en
Feedback
Aqlli ikkichi

Aqlli ikkichi

Open in Telegram

Muallif: Ravshan Turgunov. Biznes qilyapman. Xulosalarim va xatolarim sizga pul va vaqt tejab beradi.

Show more
8 962
Subscribers
+1624 hours
+257 days
+7630 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+97
in 3 channels
August '26
+333
in 6 channels
Get PRO
July '26
+216
in 8 channels
Get PRO
June '26
+204
in 0 channels
Get PRO
May '26
+164
in 2 channels
Get PRO
April '26
+203
in 2 channels
Get PRO
March '26
+262
in 12 channels
Get PRO
February '26
+171
in 4 channels
Get PRO
January '26
+390
in 12 channels
Get PRO
December '25
+148
in 5 channels
Get PRO
November '25
+207
in 6 channels
Get PRO
October '25
+191
in 7 channels
Get PRO
September '25
+246
in 12 channels
Get PRO
August '25
+236
in 12 channels
Get PRO
July '25
+209
in 4 channels
Get PRO
June '25
+112
in 1 channels
Get PRO
May '25
+166
in 5 channels
Get PRO
April '25
+935
in 13 channels
Get PRO
March '25
+956
in 7 channels
Get PRO
February '25
+557
in 14 channels
Get PRO
January '25
+472
in 10 channels
Get PRO
December '24
+555
in 8 channels
Get PRO
November '24
+489
in 9 channels
Get PRO
October '24
+632
in 6 channels
Get PRO
September '24
+247
in 2 channels
Get PRO
August '24
+468
in 8 channels
Get PRO
July '24
+1 255
in 20 channels
Get PRO
June '24
+362
in 7 channels
Get PRO
May '24
+334
in 5 channels
Get PRO
April '24
+405
in 8 channels
Get PRO
March '24
+406
in 19 channels
Get PRO
February '24
+239
in 3 channels
Get PRO
January '24
+285
in 7 channels
Get PRO
December '23
+635
in 3 channels
Get PRO
November '23
+1 373
in 11 channels
Get PRO
October '23
+154
in 0 channels
Get PRO
September '23
+362
in 0 channels
Get PRO
August '23
+66
in 0 channels
Get PRO
July '23
+62
in 0 channels
Get PRO
June '23
+1 363
in 0 channels
Get PRO
May '23
+447
in 0 channels
Get PRO
April '23
+88
in 0 channels
Get PRO
March '23
+3 800
in 0 channels
Get PRO
February '23
+115
in 0 channels
Get PRO
January '23
+96
in 0 channels
Get PRO
December '22
+219
in 0 channels
Get PRO
November '22
+57
in 0 channels
Get PRO
October '22
+42
in 0 channels
Get PRO
September '22
+38
in 0 channels
Get PRO
August '22
+133
in 0 channels
Get PRO
July '22
+104
in 0 channels
Get PRO
June '22
+176
in 0 channels
Get PRO
May '22
+68
in 0 channels
Get PRO
April '22
+77
in 0 channels
Get PRO
March '22
+327
in 0 channels
Get PRO
February '22
+437
in 0 channels
Get PRO
January '22
+254
in 0 channels
Get PRO
December '21
+662
in 0 channels
Get PRO
November '21
+8
in 0 channels
Get PRO
October '21
+8
in 0 channels
Get PRO
September '21
+57
in 0 channels
Get PRO
August '21
+1 249
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
11 September+1
10 September+21
09 September+15
08 September+9
07 September+13
06 September+1
05 September+6
04 September+11
03 September+7
02 September+2
01 September+11
Channel Posts
Odamlar sizni ko'rganda «tomi joyida emas» deyishi kerak. Hamma kabi yashab, katta natijaga erishib bo'lmaydi. Normal — bu hamma kabi bo'lish. Siz esa hamma kabi bo'lmasligingiz kerak. Shunday hayot kechirsangiz, odamlardan ajralib qolaverasiz. Yo'lda sizni tushunmaydilar. «Gʻalati» deb o'ylaydilar. Muammo yo'q — siz gʻalatisiz. Erishmoqchi bo'lgan natijangiz ham gʻalati bo'lishi kerak. Oddiy harakat — oddiy natija. Oddiylikdan qoching.

