KITOB_HIKMATI | ®️asmiy kanal🇺🇿
Открыть в Telegram
Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Kitob tuman bo'limi axborot xizmati
Больше3 291
Подписчики
-1524 часа
-3277 дней
-52330 день
Архив постов
#Mustaqillik35
#Uzb35
#Kitob_tumani
Mustaqillik bizga nima berdi?
Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz yurtdoshlar!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻
https://t.me/RMMM_KITOB
Telegram | Instagram | YouTube
#LIVE #Uzb35
“Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратайлик!”⚡️ Атмосфера. Қарши шаҳри
Repost from Matbuot kotibi | Okilov Kakhramon
🇺🇿 Юксак эътироф — муносиб тақдирлов
Туман ҳокими Рустам Гафуров “Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони билан тақдирланди.
Юксак эътирофни Президентимиз номларидан Муротжон Азимов тантанали равишда топширди.
Ушбу муносиб тақдирлов туман ҳокимининг юртимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлиги йўлидаги фидокорона меҳнатига билдирилган юксак эътиборнинг ифодасидир.
Эътироф муборак бўлсин!
🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
❤https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy
#тафаккур_қилинг
Одамлар: "Пулим йўқ," "Ишим йўқ","Оилам йўқ", деб шикоят қилишади.
Негадир ҳеч ким: "Ақлим йўқ," "Одобим йўқ," "Фаросатим йўқ," "Виждоним йўқ", деб шикоят қилмайди.
Тоҳир Малик
@Tafakkur3
Қашқадарё осмони узра юртимизнинг Давлат байроғи парвоз қилмоқда.
https://t.me/qarshiliklar
🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi — xalqimizning ozod va obod hayot yo‘lida erishgan ulkan yutuqlari, tinchlik va osoyishtalik, yurt ravnaqi hamda farovon kelajagimizning muborak timsolidir.Kitob tumani IIB jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ulug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etadi.
#Mustaqillik_35
Mustaqillik bayrami bolajonlar nigohida!
Yurtimiz bo‘ylab eng ulug‘, eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi tantanalari keng nishonlanmoqda. Shu jumladan, Kitob tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham ayyom munosabati bilan o‘zgacha shukuh hukm surdi. Bog‘cha hovlisi va guruhlar bayramona bezatilib, ertalikka tashrif buyurgan ota-onalar hamda mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bayram ertaligi tashkilot tarbiyalanuvchilarining Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib, baralla kuylashi bilan boshlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube
+8
#Mustaqillik_35
Vatan himoyachilarining yosh avlodiga bayram sovg‘asi ulashildi
Kitob tumanida joylashgan «Qalqon» harbiy-sport maktabi kursantlari uchun unutilmas bayram tadbiri tashkil etildi. Yurtimizda keng nishonlanayotgan muhim sana munosabati bilan ushbu maskan tarbiyalanuvchilariga maxsus bayram sovg‘alari topshirildi. Bunday e’tibor yosh posbonlarning qalbida Vatanga bo‘lgan sadoqat tuyg‘usini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda Kitob tumanidagi ushbu harbiy maktab yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy va ma’naviy salohiyatini oshirishda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilmoqda. Maskanda kursantlar nafaqat harbiy bilimlarni puxta egallamoqdalar, balki milliy qadriyatlarimizga sodiq, mard va jasur yigitlar bo‘lib voyaga yetmoqdalar. Bayram munosabati bilan berilgan sovg‘alar ularning kelgusi o‘qish va intilishlariga katta motivatsiya bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube
+8
#Mustaqillik_35
Mustaqillik bayrami bolajonlar nigohida!
Tadbir davomida so‘zga chiqqan Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kitob tuman bo‘linmasi rahbari Gulandom Sattorova, Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi mas’ul xodimi Dilafro‘z Achilova, ta’lim tashkiloti direktori Nigora Ibodullaeva barcha yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdilar.
Bolajonlarning bunday go‘zal chiqishlari ularning sog‘lom, barkamol va o‘z vataniga sodiq farzandlar bo‘lib voyaga yetayotganidan dalolat ekani alohida ta’kidlandi. Ota-onalar esa farzandlariga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun bog‘cha jamoasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Ushbu tadbir jajji qalblarda Mustaqillik haqidagi ilk yorqin va unutilmas taassurotlarni muhrladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube
+8
Mustaqillik_35
Mustaqillik bayrami bolajonlar nigohida!
To‘planganlarning nigohida Vatan istiqboli bo‘lgan bolajonlarning ko‘zlaridagi quvonch va faxr tuyg‘usini ko‘rish mumkin edi.
