Daryo | Markaziy Osiyo va Afg‘oniston
Open in Telegram
Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryoga_murojaatbot Vakansiyalar — @daryohr_bot Lifestyle — @daryo_lotin Tezkor xabarlar — @daryo_live Sport — @daryo_sport24 Dunyo — @daryo_world На русском - @daryo_central_asia
Show more461
Subscribers
No data24 hours
+117 days
+2130 days
Posts Archive
Qozog‘istonga kirish uchun xorijliklar iyuldan boshlab elektron ruxsatnoma olishi shart bo‘ladi
Yangi tizim 2026-yil oktyabr oyidan e’tiboran sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi. Dastlabki bosqichda ruxsatnomaning yo‘qligi mamlakatga kirishni rad etishga asos bo‘lmaydi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717708/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Qirg‘izistonda prezidentlikka nomzodlar davlat tilini bilish bo‘yicha test topshirdi
Qo‘shni respublikada prezidentlik saylovlari 2027-yil 27-yanvarga belgilangan. Amaldagi prezident Sadir Japarov ham nomzodini qo‘yadi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717664/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
“Tolibon” Afg‘onistonda BBC radioeshittirishlarini taqiqladi
“Tolibon” hukumati BBC’ni bir necha bor qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yganlikda ayblamoqda. Biroq aynan qanday qoidalar buzilgani ochiqlanmagan.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717556/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Xitoy va Hindistondan o‘zib ketadi — BMT prognozi
Mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2026-yilda 8,8 foizga o‘sishi kutilmoqda. Natijada respublika mintaqadagi eng jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotlar qatoridan joy oladi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717550/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
O‘zbekiston Afg‘onistondagi o‘zbek allomalarining tarixiy obidalarini restavratsiya qilishda hamkorlik qilishi mumkin
Mamlakat delegatsiyasi Afg‘onistonning to‘rtta viloyatidagi tarixiy-madaniy meros obyektlarini o‘rgandi. Tomonlar obidalarni saqlash va qayta tiklash bo‘yicha memorandum imzolashni rejalashtirmoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717520/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
“Xavotirli belgi”: Kaspiy dengizida yangi orol paydo bo‘ldi
Mutaxassislar buni yomon yangilik deb atadi, shuningdek, Kaspiyning Orol dengiziga aylanish ehtimolini baholadi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717493/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Tojikistondagi tug‘uruqxonada yangi tug‘ilgan chaqaloq yo‘qolib qoldi
Militsiya xodimlari yo‘qolgan chaqaloqni qidirmoqda, hodisa yuzasidan 15 kishi so‘roq qilingan.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717464/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Sadir Japarov etnik qirg‘izlarga bir kunda fuqarolik berishni buyurdi
Qirg‘iziston prezidentiga O‘zbekistondan kelgan va qirg‘izga turmushga chiqqan ayol murojaat qildi. U fuqarolik olishda qiyinchilikka duch kelayotganini aytdi. Japarov uning muammosini hal qilishni buyurdi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717424/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
“Tolibon” Qandahorda erkaklarga ayollar kiyimini tikishni taqiqladi
Cheklov sababli tikuvchilar asosiy daromad manbasidan mahrum bo‘ldi. Bundan tashqari, kiyim tiktirish narxi ham qimmatlashdi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717384/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
BMT Ayollar tashkiloti vakili Belen Sans Luke O‘zbekistondagi o‘zgarishlar va ayollar yuzlashayotgan qiyinchiliklar haqida fikr bildirdi
So‘nggi 10 yillikda O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash yo‘lida bir qator muhim islohotlar joriy etildi: oilaviy zo‘ravonlikka qarshi huquqiy himoya mexanizmlari yaratildi va ayollarning parlamentdagi vakilligi oshirildi. BMT Ayollar tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Belen Sans Luke O‘zbekistonga tashrifi davomida “Daryo” nashri bilan suhbatlashib, bu islohotlar samarasi hamda hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalarga to‘xtaldi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717362/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
