fa
Feedback
EMMM | Rasmiy kanal

EMMM | Rasmiy kanal

رفتن به کانال در Telegram

O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Elektromagnit moslashuv markazi yangiliklari www.cemc.uz Новости Центра электромагнитной совместимости при Министерстве цифровых технологий Республики Узбекистан

نمایش بیشتر
431
مشترکین
-124 ساعت
-37 روز
+230 روز

در حال بارگیری داده...

ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
اوت '26
اوت '26
+9
در 0 کانال‌ها
ژوئیه '26
+3
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '26
+13
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '26
+12
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '26
+13
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '26
+8
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '26
+9
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '26
+3
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '25
+11
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '25
+10
در 2 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '25
+6
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '25
+9
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '25
+7
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '25
+6
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '25
+7
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '25
+4
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '25
+10
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مارس '25
+18
در 3 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '25
+20
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '25
+2 310
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '24
+11
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '24
+45
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '24
+8
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '24
+9
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '24
+5
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '24
+10
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '24
+7
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '24
+10
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '24
+8
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '24
+18
در 1 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '24
+11
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '24
+8
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '23
+15
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '23
+9
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '23
+261
در 0 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
30 اوت0
29 اوت+1
28 اوت0
27 اوت0
26 اوت0
25 اوت0
24 اوت0
23 اوت0
22 اوت+2
21 اوت0
20 اوت0
19 اوت0
18 اوت0
17 اوت0
16 اوت0
15 اوت0
14 اوت+2
13 اوت+1
12 اوت+1
11 اوت0
10 اوت0
09 اوت0
08 اوت0
07 اوت0
06 اوت0
05 اوت+1
04 اوت0
03 اوت+1
02 اوت0
01 اوت0
پست‌های کانال
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan barcha
+8
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan barcha tashkilotimiz xodimlariga muborak bo'lsin! Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish – har bir inson uchun katta baxt”.
#Mustaqillik35 #UZB35 veb-sayt | telegram | instagram | facebook

2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ✅Elektromagnit moslashuv markazi xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi”+9
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ✅Elektromagnit moslashuv markazi xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi Kuni kecha, 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" ezgu g‘oyasi ostida tadbir tashkil etildi. Unda tashkilot rahbariyati, markaziy apparat hamda hududiy tuzilmalar xodimlari ishtirok etdi. Tadbir avvalida tashkilot direktori Rustam Mansurov yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z so‘zida yurtimizda mustaqillik yillarida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda mamlakat taraqqiyotida fidoyi va mas’uliyatli mehnatning muhim o‘rni haqida ta’kidlab, barcha xodimlarga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan taqdirlangan Elektromagnit moslashuv markazi va hududiy tuzilmalarning bir qator xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi. Mukofot sohiblari o‘zlariga bildirilgan yuksak e’tibor va ishonchni kelgusida ham mas’uliyat bilan mehnat qilish, sohaga oid vazifalarni sifatli amalga oshirish hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish uchun muhim rag‘bat sifatida qabul qildilar. Tadbir yakunida rahbar o‘rinbosarlari tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik shonli sanasi munosabati bilan yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida olib borilayotgan ezgu ishlar bardavom bo‘lishiga tilaklar bildirildi. #Mustaqillik35 #UZB35 veb-sayt | telegram | instagram | facebook
238
3
QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI — TARIXIMIZNING O‘CHMAS SAHIFASI 31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bil+4
QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI — TARIXIMIZNING O‘CHMAS SAHIFASI 31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan Jizzax hamda Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari o‘z hududlarida joylashgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeylariga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida xodimlar muzeylarda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar, fotosuratlar va qimmatli eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir va murakkab davrlar, qatag‘on yillarida nohaq ta’qib va tazyiqlarga uchragan yurtdoshlarimizning hayoti hamda ayanchli taqdirlari haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mazkur tashrif ajdodlarimiz xotirasini yod etish, ularning hayoti va taqdirini chuqur anglash, tarixiy haqiqatni asrab-avaylash hamda o‘tmish saboqlarini kelajak avlodga yetkazish borasida muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, tashrif davomida bugungi tinch va osoyishta hayotimizning qadriga yetish, yurtimizda hukm surayotgan barqarorlik va farovonlikni asrash har birimizning muhim burchimiz ekani yana bir bor ta’kidlandi. #Mustaqillik35 #UZB35 veb-sayt | telegram | instagram | facebook
156
4
🔍Namangan shahrida noqonuniy foydalanilayotgan radioelektron vositalar aniqlandi ✈️2026-yil 26-avgust kuni Namangan viloyati
🔍Namangan shahrida noqonuniy foydalanilayotgan radioelektron vositalar aniqlandi ✈️2026-yil 26-avgust kuni Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari Huquq tartibot organlar vakillari bilan hamkorlikda Namangan shahrining Davlatobod tumani hududida radioelektron vositalardan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbir o‘tkazdilar. ✈️Tadbir davomida Davlatobod tumani, Yuqori Rovuston MFY hududida joylashgan ko‘mir ortish omborida 6 dona “Baofeng” rusumli radioelektron vositasidan belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan foydalanilayotgani aniqlandi. Aniqlangan radioelektron vositalar yuzasidan Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan tegishli texnik ekspertiza xulosalari rasmiylashtirildi. Holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli ma’muriy choralarni ko‘rish uchun zarur hujjatlar Davlatobod tumani IIB JXX profilaktika inspektoriga taqdim etildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
213
5
👍Fuqaro muhofazasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi 👍Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmat+3
👍Fuqaro muhofazasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi 👍Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida fuqaro muhofazasi tuzilmalari bilan hamkorlikda navbatdagi obyekt o‘quv mashg‘uloti muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bunda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, xodimlarning favqulodda vaziyatlar vaqtida to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining o‘zaro hamkorligini taʼminlash hamda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirishdan iborat bo‘ldi. Mashg‘ulot davomida bir-nechta amaliy bosqichlar bajarildi. Avval, favqulodda vaziyat signali berilgach, barcha xodimlar va fuqaro muhofazasi tuzilmalari aʼzolari belgilangan tartibda zudlik bilan xabardor qilindi hamda belgilangan yig‘ilish joyiga to‘plandi. Evakuatsiya tadbirlari bo‘yicha: bino ichida bo‘lgan xodimlarni xavfsiz hududga tezkor, tartibli va belgilangan yo‘nalishlar asosida evakuatsiya qilish jarayoni amaliyotda sinab ko‘rildi. Evakuatsiya vaqtida xodimlarning xavfsizligi va harakatlar muvofiqligiga alohida eʼtibor qaratildi. Avariya-qutqaruv ishlari va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha: fuqaro muhofazasi tuzilmalari aʼzolari shartli ravishda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘inni boshlang‘ich bosqichida bartaraf etish hamda obyekt xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha amaliy harakatlarni bajardilar. O‘zaro hamkorlik va tezkor harakatlar bo‘yicha: mashg‘ulot jarayonida fuqaro muhofazasi tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik, masʼul xodimlarning vazifalarni aniq taqsimlashi, belgilangan harakatlar ketma-ketligiga rioya etishi va favqulodda vaziyat sharoitida tezkor qaror qabul qilishi amalda sinovdan o‘tkazildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
245
6
🟦Farg‘ona shahrida noqonuniy foydalanilayotgan radioelektron vositalar aniqlandi Farg‘ona shahri hududida Farg‘ona viloyati+3
