TerDU rasmiy kanali
Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel TerDU rasmiy kanali
Channel TerDU rasmiy kanali (@terdu340) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 19 830 subscribers, ranking 9 969 in the Education category and 4 048 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 19 830 subscribers.
According to the latest data from 06 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 1 553 over the last 30 days and by 96 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 32.36%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 21.72% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 6 417 views. Within the first day, a publication typically gains 4 307 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 28.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet
Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 07 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 07 September | +2 | |||
| 06 September | +96 | |||
| 05 September | +51 | |||
| 04 September | +76 | |||
| 03 September | +160 | |||
| 02 September | +64 | |||
| 01 September | +15 |
| 2 | Talabalar munosib kutib olinmoqda
Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilida talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlar va ularning ota-onalarini kutib olish, talabalar turar joylariga joylashtirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda. Talabalar uchun shinam va qulay turar joylar tayyor.
Aziz talabalar, TerDUga xush kelibsiz! Endi esa oldinda sizni yangi bilimlar, katta imkoniyatlar va ulkan marralar kutmoqda.
Ilm olishdan, izlanishdan va orzu qilishdan aslo to‘xtamang!
Bizni kuzating
Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt | 3 853 |
| 3 | 🟦🟦🟦🟦🟦
❗️Masofaviy ta’lim shakli 1-kurs talabalarining universitetga kelishlari belgilanganligini ma’lum qilamiz.
Hurmatli masofaviy ta’lim shakli 1-kurs talabalari!
🗓Sana: 2026-yil 29-sentyabr
Universitetga kelgan kundan boshlab 1 (bir) hafta davomida quyidagi tadbirlar va mashg‘ulotlar tashkil etiladi:
🟢tanishtiruv darslari;
🟢 universitet bo‘ylab ekskursiya;
🟢 LMS platformasidan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar;
🟢 kredit-modul tizimi, “Mening o‘quv yuklamam” va talabaning shaxsiy javobgarligi bo‘yicha tushuntirishlar;
🟢 HEMIS elektron tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma;
🟢 o‘quv jarayoni bilan tanishtirish;
🟢 Axborot-resurs markazidan foydalanish tartibi bilan tanishtirish;
🟢 sillabus, o‘quv dasturi va baholash tizimi bilan tanishtirish;
🟢 talabalar hujjatlarini qabul qilish.
⚠️ MUHIM!
Barcha 1-kurs talabalari belgilangan sanada universitetga kelishlari hamda tanishtiruv darslari va tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etishlari majburiy.
➡️Talabadan talab etiladigan hujjatlar:
Tugatgan ta’lim muassasasining attestat yoki diplomining asl nusxasi, ilovasi bilan birga;
Imtiyozga ega talabalar uchun — imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi.
📞 Bog‘lanish uchun tegishli fakultet menejerlari:
➡️Tarix fakulteti menejeri
Qobilov Xayrulla Xo‘jayorovich — +998 91 587 05 80
60220300 — Tarix
60310300 — Psixologiya
➡️O‘zbek filologiyasi fakulteti menejeri
Choriyev Shokir Mamadaminovich — +998 90 929 06 58
60320100 — Jurnalistika
➡️San’at va ijtimoiy ish fakulteti menejeri
Djurayev Muzaffar Gulamjonovich — +998 91 575 12 50
60320400 — Kutubxona-axborot faoliyati
60920100 — Ijtimoiy ish
➡️Iqtisodiyot fakulteti menejerlari
Norqulov Mirsaid To‘lqin o‘g‘li — +998 94 517 77 76
Sultonov Xudoyshukur G‘ayratovich — +998 93 168 25 25
60410100 — Iqtisodiyot
60410200 — Buxgalteriya hisobi
60410500 — Moliya va moliyaviy texnologiyalar
60410600 — Bank ishi
61010100 — Turizm va mehmondo‘stlik
➡️Yuridik fakulteti menejerlari
Turayev Kuvonchbek Tagirovich — +998 93 549 00 86
Xoliyorov Murod Shavkatovich — +998 97 551 81 51
60420100 — Yurisprudensiya
➡️Axborot texnologiyalari fakulteti menejeri
Sharifov Ehronbek Erkin o‘g‘li — +998 99 566 66 25
60540200 — Amaliy matematika
60610100 — Axborot tizimlari va texnologiyalari
60610300 — Kompyuter injiniringi
60610400 — Dasturiy injiniring
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt | 6 120 |
| 4 | 🟢“MUSTAQILLIK KUBOGI” MUSOBAQASI YAKUNLANDI
🟢O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning voleybol va stol tennisi turlari bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
🟢Musobaqada universitetning turli fakultetlaridan 200 nafarga yaqin sport ishqibozi va havaskorlar ishtirok etib, o‘zaro do‘stona va qizg‘in bellashdilar.
