fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید 👈

XosDars

XosDars

رفتن به کانال در Telegram

Marhamat, tolibi ilm va oxirat g'amidagilar uchun foydali ilm. Manbani ko‘rsatib oling!

نمایش بیشتر
1 084
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-17 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

کانال‌های مشابه
ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
اکتبر '26
اکتبر '26
+13
در 0 کانال‌ها
سپتامبر '26
+48
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '26
+56
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '26
+68
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '26
+95
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مه '26
+68
در 1 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '26
+83
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '26
+100
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '26
+75
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '26
+86
در 2 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '25
+70
در 1 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '25
+57
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '25
+88
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '25
+79
در 1 کانال‌ها
Get PRO
اوت '25
+165
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '25
+76
در 4 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '25
+73
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مه '25
+63
در 3 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '25
+56
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '25
+119
در 1 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '25
+58
در 2 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '25
+56
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '24
+105
در 3 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '24
+62
در 4 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '24
+64
در 3 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '24
+174
در 1 کانال‌ها
Get PRO
اوت '24
+194
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '24
+176
در 3 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '24
+175
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مه '24
+282
در 5 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '24
+283
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '24
+352
در 6 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '24
+321
در 2 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '24
+442
در 6 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '23
+463
در 8 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '23
+366
در 7 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '23
+323
در 3 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '23
+115
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '23
+173
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '23
+98
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '23
+80
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '23
+73
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '23
+113
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '23
+123
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '23
+127
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '23
+123
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '22
+78
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '22
+78
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '22
+107
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '22
+131
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '22
+162
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '22
+154
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '22
+103
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '22
+101
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '22
+214
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '22
+182
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '22
+186
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '22
+479
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '21
+329
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '21
+725
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '21
+559
در 0 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
10 اکتبر+1
09 اکتبر0
08 اکتبر+2
07 اکتبر+1
06 اکتبر+1
05 اکتبر+4
04 اکتبر+1
03 اکتبر+1
02 اکتبر+2
01 اکتبر0
پست‌های کانال
#fikr_yuriting 85 #dolzarb Pulimizni begonaga bekorga bermaymiz-u, lekin qimmatli vaqtimizni behuda narsalarni koʻrib beryapmiz. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan, Rasululloh ﷺ dedilar: «Ikki ne’mat borki, ko‘p odamlar ulardan foydalanishda aldanib, ziyon ko‘radilar: sog‘lik va bo‘sh vaqt». [Sahih al-Buxoriy, - 6412] Sharhidan: Ushbu hadisda insonning ibodat va toatga vaqt ajratishi uchun sog‘lik va bo‘sh vaqt naqadar muhim ekani bayon qilingan. Inson ba’zan sog‘lom bo‘ladi, ammo tirikchilik tashvishlari bilan bandligi sababli ilm olish va ibodatga vaqt topolmaydi. Ba’zan esa vaqti bo‘ladi, lekin sog‘lig‘i bunga imkon bermaydi. Kimga sog‘lik va bo‘sh vaqt ne’matlari berilgan bo‘lsa-yu, u bu imkoniyatlardan foydalanmay, ibodatlarda sustkashlik qilsa, savdo-sotig‘ida zarar ko‘rgan kishi kabi ziyon ko‘radi. Chunki vaqt o‘tib ketadi, sog‘lik esa o‘zgaradi. Inson bugun qodir bo‘lgan amalni ertaga bajarishga qodir bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun bu hadis bizni sog‘lik va bo‘sh vaqt kabi ne’matlarni qadrlashga hamda ularni Alloh rozi bo‘ladigan ishlarga sarflashga undaydi. #foyda * Sog‘lik — ibodat uchun katta imkoniyat. Uni oxiratga foydali amallarga sarflang. * Bo‘sh vaqt — undan hali soʻralamiz. Uni behuda mashg‘ulotlar bilan o‘tkazib yubormaslik lozim. Ne’matni qadrlash — undan to‘g‘ri foydalanishdadir * Kechiktirish xavfli. Yaxshi amalni doim keyinga qoldirish insonni katta foydadan mahrum qilishi mumkin. Xulosa sizdan... @xosdars ulashing

