Adpi.uz | Rasmiy kanal
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz ✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz ✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz ✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz ✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz ©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati Murojaat uchun: @adpiuzbot
Показати більше📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу Adpi.uz | Rasmiy kanal
Канал Adpi.uz | Rasmiy kanal (@adpiuz) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 12 645 підписників, посідаючи 15 771 місце в категорії Освіта та 6 240 місце у регіоні Узбекистан.
📊 Показники аудиторії та динаміка
З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 12 645 підписників.
За останніми даними від 03 вересня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 1 215, а за останні 24 години на 48, загальне охоплення залишається високим.
- Статус верифікації: Не верифікований
- Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 32.43%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 21.74% реакцій від загальної кількості підписників.
- Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 4 089 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 2 741 переглядів.
- Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 9.
📝 Опис та контентна політика
Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
“✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz
©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
Murojaat uchun: @adpiuzbot”
Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 04 вересня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Освіта.
Триває завантаження даних...
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 04 вересня | +37 | |||
| 03 вересня | +51 | |||
| 02 вересня | +82 | |||
| 01 вересня | +11 |
| 2 | 📢 RASMIY XABAR: 2026/2027-O‘QUV YILIDA DARS MASHG‘ULOTLARINING BOSHLANISH MUDDATLARI
Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida talabalar uchun dars mashg‘ulotlarining boshlanish muddatlari quyidagicha belgilandi.
🎓 KUNDUZGI TA’LIM
🔹 1-bosqich talabalari — 7-sentyabrdan, soat 08:30 da;
🔹 3-bosqich talabalari — 14-sentyabrdan, soat 08:30 da;
🔹 2- va 4-bosqich talabalari — 14-sentyabrdan, soat 13:30 da dars mashg‘ulotlarini boshlaydi.
🌙 KECHKI TA’LIM
🔹 1-bosqich talabalari — 7-sentyabrdan, soat 16:30 da;
🔹 Yuqori bosqich talabalari — 14-sentyabrdan, soat 16:30 da dars mashg‘ulotlarini boshlaydi.
📚 SIRTQI TA’LIM
🔹 3- va 4-bosqich talabalari uchun o‘quv jarayonlari — 5-oktyabrdan;
🔹 5-bosqich talabalari uchun — 2-noyabrdan boshlanadi.
🔄 DUAL TA’LIM
Dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun dars mashg‘ulotlarining boshlanish muddati va tashkil etilish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube | 123 |
| 3 | ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA YUTUQLARGA ERISHGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHI VA TALABALAR TAQDIRLANDI
Bugun, 4-sentyabr kuni Andijon davlat pedagogika institutida institut rektori Baxtiyor Rasulov raisligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilish doirasida ta’lim, ilm-fan va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida munosib natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar taqdirlandi.
Dastlab, davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan, ilmiy unvonlarga erishgan professor-o‘qituvchilar, xalqaro olimpiadalarda munosib ishtirok etgan professor-o‘qituvchi va talabalar, shuningdek, xorijiy va xalqaro malaka oshirish dasturlarida faol qatnashib, kasbiy tajribasini boyitgan institut vakillari alohida e’tirof etildi.
Institut rektori Baxtiyor Rasulov taqdirlanganlarni erishgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etib, ularning muvaffaqiyatlari nafaqat shaxsiy natija, balki institut jamoasining umumiy salohiyati, ta’lim sifati va ilmiy muhitining yuksalib borayotganidan dalolat ekanini ta’kidladi. Ayniqsa, davlat mukofotlari bilan taqdirlangan professor-o‘qituvchilarning ko‘p yillik samarali mehnati, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan munosib hissasi, ilmiy-pedagogik faoliyatdagi fidoyiligi yuksak e’tirofga loyiq ekani qayd etildi.
Shuningdek, ilmiy unvonlarga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy izlanishlari, tadqiqot natijalari va pedagogik faoliyati institut ilmiy salohiyatini mustahkamlashda muhim o‘rin tutayotgani alohida ta’kidlandi. Ularning erishayotgan natijalari yosh tadqiqotchilar va talabalar uchun ham munosib namuna bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.
Tadbir davomida xalqaro olimpiadalarda institut sharafini munosib himoya qilgan professor-o‘qituvchilar va talabalar ham taqdirlandi. Ularning bilim, salohiyat va intellektual imkoniyatlarini xalqaro maydonda namoyon etayotgani institutda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy-ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlarning amaliy natijasi sifatida e’tirof etildi.
