cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Aqlli ikkichi

Muallif: Ravshan Turgunov @tuurgunov Biznes qilyapman. Xulosalarim va xatolarim sizga pul va vaqt tejab beradi.

Mostrar más
Uzbekistán10 901El idioma no está especificadoNegocios14 210
Publicaciones publicitarias
6 185
Suscriptores
+724 horas
+387 días
+11430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

What, Where, When, How Ishxonaga o‘zingiz bilan kitob oldingiz, bo‘sh vaqtda o‘qimoqchisiz. 2 hafta o‘tdi, hech navbat kelmadi. Bu yerda samaradorlikni eng asosiy qoidasi buzilgan: ish, vaqt va joy noto‘g‘ri tanlangan. Ishlarni vaqtida bajarish uchun o‘zimiz bilan o‘zimiz samimiy bo‘lishimiz kerak. Ishxonada kitob o‘qib bo‘lmaydi, to‘shakni ustida dars qilib bo‘lmaydi, chalg‘iydigan joyda diqqat bo‘lmaydi. Shuning uchun "What, Where, When, How" qoidasini qo‘llashni tavsiya qilaman. Unga ko‘ra siz har bitta ish uchun to‘g‘ri aniq vaqt, joy va ravish tanlashingiz kerak. Misol uchun, men podcastlarni faqat mashina haydayotganimda eshitaman va telefon ko‘tarmayman. Kitobni esa faqat uxlashdan oldin uydagi bitta aniq xonada o‘qiyman, o‘qish payti telefon boshqa xonada. @aqlli_ikkichi
Mostrar todo...
🏆 92
Asoschilar Podcast 13-son - Aziz Rahimov Asosiy mavzular: 1) Farzand tarbiyasi. Nega boladan o’zimiz qilmaydigan ishlarni so’rab bo’lmaydi. 2) Pedagogika. Qanday qilib yaxshi ustoz tanlasa bo’ladi. 3) Genetika. Nega ba’zilarda yaxshi o’qishga va ko’p pul topishga moillik bor. Podcastni ko’rish - https://youtu.be/7yhUQBR3yxE
Mostrar todo...
🏆 66
"Bil Geytsning stoliga eng zo‘r biznes rejangizni qo‘yishingiz mumkin, u baribir unga qaramaydi. Hamma chalg‘igan, kech kim bir biriga e’tibor bermayapti" (c) Chat GPT asoschisi Sam Altman Atrofingizga qarang, hamma chalg‘igan, hech kimda fokus yo‘q. Hamma o‘zi bilan ovora, biz hech kimga qiziq emasmiz. 1 soatlik ishga 3 baravar ko‘proq vaqt ajratish normal bo‘lib qolgan. Bitta ishni qilish modada emas, ular bittada 2-3 ish qilmoqchi. Ovqat yeb telefon ko‘radi, uchrashuvda esa Telegramda gaplashadi. Bir paytni o‘zida bitta ishni qiladiganlar esa dunyoni boshqaradi. Chunki ular qiziqarli chalg‘ishni o‘rniga zerikarli diqqatni tanlagan. @aqlli_ikkichi
Mostrar todo...
🏆 155
Yo'q narsadan nimadir paydo bo'la olmaydi Qo‘shnim: Ravshan, bolam senga o‘xshab kitob o‘qishini xohlayman. Hamma narsani qilib ko‘rdim, o‘xshamadi. Men: O‘zingiz yoki ayolingiz qaysi kitoblarni o‘qisizlar? Qo‘shnim: …. Qanday yo‘q narsadan nimadir paydo bo‘ladi? Meva o‘sishi uchun unga to‘g‘ri muhit kerak. Hamma o‘rtoqlaringiz kompyuter jinnisi bo‘lsa, sizdan olim chiqishi ehtimoli past. Universitetda o‘qimasdan jismoniy mehnat bilan pul topadigan odamlarning farzandi millioner bo‘lishi ehtimoli past. O‘smoqchi bo‘lsangiz, osmoqchi bo‘lganlarni oldida yurishingiz kerak, noiloj o‘sib ketasiz. Agar muhitingizdan qoniqmayotgan bo‘lsangiz, unda bizning "Mastermind" yopiq klubimizga qo‘shilishingiz mumkin. Klubda tadbirkorlar va TOP menejerlar yig‘ilgan. Hammada bir xil muammolar bo‘lganlini uchun yechimlar tez topiladi. Qo’shilmoqchimisiz? Talablar va shartlar bilan tanishib chiqing (https://telegra.ph/Mastermind-club-07-08) @aqlli_ikkichi
Mostrar todo...
