Daryo | Markaziy Osiyo va Afg‘oniston
Ir al canal en Telegram
Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryoga_murojaatbot Vakansiyalar — @daryohr_bot Lifestyle — @daryo_lotin Tezkor xabarlar — @daryo_live Sport — @daryo_sport24 Dunyo — @daryo_world На русском - @daryo_central_asia
Mostrar más439
Suscriptores
Sin datos24 horas
-27 días
-430 días
Archivo de publicaciones
Afg‘onistonliklarga Eron vizasi qora bozorda 2300 dollargacha sotilmoqda
Afg‘onistonda rasmiy kanallar orqali Eron vizasini olish qiyinlashgani sababli noqonuniy savdo avj olmoqda. Ishsizlik va qashshoqlikdan qiynalgan aholi qo‘shni davlatga borib ishlash maqsadida qora bozorda katta miqdorda pul sarflashga majbur bo‘lmoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/VhGM1awDg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Bishkekdagi SHHT sammitida 28 ta hujjat imzolandi
Qirg‘iziston poytaxtida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda xavfsizlik, raqamli texnologiyalar, ekologiya hamda transport-logistika sohalarida o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi.
Batafsil — https://daryo.uz/mxNZzaQvg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Qozog‘iston xorijliklar uchun pulli elektron ruxsatnoma joriy etadi. Talab o‘zbekistonliklarga ham taalluqli
Yangi tartib samolyotda safar qiluvchilar uchun 1-noyabrdan, O‘zbekiston—Qozog‘iston avtomobil chegarasi orqali kiruvchilar uchun esa 15-noyabrdan majburiy bo‘ladi.
Batafsil — https://daryo.uz/NS-8V1Qvg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Yerlan Karin Qozog‘iston vitse-prezidenti etib tayinlandi
U bunga qadar prezident administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Qozog‘istonda vitse-prezident instituti 2026-yil 15-mart kuni referendum orqali qabul qilingan yangi Konstitutsiyaga muvofiq joriy etilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/HRzMv2wDR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
“Afg‘oniston qo‘shni davlatlar uchun tahdid solmaydi” — Zabihulloh Mujohid
Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakili Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) bosh kotibi Taalatbek Masadikovning Tojikiston–Afg‘oniston chegarasini mustahkamlash uchun qurol-yarog‘ va texnika yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqidagi bayonotiga javob qaytargan.
Batafsil — https://daryo.uz/jStPjtQDR
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Shavkat Mirziyoyev 31-avgust—1-sentyabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkekda bo‘ladi
O‘zbekiston yetakchisi Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etadi.
Batafsil — https://daryo.uz/Qq1qGcQvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Sadir Japarov “xalq dushmanlari”ni qattiq jazolashni buyurdi
Bishkekda SHHT sammiti va VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari o‘tkazilishi munosabati bilan mamlakatda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan tartibga o‘tkazilgan. Qirg‘iziston prezidenti xalqaro tadbirlar oldidan kuch tuzilmalari ko‘rikdan o‘tkazib, tashqi kuchlardan mablag‘ olish evaziga vaziyatni beqarorlashtirmoqchi bo‘lganlarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishini va rahm qilinmasligini ma’lum qildi.
Batafsil — https://daryo.uz/pFf6pKQDg
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Afg‘onistonda denge isitmasi bilan kasallanish 85 foizga oshdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mamlakatda denge isitmasi, koronaviruv va boshqa yuqumli xastaliklar keskin ko‘payganini ma’lum qildi. Mavsumiy avj olish hamda dori-darmon va resurslar yetishmovchiligi mamlakat tibbiyot tizimiga og‘ir yuk bo‘lmoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/NgulROQvR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Qozog‘iston tarixidagi ilk bir palatali parlament ish boshladi. Qurultoy raisi saylandi
Rais 2024-yil fevral oyidan 2026-yil mayiga qadar Qosim-Jo‘mart To‘qayev administratsiyasiga rahbarlik qilgan. U boshchiligidagi Adilet partiyasi parlamentdagi 145 o‘rindan 110 tasini egallagan.
