cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Jalilov. Qaydlar

Fikrlar. Kuzatishlar. Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot

Show more
Advertising posts
2 943
Subscribers
-524 hours
-127 days
+9230 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
2024-yil yozida Jizzax viloyatida Rossiya texnologiyasi asosida kam quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi boshlanishi kutilmoqda. O‘zbekistonlik faollar loyiha jamoatchilikka taqdim etilishi kerakligini ta’kidlab, hukumatdan barcha ma’lumotlarni ochiqlashini so‘ramoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/28/aes/ Telegram | Instagram | YouTube
6016Loading...
02
Йўқ, йўқ ва яна йўқ! Ўзбекистонда АЭС қурилмаслиги керак, ҳар бир соғлом ақл эгаси, Ўзбекистонни ватаним деган ҳар бир ўзбекистонлик бу қандай кулфатлар яратишини англаб, тушуниб, ҳис қилиб турипти. АЭС бу сиёсий хатар. Давлат мустақиллигини сўроқ остида қолдиради. АЭС бу иқтисодий хатар. АЭС бу ижтимоий хатар. АЭС бу экологик хатар. Ёлғон гапириладиган маконда, ҳукумат халққа ҳисобдор бўлмаган юртда АЭС қурилмаслиги керак. Қайси ақл дунёни ядровий шантаж билан қўрқитаётганларга, ўзлари қурган иккита АЭСни босиб олганларга АЭС қурилишини ишониб топшириши мумкин? Бугун бор, эртага йўқ қанақадир Султоновлар, қанақадир Мирзамаҳмудовлар, қанақадир Аҳмедходжаевлар АЭС қуриб тажриба ўтказишмоқчи бўлишса, марҳамат, бунинг учун Ўзбекистондан бошқа макон танлашсин. Мен рози эмасман, рози бўлмайман. Бизнинг Ўзбекистондан бошқа захира ватанимиз йўқ!
3823Loading...
03
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov Britaniyada taʼlim olayotgan Oʻzbekistonliklar bilan uchrashgani xabar berilmoqda. Xabarni oʻqib, Oʻzbekistonning Britaniyadagi elchixonasida bir necha yil oldin boʻlgan shunga oʻxshagan uchrashuv esga tushdi. Oʻshanda ham rasmiylar Britaniyada tahsil olayotgan biz Oʻzbekistonliklarni yigʻib, islohotlar haqida, yangilanishlar, uchinchi Renessans haqida gapirishgan, "sizlarning bilim va tajribalaringiz bizga kerak", deyishgan edi. Lekin vaqt shuni koʻrsatdiki, balandparvoz gaplar va reallik oʻrtasida katta farq bor ekan. Davlat idoralariga sizning xorijda olgan bilimingiz, tajribangiz - kerak emas. Davlat idoralariga notoʻgʻri ishning notoʻgʻriligini ayta oladiganlar, oʻz fikriga ega boʻlganlar kerak emas. Davlat idoralariga aksar hollarda "labbay"chilar, "ijroni yopa oladigan"lar, balandparvoz hisobotlar va jimjimador hujjatlar yoza oladiganlar kerak. Sohani bilish - bilmaslik, tushunish - tushunmaslik - minginchi masala. Agar hozir xorijda oʻqiyotgan, ilmiy ish qilayotgan boʻlsangiz va mana bunday tadbirlardan ilhomlangan boʻlsangiz, yuqoridagi yozganlarimni unutmang va qaror qabul qilishda hisobga oling.
6499Loading...
04
Oldingi postga izohlarda "zootexnikaga yoki boshqa sohaga oʻqib yurganlar avval boshidan pedagogikani tanlashi kerak edi" deyilmoqda. Qiziq iddao. Xuddi shu yuqoridagi postda nopedagogik OTMlarda pedagogik tayyorlarlik modullari yoʻlga qoʻyilishi va bu modullarni bitirganlar maktabda dars berish huquqiga ega boʻlishi yozilgan qarorga izoh qoldirgandim. "Taʼlimga mehri bor boʻlsa, boshidan zootexnika yoki boshqa sohani tanlamasin edi" demasdan, qarorga bunday normani kiritganlar va tasdiqlaganlar haqida men haqimda bildirgan fikrlarini bildira olarmikan post muallifi, a labbay? Bitta sohada oʻqidimi - tamom, boshqa sohani oʻqib oʻrganolmasligi, ishlay olmasligi kerak, degan eskicha yondashuvdan voz kechish kerak. Hayot davomida oʻrganish (lifelong learning) - XXI asrning muhim koʻnikmalaridan biri. Inson hayoti davomida yangi sohalarni oʻrganishi, ixtisosligini oʻzgartirishi mumkin va bu normal holat. "Teach for Uzbekistan" loyihasi ishtirokchilari Toshkent xalqaro Vestminster universiteti bilan hamkorlikda oʻqitilishi aytilmoqda. Agar shunday boʻlsa, bu - juda yaxshi. TXVUda Post-Graduate Certificate va magistratura darajasidagi xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim dasturlari bor. Universitet professor-oʻqituvchilari pedagogikadan nimani va qanday oʻqitishni yaxshi bilishadi. Masalan, maktabda mutaxassis yetmagani sababli, deylik, iqtisodiyotni geograf, informatikani fizik oʻtganidan koʻra pedagogikani oʻrgangan soha mutaxassisi dars bersa yomon natija boʻlmasa kerak?
6834Loading...
05
Muhrim Aʼzamxoʻjayev "Kelayotgan yaqin bir-ikki yilda Oʻzbekistonda ayrim maktablarning omadi kulib, oʻquvchilariga zoʻr professionallar dars beradi shekilli" deb turgan bir joyda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova "bir chelak sovuq suv quyib yubordi". Toʻgʻri, vazirlik rasmiysi pisanda qilayotgan normativ hujjatlarda pedagogik qayta tayyorlov uchun kamida 576 soat oʻqish kerakligi belgilangan. Lekin shu hajm qayerdan kelib chiqqanligi ham qiziq-da. Nima uchun aynan 576 soat, masalan, 550 yoki 610 emas? Qolaversa, pedagoglar tayyorlaydigan OTMlarning oʻzida pedagogika, metodika shuncha soat oʻtiladimi? (Qiziqib oʻzimning bakalavr diplomim ilovasiga qaradim - pedagogika 68 soat, metodika 52 soat oʻtilgan ekan va 120 soat hajmida pedagogik amaliyot oʻtagan ekanmiz - shunda jami 240 soat boʻladi shekilli?) Yoki prezident qarori bilan (7-bandga qarang) pedagogik bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun pedagogik tayyorgarlik modullari yoʻlga qoʻyilgan va bu modullarni bitirganlarga ham qayta tayyorlovdan oʻtmasdan dars berish huquqi berilgan. Bu pedagogik tayyorlarlik modullari ham 576 soat boʻlmasa kerak? Aytmoqchi boʻlganim - bunday loyiha koʻp mamlakatlarda bor va oʻz samarasini bergan. Qolaversa, loyiha uchun davlatning mablagʻi ketmaydi va loyiha faqat fan oʻqituvchilari yetishmayotgan maktablar bilan hamkorlik qilishini aytmoqda (yaʼni hech kimning "nonini yarimta qilish" niyati yoʻq). Shunday ekan, balki loyihani qoʻllab-quvvatlab, uning natijasi, taʼsirini ilmiy oʻrganib koʻrish kerakdir? Masalan, chet eldan falon pulga "til egalari" deyilayotgan (va aslida "til egalari" boʻlmaganlarni) olib kelgandan koʻra yaxshi oliygohni bitirgan, sohasini yaxshi biladigan va "men ham taʼlimga hissa qoʻshaman" deb turgan "oʻzuvuzani qorakoʻzlar"ni ishlatib koʻrarmiz? Nima dedingiz, Dilfuza opa?
79311Loading...
06
Ёзда қурилиши бошланармиш. Хўп, АЭС керакдир, лекин “кам қувватли АЭС”нинг нима кераги бор — шунча овора бўлиб қурганга яраша у-бу кам-кўстимизни тўлдирадигани қурилмайдими? Нега Россия билан қуриш керак буни, нега бир очиқ танлови, тендери йўқ? Нега бунинг нархи эълон қилинмаган? Бурнинггача қарзга ботиб ётган бўлсанг, қайси пулингга қурасан? АЭСни қўя турайлик, тўғонларинг қўшниларни сувга бўктирадиган бир давлат сифатида ўша қўшниларнинг розилигини олганмисан? Қанақасига ёздаёқ қурилиши бошланади — номига бўлса ҳам халқ билан маслаҳатдашилмайдими? Нега Жиззахда қуришингни, нега ёздаёқ қурилишни бошлашингни, нега айнан Россия билан, нега айнан кам қувватли АЭС қурмоқчи эканингни сани пул билан таъминлаб турган халққа тушунтирмайсанми? Ўзбекистонда Россия АЭСи қурилмасин! Бир ўзбекистонлик сифатида ман бу лойиҳага тўлиқ қаршиман!
