cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

ToshDO'TAU/Ma'naviyat

Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti ma'naviy-ma'rifiy ishlarini yoritish uchun

Show more
Advertising posts
1 752
Subscribers
-224 hours
-137 days
-5330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

😀Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tli va adabiyoti universitetida "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Yangi Oʻzbekiston Yoshlari birlashaylik" shiori ostida bayram tadbrlari qizgʻin davom etmoqda. 🌟Jumladan, sport musobaqalari hamda intellektual oʻyinlar oʻtkazilib, kunning ajoyib kayfiyatda boʻlishi taʼminlanmoqda.
Show all...
6👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Aziz yoshlar! Barchangizni, xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ta’lim olayotgan yoshlarni bugungi 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan shaxsan o‘zim nomimdan va universitet jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etaman. Yangi O'zbekistonga sizdek g‘ayratli, bilimli va vatanparvar yoshlar kerak. Shuni ham aytish kerakki, orangizda hammangiz eng iqtidorli talabalarsiz. Ko‘p ishlarga qodirsiz. 2017-yilning 30-iyun kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasida “Yoshlar kuni” bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi. Bu yoshlar mamlakati bo'lgan O'zbekistonda sizlarga qaratilayotgan e’tiborning yaqqol namunasi bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Yil davomida turli darajadagi tadbirlar va tanlovlar tashkil etilyapti. Yangi iqtidor egalari kashf qilinyapti. “Ma'rifat maydoni" Respublika tanlovida ishtirok etgan universitetimiz yigit-qizlarining muvaffaqiyati barchamizni quvontirdi. Bayram munosabati bilan davlatimiz rahbarining Farmoniga asosan universitetimiz talabasi Dilnavoz Xaytaxmatova "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlangani esa chinakam ma'noda bayramga munosib tuhfa bo'ldi. Dilnavoz kabi iste'dodli, zukko talabalarimiz safi kengayaversin, har biringiz ana shunday e'tirofga munosibsiz. Chunki siz nufuzli reytinglarda TOP-300+ natijani qayd etgan universitet talabasisiz. Men quvonch bilan ayta olamanki, bugun bizning talabalarimiz O‘zbekistonning barcha hududlaridagi bilim maskanlarida, turli tashkilot va idoralarda mehnat qilib, o'zining salohiyati bilan hammani lol qoldirib kelishmoqda. Bu esa universitetimizning juda katta yutug‘i deb hisoblayman. Bu bayram zamirida Yangi O‘zbekiston yoshlarining porloq kelajagiga qaratilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik mujassam. Jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek umummilliy maqsadni amalga oshirish uchun davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda. Shunday ekan, men yana bir bor barchangizni Yoshlar kuni bilan samimiy qutlayman. Sizlarga sihat-salomatlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Ilm o‘rganishdan, ko‘zlagan maqsadlaringiz sari dadil qadamlar tashlashdan charchamang! Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov
Show all...
🔥 12👍 3🎉 2 1
🟩🟩🟩🟩 ⭕️ 2024-yil 26-iyun kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti kengashi qoshida navbatdagi xalqaro nazariy-metadologik seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda "Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik" kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Zilola Shukurorova va "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasi tayanch doktoranti Dilnavoz Najimovalarning ma'ruzalari tinglandi. ✅ Seminarda bayozlarning ilk namunalari haqida yangi ma'lumotlar olindi. Yosh tadqiqotchi Dilnavoz Najimova Ozarbayjon bolalar adabiyotiga oid antologiya tuzish an'analarining milliy adabiyotimizga tadbiq qilish mumkin bo‘lgan jihatlari haqida ham qiziqarli ma'lumotlar berdi.
Show all...
👍 7🔥 1