🟢Musobaqa davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
🏐 Voleybol bo‘yicha g‘oliblar:
🥇 I o‘rin — Xorijiy filologiya fakulteti
🥈 II o‘rin — Kimyo fakulteti
🥉 III o‘rin — Tarix fakulteti
Stol tennisi bo‘yicha:
🥇 I o‘rin — Sport faoliyati fakulteti vakili Rahimova Zarina
🥈 II o‘rin — Fizika-matematika fakulteti vakili Eshqobilova Dilrabo
🥉 III o‘rin — Xorijiy filologiya fakulteti vakili Mamaraimova O‘g‘iloy
🎉 Musobaqada faol ishtirok etgan barcha hamkasblarimizga minnatdorlik bildiramiz. G‘olib va sovrindorlarni esa samimiy muborakbod etamiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt | 5 431 |
| 5 | No comment | Yangi ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi
Termiz shahrida zamonaviy TISU Kembridj xalqaro maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | 4 158 |
| 6 | 🏛TerDU olimining innovatsion ishlanmasi Malayziyadagi xalqaro ko‘rgazmada!
🇲🇾 Malayziyaning Selangor shtatida MAHA-2026 xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi o‘tkazilyapti. Quvonarlisi, ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekiston ilk bor qatnashmoqda. Ko‘rgazmada Termiz davlat universiteti olimlarining mahsuloti ham joy olgan.
😊 Innovatsion gidrogel mahsulotiga mahalliy aholi va xorijiy mutaxassislar tomonidan juda katta qiziqish bildirilmoqda.
🟢Ushbu foydali mahsulot — TerDU professori Bahodir Xolnazarov hamda uning jamoasi tomonidan yaratilgan.
❓Gidrogelning qanday afzalliklari bor?
🟢Gidrogel o‘z og‘irligidan 300–400 baravar ko‘p suvni yutadi va uni asta-sekino‘simlik ildizlariga beradi.
🟢Bunda sug‘orish soni 2-3 baravarga kamayadi natijada suv sarfi 35-40% gacha tejaladi;
🟢tuproqda namlik barqaror saqlangani sababli o‘simliklar stresssiz o‘sadi vahosildorligini 20-25% gacha oshiradi;
🟢gidrogel mineral o‘g‘itlarni tuproqning unumdor qatlamida saqlab, ularni asta-sekin ildizga yetkazadi, natijada o‘g‘it isrofi 30-35% gacha kamaytiradi;
🟢 yangi ekilgan o‘simliklar uchun qulay muhit yaratadi va ildiz tizimining tezrivojlanishiga yordam beradi.
🟢Ushbu xalqaro ishtirok Surxondaryoda yaratilgan innovatsion mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqish va yangi hamkorlar topish uchun qulay imkoniyatdir.
🟢Yosh professorimiz Bahodir Xolnazarov hamda uning jamoasiga keyingi ilmiy izlanishlarida ham omad tilaymiz!
🟢TerDU — ilm-fan va innovatsiyalar maskani!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt | 4 896 |
| 7 | 🟢UzbekGift Contest” — milliy hunarmandchilik va ijodkorlikni namoyon etish imkoniyati!