5366Loading...
07
Men ham qarshiman. Xalqaro huquqni, boshqa davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligini, tinch aholi hayotini bir tiyinga olmaydigan, atom elektr stansiyalaridan shantaj quroli sifatida foydalanadigan davlatga AES qurilishini berib qoʻyib boʻlmaydi.
84211Loading...
08
Yusufbek hojining oʻgʻli Otabekka aytgan gaplarini qayta oʻqidim.
9774Loading...
09
O‘zbekistonliklar ko‘pdan beri maktab ta’limidan norozi. Teach for Uzbekistan loyihasi orqali endi ular ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Loyiha pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, tug‘ma o‘qituvchi bo‘lgan mutaxassislarni maktabda ishlashga tayyorlaydi. “Gazeta.uz” loyiha haqida ma’lumot beradi. https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/27/teach-for-uzbekistan/ Telegram | Instagram | YouTube
87810Loading...
10
Odatdagidek, oʻzimizda nima boʻlayotganini shimoldan har xil signallar orqali bilib olamiz. "Milliy kontent" .... Россия и Узбекистан обсуждают строительство АЭС в республике и открытие ряда совместных предприятий. Об этом говорится в официальных материалах, подготовленных к поездке Владимира Путина в Ташкент. У России, помимо таких проектов, как АЭС, металлургия, медь, хлопок, масса дополнительных возможностей для работы с Узбекистаном, потому что постсоветское пространство используется для обхода санкций. То есть кооперация, вполне возможно, может привести к тому, что какая-то часть производств из России может быть перенесена, например, на территорию Узбекистана, чтобы потом уже спокойно, без проблем экспортировать готовую продукцию за пределы постсоветского пространства, включая Европу и так далее. https://www.bfm.ru/news/550978 Oʻzbekiston hududini sanksiyalarni aylanib oʻtish maqsadida ishlatish rejalari ham bemalol muhokama qilinmoqda....
1 04224Loading...
11
Она (независимость) ведь разная. Это не просто громкие слова про язык, культуру и пр. Независимость — она же в голове. Ты чувствуешь, что ты свободный человек. Ведь это же так важно и так ценно. Что ты сам выбираешь, кого любить, где жить, с кем и где работать. Понимаете, ведь это настолько важно. Это свобода. И мне кажется, что в этом есть путь к независимости. ... Есть примеры стран, которые чисто технологически, не имея полезных ископаемых, не имея энергетических ресурсов, стали странами высокого уровня в мире. Потому что они независимы. Они и деньги зарабатывают независимо ни от чего. Они прежде всего вкладываются в своих людей, в образование, в их свободу, в то, чтобы этим людям было комфортно жить и работать. Чтобы они уважали своё гражданство, свой паспорт, свой флаг. Мне кажется, вот эта идентичность, этот путь. https://orda.kz/u-nas-samyj-neadekvatnyj-vrag-kotorogo-mozhno-bylo-predstavit-za-100-let-zelenskij-dal-intervju-glavredu-ordy-i-esche-pjati-zhurnalistam-iz-ca-386826/
9207Loading...
12
"Maktablarga yuklama yana kamida 300 mingga ortadi. Vazirlikning muammoni hal qilish bo‘yicha rejasi ma’lum emas". Taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatlarini turli idoralarga taqsimlab bergan va oʻquv rejalari, dasturlari, darsliklar borasidagi jiddiy muammolarga shu paytgacha munosabat bildirmagan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligini taʼlimning oʻzi umuman qiziqtirish-qiziqtirmasligi maʼlum emas.
1 29110Loading...
13
Qiziq. Xalqaro jinoyat sudiga bugun tezlashtirilgan tartibda aʼzo boʻlsak nima boʻlardi?
1 0129Loading...
14
YAQIN telegram kanali ota-onalarga yordam sifatida Toshkentdagi xususiy maktablar haqidagi fikrlarni jamlamoqchi. So'rovnoma anonim va uning natijalari ham anonimlik asosida e'lon qilinadi. Agar sizning ham farzandingiz xususiy maktabga boradigan boʻlsa, soʻrovnomada qatnashib, tadqiqotning ishonchliligiga hissa qoʻshishingiz mumkin. Soʻrovnoma hozircha Toshkent shahrini qamrab oladi va shu paytgacha olingan ayrim xulosalar bilan postga ilova qilingan suratlarda tanishishingiz mumkin.
1 82313Loading...
15
Bir necha daqiqalardan keyin Toshkent davlat yuridik universitetida TEDxTSUL navbatdagi tadbiri boshlanadi. Ushbu tadbirda men ham "Education: why and how" mavzusida chiqish qilaman.
1 0453Loading...
16
Oldin arava, keyin ot? Shu oʻrinda yana bir savol tugʻilmasligi mumkin emas. Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi "oʻquv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash konsepsiya"sini endi ishlab chiqar ekan, Taʼlimni rivojlantirish markazining oʻzi tasdiqlab bergan va markazning sobiq rahbari boshqargan "Novda" xususiy nashriyotida yaratilgan "yangi avlod" darsliklari qaysi oʻquv dasturlari asosida yaratilgan edi? Axir, oldin oʻquv dasturlari yaratilib, keyin shu asosda darsliklar yozilishini ilmiy-metodik markaz bilsa kerak? Yoki markaz konsepsiya va dasturni ishlab chiqqandan keyin, "Novda"ga yana yangi darsliklar yozdiramizmi? Darvoqe. Shu - "Novda" darsliklari asosida bir oʻquv yili oʻtdi hamki, na markaz va na Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi shu darsliklarga asos boʻlgan oʻquv dasturlarini ham eʼlon qilmadi, "bu dasturlar tagi bormi oʻzi?" degan savolga joʻyali javob ham bermadi...
1 33611Loading...
17
Deja vyu yoxud aylana boʻylab yugurish ...? Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, 2024-yil: "Joriy yilning 22-may kuni Taʼlimni rivojlantirish markazida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-martdagi VMQ-157-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlim turlari matematika va informatika fanlari oʻquv dasturlarining uzviyligini va uzluksizligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda konsepsiyaning ishlab chiqilishi taʼlim turlari oʻrtasidagi muvofiqlik, oʻzaro uzviylik va uzluksizlikni taʼminlashi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan konsepsiyani ishlab chiqilishi jarayonlari, bu boradagi mavjud holat va istiqboldagi rejalar boʻyicha taqdimot qilindi". Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, 2022-yil: "2022-yil 28–30-mart kunlari Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Zomin” bolalar oromgohida oʻquv dasturlari tajriba-sinov ishlariga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi. Maʼlumki, 2021-yil davomida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari bilan hamkorlikda 334 nafar mutaxassislarni jalb etgan holda uzluksiz taʼlim tizimining barcha bosqichlari uchun oʻquv dasturlari uzviyligini taʼminlash, modernizatsiya qilish ustida ishlandi va yil yakunida ilk marotaba 21 ta fandan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim oʻquv dasturlari uzviyligini taʼminlash konsepsiyalari” hamda “Oʻzbekiston Respublikasi uzluksiz taʼlim Milliy oʻquv dasturlari” majmualar shaklida tayyorlandi, kitoblar holatiga keltirilib Taʼlim vazirliklariga tajriba–sinovdan oʻtkazish uchun tavsiya etilgan edi. Muhtaram Prezidentimizning 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884 son qarori ilovasi 4-bandiga binoan “Maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlimning oʻquv dasturlari uzviyligini taʼminlash vazifasi”ning ijrosi sifatida oʻquv dasturlari va ular asosida yaratilgan darslik – majmualar bosqichma-bosqich tajriba-sinovdan oʻtkazilmoqda". Endi savol tugʻiladi: Inspeksiya bundan bor-yoʻgʻi ikki yil oldin "oʻquv dasturlarining uzviyligini taʼminlash konsepsiyalari"ni muhokamadan oʻtkazib, tasdiqlab, vazirliklarga tajriba-sinovdan oʻtkazish uchun tavsiya qilganmidi yoki yongʻoq oʻynab yurganmidi? Agar inspeksiya bu ishni ikki yil avval Prezident farmoni asosida amalga oshirgan boʻlsa, Taʼlimni rivojlantirish markazi endi nimani ishlab chiqmoqchi va buning uchun nima zarurat bor? Yoki ... har ikki yilda bir narsani yaratib, tashlab yuborib, qaytadan yaratishga ishqiboz boʻladigan darajada byudjetda pulimiz oshib-toshib ketdimi?