Batafsil — https://daryo.uz/hsn61NwDg
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Olmaota—Toshkent poyezd yo‘nalishida 1-oktyabrdan ayollar vagoni yo‘lga qo‘yiladi
Bu xizmat ikki mamlakat o‘rtasida ilk bor joriy etilmoqda. Vagon chiptalari faqat xotin-qizlarga sotiladi hamda ularga ayol kuzatuvchilar hamrohlik qiladi.
Batafsil — https://daryo.uz/IAX9fZQDR
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
To‘qayev darsliklardan “soxta qahramonlar” va to‘qima jasoratlarni olib tashlashni buyurdi
Qozog‘iston prezidenti tarixni buzib ko‘rsatmasdan bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga chaqirgan.
Batafsil — https://daryo.uz/J7Mv8kQDR
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga olib kelindi
Olmaota shahridagi bosh konsulxona va Migratsiya agentligi halok bo‘lganlarning jasadlarini qaytarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rgan.
Batafsil — https://daryo.uz/VWIkD68vg
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Ozarbayjon bilan “Abadiy do‘stlik” shartnomasi nimani anglatadi?
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi ikki qardosh davlat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy bosqichni boshlab berdi. Tashrif davomida “Abadiy do‘stlik” to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi va ikki davlat o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari yanada mustahkamlandi. Xo‘sh, Ozarbayjon va O‘zbekistonning yaqinlashuvi ortida qanday strategik manfaatlar turibdi? Boku—Toshkent ittifoqchiligi kelajakda Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va turkiy dunyoning siyosiy xaritasini qay darajada o‘zgartirishi mumkin?
Batafsil — https://daryo.uz/ytI1pqUDR
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Rossiya—Ukraina urushidan qochib, simto‘siq ostidan O‘zbekistonga qaytgan samarqandlik erkak 5,5 yilga qamaldi
U jangda yaralangach, gospitaldan qochib, Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga noqonuniy o‘tgan hamda boshqalarni ham chegaradan yashirin o‘tkazishga yordam berib kelgan.
Batafsil — https://daryo.uz/-76pJ38vR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Aero Nomad aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga muntazam parvozlarni boshladi
Aviaqatnovlar haftasiga ikki marta: payshanba va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Batafsil — https://daryo.uz/3fnunjUvR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
To‘qayev qozog‘istonliklarni quchoqlashish va o‘pishishni an’anaviy etikaga almashtirishga chaqirdi
Qozog‘iston prezidenti erkaklarning quchoqlashib, o‘pishish odatini qoralab, buni qozoq urf-odatlariga zid deb atadi. U odob-axloq kodeksi ishlab chiqish kerakligini aytdi.
Batafsil — https://daryo.uz/KI6CD9UvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya qabul qilingandan so‘ng ilk parlament saylovi o‘tkazildi
Unda prezident partiyasi “Adilet” 70 foizdan ortiq ovoz to‘pladi. Ovoz berishda saylovchilarning 74,08 foizi qatnashdi.
Batafsil — https://daryo.uz/wPLSkr8vR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
O‘zbekiston va Qozog‘iston AES xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik qiladi
Tomonlar atom elektr stansiyalarini barpo etishda radiatsiya va ekologik xavfsizlikni birgalikda ta’minlash bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib oldi.
Batafsil — https://daryo.uz/-y0__u8DR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
To‘qayev prezidentlik saylovida ishtirok etish borasidagi savolga javob berdi
Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya kuchga kirgach, To‘qayev prezidentlikka qayta nomzodini qo‘yish huquqiga ega bo‘ldi. Jurnalist davlat rahbaridan uning 2029-yilgi saylov rejalari haqida so‘radi.
Batafsil — https://daryo.uz/wuqb9w8Dg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Rossiya “ayollar kiyimida yurgan” tojikistonlik ikki migrantni deportatsiya qiladi
Ularga 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Migrantlar oilali va farzandlari ham borligi ma’lum qilindi.
Batafsil — https://daryo.uz/5NEEOQ8vg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