Kichkintoylar ona Vatan, mustaqillik, tinchlik va baxtli bolalikni tarannum etuvchi she’rlarini mahorat bilan ijro etdilar. Milliy liboslardagi jajji qizchalarning latif raqslari hamda o‘g‘il bolalarning mardlik va shijoat aks etgan chiqishlari tadbirga yanada fayz kiritdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube
+4
#Mustaqillik_35
Mustaqillik bayrami bolajonlar nigohida!
Yurtimiz bo‘ylab eng ulug‘, eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi tantanalari keng nishonlanmoqda. Shu jumladan, Kitob tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham ayyom munosabati bilan o‘zgacha shukuh hukm surdi. Bog‘cha hovlisi va guruhlar bayramona bezatilib, ertalikka tashrif buyurgan ota-onalar hamda mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bayram ertaligi tashkilot tarbiyalanuvchilarining Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib, baralla kuylashi bilan boshlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube
+4
Меҳр ва эътибор — эзгулик тимсоли!
Янги ўқув йили арафасида ижтимоий ҳимояга муҳтож, кам таъминланган оилалар фарзандларини қўллаб-қувватлаш мақсадида хайрли тадбир ўтказилди.
📚 «Маҳалла хайрия жамоат фонди» Қашқадарё вилояти бўлими томонидан Китоб туманидаги кам таъминланган оилалар фарзандларига янги ўқув йили учун мактаб формалари топширилди.
Мазкур хайрли тадбир Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан ташкил этилган бўлиб, ёш авлоднинг таълим олиши учун муносиб шароит яратиш, уларни қўллаб-қувватлаш ва меҳр-эътибор кўрсатишга қаратилди.
🤲 Ҳар бир фарзанднинг мактабга хурсанд бўлиб бориши, сифатли таълим олиши ва келажакда юртимиз тараққиётига муносиб ҳисса қўшиши — барчамизнинг эзгу мақсадимиздир.
🇺🇿 Мустақиллигимиз абадий бўлсин!
Эзгулик ва саховат ишлари янада кўпайсин!
Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ o‘ttiz besh yillik bayrami katta iftixor va tantana bilan nishonlandi.
#Kitob_tumani
🇺🇿 Milliy libos – ma'naviy qadriyat
✨Yurtimiz bo‘ylab, “Juma kuni -- Milliy liboslar kuni” sifatida keng targ‘ibot qilib kelinmoqda, bu ezgu tashabbus xalqimizning boy tarixiy merosi, milliy urf-odatlari va qadriyatlarini yoshlar ongiga singdirishga, o‘zligini anglashga xizmat qilmoqda.
📍 Zero, milliy o‘zlikni anglamoq – millat kelajagini asramoqdir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (birinchi qism):
📌Buyuk istiqlolimizning ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi;
📌 Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi;
📌 Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz, jadidlar xotirasiga ta'zim bajo keltiramiz;
📌 Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbob Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz;
📌 Islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik;
📌 "Paxta qulligi", "majburiy mehnat va bolalar mehnati", "konvertatsiya cheklovi", "propiska" kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berdik;
📌 Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyatni barpo etish uchun keyingi 10 yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik. O‘zbekistonni dunyoga keng ochdik;
📌 2030-yilda borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilgan edik. Bu vazifani shu yilning o‘zida ortig'i bilan amalga oshiramiz va daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiramiz;
📌 Bugungi kunda kambag'allik darajasini 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushurishga erishdik. 10 million nafar insonning turmush sifati yaxshilandi;
📌 Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar va ayollar tashkil etadi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod, ma’rifatli jamiyat deganidir;
📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni ham taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili deb bilamiz;
📌 Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur.
Facebook|Instagram|X
#Mustaqillik_35
Bayram tabrigi
Mahalla tinchligi — yurt tinchligi! Har bir ko‘cha va xonadon osoyishtaligi bizning doimiy e’tiborimizda. Biz jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar dardi bilan yashash va jamiyatda totuvlikni saqlash yo‘lida el xizmatidamiz. Mustaqillik — bizning eng buyuk boyligimiz, uni asrash esa muqaddas burchimizdir. Xonadonlarimizdan fayz, yurtimizdan tinchlik arimasin. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!G'aniyev Yigitali Hoshimovich -- Kitob tuman IIB JXX XPB profilaktika katta inspektori Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻 Telegram | Instagram | YouTube
Repost from "QASHQADARYO VILOYATI TELERADIOKANALI" DM
YANGILIKLAR | O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan Kitob tumanida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
😊👍#27avgust
|📷INSTAGRAM |🗳 FACEBOOK
|✉️TELEGRAM |📹YOUTUBE
|✉️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
