cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Termız davlat unıversıtetı tarıx fakultetı

🌍 Termiz davlat universiteti tarix fakulteti: yangiliklar, taqdimotlar, e'lonlar bilan rasmiy kanalimizda tanishing. ✅ https://t.me/+CrU5s1cryA0wZWVifacebook.cominstagram.com Dekanga taklif va murojaatlar uchun bot: @Sarvarpress

Show more
Advertising posts
811
Subscribers
+324 hours
+957 days
+6930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor Ahmadali Asqarovni qabul qildi. Uchrashuvda Surxon vohasining boy tarixini o‘rganish, izlanishlar olib borish, dunyo hamjamiyati va kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha fikr almashdi. Akademik “Sopollitepa” va “Jarqo‘ton” yodgorliklaridagi topilmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ularning insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni xususida atroflicha so‘z yuritdi Xususan, 4000 yillik tarixga ega, O‘zbekistonda yagona bo‘lgan eng qadimgi shahar – “Jarqo‘ton” yodgorligi O‘rta Osiyodagi dastlabki sivilizatsiya beshigi hisoblanishi ta’kidlanib, hududda chuqur izlanish olib borish, dunyo hamjamiyatiga tanishtirish hamda qariyb 100 gektar maydonda joylashgan yodgorlikni ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish lozimligi qayd etildi. Viloyat rahbari akademik olimning Surxondaryoda olib borgan, uning tarixini o‘rganishdagi ishlari juda qadrli ekanini ta’kidlab, kelgusida vohamizdagi yodgorliklarni o‘rganish ishlarida yosh tarixchilarga bosh-qosh bo‘lishni so‘radi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Show all...
👍 6
Repost from TerDU rasmiy kanali
#TRIGGER_loyihasi Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi TRIGGER loyihasining yakuniy hisobot uchrashuvida Termiz davlat universiteti delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 🟢Qozog'iston Respublikasidagi Yevroosiyo milliy universitetida o'tkazilgan tadbirda univetsitetimiz rahbariyati tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha hisobot berildi, loyiha sub-lideri sifatida hamkor Yevropa va Markaziy Osiyo OTMlari oldida turgan ustuvor vazifalar ta'kidlab o'tildi, loyihaning jozibadorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar berildi. 🟢Ma'lumot uchun, TRIGGER loyihasi Markaziy Osiyoda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash uchun qulay muhit yaratish orqali universitet talabalari o‘rtasida innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, 20 ga yaqin Yevropa va Markaziy Osiyo oliygohlarini o'zida birlashtirgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Show all...
Repost from TerDU rasmiy kanali
Akademik bilan tarixiy uchrashuv 🟢Tarix fakultetida tarix fanlari doktori, professor, Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofotining sovrindori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Ahmadali Asqarov bilan talabalar uchrashuvi tashkil etildi. Ahmadali Asqarov 450 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, shu jumladan 16 ta monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Oʻzbekiston hududidagi ilk shahar va ilk ibodatxona qoldiqlari aniqlangan Jarqoʻton yodgorligining kashfiyotchisi. Dunyo tamaddunida beshinchi sivilizatsiya – Oks sivilizatsiyasini ilmiy isbotlagan olim. Uchrashuvda zahmatkash olim oʻz faoliyatiga toʻxtalib oʻtar ekan, oʻtgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab, bugungi Yangi Oʻzbekistonning tarixini yozish davomida paydo boʻlgan gʻoyalari va qarashlari bilan oʻrtoqlashdi. Samimiy va savol-jaoblarga boy tarzda oʻtgan uchrashuvda talabalar akademikdan arxeologik ekspeditsiyalarda kechgan yillari, ilmiy izlanishlari, tarixiy voqealar haqida soʻzlab berishlarini soʻrashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Show all...
👍 5👌 2
Photo unavailableShow in Telegram
🎉 Qutlov Bugun Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti "Jahon tarixi" kafedrasi katta òqituvchisi, tarix fanlari bòyicha falsafa doktori (PhD) Xolmonova Feruza Uralovna òz tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar. Shu munosabat bilan ustoz Feruza Uralovnaga uzoq-umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va farzandlar kamolini kòrishni tilab qolamiz. Har doim ilm berishda charchamang. Hurmat bilan Tarix fakulteti jamoasi. https://t.me/TerDU_TF
Show all...
🎉 18👍 9 7👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
🗓 15 май – Халқаро оила куни Оилангиз меҳрингиздан талтайиб яшнасин. Меҳрнинг изҳорида гап кўп. Яратган бирон инсонга нисбатан юрагингизга туйғу жойласа, билингки, уни улашиш керак. Меҳр улашилганда ортадиган, яширилганда сўнадиган нарсадир. Отамисиз, фарзандингизга меҳр беринг, талтайиб кетади деманг, меҳр бузмайди болани, эътиборсизлик ва кибр бузади. Жуфтингизга меҳр беринг, талтаяди деманг, меҳрсизликдан қуриб ёки бошқалардан меҳр тиланиб юргандан кўра, жуфти ҳалолининг меҳридан талтайиб яшнасин. Фарзандмисиз, ота-онангизга меҳрингизни изҳор қилинг, кўп-кўп изҳор қилинг, шундоғам биладилар деманг, билиш кўнгилга таскин бермайди, кўнгилга туйиш таскин беради. Меҳрингизни доим ҳис қилиб турсинлар. Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Show all...
👍 1 1👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
▫️ Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi “Intellektual haftalik”ning Surxondaryo viloyati hududiy saralash bosqichida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan Termiz davlat universiteti terma jamoasi.
Jamoa aʼzolari bilan tanishing:
Yangiboyev Ilhom Bahodir oʻgʻli Xasanov Abdulaziz Davronbek oʻgʻli Xursanov Javohir Kamoliddin oʻgʻli Boboqulov Abbosbek Azamat oʻgʻli Karimov Azizbek Alisher oʻgʻli Turopov Sanjar Ismoil oʻgʻli Otaboyev Muhammad Asqarali oʻgʻli Jamoa murabbiyi: Tuxtayev Suxrob Shamsiddin oʻgʻli
🤝 28-31-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan musobaqaning respublika bosqichida jamoa aʼzolariga muvaffaqiyat tilab qolamiz.
📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
Show all...
👍 7🎉 2
🏢Termiz davlat universiteti Tarix fakultetida 13 may kuni talabalarning 2023 yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag'ishlangan “Tarix fanining dolzarb muammolari yosh tarixchilar nigohida” mavzusidagi an'anaviy 50-ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi. 📌Anjumanga ilmiy-amaliy izlanishlar olib borayotgan barcha bakalavr va magistrant talabalar o'z tezislari bilan qatnashishdi. ✅Yakunda konferensiyada faol ishtirok etgan talabalar sertifikat bilan taqdirlandi!
Show all...
👍 10👏 1👌 1
13:50
Video unavailableShow in Telegram
#uzbekiston24 Tahlilnoma | Oliy ta’limdagi katta o‘zgarishlar: haftaning superyangiligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bilan suhbat.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
👍 4
O'ylab fikr qilishga undaydigan lavhalar...
Show all...
👍 4
03:23
Video unavailableShow in Telegram
Liberal hayot kerakmi? Mana!
Show all...
💯 4👍 1