2
Odamlar sizni ko'rganda «tomi joyida emas» deyishi kerak. Hamma kabi yashab, katta natijaga erishib bo'lmaydi. Normal — bu hamma kabi bo'lish. Siz esa hamma kabi bo'lmasligingiz kerak. Shunday hayot kechirsangiz, odamlardan ajralib qolaverasiz. Yo'lda sizni tushunmaydilar. «Gʻalati» deb o'ylaydilar. Muammo yo'q — siz gʻalatisiz. Erishmoqchi bo'lgan natijangiz ham gʻalati bo'lishi kerak. Oddiy harakat — oddiy natija. Oddiylikdan qoching.
1
3
Barcha muammolarni yechsa bo'ladi. O'limdan tashqari. O'tgan yili o'tkazgan shogirdligimizda Suxrob ismli yigit bizga biznesni tizimlashtirishni o'rgangani keldi. Shogirdlar orasida u eng iqtidorlilaridan biri edi. Shu sababli keyinchalik uni jamoamizga Team Lead sifatida qabul qildik. Qariyb bir yil birga ishladik. Tizimlashtirish loyihalarini amalga oshirdik. Suxrob tadbirkorlarning qiyinini oson qilib berdi. Ammo oradan ko'p o'tmay, unda saraton o'simtasi borligi ma'lum bo'ldi. Vaziyat qanchalik jiddiy ekanini to'liq anglamay, men unga vazifalar berishda davom etdim. Bir kuni u endi ishlashni davom ettira olmasligini aytdi va davolanish uchun tanaffus oldi. Oradan bir oy o'tib, u vafot etdi. Bunga uch oy bo'ldi. U bilan ishlayotgan paytimizda loyihalardagi texnik muammolar bizga juda katta ko'rinardi. Ammo vaqt o'tib, ularning barchasi hal bo'ldi. Aslida ular unchalik katta muammo bo'lmagan ekan. Afsuski, sog'liq bilan bog'liq ayrim muammolarga hali dunyoda yechim yo'q. Hayot qisqa, mazmunli. Yechiladigan muammo bilan yechilmaydiganini farqlash — eng muhim ko'nikma ekan. Bugun ortga qarab, Suxrobni ish bilan bezovta qilganimdan va unga davolanish uchun imkon qadar ertaroq sharoit yaratmaganimdan afsuslanaman. Loyiha topiladi. Karyera qilinadi. Pul ham topiladi. Lekin hayotda bularning barchasidan muhimroq narsalar bor ekan. Universitetni bitirib, bir yillik karyera qurishga ulgurgan shogirdimizni bir duo bilan eslab qo'yasizlar.
2 890
4
Doim bunday qiyin bo'lmaydi. 18-23 yoshlarimda hozirgidan 2-3 barobar ko'p ishlar edim. Chunki hech narsam yo'q edi. O'sha payt bu jarayon abadiy davom etadigandek tuyular edi. 24/7 ishlash va doim qiyinchilik bilan yashash fikri meni qo'rqitgan. Lekin bitta narsani bilmagan edim — cumulative effekti. Oldin qilgan ishlaringiz natijasi 0 bo'lib qolmaydi. Keyingi ishlaringiz oldingi natijalar ustiga quriladi. Shu evaziga har yili osonlashaveradi. Zal buning yorqin misoli. Birinchi oy — eng qiyin. Bir yildan keyin tana o'zgaradi, boshida qiynagan mashg'ulotlar endi oson tuyuladi. Chunki har mashg'ulot oldingi mashg'ulotlar natijasi ustiga minadi. Ular yig'ilib kelgan. Mutaxassis bo'lib shakllanayotganda ham xuddi shunday. Shunchaki chidang. Vaqt o'tib osonlashadi. Faqat natijasi yig'iladigan ishlarni tanlang.