1 25512Loading...
18
“Овоз” лойиҳасига давлатнинг нима алоқаси бор? Маданият вазири Озодбек Назарбеков бюджет тақчиллиги шароитида The Voice of Uzbekistan («Овоз») телелойиҳаси учун салкам 2 млрд сўм, «Боболарим» кино-клипига эса 2,7 млрд сўм ажратилганига муносабат билдирибди. «Биринчидан, мана шундай муҳокамалар кимгадир керак бўляпти, бу ўз-ўзидан бўлгани йўқ, яъни бунинг буюртмачиси бор. Чунки Маданият вазирлиги "Овоз" лойиҳаси учун 2 млрд [сўм] ишлатаётгани… "Овоз" лойиҳасининг [франшизасини сотиб олиш] неча сўм туришини ўрганинглар олдин. Ўзи у неча пул туради, қайси давлат неча пул сарфлаб, уни [мамлакатга] олиб кирган?» Қайси давлат? Қаерда? Нега ўзи давлат бунга пул сарфлаяпти? “Овоз” кўрсатуви ҳеч қаерда давлат даражасидаги стратегик лойиҳа эмас). У аввалига Голландияда чиққан, сўнг 60дан ошиқ бошқа давлатлардаги каналлар ўз чўнтакларидан пул сарфлаб сотиб олишган. Британияда олдин ITV канали сотиб олди, сўнг BBC. Америкада NBC, Испанияда Antena 3, сўнг Telecinco. Қанақа давлат? Каналларнинг ЎЗЛАРИ уни сотиб олади - бу бозор иқтисоди дейилади. Масалан, Испанияда, тасаввур қилинг Хулио Иглесиас - маданият вазири ва бир канал “Сеньор Иглесиас, 2 млдр евро билан шуни оберинг” деб боряпти. Буни тасаввур ҳам қилиш қийин. Давлат жунига каналлар жуни аралашмайди. Нега Ўзбекистонда давлат, яъни шундоқ ҳам дефицит бюджетдан қайсидир хусусий канал лойиҳаси учун пул сарфланяпти? Зўр ТВ зўр бўлса, ўз пулидан сотиб олиши керакмасми? Журналист Ибрат Сафо
1 77414Loading...
19
Бу постни чорасизликдан ёзяпман. Бир ўзимнинг қўлимдан ҳеч нарса келмаяпти... Кўпчиликнинг хабари бор - халқаро журналист Бобур Комилов шогирдим эди. Унинг бир акаси ва Бобуржоннинг ўзи ҳам жигар циррози туфайли оламдан ўтишди. Яна бир акаси – онасининг охирги илинжи, ишонган тоғи Ўткиржонда ҳам шу хасталик аниқланганига беш йил бўлди. Шифокорлар жигар ўтказиш зарурлигини айтишган. Аммо Ўткир Комиловда бу вақт мобайнида операция учун маблағ бўлмади. Она 500 минг сўм пенсия олади. Ўткирнинг аёли эса яқиндагина маҳалла идорасига ишга кирди. Болалари талаба, ўқувчи. Ўткир икки йил аввал ётиб қолгач, оиланинг ночорлиги яна ҳам ортди. Бир неча марта ҳайрия ёрдамида пул йиғишга уриниб кўрдик. “Кун.уз” сайти орқали, фейсбук ижтимоий тармоғи орқали ҳам уринишлар бўлди. Яхши инсонлар томонидан юборилган пуллар Ўткирнинг дори-дармонига зўрға етди. Бугун Ўткирнинг ахволи оғир. Шифокорлар тезликда жигар кўчириб ўтказилмаса, кўпга бормайди дейишмоқда. Ўткир оиланинг боши, уч фарзанднинг отаси, онаизори Муслима опанинг охирги умиди... Икки ўғлини тупроққа берган она учун учинчи ўғлининг ҳам ночорлик сабаб жон таслим қилишига бардош бериши қанчалар аламли эканлигини тасаввур қилиб бўлмайди... Бир қанча жамғармаю, давлат ташкилотларига қилинган мурожаатлар ҳозиргача натижа бермаяпти. Яна шу халқимизга, биродарларимизга, савобталаб инсонларга суянишга мажбурмиз. Ҳиндистонда жигар кўчириб ўтказиш амалиёти айтишларича 23 мингдан 28 минг долларгача экан. Билмадим, қисқа фурсатларда бу маблағни топиб бўладими, йўқми?... Нима бўлганда ҳам чиқмаган жондан умид. Илтимос, шу постни максимал репост қилинглар ! Тома-тома кўл бўлур дейди халқимиз. Халқ катта куч! Ҳар ким агар 10 минг сўмдан эҳсон қилса ҳам айтилган маблағ тўпланиб қолса ажабмас. Ўткирнинг ҳаётда қолишига ҳисса қўшишни истаган инсонлар учун унинг онаси Муслима опанинг пластик картаси рақамини ёзиб қолдираман: 8600061053537824 Комилова Муслима ПС: пост тагида ва изоҳда Ўткирнинг икки йил аввал “Кун. уз” сайти орқали қилган мурожаати ҳаволасини илова қиляпман. Умидимиз аввало Аллоҳдан, кейин сизлардан азиз ватандошлар! Jurnalist Raʼno Aliyeva sahifasidan
10 48493Loading...
20
Jurnalistning "Davlat budjetida jiddiy taqchillik kuzatilayotgan bir paytda „Ovoz“ va „Bobolarim“ kabi loyihalarga milliardlab mablag‘ ajratilishi qanchalik to‘g‘ri deb o‘ylaysiz?” degan savoliga javob bergan vazir Ozodbek Nazarbekov “Vazirlikning 2 mlrd so‘m tikkani hammaning ko‘ziga ko‘rinyapti” deb javob beribdi. Vazirlik o'z javobida nega xususiy kanalning loyihasi uchun davlat pul ajratishi kerakligini ochiqlamagan. Yana bir qiziq narsa. "To‘g‘ri, “Mendirman” klipini olgan paytimizda xonanda bo‘lganman, xarajatlarni cho‘ntagimdan ishlatganman, unga “Bobolarim”dan kam pul ketmagan. Oldin ko‘chadan pul topardim, qilardim. Hozir yana o‘zim qilaymi, oyligimni ham shunga ishlataymi?" Tushunmadim, "Bobolarim" - Ozodbek Nazarbekov klipimi? Vazir o'z klipini suratga olish uchun davlat budjetidan pul ajratyaptimi shunda? "Davlat organlarining xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak", degan qonunni nima qilamiz, chetga surib qo'yamizmi?
2 30217Loading...
21
"O‘zbekiston o'z meva-sabzavot eksportiga yana bir zarba berdi", deb yozadi xalqaro meva va sabzavotlar bozorini tahlil qiluvchi EastFruit platformasi. "EastFruit tahlilchilari O'zbekistondan ushbu tovarlarni (mava va sabzavootlarni) eksport qilish shartlari yomonlashganinii kuzatgan. Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko'ra, 2024-yil 14-maydan boshlab meva-sabzavot mahsulotlarining ilgari tavsiya etilgan narxlari endi ruxsat etilgan minimal narxlar bo‘lib xizmat qiladi. Binobarin, endilikda meva-sabzavotlarni davlat organlari tomonidan belgilangan narxidann past narxlarda eksport qilish taqiqlangan. Shunisi e'tiborga loyiqki, bu narxlar mahsulotning sifati, xilma-xilligi yoki boshqa farqlovchi omillardan qat'iy nazar, meva-sabzavot sanoatining o'ziga xos xilma-xilligini e'tiborga olmagan holda belgilangan. Tarixiy tahlillar shuni ko'rsatadiki, bunday tartibga solish qarorlari chegaraning har ikki tarafi uchun zararli. Ular, birinchi navbatda, ishlab chiqaruvchilar va kichik eksportchilarning bozor imkoniyatlarini cheklaydi. Bu cheklov nafaqat qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning investitsion jozibadorlikni pasaytiradi, balki O‘zbekistonning yirik importchilar uchun savdo hamkori sifatidagi jozibadorligini ham pasaytiradi. Bunday to'g'ridan-to'g'ri nazoratni joriy etish uzoq muddatli shartnomaviy sheriklik istiqbollarini o'ta xavfli qiladi. Bundan tashqari, soliq tushumlarini oshirish va valyutani tartibga solishni takomillashtirish nuqtayi nazaridan bunday siyosat samarasiz hisoblanadi. Yirik korporatsiyalarda murakkab moliyaviy vositalardan foydalangan holda ushbu minimal narx cheklovlarini osongina aylanib o'tish imkoni bor, lekin umumiy soliq bazasi qisqarishi mumkin". Xullas, bozor qonuniyatlari O'zbekiston Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunmaydi. Bozorga qarshi qabul qilinayotgan har qanday qarorlar va cheklovlar oxir-oqibatda o'zimizga qarshi bo'lib chiqadi. Buni tushunish uchun "katta kalla" shart emas edi, lekin ...