🟦Farg‘ona shahrida noqonuniy foydalanilayotgan radioelektron vositalar aniqlandi Farg‘ona shahri hududida Farg‘ona viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi, Farg‘ona viloyati IIB JXX XPB bo‘limi, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi hamda Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tezkor xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida quyidagi holatlar aniqlandi: Farg‘ona shahri, Joydam MFY, Jomiy ko‘chasi, 56-uyda joylashgan oshxonada radiochastota qurilmalaridan noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi. Xususan, jami 8 dona ratsiya, shundan 4 dona BAOFENG BF-888S, 2 dona BAOFENG BF-999S hamda 2 dona BAOFENG C-6 rusumli ratsiyalardan foydalanilgan. Shuningdek, Farg‘ona shahri, Yuksalish ko‘chasi, 104-uyda joylashgan oshxonada YTT X.G. tomonidan 2 dona BAOFENG BF-888S rusumli ratsiyadan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi. Bundan tashqari, Farg‘ona shahri, Yangi yo‘l MFY hududida fuqaro G.A. tomonidan 5 dona BAOFENG BF-888S rusumli ratsiyadan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi. Tezkor tadbir davomida aniqlangan ratsiyalar IIB JXX XPB xodimlari tomonidan belgilangan tartibda olib qo‘yildi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish va ma’muriy javobgarlik masalasini hal etish uchun “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limiga yuboriladi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
269
7
✨Qatag‘on qurbonlari xotirasi yod etildi Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari yurtimiz tarixida o‘chma+3
✨Qatag‘on qurbonlari xotirasi yod etildi Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari yurtimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan, xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir va murakkab davrlarni yodga olish, tarixiy xotirani asrash hamda ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida Farg'onadagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida xodimlar muzeyda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar, fotosuratlar, eksponatlar va boshqa manbalar bilan yaqindan tanishdilar. Muzey ekspozitsiyalari orqali XX asrning eng og‘ir siyosiy qatag‘on davrlarida xalqimizning ziyoli, ma’rifatparvar va fidoyi farzandlari boshidan kechirgan sinovlar, ularning taqdiri hamda millat ravnaqi yo‘lida amalga oshirgan ezgu ishlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etish — bu nafaqat o‘tmishni eslash, balki bugungi tinch va farovon hayotimizning qadriga yetish, tarixdan saboq chiqarish va kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizni chuqur anglashdir. #Mustaqillik35 #UZB35 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 veb-sayt | telegram | instagram | facebook
246
8
🌳Avtomobilsiz kun Bugun, 25-avgust kuni respublikaning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilmoq
🌳Avtomobilsiz kun Bugun, 25-avgust kuni respublikaning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda. 🔍Ma‘lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umumilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 46-son Farmoniga ko‘ra, 2026-yilning 1-may kunidan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib borilishi belgilangan. 🌱“Avtomobilsiz kun” tashabbusi jamoat transportidan foydalanish madaniyatini oshirish, transport yuklamasini kamaytirish hamda ekologik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. 🗣Shu munosabat bilan barchani ushbu aksiyada faol ishtirok etishga chorlaymiz! veb-sayt | telegram | instagram | facebook
214
9
🔄Nukus shahrida metan gaz quyish shoxobchasi hududida ruxsatnomasiz foydalanilayotgan radioelektron vositalar aniqlandi 🤔Jo+3
🔄Nukus shahrida metan gaz quyish shoxobchasi hududida ruxsatnomasiz foydalanilayotgan radioelektron vositalar aniqlandi 🤔Joriy yilning 21-avgust kuni Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi yuzasidan Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirda “Isbilarmonlar aymog‘i“ MFY, Xojeli Guzari ko‘chasidagi metan gaz quyish shoxobchasi hududida fuqaro tomonidan o‘ziga tegishli 3 ta “BAOFENG BF-888S” rusumli radioelektron vositalaridan ruxsatnomasiz ishlatilayotganligi aniqlanib, ulardan noqonuniy foydalanishiga chek qo‘yildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
378
10
✈️Joriy yilning 20-avgust kuni Elektromagnit moslashuv markazida navbatdagi o‘quv soati tashkil etildi. Unda markaziy apparat+4
✈️Joriy yilning 20-avgust kuni Elektromagnit moslashuv markazida navbatdagi o‘quv soati tashkil etildi. Unda markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari xodimlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmati (EMMX) xodimlari faol ishtirok etdi. ✈️O‘quv soatida dastlab, Radionazorat va texnik rivojlanish xizmatining 2-toifali muhandisi O. Toshxujayev tomonidan Radionazorat punkti faoliyati. O‘lchovlarni olib borish, hisobotlarni yuritish, o‘lchov ma’lumotlarni to‘g‘riligi va faolligi ularni saqlanishi mavzusida tushuntirish berildi. ✈️Shuningdek, Maxsus ishlar bo‘yicha yetakchi muhandisi O.Raximbayev tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 3/98-sonli “Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 30-dekabrdagi 2/274-son buyrug‘iga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining mazmun-mohiyatini tushuntirdi. Unda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat sirlari sohasidagi ayrim normativ-huquqiy huijatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2025-yil 10-dekabrdagi 777-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaning amal qilishi tugatilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqishga doir cheklov belgilash va belgilangan cheklovga istisnolar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi mazmun-mohiyati taqdimot tarzida xodimlarga yetkazildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
