EMMM | Rasmiy kanal
Open in Telegram
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Elektromagnit moslashuv markazi yangiliklari Новости Центра электромагнитной совместимости при Министерстве цифровых технологий Республики Узбекистан
Show more426
Subscribers
+224 hours
+27 days
+430 days
Posts Archive
#Radiomonitoring_tadbirlar
✅Nukus shahrida o‘tkazilgan radiomonitoring natijasida 2 ta ratsiya qurilmasi noqonuniy ravishda foydalanilayotgani aniqlandi
Joriy yilning 26-iyun kuni Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibiga rioya etilishi yuzasidan Nukus shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida radiomonitoring tadbiri o‘tkazildi.
📄Tadbir davomida 2 ta “BAOFENG-C5” rusumli ratsiya qurilmalari tegishli ruxsatnoma va hujjatlarsiz ishlatilayotgani aniqlanib, ulardan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi.
veb-sayt | telegram | instagram | facebook
+3
✅Elektromagnit moslashuv markazi xodimlari Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qildilar
📊Mazkur sayohatga EMMMning Trening markaziga malakasini oshirish uchun tashrif buyurgan viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari va markaziy apparat mutaxassislari jalb etildi.Sayohat davomida xodimlar markazda yaratilgan zamonaviy ekspozitsiyalar, noyob tarixiy qo‘lyozmalar, ilmiy meros namunalarining nusxalari hamda ajdodlarimizning ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya jarayonida ishtirokchilarga O‘zbekiston hududida shakllangan boy ilmiy va ma’naviy meros, buyuk allomalarimizning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi hamda Islom sivilizatsiyasining insonparvarlik, bag‘rikenglik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mazkur tashrif xodimlarning tarixiy merosimiz haqidagi bilimlarini boyitish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda jamoada milliy qadriyatlarga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 📌Elektromagnit moslashuv markazida xodimlarning kasbiy salohiyati bilan bir qatorda ularning ma’naviy-ma’rifiy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan bunday tadbirlarni muntazam tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
🟦26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
26-iyun butun dunyoda Xalqaro giyohvandlik vositalarini suiiste'mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni sifatida belgilangan. Ushbu sana jamiyatni giyohvandlikning ogʻir oqibatlaridan ogohlantirish, ayniqsa yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Xususan:
✅Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida“gi O‘RQ–1151-son Qonun bilan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta'sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik yanada kuchaytirildi hamda narkojinoyatlarga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlari takomillashtirildi.
Giyohvandlik – nafaqat inson salomatligiga, balki oila farovonligi, jamiyat barqarorligi va mamlakat taraqqiyotiga ham jiddiy xavf tug‘diruvchi illatdir.
❗️Sog‘lom hayotni tanlang! Giyohvandlikka "Yo‘q!" deng!
veb-sayt | telegram | instagram | facebook
+8
#STOPNARKO: Biz narkotiklarga qarshi birlashamiz!
26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan oylik doirasida Elektromagnit moslashuv markazida #STOPNARKO xeshtegi ostida “Biz narkotiklarga qarshi birlashamiz!” nomli chellenj tashkil etildi.
Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish hamda jamiyatda ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Chellenj davomida markaz xodimlari giyohvandlikka qarshi kurashish, yoshlarni zararli odatlardan asrash va sog‘lom hayot tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan murojaatlari bilan faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar bir ovozdan giyohvandlikka qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ekanligini ta’kidladilar.
✅Elektromagnit moslashuv markazi jamoasi sog‘lom va xavfsiz jamiyat barpo etish yo‘lida giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda barchani ushbu illatga qarshi birlashishga chorlaydi.
veb-sayt | telegram | instagram | facebook
+4
🔍Elektromagnit moslashuv markazida navbatdagi huquqiy o‘quv soati o‘tkazildi
✈️Joriy yilning 25-iyun kuni Elektromagnit moslashuv markazida xodimlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida navbatdagi huquqiy o‘quv soati tashkil etildi.