Bundan tashqari, xalqaro va xorijiy malaka oshirish dasturlarida ishtirok etgan professor-o‘qituvchilarning tajribasi ham alohida qadrlanib, ilg‘or xorijiy tajriba, zamonaviy pedagogik metodlar va innovatsion yondashuvlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish institut rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Taqdirlash marosimi davomida faol va tashabbuskor professor-o‘qituvchi hamda talabalarga institut rahbariyati tomonidan munosib e’tirof bildirilib, ularning kelgusidagi ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Institut rektori o‘z so‘zida erishilgan har bir yutuq ortida katta mehnat, izlanish va mas’uliyat mujassam ekanini qayd etib, kelgusida ham professor-o‘qituvchilar va talabalarni respublika hamda xalqaro miqyosdagi tanlovlar, olimpiadalar, ilmiy loyihalar, malaka oshirish va stajirovka dasturlarida faol ishtirok etishga chaqirdi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 1 906 |
| 4 | ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA YUTUQLARGA ERISHGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHI VA TALABALAR TAQDIRLANDI

🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 1 469 |
| 5 | ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA YUTUQLARGA ERISHGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHI VA TALABALAR TAQDIRLANDI

🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 1 501 |
| 6 | ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Bugun, 4-sentyabr kuni Andijon davlat pedagogika institutida institut rektori Baxtiyor Rasulov raisligida 2026/2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan institut Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari ishtirok etdi.
Dastlab institut rektori Baxtiyor Rasulov yangi 2026/2027-o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish, ta’lim jarayonining sifat va samaradorligini yanada oshirish, talabalarga zamonaviy va munosib ta’lim muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda oldinda turgan muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati atroflicha muhokama qilinib, o‘quv jarayonlarini tasdiqlangan rejalar asosida tizimli tashkil etish, auditoriyalar va ta’lim infratuzilmasining tayyorgarligini ta’minlash, dars mashg‘ulotlarining sifatli va samarali olib borilishiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, yangi o‘quv yilida institut oldiga qo‘yilgan strategik maqsad va rejalar, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy va kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Alohida e’tibor qaratilgan masalalardan biri professor-o‘qituvchilarning xorijiy stajirovkalarda ishtirokini kengaytirish bo‘ldi. Institutning xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlash, pedagog kadrlarning nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda tajriba almashishi, malaka oshirishi hamda o‘zlashtirilgan ilg‘or tajribalarni institut faoliyatiga tatbiq etishi bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Rektor tomonidan professor-o‘qituvchilarni xorijiy stajirovka va malaka oshirish dasturlariga maqsadli jalb etish, xalqaro hamkor tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni kengaytirish, mavjud imkoniyat va grant dasturlaridan samarali foydalanish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga, ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro va mahalliy ilmiy loyihalarda faol ishtirok etish, professor-o‘qituvchilarning nufuzli ilmiy nashrlardagi faolligini kuchaytirish, yosh pedagog va tadqiqotchilarni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish masalalariga ham alohida urg‘u berildi.
Yig‘ilishda talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishi bilan bir qatorda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yaxshilash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va loyihalarini rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi.
Institut rektori har bir rahbar va mas’ul xodim yangi o‘quv yiliga belgilangan vazifalarning ijrosiga mas’uliyat bilan yondashishi, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda yangicha tashabbus va yondashuvlarni namoyon etishi zarurligini alohida qayd etdi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 1 810 |
| 7 | Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.
Batafsil — yuqoridagi #infografikada
Facebook|Instagram|X | 1 683 |
| 8 | INSTITUT PROFILAKTIKA INSPEKTORI MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI ESDALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur e’tirof mamlakatimizning iqtisodiy qudratini oshirish, tadbirkorlik va xususiy sektorni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi farovonligini yuksaltirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatayotgan, shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash hamda Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan vatandoshlarimizga berildi.
Quvonarlisi, taqdirlanganlar safida Andijon davlat pedagogika instituti profilaktika inspektori, podpolkovnik Qodirov Bahodir Adiljonovich ham bor.
Bahodir Qodirovning jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, talaba-yoshlar o‘rtasida qonuniylik va huquqiy madaniyatni mustahkamlash, ularning osoyishta va xavfsiz ta’lim olishi uchun munosib sharoit yaratish yo‘lidagi fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi.
Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Bahodir Adiljonovichni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va yangi zafarlar tilaydi!
