fa
Feedback
Zilola Xaydarova | Shaxsiy rivoj

Zilola Xaydarova | Shaxsiy rivoj

کانال بسته

Psixoterapevt| Geshtalt | oilaviy munosabatlar • Psixologlar Assotsiatsiyasi a’zosi • qo’rquv va havotir bilan ishlayman • 1000+ shogirdlar • 20 yil+ turmush tajriba • 300+ natijali konsultatsiya Konsultatsiya: @Asliyatilmi Admin: @manager_xonim

نمایش بیشتر
4 177
مشترکین
-924 ساعت
-407 روز
-16330 روز
آرشیو پست ها
Sizdan o‘rganyapman Zilolaxon Haydarova Assalomu alaykum salomatmisiz .Sizdan juda ko‘p ilmlarni o‘rganyapman. Sizni Alloh uchun yaxshi ko‘rdim

Insonni yashayotgan joyi emas, fikrlash tarzi o’stiradi. Qishloqda turib ham dunyoqarashni kengaytirish mumkin, shaharda turib ham bir joyda qolib ketish mumkin. Siz o’zingizni tanlagansiz. Bu eng muhim qadam.

Assalomu alaykum Xayrli tong Ustoz sizga havasim keladi shaharda yurgani qulay yoʻlaklar bor 🥰 Men ham erta tongda yurishni maqsaq qildim

پیام ویدیو00:55

Repost from N/a
Yangi imkoniyatlar izlayotganlar uchun ajoyib yangilik! Yaqin kunlarda zamonaviy xususiy bolalar bog’chamiz WeDream o’z faoliyatini boshlaydi. Shu munosabat bilan o’z ishini sevadigan, bolalarni yaxshi ko’radigan va kuchli jamoaning bir qismi bo’lishni istagan mutaxassislarni hamkorlikka taklif qilamiz. Biz shunchaki xodim emas, bolalarning baxtli kelajagini birgalikda quradigan jamoa a’zolarini izlayapmiz. Bo’sh ish o’rinlari: • Tarbiyachi • Tarbiyachi yordamchisi • Suzish bo’yicha trener • Musiqa rahbari • Oshpaz • Oshpaz yordamchisi • Hamshira • Massaj mutaxassisi • Taekvondo bo’yicha trener Agar siz WeDream jamoasining bir qismi bo’lishni istasangiz, rezyumeingizni quyidagi Telegram manziliga yuboring: 📩 @assistent_hurriyatrahmatullaeva Siz bilan tanishishni intiqlik bilan kutamiz!

Aktiv bo’lsangiz kibr bor yo’qligini aniqlash testi yuboraman

Sizda kibr bormi?

Har kuni ertalab tez yurishga chiqayotganimning sababi faqat ozish emas. Men tanamni uyg’otish uchun yuraman. Fikrlarimni tartibga solish uchun yuraman. Stressni kamaytirish uchun yuraman. Yuragimni, nafasimni va sog’lig’imni mustahkamlash uchun yuraman. Har bir qadamim bilan kechagi o’zimdan yaxshiroq bo’lishga harakat qilaman. Tez yurish menga shuni o’rgatdi: Sog’lom hayot bir kunda qurilmaydi. U har kuni qo’yilgan kichik qadamlardan boshlanadi. Bugun qo’ygan bir qadamingiz ertangi sog’lig’ingizga eng yaxshi sarmoya bo’lishi mumkin. Siz ham bugun o’zingiz uchun hech bo’lmasa 30 daqiqa ajrating. Ishoning, tanangiz ham, ruhiyatingiz ham buning uchun sizga rahmat aytadi. 💚 #SoglomTurmushTarzi #TezYurish #SoglomHayot #HarakatHayot #OzgarishOzdanBoshlanadi #30KunlikSayohat