385
11
⚡️Joriy yilning 19-avgust kuni Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati, DXX va Andijon viloyati bojxona boshqarmasi+3
⚡️Joriy yilning 19-avgust kuni Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati, DXX va Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Andijon” xalqaro aeroporti hududida tadbir o‘tkazildi. ➡️Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi M.A. ga tegishli qo‘l yuklari Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi inspektorlari tomonidan tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv davomida jami 1 (bir) dona “BAOFENG UV-9R PLUS” rusumli radioelektron vositasi borligi (ratsiya) aniqlandi. Fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qurilmalar vaqtincha saqlashga olindi. Ushbu radioelektron vositalar texnik ekspertiza xulosasini olish uchun Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etildi. Qurilmalar texnik ekspertizadan o‘tkazilib, ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirib berildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, viloyatdagi vakolatli organlar bilan o‘zaro hamkorlikda 2026-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi asosida o'tkazildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
311
12
😄😁😆🥹😅😂🤣🥲 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi — bosib o‘tilgan yo‘lni sarhisob qilish, bugungi imkoni
😄😁😆🥹😅😂🤣🥲 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi — bosib o‘tilgan yo‘lni sarhisob qilish, bugungi imkoniyatlarni qadrlash va kelajakdagi ulkan maqsadlar sari yangi qadamlarni belgilash uchun muhim sana. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun yurtimizda raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, davlat xizmatlarini takomillashtirish va inson manfaatlarini ta’minlash yo‘nalishlarida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Elektromagnit moslashuv markazi jamoasi ham mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shib, radiochastota spektridan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish va xizmatlarni raqamlashtirish yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda. 35 yillik qutlug‘ sana — xalqimizga tinchlik, osoyishtalik, farovonlik va yangi yutuqlar olib kelsin! 🇺🇿 YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ! #Mustaqillik35 #UZB35 veb-sayt | telegram | instagram | facebook
365
13
🔄Radiochastota spektri va yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha ASHH Komissiyasining 30-yig'ilishi 2+1
🔄Radiochastota spektri va yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha ASHH Komissiyasining 30-yig'ilishi 2026-yil 17–21-avgust kunlari Qirg‘iz Respublikasining Cho‘lpon-Ota shahrida Radiochastota spektri va yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlik (ASHH) Komissiyasining 30-yig‘ilishi (ASHH RChS va SO Komissiyasi), shuningdek, uning 2027-yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi va Radioaloqa assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishchi guruhi (BRK-27/RA-27), radiochastota spektrini boshqarish bo‘yicha ishchi guruhi (RChS IG) hamda radioeshittirish bo‘yicha ishchi guruhi (RE IG) yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. 🔄Yig‘ilishda Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi aloqa ma’muriyatlari vakillaridan iborat 100 dan ortiq ishtirokchilar, ASHH Ijroiya qo‘mitasi vakillari, shuningdek, Komissiyaning kuzatuvchi tashkilotlari, jumladan, mintaqadan tashqari Huawei, Viasat, Policy Impact Partners hamda taklif etilgan Access Partnership, Coleago Consulting Ltd, Hindiston Respublikasining XEI-ATSE jamg‘armasi va boshqa tashkilotlar vakillari qatnashmoqda. Bundan tashqari, yig‘ilishda boshqa mintaqaviy elektraloqa tashkilotlari, xalqaro sohaviy tashkilotlar va operatorlar birlashmalarining vakillari ham ishtirok etmoqda, xususan: • Xalqaro elektraloqa ittifoqi va uning MDH mamlakatlari uchun Mintaqaviy bo‘limi; • 1-mintaqa Xalqaro radiohavaskorlar ittifoqi (IARU-R1); • mobil aloqa operatorlari assotsiatsiyasi — GSMA; • yo‘ldosh aloqa operatorlari assotsiatsiyasi — GSOA. Quyidagi mintaqaviy elektraloqa tashkilotlari vakillari o‘z a’zolarining 2027-yilda Shanxay shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon radioaloqa konferensiyasi va Radioaloqa assambleyasiga tayyorgarligining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdilar: • Osiyo-Tinch okeani elektraloqa hamjamiyati (APT); • Yevropa pochta va elektraloqa ma’muriyatlari konferensiyasi (CEPT); • Amerikalararo telekommunikatsiyalar komissiyasi (CITEL). Komissiya yig‘ilishining ochilishida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi: • ASHHning RA-27/BRK-27ga tayyorgarligi; • Komissiya va uning ishchi guruhlarining hafta davomidagi ish rejalari; • ASHH vakillarining Xalqaro telekommunikatsiya yo‘ldosh tashkiloti — ITSO simpoziumidagi ishtiroki. 