4 335
5
Katta shaharda baxtli bo'lish qiyin. Pekinda ikki yil yashadim. Doim nimadir xavotir berardi. O'rinsiz shoshilnish. Nima uchunligini bilmasdim. Javobi oddiy chiqdi — ritm. Shahar 15 million kishi bilan juda tez yashardi. Men unchalik ko'nikmagandim. Toshkentda ham xuddi shu. MDH bo'yicha aholi soni bo'yicha uchinchi shahar. Ko'pchilik buni sezmaydi. Lekin ritm baland. Kichkina shahardan kelgan odamga qiyin. Men Toshkentda tug'ilib o'sganman. Lekin har kuz — xuddi shu. Yanada ko'proq odam, shovqin va xavotir. Katta shahar imkoniyat beradi. Lekin tinchlikni oladi.
4 113
6
Bitta post oldin 0 dan boshlash haqida gaplashgandik. O‘shanda bitta yaxshi fikr aytildi: ba’zilar 0 dan emas, minusdan boshlaydi. Ya’ni 1-qavatdan emas, podvaldan tepaga chiqadi. Masalan: — o‘z uyi yo‘qlar; — to‘liq bo‘lmagan oilada katta bo‘lganlar; — 16–22 yoshidan oilani boqishga majbur bo‘lganlar; — oilaviy qarzlarni yopayotganlar. Ular hayotni minusdan boshlayotgan odamlar. Qolganlarning aksariyati esa shunchaki 0 dan boshlaydi. Shu sabab bu masalada ortiqcha drama qilishning hojati yo‘q. Yana bir toifa bor — o‘zini sun’iy ravishda minusga tushiradiganlar. Ya’ni hayotini o‘zi qiyinlashtiradiganlar. Masalan: — keraksiz kredit va qarzlar oladiganlar; — boshqalarga yoqish uchun yashaydiganlar; — pulni boshqarishni bilmaydiganlar; — ota-onasining aytganidan chiqmay, mustaqil qaror qabul qila olmaydiganlar. Ba’zan insonning eng katta to‘sig‘i sharoiti emas, o‘zi qabul qilayotgan qarorlar bo‘ladi. @aqlli_ikkichi
5 209
7
Erkinlikni xohlasangiz, stabillikdan voz kechishingiz kerak. Biznes yoki freelance qilasiz — qancha pul topishingiz noma’lum. Stabillikni xohlasangiz, erkinlikdan voz kechishingiz kerak. Har oy maosh olasiz, lekin kompaniya belgilagan ishlarni qilasiz. Bittada ikkalasini ham to‘liq tanlab bo‘lmaydi. Nimanidir olish uchun, nimanidir yo‘qotish kerak. Bittasi yaxshi, ikkinchisi yomon degan gap yo‘q. Shunchaki, o‘zingiz uchun muhimrog‘ini tanlang. Noma’lumlik bilan yashash qiyin bo‘lgani uchun, ko‘pchilik stabillikni tanlaydi. @aqlli_ikkichi
6 659
8
Pulingiz yo‘qligida motivatsiya topish juda oson. Qorin och, yegingiz keladi. Majbur qimirlaysiz. Mashina&uy olganingizdan keyin esa eng haqiqiy o‘yin boshlanadi. Chunki B nuqtada turib, C nuqtani ko‘ra olmaslik - eng katta muammo. Atrofimda birinchi kichik muvaffaqiyatga erishib, keyin nima qilishni bilmay qolgan odamlar ko‘p. Hamma narsasi bor. Puli yetadi. Lekin bundan ko‘proq ishlashdan ma’no ko‘rmaydi. Agar hali A nuqtada bo‘lsangiz, sizga maslahat: • B nuqtani kichik pul bilan bog‘lamang. • C nuqtani oldindan o‘ylab qo‘ying. @aqlli_ikkichi
5 989
9