2
#fikr_yuriting 84 #dolzarb RAHBAR ERKAK SIFATIDAN Erning oʻz ayoliga dinni oʻrgatishga, unga sharʼiy masalalarda ustozlik qilishi – uning oilasiga boʻlgan haqiqiy gʻamxoʻrligi va muhabbatining belgisidir. Bunday oilada munosabatlar faqat his-tuygʻularga emas, balki Allohning roziligi koʻzlangan maʼnaviy bogʻliqlikka asoslanadi. Natijada, er va xotin oʻrtasidagi rishtalar yanada mustahkamlanib, uyda ilohiy baraka va xotirjamlik boʻladi. Bu kabi munosabatlar oilani nafaqat bir maskan, balki ilm va taqvo oʻrgatiladigan muqaddas dargohga aylantiradi. Bugungi kunda koʻplab tolibi ilmlar uchun ibratli, ammo afsuski, koʻp hollarda eʼtibordan chetda qolayotgan oʻta nozik va muhim bir haqiqat bor; moʻmin tashqari jamiyatda daʼvat bilan mashgʻul boʻlib, boshqalarga ilm ulashib, soatlab dars berishi mumkin, ammo shu daʼvat va ilmning eng yaqin, eng haqdor manzil boʻlgan oʻz uyidagilariga ulashmasaya.. Bu oʻziga xos bir gʻaflatdir. Necha yillar davomida turmush qurilgan boʻlsa-da, ayolning oʻz eridan diniy saviyasini oshirishda foydalana olmagani bu erning oilaviy burchidagi katta boʻshliqdir. Tolibi ilm zimmasidagi masʼuliyat faqat oʻz ilmiy darajasini oʻstirish emas, balki oilasini ham ilm bilan ziynatlashdir. Agar u ayoliga vazifa berib, u bilan birgalikda dars qilmasa, yoki ayolini ilmli ayollar jamoasiga bogʻlab, taʼlim olishi uchun sharoit qilmasa, demak, u oʻz xonadonidagi «tarbiya madrasasi»ni eʼtiborsiz qoldirgan boʻladi. Farzandlarini ertalabdan kechgacha tarbiyalab, oilaning maʼnaviy iqlimini shakllantirayotgan AYOL > erining eng yaqin hamkori va ilm berishga munosibidir. AYOLning ilmdan bebahra qolishi kelajak avlodning ham maʼrifatsiz qolishi degani. Haqiqiy tolibi ilm oʻz daʼvatini uyidan, oʻz oilasidan boshlaydi. Uydagi «madrasa» ayolning ilmi va taqvosi bilan obod boʻlsagina, undan chiqayotgan tarbiya YORQIN boʻladi. Er oʻz ayolining ilm olishiga sharoit qilib, unga ustozlik qilishi nafaqat oilaviy munosabatlarni mustahkamlaydi, balki ularning oxiratdagi darajalarini ham yuksaltiradi. Oila ilm va amal birlashadigan dargoh boʻlishi, u yerda har ikki tomon bir-birini tushunishi kerak emasmi?! Iblis ayol tuygʻusi bilan oʻynashib, janjal chiqaradi... Shu bois bu masʼuliyat toʻliq erkak kishining zimmasidadir. U yo oʻzida mavjud boʻlgan ilmni ayoliga taʼlim berish bilan mashgʻul boʻlishi yoki yaxshi ustozaga yoʻllab qoʻyishi, dars qila olishiga vaqt berishi lozim. Ayolning qalbiga diniy ozuqa berish erning zimmasidagi eng muhim vazifalardan biridir. Qisqasi: Allohga yaqinlashtiradigan va johilligimizni ketkazadigan foydali ilm olsakkina oʻzimiz va atrofdagilarni, biiznillah isloh qilamiz. Vallohu a'lam.
92
3
"Har bir narsaga olib boruvchi yoʻl boʻladi. Ayrim yoʻllar qisqa, ayrim yoʻllar uzoq va mashaqqatli, ayrim yoʻllar adashtirib halokatga olib boruvchidir. Allohga olib boruvchi qisqa va salomat yoʻl Qurʼon va sunnatni sahobalar tushunganlaridek tushunib amal qilishdir. Shayx Abdulaziz Islomiy hayot kechirishni istagan va munosib juft izlayotgan opa-singillarimizga murojaat; Solih deb, bilgan ishonchli birodarlar bor, directga yozing 📝. Erkak va ayol adminlar bor.
85
4
#fikr_yuriting 83 #iymonlashamiz 1 #dolzarb "Men bir kishini bilaman: u 1000 riyol sadaqa qildi, lekin hozirgacha uning o‘n baravarini topmadi. Yana biri go‘zal bir ayolga qaramay ko‘zini yumdi, lekin unga teng keladigan juft topa olmadi. 3-si; onasiga katta yaxshilik qildi, lekin boy bo‘lmadi. 4-si; namozga doimiy bo‘ldi, lekin ish topa olmadi. 5-si; harom ishini tark etdi va moliyaviy qiyinchilikka duch keldi. Balki bularning hammasini so‘zma-so‘z bilmasman, ammo bu albatta voqelikda mavjud, aksini aytadigan qissalar esa istisnoga yaqinroqdir. - Oxirgi vaqtlarda domlalar va ba’zi da'vatchilarning tilida itoatga undash va gunohdan ogohlantirishda amal qilish yoki og‘ishning moddiy va seziladigan natijalarini zikr qilish ko‘p uchramoqda. Bu borada ikki eslatmani o‘ylab ko‘rish zarur: 1. Ibn Taymiya, rahimahulloh aytadi:«Amalda qalbingda halovat va ochiqlik (inshiroh) topmasang, uni ayblab ko‘r, chunki Rabbim taolo shukur qiluvchidir (amalga savob beruvchidir).» Ibn Qayyim rahimahulloh izoh beradi: «Ya’ni, Alloh amal qiluvchini amali uchun dunyoda ham albatta mukofotlaydi: qalbida topadigan halovat, ko‘ngil kengligi va ko‘z quvonchi bilan. Qaerda bularni topmasa, uning amalida nuqson bor.» Natijada bilamizki: - Itoatning dunyoviy ajri ham bor. - Bu savob ruhiy bo‘lib, amal qiluvchi uni qalbida o‘ziga xos zavq bilan his etadi. Buni Alloh taoloning quyidagi so‘zi ham tasdiqlaydi: «Zulm ko‘rgаnlаridаn so‘ng Аllоh uchun diyorlаrini tаrk etib, hijrаt qilgаn kishilаrni Biz bu dunyodа yaхshi jоylаrgа jоylаshtirаmiz. Аlbаttа, охirаtdаgi аjr undаn hаm kаttаrоqdir, zero, ulаrning охirаtdаgi sаvоblаri Jаnnаtdir. Аgаr hijrаtdаn qоlib ketgаn kishilаr Аllоh yo‘lidаgi hijrаt uchun Аllоh huzuridаgi аjru sаvоblаr miqdоri qаnchаlik ko‘pligini аniq bilishgаnidа hech hаm hijrаtdаn qоlib ketmаgаn bo‘lаrdilаr..» Bu Nahl/ 41-oyat tafsiri asosan sahobalar haqida nozil bo‘lgan. Ma’lumki, ularning ba’zilari o‘ldirilgan, ba’zilari kambag‘al holda vafot etgan. Bu dunyodagi «hasana» (go‘zallik) ne’mat va boylik kabi narsalar emas, balki rozilik, xotirjamlik va iymon halovatidir, degan ma’noni bildiradi. 