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 3 365 |
| 9 | 🟥🟥🟥🟩🟩🟩
📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet;
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32;
🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
➡️Tanlov nizomini o‘qish
Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang. | 2 289 |
| 10 | 🔹🔹🔹🔹
🔻Payshanba – “Yoshlar kuni”da oliy ta’lim tashkilotlarida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda.
♦️“Dolzarb 90 kun” dasturi hamda payshanba – “Yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida qator ma’naviy-ma’rifiy, intellektual hamda ijodiy tadbirlar tashkil etildi.
• Urganch davlat pedagogika instituti
• Buxoro davlat universiteti
• Andijon qishlo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
• Guliston davlat universiteti
• Urganch davlat universiteti
• Andijon davlat universiteti
• Jizzax davlat pedagogika universiteti
• Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti
• Andijon davlat chet tillari instituti
• Andijon davlat texnika instituti
• O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
• Guliston davlat universiteti
• Urganch innovatsion universiteti
• Guliston davlat pedagogika instituti
• Xalqaro innovatsion universiteti
• Guliston davlat pedagogika instituti
• Andijon davlat pedagogika instituti
• Andijon davlat chet tillari instituti
• Andijon davlat texnika instituti
• Qo‘qon davlat universiteti
• O‘zbekiston davlat milliy estrada san’ati instituti
• Buxoro davlat universiteti
• O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
• Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
• Guliston davlat universiteti
• Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti
• Termiz davlat pedagogika instituti
✅ “Dolzarb 90 kun” – bu shunchaki 90 kunlik vaqt oralig‘i emas, balki yoshlarning iste’dodi va salohiyatini namoyon etish, yangi g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish, o‘z ustida ishlash hamda katta maqsadlar sari dadil qadam tashlash uchun yaratilgan imkoniyatlar davridir.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram | 2 731 |
| 11 | 🟦🟦
MAGISTRATURA 1-BOSQICH TALABALARI DIQQATIGA!
Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili magistratura bosqichiga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2026-yil 7-sentabr kuni boshlanadi.
🕜 Kunduzgi ta’lim — soat 13:30
🕟 Kechki ta’lim — soat 16:30
Barcha magistratura 1-bosqich talabalaridan belgilangan vaqtda dars mashg‘ulotlarida ishtirok etishlari so‘raladi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 3 715 |
| 12 | 📢 E’LON!
DUAL TA’LIMGA TALABALIKKA TAVSIYA ETILGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun dual ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 2026-yil 5-sentabr kuni soat 08:30 da institutga kelishlari so‘raladi.
📌 Abituriyentlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari lozim:
Pasportning asl nusxasi;
Natija qayd varaqasi.
Ma’lumot uchun: dual ta’lim shaklida o‘quv jarayoni “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishida tashkil etilib, ta’lim jarayonining bir qismi pedagogika oliy ta’lim tashkilotida, asosiy amaliy qismi esa maktabgacha ta’lim tashkilotida olib boriladi.
❗️Belgilangan vaqtda talab etilgan hujjatlar bilan kelishingizni so‘raymiz.
🗺Manzil: Andijon shahar, do'stlik ko'chasi 4-uy (🚕20 yo'nalishdagi damaslar qatnaydi)
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 5 704 |
| 13 | Andijon davlat pedagogika institutiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish bo‘yicha suhbat tashkil etildi
Andijon davlat pedagogika institutida xorijiy fuqarolarni ta’limga qabul qilish jarayonini yanada samarali va qulay tashkil etish maqsadida “Study in Uzbekistan” platformasi orqali hujjat topshirgan xorijiy fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida institutning Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sultonov Ismoiljon hamda Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi mudiri Usmonova Umida ishtirok etdi.
Nomzodlar bilan yakka tartibda o‘tkazilgan suhbatlar davomida ularning institutda tahsil olishga bo‘lgan qiziqishi, tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha rejalari, bilim va ko‘nikmalari, shuningdek, xorijiy tillarni bilish darajasi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, talabgorlarning kelgusidagi ilmiy va kasbiy maqsadlari ham o‘rganildi.
Mazkur suhbat xorijiy fuqarolarni Andijon davlat pedagogika institutiga qabul qilish jarayonining ochiqligi, shaffofligi va zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilayotganini ko‘rsatadi.