2–3 kishi testosteron mavzusini o‘z talqinida tushuntiryapti va hamma bunga ishonib qolyapti. Ko‘chada kimdan so‘ramang, o‘zini emotsional yoki “ayol kabi” tutadigan odamlarning testosteroni past, o‘ziga ishongan va qomati chiroyli insonlarning testosteroni esa baland, degan fikrni eshitasiz. Demak, ular — “haqiqiy erkaklar”. Murakkab mavzularni haddan tashqari soddalashtirib yuborish bilan kun kechiryapmiz. Vaholanki, bu nazariyaning noto‘g‘riligi birgina internet qidiruvi bilan ham ma’lum bo‘lishi mumkin. Lekin masala testosteronda emas. Masala bundan chuqurroq. Mustaqil tadqiqot qilishni bilmaydigan odamning hayoti juda qiyin kechadi. Biror gapni eshitib, darhol ishonib qolish va mavzuni mustaqil o‘rganib ko‘rmaslik noto‘g‘ri xulosalar va noto‘g‘ri fikrlashga olib keladi. Ishonuvchan odam bo‘lish xavfli. Chunki sizni aldash ham, sizdan foydalanish ham oson bo‘ladi. @aqlli_ikkichi
5 953
10
Apple mahsulotlarining O‘zbekistondagi eng yirik sotuvchilaridan biri — Smartlife rebrending qildi. Menga yangi dizayn yoqdi. Men texnikani bozordan emas, doim Smartlife’dan xarid qilaman. Chunki bozorlarda ko‘p aldanganman. Tarmoqlar rivojlangan sari biz, xaridorlar, faqat yutamiz. Servis yaxshilanadi, narxlar tushadi, yolg‘on kamayadi. Ibrohimjon akaga butun mamlakat bo‘ylab 100 ta filial tilab qolaman.
6 551
11
No text...
6 029
12
Yirik kompaniyalar o‘rtasida doim kuchli raqobat bo‘lgan. Avvallari ular raqobatda ustun kelish uchun turli usullardan foydalangan. Har biri aynan o‘z yondashuvi eng samarali deb hisoblagan. Bugun esa vaziyat boshqacha. Deyarli barcha yirik kompaniyalarning asosiy quroli bitta - AI. Yoki hamma adashyapti. Yoki hamma nimanidirni tushundi. @aqlli_ikkichi
5 283
13
«Muvaffaqiyatli insonlar doim risk qiladi» Degan gapni ko‘p eshitganmiz. Bu gapga qo‘shilmaslikning iloji yo‘qdek. Lekin bugun shu fikrga biroz teskari bo‘lgan nazariyani taqdim qilaman. Yangi nazariya: «Risk qilish o‘ta muhim, lekin faqat kerakli joylarda risk qilgan yaxshi». Keraksiz joyda risk qilib, arzimagan mukofot uchun katta yo‘qotishga uchrashingiz mumkin. Agar katta yo‘qotish ehtimoli atigi 1% bo‘lsa ham, lekin bu yo‘qotish sizni sindirib qo‘yishi mumkin bo‘lsa, u yerda risk qilmagan yaxshi. Masalan: 1) Yo‘lda mashinani xavfli haydaydiganlar. Toshkent tirbandliklarida xavfli haydab, manzilga 2–3 daqiqa tezroq yetib borishingiz mumkin. Lekin buning evaziga avtohalokatga uchrash xavfini sezilarli darajada oshirasiz. 2) Yo‘lni noto‘g‘ri joydan kesib o‘tadiganlar. Zebra yo‘q joydan yo‘lni kesib o‘tib, 1 daqiqa vaqtingizni tejashingiz mumkin. Lekin mashina urib ketish xavfi keskin oshadi. Kichkina bolalari bilan yo‘lni noto‘g‘ri joydan kesib o‘tadiganlar esa alohida mavzu. 3) Firibgarlarning va’dalariga ishonadiganlar. Ba’zi odamlar qisqa vaqtda katta pul ishlab olish mumkinligiga ishonadi. Masalan, «1 oyda pulingizni 2–3x qilamiz» degan firibgarlarning sxemalariga kirishadi va natijada bor pullarini yo‘qotishadi. Bir nechta avlod qarzda. Bu uchta holatni birlashtirib turgan omil — kerak bo‘lmagan joyda risk qilish. Kerak bo‘lmagan joyda risk qilish hayot sifatini keskin pasaytiradi. Ba’zi joylarda esa hayotni tugatishi ham mumkin. Shuning uchun oddiy qoida. Agar riskning eng yomon oqibati mukofotdan karrasiga yomonroq bo‘lsa, u yerda risk qilmagan yaxshi. @aqlli_ikkichi