2. Bu gap itoatlardan keladigan moddiy foydani yoki dunyoviy naf va gunohlardan kelib chiqadigan dunyoviy buzilish va kamchilikni mutlaq inkor qilmaydi. « Ey Pаyg‘аmbаr, аgаr ulаr Tаvrоt vа Injildа bo‘lgаn hukmlаrgа vа sizgа nоzil qilingаn Qur’оngа аmаl qilishgаndа edi, hаmmа tаrаfdаn rizqlаngаn bo‘lishardi. Biz ulаrgа yomg‘irni yog‘dirib, o‘simliklаrni undirib-o‘stirib bergаn bo‘lаr edik. Bu esа dunyodаgi mukоfоtdir. Аhli kitоbdаn bir tоifаsi mo‘tаdil vа hаqdа sоbitqаdаm bo‘ldi, lekin ulаrdаn ko‘plаri yomоn ishlаrni qildilаr vа to‘g‘ri yo‘ldаn аdаshib ketdilаr..» [Moida/66-oyat]. Asarlarda zino kambag‘allikni keltirishi, sadaqa moldagi barakadir, va hokazo kelgan. Nafslarning yaratuvchisi ularning zaifligini va shoshilinch (dunyoviy) narsaga o‘ta ochko‘zligini biladi, shuning uchun ba’zan bandaga dunyoning arzimas narsasidan ochib beradi, bu unga itoatni davom ettirishda yordam bo‘ladi. Xuddi Rasululloh ﷺ ga oʻshanda «muallafatul-qulub»larga (qalblari islomga moyil qilinadiganlarga) ularning qalblarini Islomga kirishga kuchaytiradigan mol berish shar’an joiz qilingani kabi. ❗️Biroq bundagi xato — globallashuv holatlariga ta’sirlanish, kapitalistik kayfiyatning hukmronligi va aniq(реальный) dunyoviy savobga e’tiborni cheklash yoki bunda chuqur ketishdadir. Bu ibodatning asosiga putur yetkazadi, chunki ubudiyyat Alloh huzuridagi narsaga rag‘bat va rahbat (umid va qo‘rquv) ustunlariga tayanadi. Bu dunyoga bog‘lanishni mustahkamlaydi va oxirat savobiga yaqin(aniq ishonch)ni zaiflashtiradi. - Muhim nuqta shuki, ixlosli, Alloh amriga qoim mo‘min o‘z ruhida topadigan halovat, to‘liq rozilik, yaqin va qalbining Allohga muhabbat hamda ulug‘lashga to‘lishi odamlar zikr qiladigan har qanday ne’matdan va yo‘q bo‘ladigan har qanday evazdan yaxshiroq ekanidan g‘ofil bo‘lishdir. Bu ulugʻ qalbiy darajalarni deyarli ta’riflab bo‘lmaydi va ularni faqat tatib ko‘rgan kishi biladi." [Abdulloh al-Vuhaybiy] @xosdars tarqating
120
5
#dolzarb Shu yoshga chiqib, Nimadir unutmadikmi⁉️ Balki Tavfiq(yaxshilikka yoʻlingiz ochilishi) Allohdan ekanini Farzandingiz solix, yaxshi va muvaffaqiyali insonlardan boʻlsa — bu sizning oʻta zoʻr ota boʻlganingiz uchun emas, balki bu — Alloh uni hidoyat qilgani va sizga ham, farzandingizga ham qilgan lutfidandir. Xotiningiz sizni yaxshi koʻrib, rozi boʻlib, itoat qilib yashasa — bu sizning jozibador, barcha ayollarni maftun qiluvchi eng zoʻr erkak boʻlganingiz uchunmas, balki bu — Allohning lutfi boʻlib, u ayolingizning qalbiga muhabbatni soldi va sizdagi baʼzi nuqsonlarni, boshqa ayollar oʻz erlarida koʻrsa toqat qilolmaydigan holatda, u qabul qildi. Ishda rahbaringiz yoki hamkasblaringiz oldida obroʻingiz yuqori boʻlsa — bu sizning eng aqlli xodim ekanligingiz yoki odamlar bilan muomalani eplab tashlaganligingiz uchun emas, balki bu — Alloh sizning yashirin gunoh va xatolaringizni oʻzgalardan berkitgani va ehtimol, ota-onangiz qilgan duolarning samarasidir. Baʼzan biz bularni unutamiz va neʼmatlarni nafsimizga nisbat bera boshlaymiz. Natijada Alloh bizni oʻz nafsimizga topshirib qoʻyadi… Unda esa — toʻgʻri deb qilganimiz egriga, yaxshi deb bilganimiz yomonga aylanadi. Siz Nuh alayhissalomdan afzal emassiz va Allohga unchalik yaqin ham emassiz… Shunga qaramay, uning uyida u bilan bir umr birga yashagan boʻlsa ham uning xotini adashdi. Uning farzandi ham, u qancha urinishlar qilganiga qaramay, halokatga yuz tutdi! Siz Allohning nazdida Lut alayhissalomdan aziz emassiz… U kishi amallari sabab jannat ahlidan boʻlgan boʻlsa-da, xotini doʻzax ahli boʻlishda qatiy turdi. Biz hammamiz muhtoj va nochor bandalarmiz… Alloh Oʻz qazo va qadari orqali bizda irodasini amalga oshiradi. Lekin bizga sabablardan aqllarimiz koʻtara oladiganinigina koʻrsatadi. Ammo… Baʼzi solih, yashirin gunohlardan saqlangan kishilar, bolalari tarbiyasida musibatga uchragan kishilarga mensimasdan qarashadi — goʻyoki ular bilganni bular bilmaydi, ular qilganni bular qila olmaydi,bu xatarli alomatdir. Bu — qalblarini poklamaganlik belgisidirdir! Hidoyat, haqni qabul qila olishlik, rizq va solihlik — bularning barchasi osmondan kelgan, faqatgina Allohning pok neʼmatlaridir,biz esa shunchaki zohiriy sababchimiz, xolos. Baʼzi insonlarning soʻzlari va oʻzini tutishida yashirin ujb-oʻz amalini yaxshi sanashlikni koʻrib qolamiz, masalan, bir doʻstining qizining hulqi bundayroq boʻlsa, qoʻshnisining xotini oʻtkirroq chiqsa, qarindoshining oʻgʻli gunohlar bilan tanilsa, ular haqida gapirar ekan, oʻzini va oʻz oilasini ulardan yuksak qoʻyadi. Goʻyoki hidoyat uning choʻntagida-yu, xohlaganiga berib yurgandek! Biz Allohsiz hech narsamiz! Agar Alloh Ibrohim alayhissalomga oʻz lutfini bermaganida edi, u غلام عليم- “ilmli bola”ga ega boʻlmas edi. Albatta, oilangiz solih boʻlishi uchun mehnat qilishingiz, tarbiya berishingiz va ularga yaxshilik bilan muomala qilishingiz zarur. Lekin bilib qoʻying — siz bir sababchisiz, xolos. Va bu sababchiligingiz muvaffaqiyatli boʻladimi-yoʻqmi, bu sizga emas, Parvardigoringizga bogʻliq! Balki bugungi buzuq odam, ertangi solih boʻlar… Va boʻlishi mumkinki, bugungi solih kishi qalbida yashirgan, biz bilmagan illat sabab erta bir kun fosiq boʻlib oʻlar! Shuning uchun, ey oʻz amalidan yashirincha magʻrurlar! Oʻzingizni toʻgʻri tuting, Alloh sizlarga rahm qilsin. Allohning irodasisiz hech bir xonadonga va hech bir qalbga hidoyat tushmaydi!