2 55613Loading...
22
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazidan "shedevr". "Eng ahmoqona distraktorlar (javob variantlari)" nominatsiyasi g'olibi, desak ham bo'ladi. 10. (M – 5,5 ball) Myuller Kemmeriхning botinkasiga ko‘z tikkan bo‘lsa, bu unga ichi achimayapti degani emas. Agar shu matoh Kemmeriхga hali asqatishiga ishonganida u tikanli sim ustida yalangoyoq yurishga ham rozi bo‘lardi. Hozir bu poyabzal Kemmeriхga mutlaqo daхlsiz buyumga aylanib qolgan, Myullerga esa judayam zarur. Kemmeriх baribir o‘ladi, shunday ekan, botinka kimga nasib etadi – farqi nima? Allaqanday sanitar ilib ketganidan ko‘ra Myuller olgani yaхshi-da. Bunga uning ko‘proq haqqi bor. Kemmeriх o‘lganidan keyin kech bo‘ladi. Kimmerixning oyoq kiyimi bilan bog‘liq voqealar “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romaniga nima uchun ramz sifatida kiritilgan deb o‘ylaysiz? A) Kimmerix yangi botinka sotib olgani uchun do‘sti okopda qiynalmasligi va bu botinka inson hayotichalik qimmatroq bo‘lmagani sababli beradi. B) Bir juft botinka inson hayotiga qaraganda qimmatroq va uzoqroqligini,urushda inson hayoti mutloq ahamiyatsizligini anglatgan C) Urushda qancha uzoq umr ko‘rsa, shunchalik undan nafratlanadi va azoblanadi, botinkasiz ham shu azoblarni boshdan kechirish uchun D) Myuller josus sifatida biror davlatning yeriga kirishi u urush paytida amalga oshirishi kerak bo‘lgan eng xavfli harakatlardan biri bo‘lganligi uchun
1 86915Loading...
23
Tasavvur qiling: kelayotgan o'quv yilida bunday rasvogarchilik kamida 1500 maktabga joriy qilinadi. Bu rasvogarchilikni joriy qilish bo'yicha "eng yaxshi" maktab rahbarlari va pedagoglarning esa ustama to‘lanadi.
2 04210Loading...
24
Ha, xohlasa, shunday qilish ham mumkin. Umuman, xohlaganini qilish mumkin - asosiysi, telegram kanallarda va "tepa"ga chiroyli hisobotlar ketsa boʻldi-da. Baholashga bunday yondashuv shundoq ham abgor taʼlimni "bir joyga" battar kiritvorishi bilan kimning nima ishi bor? Yuqoridagi postga izohlardan birida "darsliklarni yodlatish maktab taʼlimining maqsadi qilib belgilanganini qayerda koʻrdingiz" mazmunida izoh qoldirilgan edi. Toʻgʻri, rasmiy hujjatlarga bunday maqsad belgilanmaydi. Lekin pedagogikani, oʻquv dasturlarini yaratish tamoyillarini (curriculum development) oʻrgangan mutaxassislar biladi: intended curriculum (maqsad qilingan oʻquv dasturi) va enacted curriculum (amalga oshirilgan oʻquv dasturi) tushunchalari bor. Bulardan birinchisi - oʻquv dastur(lar)ida rasman belgilangan maqsadni bildiradi, amalda nima boʻlishiga esa koʻp faktorlar, xususan, baholash tizimi belgilaydi. Aynan baholash taʼlim tizimi ishtirokchilarining xatti-harakatlarini boshqaradi (washback). Bu narsani test tuzuvchi tashkilot, xususan, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi bilishi kerak. Adabiyot fanidan 10-sinf 4-chorak oxiridagi summativ baholash uchun tuzilgan test topshiriqlariga eʼtibor bering. Bu test topshiriqlari oʻquvchining darslikda berilgan jumlalarni yod olganini tekshirmay nimani tekshiryapti axir? Hurmatli markaz testologlari! Shu darslik mualliflaridan biri sifatida butun masʼuliyat bilan sizni ishontirib aytamanki, biz "Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq" asarini (yoki boshqa bironta asarni) yodlatish maqsadida kiritmaganmiz. Darslikka asarlar adabiyotga oid kompetensiyalarni - badiiy matnni tushunish, tahlil qilish, fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida kiritilgan. Sizlar esa bunday testlaringiz bilan bu maqsadni chippakka chiqaryapsizlar.
2 36715Loading...
25
Oldingi postga izohlarda "rivojlangan davlatlarda 100 yilcha oldin hal qilingan fundamental muammolar" haqida batafsilroq maʼlumot berishni soʻrashmoqda. Eʼtibor bering: oldingi postda "bundan 100 yillar oldin yaratilgan va taʼlimi rivojlangan davlatlar uchun tamal toshi boʻlib xizmat qilgan fundamental nazariyalar hali ham kirib ketgani yoʻq" deb yozdim. Bular qanday nazariyalar? Keling, oldin nazariya nima ekanligini aniqlab olaylik. Nazariya - bu biron-bir voqea-hodisani, bu voqea zamiridagi qonuniyatlar va tamoyillarni tushuntiruvchi fikrlar. Masalan, fizikadagi Nyutonning gravitatsiya nazariyasi massaga ega boʻlgan jismning tortishish maydoni hosil qilishini tushuntiradi. Nazariya - bu "quruq gap" emas. Har qanday fanning asosini nazariyalar tashkil qiladi. Shu jumladan, pedagogikaning ham. Masalan, pedagogikada inson qanday oʻrganishi, uning miyasi qanday ishlashini tasvirlovchi nazariyalar bor: bihevorizm, kognitivizm, konstruktivizm va boshqa bir qator nazariyalar. Masalan, "sxemalar nazariyasi" haqida oldinroq yozganman. Yana bir pedagogikada keng tarqalgan nazariya - 1950-yillarda yaratilgan Blum taksonomiyasi. Aksar davlatlarda bu nazariyalar pedagoglar tayyorlaydigan OTMlarda oʻqitiladi, ularni bilmasdan maktab oʻqituvchisi sertifikatini (litsenziyasini) olish mumkin emas. Va albatta oʻquv dasturlari va oʻquv materiallari (darsliklar, qoʻllanmalar) yaratishda, bevosita dars jarayonida, baholashda bu nazariyalar hisobga olinadi. Bizda esa, afsuski, haligacha pedagogikamiz qaysi tamoyillarga, nazariyalarga suyanadi, degan savolga aniq javob yoʻq. Uni qoʻyib turaylik, haligacha oʻrta taʼlimning maqsadini belgilaydigan aniq hujjat yoʻq: masalan, boshlangʻich sinflarning oʻquv dasturi (kalendar tematik rejasi emas!) haligacha eʼlon qilinmadi (bormi oʻzi, deb qayta-qayta berilgan savolga ham javob berilmadi). Londonlarda "taʼlimda sunʼiy intelekt"ni muhokama qilishdan oldin, bunday fundamental savollarga javoblarni aniqlashtirib olish kerakmi deyman-da.
2 34310Loading...
