Daryo | Markaziy Osiyo va Afg‘oniston
前往频道在 Telegram
Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryoga_murojaatbot Vakansiyalar — @daryohr_bot Lifestyle — @daryo_lotin Tezkor xabarlar — @daryo_live Sport — @daryo_sport24 Dunyo — @daryo_world На русском - @daryo_central_asia
显示更多453
订阅者
无数据24 小时
-17 天
-830 天
帖子存档
Rossiyada yonilg‘i inqirozi: Markaziy Osiyo davlatlari qanday choralar ko‘rmoqda?
Davlatlaridan biri chegarada politsiya postlarini ko‘paytirdi, boshqasi esa Ai-95 benzini narxini davlat tomonidan nazorat qilishdan voz kechdi. Markaziy Osiyo yonilg‘i bozoridagi o‘zgarishlarga turlicha javob bermoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/j_ToLnLvg
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Qozog‘istondan Rossiyaga dronlar uchirilgani haqida xabar tarqaldi
Rossiyalik ba’zi ekspertlar Omsk viloyatiga hujum qilgan dronlar Qozog‘istondan uchirilganini bildirdi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bunga munosabat bildirdi.
Batafsil — https://daryo.uz/zHCsV7YDR
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
“Kuniga bir marta”. Qozog‘istonda transport vositalari kirishiga cheklov o‘rnatildi
Bu chora yonilg‘i-moylash materiallarining chegaradan noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olishga qaratilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/YAkKCRYvg
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
To‘qayevning prezidentlik muddati nollashtirildi
1995-yilgi Konstitutsiya bo‘yicha ayrim davlat lavozimlarini egallagan shaxslar yangi Konstitutsiya kuchga kirganidan keyin tegishli lavozimlarga qayta saylanishi yoki tayinlanishi mumkin.
Batafsil — https://daryo.uz/XO8_ugYDg
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegaradagi punktlarda 27 nafar chegara xodimini qo‘lga oldi
Botken viloyatidagi punktlarda bojxona, veterinariya va chegara xizmatlarining mansabdor shaxslari korrupsiyada gumonlanib ushlandi. Tintuv davomida o‘zbek so‘mi va qurollar aniqlangan.
Batafsil — https://daryo.uz/Xa5VZ3fvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Qamchibek Tashiyev hukmdan 1 sutka ham oʻtmay futbolda koʻrinish berdi (video)
Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi sobiq raisi hokimiyatni egallab olishga urinishda aybdor deb topilgandi.
Batafsil — https://daryo.uz/3NFX6lBDR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Qamchibek Tashiyev 4 yilga qamaldi
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq raisi va yana yetti kishiga “Hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishga qaratilgan harakatlar” moddasi boʻyicha jazo tayinlandi.
Batafsil — https://daryo.uz/-ZfxBBBDR
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Isroilda Tojikiston va Rossiya fuqarosi Eron foydasiga josuslik qilishda gumonlanib qo‘lga olindi
U boshqa josuslarni yollashda ham gumonlanmoqda. Erkak Tel Aviv va Hayfadagi strategik obyektlarni rasmga olgan.
Batafsil — https://daryo.uz/Ww-MWffvR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Qirg‘iziston yonilg‘i bo‘yicha O‘zbekistondan yordam so‘radi
Qo‘shni respublika jami yettita davlatga yordam so‘rab murojaat qildi. Ular orasida yonilg‘i inqiroziga duch kelgan Rossiya ham bor.
Batafsil — https://daryo.uz/wMkzP-BvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Jahon banki Tojikistonda Rog‘un GES uchun 300 mln dollar ajratdi
Bu bilan bank tomonidan stansiya uchun ajratilgan mablag‘larning umumiy hajmi 650 million dollarga yetdi. Bu yerdan olinadigan energiya resurslarining bir qismi Qozog‘iston va O‘zbekistonga eksport qilinishi aytildi.