Unda, markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari xodimlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari vakillari faol ishtirok etdilar.✈️O‘quv soati davomida Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati radiooperatori O.N. Bobojonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 24-fevraldagi “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi 1036-sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’ruza qilindi. ✈️Ma’ruzada mazkur qonunning asosiy maqsadi ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini oldindan baholash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni rag‘batlantirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, ekologik ekspertiza jarayonlarini takomillashtirish, strategik ekologik baholash mexanizmlarini joriy etish hamda davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolarning ushbu sohadagi huquq va majburiyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
👍Korrupsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish mavzusida o‘quv soati o‘tkazildi
Joriy yilning 24-iyun kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlarining huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida “Korrupsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzusida o‘quv soati tashkil etildi.
Tadbirda Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika katta inspektori B.Z. Jumanazarov ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi murosasiz kurashish, shuningdek, kiberjinoyatchilikning zamonaviy ko‘rinishlari va ulardan himoyalanish choralari yuzasidan ma’ruza qildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik talablari, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar hamda amaliy misollar asosida tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida korrupsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani yana bir bor e’tirof etilib, bu borada davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
veb-sayt | telegram | instagram | facebook
👍Surxondaryoda noqonuniy radiostansiyalardan foydalanish holatlari aniqlandi
Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislari hamda Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi 2-son Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektorlari hamda Sariosiyo tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda radiomonitoring tezkor tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlar Termiz shahrining “O‘zbekiston” va “Do‘stlik” mahallalari hamda Sariosiyo tumanining “Lutfkor” mahallasi hududlarida tashkil etildi. Radioomonitoring ishlari jarayonida radiochastota spektridan foydalanish holati o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi nazorat qilindi.
O‘tkazilgan tekshiruvlar davomida ayrim fuqarolar tomonidan “BAOFENG BF-888S”, “BAOFENG C5” rusumli radiostansiyalardan tegishli ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan noqonuniy ravishda foydalanilayotgani aniqlandi. Mazkur holatlar radiochastota resurslaridan foydalanish tartibini buzish sifatida qayd etildi.
Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan belgilangan tartibda o‘lchov bayonnomalari va ma’lumotnomalar rasmiylashtirildi. Shuningdek, huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarga nisbatan amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tegishli choralar ko‘rildi.
veb-sayt | telegram | instagram | facebook
+3
🔍Elektromagnit moslashuv markazi vakillari Koreya Respublikasining radionazorat va sun’iy yo‘ldosh monitoringi sohasidagi tajribasini o‘rgandi
✈️O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Elektromagnit moslashuv markazi delegatsiyasi radiochastota spektrini boshqarish, radiomonitoring va zamonaviy aloqa texnologiyalari sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, shuningdek, Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligining Radiochastota spektrini boshqarish markaziy xizmati bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi.
✈️Tashrif davomida tomonlar radiochastota spektrini boshqarish, radiomonitoring tizimlarini rivojlantirish, spektrdan foydalanishni nazorat qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish va tashkilotlar o‘rtasidagi kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
✈️Dastur doirasida delegatsiya Koreyaning yetakchi kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan radionazorat sohasidagi zamonaviy yechimlar bilan tanishdi. Radiochastota spektrini tahlil qilish uchun sun’iy intellekt texnologiyalari, taqsimlangan radiomonitoring tizimlari, uchuvchisiz uchish apparatlarini aniqlash yechimlari va istiqbolli radiopelengatsiya vositalari ko‘rib chiqildi.
✈️Tashrif yakunida Koreya Respublikasining radionazorat, radiochastota spektrini boshqarish va sun’iy yo‘ldosh monitoringi sohasidagi ilg‘or tajribasi o‘rganildi. Olingan bilimlar va o‘rnatilgan aloqalar xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va EMMM faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.
veb-sayt | telegram | instagram | facebook
🌳Avtomobilsiz kun
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umumilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 46-son Farmoniga ko‘ra, 2026-yilning 1-may kunidan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib borilishi belgilangan.
🌱“Avtomobilsiz kun” tashabbusi jamoat transportidan foydalanish madaniyatini oshirish, transport yuklamasini kamaytirish hamda ekologik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
🗣Shu munosabat bilan barchani ushbu aksiyada faol ishtirok etishg chorlaymiz!
veb-sayt | telegram | instagram | facebook
✈️Samarqandda olis va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleradiouzatkichlarning ishlash samaradorligi o‘rganildi
✈️Samarqand viloyatining tog‘li va infratuzilmaviy jihatdan murakkab hududlarida jami 27 dona kam quvvatli raqamli teleeshittirish uzatkichlari o‘rnatilib, foydalanishga topshirilgan. Ushbu uzatkichlar viloyatning ilgari sifatli teledastur signalini qabul qilish imkoniyati cheklangan aholi punktlarini raqamli teleeshittirish bilan ta’minlashga xizmat qildi.