🇺🇿 Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy turistik sovg‘a sifatida targ‘ib qilish, ijodkorlarning salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi va kreativ esdalik sovg‘alari namunalarini yaratish maqsadida “UzbekGift Contest” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda Termiz davlat universitetining ijodkor, hunarmandchilik, dizayn, san’at va boshqa tegishli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalari, professor-o‘qituvchilari hamda yosh mutaxassislari faol ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov shartlari:
🟢Hunarmandchilikning 25 ta yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etish imkoniyati;
🟢Har bir g‘olib 12,5 million so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
🟢Yangi milliy suvenirlar, turistik sovg‘alar dizayni va eskizlarini taqdim etish mumkin.
Arizalarni qabul qilish muddati — 2026-yil 21-sentyabrgacha.
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish:
https://forms.gle/h3XKYkwsjByRDHAa8
➡️ Tanlov haqida batafsil ma’lumot:
https://t.me/uzbekt
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt | 4 815 |
| 8 | Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi
Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 4 449 |
| 9 | #kun_hikmati
“Buyuk natijalar sabr, mehnat va qat’iyatdan tug‘iladi."
😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Napoleon Hill
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt | 5 046 |
| 10 | 🟦🟦🟦🟦🟦
🏛 Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish uchun o'tkazilgan test sinovi natijalari (MANDAT) e'lon qilindi!
🟢Termiz davlat universitetida 2026/2027-o'quv yili uchun Yurisprudensiya bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish maqsadida ro'yxatdan o'tgan talabgorlar uchun joriy yilning 25-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan (Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi binosida) o‘tkazilgan test sinovi natijalari e'lon qilindi.
Test sinovi natijalari
➡️ QAYDNOMASI
Talabalikka tavsiya etilganlar uchun kerakli hujjatlar:
1. Rektor nomiga ariza — universitetga kelib, yoziladi
2. Bakalavr diplomi va ilovasi — asli
3. Ma'lumotnoma (obyektivka) — asli
4. Imtiyozga oid hujjatlar (guvohnoma, tavsiyanoma, sertifikat, diplom v.b. mavjud bo‘lsa) — asli olib kelinadi (elektron bundan mustasno)
5. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka-skorosshivatel) — 1 dona
6. Konvert (A5 formatda) — 1 dona
⚠️Talab etiladi: shaxsini tasdiqlovchi hujjat ID karta bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz tizimi orqali doimiy yashash joyidan ma'lumotnoma ham olib kelishlari lozim.
❗️Eslatma: Hujjatlarni joriy yilning 12-sentabr kuniga qadar universitetning (fakultetdagi) mas'ul xodimlariga taqdim etishingiz so'raladi!
Hujjatlarni qabul qilish vaqti:
Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00
Yakshanba: dam olish kuni
CALL-Markaz: 76 228 03 40
⚠️Muhim eslatma: Tabaqalashtirilgan (super) to'lov kontrakt asosida o'qish istagini bildirgan (talabalikka tavsiya etilmagan) talabgorlar quyidagi raqamlarga bog'lanishi yoki universitetning Registrator ofisiga murojaat qilishlari mumkin.
Qo'shimcha telefonlar:
Nazarov Bekzod: +998 (93) 638-06-72
Qurbonov Furqat: +998 (90) 168-45-16
Toshmurodov Farrux: +998 (90) 521-11-17
Qurbonov Asliddin: +998 (90) 417-67-06
Qo'shayev Qo'shhakim: +998 (91) 579-19-26
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt | 6 096 |
| 11 | #OAV_biz_haqimizda
🟢Magistr bitiruvchimiz Abdurasulova Sabrina Munavvar kun dasturi mehmoni bo‘ldi.
🟢Suhbat davomida ta’lim, magistratura bosqichi, talabalik davri va kelgusidagi rejalar haqida qiziqarli fikrlar bildirildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt | 5 948 |
| 12 | 🏃Afg‘on shamoli vaqtida o‘zimizni qanday asrashimiz kerak?
🟢Afg‘on shamoli paytida chang va mayda zarrachalar miqdori ortib, inson salomatligiga, ayniqsa nafas yo‘llariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
🟢Ushbu intervyuda shifokor Afg‘on shamoli vaqtida nimalarga e’tibor berish, o‘zimizni qanday himoya qilish va salomatligimizni asrash bo‘yicha muhim tavsiyalar beradi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt | 6 186 |
| 13 | #SavolJavob
🎓Ta’lim krediti: foiz, kafillik va ariza topshirish tartibi
❓ Ta’lim kreditining foiz stavkasi qancha?