🤝Shuningdek, ASHHning «Radiochastota spektri: yangi texnologiyalarni o‘z vaqtida joriy etish yo‘lidagi ehtiyojlar, muammolar va imkoniyatlar» mavzusidagi panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sessiya radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish va yangi texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq masalalarni atroflicha muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi. Muhokamalar davomida tartibga solish va texnologik yondashuvlar uyg‘unlashtirilib, raqamli transformatsiya sharoitida ASHH mamlakatlari oldida turgan dolzarb muammolar hamda mavjud imkoniyatlar keng ko‘lamda ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, ASHHga a’zo davlatlar o‘rtasidagi muvofiqlashtirishning yuqori darajasi tasdiqlandi. Qabul qilingan qarorlar va kelishilgan takliflar yagona pozitsiyani shakllantirishda foydalanilib, yaqinlashib kelayotgan xalqaro tadbirlarda taqdim etiladi. 🔅Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasidan Elektromagnit moslashuv markazi va UNICON.UZ MChJ mutaxassislari ishtirok etmoqda. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
434
14
🔘Farg‘ona shahrida tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazildi Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati, Farg‘ona viloyati+3
🔘Farg‘ona shahrida tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazildi Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati, Farg‘ona viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi, Farg‘ona viloyati IIB JXX XPB bo‘limi, Farg‘ona viloyati “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Marg‘ilon shahar va Qo‘shtepa tuman hududida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tezkor tadbir davomida quyidagilar aniqlandi: ⚡️Marg‘ilon shahri “Pichoqchi” MFY hududidagi savdo markazida tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda 2 dona “BAOFENG 888S” rusumli ratsiyadan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi. ⚡️Marg‘ilon shahri “Tuyagum” MFY hududidagi maktabgacha ta’lim muassasasi xodimi O.S. tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda 4 dona “BAOFENG 888S” hamda 2 dona “BAOFENG 999” rusumli ratsiyalardan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi. ⚡️Qo‘shtepa tumani “Qo‘shtepa” MFY hududidagi maktabgacha ta’lim muassasasi xodimi D.Y. tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda 15 dona “BAOFENG 888S” rusumli ratsiyalardan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi. 💠O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan barcha ratsiyalar IIB JXX XPB tomonidan musodara qilindi va qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda tegishli jazolar qo‘llanilishi uchun fuqarolar hujjatlar to‘plami yuqorida ko‘rsatilgan fuqarolarga nisbatan to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish va ma’muriy javobgarlik masalasini hal etish uchun “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limiga yuborildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
313
15
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash 👍Andijon viloyati EMMX “Raqamli jamiyatda shaffof boshqaruv va korrupsiyaga qarshi kurashishning
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash 👍Andijon viloyati EMMX “Raqamli jamiyatda shaffof boshqaruv va korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mazkur mashg‘ulotda DXX xodimi va Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida bugungi raqamli jamiyat sharoitida davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash hamda ularning oldini olishda zamonaviy raqamli texnologiyalarning o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, elektron davlat xizmatlari, ochiq ma’lumotlar, sun’iy intellekt, Big Data va blokcheyn texnologiyalari korrupsiyaviy holatlarni aniqlash va oldini olishning zamonaviy vositalari sifatida ko‘rib chiqildi. Raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish, davlat xizmatlarining shaffofligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish imkoniyatlari tushuntirildi. O‘quv mashg‘ulotida zamonaviy raqamli muhitda kriptoaktivlardan korrupsiyaviy maqsadlarda foydalanish xavfiga ham alohida e’tibor qaratildi. Kriptoaktivlar ayrim holatlarda noqonuniy mablag‘larni yashirish, pora berish yoki mablag‘larning kelib chiqishini murakkablashtirish vositasi sifatida suiiste’mol qilinishi mumkinligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, blokcheyn texnologiyasining tranzaksiyalar bo‘yicha raqamli iz qoldirishi korrupsiyaviy moliyaviy oqimlarni aniqlashda muhim imkoniyat yaratishi qayd etildi. Blockchain-analitika vositalari orqali kriptoaktivlarning harakatini, shubhali tranzaksiyalarni va kriptohamyonlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tahlil qilish mumkinligi tushuntirildi. Mashg‘ulot davomida korrupsiyaga qarshi kurashda zamonaviy yondashuv faqat sodir etilgan huquqbuzarlikni aniqlash bilan cheklanmasdan, korrupsiyaviy xavflarni oldindan aniqlash, monitoring qilish va ularning oldini olishga qaratilishi lozimligi qayd etildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
