cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Alisher Tojiyev

IT doktor, investor va ko‘plab ijtimoiy loyihalar asoschisiman. Kanalimda IT va shu sohada biznes yuritish haqida yozib boraman. Bog'lanish - @u2b3kbot YouTube - https://shorturl.at/Cj8it Instagram - https://shorturl.at/sjBCZ

Show more
Advertising posts
3 827
Subscribers
-424 hours
-77 days
-4430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Diqqatingizni kuchliroq qarata boshlaysiz, miyyangizdagi koʻzgu neyronlari faolroq ishlaydi. Bu sizga shunchaki yuzaki oʻrganish emas, balki koʻpincha qudratli kuchga ega boʻlgan uslub va fikrlash tarzini ham oʻzlashtirish imkonini beradi.
Show all...
🔥 17 15 9👍 6 3 3💯 3
Juma muborak bo‘lsin, azizlar! “Uyqularingizni nazorat qiling” mazmunidagi videom ijtimoiy tarmoqlarda ancha ommalashib ketibdi. Men mazkur videoda barcha uchun umumiy bir standart vaqtni aytganman. Albatta, oramizda bomdotga turadiganlar ertaroq uyg‘onib kunlik barakalarini ko‘proq olishlari mumkin. PDP University’dagi chiqishimdan olingan o‘sha videom mavzusiga qo‘shimcha qilmoqchiman: 📌 Mukammal dinimiz Islomda ham uyqu turlari keltirilgan: 1. Sunnat uyqu. Oftob ko‘tarilib, to peshin namozigacha bo‘ladigan oraliqdagi bu uyqu "qaylula" deyiladi. U aqlni ko‘paytiradi. 2. Bid’at uyqu. Peshin namozi vaqtidagi uyqu. 3. Odatiy uyqu. Xufton namozidan keyingi odatiy uyqu. 4. G‘aflat uyqu. Tong otayotganida uxlab yotish. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qizlari Fotimaga (roziyallohu anho): "Tongda uxlab yotmagin, chunki bu vaqtda uch narsa: yaxshilik, odob va baraka taqsimlanadi", dedilar. Kim tong otayotganida uxlab yotsa, shu 3 narsadan quruq qoladi. 5. Faqirlikka sabab bo‘ladigan uyqu. Bomdoddan keyin kun chiqquncha uxlab yotish kambag‘allikka, devonalikka, qarzdorlikka sabab bo‘ladi. 6. Ibodat uyqu. Olimlar, obidlar va ro‘zadorlarning uyqusi. Kishi xufton namozidan so‘ng tahoratli uxlasa, farishtalar himoyasida bo‘ladi. (Manba: Mas'ud ibn Mahmud ibn Yusuf as-Samarqandiy, "Saloti Mas'udiy") Manfaatli bo‘lishi uchun yaqinlaringizga ulashing — @AlisherAhmatovich
Show all...
👍 40🔥 18 9 7 3💯 2 1
Ustozlarga qoyil qolganingizdagina ular qilayotgan har bir ishni tezroq oʻzlashtirishga va taqlid qilishga moyil boʻlasiz. Mahorat kitobidan…
Show all...
👍 51 13 11 10🔥 5 5👏 2💯 1
Ikki tomonlama hissiy bogʻliqlik ikkingizni odatdagi ustoz-shogird munosabatidan koʻproq yaqinlashtiradi. Mahorat kitobidan…
Show all...
👍 26 9 5💯 4🤩 3🔥 2 1
“🤔 Nega IT Academyʼdagi oʻquvchilarizga shakar va non yeyishni taqiqlagansiz?” — shogirdlarimdan biri menga shu savolni berib qoldi. Bu haqida deyarli hech kim bilmasa kerak, deb oʻylardim. Yoʻq, bu yashirin maʼlumot emas :) Asl holatni aytadigan boʻlsam, bilasizki, oʻzim tugʻilib oʻsgan Qashqadaryoning Kitob tumanida Iqtidor IT Academy ochganmiz. Mazkur dasturlashga ixtisoslashtirilgan akademiyada oʻquvchilar oʻzlashtirishini kuzatib turib bir foydali metodni qoʻllashga qaror qildim. Bu oʻquvchilarning ratsioniga oʻzgartirish kiritish edi. Men bu usulni oʻzimda ham bir muddat sinab koʻrganman, shogirdlarimga ham tavsiya qilganman. Shu haqida va umuman, IT taʼlimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha qiziqtirganlar uchun YouTube blogimda batafsil video tayyorladik. Marhamat, koʻrib fikrlaringizni bildirishingiz mumkin: https://youtu.be/C7SIZaVnD-w?feature=shared
Show all...
Alisher Tojiyev