26
Xabar berishlaricha, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya Londonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda. Forumning birinchi kunida ta'limda yangi metodikalarni joriy qilish, sun'iy intellektdan foydalanish va ta'lim madaniyatini yaratish kabi masalalar muhokama qilingan. Bir savol. Har zamonda vazirlik mana shunday xalqaro tadbirlardagi ishtiroki, turli mamlakatlarga "tajriba o'rganish" uchun tashriflar haqida xabarlar beradi. Dunyo tajribasini o'rganish yaxshi, lekin ... bunday tadbirlar va tashriflardan ta'lim uchun qandaydir amaliy naf bo'lyaptimi? Metodikadagi yangi tendensiyalar-u ta'limda sun'iy intellektni qo'yib turaylik, bundan 100 yillar oldin yaratilgan va ta'limi rivojlangan davlatlar uchun tammal toshi bo'lib xizmat qilgan fundamental nazariyalar hali ta'lim jarayoniga kirib kelgani yo'q-ku? Hali ham maktab ta'limining maqsadini, har bir fanda o'quvchilar egallashi kerak bo'lgan kompetensiyalarni belgilab beradigan yaxlit hujjat - curriculum yo'q va katta ehtimol bilan, kelayotgan o'quv yilida ham har xil sinflar har xil, bir-biriga nomutanosib darsliklar asosida ta'lim olishni davom ettiradi. Hali ham vazirlik o'quv rejasiga fanlarni qo'shish, ayirish, olib tashlash bilan ovora. Hali ham pedagogikani (haqiqiy pedagogikani, bizdagi aksar oliygohlarda o'qitiladigan oldi-qochdi fanni emas) o'rganishni boshlagan har qanday talabaga tushuntiriladigan "constructive alignment" (ta'lim maqsadlari - o'qitish uslublari - baholash o'rtasdagi uzviylik) ta'minlanmagan: vazirlik va uning qoshidagi markazlar maktab ta'limining asosiy maqsadi - o'quvchiga darslikni yodlatish deb biladi va butun e'tiborini shunga qaratgan. Hali ham ko'p maktablarda elementar suv va hojatxona yo'q ... Shunday ekan, "yangi metodikalar" va "sun'iy intellekt"gacha bizda hali ancha "qovun pishig'i" bor. Oldin fundamental muammolarni hal qilish kerak - busiz qolgan hamma xatti-harakatlar sirkdagi fokuschining o'yinlari singari illyuziya.
1 78725Loading...
27
Baholash ta'lim tizimi ishtirokchilari nima muhim va nima emasligi haqida signal beradi, ularning xatti-harakatlarini yo'naltiradi. Faqat xotirani, darsliklardagi ma'lumotlarni eslab qolishni tekshiradigan baholash tizimining muammosi shundaki, bunday tizim o'quvchilarga "mening vazifam - darslikni yodda saqlash", o'qituvchilarga esa "mening vazifam - o'quvchilarga darslikni yodlatish" degan signal beradi. Bunday yondashuv bilan nafaqat PISAdagi natijalarni yaxshilash imkonsiz, balki fikrlaydigan, ertaga jamiyatdagi muammolarga yechimlar taklif qila oladigan avlodni yetishtirish imkonsiz. Yoki ... Markazga ta'lim tizimidan fikrlashni "surib tashlash", faqat to'tiqushga o'xshab yodlashni biladigan avlodni shakllantirish vazifasi qo'yilganmi? Hilola Umarova, nima deysiz?
1 82512Loading...
28
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy markazining maktablarda summativ baholash uchun tuzib yuborayotgan testlar validlik talablariga javob bermasligi - yagona muammo emas. Yana bir muammo - Shokir Tursun yozganidek, testlarda Markaz o'zi belgilab bergan kognitiv darajalarga amal qilinmasligi (yoki, Markaz va u jalb qilayotgan testologlarning bu darajalarni farqlay olmasligi). Natijada, testlar asosan xotirani tekshirishga qaratilgan. Fikrimning isboti sifatida 4-chorak summativ baholash uchun Markaz tuzib berganligi aytilayotgan ayrim testlarni ko'rib chiqamiz. (B-2,5 ball) Erkin Vohidovning xalqlar, millatlar, dinlar o‘rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan asari? A) “Ruhlar isyoni” B) “Ona tuproq” C) “Iztirob” D) “Nido” (Q-4,5 ball) “Hellados” hikoyasida Yanguli qaysi voqeadan so‘ng Jamol bilan janjallashishni to‘xtatdi? A) Jamol uni urgandan keyin B) Otasidan tayoq yegach C) Nina xoladan gap eshitgach D) Jamolning onasi o‘lganini bilgach (M-5,5 ball) Ko‘p jahongir ko‘rgan bu dunyo, Hammasiga guvoh yer osti Lekin do‘stlar, she’r ahli aro Jahongiri kam bo‘lar, rosti. A.Oripov ushbu misralar bilan boshlanuvchi she’r bandida qalamga olgan ijodkor haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni belgilang? A) “Boburnoma” – memuar asarning ijodkori. B) U Said Ahmad aytganidek: “…dostondek o‘qiladi” gan asar yozgan. C) Tarixga oid yirik “Astrobod” nomli qissa muallifi hisoblanadi. D) “Hayrat ul-abror” dostonida rostgo‘ylikning foydasi haqida yozadi. E'tibor bering: 5-sinf adabiyot fanidan 4-chorak summativ baholash uchun mo'ljallangan yuqoridagi uch test topshirig'ini test tuzuvchilar uch darajaga mansub deb ko'rsatgan: bilish, qo'llash va mulohaza yuritish. Markaz direktori Dilrabo Davidovaning keltirishicha: - bilish - o‘quv materialini qayta ishlamagan holda, qonunlar, xossalar, formulalar, tushunchalar va atamalarning mohiyatini eslab qolish; - qo'llash - bu fanning qonun va qonuniyatlari, xossalari va formulalarini qo‘llash, tahlil qilish, taqqoslash va qarama-qarshi qo‘yish, bir qancha qonun va qonuniyatlardan foydalanish, shu bilan birga, umumlashtirish va xulosa qilish; - mulohaza yuritish - o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni notanish vaziyatlarda qo‘llashni, qonun va qonuniyatlardan foydalangan holda tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirishdir. E'tibor bering: "bilish" darajasi tushunarli, u Blum taksonomiyasining eng quyi - "bilish (eslab qolish)" darajasiga mos kelyapti. "Qo'llash" va "mulohaza yuritish" darajalari o'rtasidagi farq esa tushunarsiz, chunki har ikkala daraja ham, ta'rifda keltirilishicha, qo'llash, tahlil, umumlashtirishni taqozo qiladi. Endi yuqorida misol sifatida keltirilgan test topshiriqlariga qaytaylik. "Bilish" darajasi uchun berilgan test topshirig'i 5-sinf darsligining 204-betida berilgan jumlani so'zma-so'z qaytaradi va o'quvchining shu jumlani qay darajada eslab qolganligini tekshiradi. E'tibor bering: bu yerda, markaz direktori Dilrabo Davidova aytganidek, o'quvchining fanga oid qonunlar, tushunchalar, atamalarning mohiyatini eslab qolgani emas, shunchaki darslikdagi ma'lumotni eslab qolgani tekshirilmoqda. (Axir, darslik muallif(lar)ining "Ruhlar isyoni" asari haqidagi fikrlari - bu adabiyotga oid qonun yoki tushuncha yoki atama emas-da. Bu shunchaki darslikda berilgan ma'lumot.) "Qo'llash" darajasi uchun berilgan test topshirig'i ham mohiyatan xotirani tekshirishga qaratilgan: test topshirig'iga javob berish uchun o'quvchi "fanning qonun va qonuniyatlari, xossalari va formulalarini qo‘llash, tahlil qilish, taqqoslash va qarama-qarshi qo‘yishi, umumlashtirishi, xulosa qilishi" talab qilinmaydi. Shunchaki "Hellados" hikoyasi syujetidagi detalni esga olish kerak. "Mulohaza yuritish" darajasi uchun berilgan test topshirig'i ham mohiyatan xotirani tekshirishga qaratilgan: o'quvchi berilgan she'rning davomini eslab, bu bandda Navoiy haqida gap ketayotganini eslashi va berilgan gaplardan qaysi biri Navoiy haqida ekanligini topishi (buning uchun yana xotirani ishga solishi) kerak.
1 14211Loading...
29
Endi validlik masalasiga qaytamiz. Test topshirig'i ona tili fani uchun berilgan, lekin ona tili fanida rivojlantirilishi kerak bo'lgan qaysi nutqiy yoki lingvistik kompetensiyani tekshiradi )baholaydi, o'chaydi)? Hech qaysi. Test shunchaki terstni tuzgan mutaxassis "ko'ziga ko'ringan", aslida yo'q bo'lgan bog'liqlikni topishni so'rayapti, ya'ni unga javob berish uchun o'quvchi testni tuzgan mutaxassis xayoliga nimalar kelganini taxmin qilishi kerak. Bu esa maktab ona tili ta'limining (va umuman, maktab ta'limining) vazifasi emas. Demak, test validlik talablariga javob bermaydi va mutlaqo yaroqsiz. Yuqorida yozganimdek, shu bittagina test topshirigʻi yordamida qanday testlarni tuzmaslik kerakligi boʻyicha master-klass oʻtish mumkin
3 36815Loading...