7 115
14
Sun’iy intellekt eng zo‘r multiplikatorga aylandi. Men uni istalgan narsani 5X kuchaytiradi deb baholayapman. Formula shunday: Natija = Mutaxassis × AI Ya’ni, hozir AI yaxshi mutaxassisni 5 baravar kuchliroq qilishi mumkin. Lekin ko‘paytirish tenglamasida mutaxassisning o‘zi ham muhim. Agar mutaxassisning qobiliyati 0 bo‘lsa, AI uni 100X kuchaytirsa ham, natija baribir 0 bo‘ladi. Hozir men ko‘p kuzatayotgan holat — odamlar o‘zlarida yetishmayotgan qobiliyatlarni AI bilan yopmoqchi. Yaxshi dasturchi emas, lekin Claude Code yordamida xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan saytlar yasayapti. Biznes jarayonlarini tushunmaydi, lekin biznesni tizimlashtirish uchun ERP yasab beraman deyapti. Dizayn asoslarini bilmaydi, lekin Gemini yordamida 10 daqiqada bitta dizayn yasayapti. Qurol hech qachon asosiy kuch bo‘lmagan. U shunchaki odamga yordam beruvchi vosita. Boksga zo‘r qo‘lqop kiyib borsangiz, ringda zo‘r urishib berasiz degani emas. Bir ishni o‘zingiz to‘liq qila olganingizdan keyin, jarayonni tezlashtirish uchun AI’dan foydalanish mumkin. @aqlli_ikkichi
8 514
15
2005-yilda Kaliforniyada bir eksperiment uchun uysiz Ted Rodrigue’ga $100 000 beriladi Ted 20 yildan beri ko‘chada chiqindi yig‘ib kun ko‘rib kelgan. Endi esa qo‘lida katta pul bor. Balki uning hayoti endi butunlay o‘zgarib ketadi, deb o‘ylarsiz. Lekin Ted pulni boshqacha sarflay boshlaydi. Birinchi navbatda $35 000 ga Dodge Ram sotib oladi. Keyin sevgan qiziga ham mashina olib beradi. Uy, kiyim-kechak, turli xarajatlar... Oradan vaqt o‘tib, $100 000 tugaydi. Eng qizig‘i — Ted yana ko‘chaga chiqib, chiqindi yig‘ishni boshlaydi. Bu voqeadan qanday xulosa qilish mumkin? Pul — bu imkoniyat. Lekin imkoniyatni boshqarish odatlari bo‘lmasa, qo‘lingizga kelgan imkoniyatni ham yo‘qotishingiz mumkin. Ba’zi odamlarning muammosi haqiqatan ham pul bilan hal bo‘lishi mumkin. Lekin pulning o‘zi barcha muammolarni hal qilmaydi. Agar odamda pulni boshqarish, rejalashtirish, kasb o‘rganish va uzoq muddatli fikrlash ko‘nikmalari bo‘lmasa, ko‘proq pul ham uni uzoqqa olib bormasligi mumkin. Shuning uchun faqat ko‘proq pul topishga emas, pul kelganda uni boshqarishga imkon beradigan qobiliyatlarni ham rivojlantirish kerak. Qobiliyatlaringizni rivojlantirsangiz, pul topish imkoniyatlari ham ko‘payadi. @aqlli_ikkichi
8 572
16