126
6
#fikr_yuriting 82 #XATOLARIMIZ_SABABI 3 ta G‘aflat, zaiflik, bosh tortish #savol; zikr bilan yashayapmizmi, yoki vasvasa va shubhalarda? 1. G‘AFLAT — ILM, ZIKR VA TAFAKKUR BILAN DAVOLANADI “G‘ofillardan bo‘lma.” (A’rof, 205) G‘aflat — inson Allohning buyruqlarini, oxiratni va o‘zining vazifalarini unutib, beparvo bo‘lib qolishidir. Demak, jaholat va beparvolikning davolaridan biri — to‘g‘ri va foydali ilm olish. 2. GUNOHGA ZAIFLIK VA VASVASA ORQALI KIRAMIZ Shaytonning vasvasasi kelishi o‘zi gunoh emas. Gunoh — inson vasvasaga ergashib, harom ishni qasddan qilganida bo‘ladi. “Taqvodor zotlarga shayton tomonidan biror vasvasa yetganda, ular (Allohni) eslaydilar. Bas, birdan ular (haqni) ko‘ra boshlaydilar.” (A’rof, 201) Mana shu oyat siz aytgan fikrga juda yaqin: vasvasa → eslash → hushyorlik. Gunoh sodir bo‘lib qolsa: “Ular biror fahsh ish qilib qo‘ysalar yoki o‘zlariga zulm qilsalar, Allohni eslab, gunohlari uchun mag‘firat so‘raydilar...” (Oli Imron, 135) Vasvasa kelsa → Allohni eslash va panoh so‘rash. Gunoh qilsak → darhol tavba, istig‘for va gunohni tark etish. 3. IBLISNING HALOKATIGA SABAB — KIBR “U bosh tortdi, kibru havo qildi va kofirlardan bo‘ldi.” (Baqara, 34) Iblis Allohning buyrug‘ini bilmagani uchun emas, balki kibr qilib, buyruqqa bo‘ysunmagani uchun halok bo‘ldi. U:“Men undan yaxshiroqman”, dedi. (A’rof, 12; Sod, 76) Ya’ni: “Men olovdan yaratilganman, u esa tuproqdan”, deb o‘zini ustun ko‘rdi. XATOLARIMIZNING UCHTA ASOSIY SABABI 1️⃣ Inson Allohni, oxiratni va o‘z vazifalarini unutib qo‘ysa, xatoga yaqinlashadi. 2️⃣ Shayton vasvasa qiladi. Ammo vasvasaning kelishining o'zi gunoh emas. Muhimi — unga ergashmaslik. Demak, davosi — zikr, Allohdan panoh so‘rash, tavba va gunohni tark etish. 3️⃣ Iblisning halokatiga sabab uning Allohning buyrug‘iga kibr qilib bo‘ysunmagani edi. Inson xatosining sababini topsa, uning davosini ham topadi. Yuqoridagilar xatolar boshidir. Qur’on va Sunnatda gunohga olib boruvchi boshqa sabablar ham bor: nafsga ergashish, shahvat, dunyoga haddan tashqari berilish, jaholat, yomon hamroh, shubha va hokazo. Vallohu a'lam. @XOSDARS ulashing 🕯
123
7
#dolzarb DINDAN NAFRATLANTIRMANG Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir a’robiy masjidda siydik qildi. Odamlar uni (tutib olish uchun) unga qarab turishdi. Shunda Nabiy ﷺ dedilar: «Uni qo‘yib yuboringlar va siydigi ustiga bir chelak suv quyinglar. Chunki sizlar yengillashtiruvchi qilib yuborilgansiz, qiyinlashtiruvchi qilib emas.» [Buxoriy rivoyat] Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ dedilar: «Albatta, Alloh ar-Rafiiq muloyimdir va muloyimlikni yaxshi ko‘radi. Muloyimlik evaziga qo‘pollik evaziga bermaydigan narsani va undan boshqa hech narsa evaziga bermaydigan narsani beradi.» [Muslim rivoyat] Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ uning huzuriga kirdilar, yonida bir ayol bor edi. U zot: «Bu kim?» dedilar. Oisha: «Falonchi», dedi va uning namozi (ko‘pligi)ni zikr qildi. U zot ﷺ:«To‘xtang! Sizlar qodir bo‘lgan narsaga amal qilinglar. Allohga qasamki, Alloh (ajr berishdan) malollanmaydi, to o‘zlaringiz zerikmaguningizcha.» Yana u zot ﷺ ga eng sevimli amal — kishi unda doimiy bo‘lgan amal edi. [Buxoriy rivoyat] Abu Hurayra roziyallohu anhudan, Nabiy ﷺ dan rivoyat qilinadi: «Din yengildir. Hech kim dinni (o‘ziga) qiyinlashtirmaydi, magar qilsa u uni yengib qo‘yadi. Shunday ekan, to‘g‘ri yo‘lda bo‘linglar, (kamolga) yaqinlashinglar, xushxabar olinglar va ertalab, tushdan keyin hamda tunning bir qismida (ibodat bilan) yordam so‘ranglar.» [Buxoriy rivoyat] Xulosa sizdan.. @XOSDARS ulashing
164
8
sticker.webp
155
9
Hadisda: Jannatga kirituvchi sabablardan deb...