30
Keling, yuqoridagi postda keltirilgan test topshirig'ini testologiya nuqtayi nazaridan tahlil qilib ko'ramiz. Ilmiy jihatdan olib qaraganda, test - bu o'lchov vositasi. Xuddi tarozi yordamida og'irlik yoki chizg;ich yordamida uzunlik o'lchanganidek, test yordamida ma'lum bir konstruktlar (xususiyatlar) o'lchanadi. Masalan, o'quvchining kvadrat tenglamani yecha olishi yoki chet tilida eshitgan matnini tushuna olishi yoki qo'shma gapni sodda gapdan ajrata olishi - bu konstrukt. Har qanday test uchun asosiy sifat mezoni - validlik. Soddaroq qilib aytganda, validlik - bu testning qay darajada o'lchanishi kerak bo'lgan konstruktni o'lchab bera olishi. Masalan, testdan maqsad - o'quvchining qo'shma gapni sodda gapdan ajrata olishini baholash (o'lchash) bo'lsa, test shu narsani o'lchab bera oladimi? Test validlik talablariga javob bermasa, u foydalanishga yaroqsizdir. Validlik talablariga javob bermaydigan testdan foydalanish - xuddi uzunlikni tarozi yordamida yoki og'irlikni chizg;ich yordamida o'lchashday gap. Tahlik qilayotganimiz testda (aniqrog'i, test topshirig'ida) 6-sinf adabiyot darsligining 178-betidagi surat va 6-sinf ona tili darsligining 214-betidagi diagramma keltirilgan hamda ikkalasi o'rtasidagi bog'liqlikni topish so'ralgan. Bunda na surat va na diagrammaga izoh berilmagan. O'quvchi surat va diagrammada nima tasvirlaganini tushunishi uchun yoki ularni eslab qolgan, vizual xotirasida saqlab yurgan bo'lishi, yoki "fol ochishi" kerak. O'ylab ko'ring, siz darslik bilan ishlaganingizda undagi rasmlar-u diagrammalarni "yodlab" olasizmi? O'zi maktab ta'limining maqsadi - o'quvchiga darslikni ipidan ignasigacha (rasmlari bilan qo'shib) yodlatishmi? Endi test topshirig'ida so'ralayotgan narsaga diqqat qilaylik: "surat va diagramma o'rtasidagi bog'liq firlardan qaysilari to'g'ri?" Suratda 2-jahon urushi paytida Toshkentga evakuatsiya qilingan bolalarning Toshkentda kutib olinishi aks etgan, diagrammada - hozirgi O'zbekiston aholisining etnik tarkibi. Bu ikki narsa o'rtasida bog'liqlik bormi o'zi? Diagramma O'zbekiston aholsining hozirgi etnik tarkibi 2-jahon urushi paytida (bundan 80 yillar oldin) O'zbekistonga bolalarning ko'chirib kelinishi natijasida shakllangan, degan xulosani beradimi? Aslo yo'q. Chunki u bolalar son jihatdan qancha bo'lgan, qancha qismi urush tuhagandan keyin ham O'zbekistonda qolib ketgan, qancha qismi ko'chib ketgan - bu haqida diagrammada ma'lumot yo'q. Qolaversa, diagrammaga ko'ra, aholining eng ko'p qismini o'zbeklardan keyin tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar tashkil etadi, bu aholi yashaydigan hududlarda esa urush bo'lmagan, demakki, ular urush tufayli evakuatsiya qilingan aholining avlodlari emas. Diagrammada "boshqa millatlar" deganda esa aynan qaysi millatlar nazarda tutilgan, bu millatlar 2-jahon urushi paytida urush bilan qamrab olingan hududlarda yashashganmi - bu haqda berilgan rasm va diagrammadan xulosa chiqarib bo'lmaydi. Katta ehtimol bilan, test tuzuvchi C varianti to'g'ri javob sifatida olgan. Lekin na diagramma va na rasmdan O'zbekistondagi iqlim va sharoit haqida xulosa chiqarib bo'lmaydi. Demak, C javob noto'g'ri. Umuman olganda, mazkur test topshirig'ida to'g'ri javobning o'zi yo'q, chunki rasm va diagramma o'rtasida bog'liqlik yo'q. O'zingiz o'ylab ko'rib, adabiyot darsligida o'rganilayotgan asarga illyustratsiya sifatida tanlangan va ona tili darsligida grafikni o'qiy olish kompetensiyasini rivojlantirish maqsadida berilgan diagramma o'rtasida qanday bog'liqlik bo'lishi mumkin? Axir, bu har ikki darslikda boshqa surat va diagramma ham berilishi mumkin edi-ku.
2 90216Loading...
31
6-sinf adabiyot darsligida mavzuga illyustratsiya sifatida berilgan surat va qanday maʼlumotni koʻrsatayotgani izohlanmagan diagramma oʻrtasida bogʻliqlikni topish vazifasi berilgan test topshirigʻi. Siz ham oʻylab koʻring-chi, bu test topshirigʻida qanday muammolarni koʻryapsiz? P.S. Shu bittagina test topshirigʻi yordamida qanday testlarni tuzmaslik kerakligi boʻyicha master-klass oʻtish mumkin.
1 63812Loading...
32
"Bu tizimni ("mezonga asoslangan baholash tizimi" deb atalgan, aslida oʻquvchining xotirasini muttasil tekshirib borishga asoslangan) ishlab chiqayotganlar hamma yoqni shunday testlarga (masalan, 1, 2) toʻldirib tashlashyapti. Oʻylaymanki, vazirlikda hamon aqlli odamlar bor, ular bunday nomaqbulchilikning butun Oʻzbekiston oʻquvchilarga joriy qilinishining oldini olishadi", deb yozmoqda pedagog Shokir Tursun. Tushunishim boʻyicha, vazirlik ichida boʻlinish yuzaga kelgan. Jamoaning bir qismi qarorlar qabul qilish yoki qarorlarga taʼsir qilishdan chetlatilgan, ularga faqat OAVlarga chiqib turish yoki anjumanlarda koʻrinib turish vazifasi yuklatilgan. Vazir Hilola Umarova butun vakolatni oʻzi ishongan PIIMAchilarga berib qoʻygan va ular taʼlimni istagan kuyga solishmoqda, hech qanday tahlilda asoslangan tajribalarini butun respublikaga joriy qilishmoqda. "Mezonga asoslangan baholash" deb atalgan tizim yoki "Finlyandiya"dan "Singapur" tomon burilishlar ham shunday tajribalar sirasiga kiradi. Agar bunday tajribalar, xususan, baholash tizimi zudlik bilan toʻxtalmasa, qoʻrqamanki, shundoq ham reanimatsiyada yotgan taʼlimning biratoʻla janozasi oʻqib qoʻya qolinadi.
1 56914Loading...
33
Menimcha, suhbatda aytilgan uch asosiy tezisni suhbat ishtirokchilaridan sarlavhaga olib chiqilgan savolga javob sifatida qabul qilish mumkin: - "Yangi" deb eʼlon qilingan narsa aslida unchalik yangi ham emasdi, eski fasad boʻyab, "yangi" deb eʼlon qilindi, xolos. - Barcha jarayonlar institutlar emas, shaxs darajasida kechar ekan, boshqacha holatni kutish qiyin. - Erkinlik - uzviy narsa, bir sohada erkinlik berib, boshqa sohada bermaslik mumkin emas. Shundan xulosa chiqaravering.
1 33011Loading...
34
Bizda soʻz erkinligidan nega qoʻrqishadi? Bu savolga mening javobim bor, lekin jurnalistlar - "Amerika ovozi" oʻzbek xizmati jurnalisti Navbahor Imamova va Oʻzbekistonda saytlari hali ham bloklangan holda qolayotgan "Ozodlik" radiosi oʻzbek xizmati rahbari Pahlavon Sodiq fikrlarini eshitish, oʻylaymanki, qiziq boʻladi.
1 41613Loading...
35
Shokir Tursun Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi joriy qilayotgan va zoʻr berib maqtalayotgan "mezonga asoslangan baholash tizimi"ning muammolari haqida yaxshi tahlil tayyorlabdi. Tavsiya qilaman. Ayniqsa bu tizimni "ura ura" qilib joriy qilayotganlarga. https://shokirtursun.blogspot.com/2024/05/mezonga-asoslangan-baholash-tizimiga.html
3 71830Loading...
