en
Feedback
Zilola Xaydarova | Shaxsiy rivoj

Zilola Xaydarova | Shaxsiy rivoj

Closed channel

Psixoterapevt| Geshtalt | oilaviy munosabatlar • Psixologlar Assotsiatsiyasi a’zosi • qo’rquv va havotir bilan ishlayman • 1000+ shogirdlar • 20 yil+ turmush tajriba • 300+ natijali konsultatsiya Konsultatsiya: @Asliyatilmi Admin: @manager_xonim

Show more
4 032
Subscribers
-624 hours
-447 days
-10730 days
Posts Archive
O’g’lim Akulalar qurshovida🥺

Assalomu alaykum barchalarizga bugun juda qaynoq kun bizda Dengizda sayr qilyapmiz Chiroyli lavhalar kuting🤩🤩🤩

Ko‘p o‘ylash — xavotirmi yoki chindan muammomi? Ba’zan biz bir muammo haqida qayta-qayta o‘ylaymiz: «Nima bo‘ladi?» «Agar xato qilgan bo‘lsam-chi?» «U nega bunday dedi?» «Keyin nima bo‘ladi?» Va o‘zimizni tinchlantirish uchun yana-yana javob izlaymiz. Lekin bir narsani farqlash muhim: Muammoni o‘ylash — yechimga olib boradi. Xavotirli o‘ylash esa bir joyda aylantirib qo‘yadi. Agar fikrlash natijasida: — qaror qabul qilsangiz; — reja tuzsangiz; — biror harakat qilsangiz — bu muammoni hal qilishga qaratilgan fikrlash.
Agar esa bir xil savollar miyangizda qayta-qayta aylanaversa, lekin hech qanday yechim yoki harakatga olib kelmasa — bu ko‘proq xavotirli o‘ylash bo‘lishi mumkin. O‘zingizdan so‘rab ko‘ring: «Men hozir muammoni hal qilyapmanmi yoki shunchaki undan qo‘rqib, uni qayta-qayta o‘ylayapmanmi?» Ba’zan miyaga yana bir javob emas, to‘xtab, hozirgi lahzaga qaytish kerak.
Siz ko‘proq qaysi holatdasiz: muammoni tahlil qilasizmi yoki ko‘p o‘ylab, yanada ko‘proq xavotirga tushasizmi?

Yana bir quyosh botdi… 🌅🌊 Dengiz bag‘rida, sokinlik ichida… Ba’zi lahzalar suratga emas, qalbga muhrlanadi. 🤍

Shu suvni ovozini kim sevadi. Men deb yozingchi

Xayrli tonglar