Institutda xorijiy talabalarni jalb etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ta’lim xizmatlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube | 3 732 |
| 14 | #mandat #magistratura #qabul2026
⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi
2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 4 701 |
| 15 | TTJ bilan ta’minlash shtabi faoliyati davom etmoqda
2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi arafasida Andijon davlat pedagogika institutida talabalarni yotoqxonaga joylashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Institutda tashkil etilgan TTJ bilan ta’minlash shtabi mas’ullari uzoq hududlardan keladigan talabalarning turar joy bilan ta’minlanishini ta’minlash maqsadida kecha-yu kunduz faoliyat yuritmoqda.
Shtab a’zolari tomonidan:
-Talabalar arizalarini qabul qilish;
-Hujjatlarni tartibga solish;
-Joylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
-Yotoqxonalarda qulay shart-sharoitlarni yaratish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur jarayonning shaffof va adolatli tashkil etilishini ta’minlash maqsadida barcha bosqichlar qat’iy nazorat ostida amalga oshirilmoqda. Institut rahbariyati talabalarning yangi o‘quv yilini qulay va xavfsiz sharoitlarda boshlashi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
📌 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qaroriga muvofiq, talabalar turar joylariga joylashish bo‘yicha arizalar my.gov.uz portalidagi ushbu havola orqali qabul qilinadi. Reglament asosida avvalo imtiyoz va ustuvorlikka ega bo‘lgan talabalar qabul qilinadi.
#Talabaga_qulaylik
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube | 4 142 |
| 16 | ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “MUSTAQILLIK SOATI” O‘QUV-SEMINAR TRENINGI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Andijon davlat pedagogika institutida fakultet dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirokida “Mustaqillik soati” o‘quv-seminar treningi tashkil etildi.
Mazkur seminar-treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mustaqillikning tarixiy ahamiyati, yurtimizda o‘tgan yillar davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va erishilgan yutuqlar mazmun-mohiyatini chuqur anglash, shuningdek, ushbu tushunchalarni talaba-yoshlar orasida samarali targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida mamlakatimizning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida ro‘y bergan ulkan o‘zgarishlar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida atroflicha fikr yuritildi.
Shuningdek, yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy qadriyatlarimizga hurmat, yurt taqdiriga daxldorlik va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar-trening jarayonida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashib, talaba-yoshlar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni mazmunan boyitish, “Mustaqillik soati” mashg‘ulotlarini zamonaviy va ta’sirchan usullarda tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiya va tushunchalarga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida mustaqillik — xalqimizning bebaho ne’mati, bugungi tinch va farovon hayotimiz hamda kelajak taraqqiyotimizning mustahkam poydevori ekani yana bir bor ta’kidlandi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube | 3 718 |
| 17 | 🔹🔹🔹🔹
🇺🇿 Bilimlar kunida yangi o‘quv yiliga ezgu tilaklar bilan qadam qo‘yildi.
🌠 Bilimlar kuni tadbirlarida oliy ta’lim tashkilotlari rektor va prorektorlari ham ishtirok etib, maktab o‘quvchilarini yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdilar. Ularga mustahkam sog‘liq, beg‘ubor va quvonchli bolalik, o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar hamda a’lo baholar tilab, kelajakdagi ezgu maqsadlari sari dadil va ishonch bilan qadam tashlashlarini aytib o‘tdilar.
• Urganch davlat universiteti
• Andijon davlat texnika instituti
• Namangan davlat pedagogika instituti
• Buxoro davlat universiteti
• Farg‘ona davlat universiteti
• Nukus davlat pedagogika instituti
• Urganch davlat pedagogika instituti
• Jizzax politexnika instituti
• Jizzax davlat pedagogika universiteti
• Samarqand davlat pedagogika instituti
• Buxoro davlat pedagogika instituti
• Andijon davlat tibbiyot instituti
• Namangan davlat texnika universiteti
• Buxoro davlat tibbiyot instituti
• Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
• Andijon davlat pedagogika instituti
• Andijon davlat universiteti
✅ Yangi o‘quv yili – yangi maqsadlar, yangi izlanishlar va yangi imkoniyatlar fasli. Bugun ta’lim maskanlarida yangragan ezgu tilaklar ertangi kunning katta yutuqlariga zamin bo‘lsin. Har bir o‘quvchi va talaba-yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishi, har bir ustozning fidokorona mehnati va har bir ta’lim dargohidagi bunyodkor muhit yurtimiz kelajagining yanada porloq bo‘lishiga xizmat qilsin.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram | 2 619 |
| 18 | 2027-YIL UCHUN DOKTORANTURA VA STAJYOR-TADQIQOTCHILIKKA QABUL KVOTALARI TASDIQLANDI
Andijon davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2027-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalari belgilandi.
