cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

IMA Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Advertising posts
569
Subscribers
-124 hours
-17 days
+330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Termiz_shahar_1_son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati #jarayon #choraklik_summativ_baholash ✅ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida IV chorak  ChSB (choraklik summativ baholash) olish jarayonlari bo'lib o'tmoqda. 👨🏼‍💻Bu safargi CHSB jarayonlari barcha sinflarda online tarzda  3 smenada o'tkaziladi. 🔖Ushbu jarayonni dastlab 9-"A" sinf o'quvchilari boshlab berishdi. ⚡️ Test jarayonlari adolatli hamda shaffof tarzda o'tkazilmoqda. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram Facebook
Show all...
👍 2
📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari: ➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi; ➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi; ➖ mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi; ➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi; ➖ yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi; ➖ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi. 📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. 👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.
Show all...
👍 2👎 1
#Ertalabki_saflanish 🏢Termiz shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Ertalabki saflanish o'tkazildi. ❇️Tadbirda   Davlatimiz madhiyasi jonli  tarzda o'quvchi va o'qituvchilar tomonidan  ijro qilindi. O'quvchilarga o'qishlarida yuqori cho'qqilarni egallashini  tilaymiz! 👉Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifamiz Telegram    / Facebook
Show all...
👍 3👎 1
I Respublika bolalar forumi o‘tkaziladi! Joriy yilning 19-23-may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan I Respublika bolalar forumi bo‘lib o‘tadi. ⚡️ Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga o‘z tashabbus hamda g‘oyalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🙋 Forumda ishtirok etish istagini bildirgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishi mumkin: - Ta’lim yo‘nalishi; - Imkon yo‘nalishi; - Madaniyat va san’at yo‘nalishi; - Ekologiya yo‘nalishi; - Media yo‘nalishi; - Sport yo‘nalishi; - Liderlik va jamoani shakllantirish yo‘nalishi; - IT yo‘nalishi. 📝 Arizalar 15-may kuniga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: forms.gle/emxSwZvY1tL3FJVAA Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun! Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Show all...
​​#фаросат Интернетдан фойдаланиш этикаси: ❓ Кимгадир бирор нарсаси ёзишдан аввал вазиятни ўйлаб кўриш керак. Яъни кимгадир ёзган гапларингизни у билан юзма-юз келганда гапира оласизми? Мана шуларни ўйлаб, ёзганларингизни бирданига юборманг, қайта ўқиб чиқиб хулоса қилинг. 📨 Бировнинг электрон почтасини ўқиш, бировнинг номидан бошқага хат жўнатиш ўзганинг буюмларини кавлаштиришдек ахлоқсиз ишдир. 📧 Интернет орқали хабар жўнатаётганда узун жумлалар ва катта ҳажмли гаплардан қочинг. Қисқа, тушунарли ёзинг. ❗️ Ёзишмаларингизга диққатли бўлинг. Имло хатолари ҳар қандай одамни сиз ҳақингиздаги фикрини салбий томонга ўзгартириши мумкин. 📲 Интернетда таниш бўлмаган инсонларингизга турли хил реклама хабарларини жўнатиш, турли гуруҳларга уларнинг қизиқиши бўлмаса ҳам  розилигисиз қўшиш  одобдан эмас. ⚠️ Унутманг, интернетдаги суҳбатлар ҳам мулоқот одоби талаблари доирасида бўлиши шарт. Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Show all...

#Qabul_2024 ⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi. Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi. ❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi: ➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari. ✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi. 📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi. 📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi. ✍️ Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👎 1
Repost from N/a
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
Xotira – aziz, qadr – muqaddas. Yurtimizda xotira va qadrlash kunini keng miqyosda nishonlashimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi. O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Shunday ekan, bugungi sana munosabati bilan barcha hamyurtlarimiz, hurmatli urush qatnashchilari, qadrli ustozlar, ta'lim tizimi vakillari va mehnat faxriylarimizga tinchlik-omonlik, sog’lik-salomatlik, xonadonlariga baraka tilayman. Shu o‘rinda aytishim lozim, ta'lim-tarbiya tizimida jonkuyarlik ko‘rsatayotgan barcha aziz pedagoglarimizni qadrlaymiz! Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Xusniddin Mamadiyev, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
Show all...
Repost from N/a
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
Xotira – aziz, qadr – muqaddas. Yurtimizda xotira va qadrlash kunini keng miqyosda nishonlashimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi. O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Shunday ekan, bugungi sana munosabati bilan barcha hamyurtlarimiz, hurmatli urush qatnashchilari, qadrli ustozlar, ta'lim tizimi vakillari va mehnat faxriylarimizga tinchlik-omonlik, sog’lik-salomatlik, xonadonlariga baraka tilayman. Shu o‘rinda aytishim lozim, ta'lim-tarbiya tizimida jonkuyarlik ko‘rsatayotgan barcha aziz pedagoglarimizni qadrlaymiz! Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Xusniddin Mamadiyev, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
Show all...
Repost from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni Hurmatli vatandoshlar, Qadrli pedagoglar! Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi. Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi. Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Show all...
🏛 IMA tizimidagi Termiz shahar ixtisoslashtirilgan maktab internatida Ingliz tili fanidan mock test bo'lib o'tdi. 🎯 Maktab-internati binosida bo'lib o'tgan sinov testida 10-sinf o'quvchilari ishtirok etishdi. Mock test Bilim va malakalarni baholash markazi tomonidan o'tkaziladigan CEFR imtixoni tizimida tashkillashtirildi. 📌 Bundan ko'zlangan maqsad: 🔹o'quvchilarning olgan bilimlarini sinovdan o'tkazish; 🔹 kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish; 🔹haqiqiy test jarayonlariga tayyorlash. O'quvchilarimizdan ijobiy natijalar kutib qolamiz. 💻 Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati Telegram Facebook
Show all...