✈️Samarqand viloyati EMMX muhandislari tomonidan viloyat hududlarida o‘rnatilgan kam quvvatli raqamli teleeshittirish uzatkichlarida muntazam ravishda joyiga chiqqan holda radiomonitoring ishlari amalga oshirilmoqda. O‘tkazilgan o‘lchovlar natijalari asosida mazkur uzatkichlarning texnik parametrlari tahlil qilinib, ularning belgilangan me’yoriy talablarga muvofiqligi baholanmoqda.
Bugungi kunda Samarqand viloyati hududida raqamli televideniya tarmog‘i barqaror faoliyat yuritib, aholining axborot olish imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. Bu esa fuqarolarning mamlakatimizda va dunyoda ro‘y berayotgan voqealardan tezkor xabardor bo‘lishi, manaviy-ma’rifiy, madaniy hamda ta’limiy dasturlardan samarali foydalanishiga xizmat qilmoqda. Raqamli teleeshittirish tarmog‘ining kengaytirilishi va olis hududlarning ham to‘liq qamrab olinishi mamlakatimizda zamonaviy axborot infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim natijalardan biri bo‘lib, Samarqand viloyatining barcha aholi punktlari raqamli televideniya bilan to‘liq qamrab olinganligini tasdiqlaydi.veb-sayt | telegram | instagram | facebook
🔍Noqonuniy ravishda foydalanib kelingan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi
✈️Joriy yilning iyun oyida o‘tkazilgan navbatdagi radiomonitoring tadbirlari davomida Buxoro shahri hududida 18 dona qo‘lda olib yuriluvchi radiostansiyalardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan Buxoro shahar IIB xodimlari tomonidan radioelektron vositalar vaqtincha olib qo‘yildi hamda texnik ekspertizadan o‘tkazish uchun Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etildi.
✈️Mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertiza natijalari asosida tegishli xulosalar tayyorlanib, belgilangan tartibda vakolatli idoralarga yuborildi.
✈️Radiochastota spektridan foydalanish tartibi buzilishlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha radiochastota spektri monitoringini amalga oshirishda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik davom ettirilmoqda.
veb-sayt | telegram | instagram | facebook
+2
🤝SPORT — DO‘STLIK VA HAMJIHATLIK TIMSOLI
⚽️2026-yil 19-iyun kuni Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati jamoasi hamda “O‘ZBEKISTON POCHTASI” AJ Andijon filiali jamoasi o‘rtasida do‘stona futbol uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur sport tadbiri sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoalar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xodimlarning jismoniy faolligini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.
✈️Uchrashuv davomida har ikki jamoa futbolchilari yuqori sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Bahs qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tgan bo‘lsa-da, o‘yin do‘stlik, o‘zaro hurmat va sport etikasi ruhida tashkil etildi.
🎖Shuningdek, Andijon viloyati EMMX xodimlari Milliy terma jamoamizga Portugaliya terma jamoasi bilan boʻlib oʻtadigan oʻyin oldidan zafar tilaydi!
🇺🇿Olgʻa Oʻzbekiston!
veb-sayt | telegram | instagram | facebook
🔍Nukus shahrida o‘tkazilgan radiomonitoring natijasida 4 ta ratsiya qurilmasi noqonuniy ishlatilayotganligi aniqlandi
✈️Joriy yilning 22-iyun kuni Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibiga rioya etilishi yuzasidan Nukus shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida radiomonitoring tadbiri o‘tkazildi.
✈️Tadbir davomida 4 ta “BAOFENG BF-888S” rusumli ratsiya qurilmalari tegishli ruxsatnoma va hujjatlarsiz ishlatilayotgani aniqlanib, ulardan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi.
veb-sayt | telegram | instagram | facebook
+2
🔍Radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida Andijon shahar hududida Andijon viloyati EMMX, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Andijon viloyati hududiy shu’basi hamda Andijon shahar IIB xodimlari tomonidan navbatdagi radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.
