KITOB_HIKMATI | ®️asmiy kanal🇺🇿
Open in Telegram
Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Kitob tuman bo'limi axborot xizmati
Show more2 010
Subscribers
-724 hours
-797 days
-58030 days
Posts Archive
+5
Kitob tumanida «Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq lozim» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash hamda aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida huquqiy va ma’rifiy savodxonlikni oshirish maqsadida Kitob tumani mahallalarida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
«Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq lozim» shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirlar bevosita mahallalar va xonadonlarda o‘tkazilayotgani bilan ahamiyatlidir. Targ‘ibot guruhlari tomonidan har bir oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, farzandlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish hamda «Yangi hayot» sari intilish borasida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube
#yangiruhiyat
Kitob tumani “Yosh alangachi” bolalar oromgohida qizlar bilan o‘tkazilgan davra suhbatida tuman targ‘ibot guruhi rahbari Gulandom Sattorova, “Nuroniylar” jamg‘armasi Kitob tumani bo‘limi qoshidagi “Buvijonlar maktabi” rahbari, ma’naviy ko‘makchi Dilbar Usmonova ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube
+7
#Mustaqillik_35 #Uzb_35
“O‘zbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Shu kunlarda yurtimizda istiqlolimizning 35 yilligini nishonlash arafasida «O‘zbekiston — umumiy uyimiz» shiori ostida keng ko‘lamli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Kitob tumanidagi “Yosh alangachi”oromgohida ham mazkur bayram tadbiri o‘tkazilib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish maqsadida tashkil etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube
+8
#Yangiruhiyat
Nabiramga aytar so‘zim...
Kitob tumanidagi "Yosh alangachi" bolalar oromgohida “Uch avlod uchrashuvi” doirasida “Nabiramga aytar so‘zim” mavzusida ma’rifiy suhbat o‘tkazildi.
Davra suhbatida tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Nuroniylar” jamg‘armasi tuman bo‘limi hamda Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi mas’ullari ishtirok etishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube
+4
#Yangiruhiyat
Kitob tumanidagi “Vatanparvar” tashkilotida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kitob tumani bo‘linmasi rahbari, deputat Gulandom Sattorova, ustoz-murabbiylar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Yoshlar bilan bo‘lgan muloqotda G.Sattorova muhtaram Prezidentimiz tomonidan navqiron avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk qilib kamol toptirish, zamonaviy bilim egallashlari uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Tadbir davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Berilgan savollarga tegishlicha javob berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube
#кун_ҳикмати
Одамийлик аломати тўрт сифатдир: яхши сўз, яхши иш, яхши хулқ ва маърифат.
✍ Шайх Азизиддин Насафий
+7
#Mustaqillik_35 #O‘zb_35
#Dolzarb_90_kun
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Kitob tumanidagi tog'li “Matmon” qishlog'ida ham “Mustaqillik to‘yi” festivali o‘tkazildi.
Kitob tumani madaniyat bo'limi xonandalari kuy-qo'shiqlari bilan ishtirok etishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube
+4
Farzand tarbiyasida onalarning o‘rni
🔶 Kitob tumanining tog’li Matmon qishlog’idagi 98-umumiy o‘rta ta’lim maktabida onalar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida mahalliy aholining dunyoqarashidan kelib chiqib, bugungi kunda uchrayotgan erta turmush va qizlarni hayotga tayyorlash, kasbga o‘rgatish, oliy ta’lim muassasalariga jalb etish masalalari yuzasidan suhbat olib borildi.
Suhbatda tuman targ‘ibot guruhi vakillari ishtirok etishdi. Ota-onalar kuzatuv kengashi tomonidan soha mutaxassislari bilan birgalikda targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish taklifi qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube
#Kun_Tarixi
Bugun 8-Iyul Chorshanba :
• 🌏 Butunjahon allergiyaga qarshi kurash kuni
• 🌏 Xalqaro shahar shovqinchilari kuni
• 🇷🇺 Rossiya - Oila, sevgi va sadoqat kuni
• 1796-yil AQSH Davlat departamenti birinchi AQSH fuqarosi pasportini berdi
• 1998- yil — Google asoschisi Larry Page „To google“ (o‘zbekcha: gugllash) felini so‘zlar ro‘yxatiga kiritdi
• 2022-yil Yaponiyada saylovoldi tashviqoti chog‘ida sobiq bosh vazir Sindzo Abe o‘ldirildi
• 1972-yil O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova tug‘ulgan
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube
🏝️ XAYRLI TONG!🌴
✅ Assalomu alaykum! Chorshanba tongi muborak bo‘lsin!
⭐️⭐️⭐️ ⭐️⭐️⭐️
✅Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!
☘️☘️☘️☘️
♦️Quyidagi havolani bosing va telegram kanalga a'zo bo'ling
👇👇👇👇👇
https://t.me/RMMM_KITOB
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va obuna bo'lishni unutmang
+8
#Sogʻlom_kelajak_sogʻlom_avlod
Biz bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshimiz!
🏛 Kitob tumanidagi 2-sonli Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlar ishtirokida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida "Baxtli bolalik" interaktiv va sport o'yinlari o‘tkazildi.
🔰 Unda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kitob tuman bo'linmasi, Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi, DIQning tuman vakilligi, targ'ibot guruhi a'zolari va xodimlar ishtirok etishdi.
✅ Tarbiyachilar va ota-onalar bilan suhbatda xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, farzandlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilib, ularning oiladagi o‘rnini mustahkamlashda huquqiy manfaatlarini himoya qilish, shu bilan birga yoshlarni bir-birlariga nisbatan kuch ishlatish oqibatlari va har doim ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube
+9
🌍 Kitob tumanida o‘quvchilar uchun ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Kitob tumani umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” hamda muzeyga sayohat uyushtirilmoqda.
Mazkur sayohatda Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Mansur Joniyev hamda geologik qo‘riqxona mas’ullari ishtirok etib, o‘quvchilarga hududning noyob tabiiy boyliklari, geologik merosi va tarixiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berdilar.
“Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi negizida tashkil etilgan bo‘lib, unda geologik va ekologik turizmni rivojlantirish, yangi turistik yo‘nalishlarni yaratish hamda noyob tabiiy geologik obyektlarni asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilgan.
Sayohat davomida o‘quvchilar Zinzilbog‘ kesmasining noyob geologik tarixi, qadimiy qatlamlar va tabiat yodgorliklari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining ilmiy dunyoqarashlarini yanada boyitdilar.
🌐 https://t.me/kitobmmtb_axborot
