ch
Feedback
KITOB_HIKMATI | ®️asmiy kanal🇺🇿

KITOB_HIKMATI | ®️asmiy kanal🇺🇿

前往频道在 Telegram

Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Kitob tuman bo'limi axborot xizmati

显示更多
2 504
订阅者
-1824 小时
-497
-24730
帖子存档
Kitob tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla ligasining stritbol sport turi bo‘yicha 30 yoshdan yuqori fuqar
+4
Kitob tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla ligasining stritbol sport turi bo‘yicha 30 yoshdan yuqori fuqarolar o‘rtasida tuman bosqichi musobaqalari o‘tkazildi. Unda mahallalardan tashrif buyurgan sportsevar fuqarolar g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashib, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy mahoratini namoyish etdilar. Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi hamda keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mazkur musobaqalar aholining sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

💥 Milliy libos — milliy g‘urur!   Milliy matolar va zamonaviy uslub — bugungi kun trendi. ⚡️ Go‘zallik va asllik o‘zligimizda. Siz ham aksiyaga qo‘shiling! Kichik bo‘lsa ham milliy elementlardan foydalaning.   Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻 Telegram | Instagram | YouTube

Tadbirlardan lavhalar Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻 Telegram | Instagram | YouTube
+8
Tadbirlardan lavhalar   Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻 Telegram | Instagram | YouTube

Tadbirlardan lavhalar Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻 Telegram | Instagram | YouTube
+8
Tadbirlardan lavhalar   Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻 Telegram | Instagram | YouTube

#Mustaqillik35 #Kitobtumani #Qaynar “Mustaqillik to‘yi” festivali Qaynar mahallasida davom etmoqda Kitob tumani “Qaynar” sanatoriyasida “Umummilliy birdamlik” loyihasi doirasida xalqimizning azaliy qadriyatlari — bag‘rikenglik, ahillik va hamjihatlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, mustaqillikning bebaho ne’mat ekani, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mamlakatimiz taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tarilayotganini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi tobora yuksalib borayotgani, xalqimiz birligi va jipsligi esa barcha yutuqlarning mustahkam poydevori ekani qayd etildi.   Festivalda “Kitob gullari”, “Sado” va “Moziydan sado” maqom ansambllari hamda “Rizvongul” folklor etnografik xalq jamoalari o‘z chiqishlari bilan kayfiyat ulashishdi.     Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻 Telegram | Instagram | YouTube

#23_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

#Kun_hikmati Yaxshi axloq va odob insonning eng goʻzal bezagidir. Insonning martabasi uning boyligi bilan emas, balki aqli, bilimi va qilgan ezgu ishlari bilan belgilanadi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻 Telegram | Instagram | YouTube

#Kun_Tarixi Bugun 19-Iyun Juma : • 🇺🇳 BMT - Ziddiyatlar vaqtida jinsiy zo‘ravonlikka qarshi xalqaro kurash kuni. • 🇺🇳 But
#Kun_Tarixi Bugun 19-Iyun Juma : • 🇺🇳 BMT - Ziddiyatlar vaqtida jinsiy zo‘ravonlikka qarshi xalqaro kurash kuni. • 🇺🇳 Butunjahon bolalar futboli kuni. • 🇺🇸 AQSH - Qullarni ozod qilish kuni • 🇭🇺 Vengriya - Mustaqillik kuni • mil. avv. 240-yil Eratosfen Kirenskiy birinchi marta yer meridiani uzunligini o‘lchadi • 1862-yil Butun AQSH hududida qullik ta’qiqlandi • 1921-yil Buyuk Britaniyada aholi ro‘yxatga olindi • 1961-yil Quvayt mustaqilligi e’lon qilindi • 1999-yil mashhur onlayn-shooter Counter-Strike ning birinchi versiyasi (1.0 Beta) chiqdi Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻 Telegram | Instagram | YouTube

🏝️ XAYRLI TONG!🌴 ✅ Assalomu alaykum! Juma tongi muborak bo‘lsin!           ⭐️⭐️⭐️             ⭐️⭐️⭐️ ✅Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin! ☘️☘️☘️☘️ ♦️Quyidagi havolani bosing va telegram kanalga a'zo bo'ling 👇👇👇👇👇 https://t.me/RMMM_KITOB
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va obuna bo'lishni unutmang