🔍O‘tkazilgan monitoring tadbirlari jarayonida Andijon shahar, “Sog‘lom avlod” MFY, Mashrab ko‘chasi 1A-uyda yashovchi fuqaro A.S. Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining 2022-yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurulmalaridan foydalanish to‘g‘risida” gi 707-sonli Qarorning texnik shartlariga mos bo‘lmagan hamda elektromagnit moslashuv normalariga va texnik talablarga muvofiqlik bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lmagan mobil signallarini kuchaytiruvchi retranslyator (repitor) qurulmasidan foydalanish holati aniqlandi.
✈️Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.
veb-sayt | telegram | instagram | facebook
✈️Sport – sog‘lom muhit, sog‘lom jamoa!
⚽️Qoraqalpogʻiston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tashkilotda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan imkoniyatlar, shart sharoitlardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanib kelishmoqda. Xususan, xodimlar ish vaqtidan bo‘sh paytlarda futbol, stol tennisi bilan muntazam shug‘ullanib o‘zlarining jismoniy faolligini va ruhiy tetikligini mustahkamlashga e’tibor qaratib kelishmoqda.
Bunday tadbirlar birinchi navbatda har bir xodimning jismonan chiniqishiga xizmat qiladi, qolaversa bunday uchrashuvlarda yosh avlodlar uchrashib muloqot qilishadi, o‘zaro bilim va tajriba almashadi hamda ularda jamoaviy ruhni qo‘llab quvvatlashga, yagona maqsad sari intilishga, birlashishga imkon paydo bo‘ladi.
⚽️Shu kunlarda Amerika qit’asida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlarida ilk marotaba ishtirok etayotgan va munosib ishtirok etib mamlakatimizni butun dunyoga tanitayotgan Milliy terma jamoamizga omad tilab qolamiz!
veb-sayt | telegram | instagram | facebook
🔍Navoiy shahar hududida navbatdagi tezkor tadbir ishlari o‘tkazildi
✈️Joriy yilning 18-iyun kuni Navoiy viloyati EMMX, “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasining Navoiy viloyati hududiy shu’basi hamda Navoiy shahar IIB xodimlari tomonidan Navoiy shahar hududida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
✈️O‘tkazilgan tezkor tadbirlar jarayonida Navoiy shahrida joylashgan qurulish obyektida ish olib borayotgan bir nechta fuqarolar tomonidan radioelektron vositalaridan tegishli ruxsatnomasiz foydalanish holati aniqlandi.
Navoiy shahar IIB xodimi tomonidan radioelektron vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi.
✈️Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar xizmat muhandislari tomonidan texnik ekspertizadan oʻtkazildi hamda texnik ekspertiza xulosalari va radioelektron vositalar Navoiy shahar IIBga taqdim etildi.
veb-sayt | telegram | instagram | facebook
✈️Andijon shahri hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi
✈️Joriy yilning 17-iyun kuni Andijon viloyati EMMX hamda Andijon shahar IIB xodimlari tomonidan Andijon shahri hududida navbatdagi tezkor tadbir ishlari o‘tkazildi.
✈️O‘tkazilgan monitoring tadbirlari jarayonida Andijon shahar, “Nodirabegim” MFY hududida joylashgan choyxonada fuqaro T.I ga tegishli bo‘lgan “BAOFENG BF-999S” rusumli radioelektron vositalaridan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.
Andijon shahar IIB boshqarmasi xodimi tomonidan radioelektron vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi.
✈️Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.
veb-sayt | telegram | instagram | facebook
+7
💬Bugun, 18-iyun kuni Elektromagnit moslashuv markazida navbatdagi huquqiy o‘quv soati tashkil etildi. Unda markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari faol ishtirok etdilar.
✅Unda, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi monopoliyaga qarshi kurashish komplayensi bo‘yicha yetakchi mutaxassis V.L. Guseinov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsionerning kriminalistik portreti” mavzusida o‘quv soati olib borildi.