Bizda 2 xil qobiliyat bor: hard skill va soft skill. Hard skill — kasbiy ko‘nikmalar. Ya’ni biror kasb yoki hunarni bilish. Masalan, dasturlarda ishlashni bilish, moliyaviy hisob-kitob qilish, biror mahsulot yaratish yoki texnik ishni bajarish. Soft skill — shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalar. Odamlar bilan ishlashga yordam beradigan qobiliyatlar. Masalan, yaxshi muomala qilish, mas’uliyatli bo‘lish, va’daga amal qilish, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va jamoada ishlay olish. Endi ularning kombinatsiyalarini ko‘rib chiqamiz. 1. Hard skill past + Soft skill past Bu eng yomon kombinatsiya. Na biror foydali kasbingiz bor, na odamlar bilan ishlay olasiz. Yangi narsani o‘rganish qiyin, tanqidni qabul qilmaysiz. Natijada eng oddiy ishlarda, minimal maosh evaziga ishlaysiz. Sizni deyarli istalgan odam almashtira oladi. Taxminiy daromad: $300–400. 2. Hard skill kuchli + Soft skill past Siz yaxshi mutaxassissiz, lekin o‘sishingiz cheklangan. Kasbingiz orqali yaxshi daromad topasiz, ammo jamoa boshqarish, biznes qurish yoki katta loyihalarni rivojlantirish qiyin bo‘ladi. Chunki buning uchun odamlar bilan ishlashni ham bilish kerak. Ko‘pincha bitta darajaga chiqib, o‘sha yerda to‘xtab qolasiz. Taxminiy daromad: $1000–1500. 3. Hard skill past + Soft skill kuchli Odamlar sizni yoqtiradi va siz bilan ishlashni xohlaydi. Birinchi taassurot juda yaxshi bo‘ladi. Lekin vaqt o‘tib, amaliy natija bera olmasligingiz bilinadi. Shuning uchun ba’zan katta pul ishlab, keyin uzoq vaqt daromadsiz qolishingiz mumkin. Masalan: bir oy $4000–5000, keyingi 3–4 oy esa $0. 4. Hard skill kuchli + Soft skill kuchli Bu eng kuchli kombinatsiya. Siz nafaqat ishni o‘zingiz yaxshi bajarasiz, balki boshqalarga ham natija qildira olasiz. Odamlar siz bilan ishlashni xohlaydi, sizga ishonadi va ortingizdan ergashadi. Chunki siz faqat gapirmaysiz — o‘zingiz ham natija ko‘rsatasiz. Shu sababli siz kuchli tadbirkor yoki top-menejer bo‘lishingiz mumkin. Taxminiy daromad: $5000 dan cheksizgacha. @aqlli_ikkichi
7 873
17
O‘zbek tilidagi o‘zgarishlar haqida eshitdingizmi? «G‘», «O‘», «Sh» va «Ch» harflarini o‘zgartirishni taklif qilishyapti. Ularning aytishicha, hozir bu harflar lotin alifbosida ikki belgi bilan yozilgani uchun ikkita harf o‘rnini egallaydi. Til doim o‘zgarib boradi. Undagi qoidalarning yangilanib borishi, yangi qoidalarning qo‘shilishi tabiiy va normal holat. Lekin menimcha, bundan ham dolzarb uchta masala bor. 1. «X» va «H» masalasi Qattiq «x» va yumshoq «h» harflarini yangi so‘zlarda qaysi birini ishlatishni bilmayman. Soddalashtirish uchun bitta harfni qoldirish ham mumkin. Menimcha, bu muammo boshqalarda ham bor. Hatto oddiy «rahmat» va «xo‘p» so‘zlarida ham odamlar tez-tez xato qilib yozadi. 2. Lotin va kirill alifbosi Lotin va kirill alifbolaridan birini to‘liq tanlash vaqti keldi. Men kirill alifbosida o‘qishga qiynalaman, ba'zilar esa lotin yozuvida o‘qiy olmaydi. 3. «Uzi4a blgan qoydla buyi4a 6oziw» modasi Negadir ayrim qatlamlarda shevada yoki ataylab xato yozish normaga aylanib boryapti. Birinchidan, bu xunuk ko‘rinadi. Ikkinchidan, ba'zan yozilgan matnni umuman tushuna olmayman. Axir matn yozishdan maqsad — uni boshqa odam o‘qib, to‘g‘ri tushuna olishi emasmi? @aqlli_ikkichi
