati, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda amaliyotdagi dolzarb masalalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
361
8
#Moziyga_sayohat ✈️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini+3
#Moziyga_sayohat ✈️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, badiiy tafakkuri va ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini boyitish, milliy qadriyatlar hamda boy tarixiy-adabiy merosimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida muntazam ravishda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Shu maqsadda, xizmat xodimlari Nukus shahrida joylashgan “Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi”ga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida xodimlar muzeyning boy ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishib, qoraqalpoq xalqining ko‘p asrlik adabiy merosi, milliy madaniyati, urf-odatlari hamda atoqli shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiga oid nodir eksponatlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi Berdaqning hayoti va ijodi, uning xalq ma’naviyatini yuksaltirishga qo‘shgan ulkan hissasi xodimlarda katta taassurot qoldirdi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
270
9
#EMMX 💠2026-yil 2-iyul kuni Viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlarida “2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi
#EMMX 💠2026-yil 2-iyul kuni Viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlarida “2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbatlari tashkil etildi. ⚡️Tadbir davomida xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining yaratilish tarixi, uning qabul qilinishi, ramzlarda mujassam etilgan milliy qadriyatlar hamda davlatimiz suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, davlat ramzlarini e’zozlash har bir fuqaroning sharafli burchi ekani alohida ta’kidlandi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
343
10
🇺🇿2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun Davlat gerbi — xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyat
🇺🇿2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun Davlat gerbi — xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari, tinchliksevarligi va bunyodkorlik ruhini o‘zida mujassam etgan muqaddas davlat ramzidir. Undagi har bir tasvir va rang Vatanimizning go‘zalligi, xalqimizning birdamligi hamda kelajakka bo‘lgan yuksak ishonchini ifodalaydi. Davlat ramzlariga hurmat — Vatanga muhabbatning, milliy o‘zlikka sadoqatning yorqin ifodasidir. Shu bois, Davlat gerbimizni e’zozlash va uning nufuzini yuksaltirish barchamizning muqaddas burchimizdir. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
533
11
Prezident Shavkat Mirziyoyev faol yoshlar bilan uchrashdi Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakat
Prezident Shavkat Mirziyoyev faol yoshlar bilan uchrashdi Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatning faol yoshlari bilan uchrashib, ularning startaplari, innovatsion ishlanmalari, muhandislik, ekologiya, kitobxonlik va ijtimoiy sohalardagi loyihalari bilan tanishdi. ✈️Batafsil veb-sayt | telegram | instagram | facebook
293
12
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash #Targibot_ishlari ❗️ENG KATTA TO‘SIQ VA G‘OV - BU KORRUPSIYA Elektromagnit moslashuv markazining
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash #Targibot_ishlari ❗️ENG KATTA TO‘SIQ VA G‘OV - BU KORRUPSIYA Elektromagnit moslashuv markazining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo'limi tomonidan taqdim etilgan videorolik. Korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlat organlarining, balki har bir fuqaroning ham muhim vazifasidir. Halollik, qonunlarga hurmat, mas'uliyat va vijdonlilik korrupsiyaning oldini olishda eng samarali vositalardan hisoblanadi. 🟦Unutmang, korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kunning dolzarb vazifasi bo‘lib, uning oldini olish orqali adolatli, ochiq va farovon jamiyat barpo etishimiz mumkin. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
241
13
⚡️ 30-iyun – Yoshlar kuni! Aziz va shijoatli O‘zbekiston yoshlari! ☯️Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy
⚡️ 30-iyun – Yoshlar kuni! Aziz va shijoatli O‘zbekiston yoshlari! ☯️Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz! Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va Yangi O‘zbekiston bunyodkorligi yo‘lida sizlarning bilimga chanqoqligingiz, tashabbuskorligingiz, vatanparvarligingiz hamda fidokorona mehnatingiz beqiyosdir. Bugungi yutuqlar va ertangi ulkan marralar aynan siz – zamonaviy fikrlaydigan, intiluvchan va iste’dodli yoshlar bilan chambarchas bog‘liq. Har biringizga mustahkam sog‘lik, cheksiz g‘ayrat, ulkan marralar sari dadil qadamlar, ilm-fan, kasb va ijodda yangi zafarlar tilaymiz. Orzu va maqsadlaringiz ro‘yobga chiqsin, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin, O‘zbekiston yoshlari! veb-sayt | telegram | instagram | facebook
240
14
🟡EMMM va EMMX xodimlari uchun unutilmas sayohat: Zominning so‘lim tabiatida maroqli dam olish Joriy yilning 27-28-iyun kunla
🟡EMMM va EMMX xodimlari uchun unutilmas sayohat: Zominning so‘lim tabiatida maroqli dam olish Joriy yilning 27-28-iyun kunlari Elektromagnit moslashuv markazi hamda Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun Jizzax viloyatida joylashgan Zomin davlat qoʻriqxonasiga sayohat tashkil etildi. Tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan ushbu sayohat xodimlarga nafaqat maroqli hordiq chiqarish, balki hamkasblar bilan yanada yaqin muloqot qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash imkonini berdi. Safar davomida xodimlar Zominning so‘lim maskanlarini tomosha qilib, tabiat go‘zalligidan bahramand bo‘lishdi. Turli madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilib, ishtirokchilarga unutilmas lahzalar ulashildi. Bunday tadbirlar xodimlarning ish faoliyatidagi samaradorligini oshirish, jamoada do‘stona muhitni shakllantirish hamda sog‘lom dam olishlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
280
15
#Radiomonitoring_tadbirlar ✅Nukus shahrida o‘tkazilgan radiomonitoring natijasida 2 ta ratsiya qurilmasi noqonuniy ravishda f