164
10
#fikr_yuriting 81 #gòzal_xulq sizni tuni bilan namoz oʻquvchi va kunduzi roʻza tutuvchilar maqomiga olib chiqadi Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan, ansorlardan bir necha kishi Rasululloh ﷺ dan (biror narsa) so‘radi, u zot ularga berdilar. Yana so‘radilar, yana berdilar. Hatto u zotning qo‘llaridagi narsa tugagach, shunday dedilar: «Menda biror yaxshilik (mol) bo‘lsa, uni sizlardan hech qachon yashirib qo‘ymayman. Kim (so‘rashdan) o‘zini tiyib iffatini saqlasa, Alloh azza va jalla uni (asrab) iffatli qiladi. Kim sabr qilsa, Alloh unga sabr beradi. Hech kimga sabrdan ko‘ra yaxshiroq va keng ne’mat berilmagan.» [Sahih an-Nasoiy.] #Sharh: Nabiy ﷺ ularni behojatlikga undadilar. Ya’ni inson odamlarning qo‘lidagi narsadan o‘zini begona tutib, o‘zida bor ozgina narsa bilan kifoyalanib, so‘rashdan tiyilishi kerak. U zarurat bo‘lmasa so‘ramaydi. Kim shunday qilsa, Alloh azza va jalla unga o‘z huzuridan boylik ato etadi va ozni uning ko‘zida ko‘p qilib qo‘yadi. So‘ng u zot ﷺ sabrga rioya qilishga va nafsni unga o‘rgatishga undadilar, chunki inson sabr qilsa, o‘zini tiyadi va boy bo‘ladi, undan so‘rash ham, so‘rashda ortiqcha qistash ham sodir bo‘lmaydi. Endi yana kim nafsini sabr bilan davolab, tirikchilikning torligi va dunyoning boshqa noxush narsalariga sabr qilishga o‘zini majburlasa, Alloh uning qalbini sabr bilan to‘ldiradi. Kim sabr uchun sabablarni qo‘llab, unga intilsa, Alloh taolo uni unga erishishga muvaffaq qiladi va uni shu sifat bilan sifatlantiradi. So‘ng u zot Alloh hech kimga sabrdan afzalroq va kengroq ne’mat ham, go‘zal xulq ham bermaganini bayon qildilar. Chunki sabr barcha fazilatlarni o‘z ichiga oladi: ularning hammasi undan chiqadi va unga tayanadi — iffat, shijoat, qat’iyat, irodа, o‘zini yuqori tutish va boshqalar. Inson sabrli bo‘lsa, Alloh izni bilan har bir noxush narsaga bardosh beradi. [darar.net] Ahmad ibn Harb rahimahulloh aytadi:"Allohga ellik yil ibodat qilib, uch narsani tark qilmagunimcha ibodat halovatini topmadim: 1. Odamlarning koʻngliga qarashni bas qilib, haqni gapiradigan boʻldim. 2. Fosiqlardan uzilib, solihlarga qoʻshildim. 3. Dunyo lazzatlaridan voz kechib, oxirat lazzatiga erishdim". ("Siyaru aʼlam an-nubalo", 11/34) #Xulosa Go‘zal xulqlarni ularga odatlanish yo‘li bilan orttirish va ularga erishish mumkin. @XOSDARS ulashing
176
11
#manfaatli «Ikki musulmon uchrashib, qo‘l berishib ko‘rishsa, ular ayrilishmasdan oldin (gunohlari) kechirilmay qolmaydi.» [B
#manfaatli «Ikki musulmon uchrashib, qo‘l berishib ko‘rishsa, ular ayrilishmasdan oldin (gunohlari) kechirilmay qolmaydi.» [Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan, Albaniy sahih degan, Sahih Abu Dovud/5212] Ya'ni Ularning mukofoti Alloh taolo tomonidan mag‘firatdir. «Ayrilishmasdan oldin» — ya’ni ulardan biri ikkinchisini tark etib, yo‘llari ajralib ketmasidan oldin, o‘sha uchrashuv paytidayoq ularning (kichik)gunohlari kechiriladi. @xosdars ulashing
304
12
"Kоfirlаr qаchоn bir qаbih ish qilsаlаr, shu ishlаrigа uzr tоpib, bu ish ulаrgа оtа-bоbоlаridаn qоlib kelаyotgаnini vа buni qilishgа Аllоh buyurgаnini аytаdilаr..." Savol: ushbu A'rof surasi 28-oyat tafsirida kelgan FAXSH-QABIH ISH nima edi
206
13
#tilovat Niso surasi 66 - 70 oyat tafsiridan "Аgаr ulаr o‘zlаrigа qilinаyotgаn nаsihаtni qаbul qilishsа, bu ulаr uchun fоydаl
#tilovat Niso surasi 66 - 70 oyat tafsiridan "Аgаr ulаr o‘zlаrigа qilinаyotgаn nаsihаtni qаbul qilishsа, bu ulаr uchun fоydаli vа iymоnlаri kuchаyishigа sаbаb bo‘lаrdi. Shundаy qilishgаnidа, Biz ulаrgа dunyo vа охirаtdа O‘z huzurimizdаn ulkаn аjru mukоfоtlаr berаrdik. Hаmdа ulаrni to‘g‘ri yo‘lgа yo‘llаgаn vа hаqqа muvаffаq etgаn bo‘lаrdik. Kim Alloh taologа vа Uning pаyg‘аmbаri Muhаmmаd sоllаllоhu аlаyhi vа sаllаmgа itоаt qilsа, аnа o‘shalаr qаdr-qimmаtlаri yuqоri vа Аllоh ulаrgа Jаnnаtni in’оm etgаn pаyg‘аmbаrlаr, pаyg‘аmbаrlаr keltirgаn nаrsаlаrni e’tiqоd, so‘z vа аmаldа to‘lа-to‘kis tаsdiqlаgаn siddiqlаr, Аllоh yo‘lidаgi shahidlаr vа sоlih mo‘minlаr bilаn birgа bo‘lаdigаn kishilаrdir. O‘shalаr jаnnаtdаgi eng yaхshi hаmrоhlаrdir. Bu ulkаn fаzlu mаrhаmаt Аllоhning yolg‘iz O‘zi tаrаfidаndir. Alloh taolo bаndаlаrining bаrchа hоlаtlаrini yetаrlichа biluvchidir. U ulаrdаn yaхshi аmаl qilgаnlаrigа mo‘l-ko‘l sаvоblаr berаdi." Vaqt ajratib, xulosangizni yozing. Chiroylisini joylaymiz.< @xosdars ulashing