🟩🟩🟩🟩 🔅 2024-yil 26-iyun kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti Kengashining O’N BIRINCHI sonli MAJLISI bo‘lib o‘tdi. 📌 Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror hamda topshiriqlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’atining qarorlari va vazirlik buyruqlarining bajarilishi, ta’lim sifati. 🗣 Fakultetda o‘quv yilining yakunlanishi, Hemis dasturiga talabalar davomati  va mavzularning vaqtida kiritib borilishi, shuningdek, ON va YN  natijalarining qayd etilishi xususida. 🗣Bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari himoyalari natijasi. 🗣 1-2-kurslarda folklor va dialektologik amaliyotlarning olib borilishi,3-kurslarda malakaviy amaliyotni tashkil etish. 🗣 Fakultetda hamda kafedralarda O‘QUV, ILMIY, MA’NAVIYAT VA XOTIN-QILAR masalalari bo‘yicha qilingan ishlar hisoboti kabi masalalar koʻrib chiqildi. ⭕️ Majlisda barcha professor- o‘qituvchilar,doktoratlar hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi.
Show all...
👍 3👏 1
👏👏👏👏 ⭕️ 2024- yil 26- iyun kuni universitetda fakultet dekan o‘rinbosarlari, o‘qituvchi hamda tyutorlar ishtirokida 26- iyun "Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi. Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor G.Jurayeva o‘z nutqida Giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari, hamda bugungi kundagi O‘zbekiston va dunyoda sodir bo‘layotgan holatlar yuzasidan ma’lumotlarni keltirib o‘tdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.
Show all...
👍 7 1🔥 1
👏👏👏👏 ⭕️ 2024- yil 26- iyun kuni universitetda fakultet dekan o‘rinbosarlari, o‘qituvchi hamda tyutorlar ishtirokida 26- iyun "Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi. Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor G.Jurayeva o‘z nutqida Giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari, hamda bugungi kundagi O‘zbekiston va dunyoda sodir bo‘layotgan holatlar yuzasidan ma’lumotlarni keltirib o‘tdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.
Show all...
02:36
Video unavailableShow in Telegram
“Ёшлар ойлиги” доирасида “Раҳбар ва ёшлар” учрашувлари ўтказилмоқда. @yangidavr_rasmiy
Show all...
azizaxon.mp416.10 MB
🟦🟦🟦🟦 ⚡️ 2024-yil 17-iyun kuni “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 120-sonida Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Abdushukurovning “Soʻz insonning ilm-fazlini oʻlchab koʻrsatadigan tarozidir” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. 💡 Ushbu maqolani albatta o‘qing.
Show all...
№-120.pdf3.81 MB
👍 5🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qurultoy'нинг бу сони яна бир ўзига хос анонс бўлди. Турколог олим Нодирбек Жўрақўзиев олиб бораётган, аммо ҳали якунланмаган тадқиқотининг баъзи материаллари билан бўлишди. Подкастдан Маҳмуд Кошғарийнинг "Девону луғотит-турк" китобида акс этган қадимги туркий мифология ва мифик инонч унсурлари ҳақида билиб оласиз. Муқова энди алоҳида санъат асари бўлди, кўриб завқланинг деб шу ерда қолдиряпман. Линк: https://www.youtube.com/watch?v=aGXOGgtW1DY @AsanovEldar
Show all...
🔥 4👍 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
OYINA.UZ’DAN “HAYITLIK” – 66 MILLION SOʻM VA QIMMATBAHO SOVGʻALAR! 🗓Календарь Taqvimni oching! 15-iyundan 2-sentabrgacha bo‘lgan muddatni belgilang – 80 kun! Mana shu 80 kunni qanday o‘tkazish bo‘yicha bizda daromadli taklif bor: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 15-iyun sanasidan sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan (qimmatbaho sovgʻalar ham bor) “Kitoblararo 80 kun” marafoniga start bermoqda! Marafon 4 bosqichdan iborat va har bir bosqich 20 kun davom etadi. Ishtirokchilar har bir bosqichda 2 tadan kitob o‘qishadi va yakunida onlayn sinovdan o‘tadi. Xullas, bor-yo‘g‘i 8 ta kitobni o‘qib, katta pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar yutib olishingiz mumkin! Ha, aytgancha, yaqinlaringiz va do‘stlaringizni ham marafonga taklif qiling! Toʻliq ma'lumot va marafonda ishtirok etish uchun bot: @oyinatanlovbot Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | X | Instagram
Show all...
👍 3
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.