#Jaholatga_qarshi_ma’rifat ✍️Ma’rifat o‘rnini radikallashuv va jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz! ✍️Islom dinida inson qadr
+7
#Jaholatga_qarshi_ma’rifat   ✍️Ma’rifat o‘rnini radikallashuv va jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz! ✍️Islom dinida inson qadri  ⚡️Kitob tumanidagi 1-sonli Oilaviy poliklinika xodimlari o'rtasida  ma’rifiy suhbat yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida radikallashuvni oldini olish, turli yot g‘oyalarga ergashmaslik hamda ijtimoiy tarmoqlar va taqiqlangan norasmiy diniy ta’lim olishning huquqiy asoslari xususida bo‘lib o‘tdi. Xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi. ✨Suhbatda tuman targ‘ibot guruhi rahbari G.Sattorova, DIQning tuman hokimligi bosh mutaxassisi A.Samiyev, tuman IIB TQX TQKG mas’ul xodimlari ishtirok etdi.   Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇🏻 Telegram | Instagram | YouTube

Prezidentimiz terma jamoamizning ruhini ko‘tardi:
"Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz - bu ham g‘alaba".
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Zo’r o’yin bo’ldi. Futbolchilarimizga rahmat harakat qilishdi!!! Biz qo’llashda davom etamiz.

⚽️ GOOOOL 🌍 Jahon chempionati | 1-tur 🇺🇿 O'zbekiston 1:1 Kolumbiya 🇨🇴 ⚽️ Gol: Fayzullayev 60

Kitob tumanida haqiqiy futbol bayrami davom etmoqda Bugun erta tongdan Kitob tumanida futbolga mehr qo‘ygan yuzlab muxlislar tuman markazidagi katta ekran qarshisida jam bo‘lib, O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Jumladan, tuman hududidagi korxona va tashkilotlar jamoalari, mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari bir maqsad yo‘lida — milliy terma jamoamizga dalda berish uchun birlashdi. Tuman markazida hukm surayotgan ko‘tarinki kayfiyat, davlat bayroqlari hilpirashi, muxlislarning jo‘shqin qo‘llab-quvvatlovi va futbolga bo‘lgan cheksiz muhabbat haqiqiy sport bayrami muhitini yaratmoqda. Milliy terma jamoamizning har bir harakati muxlislar tomonidan katta hayajon bilan qarshi olinib, g‘alabaga bo‘lgan ishonch yanada mustahkamlanmoqda. Bu esa xalqimizning birdamligi, vatanparvarlik tuyg‘usi va sportga bo‘lgan yuksak e’tiborining yana bir yorqin ifodasidir. 🇺🇿 Kitoblik muxlislar bugun bir ovozdan milliy terma jamoamizga omad tilab, ularni yangi zafarlarga ruhlantirmoqda. ⚽️ Futbol birlashtiradi, g‘alaba sari chorlaydi! 🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston!

O‘zbekiston terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi boshlang’ich tarkibi 🇺🇿 O‘zbekiston — Kolumbiya 🇨🇴 ⏰ 7:00 🏟 “Atsteka”,
O‘zbekiston terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi boshlang’ich tarkibi 🇺🇿 O‘zbekiston — Kolumbiya 🇨🇴 ⏰ 7:00 🏟 “Atsteka”, Mexiko

🔴🔴🔴🔴🔴 Китоб туманида ҳақиқий футбол байрами ҳукм сурмоқда! Футбол бўйича жаҳон чемпионати баҳсларини юқори кайфиятда томоша қилиш учун Китоб тумани ҳокимлиги томонидан барча зарур шарт-шароитлар яратилди. Туман аҳолиси ва футбол ихлосмандлари учун жонли трансляцияларни катта экранларда томоша қилиш имконияти ташкил этилган бўлиб, бу ерда спортсеварлар биргаликда миллий терма жамоамизни қўллаб-қувватламоқда. Барча китобликларни футбол муҳити, кўтаринки кайфият ва унутилмас лаҳзаларга бой ҳақиқий футбол байрамига таклиф этамиз. Манзил — ўша-ўша! Биз билан бирга футбол завқини ҳис этинг! ⚽️🇺🇿

#Live Kitob tumani Olgʻa Oʻzbekiston!!! Biz sen bilan!!!

#OAVda_biz QASHQADARYO AXBOROTI | Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamda viloyat Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Kitob tumani va Shahrisabz shahridagi oromgohlarda "Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi", "Ijodimda Vatan madhi" nomli tanlovlar, shuningdek, "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi. Telegram | Instagram