219
14
#QURON - hayot dasturimiz deb, qaramaydiganlar koʻp. Qozi Iyoz rahimahulloh aytadi: «Qur’onni o‘quvchi undan zerikmaydi, uni tinglovchi ham undan malollanmaydi. Aksincha, uni ko‘p va qayta-qayta tilovat qilish uning halovatini yanada ziyoda qiladi. Uni takrorlash qalbda unga bo‘lgan muhabbatni kuchaytiradi. U doimo yangi va go‘yo endigina nozil bo‘lgandek yoqimli bo‘lib qolaveradi. Boshqa har qanday kalom esa, garchi go‘zallik va fasohatda yuksak darajaga yetgan bo‘lsa ham, qayta-qayta takrorlanganda insonni zeriktiradi. Uni yana takrorlash esa kishida undan nafratlanish holatini paydo qiladi. Bizning Kitobimiz esa yolg‘izlikda ham huzur bag‘ishlaydi, qiyinchilik va tanglik paytlarida uning tilovati inson uchun hamroh va taskin bo‘ladi. Boshqa kitoblarda esa bunday xususiyatni topolmaysiz. Hatto ularning mualliflari ularni qayta-qayta o‘qishga qiziqish uyg‘otish uchun turli uslub va ohanglarni joriy qilganlar». [Bu Shifo kitobi yurtimiz "hilolnashr"da ham chiqarildi] #foyda Qur’onning mo‘jizalaridan biri shundaki, uni takrorlash zeriktirmaydi, aksincha qalbdagi muhabbat va halovatni oshiradi. Bir oyatni bugun o‘qisangiz bir ma’no ko‘rinadi, ertaga hayotingizdagi boshqa holat sababli uning boshqa bir hikmatini his qilishingiz mumkin. «Ogoh bo‘lingiz! Qalblar faqat Allohning zikri bilan orom topadi».(Ra’d, 28) Bu oyatni oʻqib, foxisha artist ham koʻnglim yayradi deyishi mumkin. Ammo u o‘qib tugatish uchun emas, balki qalbga singdirish, takrorlash, tafakkur qilish va amal qilish uchun o‘qish kerak. @xosdars ulashing
176
15
Zalolatdan hidoyatga Abu Ismail @xosdars ulashing
Zalolatdan hidoyatga Abu Ismail @xosdars ulashing
162
16
#manfaatli BIR SHAXSNING SOʻZI E'TIROZSIZ OLINISHI UCHUN TOʻRT SHART; ILM EGASI; XOLISLIK; TOʻGʻRISOʻZLIK; FASOHATLIK BOLISHI. «Albatta, Alloh Paygʻambar ﷺ ni komil din va mukammal shariat bilan yubordi. U zot ﷺ barcha insonlarning eng bilimdoni, eng fasohatli(aniq va tiniq) so‘zlovchisi va insonlarga eng xolis nasihat qiluvchisi edilar. So‘ng Alloh u zotni O‘z huzuriga olmaguncha, u zotning dinni to‘liq yetkazganlari va bayonlari mukammal ekanidan rozi bo‘ldi. Shundan keyin ummat to‘g‘ri yo‘l va ravshan yo‘lda bo‘ldi. U salaflar Rasululloh ﷺ ning sunnatlaridan og‘ishmadilar, basiratlari esa u zotning shariatidan burilmadi». @xosDars ulashing
194
17
#ogohlik #bid’at Qur’oni va sunnatda Niso surasining 123-oyatini o‘qish bilan sehrni davolash yoki undan ruqya qilish o‘rtasida bog‘liqlikni ko‘rsatadigan hech qanday dalil yo‘q. Demak, buni qilmaslik va ergashmasligimiz lozim❗️ "لَّيْسَ بِأَمَانِيِّكُمْ وَلَا أَمَانِيِّ أَهْلِ الْكِتَابِ  مَن يَعْمَلْ سُوءًا يُجْزَ بِهِ وَلَا يَجِدْ لَهُ مِن دُونِ اللهِ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا ‎﴿١٢٣﴾ Tafsiri:"Ey musulmоnlаr, bu ulug‘ mаrhаmаtgа sizlаr qilаyotgаn оrzu-хаyollаr bilаn hаm, аhli kitоb bo‘lgаn yahud vа nаsоrоlаrning оrzu-хаyollаri bilаn hаm yetishib bo‘lmаydi! Bаlki ungа Alloh taologа chin iymоn keltirish hаmdа Аllоhni rоzi qilаdigаn chirоyli аmаllаr qilish bilаnginа erishilаdi. Kim bir yomоn аmаl qilsа, uning jаzоsini оlаdi. Vа u o‘zi uchun Аllоhdаn bоshqа ishlаrini bоshqаrаdigаn birоn do‘st hаm, yordаm berаdigаn vа yomоn аzоbni dаf qilаdigаn birоn yordаmchi hаm tоpа оlmаydi." 