399
16
🔍Joriy yilning 13-avgust kuni Elektromagnit moslashuv markazida navbatdagi o‘quv soati tashkil etildi. Unda markaziy apparat+6
🔍Joriy yilning 13-avgust kuni Elektromagnit moslashuv markazida navbatdagi o‘quv soati tashkil etildi. Unda markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari xodimlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmati (EMMX) xodimlari faol ishtirok etdi. 🔍O‘quv soati davomida kun tartibidagi mavzular bo‘yicha mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi. Dastlab, Davlat xavfsizlik xizmati xodimi B.Sh.Shavkatov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 658-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdi. Shuningdek, Ish yuritishni boshqarish va ijro intizomini nazorat qilsih xizmati yetakchi muhandisi R.Ganiyev Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ijro intizomini ta’minlash bo‘yicha qo'llanma haqida tushuntirishlar berdi. Navbatdagi mavzu doirasida Maxsus ishlar bo‘yicha yetakchi muhandisi O.Raximbayev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarorini tushuntirib o‘tdi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
421
17
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari faoliyat samaradorligini oshirish, x
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari faoliyat samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash hamda zamonaviy boshqaruvni ta’minlashning muhim omiliga aylanmoqda. Elektromagnit moslashuv markazida ham ish jarayonlarini raqamlashtirish, zamonaviy AKT yechimlarini joriy etish va xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! #Mustaqillik #UZB35 #ADME veb-sayt | telegram | instagram | facebook
482
18
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ulug‘ ayyomga munosib tayyorgarlik Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida O‘zbekiston Res
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ulug‘ ayyomga munosib tayyorgarlik Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish, bayramona muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan Elektromagnit moslashuv markazida ham bayramoldi tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda. Markazning ma’muriy binosi va hududi O‘zbekiston davlat bayrog‘i, milliy ramzlar hamda bayramona bezaklar bilan bezatilib, ulug‘ ayyomga munosib muhit yaratildi. Shuningdek, tashkilot hududlarida tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, bino atrofi, yashil hududlar va gulzorlar tartibga keltirilmoqda. Bunday ezgu ishlar yurtimizga bo‘lgan mehr, Vatanga daxldorlik va uning obodligiga hissa qo‘shish istagining amaliy ifodasidir. 🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! #Mustaqillik35 #UZB35 #shukronalik #bayram_shukuhi veb-sayt | telegram | instagram | facebook
314
19
#Mustaqillik #UZB35 “Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari” Yoshlar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim kuchi. Bugungi ku
#Mustaqillik #UZB35 “Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari” Yoshlar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim kuchi. Bugungi kunda Elektromagnit moslashuv markazida o‘z kasbiga sadoqat bilan mehnat qilayotgan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda namoyon etayotgan yosh xodimlar safi kengayib bormoqda. Ularning har bir ish kuni — yangi tajriba, yangi izlanish va yangi natijalar sari tashlangan qadamdir. 🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! veb-sayt | telegram | instagram | facebook
321
20
💠Andijon shahridagi istirohat bog‘ida radioelektron vositalaridan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanilayotganlik hola+3
💠Andijon shahridagi istirohat bog‘ida radioelektron vositalaridan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanilayotganlik holati aniqlandi Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati hamda Andijon shahar IIB xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor radiomonitoring tadbirlari jarayonida Andijon shahridagi “Bog‘ishamol” istirohat bog‘ida fuqarolar P.I. va Q.N.lar tomonidan “BAOFENG UV-5R” va “HYDX-Q608” rusumli jami 5 (besh) dona radioelektron vositasidan ruxsatnomasiz, noqonuniy ravishda foydalanilayotganlik holati aniqlandi. Aniqlangan qurilmalar Andijon shahar IIB xodimi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati EMMXga taqdim etildi. Mazkur radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazilib, ularning xulosalari belgilangan tartibda rasmiylashtirib berildi.   Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi nizom hamda viloyatdagi vakolatli organlar bilan kelishilgan 2026-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi asosida tashkil etildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
293