Nutriciolog.Shahlo
Open in Telegram
Salomatlikka doir bilimlar Sog’lom taomlanish, vitaminlar haqida batafsil bilib olasiz 🥦 Menejer: @menejer_nutrishahlo
Show more7 020
Subscribers
-1124 hours
+727 days
-4730 days
Posts Archive
7 020
Buyrak va siydikda shamollash surunkali atsidoz va “Teshik ichak” sindromida kuzatiladi.
Eroziyaga kelsak — bu surunkali tizimli yallig’lanish.
Yo qin infeksiyalari, yo umumiy organizmda infeksion nagruzka sababli uzoq muddat yallig’lanish kuzatilgan. Immunitet yallig’lanishni tugata olmayapti. Bunga yaqqol misol, kichik chanoq va buyrakda yallig’lanishlar.
Yechim:
▫️Surunkali yallig’lanishni asosiy manbayi bo’lgan ichakni davolash
▫️atsidozni korrektsiya qilish
▫️ratsionni to’g’irlash
▫️eroziyani ginekolog bilan davolash.
▫️defitsitlarni yopish.
Yuqoridagilar qilinsa eroziya va buyrak infeksiyalari takrorlanmaydi Inshalloh 🌱
7 020
Vaksina kimga mumkin yoki mumkin emasligi haqida yuqorida podcast bor. Eshitib ko’rsangiz zarar qilmaydi.
Vaksinani olish niyatiz bo’lsa, tug’ruqdan keyin olganingiz ma’qul. Yana ham ginekolog bilan maslahatlashing.
1-keservadan keyin tabiiy tug’ish mumkin. Bu masalani poliklinika shifokori bilan emas, doya bilan maslahatlashganingiz ma’qul. Doya, simfizit nechanchi darajadaligiga qarab, sizga maslahat beradi.
Simfizit 1-daraja bo’lsa, tabiiy tug’a olasiz Inshaalloh.
Podkastni eshitish uchun havolaga bosing: https://t.me/nutrishaxlo/3052
7 020
Pollinozga davo bor va bu gistaminozni pasaytirish. Bu ikki yo’l bilan bo’ladi:
1️⃣ Gistaminni nega bu qadar oshib ketganini aniqlash va davolash: SIBR, Parazitoz, ovqatni xazm qila olmaslik bormi?
2️⃣ Gistamin utilizatsiyasini tiklash- metillanish bilan ishlanadi.
Muammo ko’pincha ikkalasida baravar kuzatiladi.
7 020
🥀 Jinsiy a’zoda tuklar kamayishiga asosiy sabab, yetarlicha kaloriya yemayotganizda. Buning isboti vazningiz kamligi.
Vazn kamligi bu yetarlicha kaloriya yemayapsiz degani. Kaloriya defitsit holatida odam ozadi.
Uzoq muddatli kaloriya defitsiti organizmning energiyani tejash rejimiga o'tganidan dalolat beruvchi jiddiy signaldir.
Kaloriya yetishmaganda nima bo'ladi? Miyadagi gipotalamus bezi barcha jinsiy gormonlarni boshqaruvchi signalni (GnRH) ishlab chiqarishni to'xtatadi. Natijada tuxumdonlar va buyrak usti bezlari gormon ishlab chiqarishni keskin kamaytiradi.
Buni oqibatida pregnenalon — barcha “jinsiy gormonlarimiz onasi” kamayadi. Shundan keyin tuklar siyraklashadi.
Asabiyligingiz ham shundan deb o’ylayman. Kaloriya defitsiti organizm uchun ochlik degani. Ochlik uzoq davom etganda kartizol ko’tariladi.
Yechim: kaloriyangizni sekin asta ko’tarish zarur. Tuklar tiklanmasa ham, jinsiy gormonlaringizni va kartizolingizni normaga tushurib, saqlab qolishingiz mumkin.
Kalorajni kotarsangiz, ancha muammoingiz hal bo’ladi, Inshaalloh ❤️
7 020
3. Uyqu. Har kuni bir xil vaqtda yotib, bir xil vaqtda uyg’onish. Uzog’i 23:00 gacha uxlash lozim. Uyqusiz gormonal tizim oyog’i osmondan bo’ladi.