“Ish bor”: Sadir Japarov xorijdagi qirg‘izistonliklarni yurtga qaytishga chaqirdi
Qirg‘iziston prezidenti mamlakatda ish o‘rinlari va uy-joy yetarli ekanini ta’kidladi. U ish yo‘qligi haqidagi gaplar shunchaki bahona ekanini aytdi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717302/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Tojikiston muftiysi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorgarlik kurslarida o‘qishga chaqirdi
Saidmukarram Abdulqodirzoda yosh oilalar o‘rtasida ajrimlar soni ortib borayotganidan xavotir bildirdi. 2025-yil Tojikistonda ajrimni rasmiylashtirish narxi ikki baravar oshgandi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717285/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
“Erkaklar buzilib ketgan”: Sadir Japarov ajrimlar va oila oldidagi majburiyatlar haqida gapirdi
Qirg‘iziston prezidentining Botkenga tashrifida bir ayol mol-mulkni taqsimlash bo‘yicha eri bilan sudlashayotganini aytib, undan yordam so‘radi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717254/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Gruziyada qozog‘istonlik erkak og‘riq qoldiruvchi dori sabab 16 yilga qamaldi
Yuk mashinasi haydovchisi beli og‘rishi tufayli avtomobilidagi dori qutisida og‘riq qoldiruvchi olib yurgan. Bu preparat mamlakatda psixotrop va giyohvandlik moddasi hisoblanadi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717050/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
“Tolibon” bolalarni askarlikka yollamoqda — hisobot
Afg‘onistonda voyaga yetmaganlardan bir qator xavfli ishlarda, xususan, portlovchi moddalar o‘rnatishda foydalanilmoqda. “Tolibon” bolalarni hatto Pokistondagi maktablardan aldov hamda majburlash yo‘li bilan olib kelishi ta’kidlandi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/716921/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Pezeshkiyon Eron va MDH o‘rtasida doimiy hamkorlik formatini yaratishni taklif etdi
Turkmanistonda o‘tgan sammitda Eron prezidenti Markaziy Osiyo va Yevrosiyoni bog‘lovchi strategik yo‘l sifatida Islom Respublikasi o‘rniga urg‘u berdi. U tashkilot bilan aloqalarni chuqurlashtirish uchun qator ustuvor yo‘nalishlarni sanab o‘tdi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/716862/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
“Ishonchdan amaliy natijalarga o‘tish vaqti keldi”: Avazadagi Maslahat uchrashuvi va MDH sammitida qanday siyosiy signallar yangradi?
8-oktyabr kuni Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “Daryo” ushbu uchrashuvlarning siyosiy mazmuni, iqtisodiy hamkorlik istiqbollari va Rossiyaning mintaqadagi o‘rni haqida siyosatshunos Muxtor Nazirov bilan suhbatlashdi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/716818/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Turkmaniston prezidenti Oʻzbekiston vakiliga avtomobil sovgʻa qildi
Amina Mahmudova “Tatar qizi 2026” xalqaro tanlovida gʻolib boʻldi. Keyingi tanlov Toshkentda boʻlib oʻtishi mumkin.
Batafsil — https://daryo.uz/p/716762/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Markaziy Osiyo davlatlari 2026–2027-yillar uchun suv olish limitlarini tasdiqladi
Amudaryoda suv sathi bir xil bo‘lsa-da, sarf ko‘rsatkichlari turlicha qayd etilgani uchun mutaxassislarga sababni o‘rganish bo‘yicha topshiriq berilgan. Sirdaryo havzasida 2026-yilgi vegetatsiya davri barqaror kechgan. “Chordara” suv omboriga qariyb 3,69 milliard kub metr suv kelib tushgan. Bu prognoz qilingan hajmdan 840 million kub metr ko‘p.
Batafsil — https://daryo.uz/p/716745/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Almazbek Atambayevning oʻgʻli 4 yilga qamaldi
Qirgʻiziston sobiq prezidentining oʻgʻliga hokimiyatni zoʻrlik bilan egallashga urinish boʻyicha ayblov qoʻyildi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/716590/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