🏆 73
Diqqat kamayib ketgan Qahva ichishga bordim va dars qilayotgan yigitni ko‘rdim. 30 daqiqa ichida 6 marta Instagramga chalg‘idi va 2 marta telefonlashdi. Ba’zilarida o‘zimiz ham 1 soatlik ishga 3-4 soat sarflab qo‘yamiz, chunki orada ko‘p chalg‘imiz. Bitta chalg‘igandan keyin diqqatni qayta jamlash uchun yana 23 daqiqa kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotga ishonsa, yillar davomida diqqatni bilan ishlamagan odamlar borligiga ham ishonsa bo‘ladi. Diqqat kam uchraydi, shuning uchun ham u qadrli. Chalg‘igan zamonda diqqatli bo‘lish natija olib keladi. @aqlli_ikkichi
Mostrar todo...
🏆 187
Asoschilar Podcast 12-son - Umidjon Ishmuxamedov Asosiy mavzular: 1) Qanday qilib bir nechta biznes yuritadigan Seriyalik Tadbirkor bo’lish mumkin 2) Nega biznesning fundamenti Moliya hisoblanadi? Qanday qilib uni o’rgansa bo’ladi? 3) Xususiy Universitet biznesi qanday ishlaydi va nega litsenziyalar boshqa berilmayapti? Podcastni ko’rish - https://youtu.be/Yv44qxxgW2Q?si=7JJlZxpd0GgTGoKI
Mostrar todo...
🏆 47
Natijasini 20-30 yildan keyin ko'rasiz Shaharda yurib har xil odamlarni ko‘rasiz, ba’zi odamlarga qarab havas qilasiz, muomalasi zo‘r, qo‘li ko‘ksidan tushmaydi. Boshqalarga qarab "Men bunday odam bo‘lishdan qo‘rqaman" deysiz, yoshi katta bo‘lishiga qaramay, axloqi o‘ta xunuk. Nahotki atrofidagilar uni to‘g‘rilamagan, qanday qilib bunday qo‘pol odamlar shu kungacha yashab keldi? Ustingizda ishlaysiz, tillarni bilasiz, ishingizni mutaxassisisiz, lekin to‘g‘ri axloqsiz uzoqqa bormaysiz. Buning oqibatlari keyin ko‘rinadi. Faqat o‘zini o‘ylaydigan odamda yillar davomida do‘stlari qolmaydi. Doim kech qoladigan va ishini sifatsiz bajaradigan xodim kuchli karyera qura olmaydi. Birovning fikrini qabul qilmaydigan va doim o‘zinikida turadigan odamga haqiqatni aytmay qo‘yishadi. Suhbat paytida savol bermasdan, doim o‘z haqida gapiradigan odam bilan suhbat olib borishmaydi. Aytganini bajarmaydigan lafzsiz biznes sherikka vaqt o‘tib biznes rejalar bilan chiqmay qo‘yishadi. Ingliz tilini bilmaslik oqibati bittada ko‘rinadi, lekin yomon axloqingiz vaqt o‘tib chiqib keladi. Aqlli bo‘lish yetarli emas, yolg‘iz va pulsiz qarilik kechirayotgan aqlli odamlar yetarli. Qiziq suhbatdosh, fidoyi xodim, va’dasida turadigan inson bo‘lish muhimroq. Natijasini esa 20-30 yildan keyin ko‘rasiz @aqlli_ikkichi
Mostrar todo...