Birgina misol — progesteron defitsiti. Uxlamadingiz, kartizol oshdi, baland kartizol pregnenalonni o’girlaydi. Pregnenalon kamayib, progesteronga esa yetmay qoladi. Surunkali uyqusizlikdan keyin, qachondir sizda progesteron defitsiti boshlanadi.
4. Ruxiy xolatni yaxshilash. Bu ikki yo’l bilan bo’ladi:
▫️Diningizni o’rganish va unga amal qilish;
▫️Psixoterapiya. Psixoterapiyaga sharoit bo’lmasa, you tubedan tekin podkastlar eshitish, o’zingiz sevgan xobbiyingiz bilan shug’ullanish.
Yuqorida sanaganlarim asos. Asos mustahkam bo’lsa, salomatlikda muammo kamroq bo’ladi, Biiznillah.
7 020
Ayol sog’lom yashashi uchun quyidagi odatlarni shakllantirishi lozim:
1. Sog’lom ratsion — dieta emas, sog’lom ratsion. Ayolning yoshi, vazni, bo’yi, holati (homilador, emizikli), hayot tarziga (aktivlik darajasi qanday) qarab to’g’ri kaloriya, oqsil, yog’, uglevod normasini yeyishi. Bu eng muhim omil. Bu siz ayol sog’lom bo’la olmaydi.
2. Aktivlik. Qandaydir jismoniy aktivliksiz salomatlikni saqlash, tiklash ilojsiz. Eng oddiy aktivlik piyoda yurish. Hech bo’lmaganda shuni har kuni qiling.
7 020
Ayol sog’lom yashashi uchun quyidagi odatlarni shakllantirishi lozim:
1. Sog’lom ratsion — dieta emas, sog’lom ratsion. Ayolning yoshi, vazni, bo’yi, holati (homilador, emizikli), hayot tarziga (aktivlik darajasi qanday) qarab to’g’ri kaloriya, oqsil, yog’, uglevod normasini yeyishi. Bu eng muhim omil. Bu siz ayol sog’lom bo’la olmaydi.
2. Aktivlik. Qandaydir jismoniy aktivliksiz salomatlikni saqlash, tiklash ilojsiz. Eng oddiy aktivlik piyoda yurish. Hech bo’lmaganda shuni har kuni qiling.
3. Uyqu. Har kuni bir xil vaqtda yotib, bir xil vaqtda uyg’onish. Uzog’i 23:00 gacha uxlash lozim. Uyqusiz gormonal tizim oyog’i osmondan bo’ladi.
Birgina misol — progesteron defitsiti. Uxlamadingiz, kartizol oshdi, baland kartizol pregnenalonni o’girlaydi. Pregnenalon kamayib, progesteronga esa yetmay qoladi. Surunkali uyqusizlikdan keyin, qachondir sizda progesteron defitsiti boshlanadi.
4. Ruxiy xolatni yaxshilash. Bu ikki yo’l bilan bo’ladi:
▫️Diningizni o’rganish va unga amal qilish;
▫️Psixoterapiya. Psixoterapiyaga sharoit bo’lmasa, you tubedan tekin podkastlar eshitish, o’zingiz sevgan xobbiyingiz bilan shug’ullanish.
Yuqorida sanaganlarim asos. Asos mustahkam bo’lsa, salomatlikda muammo kamroq bo’ladi, Biiznillah.
7 020
+7
Ayollarga bagʻishlanga mavzularimiz davom etadi 💆🏻♀️
Oʻzingizga e’tibor bering, goʻzal boʻlishga loyiqsiz, qizlarjon))
7 020
Hayzdagi og’riq ham ko’pchilikni bezovta qilarkan. Bu holat bilan o’zim 15 yil yashaganman. Ancha muncha tinkamni quritib qo’yardi og’riq…
Siladan reaktsiya, man bir aylanib uy ishlarimni qilib kelib, yechimlarni yozaman☺️
7 020
Hayz haqida siz bilishingiz kerak boʻlgan hamma narsa 🩸
Hayz sikli normada har 21-35 kun oralig’ida ko’riladi. Davomiylik normasi esa 3-7 kun.