36
Колумнист «Газеты.uz» Комил Джалилов проанализировал новые учебные планы для школ Узбекистана на следующий год и подчёркивает, что без комплексного подхода можно не только не добиться нужного результата, но и столкнуться с новыми проблемами. https://www.gazeta.uz/ru/2024/05/17/study-program/ Telegram | Instagram | YouTube
1 4369Loading...
37
Oldingi postga izohlarda "real vaziyatdan kelib chiqing, fanni bilmaydigan va biladigan bir xil oylik olsinmi" deb soʻrashmoqda. Ha, oʻz fanini bilmaydigan oʻqituvchilar ham koʻp. Undaylar fanini biladiganlar bilan bir xil oylik olishi kerak emas, maktabda ishlamasligi kerak. Real vaziyatda, menimcha: 1. Oʻqituvchining oyligini koʻtarish kerak. Hech boʻlmaganda hech qanday ustamalarsiz hozirgidan ikki baravar koʻp (5,5 - 6 mln) boʻlishi kerak. Budjetda pul yoʻq deyishingiz mumkin - keraksiz tashkilotlar va xarajatlardan tejash mumkin. Bu band bajarilmasa - keyingi bandlarga oʻtib boʻlmaydi, chunki hozirgi oylikka sifatli oʻqituvchini maktabga jalb qila olmaysiz yoki ushlab qola olmaysiz. 2. 1-band bilan parallel ravishda: OTMda oʻz sohasini (pedagogik OTMda - oʻzi dars beradigan fanlarni va metodikani) bilmasa bitira olmaydigan tizim qilish kerak. 3. 1-band bilan parallel ravishda: bor oʻqituvchilarni qanchadir muddat ichida yoppasiga fan boʻyicha bilimi va pedagogik mahoratini tekshirish kerak. Tekshiruv xolis, shaffof, valid baholash instrumentlariga asoslangan boʻlishi kerak. Va albatta, bu qanday instrumental ekanligini oʻqituvchilar oldindan bilishi kerak. Tekshiruvdan oʻtmadimi - xayrlashiladi. Va keyin yuqoriga aytilgan uzluksiz malaka oshirish va toifa olish tizimini joriy qilib, oylik oshib borishini shu tizimga bogʻlash kerak.
2 64312Loading...
Photo unavailableShow in Telegram
2024-yil yozida Jizzax viloyatida Rossiya texnologiyasi asosida kam quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi boshlanishi kutilmoqda. O‘zbekistonlik faollar loyiha jamoatchilikka taqdim etilishi kerakligini ta’kidlab, hukumatdan barcha ma’lumotlarni ochiqlashini so‘ramoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/28/aes/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
👎 15🤬 6👍 3😢 2
Repost from bakiroo
Йўқ, йўқ ва яна йўқ! Ўзбекистонда АЭС қурилмаслиги керак, ҳар бир соғлом ақл эгаси, Ўзбекистонни ватаним деган ҳар бир ўзбекистонлик бу қандай кулфатлар яратишини англаб, тушуниб, ҳис қилиб турипти. АЭС бу сиёсий хатар. Давлат мустақиллигини сўроқ остида қолдиради. АЭС бу иқтисодий хатар. АЭС бу ижтимоий хатар. АЭС бу экологик хатар. Ёлғон гапириладиган маконда, ҳукумат халққа ҳисобдор бўлмаган юртда АЭС қурилмаслиги керак. Қайси ақл дунёни ядровий шантаж билан қўрқитаётганларга, ўзлари қурган иккита АЭСни босиб олганларга АЭС қурилишини ишониб топшириши мумкин? Бугун бор, эртага йўқ қанақадир Султоновлар, қанақадир Мирзамаҳмудовлар, қанақадир Аҳмедходжаевлар АЭС қуриб тажриба ўтказишмоқчи бўлишса, марҳамат, бунинг учун Ўзбекистондан бошқа макон танлашсин. Мен рози эмасман, рози бўлмайман. Бизнинг Ўзбекистондан бошқа захира ватанимиз йўқ!
Show all...
🔥 29👏 5🤬 2👍 1👎 1
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov Britaniyada taʼlim olayotgan Oʻzbekistonliklar bilan uchrashgani xabar berilmoqda. Xabarni oʻqib, Oʻzbekistonning Britaniyadagi elchixonasida bir necha yil oldin boʻlgan shunga oʻxshagan uchrashuv esga tushdi. Oʻshanda ham rasmiylar Britaniyada tahsil olayotgan biz Oʻzbekistonliklarni yigʻib, islohotlar haqida, yangilanishlar, uchinchi Renessans haqida gapirishgan, "sizlarning bilim va tajribalaringiz bizga kerak", deyishgan edi. Lekin vaqt shuni koʻrsatdiki, balandparvoz gaplar va reallik oʻrtasida katta farq bor ekan. Davlat idoralariga sizning xorijda olgan bilimingiz, tajribangiz - kerak emas. Davlat idoralariga notoʻgʻri ishning notoʻgʻriligini ayta oladiganlar, oʻz fikriga ega boʻlganlar kerak emas. Davlat idoralariga aksar hollarda "labbay"chilar, "ijroni yopa oladigan"lar, balandparvoz hisobotlar va jimjimador hujjatlar yoza oladiganlar kerak. Sohani bilish - bilmaslik, tushunish - tushunmaslik - minginchi masala. Agar hozir xorijda oʻqiyotgan, ilmiy ish qilayotgan boʻlsangiz va mana bunday tadbirlardan ilhomlangan boʻlsangiz, yuqoridagi yozganlarimni unutmang va qaror qabul qilishda hisobga oling.
Show all...
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🔥 7👍 5
Oldingi postga izohlarda "zootexnikaga yoki boshqa sohaga oʻqib yurganlar avval boshidan pedagogikani tanlashi kerak edi" deyilmoqda. Qiziq iddao. Xuddi shu yuqoridagi postda nopedagogik OTMlarda pedagogik tayyorlarlik modullari yoʻlga qoʻyilishi va bu modullarni bitirganlar maktabda dars berish huquqiga ega boʻlishi yozilgan qarorga izoh qoldirgandim. "Taʼlimga mehri bor boʻlsa, boshidan zootexnika yoki boshqa sohani tanlamasin edi" demasdan, qarorga bunday normani kiritganlar va tasdiqlaganlar haqida men haqimda bildirgan fikrlarini bildira olarmikan post muallifi, a labbay? Bitta sohada oʻqidimi - tamom, boshqa sohani oʻqib oʻrganolmasligi, ishlay olmasligi kerak, degan eskicha yondashuvdan voz kechish kerak. Hayot davomida oʻrganish (lifelong learning) - XXI asrning muhim koʻnikmalaridan biri. Inson hayoti davomida yangi sohalarni oʻrganishi, ixtisosligini oʻzgartirishi mumkin va bu normal holat. "Teach for Uzbekistan" loyihasi ishtirokchilari Toshkent xalqaro Vestminster universiteti bilan hamkorlikda oʻqitilishi aytilmoqda. Agar shunday boʻlsa, bu - juda yaxshi. TXVUda Post-Graduate Certificate va magistratura darajasidagi xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim dasturlari bor. Universitet professor-oʻqituvchilari pedagogikadan nimani va qanday oʻqitishni yaxshi bilishadi. Masalan, maktabda mutaxassis yetmagani sababli, deylik, iqtisodiyotni geograf, informatikani fizik oʻtganidan koʻra pedagogikani oʻrgangan soha mutaxassisi dars bersa yomon natija boʻlmasa kerak?
Show all...