Batafsil — https://daryo.uz/T6_CqJfvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
“Tolibon” kuchlari Pokistonga zarbalar yo‘lladi
Bu Afg‘onistonning uchta viloyatiga qilingan hujum ortidan amalga oshirildi. Pokiston harbiylari to‘rtta dron urib tushirilganini bildirib, keyingi provokatsiyaga “munosib javob qaytarilishi”dan ogohlantirdi.
Batafsil — https://daryo.uz/UbtqL0Bvg
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
“Tolibon” kuchlari Pokistonga zarbalar yo‘lladi
Bu Afg‘onistonning uchta viloyatiga qilingan hujum ortidan amalga oshirildi. Pokiston harbiylari to‘rtta dron urib tushirilganini bildirib, keyingi provokatsiyaga “munosib javob qaytarilishi”dan ogohlantirdi.
Batafsil — https://daryo.uz/UbtqL0Bvg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Qozog‘istonda ikki palatali parlament faoliyati tugatildi
Mamlakatda 1-iyuldan yangi Konstitutsiya kuchga kiradi va Qurultoy ishga tushadi.
Batafsil — https://daryo.uz/5krW0TfDg
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Qirg‘iziston 650 kg kolbasani O‘zbekistonga qaytarib yubordi
Mahsulot “Do‘stlik” chegara veterinariya nazorat punktida tekshiruvdan o‘tkazilgan. Natijada Qirg‘izistonga kiritishga ruxsat berilmagan.
Batafsil — https://daryo.uz/l4ONE2fDg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
Tashiyev va Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisiga 9 yillik qamoq jazosi so‘raldi
Prokurorlar “75 maktub” bo‘yicha ayblanayotgan barchani aybdor deb topishni so‘radi. Tashiyev prokurorlarni ayblovlardan voz kechishga chaqirdi.
Batafsil — https://daryo.uz/8dmZi2fDg
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Qirg‘iziston va Qozog‘iston 49 yilga bir-biriga yer uchastkalari beradi
Poytaxtlarda elchixonalar va elchilar qarorgohi uchun ajratiladigan bino hamda yerlar barcha yig‘imlardan ozod etiladi.
Batafsil — https://daryo.uz/EWXiHcBvg
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Turkmanistonda erkak 6 nafar bolasi va o‘zini otib o‘ldirdi
Erkak uxlab yotgan bolalarini o‘ldirgach, tig‘li buyum bilan ularga jarohat yetkazgan. Ota psixonevrologiya dispanserida ro‘yxatda turgan.
Batafsil — https://daryo.uz/fvjv4cBDg
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi ikkita punkt xalqaro maqomni oladi
Ushbu punktlar 24 soatlik ish tartibiga o‘tadi. Ularning “faqat yengil avtotransportlar” harakatlanishi uchun belgilangan tartibi ham o‘zgartiriladi.
Batafsil — https://daryo.uz/xqcPCFfDg
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Pokiston Afg‘onistonning uchta viloyatiga hujum qildi, 29 nafar jangari halok bo‘ldi
Havo va quruqlikdagi operatsiya tunda amalga oshirildi. “Tolibon” buni “bosqinchilik va jinoyat” deb qoraladi. Afg‘oniston hukumati Pokiston hujumlarida kamida 100 kishi halok bo‘lgan yoki yaralanganini ma’lum qildi.
Batafsil — https://daryo.uz/1etmUFfDR
👉 Obuna bo'ling — @daryo_mo
Trampning oilasi Qozog‘istondagi strategik volfram loyihasidan milliardlab dollar foyda ko‘rishi mumkin — NYT
Donald Trampning o‘g‘illari Qozog'istondagi volfram konini o‘zlashtirishga erishgan kompaniyaning 20 foiz ulushini sotib oldi. Ular AQSH hukumati bilan hamkorlik qilayotgan yana kamida 14 ta tog‘-kon kompaniyasida moliyaviy manfaatlarga ega.
Batafsil — https://daryo.uz/U_01SOBDR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_mo