❤️🩹 Hayz siklining qisqarish sabablari:
• progesteron pasayishi
• gipertireoz
• PCOS
• emizish davridan keyin gormonal tiklanish
• tuxumdon faoliyatini erta pasayishi
• ovulyatsiyani buzulishi
• kaloriyasi kam ratsion.
❤️🩹 Hayz siklining uzayish sabablari:
• Giperprolaktenemiya
• PCOS
• Semizlik yoki vazn tanqisligi
• Surunkali stress
• Emizish davri.
Hayz qoni normada yorqin qizil rangda bo’ladi. Hayz qizil qon bilan boshlanib, sekin asta pushti sel, keyin sariqlik bilan tugaydi.
Quyidagi holatlar norma hisoblanmaydi:
• Hayz qonida laxta va quyuq qon bo’lishi;
• Jigarrang quyuq qon;
• jigarrang bo’lib boshlanishi, yoki tugashi.
Hayz koʻrish kunining qisqarishi sabablari:
• estrogen tanqisligi
• Progesteron tanqisligi
• Gipotireoz
• Prolaktin oshishi
• Kontraseptivlar
• Qisqa muddatda katta vazn tanlash
• Keto dieta.
Hayz koʻrish kunlarining uzayishi:
• endometrioz/adenomioz
• mioma
• endometriy poliplar
• qalqonsimon bez kasalliklari
• estrogendominantlik
• spiral qo’yilishi
• qon ivishi bilan muammo.
Yechim o’z vaqtida ginekologga borish bilan topiladi. Qonda gormonlarni ko’rish, bachadon UTT, ginekologik ko’rik o’tkazilib, so’ng davolanish zarur. Hayz sikli o’z-o’zidan buzilmaydi. Buzildimi, demak, organizmning qayeridir buzilgan.
Hayz siklini tartibga solishda ratsion ham muhim rol oʻynaydi. Norma kaloraj va sutkalik norma uglevod, yog’ni yeyish. Ortiqcha ham emas, kam ham emas, aynan normani yeyish shart. Bu ikki nutrient buyrak usti bezi va jinsiy gormonlarimiz uchun juda muhim. Kaloriya kam yeyish jinsiy gormonlar defitsitiga sabab bo’ladi.
Oqsil normasini yeyish qalqonsimon bez uchun muhim: yetarlicha va xilma-xil sabzavot, meva iste’mol qilish zarur. Kunlik suv normasini ichishni ham unutmaymiz.
Post foydali boʻlgan boʻlsa, ❤️ ni bosib, yaqinlarga joʻnatamiz 🚀
7 020
Hayz normada 3-7 kun ko’rilishi norma deyiladi.
Muhim nuqta, qizlik davringizdan 3 kun hayz ko’rgan bo’lsangiz-NORMA. Ilk hayzingiz 7 kun kelgan, lekin oxirgi oylar qisqargan yoki uzaygan bo’lsa, bu- NORMA EMAS.
7 020
Yozganlaringizni o’qiyapman. Enamnikiga keludim. Bir oz enmaga to’yib olib, energiyaga yana ham boyib, qaytaman Inshaalloh ☺️
7 020
Xoʻsh, qizlar, foydali kontentga tayyormisiz? Man kuch yegʻib keldim 💪🏻
Hayz siklingiz davomiyligi, sikllar orasidagi muddat, hayz qoningiz holati haqida yozing ⬇️
7 020
+3
Kecha oʻquvchilarim bilan birinchi marotaba oflayn uchrashdim — ajoyib hissiyat. Ularni savollari, otzivlarini yuzma-yuz tinglash umuman boshqacha boʻlarkan 🥹
Shu kungacha eplay olamanmi, yonimda turishganda dars oʻtish qoʻlimdan keladimi deb qoʻrqardim. Kechagi kundagi taassurotlardan keyin Alloh yordami bilan koʻproq uchrashuv va oflayn darslar qilishni ham reja qildim 🌱
Yaxshiyam borsiz, sevimli auditoriyam 🥲
