cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Shuhrat Sirojiddin | ToshDO‘TAU rektori

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektorining rasmiy kanali Rasmiy veb-saytimiz: www.tsuull.uz Facebook:https://www.facebook.com/groups/195454837724911/ Instagram: https://instagram.com/navoi.uni?utm_medium

Show more
Uzbekistan25 521The language is not specifiedEducation56 949
Advertising posts
860
Subscribers
No data24 hours
-97 days
-4330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

​​Aziz hamkasblar, qadrli talabalar! Barchangizni yaqinlashib kelayotgan 2024-yil bilan muborakbod etaman. 2023-yil mamlakatimiz, xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti uchun ham muvaffaqiyatlarga boy yil boʻldi. Universitetimizda bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari soni 14 taga, magistratura mutaxassisliklari soni esa 12 taga yetdi. Universitet pedagogik jamoasining ilmiy salohiyati koʻrsatkichlari tobora ortib bormoqda. Universitetimiz oʻtgan yili ilk bor xalqaro reytinglarda ishtirok etgan edi. Bir yilning oʻzida Times Higher Education (THE) tashkilotining Impact reytingida bir necha yuz pogʻona ilgarilab, dunyoning eng kuchli 600+ universitetlari roʻyxatiga kirdik va bu borada mahalliy OTMlar orasida peshqadamga aylandik. UI GreenMetrics reytingida ham 200 pogʻonaga koʻtarilib, 376-oʻrinni qayd etdik. Buning barchasi ahil va mehnatsevar jamoamiz, intuluvchan va bilimdon talabalarimizning yutugʻi. Kaminaga berilgan akdemik unvoni ham butun ilm ahliga, xususan, universitetimiz jamoasiga bildirilgan ulkan ishonch nishonasidir. Biz ilmiy-tadqiqot faoliyati, oʻquv-uslubiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishda koʻplab maqsadli loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. Xususan, xorijliklarga oʻzbek tili va amadaniyatini oʻrgatuvchi “Oʻzbek maktabi” faoliyati tobora kengayib, salmoqli natijalarni qayd etmoqda. 2023-yilda “Xorijliklar uchun oʻzbek tili” (A2 daraja uchun) darsligi chop etildi. Ushbu markazning erishayotgan natijalari shaxsan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ham e’tirof etildi. Yurtboshimiz rahnamoligida olib borilayotgan taʼlim islohotlarida oldingi safda boʻlishga harakat qilmoqdamiz. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ko‘tarilgan asosiy masalalar, ilgari surilgan taklif va tashabbuslar, milliy tilimizning istiqboli, buyuk ajdodlarimiz hayot yoʻlini oʻrganish, ularning asarlarini tadqiq qilish boʻyicha bildirilgan aniq fikrlar yangi yilda yanada koʻp va xoʻb ishlashimiz, yangi marralarni zabt etishimiz lozimligini anglatadi. Erishilgan yutuqlar kelajakka ishonch bilan olgʻa borishga undaydi. Ishonch bilan ayta olamanki, 2024-yilda ham barcha jabhalarda ulkan marralarni zabt etamiz. Yangi yil barchamizga muborak boʻlsin! _Shuhrat Sirojiddinov_ Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, akademik.
Show all...

Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон халқига байрам табриги — Праздничное поздравление народу Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Show all...
​​Assalomu alaykum, aziz talabalar!     Bugun butun dunyoda Siz yoshlarning bayrami – 17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” keng nishonlanmoqda. Avvalambor, Sizlarni ushbu bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Hozirgi kunda mamlakatimizda dunyoni yangicha idrok etadigan, millat gʻururi va haq-huquqi uchun kurashadigan, oʻz taqdirini xalqi , Vatan taqdiri bilan bir deb biladigan, vatanparvar va zukko yangi avlod shakllanmoqda. Ular ham ajdodlar maʼnaviy merosini, ham umumbashariy qadriyatlarni barobar oʻzlashtirmoqdalar. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabalarining ham Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda oʻz yelkasiga olgan ulkan vazifalari bor. Zotan, millati bilan faxrlanadigan, tariximiz, adabiyotimiz bilan chuqur tanishgan yoshlar vatanimizning ertangi kunini , millat kelajagini belgilaydi. Shu bois bugungi kun zamon talablariga javob beradigan yuksak madaniyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Buning natijasida siz kabi yoshlarga barcha imkoniyatlar eshiklari ochiq. Aziz talabalar! Yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin! Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat tilayman, ilm olishda, kasb egallashda va umuman, hayot yoʻllaringizda muvaffaqiyatlar yor boʻlsin! Shuhrat Sirojiddinov Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU rektori
Show all...