🏆 118
1 savatga hamma tuxumlarni joylamang 1 million dollar pulingiz bor va uni sarmoya qilmoqchisiz, hammasini bitta biznesga tikdingiz va u o‘zini oqlamadi. Siz endi bankrotsiz, chunki hamma tuxumlaringizni bitta savatga qo‘ydingiz, hech bo‘lmasa 20% bankda saqlab qolmadingiz. Bu vaziyatga endi ishga ketkazayotgan vaqtingizni qo‘yib ko‘raylik, bor vaqtingiz faqat bitta kasbga ketyaptimi? Zamon o‘zgarib kasblarga talab o‘zgarishi mumkin, bugun qilayotgan ishingiz bitta yangi innovatsiya orqali robotlashishi mumkin. Doim yangi ishlarni o‘rganib yuring. Paretto qonuni ishlaring 80% vaqtni hozir pul olib kelayotgan ishga, 20% vaqtni esa yangi qobiliyatlarga. Ishsiz qolib ketmaslik uchun bir nechta kasbni biladigan mutaxassis bo‘lish kerak. Bankrot bo‘lib qolmaslik uchun tuxumlarni bir nechta savatlarda ushlash kerak. @aqlli_ikkichi
Mostrar todo...
🏆 155
Nega siz qilayotgan ish doim qiyin tuyiladi? 1-2 yildan beri bitta sohada ishlapsiz va yetarli tajriba yig‘dim deb o‘ylaysiz. Yangiliklar kam, ko‘proq pul olib keladigan boshqa ishni qilib ko‘rmoqchisiz. Qo‘shnining bog‘i doim yashilroq tuyilganidek, doim Instagramda odamlar o‘z sohasini va daromadini boridan yaxshiroq ko‘rsatishga harakat qiladi. Qaysi sohada bo‘lishingizdan qat’iy nazar, u siz sarmoya qilayotgan harakatlaringizga yarasha mukofot bermaydiganga o‘xshaydi. Lekin shunday tuyilishni boshlagan paytni o‘zi - eng xavfli, bunday tuyilishni boshlaganida boshqa ishga o‘tib ketish - eng katta xato. Umuman tushunmaydigan ishlarimiz boshida oson va go‘shtli tuyilishi mumkin, chunki biz nimani bilmasligimizni ham bilmaymiz. Sohani yaxshi tushunsak, u yerdagi qiyinchiliklar bilan tanishamiz. Qiyinchiliklarsiz esa katta ishlar bo‘lmaydi, boshqa sohada ham shu. Boshqa soha rostdan ham osonmi? Demak u vaqtinchalik "тема" va unga darrov ko‘pchilik yugurib keladi. Ko‘pchilik qilib ko‘rmoqchi bo‘lgan "тема"larda esa tez raqobat kuchayadi, mijozlar qimmatlashadi va foyda tushadi. @aqlli_ikkichi
Mostrar todo...
🏆 121
Fake xotiralar Yoshi katta qo‘shnim: Ravshan, SSSR paytida qanday yaxshi bo‘lganini bilasanmi? Oyliklar bemalol xarajatlarni qoplar edi, hamma baxtli yashagan va yozda eng shirin muzqaymoqqa borar edik. SSSR haqida real faktlar: - 25 million oddiy fuqarolar repressiyaga duch kelgan (o‘ldirilgan, ochlikdan o‘lgan, qamalib chiqqan yoki qochib ketishga majbur bo‘lgan - 90% cherkovlar buzilgan yoki boshqa muassasa ko‘rinishiga keltirilgan - SSSR’da har 25-odamda mashina bo‘lgan, hozir Toshkentda har 5-odamda mashina bor, davlat bo‘yicha esa har 10-odamda - SSSR’ning 80-yillarida 100 000 odamga o‘rtacha 650 jinoiy ishlar to‘g‘ri kelgan, 91-yilda esa 1100 oshiq. - 2023-yilda O‘zbekistonda 100 000 odamga 283 jinoiy ish to‘g‘ri keldi Hamma sodda hayot kechirsa, solishtiruvda sizning hayotingiz yaxshi tuyiladi va grechkadan keyin yeyilgan muzqaymoq dunyodagi eng zo‘r muzqaymoqday ko‘rinishi mumkin. Kapitalizmda esa daromadga cheklov yo‘q va odamlarning boyligi 1000 baravar farq qilishi mumkin. Umumiy olganda ancha yaxshiroq yashayotgan bo‘lsak ham, doim Instagramda bizdan yaxshiroqlar topiladi. @aqlli_ikkichi
Mostrar todo...
🏆 163
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.