7 305
18
"Yangi avlod aynigan, ularning qo‘lidan hech narsa kelmaydi" Bu odatiy holat: eski avlod o‘zidan keyingi avlodni deyarli har doim tanqid qiladi. Ularning fikricha, yangi avlodda ko‘proq qulayliklar paydo bo‘lgan va shu sabab ular dangasa bo‘lib qolgan. Aslida esa bu yangilik emas. Hatto Aristotel ham o‘z shogirdlarini dangasa deb hisoblagan. Sababi, ular ma'lumotlarni yod olish o‘rniga yozib borishni boshlagan ekan. Xo‘sh, yangi avlod rostdan ham yomonmi? Menimcha, yo‘q. Ular shunchaki boshqacha. X va Y avlod vakillari bir joyda umrining oxirigacha ishlab, oilasini boqishi mumkin edi. 10–15 yil ishlagan odam uy sotib olish imkoniyatiga ham ega bo‘lardi. Bugun esa bu formula buzilgan. Oddiy ishda 30–40 yil ishlab ham uy sotib olish qiyinlashib bormoqda. Hatto bitta farzandni voyaga yetkazish uchun ham ko‘pincha ikki ota-onaning ishlashi talab qilinadi. Yangi avlod berilayotgan mukofot evaziga qilinayotgan vaqt almashuvining adolatsizligini tushunib oldi va bu o‘yindan chiqib ketdi. Ular qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha ishlashni istamaydi. Bu dangasalik emas. Zoomerlar bilan ishlash qiyin emas. Faqat ular bilan ishlash qoidalari boshqacha. Mukofotning katta qismini o‘zingizga olib qolib, odamlarni minimal maosh evaziga uzoq vaqt ushlab turish endi ishlamaydi. Zoomer adolatsiz o‘yinni ko‘rishi bilan uni tark etadi. Ular maqsadsiz ishlarga qo‘l urishni istamaydi. Ular o‘zidan kattaroq maqsadning bir qismi bo‘lishni xohlaydi. @aqlli_ikkichi
8 961
19
Shogirdlik haqida batafsil ma’lumot xohlaganlar uchun prezentatsiya. Bitiruvchilarni fikrni bilish uchun tepada belgilangan akkuntga yozsangiz bo’ladi. Darslar keyinga haftadan boshlanadi
6 716
20
O‘tgan yili ikki marta shogirdlik dasturini o‘tkazdik. Dasturda 25 kishi qatnashdi va ulardan 4 nafarini jamoamizga olib qoldik. Aynan shu 4 nafar shogird boshqalarga nisbatan yaxshiroq natija ko‘rsatdi, kasbni o‘rgandi va yaxshi daromad topishni boshladi. Bugun jamoamiz kengaymoqda va bizga ERP injenerlari hamda biznes jarayonlarini quruvchi mutaxassislar yetishmayapti. Bu kasblarni mukammal biladigan tayyor mutaxassislar bozorda juda kam. Shu sababli biz ularni o‘zimiz tayyorlashga qaror qildik. Yaqin kunlarda 20 nafar shogirdni qabul qilib, ularga tizimlashtirish kasbini to‘liq o‘rgatishni rejalashtiryapmiz. Dastlabki 2 oy davomida shogirdlar barcha zarur nazariy bilimlarni o‘zlashtiradi. Shundan so‘ng, eng iqtidorli va natija ko‘rsatgan shogirdlarni jamoamizga ishga olib qolamiz. Qolganlar esa bozorda talab yuqori bo‘lgan va yaxshi daromad olib keladigan kasb egasiga aylanadi. O’tgan safar 150 ariza tushgan edi lekin joy faqat 15 bo’lganligi uchun aksariyatni qabul qila olmadik. Joyni band qilish uchun ariza qoldiring yoki @asoschilarclub akkauntiga yozing
6 422