O‘quv soati davomida korrupsiyaning davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ushbu yo‘nalishda yaratilgan huquqiy va institutsional mexanizmlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, korrupsiya tufayli dunyo miqyosida har yili 2,6 trillion AQSH dollaridan ortiq iqtisodiy yo‘qotishlar kuzatiladi. Shu bois O‘zbekistonda ham korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat boshqaruvida shaffoflikni ta’minlash va ochiqlik tamoyillarini keng joriy etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish maqsadida raqamlashtirish va shaffoflikni ta'minlash bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi. my.gov.uz portali orqali 700 dan ortiq elektron davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda. Ruxsatnoma berish va litsenziyalash sohasida 160 dan ziyod xizmat turi onlayn shaklga o‘tkazildi. Bu fuqarolar va amaldorlar o‘rtasidagi bevosita muloqotni kamaytirib, ma’muriy tartib-taomillardagi korrupsiyaviy omillarni pasaytirish imkonini beradi. “Shaffof qurilish” tashabbusi doirasida raqamli tender nazorati tufayli 14 trillion so‘m mablag‘ning maqsadsiz sarflanishining oldi olindi. Sun’iy intellekt unsurlaridan foydalanadigan maxsus algoritmlar shartnomalar narxidagi og‘ishlarni avtomatik ravishda kuzatish, affillangan tuzilmalarni aniqlash va loyihalar qiymatining sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini bermoqda.
Tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2025-yil tahlillari asosida O'zbekistondagi korrupsionerning kriminologik portreti haqida ma'lumot berildi.
📊Tahlillarga ko'ra:
🔍 Korrupsiya jinoyatlarida eng ko'p uchraydigan holat – o'zlashtirish va rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish bo'lib, umumiy holatlarning 33 foizidan ortig'ini tashkil etadi.
🔍Korrupsiya jinoyatlarining 67 foizi 31–49 yoshdagi shaxslar tomonidan sodir etilgan.
🔍Korrupsionerlarning 70 foizidan ortig'i oliy ma'lumotli, 19,6 foizi o'rta maxsus va 10,4 foizi o'rta ma'lumotli shaxslar hisoblanadi.
🔍95 foiz holatlarda jinoyatni oilali shaxslar sodir etgan.
🔍2025-yilda aniqlangan korrupsiya jinoyatlarining 85 foizi erkaklar, 46 foizi ayyollar ta'lim, 21 foizi sog'liqni saqlash tizimida faoliyat yuritganlar hissasiga to'g'ri kelgan. Erkaklar esa asosan ijro organlari, tadbirkorlik va xo‘jalik boshqaruvi tizimlarida faoliyat yuritgan.
Prezidentning 2024 yil 21 iyundagi 228-sonli qarori bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” platformasi ishga tushirildi. Endi davlat xizmatchilari har uch yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha malaka oshirishi shart hisoblanadi. 2025 yil va 2026 yil birinchi choragida qariyb 69 ming nafar davlat xizmatchisi malaka oshirishga jalb qilingan.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati, halollik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilishi, xizmat faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.
O‘quv soati yakunida xodimlarga korrupsiyaning oldini olish, xizmat intizomini mustahkamlash va tashkilot faoliyatida ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlash yuzasidan mavzuga oid videoroliklar taqdim etildi.
veb-sayt | telegram | instagram | facebook
+3
#Radiomonitoring_tadbirlar
👍2026-yil 18-iyun kuni Nukus shahrida o‘tkazilgan radiomonitoring natijasida 3 ta ratsiya qurilmasi noqonuniy ishlatilayotganligi aniqlandi.
👍Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibiga rioya etilishi yuzasidan Nukus shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida radiomonitoring tadbiri o‘tkazildi.
👍Tadbir davomida 3 ta “BAOFENG BF-888S” rusumli ratsiya qurilmalari tegishli ruxsatnoma va hujjatlarsiz ishlatilayotgani aniqlanib, ulardan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi.
veb-sayt | telegram | instagram | facebook
🔍Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati RNP va Kosonsoy tumanidagi obyektlarida pudratchi korxona bilan birgalikda elektr qurilmalarining navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazdi.
Ushbu ko‘rikdan maqsad, elektr qurilmalarini nollashtirish, yerlantirish va himoya o‘chirgichi ko‘rsatgichlarining me’yor darajada ishlayotkanlini tekshirishdir.✈️O‘lchov natijalariga ko‘ra, xizmat obyektlarida barcha elektr qurilmalarning elektr ko‘rsatgichlari me’yor darajasida ekanligi aniqlandi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