🔹 Nozil bo‘lish sababi va faxrlanish: Oyat musulmonlar va ahli kitob bir-biriga faxrlanganida nozil bo‘lgan. Ahli kitob: «Bizning nabiyimiz sizning nabiyingizdan oldin, kitobimiz kitobingizdan oldin, shuning uchun biz Allohga sizlardan ko‘ra yaqinroqmiz», dedi. Musulmonlar esa: «Bizning nabiyimiz nabiylarning xotimasi, kitobimiz oldingi kitoblarni hukm ostiga oluvchi, shuning uchun biz (Allohga) yaqinroqmiz», dedi. 🔹Asosiy mazmun: Oyat shuni tasdiqlaydi: Alloh huzurida najot, savob va jazo shunchaki orzu va da’volarga emas, balki solih amal va haqiqiy iymonga bog‘liq. Kim yomonlik qilsa, Alloh afv etmasa, kim bo‘lishidan qat’i nazar, jazosini oladi. ✔️ Sehrdan ruqya qilish mumkin boʻlgan oyatlar: 1. Fotiha surasi va Oyatul-kursiy. 7 marta 2. Baqara surasining oxiri (285–286-oyatlar). 3. Mu’avvizotlar: Ixlos, Falaq va Nos suralari (uch martadan takrorlanadi). 4. A’rof, Yunus va Toha suralaridagi sehrni botil qilish oyatlari: • ﴿وَأَوْحَيْنَا إِلَىٰ مُوسَىٰ أَنْ أَلْقِ عَصَاكَ ۖ فَإِذَا هِيَ تَلْقَفُ مَا يَأْفِكُونَ﴾ [الأعراف: 117]. • ﴿فَلَمَّا أَلْقَوْا قَالَ مُوسَىٰ مَا جِئْتُم بِهِ السِّحْرُ ۖ إِنَّ اللَّهَ سَيُبْطِلُهُ...﴾ [يونس: 81]. • ﴿وَأَلْقِ مَا فِي يَمِينِكَ تَلْقَفْ مَا صَنَعُوا ۖ إِنَّمَا صَنَعُوا كَيْدُ سَاحِرٍ ۖ وَلَا يُفْلِحُ السَّاحِرُ حَيْثُ أَتَىٰ﴾ [طه: 69]. @XosDars sahifasi Barchaga ulashib, ajrda sherik boʻling va johillardan yiroq boʻling
171
18
#ogohlantiring #bidàt SEHRDAN QUTILISHGA NISO/123-oyatni oʻqish ❌ Bu tarmoqda keng tarqaldi. Raddiya quyidagi postda.. @xosdars ulashing
150
19
#fikr_yuriting 80 #ulkan_yoʻqotish O‘qib-o‘rganish jarayonida miyadagi o‘zgarish Inson miyasi doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bunga neyroplastiklik deyiladi: tajriba, mashq va o‘rganish natijasida miyaning tuzilishi va faoliyatida o‘zgarishlar yuz beradi. Tadqiqotlar yangi ko‘nikmalarni o‘rganish miya tarmoqlarining qayta tashkil topishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Masalan, ma’lum bir ko‘nikma uzoq vaqt va muntazam mashq qilinganda, shu vazifaga aloqador miya hududlari va tarmoqlarida o‘zgarishlar kuzatiladi. Ya’ni, miyani ishlatish ham uni tarbiyalaydi. 📖 Qur’onni o‘rganish faqat ma’lumot yig‘ish emas Qur’onni yodlash, tilovat qilish, oyatlar ma’nosi ustida tafakkur qilish va ularni hayotga tatbiq etish — diqqat, xotira, til, tafakkur va o‘zini nazorat qilish kabi ko‘plab aqliy jarayonlarni ishga soladi. «Ey Robbim, ilmimni ziyoda qilgin». (Toha, 114)» Shu bois musulmon uchun ilm olish — faqat dunyoviy muvaffaqiyat vositasi emas, balki ibodat va hidoyat yo‘lidir. ⚠️ Internet > bizga juda katta imkoniyat berdi. Bir necha soniyada ma’lumot topamiz. AI esa matn yozib, tarjima qilib, masalani tushuntirib, hatto xulosa chiqarib berishi mumkin. Bu — katta qulaylik. Lekin qulaylik bilan ko‘nikma bir narsa emas. Agar inson har safar: - eslab qolish o‘rniga qidirsa; - o‘ylash o‘rniga tayyor javob olsa; - yozish o‘rniga AIga yozdirsa; - masalani yechish o‘rniga tayyor yechimni olsa; - kitob o‘qish o‘rniga faqat qisqa xulosalarni iste’mol qilsa, unda u aqliy faoliyatning ayrim turlarini kamroq mashq qilishi mumkin. Tarmoq - inson xotirasining bir qismini tashqi vositaga yuklaydi. Internet haqidagi ilmiy sharhlarda ham doimiy internetdan foydalanish diqqat, xotira va axborotni qayta ishlash bilan qanday bog‘liqligi o‘rganilgan. Internet ma’lumotni tez topishga yordam beradi, ammo ma’lumotni ichki xotirada saqlash o‘rniga uni doimo tashqaridan olishga o‘rgatishi mumkinligi ham muhokama qilingan. 🤖 AI bizning o‘rnimizga fikrlaydigan tayoq bo‘lib qolsa — xavf bor. Ammo AI bizga ustoz yoki yordamchi bo‘lsa — katta foyda bor. Masalan: ❌ «Men uchun javobni yozib ber». ✅ «Menga savol ber, o‘zim javob beray. Keyin xatolarimni tekshir». ❌ «Kitobni qisqartirib ber, o‘qimay qo‘ya qolaman». ✅ «Avval o‘zim o‘qiyman, keyin tushunmagan joylarimni izohlab ber». ❌ «Oyatlardan tayyor xulosa ber». ✅ «Menga oyatlarni o‘zim tahlil qilish uchun savollar ber». Shunda texnologiya aqlning o‘rnini bosmaydi, balki aqlni mashq qildirishga xizmat qiladi. 