01:11
Video unavailableShow in Telegram
#sport_xabarlari 🏆 Bir necha kun mobaynida universitetimizning "Umid" sport klubi tashabbusi bilan talabalar o'rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari o'tkazildi. 🔗 Batafsil Bizni tarmoqlarda kuzating👇 Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
Show all...
IMG_4423.MP425.22 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Doktoranturaga hujjat topshirganlar diqqatiga! Joriy yilda bizning universitet doktoranturasiga yetarli darajada qabul kvotalari ajratilgan, jumladan, DSc doktoranturaga 6 ta, PhD tayanch doktoranturaga 62 ta o'rin berilgan. Kvotalardan ko'rib turganingizdek, o'rinlar yetarlicha. Sizlardan faqat bilim va yaxshi tayyorgarlik talab etiladi. Universitetda doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari adolatli va shaffof o'tkazilishiga kafolat beramiz. Poraxo'rlik va korrupsiyagga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Sizlardan iltimos, agar kimdir sizlarni muayyan muayyan "xizmat" evaziga doktoranturaga joylashtirish va'dasini berayotgan yoki shunday yo'l orqali muammoyingizni hal qilib berishga va'da berayotgan kimsalar uchrayotgan bo'lsa, aslo ishonmang. Unutmang, Jinoyat kodeksida “pora berish”, “pora olish”, “pora olish va berishda vositachilik qilish” va “firibgarlik” harakatlari uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Shuhrat Sirojiddinov Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU rektori
Show all...
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар https://uza.uz/uz/posts/til-oldidagi-shaxsiy-masuliyatni-his-qilmasak-barcha-harakatlarimiz-samarasiz_530642
Show all...
Тил олдидаги шахсий масъулиятни ҳис қилмасак, барча ҳаракатларимиз самарасиз

21 октябрь – Ўзбек тили байрами куни

Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar! Barchangizni 21-oktabr - Oʻzbek tili kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Tilimizning sofligi, boyligi va borligi millatimizning bebaho milliy iftixoridir. Tarixga nazar tashlasak, tilimizda xalqimizning asrlar osha yashab kelayotgan qadriyatlari, urf-odatlari va ruhiyati oʻz ifodasini topganini koʻramiz.  Yangi Oʻzbekiston qurilishida amalga  oshirayotgan islohotlarimizning asosiy yoʻnalishlaridan biri ona tilimizni rivojlantirishga qaratilgan. Hozirgi globallashuv davrida har bir millat oʻzligini saqlab qolishga, ajdodlari tomonidan qoldirilgan milliy qadriyatlarni, jumladan, ona tilini koʻz qorachigʻidek asrab-avaylashga va ularni keyingi avlodlarga munosib meros sifatida qoldirishga astoydil urinmoqda. Oʻzbekiston davlati ham oʻz taraqqiyotining yangi bosqichida “milliy tiklanishdan milliy yuksalish” shiori ostida  ona tilimizning nafaqat mamlakatimizda balki butun dunyoda nufuzini tiklashga eʼtibor qaratib kelmoqda. Dunyoda oʻz maqsad va vazifasiga koʻra noyob boʻlgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilishi ham davlatimizning  shu yoʻnalishdagi ezgu amaliy ishlaridan biridir. Universitetimiz oʻz strategik maqsadlari va missiyasiga sodiq  qolgan holda  mamlakatimiz va xorijda oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganish va oʻrgatish, til va adabiyotimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini oshirish, uni targʻib va tashviq qilish borasida muntazam rejali ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu ishlarni davom ettirishda jamoamizga kuch-quvvat tilayman! Bugungi bayram barchamizga muborak boʻlsin! Shuhrat Sirojiddinov Filologiya fanlari doktori, professor Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU rektori
Show all...
02:16
Video unavailableShow in Telegram
Universitetimizda tashkil etilgan 1-Ota-onalar kongressidan lavhalar. Bu kongress endi muntazam ravishda oʻtkaziladi. Ota-onalar bilan hamkorligimiz yana-da mustahkamlanadi.
Show all...
IMG_3905.MP426.70 MB
#raqamli_universitet #raqamli_kutubxona ❗️Aziz talabalar, siz endilikda universitet kutubxonasiga bormasdan turib ham ARMga a’zo boʻlishingiz mumkin. Buning uchun qoʻlingizdagi gadjetlar 📲 kifoya! 👩‍💻 Bundan tashqari sizning vaqtingizni tejash maqsadida elektron kutubxona orqali zarur kitobni oldindan buyurtma qilishingiz mumkin. ARM xodimi buyurtmangizni siz to kutubxonaga borguningizgacha shay qilib qoʻyadi. Siz ortiqcha kutib, izlanib oʻtirishingizga hojat yoʻq. 🕹 Kitobni oldindan buyurtma qilasiz! 📚 ARMga borib, ism-sharifingizni aytasiz, kitobni olasiz va foydalanasiz. 📖 Buning uchun siz yuqoridagi yoʻriqnomadan foydalanishingiz mumkin. ⏳ Universitet Axborot-resurs markazi sizning vaqtingizni qadrlaydi! Bizni tarmoqlarda kuzating👇 Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.