#Radiomonitoring_tadbirlar ✅Nukus shahrida o‘tkazilgan radiomonitoring natijasida 2 ta ratsiya qurilmasi noqonuniy ravishda foydalanilayotgani aniqlandi Joriy yilning 26-iyun kuni Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibiga rioya etilishi yuzasidan Nukus shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida radiomonitoring tadbiri o‘tkazildi. 📄Tadbir davomida 2 ta “BAOFENG-C5” rusumli ratsiya qurilmalari tegishli ruxsatnoma va hujjatlarsiz ishlatilayotgani aniqlanib, ulardan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
359
16
✅Elektromagnit moslashuv markazi xodimlari Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qildilar 📊Mazkur sayohatga EMMMning Treni+3
✅Elektromagnit moslashuv markazi xodimlari Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qildilar 📊Mazkur sayohatga EMMMning Trening markaziga malakasini oshirish uchun tashrif buyurgan viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari va markaziy apparat mutaxassislari jalb etildi. Sayohat davomida xodimlar markazda yaratilgan zamonaviy ekspozitsiyalar, noyob tarixiy qo‘lyozmalar, ilmiy meros namunalarining nusxalari hamda ajdodlarimizning ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya jarayonida ishtirokchilarga O‘zbekiston hududida shakllangan boy ilmiy va ma’naviy meros, buyuk allomalarimizning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi hamda Islom sivilizatsiyasining insonparvarlik, bag‘rikenglik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mazkur tashrif xodimlarning tarixiy merosimiz haqidagi bilimlarini boyitish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda jamoada milliy qadriyatlarga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 📌Elektromagnit moslashuv markazida xodimlarning kasbiy salohiyati bilan bir qatorda ularning ma’naviy-ma’rifiy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan bunday tadbirlarni muntazam tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
480
17
🟦26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni 26-iyun butun dunyoda Xalqaro giyohvandlik vositalarini suiiste'mol qil
🟦26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni 26-iyun butun dunyoda Xalqaro giyohvandlik vositalarini suiiste'mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni sifatida belgilangan. Ushbu sana jamiyatni giyohvandlikning ogʻir oqibatlaridan ogohlantirish, ayniqsa yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Xususan: ✅Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida“gi O‘RQ–1151-son Qonun bilan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta'sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik yanada kuchaytirildi hamda narkojinoyatlarga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlari takomillashtirildi. Giyohvandlik – nafaqat inson salomatligiga, balki oila farovonligi, jamiyat barqarorligi va mamlakat taraqqiyotiga ham jiddiy xavf tug‘diruvchi illatdir. ❗️Sog‘lom hayotni tanlang! Giyohvandlikka "Yo‘q!" deng! veb-sayt | telegram | instagram | facebook
316
18
#STOPNARKO: Biz narkotiklarga qarshi birlashamiz! 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkaz+8
#STOPNARKO: Biz narkotiklarga qarshi birlashamiz! 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan oylik doirasida Elektromagnit moslashuv markazida #STOPNARKO xeshtegi ostida “Biz narkotiklarga qarshi birlashamiz!” nomli chellenj tashkil etildi. Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish hamda jamiyatda ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Chellenj davomida markaz xodimlari giyohvandlikka qarshi kurashish, yoshlarni zararli odatlardan asrash va sog‘lom hayot tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan murojaatlari bilan faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar bir ovozdan giyohvandlikka qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ekanligini ta’kidladilar. ✅Elektromagnit moslashuv markazi jamoasi sog‘lom va xavfsiz jamiyat barpo etish yo‘lida giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda barchani ushbu illatga qarshi birlashishga chorlaydi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
443
19
🔍Elektromagnit moslashuv markazida navbatdagi huquqiy o‘quv soati o‘tkazildi ✈️Joriy yilning 25-iyun kuni Elektromagnit mosl+4
🔍Elektromagnit moslashuv markazida navbatdagi huquqiy o‘quv soati o‘tkazildi ✈️Joriy yilning 25-iyun kuni Elektromagnit moslashuv markazida xodimlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida navbatdagi huquqiy o‘quv soati tashkil etildi. Unda, markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari xodimlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari vakillari faol ishtirok etdilar. ✈️O‘quv soati davomida Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati radiooperatori O.N. Bobojonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 24-fevraldagi “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi 1036-sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’ruza qilindi. ✈️Ma’ruzada mazkur qonunning asosiy maqsadi ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini oldindan baholash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni rag‘batlantirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, ekologik ekspertiza jarayonlarini takomillashtirish, strategik ekologik baholash mexanizmlarini joriy etish hamda davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolarning ushbu sohadagi huquq va majburiyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
230
20
👍Korrupsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish mavzusida o‘quv soati o‘tkazildi Joriy yilning 24-iyun kuni Xorazm vilo
👍Korrupsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish mavzusida o‘quv soati o‘tkazildi Joriy yilning 24-iyun kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlarining huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida “Korrupsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzusida o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika katta inspektori B.Z. Jumanazarov ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi murosasiz kurashish, shuningdek, kiberjinoyatchilikning zamonaviy ko‘rinishlari va ulardan himoyalanish choralari yuzasidan ma’ruza qildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik talablari, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar hamda amaliy misollar asosida tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida korrupsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani yana bir bor e’tirof etilib, bu borada davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
211