❓ Markaziy bankning asosiy stavkasi o‘zgarsa, kredit foizi ham o‘zgaradimi?
❓ Ta’lim krediti qachondan qaytariladi?
❓ Kafillik talab etiladimi?
❓ Ta’lim krediti olish uchun qanday hujjatlar kerak?
❓ Ariza qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?
❓ Ta’lim krediti uchun qayerdan ariza berish mumkin?
🎥 Agar sizda ham shu savollardan biri bo‘lsa, videoni albatta ko‘ring.
Javobni matnli o‘qish: https://gov.uz/oz/edu/news/view/214742
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 4 924 |
| 14 | #kun_hikmati
“Boshlash uchun buyuk bo‘lish shart emas, lekin buyuk bo‘lish uchun boshlash kerak."
😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Zig Ziglar
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt | 5 602 |
| 15 | 🏛 USTOZGA EHTIROM
Termiz davlat universitetining faxriy ustozlaridan biri, fidoyi pedagog Norali Berdiyev 80 yoshni qarshi oldilar.
Shu munosabat bilan universitet rektori tomonidan ustozga alohida ehtirom ko‘rsatilib, samimiy tilaklar bildirildi.
Ustozning qadri — shogirdlari kamolida, nomi esa ezgu xotiralarda yashaydi.
Hurmatli Norali ustoz, 80 yoshingiz muborak bo‘lsin! Sizga uzoq umr, mustahkam sog‘liq va shogirdlaringiz ardog‘ida fayzli hayot tilaymiz! 💐
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt | 7 885 |
| 16 | #Tayinlov
Termiz davlat universiteti rektorining buyrug‘i bilan Norqobilov Nusratilla Norsaitovich — Turizm kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Norqobilov Nusratilla 1977-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. U 2001-yilda Termiz davlat universitetining kunduzgi ta’lim shaklini, 2003-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti magistraturasini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Tayinlovga qadar Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt | 6 681 |
| 17 | #Tayinlov
Termiz davlat universiteti rektorining buyrug‘i bilan Qurbonov Abdusamad Meligalievich — O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Qurbonov Abdusamad 1990-yilda Denov tumanida tug‘ilgan. U 2014-yilda Termiz davlat universitetining kunduzgi ta’lim shaklini, 2016-yilda Termiz davlat universiteti magistraturasini tamomlagan. Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Tayinlovga qadar Termiz davlat universiteti O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt | 6 820 |
| 18 | #Tayinlov
Termiz davlat universiteti rektorining buyrug‘i bilan Eshmurodov Xurshid Esanberdiyevich — Organik kimyo kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Eshmurodov Xurshid 1986-yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. U 2008-yilda Termiz davlat universitetining kunduzgi ta’lim shaklini, 2014-yilda Termiz davlat universiteti magistraturasini tamomlagan. Texnika fanlari doktori.
Tayinlovga qadar Termiz davlat universiteti Fizikaviy kimyo kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt | 6 035 |
| 19 | #Tayinlov
Termiz davlat universiteti rektorining buyrug‘i bilan Nurgaliyev Najmiddin Abdumajitov — O‘quv-uslubiy boshqarmaning Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Nurgaliyev Najmiddin 1988-yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U 2011-yilda Termiz davlat universitetining kunduzgi ta’lim shaklini, 2014-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti magistraturasini tamomlagan. Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Tayinlovga qadar Termiz davlat universiteti Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt | 6 271 |
| 20 | #Tayinlov
Termiz davlat universiteti rektorining buyrug‘i bilan Toshtemirov Abdurasul Erkin o‘g‘li — O‘quv-uslubiy boshqarmaning O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi boshlig‘i — boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Toshtemirov Abdurasul 1992-yilda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U 2018-yilda Termiz davlat universitetining kunduzgi ta’lim shaklini, 2020-yilda Termiz davlat universiteti magistraturasini tamomlagan. Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Tayinlovga qadar Termiz davlat universiteti Fizikaviy kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt | 6 280 |