Tasdiqlangan kvotalarga ko‘ra, institutga jami 26 ta o‘rin, jumladan:
🔹 Doktorantura (DSc) — 3 ta;
🔹 Tayanch doktorantura (PhD) — 21 ta;
🔹 Stajyor-tadqiqotchilik — 2 ta o‘rin ajratilgan.
Qabul bioorganik kimyo, umumiy genetika, O‘zbekiston tarixi, etnografiya, etnologiya va antropologiya, ijtimoiy falsafa, o‘zbek tili va adabiyoti, xorijiy tillar va adabiyoti, pedagogika, ta’lim va tarbiya metodikasi, jismoniy tarbiya va sport, maktabgacha ta’lim, ijtimoiy pedagogika hamda psixologiya yo‘nalishlariga oid qator ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha amalga oshiriladi.
📅 Hujjatlar 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar qabul qilinadi.
Talabgorlar hujjatlarini Yagona elektron tizim — daraja.ilmiy.uz platformasi orqali elektron shaklda topshirishlari mumkin.
Talabgorlarni baholashda mutaxassislik fanini bilish darajasi, dissertatsiya tadqiqotining tayyorlik holati, ilmiy nashrlar va tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi, mavzuning dolzarbligi hamda savollarga professional va aniq javob berish kabi mezonlar inobatga olinadi.
🎓 Ilm-fan yo‘lini tanlagan, yangi ilmiy izlanish va natijalar sari intilayotgan barcha talabgorlarni Andijon davlat pedagogika institutida ilmiy faoliyat olib borishga chorlaymiz!
Batafsil: https://adpi.uz/news/news-detail?id=3098&lang=uz
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 3 526 |
| 19 | Yangi o‘quv yiliga ezgu tilaklar bilan start berildi
Bugun, 2-sentabr kuni yurtimiz bo‘ylab ta’lim muassasalarida 2026/2027-o‘quv yili boshlandi. Bilim maskanlarida ilk qo‘ng‘iroq sadolari yangrab, yangi o‘quv yiliga tantanali ravishda start berildi.
Andijon davlat pedagogika instituti rahbariyati vakillari ham hududdagi biriktirilgan texnikumlarda tashkil etilgan “Bilimlar kuni” tadbirlarida ishtirok etdi.
Tadbirlar davomida institut prorektorlari tomonidan ta’lim muassasalari jamoasi, pedagoglar, o‘quvchilar va ota-onalar yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llangan tabrik so‘zi yig‘ilganlarga o‘qib eshittirildi.
Bayramona tadbirlarda yangi o‘quv yilining boshlanishi, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi hamda kelajakda munosib mutaxassis bo‘lib yetishishi yo‘lidagi ezgu maqsadlar alohida ta’kidlandi.
Ayniqsa, ta’lim muassasalariga ilk bor qadam qo‘ygan o‘quvchilarning quvonchi, ustoz va murabbiylarning samimiy tilaklari bayram tadbirlariga o‘zgacha ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube | 3 995 |
| 20 | 📢 RASMIY XABAR: 2026/2027-O‘QUV YILIDA DARS MASHG‘ULOTLARINING BOSHLANISH MUDDATLARI
Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida talabalar uchun dars mashg‘ulotlarining boshlanish muddatlari quyidagicha belgilandi.
🎓 KUNDUZGI TA’LIM
🔹 1-bosqich talabalari — 7-sentyabrdan, soat 08:30 da;
🔹 3-bosqich talabalari — 14-sentyabrdan, soat 08:30 da;
🔹 2- va 4-bosqich talabalari — 14-sentyabrdan, soat 13:30 da dars mashg‘ulotlarini boshlaydi.
🌙 KECHKI TA’LIM
🔹 1-bosqich talabalari — 7-sentyabrdan, soat 16:30 da;
🔹 Yuqori bosqich talabalari — 14-sentyabrdan, soat 16:30 da dars mashg‘ulotlarini boshlaydi.
📚 SIRTQI TA’LIM
🔹 3- va 4-bosqich talabalari uchun o‘quv jarayonlari — 5-oktyabrdan;
🔹 5-bosqich talabalari uchun — 2-noyabrdan boshlanadi.
🔄 DUAL TA’LIM
Dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun dars mashg‘ulotlarining boshlanish muddati va tashkil etilish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube | 2 476 |