Jalilov. Qaydlar

Muhrim Aʼzamxoʻjayev "Kelayotgan yaqin bir-ikki yilda Oʻzbekistonda ayrim maktablarning omadi kulib, oʻquvchilariga zoʻr professionallar dars beradi shekilli" deb turgan bir joyda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova "bir chelak sovuq suv quyib yubordi". Toʻgʻri, vazirlik rasmiysi pisanda qilayotgan normativ hujjatlarda pedagogik qayta tayyorlov uchun kamida 576 soat oʻqish kerakligi belgilangan. Lekin shu hajm qayerdan kelib chiqqanligi ham qiziq-da. Nima uchun aynan 576 soat, masalan, 550 yoki 610 emas? Qolaversa, pedagoglar tayyorlaydigan OTMlarning oʻzida pedagogika, metodika shuncha soat oʻtiladimi? (Qiziqib oʻzimning bakalavr diplomim ilovasiga qaradim - pedagogika 68 soat, metodika 52 soat oʻtilgan ekan va 120 soat hajmida pedagogik amaliyot oʻtagan ekanmiz - shunda jami 240 soat boʻladi shekilli?) Yoki prezident qarori bilan (7-bandga qarang) pedagogik bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun pedagogik tayyorgarlik modullari…

👍 8
Muhrim Aʼzamxoʻjayev "Kelayotgan yaqin bir-ikki yilda Oʻzbekistonda ayrim maktablarning omadi kulib, oʻquvchilariga zoʻr professionallar dars beradi shekilli" deb turgan bir joyda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova "bir chelak sovuq suv quyib yubordi". Toʻgʻri, vazirlik rasmiysi pisanda qilayotgan normativ hujjatlarda pedagogik qayta tayyorlov uchun kamida 576 soat oʻqish kerakligi belgilangan. Lekin shu hajm qayerdan kelib chiqqanligi ham qiziq-da. Nima uchun aynan 576 soat, masalan, 550 yoki 610 emas? Qolaversa, pedagoglar tayyorlaydigan OTMlarning oʻzida pedagogika, metodika shuncha soat oʻtiladimi? (Qiziqib oʻzimning bakalavr diplomim ilovasiga qaradim - pedagogika 68 soat, metodika 52 soat oʻtilgan ekan va 120 soat hajmida pedagogik amaliyot oʻtagan ekanmiz - shunda jami 240 soat boʻladi shekilli?) Yoki prezident qarori bilan (7-bandga qarang) pedagogik bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun pedagogik tayyorgarlik modullari yoʻlga qoʻyilgan va bu modullarni bitirganlarga ham qayta tayyorlovdan oʻtmasdan dars berish huquqi berilgan. Bu pedagogik tayyorlarlik modullari ham 576 soat boʻlmasa kerak? Aytmoqchi boʻlganim - bunday loyiha koʻp mamlakatlarda bor va oʻz samarasini bergan. Qolaversa, loyiha uchun davlatning mablagʻi ketmaydi va loyiha faqat fan oʻqituvchilari yetishmayotgan maktablar bilan hamkorlik qilishini aytmoqda (yaʼni hech kimning "nonini yarimta qilish" niyati yoʻq). Shunday ekan, balki loyihani qoʻllab-quvvatlab, uning natijasi, taʼsirini ilmiy oʻrganib koʻrish kerakdir? Masalan, chet eldan falon pulga "til egalari" deyilayotgan (va aslida "til egalari" boʻlmaganlarni) olib kelgandan koʻra yaxshi oliygohni bitirgan, sohasini yaxshi biladigan va "men ham taʼlimga hissa qoʻshaman" deb turgan "oʻzuvuzani qorakoʻzlar"ni ishlatib koʻrarmiz? Nima dedingiz, Dilfuza opa?
Show all...
Муҳрим

Куни кечамикин, Твиттерда болалар (ўсмирлар, ёшлар) у ёки бу фанга қизиқиб кетиши, у ёки бу мавзуни зўр тушунишида ўқитувчи (педагог)нинг роли, маҳорати, билими муҳимлиги роса муҳокама қилинди (яхши муҳокама бўлаётганди, лекин тредни топишга эриндим – балки кимдир улашса, ҳаволасини қўшиб қўярман). Қайсидир интервьюда шу ҳақда гаплашувмидик ё пост ёзувмидим – бизда салкам “бешикдан то қабргача” Навоий ўргатилади ва ўрганилади, лекин камдан-кам бола, ўсмир, ёш (одам деяверайлик, ҳай) Навоийни яхши кўради, Навоийни ўқийди. Чунки аксарияти Навоийни тушунмайди. Унга Навоийни тушунтириши керак бўлган ўқитувчининг ўзи ҳам Навоийни тушунмайди. Катта эҳтимол билан, унинг ўзи ҳам айнан шу сабабдан – тушунмагани ортидан Навоийдан нафратланади, унинг бу нафрати кейин болаларга ҳам ўтади. Мен ҳам мактабда Навоийни ёмон кўрардим, мактабда Навоийни ўқимаганман, адабиёт дарслигида Навоий саҳифаларини “айланиб ўтардим”, Навоийни зерикарли деб ҳисоблардим. Баҳо учун, она тили/адабиётдан дарс берадиган синф раҳбаримизнинг: “Аъзамхўжаев…

👍 15👎 4🤬 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ёзда қурилиши бошланармиш. Хўп, АЭС керакдир, лекин “кам қувватли АЭС”нинг нима кераги бор — шунча овора бўлиб қурганга яраша у-бу кам-кўстимизни тўлдирадигани қурилмайдими? Нега Россия билан қуриш керак буни, нега бир очиқ танлови, тендери йўқ? Нега бунинг нархи эълон қилинмаган? Бурнинггача қарзга ботиб ётган бўлсанг, қайси пулингга қурасан? АЭСни қўя турайлик, тўғонларинг қўшниларни сувга бўктирадиган бир давлат сифатида ўша қўшниларнинг розилигини олганмисан? Қанақасига ёздаёқ қурилиши бошланади — номига бўлса ҳам халқ билан маслаҳатдашилмайдими? Нега Жиззахда қуришингни, нега ёздаёқ қурилишни бошлашингни, нега айнан Россия билан, нега айнан кам қувватли АЭС қурмоқчи эканингни сани пул билан таъминлаб турган халққа тушунтирмайсанми? Ўзбекистонда Россия АЭСи қурилмасин! Бир ўзбекистонлик сифатида ман бу лойиҳага тўлиқ қаршиман!
Show all...
👍 42🔥 4🤬 3
Men ham qarshiman. Xalqaro huquqni, boshqa davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligini, tinch aholi hayotini bir tiyinga olmaydigan, atom elektr stansiyalaridan shantaj quroli sifatida foydalanadigan davlatga AES qurilishini berib qoʻyib boʻlmaydi.
Show all...
Аъзамхўжаев

Ёзда қурилиши бошланармиш. Хўп, АЭС керакдир, лекин “кам қувватли АЭС”нинг нима кераги бор — шунча овора бўлиб қурганга яраша у-бу кам-кўстимизни тўлдирадигани қурилмайдими? Нега Россия билан қуриш керак буни, нега бир очиқ танлови, тендери йўқ? Нега бунинг нархи эълон қилинмаган? Бурнинггача қарзга ботиб ётган бўлсанг, қайси пулингга қурасан? АЭСни қўя турайлик, тўғонларинг қўшниларни сувга бўктирадиган бир давлат сифатида ўша қўшниларнинг розилигини олганмисан? Қанақасига ёздаёқ қурилиши бошланади — номига бўлса ҳам халқ билан маслаҳатдашилмайдими? Нега Жиззахда қуришингни, нега ёздаёқ қурилишни бошлашингни, нега айнан Россия билан, нега айнан кам қувватли АЭС қурмоқчи эканингни сани пул билан таъминлаб турган халққа тушунтирмайсанми? Ўзбекистонда Россия АЭСи қурилмасин! Бир ўзбекистонлик сифатида ман бу лойиҳага тўлиқ қаршиман!

🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
Yusufbek hojining oʻgʻli Otabekka aytgan gaplarini qayta oʻqidim.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonliklar ko‘pdan beri maktab ta’limidan norozi. Teach for Uzbekistan loyihasi orqali endi ular ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Loyiha pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, tug‘ma o‘qituvchi bo‘lgan mutaxassislarni maktabda ishlashga tayyorlaydi. “Gazeta.uz” loyiha haqida ma’lumot beradi. https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/27/teach-for-uzbekistan/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
👍 9
Odatdagidek, oʻzimizda nima boʻlayotganini shimoldan har xil signallar orqali bilib olamiz. "Milliy kontent" .... Россия и Узбекистан обсуждают строительство АЭС в республике и открытие ряда совместных предприятий. Об этом говорится в официальных материалах, подготовленных к поездке Владимира Путина в Ташкент. У России, помимо таких проектов, как АЭС, металлургия, медь, хлопок, масса дополнительных возможностей для работы с Узбекистаном, потому что постсоветское пространство используется для обхода санкций. То есть кооперация, вполне возможно, может привести к тому, что какая-то часть производств из России может быть перенесена, например, на территорию Узбекистана, чтобы потом уже спокойно, без проблем экспортировать готовую продукцию за пределы постсоветского пространства, включая Европу и так далее. https://www.bfm.ru/news/550978 Oʻzbekiston hududini sanksiyalarni aylanib oʻtish maqsadida ishlatish rejalari ham bemalol muhokama qilinmoqda....
Show all...
Москва и Ташкент обсуждают строительство АЭС

Об этом говорится в материалах к визиту Владимира Путина в Узбекистан 26–27 мая. Ранее президент РФ побывал в Китае и Белоруссии

🔥 7👎 2🤬 2