🧠 «Manqurt» bo‘lib qolmaslik uchun. Insonning eng katta xatolaridan biri — tayyor javobni bilim deb o‘ylash. Ma’lumotni topish — ilm emas. Unga Amal qilish — ilmning mevasidir. Shuning uchun har kuni miyamizga «mashq» kerak: 📚 kitob o‘qish; 📝 o‘z qo‘limiz bilan yozish; 🧠 yodlash; ❓ savol berish; 🔎 dalilni tekshirish; 🗣 o‘rgangan narsani boshqalarga tushuntirish; 🤔 mustaqil fikrlash; 📖 Qur’onni yodlash va tafakkur qilish. «Aql yuritmaysizlarmi?»» Qur’onda insonni shariat mezonida fikrlash, tafakkur qilish va dalil bilan qarashga qayta-qayta chaqirish bejiz emas. 🌱 Xulosa Internet va AI bizning: vaqtimizni tejashi mumkin — lekin fikrlashimizni almashtirmasligi kerak. Xotiramizni yengillashtirishi mumkin — lekin xotiramizni butunlay o‘rniga ishlamasligi kerak. Bilimga yetkazishi mumkin — lekin bizni ilm olish mehnatidan ozod qilmasligi kerak. Shu bois «Miyangizni doimo tayyor javob bilan boqavermang — uni o‘ylashga, yodlashga, o‘rganishga va izlanishga majbur qiling.» Qur’onni o‘qing. Yodlang. Ma’nosini o‘rganing. Tafakkur qiling. Amal qiling. Chunki inson nimani ko‘p mashq qilsa, o‘sha ko‘nikma rivojlanadi. Ilm bilan band bo‘lgan aql — ilmga, tayyor javobga doimiy qaram bo‘lgan aql esa tayyor javobga ko‘nikadi. Vallohu a'lam. @XosDars ulashing
174
20
#dolzarb GʻAM KATTA BOʻLSA, HIMMAT KATTA BOʻLADI 2-qism "Аllоh vа Rаsuligа itоаt qilish bilаn Rоbbingizning mаg‘firаtini vа kengligi оsmоnlаru yerchа bo‘lgаn, tаqvоdоr zоtlаr uchun hоzirlаb qo‘ygаn bepоyon jаnnаtini qo‘lgа kiritishgа shоshilinglаr!" [OLI IMRON/133-oyat] 🎓 Mutaxassislar va talabalarni rag'batlantirish Jamiyatga turli sohalarda yetuk mutaxassislar kerak. Diniy sohada esa aqida, tafsir, hadis, fiqh va boshqa fanlarni ishonchli ustozlardan, tartibli va bosqichma-bosqich o‘rganadigan talabalar kerak. Boshqalarga ilm berish jangdan qolishga sabab boʻlishi mumkin ekani: ««Har bir guruhdan bir toifa dinni chuqur o‘rganishlari uchun chiqsinlar...» (Tavba, 122)» Demak, hamma bir xil ish bilan shug‘ullanmaydi: kimdir chuqur ilm oladi, boshqalar esa o‘z kasbini egallaydi. Keyin ilm olganlar o‘z qavmini o‘rgatadilar. Tolib ilm esa chalg‘imasdan, ustozlaridan ta’lim olib, manbalarni tekshirib, to‘g‘ri ilmiy metod bilan o‘qishi kerak. 💻 Ishonchli fatvo va ma’rifat manbalari Bugungi davrda odamlar savollariga tez javob izlaydi. Shu sababli: - ishonchli ilmiy maqolalar; - tekshirilgan fatvolar; - savol-javob platformalari; - Qur’on va Sunnatga asoslangan ta’lim materiallari muntazam ishlab turishi katta foyda beradi. Lekin fatvo berish oddiy ish emas. ««Bilmasangiz, zikr ahli — ilm egalari — dan so‘ranglar». (Nahl, 43-oyat)» Shuning uchun fatvo bilan shug‘ullanuvchi kishilar ilm, mas’uliyat va ehtiyotkorlikka ega bo‘lishlari kerak. 🌱 Qiziqtirish targʻibot ishlari ham tarbiyaning bir qismi Ilm talab qilayotgan, yaxshilikka intilayotgan insonni doimo tanqid qilish emas, balki to‘g‘ri va me’yorida rag‘batlantirish ham kerak. Rasululloh ﷺ: ««Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar. Xushxabar beringlar, nafratlantirib qochirmanglar» (Buxoriy, Muslim)» Shuning uchun ustozlar, adminlar va tarbiyachilar odamlarni yaxshilikka hikmat, sabr va chiroyli uslub husni xulq bilan rag‘batlantirishlari kerak. Axir bu din ishini otalaridan meros qilib olmaganlar.. 🤝 Bir-birimizni yaxshilikka chaqiraylik ««Аllоh vа Rаsuligа iymоn keltirgаn mo‘min vа mo‘minаlаr bir-birlаrigа do‘st vа yordаmchidirlаr. Ulаr оdаmlаrni iymоngа vа sоlih аmаllаrgа chоrlаydilаr, kufr vа mа’siyatlаrdаn qаytаrаdilаr, nаmоzni аdо etаdilаr, zаkоtni berаdilаr, Аllоh vа Rаsuligа itоаt qilаdilаr, qаytаrilgаn ishlаrdаn tiyilаdilаr...» (Tavba, 71-oyat)» Demak, mo‘min faqat o‘zini o‘ylab yashamaydi. Avval o‘zini isloh qiladi, keyin oilasiga, farzandlariga, yaqinlariga va imkon qadar jamiyatiga foyda yetkazadi. Vallohu a'lam. @XosDars tarqating!
124