Bugun Bismilloh deb, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktab ochdik. Duo qilib qoʻyinglar azizlar, barchaga manfaatli boʻlsin.

https://t.me/Iqtidor_maktabi

🔥 27👍 18 12💯 3👏 2 1
Repost from Amon Olimov *tech
00:47
Video unavailableShow in Telegram
🤯 Kompaniyada eng yaxshi xodim emas, eng yomon xodim bo'lishni TOP-5 usuli haqida gaplashamiz. Bu haqida batafsil yuqoridagi video orqali bilib olishingiz mumkin. Videodagi usullarni 1 oy davomida qilsangiz albatta natijaga erishasiz. Do'stlar, albatta bu shunchaki noodatiy post. Aslida, har bir kompaniyaga yaxshi xodimlar kerak. Shunday ekan, o‘zingizni va jamoangizni rivojlantiring! @OlimovAmon
Show all...
IMG_0129.MOV17.19 MB
👍 20 14 9🆒 6👏 4💯 3 1🤩 1
AI’dan koʻp foydalanish, kreativlikni oʻldirishga yordam beradi. *matnlar yozishni nazarda tutdim, takrorlanuvchi harakatlarni emas.
Show all...
💯 23👍 8🔥 6 3👏 1
04:24
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston va xorijdagi frilanser do‘stlarimiz diqqatiga 🔍 Sal oldinroq IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan frilanser yoshlarga bir qator imkoniyatlar berilishi haqida yozgandim. Ayni paytda frilanserlar uchun yangi tizimni yo’lga qo‘yish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘zini o‘zi band qilgan yurtdoshlarimiz bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqchi. 📌 Mazkur yangi imkoniyatlar haqida, ulardan foydalanish va boshqa savollariga javob olishni istagan frilanser yurtdoshlarimiz 6-iyul soat 11:00 da "IT-Park" majmuasi Kongresslar zalida bo‘lib o‘tadigan "Freelance forumi"da ishtirok etishlari mumkin. ✈️ Ro’yxatdan o’tish havolasi: https://shorturl.at/pDgIo @AlisherAhmatovich
Show all...
IMG_5981.MP423.03 MB
👍 15🔥 8 6🤩 3 3💯 1
01:31
Video unavailableShow in Telegram
Илм-маърифат ҳақида
Show all...
IMG_2580.MP417.24 MB
👍 17 8👏 4 2💯 2
Jeff Bezos oʻzining sobiq rahbari Devid Shoudan xodimlarni ishga olishda bir usulni oʻrganganini aytib oʻtgan ekan. Yaʼni ishga kirish suhbatida nomzodlarni “gandiraklatib” qoʻyadigan usulni qoʻllaydi. Bunda nomzodga kutilmagan savol beriladi. Masalan: “AQShda nechta yoqilgʻi quyish shoxobchasi bor?” Bu orqali nomzodning fikrlash sifati baholanadi; Bezosni toʻgʻri javob emas, balki kutilmagan muammoni hal qilishda nomzodning ijodiy yondashishini namoyish qilolishi qiziqtirgan. Yana bir qiziq holat: Bezos ish va oilaviy hayot oʻrtasida uygʻunlik hamda tenglikni saqlab qolishni istaydigan nomzodlarni darhol rad etgan ekan. Chunki hammamiz bilamiz, bir vaqtda ikki qayiqqa oyoq qoʻyib boʻlmaydi. "Hamma narsa doʻkoni: Jeff Bezos va Amazon asri" kitobidan. @AlisherAhmatovich
Show all...
👍 30 9🔥 8 4🆒 3
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.